📢 Jamoat transporti: Termiz shahri va uchta tumanda yangi yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi
Transport boshqarmasi aholidan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ichki hududlar bo‘ylab yangi yo‘nalishlar bo‘yicha qulay va sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
🚌 Jumladan, endilikda aholi quyidagi yo‘nalishlarda jamoat transportidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi:
📍Termiz shahri:
SHAY 303-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahrining “Shimoliy avtoshoxbekati”dan Termiz tumani “Jayraxona” massivigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
📍 Angor tumani:
SHAY 238-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahrining “Janubiy avtoshoxbekati”dan Angor tumani markazigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
📍 Jarqo‘rg‘on tumani:
SHAY 202-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahri “Shimoliy avtoshoxbekati”dan Jarqo‘rg‘on tumani markazigacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
📍 Sho‘rchi tumani (Sinov tariqasida):
SHAY 211-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Sho‘rchi tumani markazidan Oltinsoy tumani “Paxtakor chorrahasi”gacha bo‘lgan oraliqda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Hududlarda jamoat transporti tizimini yaxshilash va infratuzilmani takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘ldi. Davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari uchun bayonot berdilar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan yurtimizga kelgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni samimiy kutib oldi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyat rahbari Denov tumaniga tashrifi davomida “Denov vino aroq” AJda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini sog‘lomlashtirish borasida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qildi. Mutasaddilarga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, “To‘palang” suv omboridan viloyatimizning 11 ta hududidagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlovchi megaloyiha doirasida qurilayotgan 20 ming kub metrlik suv saqlash va tozalash inshooti qurilishi bilan tanishildi.
Tashrif yakunida “Qo‘zichoqli yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”da olib borilayotgan ishlar, tijorat banklari tomonidan tashabbuskorlarga kredit mablag‘lari ajratish, loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi. Tijorat banklari va mutasaddilarga loyihalarni muddatida ishga tushirish uchun zarur choralarni ko‘rish topshirildi.
#Surxondaryo #korxonalar #sanoatzonasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🌦 Boysunda bahor manazarasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryoda g‘alla o‘rim-yig‘imi boshlandi
Bugun Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanidagi “Indenim” agrofirmasining g‘alla maydonida mamlakatimizda birinchi bo‘lib, boshoqli don o‘rim-yig‘imiga start berildi.
O‘tgan yili kuzda “Aleksey” navli g‘alla urug‘i sepib, bir tekis undirib olingan maysalarni mehr bilan parvarishlagan mirishkorlar mavsumda gektarlar hosildorligini 80 sentnerdan oshirishni mo‘ljallamoqda. G‘allakorlarning aytishicha, o‘tgan yili mazkur daladan gektariga 17-18 sentnerdan sara don yig‘ishtirib olingan.
Batafsil: https://uza.uz/posts/601676
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 G‘alla o‘rimining boshlanishi, yodgorliklar va aholi bandligi hamda korxonalar faoliyati bilan tanishildi, pilla terimi va g‘o‘za parvarishi ishlari o‘rganildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugundan Surxondaryo viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi boshlandi. Xususan, Muzrabot tumanida o‘rim-yig‘im ishlariga kirishildi. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida "Muzrabot indenim klaster" MChJning g‘alla maydonida o‘rim-yig‘im jarayonlarining borishi bilan tanishdi.
Shuningdek, Qiziriq tumanida g‘o‘za parvarishi hamda pilla hosilini qabul shahobchalariga topshirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Rivojdan orqada qolayotgan maydonlarda ishlarni jonlantirish topshirig‘i berildi. Pillakorlar bilan uchrashuvda belgilangan rejani bajarishda faollik ko‘rsatayotgan pudratchilarga viloyat hokimligining sovg‘alari topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2089
#Surxondaryo #Galla2024 #paxta #pilla
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq turizm sohasi va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Qo‘rg‘oncha arxeologiya yodgorligi, “Xo‘ja Mirsaid ota” jome masjidi hamda xalq tilida Iskandarko‘prik nomi bilan ataluvchi G‘ishtko‘prik arxitektura yodgorligi bilan tanishildi. Jiydali mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Bog‘aro mahallasida ayollar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan gulchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va kasanachilik loyihalari hamda Yangi shahar mahallasida “Joziba mebel” xususiy korxonasining mebel ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2088
#Surxondaryo #yodgorliklar #turizm #aholibandligi #korxonalar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Xalq deputatlari viloyat Kengashining sakson yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Sessiya ishida o‘nta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan.
❗️Sessiya ishini Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining You Tube platformasidagi surxondaryo_pressa">rasmiy sahifasi hamda viloyat televideniesining jonli efiri orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.
Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
📎 https://www.youtube.com/live/5KEepDddDzQ?si=JSTdWfhsSoQzL0qo
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Hududlarga tashrif: Sanoat zonasida loyihalarning boshlanishi, taqdimotlar, qurilishlar hamda aholi bandligini ta’minlash ishlari bilan tanishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Haj-2024: firibgarlarga aldanib qolmang!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🕋 “Haj – 2024” mavsumi yuzasidan axborot berildi
🕌 Joriy yilda ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 15 ming nafar etib belgilandi.
🛫 Yurtimiz ziyoratchilarini joriy yil 23-maydan 7-iyungacha respublikaning 10 ta hududiy xalqaro aeroporti: Toshkent, Namangan, Fargʻona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali Madina shahriga yuborish hamda 22-iyundan 12-iyulga qadar Jidda shahridan Oʻzbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.
📁 Maʼlumot uchun, ziyoratchilarimiz Madina shahrida “Masjidi Nabaviy”dan 100 metr uzoqlikda joylashgan 5 yulduzli “Zam-zam Pullman” mehmonxonasida, Makka shahrida esa “Abraj al-Dana”, “Al-Ayam Elite”, “Dali Hotel”, “Najma Al-Saad”, “Open Hotel”, “Shueae Nozha Hotel”, “Ayed Al-Saha” mehmonxonalarida turib, ibodatlarini amalga oshirishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi
Xabarda joriy yilning 23-26-may kunlari yurtimizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi hamda momaqaldiroq hodisalari kuzatilishi bildirilgan. Shu sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
📞 Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Surxondaryoning 13 ta hududida tabiiy gaz taʼminoti yanada yaxshilanadi
Surxondaryo viloyati aholisi va sanoat tarmoqlariga tabiiy gaz etkazib berish uzluksizligini ta’minlash maqsadida "Sho‘rtan-Sherobod" MGQ 2-tarmog‘ida yangi qurilgan 10,9 km magistral gaz quvurini 1-tarmoqqa ulash, shuningdek, "Muzrabot-Dushanbe" magistral gaz quvurining ikkita qismida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
☝️ Natijada vohamizning 13 ta hududini tabiiy gaz bilan taʼminlash sifati va barqarorligi yaxshilanadi.
Shu munosabat bilan ertaga, 28-may kuni soat 04:00 dan 18:00 gacha Termiz shahri hamda Termiz, Jarqoʻrgʻon, Angor, Qiziriq, Bandixon, Qumqoʻrgʻon, Sherobod, Muzrabot va Boysun tumanlaridagi barcha iste’molchilarga, shuningdek, Denov, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlaridagi “metan” zapravkalarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik to‘xtatiladi.
🙏 Mazkur ishlar kelgusida aholi, ijtimoiy soha obyektlari hamda sanoat tarmoqlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida amalga oshirilayotganligini bildirgan holda, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
❗️Tarmoqlardagi modernizatsiya ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalarining kengaytirilgan muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin muzokaralarni rasmiy delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar.
Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovlik strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada
rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Tomonlar yangi maqsadli ko‘rsatkichga - yaqin istiqbolda savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazishga kelishib oldilar.
Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7261
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston hamda Rossiya hududlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, kengaytirish hamda yangi bosqichda davom ettirish maqsadida ikki davlat hududlari rahbarlarining uchrashuvlari va muzokaralari o‘tkazilmoqda.
Xususan, bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukov hamda Novosibirsk viloyati rahbari Andrey Travnikov boshchiligidagi delegatsiyalar bilan hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Ma’lumot uchun, Surxondaryo viloyati Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk, Ivanovo, Chelyabinsk viloyatlari, Krasnoyarsk o‘lkasi va Tatariston Respublikasi bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan bo‘lib, Surxondaryo viloyati hokimligi va Tatariston Respublikasi hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, qishloq xo‘jaligi, yoshlar va boshqa sohalarda hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolangan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Denovda korxonalar faoliyati, yirik loyihalar qurilishi hamda ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Denov ravnaq kamoli” MChJning poyabzal ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlar sifati bilan tanishgan viloyat rahbari tadbirkorga korxona faoliyatini kengaytirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida temirni qayta ishlash orqali qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi taqdimot qilindi. Mas’ullarga tadbirkorning faoliyati va tashubbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi topshirildi.
Shundan so‘ng, Istiqlol yulduzi mahallasida “Sayxunobod” tajribasini joriy etish va aholini tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi ishlar bilan tanishildi hamda “yettilik”ning bu boradagi axborotlari tinglandi. Aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish, asalarichilik va issiqxonachilik faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Mahalla guzarida xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan loyihalar bilan ham tanishilib, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida tikuvchilik dastgohi hamda motokultivator topshirildi.
#Surxondaryo #ishlabchiqarish #aholibandligi #Sayxunobodtajribasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🎼 Yulduzli "Madaniyat karvoni" Surxondaryoda
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Madaniyat karvoni” shaklida gastrol-konsert dasturlari namoyish etiladi.
🎤 Konsert dasturlarida taniqli estrada yulduzlari Anvar G‘aniyev, Umid Shaxobov, Sharof Muqimov, Dilfuza Rahimova, Yodgor Mirzajonov, Iroda Iskandarova va “Surxon” guruhi kabi taniqli san’atkorlar jamoasi hamda so‘z ustalari o‘zlarining eng sara ijrolari bilan ishtirok etadi.
Konsert dasturlari:
📍 Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘ida, 7-iyun soat 19:30 da;
📍 Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida, 8-iyun soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi.
❗️Konsert dasturlariga kirish mutlaqo bepul.
Barcha vohadoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini ushbu gala konsert dasturlariga taklif etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun 25-may – yurtimizdagi barcha maktab bitiruvchilari uchun “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarang sochdi. Xususan, viloyatimizdagi 961 ta umumta’lim, 17 ta ixtisoslashtirilgan, 1 ta Prezident va 4 ta nodavlat maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangramoqda. Joriy yilda mazkur ilm dargohlarining 9-sinfini 47 ming 982 nafar, 11-sinfini 33 ming 89 nafar o‘quvchi tamomlayapti.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 16-sonli maktabda “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Viloyat rahbari bitiruvchilarni maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabriklab, yoshlar mamlakatiga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekistonimizda yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlashni va ulardan unumli foydalanishni so‘radi hamda katta hayotda o‘z o‘rinlarini topishda oq yo‘l tiladi.
Viloyatdagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 1, 4, 9 va 11-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi bayram dasturlari bilan o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz maktablari bitiruvchilariga tabrik yo'lladi
Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda.
Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang.
Fakt 24 | Banandan yiliga 100 million so'mgacha daromad
Sho‘rchilik Sherzod Xolmatov 4 sotixlik issiqxonasida 7 turdagi o‘simlikni parvarish qilmoqda. Birgina banandan joriy yil davomida 100 mln so‘m daromad olish rejalashtirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryoda g‘o‘za gulladi
Angor tumanidagi “Zamin Angor klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati paxta dalalarida ko‘kka bir tekis bo‘y cho‘zayotgan g‘o‘za nihollari gullab, ilk hosil nishonalarini ko‘rsatdi.
Joriy yil erta bahorda tuman paxtakorlari 4 ming 734 gektar maydonga g‘o‘za urug‘i qadab, bir tekis undirib oldi. Ekin maydonlarining ikki ming gektarida ingichka tolali g‘o‘za navi parvarishlanmoqda. Qolgan maydonlarda mahalliy iqlimga mos, erta va o‘rta pishar, sifatli tolali paxta yetishtirilayotir.
Batafsil: https://uza.uz/posts/601289
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda o‘rganish ishlarini kunning ikkinchi yarmida Bandixon tumanida davom ettirib, “Bandixon agroklaster” MChJning sun’iy tola aralashmali ip kalava ishlab chiqarish loyihasi qurilishi, 27 gektarlik maydonda tashkil etilayotgan “Bektepa-3” kichik sanoat zonasi kompleksidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi hamda birinchi loyihaga start berildi.
Shuningdek, Bektepa mahallasida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish hamda kichik biznesni rivojlantirish, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ishga tushirish orqali ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Hududlarga tashrif yakunida Sherobod tumanida qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za parvarishining borishi bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2087
#Surxondaryo #ipkalavaloyiha #Bektepa3 #KSZ #Sayxunobodtajribasi #qishloqxujaligi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida Prezidentimizning topshirig‘iga asosan “Bahor” charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi loyihasining qurilishiga start berdi.
Shuningdek, Qiziriq tumanida ham bo‘linib, “Surxon Goad farm” MCHJning echkichilik fermasi va sutni qayta ishlash kompleksi, kooperatsiya asosida xonadonlarda 10 tadan sutchilik yo‘nalishida echki boqishni yo‘lga qo‘yish, “Qiziriq Farovon” MCHJ tomonidan qurilayotgan bozor loyihasi bilan tanishildi.
Tumanning Yangihayot mahallasidagi aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2086
#Surxondaryo #charmsanoat #KSZ #chorvachilik #sutchilik #loyiha #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Hurmatli ota-onalar va vohadoshlarimiz diqqatiga!
🏫 Xabar berilganidek, 2022-2023-o‘quv yili yakunida viloyatimizdagi 429 ta maktabni joriy ta’mirlash uchun 7 turdagi qurilish mahsulotlari xaridiga mahalliy budjetdan 11 mlrd 195 million so‘m mablag‘ ajratilib, o‘quv binolari joriy ta’mirlandi.
❗️Joriy 2023-2024-o‘quv yili yakunida ham maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash va ta’mirlash uchun davlatimiz tomonidan mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ayni kunlarda ta’mirga muhtoj maktablar, ularga ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘ hamda zarur qurilish materiallari miqdorini aniqlash maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✔️ Shu sababli, Sizlardan joylarda maktab ma’muriyatlari tomonidan o‘quv xonalari ta’miri uchun pul so‘rash, mablag‘ yig‘ish holatlaridan xabardor bo‘lsangiz Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishonch telefoni +99876-227-35-45 hamda @svmmtb_bot murojaatlar boti orqali mas’ullarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida bo‘lib, maktab va oilaviy poliklinikalar faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bilan tanishdi. Mahallalarda “yettilik”ning amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.
Shuningdek, viloyatda yuqumli kasalliklarning oldini olish, maktablarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyiha-smetalari taqdimoti bilan tanishilib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2085
#Surxondaryo #tibbiyot #talim #yettilik #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X