Axborot 24 | Surxondaryo-Tatariston: hududlararo hamkorlik istiqbollari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Cho‘qqilari oppoq qorga, adirliklari yashilikka burkangan - Bobotog'
Buyuk musavvir tabiat ayni bahor faslida milliard yillik tarixga ega Bobotog‘da o‘zgacha go‘zallik yaratgan. Tog‘ yonbag‘ridagi go‘zallikdan bahramand bo‘lish va samimiy odamlar bilan suhbatlashish uchun Bobotog‘ kengliklariga tashrif buyuring!
📍Ma’lumot uchun, Bobotog‘ — Surxondaryoning sharqida joylashgan. Tog‘ning uzunligi 125, eni 30-40 kilometr. Eng baland cho‘qqisi 2290 metr — Zarkosa. Bobotog‘ ilmiy dalillarga ko‘ra, Osiyodagi eng yoshi ulug‘ tog‘ hisoblanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Bugun Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida ko‘p qavatli xonadonlarda chiqindilarni yig‘ish va saralash tizimini joriy etish ishlarini “Bog‘zor” mahallasi misolida ko‘rib chiqdi.
Viloyat rahbari yuklatilgan vazifalarga asosan chiqindilarni yig‘ish, saralash bo‘yicha yangi tizimni namunali joriy etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab berdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1960
#Surxondaryo #yangitizim #chiqindiyigish
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi tizim tashkil etilishi belgilandi.
Mavjud 194 ta poligondan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.
Qolgan poligonlarda chiqindini vaqtincha to‘plab, qayta yuklaydigan stansiyalar ishga tushadi. Ular eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi.
〰〰〰
“Mahalla yettiligi”ga hududida aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi.
Bu orqali xizmat ko‘rsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qo‘yishdek adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.
〰〰〰
Ko‘p qavatli xonadonlarda aholini chiqindini saralagan holda shoxobchaga olib borishga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi.
Bunda, Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.
Ushbu tizim dastlabki bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Davlatimiz rahbari “Yashil makon” doirasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.
Toshkent viloyatida daraxt ekish bo‘yicha boshlangan loyihaga ko‘ra, tumanlar hududidan ajratilgan yer maydonlari 30 yil muddatga obodonlashtirish boshqarmalariga beriladi. Har 1 gektar uchun mahalliy budjetdan 100 million so‘m ajratilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilinadi. Yer tayyor holga keltirilib, daraxt ekish xohishi bor aholiga o‘zi istagan turdagi ko‘chatni ekishi uchun sharoit yaratiladi.
Bu tashabbus ma’qullanib, har bir viloyatda kamida 20 gektardan yer ajratib, ushbu tajribani boshlash topshirildi. Viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlaridagi kamida 2 tadan markaziy ko‘chada mahalliy iqlimga mos gul ko‘chatlarini ekib, ularni tematik ko‘chaga aylantirish muhimligi ta’kidlandi.
〰️〰️〰️
Bahor mavsumida mahallalarda va ko‘p qavatli uylar atrofida, yo‘llar va kanallar bo‘yidagi yerlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.
Ekologiya vazirligiga “Mening bog‘im” loyihasini ishga tushirish topshirildi. Bunga budjetda nazarda tutilgan 50 milliard so‘m ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bog‘ va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.
〰️〰️〰️
Yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Chiqindi poligonlari atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbog‘ barpo qilish, barcha issiqlik elektr stansiyalari, gidroinshootlar, suv omborlari atrofida ham ko‘chat ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Ijtimoiy soha obyektlariga 4 milliondan ziyod ko‘chat bepul tarqatilishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ulug‘bek Qosimov: "Oilada, farzand ta’lim-tarbiyasida otalar o‘rni muhim. Biz farzandlarimizga telefon emas, balki ko‘proq kitob sovg‘a qilishni o‘rganishimiz kerak!"
Viloyat rahbari kecha Jarqo‘rg‘on tumanida "Otalar yig‘ilishi"da ishtirok etdi, patronaj hamshiralariga skuter va planshet topshirdi hamda "Qorayog‘och" mahallasida "Sayhunobod" tajribasini joriy etish ishlari bilan tanishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichi ilk bor Surxondaryoda o‘tkazildi
Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi o‘tkaziladigan asosiy fan olimpiadasining respublika bosqichiga ilk bor Surxondaryo viloyati mezbonlik qildi. Yurtimizning barcha hududlaridan kelgan ishtirokchilar vohamizda ko‘tarinki ruhda qarshi olindi.
Ikki kun davom etgan olimpiadada Tojik tili, geografiya, tarix va informatika fanlari bo‘yicha jami 154 nafar 11-sinf o‘quvchilari bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan sinovlar natijasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar uchun Termiz shahrida tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. G‘oliblarga pul mukofotlari va oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyoz sertifikatlari, shuningdek, viloyat hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Asosiy fan olimpiadasi ishtirokchilari uchun viloyatimizdagi tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohatlar ham tashkil etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim, tibbiyot maskanlari, mahalla “yettiligi” faoliyati, “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish tadbirlarining borishi bilan tanishish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida maktab va oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishildi. Maktabda “Otalar yig‘ilishi”da ishtirok etildi. Patronaj hamshiralariga skuter, paronaj sumkasi va planshetlar topshirildi. “Qorayog‘och” mahallasida “Sayhunobod tajribasi”ni joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar aholi xonadonlariga kirilgan holda ko‘zdan kechirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1959
#Surxondaryo #maktab #otalaryigilishi #patronajxizmati #Sayhunobodtajribasi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoyning shaharsozlik, sanoat mahsulotlari, robototexnika va elektronika vositalari ishlab chiqarish, yer osti qazilma boyliklari hamda quyosh panellari va shamol elektr stansiyalari o‘rnatish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar rahbarlaridan iborat ikkita delegatsiyani qabul qildi.
Delegatsiya vakillari bilan muloqotda Surxondaryoning savdo-iqtisodiy va investitsion salohiyati, sanoat, elektronika va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Xitoylik tadbirkorlar o‘zlarining loyihalarini taqdimot qildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1957
#Surxondaryo #Xitoy #loyihalar #hamkorlik #muzokaralar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo va Tatariston: O‘zaro do‘st va birodar hududlarning hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanmoqda
Kuni-kecha viloyatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida o‘tkazilgan asosiy tadbirlar jarayonlari.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
MIBning Surxondaryo viloyati boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Xalmuratov Azamat Payzilovich Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Xalmuratov 1980-yilda Termiz tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. Mehnat faoliyati davomida viloyat prokuraturasida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan..
Mazkur tayinlovga qadar u Byuroning Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Tatariston rahbari Rustam Minnixanov rahbarligidagi mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz arxeologiya muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar bilan tanishishdi.
———
🇷🇺 Гости под руководством главы Татарстана Рустама Минниханова в сопровождении хокима Сурхандарьинской области Улугбека Касимова посетили Термезский музей археологии. Ознакомились с экспонатами хранящимися в музее.
———
🇬🇧 Read in English: https://surxondaryo.uz/en/blog/1956
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov va viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumani “Bahor” mahallasida tashkil etilgan eksport logistika markazi faoliyati hamda ushbu mahallada aholi tomorqalari va xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar bilan tanishishdi.
Mahsulotlarning Rossiya, xususan, Tataristonga eksportini yanada oshirish, ikki hudud tadbirkorlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirgan holda eksport logistika markazlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.
———
🇷🇺 Председатель Республики Татарстан Рустам Минниханов и хоким нашей области Улугбек Касимов ознакомились с деятельностью экспортно-логистического центра, созданного в махалле "Бахор" Ангорского района, а также с продукцией, выращиваемой населением и фермерскими хозяйствами этой махалли.
Была достигнута договоренность о разработке перспективных проектов по дальнейшему увеличению экспорта продукции в Россию, в частности в Татарстан, налаживанию деятельности экспортно-логистических центров, расширению сотрудничества предпринимателей двух регионов.
———
🇬🇧 Read in English: https://surxondaryo.uz/en/blog/1955
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov hududlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichini muhokama qildi
———
🇷🇺 Хоким Сурхандарьинской области Улугбек Касимов и Председатель Республики Татарстан Рустам Минниханов обсудили новый этап сотрудничества между регионами
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Tatariston delegatsiyasi “Termiz xalqaro savdo markazi” bilan tanishdi
———
🇷🇺 Делегация Татарстана ознакомилась с «Термезским Международным торговым центром»
———
🇬🇧 The delegation of Tatarstan got familiarized with "Termiz International Trade Center"
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📢 Boysun tumani aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 30-mart kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Boysun tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
📲 Telegram:
(99) 482-00-77
📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Fakt 24 | Turizm yarmarkasida 10 ga yaqin shartnoma imzolandi
Termiz shahrida o‘tkazilgan ichki turizm yarmarkasida turistik tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro taqdimot va ko‘rgazmalar, B2B va B2C formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda 10 ga yaqin istiqbolli shartnomalar imzolandi va qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🌐 «GAP» IT sohasida ayollar klubi o‘z liderlarini qidirmoqda!
Raqamli texnologiyalar vazirligi tashabbusi bilan xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan «GAP» IT sohasida ayollar klubi tashkil etilgan.
Ushbu klub doirasida IT sohasida ayollar sonini ko'paytirish maqsadida qator uchrashuv, treninglar o‘tkazib kelmoqda.
👩💻 Klub o‘z faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida viloyatlarda IT sohasiga qiziqishi yuqori bo‘lgan, turli tadbirlarda faol ishtirok etib, sohaga oid bilimlarini oshirgan holda kuchli networking’ga ega bo'lishni istagan xotin-qizlarni o‘z jamoasiga taklif etadi.
🔗 Klubga a'zo bo‘lish istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
https://forms.gle/F2neEnUBzQYch2QY8
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Vazirlar va hokimlar tizim tashkilotlari tomonidan ekilgan ko‘chatlarning unib-o‘sishi va to‘g‘ri parvarish qilinishiga alohida e’tibor berishi lozimligi ta’kidlandi.
Daryolar, tabiiy suv havzalarida elektr bilan baliq ovlash ko‘payib ketayotganiga e’tibor qaratildi. Bu yilning o‘zida 39 ta holatda elektr bilan, 436 ta to‘r bilan noqonuniy baliq ovlash aniqlangan.
Bu borada ta’sirchan nazorat o‘rnatib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi. Brakonerlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif qilindi.
〰️〰️〰️
Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.
Har bir viloyatdagi 2 tadan, jami 26 ta tumanda tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.
Bunda, tadbirkorlar o‘ziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shug‘ullanadi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shug‘ullanadi va shunga yarasha haq oladi.
Yil yakunigacha yangi tajribani sinovdan o‘tkazib, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari viloyat va tuman hokimlarining qurilish, kommunal va ekologiyaga javobgar o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar tizimidagi mas’ul rahbarlarning bu boradagi faoliyati ko‘rib chiqilgani, ulardan 28 nafariga nisbatan intizomiy jazo ko‘rilganini qayd etdi.
Barcha ekologiya boshqarmalari boshliqlariga sinov muddati tayinlandi.
〰〰〰
Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan.
Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.
〰〰〰
Avtomobil va temir yo‘l bo‘ylari, daryo va kanal yoqalarida, mahallada, ko‘chada, ko‘p qavatli massivlarda daraxt va gul ekish, ozodalikni ta’minlash ishlari sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Qurilish tashkilotlari, sement, g‘isht, ohak, neft-gaz va kimyo, bo‘yoq, charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, issiqlik korxonalari, yoqilg‘i quyish shoxobchalari o‘z faoliyati bilan atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siriga yarasha daraxt ekish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatmayotgani qayd etildi.
Umuman, daraxt ekishni ommalashtirish, umummilliy harakatga aylantirishda targ‘ibot va tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Rustam Minnixanov: “Surxondaryoga safarim taassurotlarga boy bo‘ldi”
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ishtirokida ikki hudud delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Surxondaryo viloyati va Tatariston Respublikasining o‘zaro hamkorlik, do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash uchun hududlarning madaniyat kunlarini tashkil etish, bayramlarda delegatsiyalar ishtirokini ta’minlash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/583364
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ахborot 24 | Surxondaryoning 6 ta tumanida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining eksportiga ko’maklashuvchi logistika markazlari ishga tushurildi
Viloyatda faoliyat boshlagan eksport logistika markazlari xususida «Muzrabot» logistika markazi misolida so'z yuritiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📢 Shoshiling, ijtimoiy roliklar tanloviga materiallarni qabul qilish muddati tugashiga oz qoldi!
Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ijtimoiy roliklar tanlovi qamrovini yanada kengaytirish maqsadida ishtirokchilardan kelib tushayotgan talab va takliflarni inobatga olgan holda videomateriallarni qabul qilish muddati tugashiga sanoqli kunlar qoldi.
Yoshlar o‘rtasida Vatanparvarlik ruhini yuksaltirish, o‘zi yashab kelayotgan joyga muhabbatini oshirish, sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib qilish maqsadida “Uyg‘onish sari yo‘l” g‘oyasi asosidagi ijtimoiy roliklar tanloviga videolavhalar quyidagi mavzularda qabul qilinmoqda:
➖ Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir;
➖ Surxondaryo - janub gavhari;
➖ Oila – ma’naviyatimiz tayanchi;
➖ Ota - oila ustuni;
➖ Muallim – jamiyat ko‘zgusi;
➖ Mehr-oqibat — hamjihatlik ifodasi;
➖ Odob oltindan afzal;
➖ Ilm – saodat kaliti, ilmsizlik – jaholatdir;
➖ Asl boylik — qanoat;
➖ Musaffo tabiat;
➖ Qadriyatlar millat ma’naviyatining ko‘zgusi;
➖ Halollik vaksinasi.
Ijtimoiy roliklarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
🔹 qisqa lavhalar orqali mavzuni to‘liq yoritib berish;
🔹 mazmuni jihatdan Ona Vatanga muhabbat, birinchi galda har bir muallifning o‘zi yashab kelayotgan hududning o‘ziga xosligini ochib berish;
🔹 kreativ yondashuvlarga asoslangan bo‘lishi;
🔹 kamida HD formatda bo‘lishi.
🗓 Tanlov uchun materiallar viloyat komissiyasi tomonidan joriy yil 31-mart kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ishtirokchilar o‘zlari haqidagi qisqacha ma’lumot va materiallarini quyidagi manzillarga yuborishlari so‘raladi:
elektron pochta;
rmmmsb@gmail.com
Telegram raqamlar:
+99893 239 00 95;
+99891 900 09 96.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi
🔷 Angor tumanidagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy to'lovlar sho'`basi mudiri;
🔷 Sho‘rchi tumani hokimligi: investitsiya va tashqi savdo majmuasida bosh mutaхassisi;
🔷 Yoshlar ishlari agentligi Muzrabot tumani bo‘limi: “Anorzor” mahallasi yoshlar yetakchisi;
🔷 Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi: "Nurli manzil" mahallasi yoshlar yetakchisi;
🔷 Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi: "Guliston-13" mahallasi yoshlar yetakchisi;
🔷 Yoshlar ishlari agentligi Termiz tumani bo‘limi: "Nurafshon" mahallasi yoshlar yetakchisi;
🔷 Surxondaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi: Boshliqning onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlik bo'yicha o'rinbosari;
🔷 Jarqurg‘on tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Qorayontoq" mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔷 Termiz tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Sh.Rashidov" mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔷 Termiz tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Quyoshli yurt" mahallasi хotin-qizlar faoli;
🔷 Qumqo‘rg‘on tumani hokimligi: "G‘alaba" mahallasida hokim yordamchisi;
🔷 Denov tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy to'lovlar sho'`basi mudiri;
🔷 Boysun tumandagi “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy to`lovlar sho'`basi mudiri;
❗️Arizalar 31.03.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanovning Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga yetdi.
R.Minnixanov bugunning o‘zida Qozon shahriga jo‘nab ketdi. Termiz xalqaro aeroportida martabali mehmonni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kuzatib qo‘ydi.
———
🇷🇺 Завершился рабочий визит Председателя Республики Татарстан Рустама Минниханова в Сурхандарьинскую область.
Высокого почётного гостя проводил хоким Сурхандарьинской области Улугбек Касимов.
Делегация Татарстана вылетела из международного аэропорта Термез в город Казань.
———
🇬🇧 The practical visit of the Head of the Republic of Tatarstan Rustam Minnikhanov to the Surkhandarya region has ended. The distinguished guest was escorted by the governor of Surkhandarya region, Ulugbek Kasimov.
The delegation of Tatarstan flew from Termiz International Airport to the city of Kazan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Tatariston delegatsiyasi Angor tumanida eksport logistika markazi faoliyati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan tanishdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov rahbarligidagi delegatsiya viloyatimizga tashrifini davom ettirmoqda.
Mehmonlar Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamrohligida Termiz tumanida joylashgan “Termiz National Carpets” MChJning gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi hamda "Termiz Agro Impex" MChJ xorijiy korxonasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, saqlash, saralash va eksportga yo‘naltiruvchi logistika markazi faoliyati bilan tanishishdi.
Tatariston rahbari logistika markazi faoliyatiga katta qiziqish bildirib, vohamiz tadbirkorlari bilan ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan vazirlari hamda mas’ullariga vazifalar topshirdi. Ikki tomon ham o‘zaro hamkorlikdan manfaatdor ekanligini qayd etdi.
———
🇷🇺 Делегация под руководством председателя Республики Татарстан Рустама Минниханова продолжает свой визит в наш регион.
Гости в сопровождении хокима Сурхандарьинской области Улугбека Касимова ознакомились с деятельностью предприятия по производству ковров ООО "Termiz National Carpets", расположенного в Термезском районе, и логистическим центром иностранного предприятия ООО "Termiz Agro Impex" которое занимается выращиванием, хранением и сортировкой сельскохозяйственной продукции и его экспортом.
Глава Татарстана проявил большой интерес деятельности логистического центра, он поручили своим министрам и ответственным лицам, реализовать проекты в этом направлении совместно с предпринимателями оазиса. Представители обеих сторон также отметили свою заинтересованность в сотрудничестве.
———
🇬🇧 Read in English: https://surxondaryo.uz/en/blog/1954
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🇺🇿 Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov ishtirokida delegatsiyalarning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar avvalida Rustam Minnixanov ko‘rsatilgan hurmat va yuqori darajadagi qabul uchun viloyatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Tatariston Respublikasi Raisi va Surxondaryo viloyati hokimi o‘zbek va tatar xalqlarini Muborak Ramazon oyi bilan qutladi.
Tatariston va Surxondaryo o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari yuzasidan ikki hudud rahbarlari tomonidan bayonnoma imzolandi.
———
🇷🇺 Прошли переговоры делегаций в расширенном составе с участием хокима Сурхандарьинской области Улугбека Касимова и Председателя Республики Татарстан Рустама Минниханова.
В начале переговоров Рустам Минниханов выразил благодарность главе нашего региона за проявленное уважение и высокий уровень приема. Глава Республики Татарстан и хоким Сурхандарьинской области поздравили узбекский и татарский народы с благословенным месяцем Рамадан.
По итогам совещания, посвященного развитию сотрудничества между Татарстаном и Сурхандарьей на новом этапе, руководителями двух регионов было подписано заявление.
———
🇬🇧 Read in English: https://surxondaryo.uz/en/blog/1953
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov “Termiz xalqaro savdo markazi”ga tashrif buyurdi.
Viloyatimiz hokimi Ulug‘bek Qosimov Tatariston Respublikasi Raisini Termizdan Afg‘onistonga yuklar o‘tkaziladigan maxsus yo‘lak bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, mehmonlarga “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar haqida taqdimot qilindi.
———
В то же время председатель Республики Татарстан Рустам Минниханов, находившийся с практическим визитом в Сурхандарьинской области, посетил "Термезский Международный торговый центр".
Хоким нашей области Улугбек Касимов ознакомил председателя Республики Татарстан со специальным коридором, по которому осуществляется перевозка грузов из Термеза в Афганистан. После чего, гостям были презентованы осуществляемые проекты, создаваемые удобства и потенциальные возможности в "Термезском Международном торговом центре".
———
Read in English: https://surxondaryo.uz/en/blog/1952
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter