axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Germaniyada ishlash istagida bo‘lganlar diqqatiga!

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda ushbu davlatning salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor “Mehnat yarmarkasi” o‘tkaziladi.

📍 “Mehnat yarmarkalari” Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

➖ 2024-yil 19-iyun, soat 9:00 dan 17:00 gacha;
➖ 2024-yil 20-iyun, soat 9:00 dan 12:00 gacha
.

👉 Lokatsiya

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Yoshlar Qurbon hayitini yangi uyda nishonlaydi

Muborak Qurbon hayiti arafasida Termiz shahri va tumanlarda turar-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshga yangi uylarning kaliti topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanidan “Zoom” platformasi orqali ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda yosh avlodga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar yigit-qizlarning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/608107

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Yangi ish o‘rinlari yaratayotgan korxonalar, istiqbolli loyihalar hamda infratuzilmalar rivojlanishi bilan tanishuv - zamonaviy qiyofa kasb etayotgan ko‘hna Boysun‌‌

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan ichki sayohatga chegirmalar eʼlon qilindi

Turizm qo‘mitasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2024-yil 16-18-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.

Xususan, yurtimizda joylashgan davlat teatrlari va mehmonxonalar hamda ovqatlanish shoxobchalari tomonidan beriladigan (ixtiyoriy) chegirmalar bilan havolalar orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Qurbon hayitida shahar avtobuslari yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi

Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan Qurbon hayitining birinchi kunida aholiga jamoat transporti xizmatini qulay qilish maqsadida Termiz shahridagi yo‘nalishli avtobuslar harakatini tongi soat 04:00 dan boshlaydi.

Shuningdek, Qurbon hayitining birinchi kuni, 16-iyun sanasida “Termiztransxizmat” filiali hamda "AngorAvtotrans" DUK tasarrufidagi 1, 3, 5, 6, 7, 8, 15, 17, 245, 246-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar tongi soat 04:00 dan 09:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | Qulpnay va tarvuz yetishtirishdan 700 million so'm daromad ko'rayotgan tadbirkor

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Denovda yirik loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari, chorva kompleksi, xususiy klinika va muruvvat uyi faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Surxondaryoni kashf eting!

Vohaning turizm salohiyati, tarixiy joylari, ziyoratgohlar, ekoturizm maskanlari bilan www.surkhan.travel sayti orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Yoshlar sayli konsert tomoshalariga marhamat!

⚡️“30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘lab o‘tkazilayotgan yoshlar oyligi doirasida 2024-yil 15-iyun kuni soat 19:00 da Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonidaYangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar sayli bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar sayli doirasida estradamiz yulduzlari Shohruhxon, Hamdam Sobirov, Shoxrux, “Bojalar” guruhi va boshqa taniqli san’atkorlar ishtirokida galakonsert dasturlari namoyish etiladi.

📍 Manzil: Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi.

❗️Konsert dasturlari tomoshasiga kirish mutlaqo BEPUL.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Surxondaryo viloyati hokimi Ozarbayjonlik investorlarni qabul qildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termizda Jalinga – interaktiv video studiyasi ish boshladi

Termiz davlat universitetida tashkil etilgan Jalinga interaktiv video studiyasi yurtimizda sanoqli bo‘lib, u yangi texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalanib, interaktiv hamda animatsion kontentlar tayyorlash uchun barcha sharoitlarni o‘zida mujassam etgan markaz sanaladi.

Hozirda viloyatda yagona bo‘lgan markazning imkoniyatlaridan nafaqat universitet, balki, vohadagi boshqa ta’lim muassasalari ham foydalanishlari mumkin.

Studiyada yuqori sifatli video darslar tayyorlash, onlayn va oflayn rejimda interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyati mavjud. Bu esa dars jarayonini yanada samarali va qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi. Shuningdek, talabalar o‘z bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish uchun turli xil virtual tajribalarni sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida stomatologiya va oilaviy poliklinika binolarining ochilishi hamda ishsiz yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirish tadbirlarida ishtirok etdi.

Yoshlar ishlari agentligi shahar va tumanlar bo‘lim boshliqlarining faoliyati yuzasidan taqdimotlar bilan tanishildi. Shuningdek, tumandagi 36-sonli maktab sharoitlari ko‘zdan kechirilib, o‘quv binosini ta’mirlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Hududlarga tashrif yakunida Bandixon tumanidagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Polvontosh mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha sektor rahbarlari hamda “yettilik”ning hisobotlari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2115

#Surxondaryo #poliklinika #subsidiya #taqdimot #maktab #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ichimlik suvi o‘chirilayotgan mahallalarda maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi

Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 12-iyun kuni soat 08:00 dan 20:00 gacha Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

➖ Do‘stlik;
➖ Saxovat;
➖ Turon;
➖ Navro‘z;
➖ Tinchlik;
➖ Shodlik;
➖ Shifokor;
➖ Ma'rifat;
➖ "A.Jomiy" mahallalari.


Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.

«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan
uzr so‘raydi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Termiz muhandislik-texnologiya institutida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovning tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 56 nafar tadbirkorning 64 ta murojaat, taklif va tashabbuslari tinglandi va atroflicha o‘rganildi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan telegram guruhi va @surxondaryo_tadbirkorlari_bot telegram boti hamda quyidagi telefon raqamlariga murojaat qoldirishlari mumkin:

☎️ (76) 225 09 59;
☎️ (76) 225 09 45;
☎️ (76) 225 10 84;
☎️ (76) 225 10 85.

Uchrashuv haqida batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2114

#Surxondaryo #tadbirkorlar #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchida yoshlarga yer ajratish, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi hamda g‘alla o‘rimi, g‘o‘za parvarishi va mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi tashabbuslar taqdimotlari, aholi turmush farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yoshlar uchun yer maydonlari ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Bo‘ston mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari ko‘zdan kechirildi hamda aholi xonadonlarida tuyaqush boqish, issiqxonachilik va chorvachilikni ommalashtirish loyihalari taqdimot qilindi.

Shuningdek, “Bek metall produktion” MChJ qo‘shma korxonasining energiya tejamkor issiqxonalari hamda turli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan ham tanishilib, “Degrez” suv ombori hududida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ekoturizm loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2118

#Surxondaryo #infratuzilma #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Denov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot

Kecha, 14-iyun kuni soat 23:08 da Denov tumani Namozgoh mahallasida joylashgan “Denov baraka yashil olami” MChJ hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan va bir qatorda joylashgan 5 ta savdo do‘konlarining 100 kvadrat metr maydonidagi oziq-ovqat mahsulotlari yong‘indan zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlari FVBlarining 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 23:25 da qurshab olingan va soat 01:10 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va favqulodda holat sodir bo‘lgan qatordagi savdo do‘konlarining 700 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahrida og‘ir hudud toifasidagi mahallada qilingan ishlar bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahridagi og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Temiryo‘lchi mahallasida infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shahar sektor rahbarlari mahallada bajarilgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususida taqdimot qilishdi. Mahalla “yettiligi” o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

Viloyat rahbari mahalla bo‘ylab yurib, bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mahallaning o‘sish nuqtalari, drayver sohalari bilan qiziqdi. Aholi bilan muloqot qilinib, murojaatlari tinglandi hamda mas’ullarga muammolarni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, sektor rahbarlari va mahalla “yettiligi”ga aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish, mahallani bir oy muddatda “yashil” toifaga o‘tkazish vazifalari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida og‘ir hudud toifasidagi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq mahallalarida BSKlar faoliyatini tashkil etish taqdimotlari bilan tanishdi.

Tumandagi “Xangaronsoy” sel-suv ombori, “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi, “Manguzar–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘lining 111 km qismida semento-beton qoplamasi yotqizish hamda “Kemping” xizmatlari ko‘rsatuvchi turizm majmuasi qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Zoom” platformasi orqali Termiz shahri va tumanlarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj, davlat g‘amxo‘rligiga olingan 56 nafar yoshlarga uy-joy kalitlarini topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2117

#Surxondaryo #yirikloyihalar #taqdimotlar #uyjoytopshirish #qurilish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

E-auksion platformasida Surxondaryo viloyatidan savdoga chiqarilgan ko'chmas mulklar bilan tanishing

🔹 Oltinsoy tumanidan 3 ta (ko'rish)
🔹 Angor tumanidan 9 ta (ko'rish)
🔹 Bandixon tumanidan 7 ta (ko'rish)
🔹 Boysun tumanidan 15 ta (ko'rish)
🔹 Muzrabot tumanidan 32 ta (ko'rish)
🔹 Denov tumanidan 18 ta (ko'rish)
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 36 ta (ko'rish)
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 28 ta (ko'rish)
🔹 Qiziriq tumanidan 13 ta (ko'rish)
🔹 Sariosiyo tumanidan 33 ta (ko'rish)
🔹 Termiz tumanidan 36 ta (ko'rish)
🔹 Uzun tumanidan 16 ta (ko'rish)
🔹 Sherobod tumanidan 13 ta (ko'rish)
🔹 Sho‘rchi tumanidan 18 ta (ko'rish)
🔹 Termiz shahridan 103 ta (ko'rish)

☎️ (99) 203-00-30 (Surxondaryo viloyatidagi vakil)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔷 Qumqo'rg'on tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:

➖ 16-hudud 1-uchastka (G‘alaba MFY, To‘da MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;


8-hudud 2-uchastka (Boymoqli MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

8-hudud 1-uchastka (Arslonboyli MFY, Achamayli MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

7-hudud 2-uchastka (Arpapoya MFY, Bobotog‘ MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

4-hudud 2-uchastka (Yangiavlod MFY, O‘zbekiston besh yilligi MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

2-hudud 1-uchastka (Paxtaobod MFY, Mustaqillik MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

16-hudud 2-uchastka (Pastxam MFY, Cho‘kirli MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔷 Sariosiyo tumani hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri;

🔷 Angor tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 5-hudud 2-uchastka (Bahor MFY, Ilg‘or MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔷 Jarqo'rg‘on tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: Uzumzor mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔷 Uzun tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: Hayvonlar sog'ligini saqlash tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xafsizligi bo'yicha bosh mutaxasisi;

🔷 Sariosiyo tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: A.Navoiy mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔷 Muzrabot tumani qishloq хo'jaligi bo'limi: Agroteхnologiya bo'yicha bosh mutaхassisi;

🔷 Termiz shahar soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;

❗️Arizalar 16.06.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari va tibbiyot maskanlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, yaxna ichimliklar, sport kiyimlari ishlab chiqarish, chorvachilik kompleksi, xususiy tibbiyot klinikasi hamda Denov nogironligi bo‘lgan erkaklar muruvvat uyi faoliyati bilan tanishildi. Xususiy maktab va tikuvchilik sexi loyihalari taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Chorvachilik fermer xo‘jaliklari bilan uchrashuvda ularning mavjud muammolari tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2116

#Surxondaryo #yirikloyihalar #ishlabchiqarish #klinika #muruvvatuyi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ахborot 24 | Surxondaryoda suv toshqinlarini oldini olish va sug’orish qobiliyatini oshirish imkonini beruvchi «Hangaransoy» suv ombori qurilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📊 Surxondaryo viloyati bo‘yicha olingan tuxum hajmi ma’lum qilindi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylari davomida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 116,5 mln dona tuxum (2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 6,8 foizga ko‘p) ishlab chiqarilgan.

📍 Surxondaryo viloyati bo‘yicha olingan tuxum hajmi hududlar kesimida (ming dona):

➖ Termiz - 26 133;
➖ Jarqo‘rg‘on - 22 080;
➖ Denov - 14 539;
➖ Muzrabot - 10 753;
➖ Sherobod - 8 592;
➖ Qumqo‘rg‘on - 7 674;
➖ Sariosiyo - 5 915;
➖ Uzun - 4 675;
➖ Sho‘rchi - 4 155;
➖ Angor - 3 996;
➖ Boysun - 2 839;
➖ Oltinsoy - 1 680;
➖ Qiziriq - 1 348;
➖ Bandixon - 1 086;
➖ Termiz sh - 1 065.

🥚Tuxum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, umumiy hajmning 53,7 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Ozarbayjon davlatidan vohamizga tashrif buyurgan “Tobus Bashtiyan Ltd” kompaniyasi rahbari Naig Mammadxasanov va “Kaspian kapital group” kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adalat Axunovni qabul qildi.

Uchrashuvda mehmonlarga vohamizning investison salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilindi. Xususan, uzumchilik va vinochilik, “Omonoxona” va “Sangardak” hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya usulida hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.

Ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor va mamnun ekanliklarini qayd etishdi.

#Surxondaryo #Ozarbayjon #hamkorlik #TobusBashtiyanLtd #Kaspiankapitalgroup

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qiziriq va Bandixonga tashrif:

Poliklinikalar ochilishi va yoshlarga jihoz topshirish tadbirlari, yoshlar yetakchilari faoliyati, maktab sharoitlari hamda mahalladagi ishlar taqdimoti bilan tanishuv

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🐑 Surxondaryodagi qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni ma’lum qilindi

🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 1-aprel holatiga vohamizdagi qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 2 574,9 mingtaga yetgan.

📈 Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilganing mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar soni 57,1 mingtaga yoki 2,3 foizga ko‘payishni qayd etgan.

Qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari kesimida tahlil qilinganda, jami bosh sonining 77,7 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Surxondaryo viloyati hokimi ellikdan ortiq tadbirkorning muammolarini tingladi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1 708 ta dehqonchilik uchun yerlarni e-auksion.uz orqali 30 yilga ijaraga oling

🔷 Oltinsoy tumanidan 111 ta (ko'rish)
🔷 Angor tumanidan 93 ta (ko'rish)
🔷 Bandixon tumanidan 115 ta (ko'rish)
🔷 Muzrabot tumanidan 53 ta (ko'rish)
🔷 Denov tumanidan 178 ta (ko'rish)
🔷 Jarqo'rg'on tumanidan 124 ta (ko'rish)
🔷 Qiziriq tumanidan 104 ta (ko'rish)
🔷 Qumqo'rg'on tumanidan 96 ta (ko'rish)
🔷 Sariosiyo tumanidan 29 ta (ko'rish)
🔷 Termiz tumanidan 88 ta (ko'rish)
🔷 Uzun tumanidan 110 ta (ko'rish)
🔷 Sherobod tumanidan 428 ta (ko'rish)
🔷 Sho'rchi tumanidan 179 ta (ko'rish)

☎️(99) 203-00-30 (Surxondaryo viloyat vakili)

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib, g‘alla o‘rimi ishlarining borishi bilan tanishdi hamda ishsiz, daftarda turgan yoshlarga yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etdi.

Tadbirlarda g‘alla o‘rimida faol ishtirok etayotgan kombayn operatorlari va mexanizatorlarga viloyat hokimligining sovg‘alari ham topshirildi.

Tashrif yakunida Sho‘rchi tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Olatemir mahallasida infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2113

#Surxondaryo #Galla2024 #yoshlargayer #mahalla

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал