axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Shahar va tumanlar kesimida sohalar bo‘yicha kunlik ko‘rsatkichlar bajarilishi tahlili yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir tarmoqda amalga oshirilgan ishlar natijalari jamlanib, mas’ullar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlanib borilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi “Hokimlik soati”da ushbu ko‘rsatkichlarning aprel oyidagi ijrosi muhokama qilindi. Tahlillarga ko‘ra oy davomida samarali faoliyat yuritgan mutasaddilarni rag‘batlantirish, “qizil” toifaga tushgan, oy davomida yomon ko‘rsatkichlarni muntazzam qayd etgan mas’ullarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish topshirildi.

Shuningdek, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida hududlar rahbarlariga qabriston va ziyoratgohlarni obodonlashtirish, nogironligi bo‘lgan, uyda yotib qolgan keksalar hamda ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

#Surxondaryo #Hokimliksoati #tahlil #9may

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Boysunda eng abjir chavandozlar yig‘ildi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida milliy qadriyatlarimizning bir bo‘lagi, to‘yu tantanalarimiz bezagi bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi ham tashkil etildi.

Dashtig‘oz qishlog‘i hududidagi adirlikda bo‘lib o‘tgan shiddatli bellashuvda yurtimizning eng chapdast chavandozlari qatnashib, qiziqarli ko‘ngilochar tomoshalarni tuhfa etdi. Kuchli, epchil, otlarining chopqirligi bilan chavandozlar muxlislariga o‘zgacha zavqu shavq ulashdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/596004

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining taqdirlash marosimi konsert dasturi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Qumqo‘rg‘on tumani hokimligida viloyat, shahar va tumanlar sektor rahbarlari, kreditlarni qaytarishda muammolari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari va tijorat banklari rahbarlari ishtirokida mavjud muammolar hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilmaslik sabablarini o‘rganish maqsadida muhokama o‘tkazildi.

Viloyat rahbari muammoli krediti mavjud tadbirkorlar bilan suhbat o‘tkazib, tijorat banklari va boshqa mutasaddilarning axborotlarini tingladi. Hududlar rahbarlari, mutasaddilar va tijorat banklariga tadbirkorlar bilan ishlab, ularning muammolarini hal etish, faoliyatini sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish topshirildi hamda tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalangan holda kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Qaytarilgan kredit mablag‘lari yana yangi loyihalarni moliyalashtirishga, ish o‘rinlari yaratishga, pirovardida aholimizning bandligini ta’minlab, turmush farovonligini yaxshilashga yo‘naltirilishi qayd etildi.

#Surxondaryo #tadbirkorlik #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash ishlarining borishi, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida yangi yerlarni foydalanishga kiritib, poliz mahulotlari yetishtirish, “kasanachilik” orqali har xil to‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish, issiqxonachilik, nodavlat ta’lim markazida koreys tili o‘qitish, muzqaymoq hamda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatlari bilan tanishdi. Mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, “Qum teks invest” MChJning mato to‘quv va bo‘yash loyihasi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Mutasadilar “Termiz Jayxun Klaster” MChJning faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” loyihasi yuzasidan taqdimot qilishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2036

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #loyihalar #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qumqo‘rg‘on tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📊 Surxondaryoda qancha sut ishlab chiqarildi?

🏢 Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 149,9 ming tonna sut (2023-yilning yanvar-martiga nisbatan 3,6 foizga ko‘p) ishlab chiqarildi.

📍Viloyat hududlari bo‘yicha ishlab chiqarilgan sut hajmi, tonnada:

➖ Denov - 24 372;
➖ Qumqo‘rg‘on - 18 301;
➖ Uzun - 15 915;
➖ Sariosiyo - 13 329;
➖ Jarqo‘rg‘on - 12 434;
➖ Sherobod - 12 329;
➖ Muzrabot - 10 235;
➖ Sho‘rchi - 10 210;
➖ Angor - 9 406;
➖ Termiz - 7 648;
➖ Boysun - 5 651;
➖ Qiziriq - 4 599;
➖ Bandixon - 3 096;
➖ Oltinsoy - 1 989;
➖ Termiz sh – 433.

🥛Sut ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmdan 95,3 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivalining beshinchi kun tadbirlari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏇 Uloq-ko‘pkari musobaqalari tomoshasiga marhamat!

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida, ertaga, 6-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasi hududidagi adirliklarda murosasiz bahslarga boy bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkaziladi.

Unda yurtimizning barcha hududlari hamda qo‘shni davlatlardan chavondozlar ishtirok etadi.

🏵 Musobaqaning sovrin jamg‘armasidan 5 ta tuya, 5 ta ot, 5 ta ho‘kiz, 20 ta qo‘y, 4 ta sarka hamda 20 ta televizor mukofotlari o‘rin olgan.

Chabog‘onlarning shiddatli bellashuvi hamda otlar dupuriga boy musobaqalari tomoshasiga barcha ixlosmandlarni taklif etamiz.

📍Manzil: Geolokatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali!
〰️〰️〰️

🇷🇺 Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!
〰️〰️〰️

🇬🇧 International Folklore Festival "Boysun bahori"!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | «Boysun bahori» xalqaro folklor festivali tafsilotlari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarga tashrifidan so‘ng kunning ikkinchi yarmida Termiz tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi va “Yangi O‘zbekiston” bog‘i qurilishi bilan tanishdi.

Xususan, ko‘p qavatli turar joylar, amfiteatr, muzey va boshqa ob’yektlar qurilishi taqdimot qilinib, mas’ullar, qurilish kompaniyalarining axborotlari tinglandi.

Viloyat rahbari qurilish normalariga qat’iy rioya qilgan holda mahalliy qurilish materiallardan foydalanish va xonadonlarning tannarxini tushirish lozimligini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Termiz xalqaro savdo markazi”dagi qabuldan so‘ng, Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurdi. Hududlarda ishchi guruhi tomonidan agrar sohada o‘tkazilgan o‘rganish natijalari mas’ullar ishtirokida muhokama qilindi.

Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasida ko‘p qavatli turar joylar qurilishi hamda sanoat ipotekasi asosida tashkil etilayotgan “Yoshlar va tadbirkorlik sanoat zonasi” bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2035

#Surxondaryo #agrarsoha #muhokama #qurilish #turarjoy #sanoatzona

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Boysun_bahori

📷 Fotogaleriya | “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali tadbirlarining to‘rtinchi kun tadbirlari davom etmoqda


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | “Boysun bahori” dunyoga yanada mashhur bo‘ladi

Milliy o‘zligimiz, nafis san’atimiz, boy qadriyatlarimiz keng namoyish etilayotgan do‘stlik, go‘zallik va san’at bayramida dunyoning 40 dan ortiq davlatidan sayyohlar, folklorshunoslar, san’at va madaniyat vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etib, boy taassurotlarga ega bo‘lmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/595282

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali dunyoga hayrat va havas ulashdi

Ochiq osmon ostida nafis folklor san’ati namoyish etilgan festivalning o‘ziga xos raqamlari bilan tanishing:

➖ “Boysun bahori” xalqaro festivali joriy yilda yettinchi bor o‘tkazildi;

➖ Festival tadbirlari birinchi marotaba yetti kun davom etdi;

➖ O‘rta Osiyoda birinchi marotaba 20 ta havo shari Boysun uzra osmonga ko‘tarildi;

20 ta tandirda “Tandir Fest” (Surxoncha tandir go‘sht) milliy taomlar tayyorlandi;

➖ Rekord yangilandi: 31x5 metr hajmli so‘zana tayyorlanib, namoyish etildi;

➖ Hunarmand va to‘quvchilar 25x5,2 metrli gilam hamda diametri 9 metrli do‘ppi tayyorlashdi;

➖ Yetti kun davomida festivalda 630 mingga yaqin sayyoh, jumladan, 10 mingdan ortiq xorijdan tashrif buyurgan turistlar ishtirok etishdi.

📸 Foto: Aleksei Todosko /Portugaliya/

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️ O‘zbekistonda 9-may - Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni qabul qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy milliy kimyoviy muhandislik va qurilish korporatsiyasi Seven Ltd vetse-prezidenti Xuan Syanchjunni qabul qildi.

Uchrashuvda kompaniya bilan kelgusida hamkorlik yo‘nalishlariga mos, hozirda ishga solinmagan vohamizning imkoniyatlari, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida mehmonlar kompaniya faoliyati haqida axborot berishdi.

Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davomida mazkur kompaniya bilan imzolangan shartnomani, xususan, kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini tashkil etish loyihasini amalga oshirishning texnik va iqtisodiy tomonlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida loyihani bosqichma-bosqich amalga oshirish, kelgusida boshqa yo‘nalishlarda ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishilib olindi.

#Surxondaryo #Xitoy #delegatsiya #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Boysun_bahori

No comment | Mohir chavondozlar bahslari va otlar dupuriga boy bo‘lgan uloq-ko‘pkari musobaqasi o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 9-12-may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

📞 Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏇 Ayni vaqtda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida Boysun tumani Dashtig‘oz mahallasida chavandozlar, chopag‘onlikda tengsiz dongdor otlar ishtirokida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Barchani bugun soat 16:00 ga qadar davom etadigan qiziqarli bahslar tomoshasiga taklif etamiz.

📍Geolakatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivali ochilish marosimi konsert dasturi

📹 To‘liq HD formatda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Birdamlik mahallasida topshiriqlar ijrosi o‘rganildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 1-may kuni Bandixon tumani Birdamlik mahallasida topshiriqlar ijrosi bilan tanishib, “Sayxunobod tajribasi”ni namunali joriy etish bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi. Bugun viloyat rahbari berilgan topshiriqlar ijrosi hamda loyihalar taqdimoti bilan tanishish maqsadida ushbu mahallaga tashrif buyurdi.

Dastlab, mahalla bo‘ylab yurilib, ko‘chalarni obodonlashtirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishildi. Shuningdek, mahalla markazida tuman hokimi Bandixonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalarni taqdimot qildi.

Viloyat rahbari tuman mutasaddilariga Birdamlik mahallasida ishlarni namunali tashkil etish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini iqtisodiy kompleks mas’ullari bilan puxta ko‘rib chiqish, istiqbolli loyihalarni tanlab olib, amalga oshirish vazifalarini belgilab berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Faybrijah Kiannejat /Buyuk Britaniya/

Festivalga ikki yil oldin, Padang kengliklarida o‘tkazilganida kelganman. Ochig‘i bunday manzarani uchratmagandim. Hayratdaman. Ikki yilda shuncha o‘zgarish. Aqlga sig‘maydigan hodisa. Moʻjiza yuz bergandek, go‘yo.

Men juda xursandman. Ayniqsa, sahnada ajoyib sozandalar bilan kuy ijro etish men uchun yaxshigina tajriba bo‘ldi. Bu ketishda “Boysun bahori”ning qamrovi ortib boraveradi. Dunyoga yanada mashhur bo‘ladi. Festival ham, undagi chiqishlar, namoyishlar, kuy-qo‘shiq va raqslar ham noyob.

Jahonda bunday festivallar juda kam va bitta tilagim mana shu qadriyatlar tarannum etilayotgan xalqaro festival juda uzoq yashasin
.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Kurash bo‘yicha vazn toifalari g‘oliblariga sovrinlar topshirildi

Kecha “Boysun bahori” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilgan kurash musobaqalarining erkaklar o‘rtasida 66 va 81 kg, ayollar o‘rtasida 63 kg hamda yoshlar o‘rtasida 65 kg vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Quyida vazn toifalari bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishing:

63 kg vazn toifasida (ayollar):
🥇-o‘rin – Komila Qahhorova, Jarqo‘rg‘on tumani (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Xurshida Abduvohidova, Termiz tumani (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Ibodat Agajanova, Andijon viloyati (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Xusnora Abdullayeva, Toshkent shahri (1,5 mln so‘m).

65 kg vazn toifasida (yoshlar):
🥇-o‘rin – Ilyos Egamberdiyev, Oltinsoy tumani (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Mirzohid Xudoyqulov, Termiz shahri (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Elbek Tog‘ayev, Boysun tumani (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Jo‘rabek Jovmatov, Sherobod tumani (1,5 mln so‘m).

66 kg vazn toifasida (erkaklar):
🥇-o‘rin – Botir Ziyodullayev, Qashqadaryo viloyati (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Sardor Xurramov, Denov tumani (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Akobir Qurbonov, Termiz tumani (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Sarvar Abdushukurov, Tojikiston (1,5 mln so‘m).

81 kg vazn toifasida (erkaklar):
🥇-o‘rin – Shuxrat Normurodov, Boysun tumani (5 mln so‘m);
🥈-o‘rin – Jamshid Yo‘ldoshev, Andijon viloyati (3 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Javlon Namozov, Qashqadaryo viloyati (1,5 mln so‘m);
🥉-o‘rin – Abdulla Amirov, Termiz tumani (1,5 mln so‘m).

G‘oliblarga pul mukofotlari sertifikatlarini mutasaddilar hamda kurash faxriylari tantanali topshirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining beshinchi kunidan o‘rin olgan tadbirlar bilan tanishing:

5-kun, 5-may:

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Viloyat musiqali drama teatri jamoasining konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Boysun_bahori

Xalqaro festival tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda, xorijliklarda katta qiziqish va taassurotlar bilan o‘tmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga tashrif buyurgan aholining taassurotlari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Polsha davlatining “Polsha-Osiyo” Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahriga tashrif buyurdi. Mehmonlar dastlab, “Al Hakim At-Termiziy” majmuasi bilan tanishishdi.

Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi”da Polsha delegatsiyasini qabul qildi. Kengaytirilgan tarkibda o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomon mas’ullari, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2034

#Surxondaryo #Polsha #delegatsiya #tashrif #qabul

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🤼 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali doirasida milliy kurash musobaqalari davom etmoqda

Bugun erkaklar o‘rtasida 66 va 81 kg, ayollar o‘rtasida 63 kg hamda yoshlar o‘rtasida 65 kg vazn toifasidagi polvonlar bahslari o‘tkazilmoqda.

Ushbu vazn toifalari g‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun 5 000 000 so‘m;
2-o‘rin uchun 3 000 000 so‘m;
3-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m;
3-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал