Prezident topshirig‘i ijrosi: “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining rekonstruksiya ishlari davom etmoqda
Davlatimiz rahbari 2023-yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifida Boysun-Denov yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining ta’mirtalabligini tanqid qilgan edi. Shundan so‘ng, topshiriqqa asosan loyihalar ishlab chiqilib, qisqa muddatda “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometr semento-beton qoplama bo‘lib, viloyatning Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi. Ayni kunlarda yo‘lsozlar tomonidan Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasi hududida maxsus texnikalar yordamida semento-beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining rekonstruksiya ishlari “Lankaran Yol Tikinti” xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | «Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi faoliyatini yo'lga qo'yish va rivojlantirish bo'yicha Prezident qarori qabul qilindi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Janubning gavhari – Termiz shahri yashillikka burkanmoqda
Barcha vohadoshlarimizga xayrli kun tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Hududlarda topshiriqlar ijrosi
Sherobod tumani Navbur mahallasida infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida 3,6 km yo‘l asfaltlanib, foydalanishga topshirildi.
〰️〰️〰️
Uzun tumanida 2 mlrd so‘m mablag‘ evaziga ta'mirlangan, 15 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatuvchi 78-sonli oilaviy poliklinikaning yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Boysunning Shifobuloq, Zovboshi, Dehibolo, Xo‘jamayxona tog‘ tizmalaridagi betakror tabiat manzaralari
⛰ Tuman markazidan 65-70 km olis hududda joylashgan ushbu tog‘ tizmalari hushmanzara tabiati, yashillikka burkangan qirlari, quyuq o‘rmonlari hamda zilol suvli soylari bilan o‘zgacha go‘zallik kasb etgan.
📷 Foto: Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🥇 Guljanoy Naimova navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi
Vetnamning Danang shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
🥋 Musobaqaning +65 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi hamda o‘z hisobidagi oltin medallar sonini yana bittaga ko‘paytirdi.
💐 Sportchimizning erishgan natijasi bilan murabbiylari va yaqinlarini hamda barcha vohadoshlarimizni qutlaymiz!
☝️ Ma’lumot uchun, O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi musobaqada 27 davlat terma jamoasi orasida 7 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda bir chorak davomida 463,8 tonna baliq ovlandi
🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning birinchi choragi davomida vohamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 463,8 tonna baliq ovlandi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189,2 foizga ko‘p bo‘lib, keyingi yillarda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mahsulot yetishtirish yildan-yilga oshib bormoqda.
⤵️ Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi bilan quyida tanishishingiz mumkin (tonnada):
➖ Termiz – 138,8 tonna;
➖ Sho‘rchi – 98,2 tonna;
➖ Angor – 57,3 tonna;
➖ Uzun – 25,8 tonna;
➖ Jarqo‘rg‘on – 24,4 tonna;
➖ Denov – 22,1 tonna;
➖ Oltinsoy – 17,3 tonna;
➖ Bandixon – 16,7 tonna;
➖ Sariosiyo – 16,6 tonna;
➖ Sherobod – 16,2 tonna;
➖ Qiziriq – 13,0 tonna;
➖ Muzrabot – 10,7 tonna;
➖ Boysun – 4,3 tonna;
➖ Qumqo‘rg‘on – 2,3 tonna;
➖ Termiz sh. – 0,1 tonnani tashkil qildi.
Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmning 55,5 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati mirishkor dehqonlari yetishtirilgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olish mavsumini boshlash arafasida turishibdi. Bugun mavsum oldidan Al Hakim At-Termiziy majmuasida tadbir tashkil etildi va jonliq so‘yilib, ehson qilindi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi.
Viloyat rahbari xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligini ta’kidladi. Mas’ullarning hamjihatlikda, soha faxriylarining maslahatlari asosida ishni tashkil etishlari muhimligi qayd etildi.
Tadbir so‘ngida yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tkazishni so‘rab duoga qo‘l ochildi, Qur’on tilovat qilindi.
#Surxondaryo #Galla2024 #Ehsontadbiri
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Termiz tumani aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 18-may kuni soat 20:30 dan boshlab, "Surxondaryo" telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Termiz tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(99876) 223-54-58;
(99876) 223-54-67
📲 Telegram:
(99899) 482-00-77
📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Muzrabotda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar, aholi xonadonlari hamda madaniy meros obyekti bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, mehmonxona qurilishi, “Sopollitepa” madaniy meros obyekti, Xalq yo‘li mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qishloq xo‘jaligi, xususan, g‘o‘za parvarishida bajarilayotgan agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2077
#Surxondaryo #madaniymeros #mehmonxona #aholibandligi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Koreyaliklar Oltinsoyda yangi loyihalarni amalga oshiradi
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) loyiha menedjeri Kim Chon Bin va loyiha ijrochisi, sotib oluvchi “BJ Agro” korxonasi ijrochi direktorini qabul qildi.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani va Koreyaning Damyang tumani o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida hamkorlik, xususan, tumanda 6 mln dollarlik loyihani amalga oshirishga investisiya kiritish, loyiha doirasida 250 nafar yoshni Koreyaga mavsumiy ishga yuborish, brokkoli karami yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, 100 nafar oltinsoylik fermerlarni Koreyada o‘qitish masalalari muhokama qilindi.
Loyihani tomonlar mutasaddilari ishtirokida joyida ko‘rib, texnik va iqtisodiy tomonlarini puxta ishlab chiqishga kelishilib olindi.
#Surxondaryo #Koreya #KOICA #loyihalar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Ochiq eshiklar” kuniga taklif etadi
🏛 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan ertaga, 17-may kuni “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida tashkil etiladigan “Ochiq eshiklar” kuni quyidagi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
⏰ soat 14:00 dan 18:00 gacha - davlat va nodavlat tashkilotlarning ko‘rgazmalari, usta-hunarmandlarning mahorat darslari, o‘rta va oliy ta’lim muassasalarining innovatsion ko‘rgazmalari hamda boshqa chiqishlar;
⏰ soat 18:00 dan 21:00 gacha - yoshlar uchun “Open Air Fest” ko‘ngilochar tadbirlar, mashhur xonandalarning konsert dasturlari namoyish etiladi.
Barcha vohadoshlarimizni “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida tashkil etiladigan madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarga taklif etamiz.
☝️ Tadbir kuni muzeyga kirish bepul.
📍Manzil: Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi 32-uy
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️ Surxondaryolik bitiruvchi yoshlar diqqatiga
Siz aziz yoshlarimiz bilan uchrashish maqsadida yurtimizning taniqli tadbirkorlaridan biri, Millat Umidi universiteti va boshqa ko‘plab loyihalar asoschisi Umidjon Ishmuhammedov vohamizga tashrif buyurmoqda.
Uchrashuvda taniqli tadbirkor va innovatsion loyihalar asoschisi surxondaryolik yoshlarga "To'g'ri maqsad qo'yish" mavzusida maslahat va tavsiyalarini beradi.
📍 Manzil: Termiz shahri “Yoshlar markazi” binosi.
📆 Boshlanish vaqti: 2024-yil 20-may kuni, soat 10:00.
❗️Eng yaxshilardan o‘rganish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz muhandislik texnologiya instituti binosida vohamizda geologiya yo‘nalishida tashabbuskorlarga berilgan karerlar hamda mavjud noruda qazilmalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.
Shuningdek, “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishilib, salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2072
#Surxondaryo #geologiya #norudaqazilmalar #sanoatzona #lotlar #loyihalar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo yorug‘ o‘zgarishlarga yuz tutmoqda!
“Hurriyat” gazetasi Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toshtemir Turdiyev o‘tkazgan suhbatga bag‘ishlangan katta maqolani chop etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🎼 Termiz davlat universiteti “Hisobot konserti”ni o‘tkazdi
Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bogʻi”da joriy o‘quv yilining yakuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Hisobot konserti”da Termiz davlat universiteti qoshidagi “Jayxun” folklor etnografik xalq ansambli, “Istiqlol yoshlari” orkestr jamoasi hamda estrada xonandalari o‘z chiqishlari bilan qatnashishdi.
Konsert dasturida talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar hamda shahar aholisi ishtirok etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, Afg‘onistonda kuzatilgan kuchli sel-suv toshqinlarida zarar ko‘rgan aholiga ko‘mak ko‘rsatish, ularni zarur vositalar hamda oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi nomidan insonparvarlik yuklari karvoni “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali qo‘shni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 22 tonna guruch, 100 ming dona konserva va 44 tonna makaron mahsulotlari, 25 ming litr o‘simlik yog‘i, 100 ming dona tez tayyorlanadigan lag‘mon, shuningdek, 10 kishilik 100 ta maxsus qurilmali chodir va 1 000 litrli 96 ta suv saqlash idishlari o‘rin olgan.
Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sherzod Rajabov hamda Afg‘onistonning Balx viloyati rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Afg‘oniston tomoni vakillari Prezidentimiz va xalqimizga og‘ir paytda ko‘rsatilayotgan yordam uchun o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Endi xizmatlar uchun ham ipoteka kreditlari ajratiladi!
Prezidentimizning “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi sifatida tashkil etildi.
Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan boshlab:
✔️ oʻrta biznes vakillariga Xizmatlar ipotekasi ajratish;
✔️ oʻrta biznes kapitaliga ulush kiritish;
✔️ kredit uchun resurs ajratish;
✔️ kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash;
✔️ kafilliklar berish bo‘yicha tadbirkorlarga ko‘maklar ko‘rsatiladi.
Yordam kimlarga taqdim etiladi?
➖ O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan;
➖ “yomon” kredit tarixiga ega bo‘lmagan;
➖ kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlarga taqdim etiladi.
📞 Xizmatlar ipotekasidan foydalanish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Kompaniyaning hududiy bo‘limiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishi mumkin:
+99891 576-57-74;
+99890 520-00-72
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Xalqaro migratsiya tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi delegatsiyasi bilan Surxondaryoda “Mehnat migratsiya xavfini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish masalasida uchrashuv o‘tkazildi. O‘zbekiston qizil yarim oy jamiyati viloyat tashkilotida o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari, davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Loyihaga ko‘ra qariyb 820 mln so‘m mablag‘ evaziga viloyatimizning 3 ta tumanida har biri 4 sotixdan zamonaviy issiqxona qurish orqali 12 nafar, kasb-hunar va agrobiznesga o‘qitish orqali sertifikatga ega bo‘lgan 25 nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash rejalashtirilgan. Loyiha doirasida afg‘onistonlik xotin-qizlar ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.
Uchrashuvda loyihani amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy va boshqa masalalar muhokama qilinib, hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishilib olindi.
#Surxondaryo #Uchrashuv #XMT #loyihalar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda
Surxondaryo viloyati Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tafsilotlari.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Oltinsoy tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
Shuningdek, FVDqT ishtirokida sel-suv toshqinlariga qarshi kurash bo‘yicha maxsus o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda sel yo‘llari o‘zanlarini tozalash, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2079
#Surxondaryo #aholibandligi #kichikbiznes #oromgohlar #maxsustaktikuquv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida "Yangi O‘zbekiston" massividagi turar joylar qurilishi bilan tanishib, mas’ullarga qator vazifalarni belgilab bergan edi.
Kunning ikkinchi yarmida ushbu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha boshlangan ishlar holati o‘rganildi. Mas’ullar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash hamda markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish tadbirlarini olib borish yuzasidan taqdimot qilishdi.
Mutasaddilarga ishlarni tizimli tashkil etish hamda jadallashtirish vazifasi topshirildi.
#Surxondaryo #YangiUzbekiston #ijro #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari, yaratilayotgan infratuzilmalar, yozgi dam olish va bolalar maydonchalari qurilishi hamda M-41 xalqaro avtomagistral yo‘li va markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi.
Shuningdek, Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2078
#Surxondaryo #YangiUzbekistonmassiv #qurilish #obodonlashtirish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Xavfsiz hayot uchun birlashaylik: Barchani marafonga taklif etamiz
👮♀️ Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida joriy yil 19-may kuni katta marafon tadbirlari o‘tkaziladi.
Barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan marafon «Xavfsiz hayot uchun birlashaylik» shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
🏃 Marafon tadbirlari Termiz shahrida joylashgan “Surxon” sport arenasida 19-may kuni saot 07:00 da boshlanadi.
🎉 Tadbir davomida yoshlar uchun ko‘ngilochar madaniy dasturlar, shou konsert tomoshalari bo‘lib o‘tadi.
👋 Sog‘lom hayotni tanlang va safimizda bo‘ling!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash masalalari muhokamasi
Bugun viloyat hokimligida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i B.Xolmatov va viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov ishtirokida Surxondaryoda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda viloyatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va uning oqibatlari muhokama qilinib, qonunga itoatkor tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, viloyatning 15 ta hududida tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyatini o‘rganish natijalari tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Mutasaddi idoralarga ro‘yxatdan o‘tmasdan biznes olib borayotgan shaxslarning faoliyatini qonuniylashtirish, norasmiy bandlikka barham berish, agrar sohadagi yashirin aylanmalarni qisqartirish va boshqa yo‘nalishlardagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish orqali 1,2 trln so‘m qo‘shimcha manbalarni budjetga tushirish bo‘yicha manzilli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda, mas’ul tashkilot rahbarlari kun tartibidagi masalalar yuzasidan axborotlar berishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
🔹Sherobod tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
➖ Navbur mahallasi хotin-qizlar faoli;
➖ Vandob mahallasi хotin-qizlar faoli;
➖ Qishloqbozor mahallasi хotin-qizlar faoli;
➖ Sherobod mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔹 Termiz tumani hokimligi: hokimning chegara masalalari bo'yicha yordamchisi;
🔹 Denov tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
➖ 16-hudud 1-uchastka (Ozod MFY, Oqqo‘rg‘on MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 14-hudud 1-uchastka (Do‘stlik MFY, Yurchi MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 13-hudud 2-uchastka (Istiqlol yulduzi MFY, Qiziljar MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 12-hudud 1-uchastka (Bo‘ton MFY, Buyuk zamin MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 19-hudud 2-uchastka (Namozgoh MFY, Chag‘oniyon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 18-hudud 1-uchastka (Surxon MFY, Tinchlik MFY) markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹 Boysun tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
➖ Gaza mahallasi хotin-qizlar faoli;
➖ Dahnaijom mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔹 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi: Kameral soliq tekshiruvlari bo'limi davlat soliq bosh inspektori;
🔹 Termiz tumani soliq inspeksiyasi: Inspektsiya boshligining birinchi o'rinbosari;
🔹 Muzrabot tumani Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi: boshlig'i;
🔹 Qumqo'rg'on tumani Ekologiya, atrof -muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi: boshlig'i;
🔹 Qumqo‘rg‘on tumani madaniyat bo'limi: mudiri;
🔹 Yoshlar ishlari agentligi Angor tumani bo‘limi: Bosh buхgalteri;
🔹 Qumqo'rg'on tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 15-hudud 2-uchastka (Oqtom MFY, Kattako‘l MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹 Sariosiyo tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
➖ 15-hudud 2-uchastka (Kelajaksari MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 15-hudud 1-uchastka (Daragiston MFY, Bog‘isamarqand MFY, Sharafobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 13-hudud 2-uchastka (Karsh MFY, Maland MFY, Chosh MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 4-hudud 2-uchastka (Xamkorlik MFY, Xurshid MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 1-hudud 2-uchastka (Xulkar MFY, Janatmakon MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔹 Termiz shahar hokimligi: Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal masalalari bo'yicha majmuasi yetakchi mutaхassisi;
❗️Arizalar 19.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Geologiya yo‘nalishidagi ishlar tahlili hamda sanoat zonalari loyihalari taqdimoti bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanida bo‘lib, “Bahor” charmga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonasi hamda tumanlarda charm sanoati yo‘nalishida shakllantirilgan loyihalar taqdimotlari bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2073
#Surxondaryo #charmsanoatzona #loyiha #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📚 Surxondaryo viloyati AKM hamda Tojikiston FA Markaziy kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Samarqand shahrida “Samarqand – MDHning madaniy poytaxti – 2024“ davlatlararo dasturini amalga oshirish doirasida Yevroosiyo kutubxonalari Assambleyasiga a’zo kutubxonachilarining Xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Forum doirasida qator axborot-kutubxona muassasalari, jumladan, Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazi va Tojikiston Milliy Fanlar Akademiyasining Indira Gandi nomidagi Markaziy ilmiy kutubxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X