axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tatariston rahbari Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qildi

Vohaning sanoat va iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrif bilan kelgan Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov safarini buyuk alloma Al Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi.
———
Руководитель Татарстана посетил мавзолей Хакитма ат-Термизи

Председатель Республики Татарстан Рустам Минниханов, прибывший в Сурхандарьинскую область с практическим визитом для ознакомления с промышленным и экономическим потенциалом оазиса, начал свою поездку с посещения мавзолея великого Аль Хакима Ат-Термизи.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo delegatsiyasi Tojikistondagi “Navro‘z” bayrami tantanalarida ishtirok etdi

O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini nafaqat qo‘shnichilik aloqalari, balki o‘xshash madaniyat, urf-odat va an’analar bir-biriga mustahkam bog‘lab turadi. Shu boisdan bayramlarimiz, to‘y-tomoshalarimiz ikki qo‘shni davlat mehmonlarisiz o‘tmaydi.

Joriy yilning 20, 22, 24-mart kunlari Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev boshchiligida Jarqo‘rg‘on, Denov, Sariosiyo va Uzun tumani hokimlari ishtirokidagi delegatsiyamiz a’zolari Tojikistonning Xatlon viloyati hamda Hisor, Shahrinav, Shahrituz, Boxtar shaharlarida o‘tkazilgan “Navro‘z” bayrami tantanalarida ishtirok etishdi.

Delegatsiyamiz a’zolarini Xatlon viloyati raisi Davlataliy Said kutib oldi. Tashrif davomida qo‘shni mamlakatning tarixiy va diqqatga sazovor joylari, muzeylari bilan ham tanishildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 19-mart kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan viloyatning asosiy bayram sayllarida Tojikiston delegatsiyasi ham ishtirok etishgan edi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

❗️“O‘zgidromet” sel kelish xavfidan ogohlantirdi

🌧 Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, joriy yilning 26-30-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab kutilayotgan yomg‘irlar, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi natijasida tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqin hodisalarini yuzaga keltirishi mumkin.

Vohamizda asosan, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo'rg‘on va Muzrabot tumanlari tog‘li va tog‘oldi hududlari hisoblanganligi sababli ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan zarur ehtiyot choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

📞 Hurmatli fuqarolar, toshqin suvlari, sel oqimlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq xavflar yuzaga kelgan taqdirda respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan tezkor shtablarga 101, 1050 telefon raqamlari orqali murojaat qiling.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namanganda iftorlik qildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida 24,5 gektar, Termiz tumanida 28,5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida bo‘lib, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Mas’ullar, qurilish-pudrat korxonalari vakillarining axboroti tinglanib, turar-joylar va ijtimoiy soha obyektlari qurilishida zamonaviy, energiyatejamkor qurilish materiallaridan keng foydalanish, ishlarni jadallashtirish, ko‘p yillik loyihaning joriy yilga mo‘ljallangan bosiqichini muddatida yakunlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Viloyat rahbari Jarqo‘rg‘on tumanida 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan limonchilik issiqxonasi loyihasi bilan ham tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/uz/blog/1947

#Surxondaryo #YangiUzbekiston #massiv #limonchilik

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanidagi 4 ta mahallada sel-suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etish ishlarining borishi bilan tanishdi. Mahallalar bo‘ylab yurilib, ko‘p qavatli turar joylar, aholi xonadonlari, yo‘llar va ko‘chalarni tozalash, ta’mirlash hamda tartibga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Viloyat rahbari aholi xonadonlarini ham ko‘zdan kechirib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlarini tingladi. Mutasaddilarga poydevorlari bo‘lmaganligi sababligi sel-suv toshqinlari natijasida zarar ko‘rgan xonadonlarni qayta qurish uchun zarur ko‘maklar ko‘rsatish vazifasi topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1946

#Surxondaryo #sel #toshqin #tozalash #tamirlash #yordam

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ziyoratgoh va markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: “Aholimizga to‘g‘ri ovqatlanish va ko‘proq piyoda yurishni targ‘ib qilishimiz kerak”

Surxondaryo viloyati hokimi joriy yil 20-mart kuni Qumqo‘rg‘on tumanidagi oilaviy poliklinika binosining ochilishida ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish haqida to‘xtaldi.

“Vohamizda deyarli barcha sabzavotlar, ko‘katlar yetishtiriladi. O‘zimizda yetishtirilgan mahsulotlardan ko‘proq iste’mol qilgan, to‘g‘ri ovqatlanishni yo‘lga qo‘yib, kuniga ikki kilometr piyoda yurgan odam hech ham kasal bo‘lmaydi”, - dedi viloyat rahbari o‘z so‘zida.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: "Dehqon qilgan mehnatiga yarasha foyda ko‘rsa, davlat ham, jamiyat ham foyda ko‘radi"

Surxondaryo viloyati hokimi kuni-kecha Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan eksport markazlari faoliyati bilan tanishdi hamda eksportyor tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

Surxondaryo viloyatining 6 ta tumanida tashkil etilgan eksport logistika markazlari manzillari bilan quyida tanishishingiz mumkin:

📍 Muzrabot tumani "At-Termiziy" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Angor tumani "Bahor" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Jarqo‘rg‘on tumani "Avlod" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Qumqo‘rg‘on tumani "Uyas" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Denov tumani "Chambil" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Sariosiyo tumanining Tojikiston davlati bilan chegara hududi. Joylashuv lokatsiyasi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirig‘iga muvofiq Qumqo‘rg‘on tumanining sel-suv toshqinlaridan talofat ko‘rgan “Elobod”, “Yangishahar”, “Bog‘aro” va “Azlarsoy” mahallaridagi 61 ta ko‘cha shahar, tumanlar hamda korxona va tashkilotlarga biriktirildi. Hududlardan 10 mingga yaqin hasharchi, 200 dan ortiq yuk mashinalari, 100 ga yaqin maxsus transport vositalari, 50 ta motopompa vositalari jalb qilindi.

Hashar ishlari avvalida viloyat rahbari mutasaddilar, shahar va tumanlardan jalb qilingan ko‘ngillilar bilan uchrashib, aholi yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratish va talafot ko‘rgan hududlarni obod maskanga aylantirish bo‘yicha belgilab olingan chora-tadbirlar bilan tanishtirdi.

Bugunning o‘zida 130 dan ortiq xonadon loyqa suvlardan tozalandi, 12 km ichki yo‘llar toshlandi, 3 mingdan ortiq obyekt hamda 2,5 mingga yaqin suv hovuzlari dezinfeksiyalandi. Aholi qaromog‘idagi 100 dan ortiq chorva mollari xavfsiz hududlarga o‘tkazilib, veterinariya xizmati ko‘rsatildi. Tozalangan va tartibga keltirilgan ko‘chalar bo‘ylab, 1 mingdan ortiq, mavsumga mos daraxt va buta ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari, shahar va tumanlar hokimlari rahbarligida biriktirilgan ko‘chalar bo‘ylab, tozalash-ta’mirlash, obodonlashtirish, ko‘chalarni tartibga keltirish va daraxt ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1945

#Surxondaryo #selsuvtoshqin #hashar

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: "Biz kattalar xatosi sabab yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan nogiron bolalar bir umr qiynalib yashashga mahkum bo‘lishmoqda!"

Surxondaryo viloyati hokimi Qumqo‘rg‘on nogironligi bo‘lgan bolalar uchun "Muruvvat" internat uyi faoliyati bilan tanishuvi davomida yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni keskin qoraladi.

