🎼 Yulduzli "Madaniyat karvoni" Surxondaryoda
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Madaniyat karvoni” shaklida gastrol-konsert dasturlari namoyish etiladi.
🎤 Konsert dasturlarida taniqli estrada yulduzlari Anvar G‘aniyev, Umid Shaxobov, Sharof Muqimov, Dilfuza Rahimova, Yodgor Mirzajonov, Iroda Iskandarova va “Surxon” guruhi kabi taniqli san’atkorlar jamoasi hamda so‘z ustalari o‘zlarining eng sara ijrolari bilan ishtirok etadi.
Konsert dasturlari:
📍 Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘ida, bugun, 7-iyun soat 19:30 da;
📍 Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida, ertaga, 8-iyun soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi.
❗️Konsert dasturlariga kirish mutlaqo bepul.
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini ushbu gala konsert dasturlariga taklif etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Huaxing Development and Investment Group” kompaniyasi raisi Chen Xingfu hamda "Nuwa Robotics CIS Group" kompaniyasi raisi Rey Hungni qabul qildi. Qabul O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ko‘magida tashkil etildi.
Uchrashuvda tomonlarning avvalgi muzokaralarida muhokama qilingan loyihalarni boshlash, xususan, robotatexnikalar va noutbuklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, vohada yangi loyihalarni boshlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Termizning logistika imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida logistika markazi tashkil etish, kaliy qazib olish, qayta ishlash va eksport qilish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama etildi.
Termiz shahri va Shansi provinsiyasining Yuncheng shahri o‘rtasida qardosh shaharlar munosabatlarini rivojlantirish yuzasidan kelishuv imzolandi.
#Surxondaryo #Xitoy #muzokaralar #kelishuvlar #hamkorlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Aholiga sayyor mobil xizmat ko‘rsatish boshlandi
Surxondaryo viloyatida “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlarining psixolog va yuridik xizmati xodimlari aholiga sayyor mobil xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ydi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tashkil etgan ilk sayyor mobil xizmat “Fuqarolar davlat organlariga emas, davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi kerak!” shiori ostida Jarqo‘rg‘on tumanidan boshladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/605599
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov korxonalar faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tekstil va ip-kalava, ofis va oshxona mebellari, un va un mahsulotlari hamda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2107
#Surxondaryo #korxonalar #ishlabchiqarish #ishorinlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xalqaro olimpiada g‘olibi taqdirlandi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasi g‘olibi Javohir Anvarov bilan uchrashdi.
Angor tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Javohir joriy yilning 27-28-may kunlari 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi va 25-30 iyun kunlari Turkiya davlatida o‘tkaziladigan Jahon fan olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Viloyat rahbari Javohirni erishgan natijasi bilan tabriklab, Jahon fan olimpiadasida ham omad tiladi hamda viloyat hokimligining diplom va sovg‘alarini topshirdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fransiya kompaniyasi bilan turizm loyihalarini amalga oshirish masalasi muhokama qilindi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Fransiyaning MND kompaniyasi Osiyo, Turkiya va Bolqon mintaqalari bo‘yicha koordinatori Orxan Shirinni qabul qildi. Kompaniya dor va kanat yo‘li, osma ko‘priklar qurish bilan shug‘ullanadi va dunyo bo‘ylab ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan.
Uchrashuvda vohamizning ekoturizm salohiyati, ekstremal turizmdagi ishga solinmagan imkoniyatlar, yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berildi. Mehmonlar viloyatimizning tog‘li hududlari, jumladan, Sariosiyo va Boysunning tog‘li hududlarida dor va kanat yo‘li qurish loyihalarini amalga oshirish taklifini bildirishdi. Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan loyihalar, qurilgan dor yo‘llari, osma ko‘priklar taqdimot qilindi.
Uchrashuv yakunida taklif etilgan loyihalarni tomonlarning mutaxassislari ishtirokida joyida ko‘rib chiqish, uning texnik va iqtisodiy tomonlarini puxta ishlab chiqishga kelishildi.
#Surxondaryo #Fransiya #MND #muzokara
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Kakaydi” qo‘rg‘onidagi harbiy qismda “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishib, viloyatdagi barcha mahallalarning Yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, Qoraqursoq mahallasida avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi hamda “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2106
#Surxondaryo #yoshlar #uchrashuv #manaviyatsektori
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📷 Surxondaryoning qadimiy va diqqatga sazovor joylari, mo‘jizakor tabiati, milliy urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan kiyinish uslublarini o‘zgacha rakurslarda aks ettirgan fotosuratlar
Barcha vohadoshlarimizga boshlangan yangi kun xayrli bo‘lishini tilaymiz!
📷 Fotograf: Dilmurod Ahmedov
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz xalqaro aeroportida vohalik bo‘lajak hojilarni “Haj” safariga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, muborak safarga otlangan surxondaryoliklarga oq yo‘l tiladi.
Yurtimizda yildan yilga “Haj” ziyoratiga boruvchi fuqarolarimiz uchun qulayliklar va sharoitlar yanada yaxshilanib, O‘zbekistonliklar uchun ajratilgan kvotalar soni ham ortib bormoqda. Xususan, bu yil 768 nafar vohadoshlarimiz muborak safarga yo‘l olishdi.
Nuroniylarimiz davlatimiz tomonidan diniy sohada, xususan, Muborak “Haj” safarini ado yetish uchun yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirishdi. Safar oldidan o‘tkazilgan tadbirda diniy ulamolar, nuroniylar, safarga otlangan otaxonu-onaxonlar hamda tadbir ishtirokchilari yurt tinchligi va farovonligi, ziyoratchilarimizning safarlari bexatar bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.
#Surxondaryo #Haj2024 #Muboraksafar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Qiziriq va Sherobod tumanlarida g‘alla o‘rimining borishi bilan tanishdi hamda ishsiz, otaliqqa olingan yoshlarga g‘alladan bo‘shagan maydonlardan yer ajratish, ko‘makka muhtoj oilalarga bug‘doy tarqatish tadbirlarida ishtirok etdi.
Shuningdek, o‘rim-yig‘im tadbirlarida faol ishtirok etayotgan otryad rahbarlari va kombayn operatorlariga sovg‘alar topshrildi.
Tashrif yakunida “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2104
#Surxondaryo #galla2024 #yoshlargayer #chorvakompleks
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Vengriya tashqi ishlar va savdo vazirligining vakili Soboslai Zoltan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston va Vengriya davlatlarining o‘zaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichda davom etayotganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda amalga oshiriladigan loyihalar, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Mehmonlarga vohamizning investision salohiyati, ishga solinmagan imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Muzokaralar yakunida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, xususan, 5 ming boshli chorvachilik kompleksi, go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash hamda bolalar ozuqasi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Ikki kunlik tashrif bilan kelgan delegatsiya vohamizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishi hamda Xalqaro erkin savdo markazi, chorvachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati tanishishi ko‘zda tutilgan.
#Surxondaryo #Vengriya #qabul #kelishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
“Boysun bahori” xalqaro etno-festivali o‘tkazilayotgani natijasida Surxondaryoda sayyohlar oqimi 4 karra ko‘paydi – Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida turizmni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor masalalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohadagi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari hozirgi murakkab geosiyosiy va iqtisodiy vaziyatda turizm kabi yangi ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
〰️〰️〰️
Mutasaddilar va viloyat hokimlariga turizm salohiyati yuqori 20 ta tumanni tanlab olib, Rossiya, Turkiya, Xitoydan maslahatchilarni jalb qilgan holda ushbu tumanlar master rejasini ishlab chiqish va har biriga kamida 50 million dollarlik investitsiya jalb qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish topshirildi.
〰️〰️〰️
Yana bir masala – tabiiy ko‘llar atrofidagi turizm imkoniyatlari ham ishga solinmayotganligi tanqid qilindi.
Mutasaddilarga akvapark va basseynlar tashkil etish bo‘yicha loyihalarni ko‘paytirish, ko‘llar bo‘yicha master reja ishlab chiqib, atrofini lotlarga bo‘lib, tadbirkorlarga taklif etish topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot boshlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Senat ishchi guruhining Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini sifatli ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash hamda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilishga oid vazifalar ijrosi yuzasidan o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2101
#Surxondaryo #Senat #urganish #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Muzrabotga tashrif: yoshlarga yer, ehtiyojmand oilalarga bug‘doy tarqatish, mahsulot yetishtiruvchilar bilan uchrashuv hamda bozor bilan tanishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik rivojida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida “Turkish Aerospace Industries Inc.” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.
〰️〰️〰️
Anqara shahrida Prezidentimizni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
〰️〰️〰️
Anqara shahrida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.
〰️〰️〰️
Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an raisligida O‘zbekiston-Turkiya oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
〰️〰️〰️
Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Sho‘rchida ip-kalava, mebellar va un mahsulotlari hamda yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryoda maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash boshlandi
Jarqo‘rg‘on tumanidagi 36-maktabda Surxondaryo viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshqarib borgan videokonferensaloqa shaklidagi seminarda vohadagi ta’lim sohasi mutasaddilari, boshqarma boshliqlari, shahar va tumanlar studiyalaridan sektor rahbarlari, mas’ullar hamda maktab direktorlari ishtirok etdi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/605393
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Termiz shahridagi markaziy ko‘chalar hamda xiyobonlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Jarqo‘rg‘onga tashrif: Maktablar uchun qurilish materiallari topshirish tadbiri, yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv, harbiy qismda “Ma’naviyat sektori” faoliyati hamda mahallalarda obodonlashtirish ishlari bilan tanishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida vohamizdagi umumta’lim maktablarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Videokonfrensaloqa shaklida o‘tkazilgan seminarda viloyatdagi 862 ta maktabni yangi o‘quv yiliga tayyorlash uchun 6 mlrd 517 mln so‘m mablag‘ evaziga xarid qilingan 5 turdagi qurilish materiallari maktab direktorlariga topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2105
#Surxondaryo #maktablar #yangioquvyili #seminar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fakt 24 | Surxondaryoda tarvuz eksporti boshlandi
Termiz tumanining olis Gulbahor mahallasi mirishkorlari yetishtirgan poliz mahsulotlarini mahalliy bozorlarga hamda xorijiy davlatlarga eksport uchun chiqarishmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 To‘rtta tumanda g‘alla o‘rimi bilan tanishildi hamda yoshlarga yer ajratish, oilalarga g‘alla, kombaynchilarga sovg‘a topshirish tadbirlari o‘tkazildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Qishloq xo‘jaligidagi islohotlar fermerni yer sultoniga, yerni obod turmush manbaiga aylantirdi
Shu kunlarda Surxon taraflarga yo‘lingiz tushsa, beixtiyor yerni donga, dehqonni xazinabonga mengzaysiz. Chunki, yo‘l bo‘ylaridagi bepoyon dalalarda oltindek tovlanayotgan boshoqli don chehrangizga quvonch, qalbingizga shukronalik hissini ulashadi.
Ko‘z oldingizda bundan o‘ttiz-o‘ttiz besh yil muqaddam non taqchil bo‘lgan yillar gavdalanadi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/604716
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ichimlik suvi o‘chirilayotgan mahallalarda maxsus texnikalar yordamida suv yetkazib beriladi
Termiz shahri Tinchlik mahallasida joylashgan "Shimoliy darvoza" guruhli suv ishlab chiqarish inshootida ta'mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan bugun, 4-iyun kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha Termiz shahrining quyidagi mahallalarida suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
➖ Tinchlik;
➖ Baynalminal;
➖ Saxovat;
➖ Navro‘z;
➖ Farxod;
➖ Do‘stlik;
➖ Shodlik;
➖ "A.Jomiy";
➖ Majnuntol mahallalari.
Suv ta’minoti vaqtincha o‘chirilayotgan mahallalar aholisiga zaruratga ko‘ra ichimlik suvi maxsus texnikalar yordamida yetkazib beriladi.
«Surxondaryo suv ta’minoti» MChJ yetkazilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Angor tumanida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar hamda qurilish sohasidagi loyihalarning borishi bilan tanishdi.
Xususan, “UMS” MChJning Termiz shahridagi savdo ofisida axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mobil operatorlarning faoliyati yuzasidan taqdimotlar qilindi.
Shuningdek, Termiz shahrida “IT park” va “IT academiyasi” filiali va renovatsiya asosida ko‘p qavatli turar-joylar qurilishi, 12-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internati va “Alpomish” sport majmuasidagi ta’mirlash ishlarining borishi hamda Angor tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivida turar-joylar, ijtimoiy soha obyektlari hamda hududdagi yo‘l qurilishi ishlari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2102
#Surxondaryo #telekommunikatsiya #ITpark #qurilish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat e’lon: Piyoz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi uchun telegram guruhi tashkil etildi
🧅 Surxondaryo viloyati va Rossiya Federatsiyasi hududlari o‘rtasida vohamizda yetishtirilgan piyoz va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan. Ushbu kelishuvlarga asosan viloyatimiz hududlarida tadbirkor dehqonlardan mahsulotlarni sotib olish uchun qabul punktlari tashkil etilmoqda.
Shuningdek, viloyat rahbarining topshirig‘iga asosan mahsulot yetishtiruvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🤝 Ushbu guruh orqali dehqonlar o‘z mahsulotlarini taklif qilishlari, xaridorlar bilan savdolashishi hamda oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishlari mumkin.
🔗 Mazkur telegram guruhiga quyidagi haqola orqali ulanishingiz mumkin:
/channel/+ptljmi-tTO9lYTgy
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Termiz davlat universiteti – yetmish yoshda
Universitet dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik qilib, yangi O'zbekistonning ilmiy qiyofasini shakllantirishda o‘z hissasini qo‘shmoqda. Oliygohda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar natijasida yaqin kelajakda dunyodagi TOP-1000 talik universitetlar reytingidan o‘rin olish maqsad qilingan.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda universitetda 22 mingdan ortiq talaba ta'lim oladi va 780 nafarga yaqin professor-o'qituvchilar faoliyat yuritadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda amalga oshirilayotgan loyihalar va korxonalar faoliyati bilan tanishish maqsadida Muzrabot tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida g‘alladan bo‘shagan maydondan otaliqqa olingan yoshlarga yer ajratish hamda ko‘makka muhtoj, oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan xotin-qizlarga bug‘doy topshirish tadbirlari o‘tkazildi.
Shuningdek, Rossiyaning “Leto” kompaniyasi tasischiligidagi “Bless S.R” MChJ qo‘shma korxonasi tomonidan 200 gektar maydonda tashkil etilgan issiqxona, agrologistika markazi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi. Karam va piyoz mahsulotlari yetishtiruvchi yirik dehqon xo‘jaliklari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
"Navbahor" dehqon va chorva mollari bozoridagi sharoitlar ko‘zdan kechirilib, majmuani zamonaviy ko‘rinishga keltirish, hududni obodonlashtirish, sotuv nuqtalarini zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqib taqdimot qilish vazifasi yuklandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2100
#Surxondaryo #yoshlargayer #LETO #bozor
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X