Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarovni qabul qildi.
Uchrashuvda Surxon vohasining boy tarixini o‘rganish, izlanishlar olib borish, dunyo hamjamiyati va kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha fikr almashdi. Akademik “Sopollitepa” va “Jarqo‘ton” yodgorliklaridagi topilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularning insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni xususida atroflicha so‘z yuritdi
Xususan, 4000 yillik tarixga ega, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan eng qadimgi shahar – “Jarqo‘ton” yodgorligi O‘rta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanishi ta’kidlanib, hududda chuqur izlanish olib borish, dunyo hamjamiyatiga tanishtirish hamda qariyb 100 gektar maydonda joylashgan yodgorlikni ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish lozimligi qayd etildi.
Viloyat rahbari akademik olimning Surxondaryoda olib borgan, uning tarixini o‘rganishdagi ishlari juda qadrli ekanini ta’kidlab, kelgusida vohamizdagi yodgorliklarni o‘rganish ishlarida yosh tarixchilarga bosh-qosh bo‘lishni so‘radi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Kecha viloyat rahbari Uzun tumanida “Sayxunobod tajribasi” asosidagi ishlar hamda ijtimoiy soha obyektlari faoliyati bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Termiz shahridagi Yoshlar markazida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni hamda “Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar mamlakatimizda oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, oilaning jamiyatdagi o‘rni, roli va nufuzini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.
“Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovida viloyatning 700 ga yaqin oilasi ishtirok etdi. 150 oila orasidan tuman, shahar g‘oliblari saralanib, ulardan 15 nafari viloyat bosqichida ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topilganlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, “Ibratli oila” ko‘krak nishoni ham o‘z egalariga tantanali topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumaniga tashrifida davomida sport turlari hamda parasport bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalariga start berdi hamda Yangi ro‘zg‘or mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, 72-sonli oilaviy poliklinikada aholiga patronaj xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarning axborotlari tinglanib, elektroskuter, planshetlar hamda tibbiy asbob-uskuna va jihozlar topshirildi. 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga hunar o‘rgatish jarayonlari, amaliy mashg‘ulotlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Hududlarga tashrif yakunida Denov tumanida qator loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2056
#Surxondaryo #aholibandligi #Hokimkubogi #talim #tibbiyot #loyihalar #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Pillachilikni hayot mazmuniga aylantirgan momo
Angor tumani Kayran mahallasida yashaydigan Mengal momo Xolliyeva Surxondaryo viloyatidagi eng keksa, eng tajribali pillakorlardan biri. Momo 75 yildan buyon farzandlari, nevaralari bilan pilla boqib, mo‘l hosil yetishtiradi.
Bu yil umrining 84 bahorini qarshilagan tajribali pillakor to‘qqiz yoshidan ipak parvarishlashni boshlagan. Bolalikning eng beg‘ubor davrlarida shirin uyqusidan kechib, tunlari ipak qurtini oziqlantirgan Mengal Xolliyeva uchun pillachilik hayotining mazmuniga aylandi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/598708
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Bugundan uy-joy olish uchun subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi
📋 Prezident Farmoniga muvofiq, dastur doirasida subsidiyalar to‘lashning amaldagi tartibiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi:
➖ subsidiyalar ajratish yuzasidan arizalar tasdiqlangan parametrlar doirasida 2024-yil 15-maydan 1-noyabrga qadar qabul qilinadi;
➖ 2024-yilgi dastur doirasida ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa – Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi;
➖ birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – 2024-yilgi dasturdan boshlab qat’iy belgilangan 30 million so‘m miqdorida to‘lanadi.
✔️ Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborish mumkin.
❗️ Murojaatchi my.gov.uz portalining «Mening arizalarim» bo‘limiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan so‘ng javobda ko‘rsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🧑💻 “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi bilan IT mutaxassisi bo'ling!
IT sohasida yosh iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash faoliyatini olib boruvchi “School 21” raqamli texnologiyalar maktabi joriy yil 27-may kuni boshlanadigan navbatdagi saralash Intensiviga arizalarni qabul qilishni davom ettirmoqda.
📆 Arizalar 21-may kuniga qadar qabul qilinadi.
❗️Saralash Intensivi - bu 26 kun davomida IT olamiga sayohat qilish imkoniyatidir. Uning doirasida ishtirokchilar berilgan topshiriqlarni bajaradilar, kod yozishni o‘rganadilar va jamoaviy loyihalarni amalga oshiradilar.
☝️ Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan eng yaxshi ishtirokchilar Asosiy ta’limga qabul qilinadi. Bu yerda ular dasturlash tillarini o‘rganishlari, majburiy amaliyot o‘tashlari va mamlakatning eng yirik IT kompaniyalarida ish topishlari mumkin.
🔗 Ariza qoldirish uchun havola
Murojaat uchun telefon:
📞 +998 93 0394442
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi, avtomobil yo‘li va piyodalar yo‘lagi qurilishi jarayonlari bilan tanishdi.
Xususan, shahardagi 300 o‘rinli tibbiyot klasteri hamda harbiy gospitalida olib borilayotgan ishlar, tibbiyot maskanlarini jihozlash, atrofini tartibga keltirish, yashil hududlarni barpo etish ishlari holati o‘rganildi.
Shuningdek, viloyat rahbari Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirdi.
Tashrif yakunida mas’ullarga o‘rganilgan hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘chalarni obod va toza saqlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat rahbari hududlarga tashrifi davomida Sherobod tumanida ham bo‘lib, “Pomir agroklaster” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishdi.
Umumiy qiymati 392 mlrd so‘m bo‘lgan, 175 ta doimiy ish o‘rni yaratiladigan loyiha doirasida 5 ming bosh zotdor qoramollarni parvarishlash kompleksi va yiliga 30 ming tonna sutni qayta ishlash zavodi qurilmoqda.
Viloyat rahbari tadbirkor bilan suhbatda qurilish ishlarini jadallashtirish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidlab, doimiy ish o‘rinlari yaratish hamda aholini go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qoplashda muhim bo‘lgan loyihani muddatida ishga tushirish lozimligini qayd etdi.
Shuningdek, mas’ullarga hudud atrofida infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qiziriq tumani paxta zavodida videokonfrensaloqa shaklida g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Markaziy va hududiy studiyalardan sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari hamda klaster va fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etishdi.
Vohamizda 2024-yil hosili uchun 89 325 gektar maydonda g‘alla ekilgan bo‘lib, hosilni qisqa muddatda nes-nobut qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish uchun 127 ta otryad shakillantirilgan, 282 ta kombayn, 1 275 ta tashish texnikalari, 130 ta traktor tirkamalari, 127 ta ko‘chma ustaxona va 81 ta yoqilg‘i tashish texnikalari shay holatga keltirilgan.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2051
#Surxondaryo #galla2024 #seminar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
“So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar e’lon qilindi
❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan e’lon qilingan tavsiyalarda bu yil “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilishi ma’lum qilingan.
Shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:
➖ turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablag‘larini yig‘ish;
➖ bitiruv tadbirlarida o‘quvchilardan qimmatbaho sovg‘alar uchun pul yig‘ish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;
➖ o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng, kunning ikkinchi yarmida Termiz shahri bo‘ylab infratuzilmani yaxshilash, turar joylar va yo‘llar qurilishi, ko‘chalarni obodonlashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi hamda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, “Surxondaryo” daryosi yoqalarini obodonlashtirish, tozalash ishlari hamda Termiz tumanidagi avtomagistral yo‘llari bo‘ylab obodonlashtirish ishlari, loyihalar qurilishining holati ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2043
#Surxondaryo #infratuzilma #qurilish #taqdimot #daryo #avtomagistral #obodonlashtirish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sho‘rchi tumanining Guliston va Kushon mahallalarida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi hamda maishiy xizmat ko‘rsatish markazi foydalanishga topshirildi. Tuman markazida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2042
#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #tomorqachilik #issiqxona
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat e’lon: Tanlovda ishtirok etib, mahallangizda sport maydonchasi qurilishi tashabbusini yutib oling!
O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda.
Sport maydonchalari ovoz berish yo‘li bilan g‘olib bo‘lgan mahallalarga qurib beriladi.
❗️Ovozlar joriy yil 10-may tashabbus.sport.uz sayti orqali qabul qilish boshlangan.
Siz ham o‘z mahallangizni tanlang va quyidagi havola orqali ovoz berib, mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi qurilishi tashabbbusini yutib oling!
✅ https://tashabbus.sport.uz/vote
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Qiziriq tumaniga tashrif: Migratsiyadagilar bilan onlayn muloqot, loyihalar taqdimoti va "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishuv
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 16-22-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi, momaqoldiroq hodisalari bo‘lishi, ayrim hududlarda shamolning kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Shu sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shuningdek, Respublikamiz hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli borligi, bu esa joylarda suv bosishiga olib kelishi mumkinligi ma’lum qilingan.
📞 Yuqoridagilarni inobatga olib, tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda birinchi mavsum pilla hosilini yig‘ish ishlari boshlandi
Vohamizda joriy yil birinchi mavsumida 35 547 quti ipak qurti boqilayotgan bo‘lib, bahorgi mavsumning o‘zida 2 286 ming tonna pilla xom-ashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Joriy yildan boshlab Vyetnam tajribasi asosida ipak qurtini intensiv usulda ya’ni “plyonka” ostida parvarishlash joriy etildi.
Natijada birinchi hosilni yig‘ishtirib olish ishlari boshlandi. Xususan, Oltinsoy tumani “Agropilla” MCHJga qarashli markaziy pillaxona qabul punktida ilk hosillarni qabul qilish boshlab yuborildi.
Bugunning o‘zida oltinsoylik pillakor Omon Bo‘tayev rejalashtirilgan 240 kg o‘rniga 305 kg “kumush tola”ni topshirib, shartnomaviy rejasini 125 foizga bajardi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
Qaror bilan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida quyidagilarga ruxsat berildi:
➖ markaz hududida faoliyat yurituvchi subyektlarda Afg‘oniston va chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomasi asosida ishlashiga;
➖ ulgurji va chakana savdo uchun to‘lov sifatida AQSh dollari, yevro, Rossiya rubli va yuan valyutalarini qabul qilishga;
➖ Afg‘oniston va Pokiston fuqarolariga savdo do‘konlari, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan bino va inshootlarni ijaraga olish, istisno tariqasida mulk huquqi bilan sotib olishga.
Shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning kirish vizasini rasmiylashtirmasdan, chegara va bojxona nazoratidan o‘tgan holda maxsus yo‘lak orqali kirishi (chiqishi) hamda o‘n besh muddatgacha markaz hududida bo‘lishi tartibi joriy etiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Rasmiy munosabat: Ayiq o‘quvchilar hayotiga xavf solganligi uchun otib o‘ldirilgan
Bugun, 15-may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Jannatmakon mahallasi hududiga kutilmaganda kirib kelgan ayiq aholi turar joylarigacha kirib borgan va insonlar hayotiga xavf tug‘dirgan. Ayiqni zararsizlantirish jarayonida yirtqich IIB xodimlaridan biriga tashlangan va jarohat yetkazgan. Shu bilan birga, mahalladagi 74-sonli maktab hududiga ham kirib borgan.
Holat kutilmaganda yuz bergani, ayiqning tajovuzkor harakat qilgani, maktab oʻquvchilari hayotiga xavf tug‘dirganligi sababli tezkor chora koʻrish talab qilingan va yirtqich otib oʻldirilgan. Ayiq jarohat yetkazgan IIB xodimiga tezkor tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari boshchiligida tadbirkorlar hamda tuman hokimlaridan iborat vohamiz delegatsiyasi Qozon shahrida o‘tkaziladigan “Rossiya – Islom dunyosi 2024: Kazanforum” 15-xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etish uchun Tataristonga yetib borishdi.
Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolari xalqaro savdo yarmarkalari, Kazan Halal Market ochilishi tadbirlarida ishtirok etishdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o‘rinbosari Sherali Jo‘rayev Tatariston Respublikasi sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, tashriflar davomida erishilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, delegatsiyamiz Qozon shahrida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.
Tatariston Respublikasiga tashrif davom etmoqda.
#Surxondaryo #Tatariston #Forum
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida suv tejovchi texnologiyalar, jumladan, Xitoydan keltirilgan chigit ekilgan 48 gektar maydonda diskrit usulida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish tadbirlari, uning afzalliklari xususida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Viloyat rahbari Termiz shahrida ko‘chalar obodligi, tibbiyot maskanlari qurilishi va jihozlanishi bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
G‘alla o‘rim-yig‘imi oldidan seminar o‘tkazildi va yirik chorvachilik kompleksi qurilishi bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Svetlana Reinwarth /Germaniya/
“Dyusseldorfer Blatt” xodimlari serquyosh O‘zbekistonga tez-tez tashrif buyurishgan. Bu yerga kelish biz uchun yaxshi an’anaga aylangan. Har safar biz bu issiq va juda mehmondo'st mamlakatga borishni intiqlik bilan kutamiz.
Bu safar marshrut bizni O‘zbekistonning janubiga, Surxondaryo viloyatining go‘zal Boysuntov tog‘larida joylashgan kichik Boysun shahriga olib bordi. Bu yerda 2024-yilning 1-7-may kunlari “Frühling in Boysun” folklor festivali bo‘lib o‘tdi, bu o‘zbek tilida “Boysun bahori” degan ma’noni anglatadi.
📹 Xalq deputatlari viloyat Kengashining sakson oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
Sessiya ishida o‘n sakkizta masala ko‘rib chiqilishi belgilangan.
❗️ Sessiya ishini Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining You Tube platformasidagi surxondaryo_pressa">rasmiy sahifasi hamda viloyat televideniesining jonli efiri orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.
Jonli efirni tomosha qilish uchun havola:
📎 https://www.youtube.com/live/bcoRKyVOlIU?si=hgN3wn1bGJ-CaSjh
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
🔷 Muzrabot tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi:
➖ 3-hudud 3-uchastka (Bodomzor MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
➖ 9-hudud 1-uchastka (Bogʻi eram MFY, Fayziobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔷 Sho'rchi tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 7-hudud 1-uchastka (Qoraariq MFY, Oynako‘l MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔷 Uzun tuman hokimligi:
➖ "Bobotog'" hududini kompleks rivojlantirish majmuasi yetakchi mutaхassisi;
➖ Yoshlik mahallasida hokim yordamchisi;
➖ hokimning chegara masalalari bo'yicha yordamchisi;
🔷 Yoshlar ishlari agentligi Muzrabot tumani bo‘limi: “Sopollitepa” mahallasida yoshlar yetakchisi;
🔷 Sherobod tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 5-hudud 2-uchastka (Navbur MFY, Hakimobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;
🔷 Denov tuman hokimligi:
➖ Navnihol mahallasida hokim yordamchisi;
➖ Bobur mahallasida hokim yordamchisi;
❗️Arizalar 16.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
☎️ Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Sho‘rchida aholi bandligini ta'minlash, daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Prezident topshirig‘i – amalda: Hokim mehnat migrantlari bilan onlayn muloqot qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida mahallalarda bandlikni ta’minlash va mehnat migratsiyasini tartibli tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish, bandligini ta’minlash hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga alohida e’tibor qaratish kabi masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgandi.
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida Qiziriqda bo‘lib, tumandan xorijga chiqib mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida ularning ota-onalari ham ishtirok etdi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/597790
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Axborot 24 | Aholiga ichimlik suvini yetkazib berishda yaratilayotgan qulayliklar
“To‘palang” suv omboridan Surxondaryoning 11 ta tumani va Termiz shahridagi 1 mln 700 ming aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlovchi mega loyiha amalga oshirilmoqda.
Hozirda loyihaning birinchi bosqichi ishga tushirilgan bo‘lib, vohaning to‘rtta hududi aholisiga ichimlik suvi yetkazib berish ishlari boshlangan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumanida videokonferensaloqa orqali migratsiyadagi fuqarolar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Shuningdek, Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha taqdimotlar hamda Qiziriq tumani Xalqobod mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2041
#Surxondaryo #migratsiya #uchrashuv #taqdimotlar #Sayxunobodtajribasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X