Surxondaryoda o‘qituvchi va shifokorlar hamda ehtiyojmand oilalar uchun 100 ta uy-joy foydalanishga topshirildi
Xabar berilganidek, Sherobod tumanida saxovatpesha tadbirkor ko‘magida yosh avlod ta’lim-tarbiyasida boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan o‘qituvchi va murabbiylar hamda aholi salomatligini mustahkamlashda fidokorona mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘makka muhtoj oilalarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 100 ta xonadonli zamonaviy turar joy qurilishiga start berilgan edi.
Bugun mazkur xonadonlar qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, o‘qituvchi va shifokorlarga hamda ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga ushbu xonadonlar kalitlarini topshirdi. Saxovatpesha tadbirkorga minnatdorchilik bildirildi.
Viloyat rahbari tumanga tashrifi davomida "Sherobod tekstil invest" MCHJning ip-kalava ishlab chiqarish korxonasidagi muammolarni o‘rgandi. Mas’ullarga tadbirkor bilan ishlab, korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlarini tiklash bo‘yicha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lgan takliflarni ishlab chiqish hamda taqdimotga kiritish topshirildi.
Shuningdek, "Pomir agro klaster" MCHJning chorvachilik kompleksi qurilishi hamda shu yerning o‘zida 100 gektar maydonda anorchilikni tashkil etish loyihasi taqdimoti bilan tanishilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Axborot 24 | Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifi tafsilotlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahridagi 31-sonli bog‘chada yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ulug‘bek Qosimov: “Odamlarimizga tomorqadan samarali foydalanish va undan daromad olishni o‘rgatsak, ham kambag‘allik qisqaradi, ham oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi”
Kecha viloyat hokimi Denov tumanida bo‘lib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholining tomorqadan samarali foydalanish, gulchilik va qulupnay yetishtirish tajribasi bilan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 18 kun qoldi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumaniga tashrif buyurib, “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish, mahalla “yettiligi” faoliyati hamda aholining tomorqadan samarali foydalanish, gulchilik va qulupnay yetishtirish tajribasini ommalashtirish borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida politilen mahsulotlari ishlab chiqarish hamda pista qadoqlash korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Bozorlar majmuasi va boshqa bo‘sh yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, auksion savdolariga chiqarish hamda “Termiz erkin iqtisodiy zonasi”ning Denov tumani “Ko‘zichoqli” massivida amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1991
#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #gulchilik #korxonalar #taqdimotlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🚀 12-aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni
Sana munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalari o'rtasida "Oʻz sohasining mutaxassisi" nomli musobaqa o‘tkazildi.
Yosh fiziklar demonstratsion (namoyishli) tajriba koʻrsatib tushuntirib berish, qiziqarli fizikaga oid tezkor savol-javob, mavzulashtirilgan masala ishlash hamda kosmik uchish apparatlarini yigʻish va uni ochiq maydonda harakatga keltirish kabi fizika faniga oid shartlari asosida o'zaro bellashishdi.
🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra gʻoliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat sektor rahbarlari hamda mas’ullar “Elbayon” mahallasida bo‘lishdi. Viloyat rahbari o‘tgan hafta tashrifda berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishib, mas’ullarning axborotini tingladi.
Mahallada “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida 695 ta xonadonda tozalash, obodonlashtirish, bo‘yash va tartibga keltirish ishlari amalga oshirilib, mavjud 5 ta ko‘cha bo‘ylab manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ishsiz fuqarolarning 97 nafarining bandligi ta’minlandi.
Mas’ullarga mahalladagi qariyb 3 km yo‘lni ta’mirlash, asfaltlash ishlarini yakunlash, ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, mavjud transformator punktlarini yangisiga almashtirish, beton ustunlar o‘rnatish vazifalari topshirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryolik yosh innovatorlar ko‘zi ojizlar uchun "aqlli hassa" yaratishdi
Surxondaryolik aka-uka Mashhurbek va Abdumalik Qarshiyevlar hamda ularning singlisi Muharram oddiy hassani innovatsion "aqlli hassa"ga aylantiradigan noyob qurilma yaratdilar. Bu haqida UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.
"Aqlli hassa" texnologiyasi ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan odamlarning mustaqil harakat qilish imkoniyatini oshirishga, ularning jamiyatda faol bo‘lishlariga qaratilgan. U ovozli yordamchi, akselerometr va kompas hamda doimiy yangilanib turadigan funksiyalarni o‘z ichiga oladi.
UNICEF tomonidan UPShIFT dasturi amalga oshirilayotgan bo‘lib, dastur O‘zbekiston yoshlari uchun tadbirkorlikda yangi yechimlarini taklif qilish orqali jamiyatdagi muammolarni aniqlab, ularning yechimini topish uchun ajoyib imkoniyatdir. Termizlik iqtidorli yoshlar ham ushbu dastur doirasida o‘z jamoalarini tuzib, yangi innovatsiyalar ustida ishlashmoqda.
Dastur Surxondaryo viloyati hokimligi, Yevropa Ittifoqi va "Istiqbol avlod" Respublika ijtimoiy-axborot markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#uygonish_sari_yol
Ilm - saodat kaliti, ilmsizlik - jaholatdir!
Muallif: Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi Sanjar Shotemirov.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori“ga tayyorgarlik avjida
Joriy yilning may oyida Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Sayyoramiz folklor-etnografik san’ati ijrochilari hamda folklorshunoslarini, muxlislarni ikki yilda bir marta ko‘xna va go‘zal Boysun tumanida jamlaydigan festival o‘tkaziladigan Bibishirin mahallasida zamonaviy turizm majmuasi qad rostlamoqda.
Ayni paytda bu yerdagi barcha inshootlarda qurilish ishlari uyushqoqlik bilan davom etayotir.
Batafsil: https://uza.uz/posts/587830
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
No comment | Ramazon tuhfasi: Termiz shahrida yangi 3 200 o‘rinli masjidda ilk hayit namozi o‘qildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo ahliga Ramazon hayiti tabrigi
Muhtaram vohadoshlar, qadrli viloyatimiz mehmonlari!
Barchangizni insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va bag‘rikenglik ayyomi – Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Muhtaram Prezidentimizning xalqimizga yo‘llagan tabriklarida ta’kidlanganidek, Yangi O‘zbekistonda yurtimizdagi barcha millat va konfessiya vakillari uchun vijdon erkinligini ta’minlash, ularning tili, madaniyati va urf-odatlarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Yangi masjidlar barpo etilmoqda, ulug‘ allomalar, aziz-avliyolarimizning qadamjolari obod qilinmoqda, milliy va diniy qadriyatlarimiz tiklanmoqda. Muborak Haj va Umra ziyoratlari uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda.
Bu kabi ezgu ishlar Surxondaryoda ham davom ettirilib, bugun erta tongdan vohadoshlarimiz tinchlik va xotirjamlikda 130 ta jome' masjidida hayit namozini o‘qigani, xususan, Termiz shahrida 3 200 o‘rinli yangi masjidning foydalanishga topshirilgani ham bunga yaqqol dalildir.
Aziz surxondaryoliklar!
Fursatdan foydalanib, Yangi O‘zbekistonimizga o‘zgacha fayz bag‘ishlayotgan ana shunday shafoatli kunda mehnatkash va oqko‘ngil, mard va oliyjanob Surxondaryo ahlini Iyd-al-fitr bayrami bilan muborakbod etib, mo‘tabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lishini tilayman!
Ramazon hayiti barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!
Ulug‘bek Qosimov,
Surxondaryo viloyati hokimi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
O‘zbekiston Xalq baxshisi Shoberdi Boltayev 80 yoshda
Vohamizning milliy san’ati - baxshichilikning rivoji va bu san’atni yosh avlodga yetkazishda katta xissa qo‘shgan Shoberdi baxshi Boltayev bugun 80 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov O‘zbekiston xalq baxshisiga o‘z tabrigini yo‘lladi.
Viloyatimiz hokimining tabrigi va sovg‘alarini viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov, Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev va Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Normurodovlar yetkazishdi.
Xalq baxshisi Shoberdi Boltayev ko‘rsatilayotgan e’tibor va ehtirom uchun minnatdorchilik bildirib, yurt tinchligi va osoyishtaligini so‘rab duoga qo‘l ochdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Hayit ayyomi arafasida Saida Mirziyoyeva liboslar boʻyicha bo‘lajak dizayner, surxondaryolik Zuhra Hasanova bilan uchrashdi
Bu qiz hammamiz uchun haqiqiy ilhom manbai boʻla oladi.
Uning betakror eskizlari tabiat jilolari, Surxondaryo quyoshining tafti, milliy anʼana va zamonaviy trendlarni oʻzida mujassam etgan.
Bir oy oldin men ilk bor Zuhra haqida eshitib qoldim, uning boshqalarga oʻxshamaydigan qismati, orzularidan xabar topdim. Bugun esa bu yosh dizayner eskizi asosida tikilgan koʻylak liboslarim orasidan joy oldi.
Inson gʻayratli va mehnatsevar boʻlsa, albatta maqsadiga yeta oladi. Zuhraning hayoti buning yaqqol isbotidir.
“BioTexnoEko” MCHJ quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qiladi:
👨💻 hisobchi (buxgalter); *
🚜 yuk ko‘taruvchi birikmali maxsus traktor haydovchisi; *
🚚 maxsus chiqindi tashish texnikasi (ISUZU, HOWO) haydovchisi; *
🦺 yuk ortuvchi ishchi.
* mazkur ish o‘rinlari uchun nomzodning ish staji hozirgi davr talabiga mos kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi talab etiladi.
🏢 Uzoqdan qatnab ishlovchilar barcha sharoitlar (oshxona, dush, Wi-fi, TV)ga ega yotoqxona bilan ta’minlanadi.
💵 Oylik ish haqi nomzod bilan suhbat jarayonida aniqlangan qobiliyatiga qarab belgilanadi.
📍Manzil: Termiz shahri, “Jo‘yjangal” MFY, Muqimiy ko‘chasi 77-uy.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
+998787708015
+998930770045
📲 Telegramm-bot:
t.me/bio_texno_eko
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 17 kun qoldi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📱my.gov.uz – barcha davlat xizmatlaridan masofadan foydalanish mumkin bo‘lgan Yagona interaktiv portal
📃 Avvallari odamlar davlat xizmatlaridan foydalanish uchun vaqt sarflab, turli tashkilotlarga qatnashi, navbatlarda turib, sarson bo‘lishiga to‘g‘ri kelardi.
Bugun ular my.gov.uz portali orqali keng turdagi raqamli xizmatlardan istalgan vaqtda va istalgan joyda, hatto uydan chiqmagan holda ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega.
💻 Portalning asosiy afzalliklari:
📁 Qulay va foydalanish imkoniyati keng;
Ayni vaqtda my.gov.uz portali orqali 590 dan ziyod davlat xizmatlaridan onlayn tarzda, tashkilotlarga qayta tashrif buyurmasdan, navbatlarda turmasdan foydalanish mumkin.
✔️ Xizmatlar xilma-xilligi;
my.gov.uz – aholi hamda tadbirkorlik subektlariga 18 ta soha bo‘yicha, xususan, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy himoya, transport, kadastr, soliq va bojxona kabi yo‘nalishlarda keng ko‘lamli davlat xizmatlarini taklif etadi.
💳 Elektron to‘lovlar;
Portal orqali elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham mavjud. Bu davlat xizmatlari uchun to‘lovni soddalashtiradi, banklarga borish zaruratini kamaytiradi.
📩 Ariza va murojaatlar holatini kuzatish;
Fuqarolar o‘z so‘rov va murojaatlari holatini portal orqali kuzatib borishlari mumkin. Bu ularga xizmatlarni ko‘rsatish jarayonidan xabardor bo‘lish imkonini beradi.
🔎 Shaffoflikni oshirish;
my.gov.uz shaffoflikni oshirishga va korrupsiyani bartaraf etishga yordam beradi. Chunki davlat xizmatlarini onlayn olish lavozimdagilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni qisqartiradi hamda tanish-bilishchilik ehtimolini yo‘qotadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Sessiya ishida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Oripov Anvar Xomitovich Qiziriq tumani hokimi etib tayinlandi.
A.Oripov 1985-yilda Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010-yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
Mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “O‘zagroeksport” AJ, Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda, shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan hamda mazkur tayinlovga qadar viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, avvalroq Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rajabov Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Oripov Anvar Hamidovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Rajabov Sherzod Abdimuratovich tayinlandi.
Sh.Rajabov 1984-yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Termiz davlat universitetini, 2014-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligi guruh rahbari, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ахborot 24 | «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Muzrabot tumanida 10 gektarlik bog' yaratildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 19 kun qoldi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berdi
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 12-15-aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, kuchli bo‘lishi hamda ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
12-15 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida jumladan:
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari hududlarida sel hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
📞 Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda milodiy IX-XVI asrlarga oid xum idishlar topildi
Sariosiyo tumani “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov o‘z tomorqasida issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi.
Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr bo‘lgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh bo‘ladi va topilma yuzasidan mahalla fuqarolarga yig‘iniga, undan keyin viloyat Madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.
Madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi.
Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, xumlarning ikki donasi IX-XIII asrlarga, yana ikkitasi XIV-XVI asrlarga oid ekanligi taxmin qilinmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#boysun_bahori
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 20 kun qoldi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriyaga tashrifida 124 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Xabar berganimizdek, 7-9-aprel kunlari amaliy tashrif bilan Vengriya davlatida bo‘lib qaytgan Surxondaryo viloyati delegatsiyasi kuni-kecha mamlakat poytaxti Budapesht shahrida qator tadbirlarda, uchrashuv va muzokaralarda ishtirok etishdi.
Xususan, viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov “Babolna Tetra” kompaniyasining parrandachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar yakunlarida uzumni kayta ishlash va vinochilik mahsulotini ishlab chiqarish, elektronika va xo‘jalik texnikalari, qop hamda mebel ishlab chiqarish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha bitimlar tuzildi.
Uch kunlik tashrif davomida o‘tkazilgan uchrashuvlar va muzokaralar natijasida umumiy qiymati 124,2 mln dollarlik 18 ta hujjat imzolandi. Shundan, 6 ta hamkorlik bitimlari, 9 ta investisiya kelishuvlari hamda 3 ta import shartnomalari tuzildi.
Shu bilan Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Vengriya davlatiga tashrifi yakuniga yetdi. Bugun viloyatimiz hokimi boshchiligidagi delegatsiya vohamizga qaytib keldi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Sangardakda osma dor yo‘li barpo etiladi
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7-9-aprel kunlari Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriya davlatida bo‘lib, yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazdi.
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan safar chog‘ida Denov tumanidagi “Denov Oltin Don” mas’uliyati cheklangan jamiyati Avstriyaning “DOPPELMAYR” kompaniyasi bilan qiymati 10 million yevro bo‘lgan osma dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/587703
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ramazon tuhfasi: Termiz shahridagi yangi qurilgan 3 200 o‘rinli masjidda hayit namozi o‘qildi
Prezidentimizning 2019-yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifida "Sulton Saodat" majmuasi hududida yangi masjid, keng zamonaviy yo‘llar hamda boshqa obyektlar qurilishi loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.
Bugun ushbu loyiha doirasida bunyod etilgan 3 200 o‘rinli "Sulton Saodat" jo’me masjidida Ramazon hayiti namozi o‘qildi.
Yangi masjidda o‘qilgan Ramazon hayiti namozida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari, Toshkent Islom instituti rektori Muxamadolim Muxamadsidiqov hamda boshqa diniy ulamolar, vohalik mo‘min musulmonlar ishtirok etdi.
Shuningdek, bugun viloyatimizdagi 130 ta masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryo va Vengriya o‘rtasida 87,7 million dollarlik shartnoma imzolandi
Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Vengriya davlatida bo‘lib, yetakchi kompaniyalar bilan ikki tomonlama manfaatli muzokaralar o‘tkazmoqda.
O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan safarning ilk kunida Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishilib, tegishli hujjatlar imzolandi. “Rideg Fish Farm” kompaniyasining Xomokmed shahridagi faoliyati bilan tanishildi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/587267
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter