axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun kunning ikkinchi yarmida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod” tajribasini joriy etish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Xususan, Namuna mahallasida “Termez water” MChJning ichimlik suvlarini qadoqlash sexi, Hakim bobo Qosimov hamda Qudratilla Tolipovlarning xonadonlarida issiqxonachilik, limonchilik, bog‘dorchilik, asalarichilik va parrandachilik faoliyatlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2099

#Surxondaryo #Termezwater #Sayxunobodtajribasi #bandlik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishdi.

Xususan, xorijiy investor “Afgon German Kompani” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan sog‘lomlashtirish markazi, “Saidjon Muhammadjon muzqaymoqlari” MChJning sutni qayta ishlash va muzqaymoq ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda Jo‘yjangal mahallasida “Sayxunobod” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2098

#Surxondaryo #soglomlashtirishmarkaz #korxona #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Uzun tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 1-iyun kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Uzun tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Qumqo‘rg‘onda ekoturizm loyihalari taqdimoti va xotin-qizlar bandligi bilan tanishildi hamda lider tadbirkor ayollar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, “Surxon” suv omborida vohamizdagi mavjud suv omborlari, o‘rmon xo‘jaliklari va davlat qo‘riqxonalari hududida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuskorlarning taqdimotlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, “To‘maris” to‘yxonasida lider tadbirkor ayollar va ularning onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Shuningdek, “Mashhura” o‘quv markazida xotin-qizlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida viloyatda jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish masalalari muhokama qilindi. Yakunda g‘alla o‘rim-yig‘imi tadbirlarining borishi bilan ham tanishilib, sektorlar va otryad rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/2096

#Surxondaryo #ekoturizm #taqdimot #lidertadbirkorlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryodagi 2 ta maktab 11-sinf bitiruvchilarining barchasi muddatidan oldin talaba bo‘ldi

Joriy o‘quv yilida Sho‘rchi tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 41 nafar, Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 16 nafar 11-sinf o‘quvchilari tamomlamoqda. Ushbu maktablarning barcha bitiruvchilari muddatidan oldin xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilindi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilarining 7 nafari ham muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi. Ular orasida Kanadaning Vest, Italiyaning Siena, AQSHning Kent State University, Kanadaning International Business University kabi xorijiy oliygohlar hamda Vestministr universitetining Toshkent filiali kabi nufuzli universitetlar ham bor.

Bundan tashqari, Sariosiyo tuman ixtisoslashtirilgan maktab internati bitiruvchilarining 18 nafari ham muddatidan oldin "Tashkent International University" oliygohi talabasi bo'lishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida zamonaviy issiqxona, sutni qayta ishlash korxonasi, mebel mahsulotlari ishlab chiqarish sexi, suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdi.

“Sayxunobod” tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, Sebzor mahallasida tashkil etilgan baliqchilik loyihalari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, viloyat rahbari Tojikiston davlati bilan chegara hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan erkin iqtisodiy zona uchun tanlab olingan maydonini ko‘zdan kechirdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2095

#Surxondaryo #issiqxona #korxona #inshoot #baliqchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Fakt 24 | Uzunda 2 000 yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Termiz va Jarqo‘rg‘onda ijtimoiy soha hamda Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriqda g‘alla o‘rimi, g‘o‘za parvarishi jarayonlari o‘rganildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda suyultirilgan gaz to‘ldirish stansiyalari yana 2 taga ko‘paydi

Bugundan Sherobod va Oltinsoy tumanlaridagi qariyb 80 ming iste’molchiga xizmat ko‘rsatuvchi 2 ta yangi suyultirilgan gaz to‘ldirish stansiyasi ishga tushirildi.

Shu vaqtda qadar ushbu hududlar iste’molchilariga Muzrabot, Boysun va Denov tumanlarida joylashgan shaxobchalardan 30-40 km yo‘l bosib maishiy gaz balonlari to‘ldirib yetkazib berilgan. Bu esa suyultirilgan gazni yetkazib berish muddati cho‘zilib ketilishiga hamda tannarxining oshib ketishiga sabab bo‘lgan.

Yangi stansiyalarning ishga tushirilishi natijasida suyultirilgan maishiy balonlarini iste’molchilarga yetkazib berishda ham vaqt, ham mablag‘ tejaladi hamda ikki hududdagi 20 ga yaqin ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💼 Yangi tayinlov

Tursunov Murodilla Xolsaidovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali rahbari lavozimiga tayinlandi.

M.Tursunov 1979-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini va 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – buxgalteriya hisobi va audit.

Mehnat faoliyati davomida Markaziy bankning Surxondaryo viloyati boshqarmasida bosh iqtisodchi, bo‘lim boshlig‘i, birinchi o‘rinbosar va boshqarma boshlig‘i lavozimlarida, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Turkiyada Movarounnahr allomalari ilmiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Turkiyaning Chankiri shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Chankiri Karatekin universiteti hamkorligida joriy yil 27-28-may kunlari “Movarounnahrdan Onado‘liga hadis an’anasi va muhaddislar” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Ikki kun davom etgan xalqaro ilmiy anjumanda Turkiya, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarining taniqli diniy ulamolari, yetuk islomshunos olim va mutaxassislari dastur doirasidagi ma’ruzalari bilan qatnashib, zamonaviy islomshunoslikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

Dunyo bo‘yicha hamma yakdil ittifoq qilgan eng mo‘tabar hadis kitoblari oltita bo‘lib, ularning uchtasi Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan hadisshunos allomalar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar tomonidan yaratilganligi qayd etildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston-Rossiya sammiti: samarali muzokaralar va o‘zaro manfaatli kelishuvlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qo‘shimcha axborot!

Xabar berilganidek, viloyatimiz aholisi va sanoat tarmoqlariga tabiiy gaz yetkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida "Sho‘rtan-Sherobod" MGQ 2-tarmog‘ida yangi qurilgan 10,9 km magistral gaz quvurini 1-tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jarayon qo‘shimcha vaqt talab qilganligi sababli tarmoqlardagi modernizatsiya ishlarini davom ettirish uchun Bandixon, Qumqoʻrgʻon, va Sherobod tumanlaridagi barcha iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish olovli ishlar yakunlangunga qadar to‘xtatildi.

🙏 Iste’molchilardan yana bir bor noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda mazkur ishlar aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotganligi eslatib o‘tamiz.

❗️ Modernizatsiya ishlari yakunlangach ushbu hududlar iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berish qayta tiklanishini ma’lum qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz, Angor va Qiziriq tumanlari fermerlari respublikada birinchilardan bo‘lishdi

Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi boshlangan ilk kunlardan boshlab hududlarda fermer xo‘jaliklari mo‘l hosil olib, o‘z oldilariga qo‘ygan hirmon marralarini zabt etishmoqda.

Xususan, Termiz tumanidagi “Ayritom sardori” fermer xo‘jaligi, Angor tumanidagi “Umid Shoh Angor” fermer xo‘jaligi va Qiziriq tumanidagi “Gold asl chorva” fermer xo‘jaligi dalalarida o‘rim boshlangan birinchi kundan belgilangan reja ortig‘i bilan bajarildi.

Ma’lumot uchun, vohamizda 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilgan va ularga 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun “Surxon arena” sport majmuasida viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Surxondaryo viloyati hokimi kubogi” musobaqalarining taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan quyidagi jamoalarga kubok, medal hamda sertifikatlarni tantanali topshirdi.

➖ Mini futbol bo‘yicha qiz bolalar o‘rtasida:
🥇-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 42-maktab jamoasi;
🥈-o‘rin – Boysun tumani 32-maktab jamoasi;
🥉-o‘rin – Termiz shahri 7-maktab jamoasi.


➖ Futbol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇-o‘rin – Sherobod tumani 27-maktab jamoasi;
🥈-o‘rin – Qumqo‘rg‘on tumani 24-maktab jamoasi;
🥉-o‘rin – Termiz tumani 36-maktab jamoasi.

