axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida Ramazon hayiti munosabati bilan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkalari faoliyat yuritmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Termiz shahri aholisi va mehmonlari diqqatiga

🚌 Aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida ertaga, 10-aprel Ramazon hayiti kuni “Termiztransxizmat” filiali tasarrufidagi avtobuslar tongi soat 05:30 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Hurmatli Termiz shahri aholisi va mehmonlaridan bayram kunlari o‘z manzillariga yetib olishda jamoat transporti xizmatlaridan foydalanishni so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo delegatsiyasi Vengriyada: Tashrifning birinchi kunida 37 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Vengriya davlatida bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunida Vengriyaning qator kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va tegishli hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kuniga mo‘ljallangan dasturga asosan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chongrad-Chanad viloyati Prezidenti Laslo Salgo o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi va Chongrad-Chanad viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik qilish kelishuviga ham erishildi.

Tashrif O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, 7-9-aprel kunlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Jamoat transporti: Termiz va Sho‘rchi tumanida yangi yo‘nalishlarda yo'lovchi tashish yo‘lga qo‘yildi

Termiz va Sho‘rchi tumanlarida ichki hududlar bo‘ylab yangi yo‘nalishlar bo‘yicha aholiga qulay va sifatli jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida avtobuslar qatnovi ish boshladi.

🚌 Jumladan, endilikda aholi quyidagi yo‘nalishlarda jamoat transportidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi:

📍Termiz tumani:
SHAY 246-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Termiz shahrining “Istiqlol” maydonidan Termiz tumanining “Yangiobod” mahallasi oralig‘idagi manzillarni bog‘laydi.

❗️Ushbu yo‘nalish orqali Termiz tumanining “Yangiobod”, “Kelajak”, “Yangiyer” va “At-Termiziy” mahallalarida istiqomat qiluvchi yo‘lovchilarga transport xizmati ko‘rsatiladi.

📍Sho‘rchi tumani:
SHAY 333-sonli yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadigan avtobuslar Sho‘rchi tibbiyot kolleji va “Joyilma” mahallasi oralig‘idagi manzillarni bog‘laydi.

❗️Ushbu avtobuslar Sho‘rchi tibbiyot kolleji, tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi, markaziy shifoxona va dehqon bozori yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga transport xizmatini ko‘rsatadi.

Hududlarda jamoat transporti tizimini yaxshilash va infratuzilmani takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | "Yashil makon" umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi

Umummilliy loyiha doirasida Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga marhamat!

Festival joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm kompleksida bo‘lib o‘tadi.
〰️〰️〰️

🇷🇺 Добро пожаловать на Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!

Фестиваль пройдет 1-7 мая текущего года на территории туристического комплекса, расположенного в махалле «Бибиширин» Байсунского района.
〰️〰️〰️

🇬🇧 Welcome to the International Folklore Festival "Boysun bahori"!

The festival will be held on May 1-7 of this year at the tourist complex located in "Bibishirin"street of Boysun district.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#uygonish_sari_yol

Ustoz - muvaffaqiyatlar sababchisi!

Muallif: "Ishonch" teleradiokompaniyasi muharriri Abbos Mamarahimov va muhbir Dildora Musayeva

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Boysun turist va mehmonlarni "Boysun bahori" xalqaro folklor festivalida kutib olishga hozirlik ko‘rmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining faoliyati yuqori darajada baholandi

Ochiqlik indeksining birinchi indikatori Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan e’lon qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi hisoblanadi.

2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.

Baholangan jami 131 ta tashkilot va idoraning:

29 nafar matbuot kotibi (22,1%)ning ish natijalari yuqori;

59 nafari (45%)niki o‘rta;

39 nafari (29,8%)niki qoniqarli;

4 nafari (3,1%)ning faoliyati past darajada, deb topildi.

👉 Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Axborot 24 | Surxondaryo viloyatida Sayxunobod tajribasi doirasida olib borilayotgan ishlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#uygonish_sari_yol

Oila ma’naviyat tayanchi!

Muallif: Jarqo‘rg‘on madaniyat bo'limi xalq teatri rejissyori Salom Qodirov

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Oltinsoyda korxonalar faoliyati, ishlab chiqarish va qayta ishlash jarayonlari hamda loyihalar taqdimoti bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇬🇧 Welcome to the International Folklore Festival "Boysun bahori"!

Old and ancient Boysun invites everyone to the "Boysun bahori" international folklore festival, which includes performances of folklore ethnographic teams, national sports games, various shows, and concert programs of representatives of many countries.

The festival will be held on May 1-7 of this year at the tourist complex located in "Bibishirin"street of Boysun district.

We invite all spectators, local and foreign tourists to the festival performances.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: “Farzand ta’limiga kiritilgan investitsiya, nafaqat ota-onaga foyda keltiradi, balki butun jamiyat rivojiga hissa qo‘shadi!”

Kecha Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahridagi maktab faoliyati bilan tanishdi, iqtidorli o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, Sho‘rchi tumanida oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirilib, mahalla “yettiligi” faoliyati va aholi xonadonlarida tomorqadan foydalanish tajribasi ham o‘rganildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#uygonish_sari_yol

Hayotingizni telefon o'zgartirishidan oldin, uni o'zingiz o'zgartiring!

Rolik muallifi Temiz davlat universiteti Axborot xizmati rahbari Shukrullo Toshpo'latov.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Vengriyaga tashrif: Ikkinchi kun muzokaralarda 47 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Vengriya davlatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Kecha tashrifning ikkinchi kunida Chongrad-Chanad viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Seged shahrida qator uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Chongrad-Chanad viloyati hokimligida uchrashuv o‘tkazildi va Seged universiteti hamda “Bonafarm” kompaniyasining chorvachilik fermasi va sutni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida o‘zaro hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida kelishuvlarga erishildi hamda hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzolandi. Xususan, “ArchEnerg Cluster” klasteri bilan quyosh energiyasi va geotermal energiyadan foydalanish, biomassani qayta ishlash, Seged universiteti va "Young Adults" MChJ o‘rtasida IT sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash, “Bonafarm” kompaniyasi va “Pomir Agroklaster” MChJ o‘rtasida zotdor chorva mollarini yetkazish, sutni qayta ishlash va mutaxassislar ko‘nikmalarini oshirish, “ECO Engineering” MChJ bilan parrandachilik kompleksi loyihasini qurish, “DOPPELMAYR” kompaniyasi va “Denov oltin don” MChJ o‘rtasida dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumani va Seged shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Delegatsiyamizning Vengriyaga tashrifi bugun Budapesht shahrida davom etadi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

"Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi"
("Temur tuzuklari"dan).


Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Prezident topshirig‘i amalda: Mahallalar obod, ko‘ngillar shod bo‘lmoqda

Prezidentimiz o‘tgan yil 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida odamlarning munosib turmush darajasini yanada yuksaltirib, mahallalarda aholi uchun barcha qulaylikni yaratish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash uchun yil boshida Termiz shahri va tumanlarning har biridan beshtadan 75 ta og‘ir iqtisodiy-ijtimoiy ahvoldagi mahalla tanlab olinib, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/586974

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Rasman: Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuni nishonlanadi

🌙 O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar muhokama qilindi.

🔶 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tashrifdan keyin: Sariosiyo tumani markazidagi avtomobil yo‘li ta'mirlanmoqda

Viloyat hokimining tashriflarida berilgan topshiriqlarga Sariosiyo tumani markazidan o‘tuvchi 4R-108B avtomobil yo‘lining 2-7 km oralig‘ida qayta tiklash, asfalto-beton qoplamasi yotqizish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹Yoshlar ishlari agentligi Termiz tumani bo‘limi: "Jo'yjangal" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Termiz tumani bo‘limi: "Yangi yer" mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Uzun tuman bo'linmasi: boshlig'i;

🔹Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Sherobod tuman bo'linmasi: boshlig'i;

❗️Arizalar 08.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.


🔹Sherobod tumani hokimligi: Bosh hisobchi;

🔹Uzun tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Yoshlik" mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹Termiz tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Mustaqillik" mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔹Muzrabot tumani suv yetkazib berish davlat muassasas: Bosh gidrometri;

🔹Termiz shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: boshlig'i;

🔹Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi: Kadrlar bo'yicha mutaхassisi;

🔹Yoshlar ishlari agentligi Muzrabot tumani bo‘limi: boshlig'i;

🔹Termiz tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: Veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazorati bo'yicha mutaхassisi;

🔹Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi: "Oltintepa" mahallasida hokim yordamchisi.

❗️Arizalar 09.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tashrifdan so‘ng: Sho‘rchi tumanida mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Viloyat hokimining joriy yil 3-aprel kuni Sho‘rchi tumaniga tashrifida mutasaddilarga mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish vazifasi topshirilgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi bilan tanishish maqsadida Boysun tumaniga tashrif buyurdi. Turizm kompleksida yakuniy bosqichda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi va tez kunlarda ishlarni to‘liq yakunlash lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, soha mutasaddilari bilan festivalning badiiy va ko‘rgazmali dasturlariga tayyorgarlik jarayonlari, sahna bezaklari, kiyimlar, o‘tovlarning milliy urf-odatlar bilan bezatish uchun tanlab olingan namunalar taqdimot qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1986

#Surxondaryo #Boysunbahori #folklor #xalqarofestival

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#Xorijiy_OAV

На юге Узбекистана под эгидой ЮНЕСКО пройдет международный фестивал «Бойсун бахори»

В деталях:
https://kabar.kg/news/na-iuge-uzbekistane-pod-egidoi-iunesko-proidet-mezhdunarodnyi-festival-boisun-bakhori/

Kabar.kg” – Qirg‘iziston milliy axborot agentligi rasmiy saytida “Boysun bahori” festivali o‘tkazilishi haqida xabar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

«O‘zgidromet» kuchli yomg‘ir yog‘ishi, hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

Joriy yilning 5-7-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Shu sababli, respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel kelish hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

📞 Hurmatli fuqarolar, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️O‘zini o‘zi band qilganlar uchun beriladigan imtiyozlar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Aholi daromadlarini oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda eksport imkoniyatlarini oshirish loyihalari bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘ldi.

Tashrif davomida meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, saralash va qadoqlash, yaxna ichimliklar hamda un ishlab chiqarish korxonalari bilan tanishildi. Zamonaviy issiqxona, muzlatkichli omborxona hamda yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlaridan foydlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1984

#Surxondaryo #loyihalar #taqdimotlar #korxonalar #ishorinlari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyidning “Xalqim degan zotlarni Haq ham qo‘llar ekan-ku!..” she’ri

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasidan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Turkiyaning quyosh elektr stansiyalari qurish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Akgun enerji” kompaniyasi bosh direktori Kemal Gunay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda vohamizda 100 MVt quvvatdagi quyosh fotoelektr stansiyasi qurish loyihasi muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida loyihaning texnik-iqtisodiy imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, takomillashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashga kelishilib olindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1983

#Surxondaryo #Turkiya #AKGUNENERJI #loyiha

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xorijdagi elchilarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi hamda mamlakatimizning Yevropa va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasidagi diplomatik vakolatxonalari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Muzaffar Madrahimov va Bobur Usmanov, shuningdek, viloyatimizning shahar va tumanlari hokimlari ishtirok etishdi.

Onlayn formatda o‘tkazilgan uchrashuvda Surxondaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini oshirish, eksportga ko‘maklashish va xorijiy investisiyalarni jalb etishni yanada jadallashtirishda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik missiyalari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Respublikamizning xorijdagi elchilari Surxondaryo viloyatida mavjud va istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Jumladan, Vengriya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Yaponiya, Malayziya kabi davlatlardagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlari turizm, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va boshqa ko‘plab sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq takliflar bildirishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал