axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ayni vaqtda Termiz davlat universitetida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga bag‘ishlangan “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📣 Boysunda havo sharlari uchiriladi

Vohamizning ko‘hna Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida, ertaga, 2-may kuni ertalab soat 6:00 da 20 ta havo sharlari uchirish tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Barcha qiziquvchilar, OAV vakillari hamda blogerlarni mazkur tadbirlarga taklif etamiz.

Keling va betakror tabiat manzaralarini havo sharlarida tomosha qilib, zavq oling!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📣 Boysun tumani aholisi va mehmonlari diqqatiga!

🚧 Boysun tumanida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalari va tirbandliklarning oldini olish hamda harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish maqsadida joriy yil 1-7 may kunlari tuman hududidan o‘tuvchi quyidagi yo‘llarda transportlar harakati vaqtincha cheklanadi:

4R-105 “Darband-Boysun-Elbayon” avtomobil yo‘lining 24-26-kilometrlari oralig‘i;

4R-104 “Qumqo‘rg‘on-Kofrun-Boysun” avtomobil yo‘lining 60-61-kilometrlari oralig‘i;

6K-611 “Boysun-Rabot-Pitov” avtomobil yo‘lining 2-4-kilometrlari oralig‘i;

“Bibishirin” mahallasi “Qadamjo” ko‘chalarining ayrim qismlarida.

🚌 Festival tomoshalariga shaxsiy avtotransport vositalarida tashrif buyurgan fuqarolar uchun avtoturargohlar tashkil etilgan bo‘lib, festival bo‘lib o‘tadigan asosiy maydongacha jamoat transporti xizmati yo‘lga qo‘yilgan.

❗️Boysun tumani aholisi va mehmonlaridan ushbu noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan, festivalga tashrif buyuruvchilarga esa jamoat transportidan foydalanishni tavsiya qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#xorijiy_OAV

Dunyo ommaviy axborot vositalari “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali haqida:

🇰🇬 “Kabar” (Qirg‘iziston);
🇰🇿 “Almalife” (Qozog‘iston);
🇰🇿 “Инфозакон” (Qozog‘iston);
🇷🇺 “Большая Азия” (Rossiya);
🇰🇷 “UN Journal” (Janubiy Koreya);
🇪🇸 “El Mundo Financiero” (Ispaniya);
🇩🇪 “Stimme der Hauptastadt” (Germaniya);
🇸🇦 “Tourism World” (Saudiya Arabistoni);
🇸🇦 “Adva al-Vatan” (Saudiya Arabistoni);
🇸🇦 “Alharir.info” (Saudiya Arabistoni);
🇸🇦 “TNA_media24” (Saudiya Arabistoni);
🇮🇶 “Wrkaа News” (Iroq);
🇪🇭 “Ammon News” (Iordaniya);
🇲🇪 “Al-Inmae” (Marokash).
🇧🇪 “The European Geopolitical Forum” (Belgiya).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Xitoyda “Surxondaryo – Urumchi” savdo uyi ish boshladi

Bu haqda O‘zAga xabar bergan Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatovning aytishicha, 150 nafar turli soha mutasaddilari, hudud rahbarlari, ishbilarmon doira vakillari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Urumchi shahridagi “AIMEDIA” savdo uyida o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etdi.

Shu yerda bo‘lib o‘tgan forumda tadbir qatnashchilari viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, milliy liboslar, tabiiy oziq-ovqat va turli ichimliklar namunalari bilan yaqindan tanishdi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/593606

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Germaniyaning NEWCADE Project Management kompaniyasi direktori Mehmet Gedizni qabul qildi. Kompaniya 35 yillik tajribaga ega bo‘lib, qurilish va infratuzilma loyihalari bo‘yicha arxitektura, dizayn va muhandislik xizmatlari hamda loyiha boshqaruvi xizmatlari va texnik maslahat sohasiga ixtisoslashgan.

Uchrashuvda Mehmet Gediz vohamizda bo‘sh yer maydonlarida yetti metr balandlikda quyosh panellari o‘rnatish hamda uning ostidagi maydonda issiqxona va boshqa loyihalarni amalga oshirish taklifini bildirdi.

Viloyat rahbari kompaniyaning takliflarini tinglab, ko‘p yillik faoliyatini o‘rganib chiqqanligini ta’kidladi hamda Termiz shahri va Oltinsoy tumanida ko‘p qavatli turar joylar qurish, qazilma boyliklarini o‘zlashtirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalarini berdi.

Viloyatimiz rahbari NEWCADE Project Management kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatilishidan mamnunligini bildirib, ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishda barcha zaruriy yordam va ko‘maklar ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Mehmonlarga vohamizning investitsion salohiyatini taqdimot qilish hamda xalqaro savdo markazi imkoniyatlari bilan tanishtirish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining yetti kunlik dasturi bilan tanishing!

Joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan turizm kompleksida har ikki yilda bir marotaba bo‘ladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi. Festival dasturidan quyidagi tadbirlar o‘rin olgan.

1-kun, 1-may:
🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Xalqaro folklor festivali mehmonlarini kutib olish (Termiz xalqaro aeroporti va Boysun tumani temir yo‘l vokzalida);

🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining ilmiy-amaliy konferensiyasi (Termiz davlat universitetida).

2-kun, 2-may:
🕗 soat 09:00 dan 10:00 gacha – Velo marafon musobaqalari (“Xo‘jamayxona” ziyoratgohi yo‘llarida);

🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalar chiqishlari (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 11:00 dan 13:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕔 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Uzun va Sariosiyo tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumani “Alpomish” o‘yingohida);

🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Festivalning tantanali ochilishi tadbiri (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 21:00 dan 21:30 gacha – “Dron” shou tomoshalari (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕔 soat 21:30 dan 22:00 gacha – Mushakbozlik (Amfiteatr markaziy sahnasi).

3-kun, 3-may:
🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 14:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 10:00 dan 12:00 gacha – Xorijdan tashrif buyurgan folklor jamoalarni taqdirlash marosimi (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 12:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ishtirokidagi ko‘rik-tanlov (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (“Omonxona” oromgohi, “Xo‘ja Sulton valiy” va “Kamari aziz” ziyoratgohlarida);

🕔 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Boysun tumanidagi turizm obyektlariga infotur (Belgilangan hududlarda, alohida reja asosida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Varrak uchirish, qo‘chqor urishtirish va boshqa etno sport turlari bo‘yicha musobaqalar (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan viloyatlardan kelgan folklor jamoalar ijrosidagi gala konsert (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 18:00 dan 21:00 gacha – Sherobod va Termiz tumanlari folklor jamoalari hamda Toshkent shahridan tashrif buyuradigan taniqli san’atkorlar ijrosida gala konsert (Boysun tumanidagi “Yoshlar” bog‘ida).

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Etno shaharcha” loyihasi qurilishi va “Bolajon” bog‘ini obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumani Takiya va Zarobod mahallalarida bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish tajribasini ommalashtirish, daromadlarini oshirish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Aholi xonadonlarida chorvachilik, parrandachilik, issiqxonachilik hamda biolaboratoriya faoliyatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, tashrif davomida mahalla guzaridagi mikromarkaz faoliyati hamda hududdagi ziyoratgoh va qabristonning obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2021

#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #biolaboratoriya #mikromarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida jurnalistlar, hokimliklar va boshqarmalar axborot xizmatlari, turizm, madaniy meros, sport va madaniyat boshqarmalari mutasaddilari hamda blogerlar ishtirokida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari, tashkiliy qo‘mita a’zosi Jo‘rabek To‘rayev, viloyat hokimligining axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatov hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayevlar shu yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida o‘tkaziladigan xalqaro festivalga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, ishtirokchilar hamda jurnalistlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2020

#Surxondaryo #Boysun_bahori #matbuotanjumani

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 2 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📣 Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga marhamat!

Barcha ilm-fan vakillarini “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun taklif etamiz.

2024-yil 1-may kuni Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.

Mazkur konferensiyada to'g'ridan-to'g'ri hamda onlayn ishtirok etishingiz mumkin.

☎️ Anjumanda masofadan ishtirok etish istagini bildiruvchi talabgorlar, quyidagi
+99897-244-16-00 telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.

Boshlanish sanasi va vaqti:
🗓 1-may, soat 14:00;
Manzil:
📍Termiz davlat universiteti

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Boysun bahori" xalqaro festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, mehmonlarni kutib olish hamda shahar hududini obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Oltinsoy tumani aholisi diqqatiga!

📆 Bugun, 27-aprel kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Oltinsoy tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.

📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67

📲 Telegram:
(99) 482-00-77

📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📣 Matbuot anjumani | “Boysun bahorida” bizni qanday yangiliklar kutmoqda?

🖊 Mavzu: “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini yuqori badiiy saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy va ijodiy ishlar

🗓 Kun: 29-aprel
🕚 Vaqti: soat 10:00 da.

🎤 Ishtirok etadi: Surxondaryo viloyati hokimligi, Madaniyat, Turizm, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari mas’ullari

📍Tadbir joyi: “Matbuot uyi” binosi (Termiz shahri, Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy).

🔰 Barcha jurnalist va blogerlarni ushbu media-tadbirga taklif etamiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Festival doirasida o‘tkaziladigan kurash musobaqalari vaqtida o‘zgarish bo‘ldi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida o‘tkaziladigan milliy kurash musobaqalari vaqtlari bilan tanishing:

3-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha:
erkaklar o‘rtasida +81 kg vazn toifasida;
ayollar o‘rtasida +63 kg vazn toifasida.

4-may kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha:
erkaklar o‘rtasida 66 va 81 kg vazn toifasida;
ayollar o‘rtasida 63 kg vazn toifasida;
yoshlar o‘rtasida 65 kg vazn toifasida.

Oriyat bahslarida yurtimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qo‘shni respublikalardan tashrif buyuradigan nomdor polvonlar ushbu vazn toifalari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.

🤼 Shiddatli bellashuvlar, son-sanoqsiz tomoshabinlarning qiy-chuviga to‘ladigan maydon zavqini tuyish, jo‘shqinlikni his qilish uchun barcha ixlosmandlarni Boysun tumani “Bibishirin” mahallasida joylashgan turizm kompleksi hududida bo‘lib o‘tadigan kurash musobaqalariga taklif etamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalining 1-kuni tadbirlari bilan tanishing:

🗓 1-may, 2024-yil:

🕗 soat 07:00 dan 10:00 gacha – Termiz xalqaro aeroporti va Boysun temir yo‘l vokzalida festival mehmonlarini tantanali kutib olish;

🕗 soat 14:00 dan 16:00 gacha – Termiz davlat universitetida “Surxon vohasining insoniyat sivilizatsiyasidagi o‘rni: moddiy va nomoddiy madaniyat asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat rahbari Termiz tumanida agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda Termiz shahri Surxon sohili mahallasi hududidagi qurilish mollari bozori va uning atrofidagi yo‘llarning obodonlashtirilishi holati bilan tanishdi.

Xususan, bozor hududini tartibga keltirish, sotuvchi va xaridorlar uchun sharoit yaratish, bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish vazifasi topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar, joriy etilayotgan ilm-fan yutuqlari hamda sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tekshirish institutida olimlarning ingichka tolali paxta yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi va uni oshirish yo‘llari to‘g‘risidagi fikrlari tinglandi. Shuningdek, Veterinariya va chorvachilik tarmog‘i mas’ullari bilan sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Tumanga tashrif yakunida “Agropilla” MChJning Yangiariq filialida ipak qurti boqish tadbirlarining borishi bilan tanishildi. Pillakorlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog//2022

#Surxondaryo #paxtachilik #chorvachilik #pillakorlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📊 Surxondaryo viloyatining doimiy aholisi soni qancha?

👨‍👩‍👧‍👦2024-yilning 1-aprel holatiga Surxondaryo viloyatining doimiy aholisi soni 2 891 686 kishini tashkil etgan.

Shundan:

🏢 shahar aholisi –
1 046 160 kishi;

🏡 qishloq aholisi –
1 845 526 kishi;

🙍‍♀ erkaklar –
1 463 348 kishi;

🙍‍♂ ayollar –
1 428 338 kishi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

4-kun, 4-may:
🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi);

🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 09:00 dan 18:00 gacha – Milliy taomlar ko‘rgazmalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Milliy kurash musoboqalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (“Xo‘jaqo‘chqor ota” ziyoratgohi, “Zovboshi” eko hududida);

🕔 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Tumandagi turizm obyektlarida infotur (Belgilangan hududlarda, alohida reja asosida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, arqon tortish va boshqa milliy xalq o‘yinlari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 18:00 dan 22:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan viloyatlardan kelgan folklor jamoalar ijrosidagi gala konsert (Amfiteatr markaziy sahnasida).

5-kun, 5-may:
🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi);

🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 16:00 gacha – Milliy kurash musoboqalari (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 16:00 dan 17:00 gacha – Sport va madaniy tadbirlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 17:00 gacha – Folklor jamoalarining o‘z qo‘rg‘onlarida musiqiy dasturlari namoyishi (Shahar va tumanlar qo‘rg‘onlarida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Viloyat musiqali drama teatri jamoasining konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida).

6-kun, 6-may:
🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Folklor jamoalari ko‘rik-tanlovi (Amfiteatr markaziy sahnasi);

🕗 soat 09:00 dan 20:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 10:00 dan 18:00 gacha – Uloq-ko‘pkari musoboqalari (Boysun tumani Inkabod mahallasi hududida);

🕗 soat 12:00 dan 15:00 gacha – Eko turizm hududlariga sayohat (Inkabod mahallasi “Qizil kanyon” hududida);

🕗 soat 18:00 dan 20:00 gacha – Ko‘rik-tanlovda ishtirok etayotgan folklor jamoalar ijrosidagi konsert dasturi (Amfiteatr markaziy sahnasida).

7-kun, 7-may:
🕗 soat 09:00 dan 12:00 gacha – Milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlari namoyishi (Turizm kompleksi hududida);

🕗 soat 11:00 dan 14:00 gacha – Festivalning tantanali yopilish va taqdirlash marosimi (Amfiteatr markaziy sahnasida);

🕗 soat 14:00 dan boshlab – Festival ishtirokchilari va mehmonlarini kuzatish (Termiz xalqaro aeroporti va Boysun tumani temir yo‘l vokzalida).

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo-Urumchi savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati ishbilarmon doira vakillari, turli soha mutasaddilari hamda hudud rahbarlaridan tarkib topgan 150 nafar viloyatimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytdi. Tashrif davomida Xitoyning Urumchi shahrida joylashgan “AIMEIDA” savdo uyida Surxondaryo viloyatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi hamda Surxondaryo-Urumchi savdo uyi faoliyatini boshladi.

Savdo uyida vohamizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, milliy liboslar, oziq-ovqat va turli ichimliklar namunalari forum ishtirokchilariga tanishtirildi.

Shuningdek, delegatsiyamiz Xitoyga tashrifi davomida ilg‘or texnologiyali korxonalarda ham bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi hamda kasanachilik, tikuvchilik, kashtachilik va bosma uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Xorijiy_OAV

O‘zbekistonda “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali mehmonlarni kutmoqda - Qozog‘iston nashri

Qozog‘istonning “Almalife” saytida “1-7-may kunlari Surxondaryo viloyatida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi” sarlavhasi bilan maqola e’lon qildi.

Maqolada festival doirasida Termiz shahrida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, shuningdek, Boysunda milliy taomlar va hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, folklor jamoalarining konsert dasturlari, havo sharlarini uchirish, dron-shoular bo‘lib o‘tishi haqida ma'lumot keltirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryoda fuqaroning tomorqasida X-XI asrlarga oid G‘aznaviylar davri tangalari topildi

Denov tumani “Alisher Navoiy” mahallasida yashovchi fuqaro Davron Amirov viloyat madaniy meros boshqarmasiga murojaat qilib, o‘z hovlisida turli sopol parchalari va boshqa buyumlar qoldiqlari tez-tez uchrab turishini bildirgan hamda o‘tgan yili tomorqasi atrofidan devor qurish jarayonida bir nechta qoramtir rangdagi va ikki dona sariq rangli tangalarni topib olganligini ma’lum qilgan.

Murojaatga asosan Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasi va Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislaridan iborat guruh fuqaroning yashash hovlisida o‘rganish ishlarini o‘tkazishdi. Qazishma ishlari jarayonida X-XVI asrlarga oid bo‘lgan ko‘plab bo‘yalgan idishlar va shisha bo‘laklari topildi.

Shuningdek, topib olingan qoramtir va sariq tangalarni olimlar maxsus tozalash va o‘rganishlardan so‘ng X-XI asrlarga oid ekanligini, jumladan, tangalardan biri G‘aznaviylar davlati hukmdori Ma’sud G‘aznaviy tomonidan G‘azna shahrida hijriy 429-yilda zarb etilganini aniqlashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Janubiy Koreyaning IKC Construction korxonasi rahbari Seog Gi Sonni qabul qildi.

Mazkur korxona vakillari bilan o‘tkazilgan oldingi uchrashuvlarda vohamizda qurilish materiallari va polietilen paketlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga kelishilib olingan edi. Bugungi uchrashuvda ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi mahalliy kompaniyani tashkil etish, xorijiy sarmoyani jalb qilish orqali investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Umumiy maydoni 9,8 gektar maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ushbu loyihaning yillik ishlab chiqarish quvvati 100 ming tonna mahsulot bo‘lib, qurilish ishlarini joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.

Muzokara yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikda ishlashdan mamnunligini qayd etishdi.

#Surxondaryo #JabuniyKoreya #IKCConstruction #loyihalar #hamkorlik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tarixiy natija: “Qiziriq” futbol klubi guruh bosqichidan chiqdi

Kecha O‘zbekiston kubogi 3-tur o‘yinlari doirasida “Qiziriq” klubi mehmonda “Sho‘rtan” klubiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kechgan o‘yinda vakillarimiz 0:1 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

O‘yindagi yagona golga futbolchimiz Rustam Normurodov mualliflik qildi.

Shunday qilib, vohamiz tarixida birinchi marotaba “Qiziriq” futbol klubi O‘zbekiston kubogining keyingi bosqichiga chiqishdi.

"Qiziriq" futbol klubiga keyingi o‘yinlarda omadlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasi, xususan, g‘o‘za va g‘alla parvarishi tadbirlari hamda “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar, tomorqadan samarali foydalanish tajribasi bilan tanishdi.

Barafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2019

#Surxondaryo #qishloqxojaligi #Sayxunobodtajribasi #xonadonlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanida kanalizatsiya tarmog‘ini qurish, markaziy ko‘chalarni obodonlashtirish, Qumqo‘rg‘on tumanida 7 ta 9 qavatli jami 468 xonadonli energiya tejamkor materiallardan turar joylar majmuasi qurilishi bilan tanishdi.

Shuningdek, Termiz shahri Alisher Navoiy ko‘chasidagi avtomobil yo‘lining qurilishi ham ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2018

#Surxondaryo #qurilish #loyihalar #taqdimot #turarjoy

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qishloq xo’jaligi: tashabbus, intilish va natija

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida bir kilometr masofadan suv tortib kelib, 6 gektar maydonni foydalanishgan kiritgan, bog' yaratgan tadbirkorning tajribasi haqida so'z yuritiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 4 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал