axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

📚 2024-yilning 22-26-aprel kunlari Surxondaryo viloyatida “Kitobsevar millat” shiori ostida IV respublika “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkaziladi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat, shahar va tumanlar Favqulodda vaziyatlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda dastlab tashkiliy masala ko‘rildi. Polkovnik Ismoilov Ilxom Ismoilzoda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. I.Ismoilov 1975-yil Samarqand viloyati Samarqand tumanida tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, yig‘ilishda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining avvalgi boshlig‘i podpolkovnik Nurali Kadirovni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani bilan qutlanib, Surxondaryodagi samarali faoliyati uchun minnatdorchilik bildirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mutasaddilar bilan Denov tumanini "Sayxunobod tajribasi" asosida rivojlantirish loyihalarining borishi bilan tanishdi hamda maktablarda ta’lim jarayonlarining sifatli tashkil etilishini tahlil qildi.

Mutasaddilarga ta’lim sifatini oshirish, o‘quv binosini ta’mirlash, baliqchilik loyihalarini kengaytirish hamda Ezgulik ko‘chasini namunali ko‘chaga aylantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2000

#Surxondaryo #maktab #talimsifati #baliqchilik #kichiksanoatzona #loyihalar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

E-auksion platformasi orqali Surxondaryo viloyatidan savdoga chiqarilgan davlat mulklari bilan tanishing:

🔹 Angor tumanidan 4 ta (ko'rish);
🔹 Bandixon tumanidan 2 ta (ko'rish);
🔹 Boysun tumanidan 18 ta (ko'rish);
🔹 Muzrabot tumanidan 7 ta (ko'rish);
🔹 Oltinsoy tumanidan 4 ta (ko'rish);
🔹 Denov tumanidan 37 ta (ko'rish);
🔹 Jarqo‘rg‘on tumanidan 27 ta (ko'rish);
🔹 Qumqo‘rg‘on tumanidan 8 ta (ko'rish);
🔹 Qiziriq tumanidan 5 ta (ko'rish);
🔹 Sariosiyo tumanidan 4 ta (ko'rish);
🔹 Termiz tumanidan 14 ta (ko'rish);
🔹 Uzun tumanidan 11 ta (ko'rish);
🔹 Sherobod tumanidan 9 ta (ko'rish);
🔹 Sho‘rchi tumanidan 22 ta (ko'rish);
🔹 Termiz shahridan 40 ta (ko'rish).

☎️Murojaat uchun telefon:
+99899 203 00 30

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 14 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston energetikasida «ijtimoiy norma» tizimi joriy qilinadi

💡 Unga ko‘ra, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz qoldirilgan — 1 kVt.soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan. Uchinchi guruh iste’molchilari, xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchilar uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib, qolgan barcha iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqqan holda:

➖ 201-1000 kVt.soatni tashkil etsa – 900 so‘m;
➖ 1000 dan 5000 kVt.soatgacha – 1350 so‘m;
➖ 5000 dan 10000 kVt•soatgacha – 1575 so‘m;
➖ 10 ming kVt.soatdan oshsa – 1800 so‘m etib belgilandi.

🔥 Tabiiy gaz narxi esa barcha iste’molchilar (kubometri uchun 1500 so‘mdan) hamda yirik ulgurji iste’molchilar va budjet tashkilotlari uchun (kubometri uchun 1800 so‘mdan) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kommunal ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanadi. Jumladan, noyabr-fevral oylari uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib:

➖ oyiga 500 kub/metrgacha – 650 so‘m;
➖ oyiga 501 kub/metrdan 2 500 kub/metrgacha – 1 500 so‘m;
➖ oyiga 2 501 kub/metrdan 5 000 kub/metrgacha – 1 950 so‘m;
➖ oyiga 5 001 kub/metrdan 10 000 kub/metrgacha – 2 275 so‘m;
➖ oyiga 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘lashi kerak bo‘ladi.

Mart-oktabr oylarida esa:

➖ oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
➖ oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
➖ oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
➖ oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
➖ oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘laydi.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 1600 so‘m etib belgilanmoqda. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 2024/2025 yilgi isitish mavsumida (noyabr-fevral oylarida) energetika to‘lovlari uchun 270 ming so‘mlik bir martalik yordam pullari beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Maktablar uchun 100 ming dona kitoblar karvoni hududlarga yo‘l oldi

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan vohamizdagi 10 mingga yaqin maktablarning har biriga 1 ming donadan jami 100 ming dona kitoblar jamlanmalari ajratildi.

Yosh avlodni kitobxonlikka keng jalb etish, maktablarni kerakli adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan kitoblar bugun hududlarga yo‘ldi. Har bir maktabga berilayotgan jamlanmalardan ilmiy va badiiy kitoblar o‘rin olgan.

#Surxondaryo #kitoblarkarvoni #Manaviyatsektori

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida «Ma’naviyat sektori» faoliyatini namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha respublika seminari o'tkazilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 15 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ishlayman degan dehqon bir kilometrdan suv tortib adirlikdagi yerda bog‘ yaratmoqda. Ayrim odamlarimiz esa o‘zining 5 sotixli tomorqasini ham obod qilmaydi. Mehnat qilaman degan odamga bahona yo‘q!


Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘onda yangi yerni o‘zlashtirib bog‘ yaratgan tadbirkor mehnatlarini e’tirof etib, uning faoliyati yoshlarga namuna bo‘lishini ta’kidladi.

Shuningdek, tumanda asalarichilikni rivojlantirish, "Sayxunobod tajribasi"ni joriy etish borasidagi ishlar bilan ham tanishildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahridagi “Shohsaroy” tantanalar saroyida 15-aprel – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini hokim o‘rinbosari Ilhom Saparov o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, sohada alohida o‘rnak ko‘rsatgan, fidoyi va jonkuyar madaniyat va san’at xodimlariga viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alari tantanali topshirildi.

Bayramona bezatilgan dasturxon atrofida, san’atkorlarning chiqishlari bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha zavqu-shavq bilan davom etdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: “Siz o‘quvchilarni shunday tarbiyalangki, ertaga ular xalqimiz va davlatimizga sadoqat bilan xizmat qilsin – Prezidentimiz ham siz o‘qituvchilardan shuni kutmoqdalar!”

Kecha viloyat hokimi Sherobod tumanida o‘qituvchi va shifokorlar hamda ehtiyojmand oilalar uchun qurilgan 100 ta xonadonli turar-joy majmuasini foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etib, o‘qituvchining xonadonida mehmon bo‘ldi.

Shuningdek, Sherobod, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlarida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda massivlar qurilishi bilan tanishildi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida tadbirkorlarning muammolarini o‘rganish, ularning yechimi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Har bir hududdan yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli shartlarda kredit mablag‘lari ajratish, bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish belgilangan bo‘lsada ishlar talab darajasida tashkil etilmayotganligi qayd etildi. Ajratilgan resurslarni manzilli yo‘naltirish, loyihalarni amalga oshirish borasida hududlar hamda tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Ayrim mas’ullarning faoliyati tanqid qilindi.

Tadbirkorlar bilan bevosita ishlash, muammolarini hal etilishiga ko‘maklashish hamda kredit mablag‘larining manzilli ajratilishi, maqsadli ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish uchun tashkil etilgan telegram bot faoliyatini takomillashtirish, samarali yo‘lga qo‘yish, kelib tushayotgan har bir murojaat va uning ijrosi bilan shaxsan viloyat hokimining o‘zi tanishib boradigan tizim qilishni topshirdi.

❗️Eslatma: Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, yangi taklif va tashabbuslar yuzasidan quyidagi telefon raqamlari hamda telegram botga murojaat qilishlari mumkin:

☎️ (76) 223-18-32;
☎️ (76) 223-18-33;
☎️ (76) 223-18-34;
☎️ (76) 223-18-35.

@surxondaryo_tadbirkorlari_bot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi muddati

☝️ Joriy yildan siz to‘laydigan soliqlar hisobiga “Mahalla budjeti” shakllanadi.

🔰 "Mahalla budjeti" mablag'lari mahallangiz ravnaqi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi.

Shunday ekan, burchimizga mas’uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | O‘qituvchi, shifokor va ehtiyojmand oilalarga uy sovg‘a qilindi

Sherobod tumanidagi Taroqli mahallasida yuz oilaga mo‘ljallangan besh qavatli zamonaviy turarjoy binolari foydalanishga topshirildi.

Yangi xonadonlar tanlov asosida saralab olingan eng faol o‘qituvchi va shifokorlarga, shuningdek, nogironligi bo‘lgan hamda kam ta’minlangan oilalarga muborak Ramazon tuhfasi sifatida bepul berildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/588433

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | “Sayxunobod tajribasi” Muzrabotda ommalashmoqda

Muzrabot tumanidagi “Surxon-Agro majmuasi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ikki ming bosh qora molga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi bunyod etmoqda.

Zamonaviy majmua yangidan o‘zlashtirilgan ming gektarga yaqin maydonda qad rostayotir. Qiymati 110 milliard so‘mni tashkil etadigan loyiha chorvachilik kompleksi, sutni qayta ishlash korxonasi, 1 ming 200 tonna sig‘imga ega senvich panelli omborxona, ozuqa yetishtirish va saqlash joylari qurilmoqda.

Batafsil: https://uza.uz/posts/590401

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Xorijiy_OAV

Qozog‘iston nashrida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali haqida maqola e’lon qildi

Qozog‘istonning “Infozakon” elekron nashri “1-7-may kunlari qadimiy va betakror Surxondaryo zaminida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi” sarlavhali maqolani e’lon qildi.

Maqolada “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga ko‘rilayotgan qizg‘in hozirlik, festival dasturidan o‘rin olgan tadbirlar, ushbu nufuzli festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad haqida Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek To‘rayevning fikrlaridan iqtiboslar keltirilgan.

“Hozirgi kunga qadar xalqaro tanlovda Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindiston kabi davlatlarning taniqli folklor jamoalari ishtirok etish istagini bildirgan”, – deyiladi maqolada.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Shunday kunlar keladiki, bizda kambag‘allik va ishsizlik bo‘lmaydi. Buning uchun men umrimni tikkanman” – Prezident

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#OAV

Turizm rivoji va yangi imkoniyatlar


Surxondaryo viloyatida turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Boysun tumani misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏖 Boysunning tog‘ yonbag‘rlaridagi maysazorlarda piknik zonalar tashkil qilindi

Xabar berilganidek, joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida YUNESKO shafeligida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali o‘tkaziladi.

Hozirda xalqaro festivalga tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Xususan, festivalga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida Boysun tumanining “Xo‘jaqo‘shg‘or ota” hududidagi tog‘ yonbag‘rlaridagi bahavo joylar, yashil maysazorlarda piknik zonalar tashkil etildi.

⛱ Mazkur piknik zonalarda tashrif buyuruvchilar uchun xavfsiz sharoitlar yaratilib, tabiat va atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda o‘rindiq, urna, soyabonlar o‘rnatmoqda.

Ushbu maskanlarda dam olishingiz hamda tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

📍Piknik zonalar manzillari: Geolokatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

No comment | Surxondaryoda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Termiz shahrida “Ma’naviyat sektori” faoliyatini “Surxondaryo tajribasi” asosida namunali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Respublika seminari o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev, onlayn tarzda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirok etishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1999

#Surxondaryo #Seminar #Manaviyatsektori #Suxondaryotajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz tumanida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumani "Yangiariq Surxon" hududida joylashgan "Sirojiddin Qoraxon" fermer xo‘jaligi paxta dalasida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishib, klaster hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unib chiqqan g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, yagonalash ishlarini kechiktirmasdan o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi.

Tuman sektor rahbarlari hamda mutasaddilarga kultivatsiya va chopiqlash hamda yagonalash ishlarini bosqichma bosqich amalga oshirish, bunda zarur texnikalarni safarbar qilish vazifasi topshirildi.

Ma’lumot uchun, Termiz tumanida joriy yil hosili uchun 2 ming gektar maydonda chigit ekilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️Zo‘ravonlik — jinoyat. Zo‘ravonlik — bizning madaniyatimiz emas!

Xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishidir.

Rolik muallifi: Termiz shahar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Farrux Abjalov

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi jamoasi ish kunlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlamoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov aholining issiqxonachilik, asalarichilik, chorvachilik va parrandachilikdagi tajribasi hamda korxonalar faoliyati bilan tanishish, shuningdek, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish ishlarini o‘rganish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1997

#Surxondaryo #issiqxonachilik #asalarichilik #bogzor #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 16-17-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jumladan:

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

📞 Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 16 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

"Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-153-son, 05.04.2023 y.) bilan:

➖ tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda yoshlarga ijaraga beriladi;

➖ ushbu yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi;

➖ yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi;

➖ auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat rahbari Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlariga tashrif buyurib, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, issiqxonalar, kichik va erkin iqtisodiy zonalardagi loyihalar hamda “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi, shuningdek, mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Mas’ullarga loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish, ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlash hamda ko‘chatchilik ishlarini jonlantirish yuzasidan vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1994

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimot #bogdorchilik #EIZ

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал