Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov haftalik ish rejasiga muvofiq bugun Sho‘rchi tumanida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahalla “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida 89-sonli oilaviy poliklinikaning “Yorug‘lik” filiali uchun yangidan qurilgan bino foydalanishga topshirildi. Shuningdek, tibbiyot maskaniga 10 ta elektroskuter, 10 ta planshet hamda kompyuter jamlanmalari, zamonaviy tibbiy asbob-uskuna va jihozlar ham berildi.
Viloyat rahbari “Elbayon” mahallasi “yettiligi” faoliyati bilan tanishdi hamda xonadonlarda bo‘lib, aholining tomorqadan samarali foydalanish tajribasini ko‘zdan kechirdi.
Tumanda, shuningdek, maktab-internatining 120 o‘rinli yotoqxonasi va sport zali hamda 150 o‘rinli bog‘cha binosi ham foydalanishga topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1981
#Surxondaryo #poliklinika #ochilishi #mahallayettiligi #maktabinternat #bogcha
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | “Boysun bahori“da dunyo folklor ustalari bahslashadi
Joriy yilning may oyida ko‘hna va betakror Boysun tumanida “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tadi.
Dunyo folklor-etnografik san’ati ijrochilari va shinavandalarini, folklorshunoslar va soha mutaxassislarini go‘zal tog‘lar qo‘ynida birlashtiradigan festivalni bu yil tamomila yangicha ruxda o‘tkazishga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.
Batafsil: https://uza.uz/posts/585404
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
🔹 Uzun tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Bandixon tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Denov tumani hokimligi: devonхona mudiri;
🔹 Muzrabot tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Denov tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi: investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi bosh mutaхassisi;
🔹 Jarqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Qumqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Qiziriq tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Sariosiyo tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Termiz tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Sherobod tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Sho‘rchi tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Surxondaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi: boshlig'i birinchi o'rinbosari;
🔹 Oltinsoy tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Termiz shahar soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Angor tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov);
🔹 Boysun tumani soliq inspeksiyasi: sho'ba boshlig'i (ichki tanlov).
❗️Arizalar 05.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryoda chigit unib chiqdi
Joriy yilda Surxondaryo viloyati paxtakorlari 72 ming gektar maydonda ertapishar va serhosil g‘o‘za navlarini parvarishlaydi. Ayni kunlarda mavjud maydonlarga baraka urug‘i qadash qizg‘in davom etmoqda.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, shu kungacha chigit ekish uchun tayyorlangan maydonlarning qariyb 52 ming gektariga urug‘ sepildi. 28 ming gektarga yaqin maydonda chigit bir tekis unib chiqdi. G‘o‘za nihollari bo‘y ko‘rsatgan ekin maydonlarida nihollarni parvarishlash yumushlari ham boshlandi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/585168
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Kichik biznesga ko‘maklashish markazida Markaziy bank va tijorat banklari hamda mutasaddilar bilan Termiz shahrida yangi tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish masalasini muhokama qildi.
Istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali yangi, daromadli ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari "Vatanparvarlar" bog‘ida tashkil etilgan kutubxona faoliyati bilan tanishdi hamda shu yerning o‘zida mahalla "yettiligi"ning amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari yuzasidan axborotini tingladi.
Shuningdek, shahar hududi bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda daraxt va gul ko‘chatlari ekish tadbirlari bilan ham tanishildi.
#Surxondaryo #loyihalar #kichikbiznes #kutubxona
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Axborot 24 | Yashil makon loyihasi ijrosi va chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Jarqo‘rg‘on tumanida 2024 yilgi g‘alla hosili o‘rim-yig‘imi mavsumi oldidan seminar o‘tkazildi. Unda boshqa tumanlar ham onlayn ishtirok etishdi.
Viloyat rahbari dastlab, g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini uyushqoqlik bilan sifatli o‘tkazish maqsadida tuzilgan otryadlar hamda ularga biriktirilgan kombaynlar va texnikalar shayligini ko‘zdan kechirdi. Markaziy va hududidiy studiyalardan ishtirok etayotgan otryadlar a’zolari hamda mexanizatorlarga avans pullari, oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1972
#Surxondaryo #Galla2024 #seminar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🌱 Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligi boshlig‘i Ramziddin Nizomiddinov ko‘chatchilikdan yuqori daromad olish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahrida 18 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar va 10 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni band qilgan tikuvchilik hamda qandolatchilik korxonasi faoliyat boshladi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Yashil makon: Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida ommaviy ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazildi
Kuni-kecha viloyat rahbari hududlarda bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tashkil etilgan ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish tadbirlarida ishtirok etdi va daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
💼 Yangi tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan Samatov Fayzillo Mamayarovich qo‘mitaning Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
F.Samatov 1965-yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
Mehnat faoliyati davomida Moliya hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ахborot 24 | Eksport imkoniyatlari kengaymoqda
Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga marhamat!
Ko‘hna va qadimiy Boysun barchani folklor etnografik jamoalarning chiqishlari, milliy sport o‘yinlari, turli tomoshalar, qator davlatlar vakillarining konsert dasturlari o‘rin olgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga chorlaydi.
Festival joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm kompleksida bo‘lib o‘tadi.
Barcha tomoshabinlarni, mahalliy va xorijiy turistlarni festival tomoshalariga taklif etamiz.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtga qadar Rossiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Belorus, Ozarbayjon, Ruminiya, Pokiston, BAA va Hindistondan folklor jamoalar festivalda ishtirok etishini bildirgan. Takliflar kelishda davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#uygonish_sari_yol
Surxondaryo - janub gavhari!
Ijtimoiy roliklar tanloviga "Surxondaryo" televideniyesi montaj ustasi Asadbek Amonov tomonidan yuborilgan videorolik.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
❗️Chiqindi to‘lovining 15 foizi mahalla budjetida qoladi
Surxondaryo viloyatida sanitar tozalash korxonalari chiqindilarni tashib ketish xizmati uchun to‘lovlarni undirishda mahallalar bilan o‘zaro hamkorlikni taklif etadi.
☝️Bunda mahalla "yettiligi" tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun undirilgan to‘lov summasining 15 foizi ushbu mahalla budjetida qoldiriladi.
Natijada mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z hududida infratuzilmani rivojlantirish hamda rag‘batlantirish uchun qo‘shimcha mablag‘ga ega bo‘lishi, chiqindi uchun to‘lovda manfaatdorlik ta’minlanadi.
🏡 Viloyatimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlaridan ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, sohada xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etishlarini so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#uygonish_sari_yol
Surxondaryo janubgamas - jannatlarga darvozasan!
She’r muallifi va ijrochisi Termiz davlat pedagogika instituti talabasi Aziza Qosimova.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi 12-sonli maktabga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Viloyat rahbari maktabda otalar bilan o‘tkazilayotgan kitob targ‘iboti tadbirida ham ishtirok etdi. Tadbirda otalar va nuroniylar hamda o‘qituvchilar bilan suhbat qilindi.
Suhbat davomida yosh avlodning ta’lim va tarbiyasidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Farzandlarni ilm o‘rganishga qiziqtirish, ta’limga jalb qilishda “maktab-mahalla-oila” hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Viloyat rahbari ushbu ta’lim maskani misolida shaharning barcha maktablarida ta’lim jarayonlarini sifatli tashkil etish yuzasidan vazifalarni belgilab berdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1980
#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #talimtarbiya
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida dunyoda sodir bo‘layotgan murakkab jarayonlar haqida to‘xtaldi.
Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar yechim topmayotganini, shu jumladan Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yanada jiddiy tus olayotganini qayd etdi.
Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga marhamat!
Ko‘hna va qadimiy Boysun barchani folklor etnografik jamoalarning chiqishlari, milliy sport o‘yinlari, turli tomoshalar, qator davlatlar vakillarining konsert dasturlari o‘rin olgan "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga chorlaydi.
Festival joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm kompleksida bo‘lib o‘tadi.
Barcha tomoshabinlarni, mahalliy va xorijiy turistlarni festival tomoshalariga taklif etamiz.
〰️〰️〰️
🇷🇺 Добро пожаловать на Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!
Старый и древний Байсун приглашает всех желающих на международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори», который включает в себя выступления фольклорно-этнографических коллективов, национальные спортивные игры, различные шоу-программы и концертные программы представителей многих стран.
Фестиваль пройдет 1-7 мая текущего года на территории туристического комплекса, расположенного в махалле «Бибиширин» Байсунского района.
Приглашаем всех зрителей, местных и иностранных туристов на фестиваль.
〰️〰️〰️
🇬🇧 Welcome to the International Folklore Festival "Boysun bahori"!
Old and ancient Boysun invites everyone to the "Boysun bahori" international folklore festival, which includes performances of folklore ethnographic teams, national sports games, various shows, and concert programs of representatives of many countries.
The festival will be held on May 1-7 of this year at the tourist complex located in "Bibishirin"street of Boysun district.
We invite all spectators, local and foreign tourists to the festival performances.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ulug‘bek Qosimov: "Har bir soat, har bir daqiqani g‘animat bilib, hosilga hosil, xirmonga xirmon qo‘shish harakatini qilishimiz lozim"
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida “Minor Surxon gavhari” hududidagi “Zamin oq oltin” fermer xo‘jaligida unib chiqqan g‘o‘za qator oralariga agrotexnik ishlov berish tadbirlarining borishi bilan tanishdi.
Fermer xo‘jaliklari va soha mutasaddilari bilan suhbatda ayni qulay ob-havo sharoitlarida dalalarda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, qolgan maydonlarda qisqa muddatlarda chigit ekish ishlarini yakunlash muhimligini qayd etdi.
Vohamizda 2024-yil paxta hosili uchun 72 ming gektar maydonda chigit ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 71 foiz maydonda urug‘ qadash ishlari yakunlangan. Hozirda chigit ekilgan maydonlarning 55 foizida g‘o‘za unib chiqqan hamda ushbu maydonlarda agrotexnik tadbirlar boshlab yuborilgan.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1978
#Surxondaryo #Paxta2024 #chigit #agrotexniktadbirlar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Termiz shahrida "Sayxunobod tajribasi"ni joriy etish ishlari bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📣 Qadrli vohadoshlar!
⚡️ Joriy yil 3-4-aprel kunlari viloyatimizning Qiziriq, Muzrabot, Sariosiyo tumanlari hamda Termiz shahrida Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi Ashula va raqs ansamblining xushovoz xonandalari va so‘z ustalari ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
🎤 Konsert dasturi mehmonlari:
● Uchqun Tillayev;
● O‘tkir Muhammadxo‘jayev;
● Avaz Oxun;
● Dilnoza Ismiyaminova;
● Davron Ahmedov;
● Ulug‘bek Xoliqov;
● Suhrobbek Hamdamov;
● Farhod Qambarov.
🎼 Konsert dasturi bo‘lib o‘tadigan sana, vaqti va joyi:
▪️Qiziriq tumanida:
🗓 3-aprel;
⏰ 10:00;
📍 Markaziy o‘yingoh.
▪️Muzrabot tumanida:
🗓 3-aprel;
⏰ 16:00;
📍 Markaziy o‘yingoh.
▪️Sariosiyo tumanida:
🗓 4-aprel;
⏰ 10:00;
📍 Markaziy o‘yingoh.
▪️Termiz shahrida:
🗓 4-aprel;
⏰ 16:00;
📍 San’at saroyi amfiteatri.
❗️Konsertga kirish bepul. San’atga ixlosmand vohadoshlarimizni ushbu konsert dasturlariga taklif etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimizning joriy yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasidagi “Sayxunobod tajribasi”ni respublika bo‘yicha ommalashtirish vazifasi topshirilgan edi.
Mazkur tajribani Surxondaryo viloyati shahar va tumanlarida ham joriy etish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlangan bo‘lib, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
Shahar mahallalarida quyonchilik, issiqxonachilik hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik, non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1964
#Surxondaryo #Sayxunobodtajribasi #quyonchilik #issiqxonachilik #tikuvchilik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ijro intizomi, tashriflar davomida berilgan topshiriqlar va murojaatlar ijrosi, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlarining borishi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish, “Hokim bog‘i” va “Yashil bog‘”lar tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan “Hokimlik soati” o‘tkazildi.
Videoselektor tarzida o‘tkazilgan muhokamada kun tartibidagi masalalar tahlil qilinib, markaziy va hududiy studiyalardan shahar va tumanlar hokimlari, sohalar va tarmoqlar mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Hudud va tarmoqlar rahbarlariga amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1963
#Surxondaryo #hokimliksoati #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
💼 Yangi tayinlov
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xudoyqulov Yarash Shamsiddin o‘g‘li Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ya. Xudoyqulov 1994-yilda Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – informatika va axborot texnologiyalari.
Mehnat faoliyati davomida Termiz shahar hokimligi, Transport, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MChJ loyiha tashabbuskorlarini o‘qitish xizmati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Prezidentimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida ommaviy ko‘chat va qalamchalar ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi ishlar bilan tanishish va ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida ishtirok etish uchun Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlarida bo‘ldi. Hudud rahbarlariga ekilgan har bir niholning sug‘orish tizimidan tortib, parvarishigacha mas’uliyat bilan yondoshish vazifasi topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1962
#Surxondaryo #Yashilmakon #kochatekish #sugorishtizimi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ulug‘bek Qosimov: “Daromad – dangasalikdan qutilish uchun eng yaxshi motivatsiya”
Kuni kecha Surxondaryo viloyati hokimi Boysun tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasidagi ishlar hamda ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilib, tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Davlatimiz rahbari tomonidan kuni-kecha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, hududlarda “Yashil makon”larni barpo etish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “chiqindi poligoni”da o‘n qatorli daraxt ko‘chatlari ekish va “yashil belbog‘” yaratish ishlari bilan tanishildi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko‘chat ekish tadbiriga start berildi. Mazkur tadbir viloyat bo‘yicha amalga oshirilayotgan bo‘lib, bugunning o‘zida 400 mingga yaqin tut va terak qalamchalari, 100 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, tashrif davomida ishlab chiqarish korxonasi faoliyati, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1961
#Surxondaryo #Yashilmakon #yashilbelbog #kochatekish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Unga ko‘ra, 9-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma;
➖Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun)dan — yozma;
➖Matematika fanidan — yozma;
➖O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
➖Jismoniy tarbiya fanidan — amaliy shaklda o‘tkaziladi.
11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:
➖Ona tili va adabiyoti fanidan — yozma (insho);
➖Matematika fanidan — yozma;
➖Davlat tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun, ta’lim muassasasi tanlovi asosida)dan — yozma va og‘zaki;
➖Chet tili fanidan — yozma/og‘zaki;
➖O‘zbekiston tarixi fanidan — yozma/og‘zaki;
➖(O‘quvchining tanlovi bo‘yicha) Kimyo, Fizika, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan — yozma shaklda o‘tkaziladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter