Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘tgan to‘rt yilda 1 ming 727 ta amaliy, innovatsion, fundamental va startap loyihalarga 2,2 trillion so‘m yo‘naltirilani, shundan muhandislik-texnika yo‘nalishidagi 176 ta loyihaga 152 milliard so‘m berilgani qayd etildi.
〰️〰️〰️
Shu bilan birga, oliygohlar fundamental tadqiqotlar o‘tkazish bilan cheklangani, iqtisodiyot uchun amaliy ishlanmalar juda kamligi ko‘rsatib o‘tildi.
Sababi – oliygoh bilan sanoat o‘rtasida uzilish borligi, rektorlar korxonalarga borib, yangi texnologiyalar bilan tanishmayotgani, uskuna va dastgohlarni o‘rganmayotgani, hokim va vazirlar esa o‘rtada ko‘prik bo‘lib, buni tashkillashtirmayotgani tanqid qilindi.
〰️〰️〰️
36 ta davlat oliygohida muhandislik yo‘nalishida 264 ming bakalavr, 3 ming magistr o‘qimoqda. Yiliga 67 ming nafar talaba bitirmoqda.
Lekin, texnika oliygohlarida yo‘nalish va mutaxassisliklar ishlab chiqaruvchilar talablariga mos emas. Davlat texnika universitetidagi 76 ta bakalavr yo‘nalishidan 45 tasi, 73 ta magistratura mutaxassisligidan 51 tasi bugungi kunda yetakchi xorijiy texnika oliygohlarida o‘qitilmaydi.
Oqibatda muhandislarning 60 foizi o‘zi o‘qigan yo‘nalishida ishlamayapti.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
E-auksion savdo platformasi orqali Surxondaryo viloyatidagi 2 585 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling
🔸 Oltinsoy tumanidan 121 ta (ko'rish)
🔸 Angor tumanidan 141 ta (ko'rish)
🔸 Bandixon tumanidan 46 ta (ko'rish)
🔸 Boysun tumanidan 119 ta (ko'rish)
🔸 Muzrabot tumanidan 164 ta (ko'rish)
🔸 Denov tumanidan 410 ta (ko'rish)
🔸 Jarqo‘rg‘on tumanidan 97 ta (ko'rish)
🔸 Qumqo‘rg‘on tumanidan 211 ta (ko'rish)
🔸 Qiziriq tumanidan 119 ta (ko'rish)
🔸 Sariosiyo tumanidan 276 ta (ko'rish)
🔸 Termiz tumanidan 176 ta (ko'rish)
🔸 Uzun tumanidan 229 ta (ko'rish)
🔸 Sherobod tumanidan 157 ta (ko'rish)
🔸 Sho‘rchi tumanidan 226 ta (ko'rish)
🔸 Termiz shahridan 93 ta (ko'rish)
☎️(+99899) 203 00 30 Surxondaryo viloyati vakili
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Latviya tashqi ishlar vazirligining moliyaviy ko‘magida “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Latviya mahalliy va mintaqaviy boshqaruv organlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini yumshatish va moslashish bo‘yicha barqaror siyosatni rejalashtirish” loyihasi Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida amalga oshirilmoqda.
Joriy yil 10-14-iyun kunlari “Yuksalish” umummilliy harakati mutasaddilari hamda loyiha ekspertlaridan iborat delegatsiya Latviya davlatida bo‘lib qaytdi. Jumladan, delegatsiyada harakatning Surxondaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etdi.
Xususan, Latviya tashqi ishlar, iqtisodiyot, iqlim va energetika vazirliklari, mahalliy hokimiyatlar assotsiatsiyasi, Yelgava dumasi rahbariyatlari bilan o'tkazilgan uchrashuvlarda iqlim o‘zgarishining oldini olish va unga moslashish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda yurtimizda tatbiq qilish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan buyon Surxondaryo viloyatiga kimlar hokim bo‘lgan?
Mustaqillik yillarida viloyatga 14 kishi rahbarlik qilgan. Ular:
▪️ Berdiyev Hakim Eshboyevich
(1991-1993);
▪️ Botir Mahmudov
(1993-1993);
▪️ Noraliyev Jo‘ra Noraliyevich
(1993-2000);
▪️Olimjonov Baxtiyor Mamajonovich
(2000-2002);
▪️Qodirov Toshmirza O‘roqovich
(2002-2004);
▪️Eshmurodov Abdulhakim Xo‘shboqovich
(2004-2008);
▪️Jo‘rayev Turobjon Ikromovich
(2008-2011);
▪️Choriyev Normo‘min Omonovich
(2011-2013);
▪️Jo‘rayev Eshdavlat Tursunovich
(2013-2014);
▪️Mamaraimov Tojimurod Normurodovich
(2014-2016);
▪️Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich
(2016-2018);
▪️Po‘latov Bahodir Baxtiyorovich
(2018-2019);
▪️Bobolov To‘ra Abdiyevich
(2019-2022);
▫️Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich
(2022 - h.v).
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
YUNISEF vakillari ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati bilan tanishishdi
Avval xabar berganimizdek, 2023-yil oktyabr oyidan Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda YUNISEF xalqaro tashkiloti va Yevropa ittifoqi ko‘magi asosida ta’lim sohasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan jamoalar uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi davlat bog‘chalarida o‘nta ko‘p tilli innovasion, inklyuziv muqobil guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun, YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rexina Kastijio va Shveysariya elchixonasi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Raxel Byosh hamda Maktabgacha ta’lim agentligi mutasaddilari Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish bo‘yicha Surxondaryo tajribasi bilan yaqindan tanishishdi.
Ma’lumot uchun, xalqaro hamkorlik natijasida vohada tashkil etilgan ko‘p tilli muqobil guruhlarga muhtoj oilalarning 400 nafardan ortiq 3-6 yoshli farzandlari, jumladan, viloyatda yashovchi afg‘on bolalari qamrab olingan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi ishlar natijadorligi va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik-texnologiya instituti binosida yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2121
#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fakt 24 | Surxondaryoda ziyorat turizmi yanada rivojlantiriladi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Gʻallani o‘rish, qabul qilish va saqlash ishlari hamda g‘o‘zaning agrotexnik tadbirlari, shuningdek, loyihalar taqdimoti bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Hududlarda g‘alla o‘rimi va g‘o‘za parvarishining borishi o‘rganildi
Xabar berganimizdek, surxondaryolik g‘allakorlar respublikada birinchi bo‘lib, don korxonalariga tovar don sotish rejasini bajarishdi. Hozirda vohadagi qolgan dalalarda g‘alla o‘rimi davom etmoqda.
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, davom etayotgan o‘rim jarayonlari hamda g‘o‘za parvarishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, don omborlarida g‘allani qabul qilish hamda saqlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Tashriflar davomida tumanlarga biriktirilgan viloyat Ishchi guruhi a’zolari g‘o‘zaga ozuqa berish, sug‘oshir, agrotexnik tadbirlarining borishi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, rivojdan ortda qolayotgan dalalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida axborot berdi.
Viloyat rahbari ishlarni jadallashtirish, o‘g‘itlash va sug‘orish ishlarini muddatida, sifatli amalga oshirish, bu orqali hosilga hosil qo‘shish lozimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli vazifalar topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari
Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida Qurbon hayiti munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari faoliyat yuritmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryolik g‘allakorlar zafar muborak!
Surxondaryo viloyati g‘allakorlari tovar don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi. Bu haqida O‘zAga viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar qildi.
Joriy yil hosili uchun viloyatda 2 ming 278 fermer tomonidan 89 ming 300 gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Ob-havo noqulay kelgan bu yilgi sharoitda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini mehr bilan parvarishlagan dehqonlar mo‘l hosil to‘pladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/608271
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryolik g‘allakorlar bu yil ham mamlakatimizda birinchi bo‘lib, tovar don topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi
Vohalik g‘allakorlar 2024-yil hosili uchun 89,3 ming gektar maydonda mahalliy iqlimga mos, ertapishar g‘alla navlarini parvarishlab, bugun, 16-iyun holatiga don korxonalariga 210 ming 246 tonna sara tovar don sotib, shartnomaviy rejani 101,0 foizga bajardilar.
Jumladan, Sheroboddagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi 107,2 sentner, Qumqo‘rg‘ondagi “Elobod ziyosi” fermer xo‘jaligi 106,0 sentner, Angordagi “Umid shox Angor” fermer xo‘jaligi 101,2 sentner, Muzrabotdagi “Amirqul bobo KAA” fermer xo‘jaligi 100,3 sentner, Jarqo‘rg‘ondagi “Panji Umid Bunyod” fermer xo‘jaligi 100,2 sentner, Termiz tumanidagi “Qoraxon Yangiariq” fermer xo‘jaligi 101,0 sentnerdan hosil olib, vohamiz xirmoniga o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shishdi.
G‘allakorlarimiz erishgan ushbu natija vohamizda qishloq xo‘jaligida joriy qilinayotgan iqtisodiy islohotlar, zamonaviy texnologiyalar hamda fermerlarning moddiy manfaatdorligi, yerga, mulkka egalik hissining oshganligining, klasterlar faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilganligining samarasidir.
Joriy yilda voha g‘allakorlari gektarlar hosildorligini o‘rtacha 94 sentnerga yetkazib, mavjud maydonlardan 840 ming tonna sara don ishlab chiqarishni mo‘ljallamoqda.
Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar, muhtaram surxondaryoliklar!
Siz, azizlarni mehr-oqibat, xayr-saxovat, olijanoblik kabi ezgu umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Qurbon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman.
Niyati va maqsadida yaxshilik va ezgulik bo‘lgan tanti surxondaryoliklarning Yaratganga shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi va farovonligini so‘rab qilayotgan duolari ijobatini tilayman.
Muborak kunda barcha vohadoshlarimizga Yaratgandan uzoq umr, baxt-saodat, sihat-salomatlik va xotirjamlik, xonadonlariga fayzu baraka tilayman.
Barchangizga yana bir bor azizu mukarram Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!
Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik – Termizda yoshlar sayli o‘tkazildi
Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shoiri ostida o‘tkazilgan Yoshlar sayli minglab o‘g‘il-qizlarni ayni ezgu maqsad sari birlashtirdi.
Bugun Termiz shahrida boshlangan tadbirlarning gala-konsert dasturida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yoshlarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Har jabhada ilg‘or, o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar hamda ular tahsil olayotgan ta’lim muassasalariga pul mukofotlari hamda sport anjomlari sertifikatlari tantanali topshirildi.
Xususan, Surxondayo viloyati hokimi stipendiyasi uchun 1 mlrd so‘mlik, ommaviy sport tadbirlarini rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mlik, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari uchun 68 mln so‘mlik va Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblarini taqdirlash uchun 230 mln so‘mlik pul mukofotlari sertifikatlari shular jumlasidan.
Gala-konsert dasturida estradamiz yorqin yulduzlari, Shohruhxon, Hamdam Sobirov, Shohruh, “Bojalar” guruhi hamda boshqa san’atkorlar, shuningdek, taniqli boshlovchilarning chiqishlari yoshlar saylini haqiqiy bayram shoulariga aylantirdi.
Yoshlar sayli doirasida kun davomida “Kibersport” va shaxmat “Rakirovka” musobaqalari, “Munozara” va “Zakovat” intellektual o‘yinlari, “Hech bir yosh e’tibordan chetda qolmaydi” xayriya aksiyasi hamda yugurish marafoni kabi turli loyihalar ham o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigini yo‘lladi
“Siz, azizlarni, butun xalqimizni tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlaridan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman...
...Bugun biz ko‘pmillatli xalqimiz bilan birga Yangi O‘zbekistonni barpo etmoqdamiz. Yangi O‘zbekiston – bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak degani.
Barchamiz hamjihat bo‘lib, boshlagan islohotlarimizni yanada qat’iy davom ettirsak, bu ulug‘ maqsadga so‘zsiz yetamiz.
Farzandlarimizni albatta bilimli, hunarli, odobli insonlar, chinakam vatanparvar avlod etib voyaga yetkazamiz.
Shu yo‘lda barchamizga baxt va omad yor bo‘lsin!
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifida xususiy klinika tashkil etish, yuk tashish texnika xizmati ko‘rsatish, sement va boshqa turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft mahsulotlarini qayta ishlash zavodi hamda isitish kotyollari, MDF eshik romlari va yumshoq mebellari tayyorlash korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2122
#Surxondaryo #sanoat #ishlabchiqarish #ishorinlari #loyihalar #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi
Xabarda joriy yilning 20-24-iyun kunlari kutilayotgan yomg‘ir yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi ma'lum qilingan.
📞 Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati bo‘yicha yoshlarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun 3 205 ta yer uchastkasini e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling!
🔷 Oltinsoy tumanidan 218 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 166 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 242 ta (ko'rish)
🔷 Boysun tumanidan 4 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 344 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 147 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 157 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 174 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 273 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 117 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 226 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 159 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 282 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 391 ta (ko'rish)
🔷 Termiz shahridan 10 ta (ko'rish)
Eslatma: Mazkur yerlar maydonlari Prezident qarori (PQ-153-son,05.04.2024 y.) asosida savdoga chiqarilgan.
☎️ (+99899) 203 00 30 Surxondaryo viloyati vakili
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Hokim va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Shifoxonalardagi sharoitlar va ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy soha obyektlari faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Termiz tumani va Termiz shahridagi tibbiyot muassasalari hamda umumta’lim maktabida bo‘ldi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2120
#Surxondaryo #tibbiyot #shifoxona #maktab
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Ichimlik suvi o‘chirilayotgan hududlarga maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi
“Xo‘jaipok” TISICH va Tarqatish bo‘limi birinchi suv ko‘tarish inshootining 2, 5 va 8-bo‘limi guruhli suv ishlab chiqarish inshootlarida ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi 7 ta tumanning ushbu magistral suv quvuri orqali ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan hududlarida, 20-iyun kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
➖ Oltinsoy tumani;
➖ Qumqo‘rg‘on tumani;
➖ Bandixon tumani;
➖ Qiziriq tumani;
➖ Sherobod tumani;
➖ Muzrabot tumani;
➖ Angor tumani.
☝️Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan hududlar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
🙏 «Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning hududlarga tashrifi Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Oltinsoy, Uzun va Sariosiyo tumanlariga bo‘ldi hamda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari va g‘o‘za agrotexnikasi tadbirlarining borishi o‘rganildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirokida Oltinsoy tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2119
#Surxondaryo #Vazir #galla #paxta #loyihalar #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xirmonlarim
Olamda musavvir, mashshoq xalqlar bor,
Ellar tomoshaga navbatda turgan.
Ammo! O‘zbek degan buyuk dehqon bor,
O‘zbek esa doim xirmon ko‘targan.
📹 Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar sayli doirasidagi tadbirlar hamda gala konsert dasturining qaynoq lavhalari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: "Yoshlar siyosati ustuvor masala bo‘lgan Yangi O‘zbekistonimizda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar uchun har bir jabhada imkoniyatlar yaratilgan!"
Kecha Termiz shahrida o‘tkazilgan yoshlar sayli tadbirlari doirasidagi yurish marofonida viloyat hokimi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida intervyu berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ezgu tilaklar va xolis niyatlar amalga oshadigan muborak Qurbon hayitining birinchi kunida o‘qilgan hayit namozidan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyat sektorlari, mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari bilan “Al Hakim At-Termiziy” majmuasini ziyorat qildi.
Yaratgandan yurtimizga fayz va baraka, tinchlik-xotirjamlik, yetishtirayotgan hosillarimiz mo‘l-ko‘lchiligi, xalqimiz farovonligini so‘rab duoga qo‘l ochildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda Qurbon hayiti katta shodu xurramlik bilan boshlandi
Qurbon hayitining birinchi kuni vohada shodu xurramlik va shukronalik kayfiyatida boshlandi.
Muborak kunning erta tongidan viloyatimizdagi 130 ta jome masjidlarida hayit namozi o‘qildi. Unda 196 mingdan ortiq namozxon saodatli kun ibodatini ado etdi.
Xususan, Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi.
Qurbon hayiti namozini ado etish uchun kelgan musulmonlar tinch-osuda va farovon hayotga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, omonlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdi.
Shuningdek, xayru-saxovat ayyomida viloyatimizning shahar va tumanlarida ko‘makka muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yakka yolg‘iz keksalar, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda bayram sovg‘alari yetkazib berilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Yoshlar va rahbarlar yurish marofonida ishtirok etishdi!
Termiz shahrida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar sayli doirasida yurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Viloyat sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar hamda idoralar mutasaddilari vohamizning minglab yoshlari bilan shahar markazidagi Mustaqillik maydonidan San’at saroyi majmuasigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishdi.
Yoshlar sayli tadbirlari San’at saroyi majmuasida taqdirlash marosimlari, galakonsert tomoshalari bilan ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Oltinsoy tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi tashabbuslar taqdimoti hamda aholi turmush darajasi bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X