Ma’lumot uchun, viloyat hokimi kubogini qo‘lga kiritgan jamoa maktabida sun’iy qoplamali futbol maydonchasi quriladi, 2-o‘rin sohibi bo‘lgan maktabning binosi va sport zali hamda 3-o‘rinni egallagan jamoa maktabida sport zali to‘liq ta’mirlab beriladi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida Termiz muhandislik-texnologiya institutida OAV vakillari hamda blogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda vohamizda keng ko‘lamli islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan loyihalar, kelgusidagi rejalar xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, faollar tomonidan ko‘tarilayotgan murojaat va masalalarning hal etilishi, hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida tahlil qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2097

#Surxondaryo #OAV #faollar #ochiqmuloqot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Ko‘plab dunyo mamlakatlarida 72 yildan buyon 1-iyun – yozning ilk kunida Xalqaro bolalar kunini nishonlashadi. Dam olish kuni bo‘lmasa ham bu kun haqiqiy bolalar bayrami hisoblanadi.

1949-yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressi bo‘lib o‘tdi. Bu kongressda bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo‘lgan mustahkam tinchlikni ta’minlash uchun doimiy kurash haqidagi shior yangradi.

Urushdan keyingi davrda sayyoramizda yashovchi barcha bolajonlarning sog‘liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylanib qolgan edi. Shu sabab 1950-yildan e’tiboran 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshladi.

1989-yilda BMT Bosh Assambleyasi bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qildi. Unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta’minlashni joriy qilish to‘g‘risida yozilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Surxondaryoga xorijlik investorlar sarmoya kiritishni istamoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Daniya qirolligining “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi direktori Nik Kianzad va Eron Islom Respublikasining “Ashkina Bino Group” kompaniyasi direktori Madina Kianzadni qabul qildi.

Muzokaralar chog‘ida “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi bilan quyosh elektrostansiyasi qurish, chiqindini qayta ishlash orqali 25 turdagi mahsulot hamda havodan ichimlik va sug‘orish suvi olish texnologiyalari ishlab chiqarish, yo‘lovchi avtobuslar keltirish, gaz va neft qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilish loyihasi muhokama etildi.

“Ashkina Bino Group” kompaniyasining organik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/603693

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Daniya va Eron investorlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Daniya qirolligining “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi direktori Nik Kianzad hamda Eron Islom Respublikasining “Ashkina Bino Group” kompaniyasi direktori Madina Kianzadni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy biznes assotsiatsiyasi rahbari Baxtiyor Muhammadiyev ham ishtirok etdi.

Muzokaralarda vohamizda “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi bilan quyosh elektrostanitsiyasi qurish, chiqindini qayta ishlash orqali 25 turdagi mahsulotlar, havodan ichimlik suvi va sug‘orish suvi olish texnologiyalari ishlab chiqarish, avtobuslar keltirish hamda gaz va neft qazib olish, shuningdek, “Ashkina Bino Group” kompaniyasi bilan organik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari investorlar bilan istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor bo‘lishini ta’kidlab, loyihalarni amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlarini kompaniyalarning mutaxassislari bilan ishlab chiqish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

#Surxondaryo #Daniya #Eron #muzokara

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sariosiyoda yirik issiqxona va korxonalar faoliyati hamda aholi bandligi bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹 Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi: Yuriskonsulti;

🔹Denov tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: boshlig'i;

🔹Uzun tumani qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi bo’limi: boshlig'i;

🔹Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi: Bo‘ston mahallasida hokim yordamchisi;

🔹Angor tumani hokimligi: Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar masalalari majmuasi bosh mutaхassisi;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi: O'zgarish mahallasida yoshlar yetakchisi;

🔹Boysun tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi: boshlig‘i;

🔹Qiziriq tumani hokimligi: Yuriskonsulti;

🔹Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Devonxona va murojaatlar bo'limi murojaatlar va dispetcherlik хizmati sho'basi bosh mutaхassisi;

🔹Denov tumani hokimligi: Mehnatobod mahallasida hokim yordamchisi;

🔹Uzun tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: hayvonlar sog'ligini saqlash tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xafsizligi bo'yicha bosh mutaxassisi;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Angor tumani bo‘limi: Bosh buхgalteri;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limi: Yangi obod mahallasi yoshlar yetakchisi;

❗️Arizalar 02.06.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Xatak - miloddan avvalgi 100-40 ming yillik tarixga ega neandertal odamlar manzillaridan biri

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan Xatak qishlog‘i atrofi to‘liq tog‘lar bilan o‘ralgan so‘lim manzil hisoblanadi.

Xatak qishlog‘i atrofini o‘ragan tog‘larda Xatak g‘ori joylashgan bo‘lib, g‘or hududida 2022-yilda O‘zbekiston va Avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan izlanishlarda miloddan avvalgi 100-40 ming yillikka oid neandertal odam makoni topilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kunning ikkinchi yarmida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumining borishi hamda g‘o‘za parvarishi ishlari bilan tanishish maqsadida Angor, Muzrabot, Sherobod va Qiziriq tumanlarida bo‘ldi.

Xususan, Angor tumanida “Zamin Angor cluster”, Muzrabot tumanida “Do‘sanov Alisher” va "Qosimov Isoxon" fermer xo‘jaliklari, Sherobod tumanida “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi hamda Qiziriq tumanida “Surxon cotton textile cluster” MChJning g‘alla maydonlarida o‘rim ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Sherobod tumanidagi “Shoymon bobo” fermer xo‘jaligi g‘allaning gektaridan 107 sentnerdan, Muzrabot tumanidagi “Do‘sanov Alisher” fermer xo‘jaligi 84 sentnerdan hosil olishga erishganligi qayd etildi.

Viloyat hokimi sektorlar va o‘rim otryadlari rahbarlarining o‘rim-yig‘im tadbirlarining tashkil etilishi, ish jarayonlarining belgilangan grafik bo‘yicha bosqichma-bosqich borishi yuzasidan axborotlarini tingladi.

Shuningdek, hududlarda g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlar va o‘g‘itlash ishlari bilan ham tanishildi. Mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida joylashgan 1 000 o‘rinli viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Jarqo‘rg‘on tumanida Sport maktabi, dzyudo seksiyasi faoliyati hamda vohamizda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, sahovatpesha tadbirkor o‘z mablag‘lari evaziga qurgan mahalla idorasi, tikuvchilik sexi va boshqa maishiy xizmat nuqtalarini o‘z ichiga olgan guzarni foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. Xo‘jaqishloq mahallasidagi 26-sonli bog‘chani ta’mirlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2093

#Surxondaryo #ijtimoiysoha #shifoxona #sport #mahalla #bogcha

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | O‘zbekiston - Rossiya: investitsiyaviy hamkorlik rivojlanmoqda

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida Rossiyaning “Leto” kompaniyasi tasischiligidagi “Bless S.R.” korxonasi tomonidan 200 gektar maydonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash va eksport qilish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📸 Tog‘lar o‘ragan ko‘llar va ajib tabiat o‘simliklari – “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i manzaralari

Sariosiyo tumanidagi “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘i hududida “Ayg‘irko‘l” ko‘li, “To‘palang” suv ombori, “Kishtut” daryosi va “To‘palang” daryosi joylashgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Samarali O‘zbekiston-Rossiya sammiti yakuniga yetdi. Aeroportda Prezident Vladimir Putinni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi.

Davlat rahbarlari samimiy xayrlashdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda ikki ming yillik tarixga ega shahar qoldiqlari topildi

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyati Uzun tumani hududida amalga oshirilgan tadqiqot ishlari davomida 4 ming yillik tarixga ega qabrlar va 2 ming yillik shahar qoldiqlari topildi.

Xususan, izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi. Olimlarning dastlabki xulosalariga ko‘ra ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II - eramizning III asrlariga oid Qang‘, Kushon va Yuechji (Massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.

Hozirda hududda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari ikki davlat hududlari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdilar

Hududlararo hamkorlikning jadal sur’ati, o‘zaro investitsiyalarning yuqori dinamikasi, qo‘shma loyihalar soni, shuningdek, hamkorlik sohalarini kengaytirish uchun katta salohiyatni hisobga olib, forum maqomini oshirish va uni Prezidentlar raisligidagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashiga aylantirishga qaror qilindi.

Bugungi oliy darajadagi muzokaralar samarali natijalar bilan yakunlangani, ikki davlat va xalqlar manfaatlari yo‘lida keng qamrovli sheriklikni kengaytirish va mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishni ko‘rsatgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7266

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…
Подписаться на канал