"ertaga ulardan nogiron farzandlar tug‘ilishining oldini olish uchun ham jamiyat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga keskin qarshi turishi lozim", - dedi viloyat rahbari.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kuni-kecha sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Elobod” va “Azlarsoy” mahallalarida bo‘ldi. Toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ayni vaqtda hududda birinchi navbatda aholiga moddiy, ma’naviy, tibbiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, sel-suv toshqinlaridan keyingi talofatlarni tezkor bartaraf etish, yo‘llar, ko‘chalar, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini loyqalardan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Viloyat rahbari hududlarni ko‘zdan kechirib, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari va tuman sektor rahbarlari hamda boshqa aloqador mutasaddilarga aholining talab va takliflarini inobatga olgan holda ishlarni tizimli tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Shuningdek, mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga kelgusida sel-suv toshqinlarining oldini olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish vazifasi topshirildi.

Ayni vaqtda FVqDT xizmatlari tomonidan sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan mahallalarda tozalash, ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📹 Biz kimmiz, kimning avlodlarimiz

Buyuk ajdodlarimiz, jadid bobolarimiz xotirasiga bag‘ishlangan rolik.

Rollar Termiz shahridagi 26-sonli maktabning 10-11-sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan. O‘quvchilar ushbu maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Yulduz Hikmatullayeva tomonidan tayyorlangan.

Ajdodlar ta’limoti hikmat va ibratdir!

Rolik viloyat hokimining joriy yil 7-martda 26-sonli maktabga tashrifida berilgan tavsiyalar asosida drama teatrida "Surxondaryo" teleradiokanali tomonidan tasvirga olingan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📢 Teatr tomoshalari haftaligiga marhamat

Aziz vohadoshlar, farzandlaringizning ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish, bir olam quvonch ulashish maqsadida Surxondaryo viloyati Qo‘g‘irchoq teatri jamoasi sizlar uchun, joriy yil 21-27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi”ni o‘tkazmoqda.

Har kuni soat 11:00 va 14:00 da tashkil etiladigan seanslarda farzandlaringiz uchun turli yo‘nalishdagi spektakllar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar namoyish etiladi. Shuningdek, haftalik davomida teatr fayesida qo‘g‘irchoqlar, teatr dekoratsiyalari hamda rassomlar ko‘rgazmalari ham o‘tkaziladi.

Eng muhimi, haftalik davomida teatr tomoshalari mutlaqo BEPUL.

Teatr jamoasi unutilmas lahzalarga boy, juda qiziqarli va maroqli ushbu tomoshalarga barchani taklif etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Rasmiy bayonot: Qumqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan sel-suv toshqin oqibatlari bartaraf etilmoqda

Kecha, 21-mart kuni taxminan soat 19:10 lar atrofida Qumqo‘rg‘on tumani hududidagi qir-adirliklarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida yig‘ilgan yomg‘ir suvlari Arnali soy orqali “Elobod” mahallasiga kirib kelgan. Ko‘p miqdordagi yomg‘ir suvlari mahalla hududidagi ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan, hududdagi 2 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 47 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar-joylar ichkarisiga kirgan.

Shuningdek, kuchli yomg‘ir suvlari “Azlarsoy” soyidan toshib, soy quyisida joylashgan “Azlarsoy” mahallasi hududidagi 5 ta ichki ko‘chalarda joylashgan 56 ta xonadonning hovli va tomorqalariga, ayrim turar-joylarga suv kirgan.

Toshqin oqibatlarini bartaraf etish va aholining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, “Azlarsoy” mahallasidagi 56 ta xonadondan 210 nafar va "Elobod" mahallasidagi 32 ta xonadondan 150 nafar aholi xavfsiz hududda joylashgan yaqin qarindoshlarining uylariga vaqtincha ko‘chirildi. Tuman markazidagi “Yangi shahar” mahallasida joylashgan 2 ta 4 qavatli uylarning yerto‘lasiga yig‘ilgan toshqin suvlari yong‘in-qutqaruv texnikalari va motopompalar yordamida chiqarib tashlandi.

Qumqo‘rg‘on tumani “Elobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 “Almata-Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1535-1536 km oralig‘ida transport vositalari va yo‘lovchilar xavfsiziligini ta’minlash maqsadida, vaqtinchalik harakat cheklanib, suv toshqinlari tugaganidan so‘ng, yo‘lga yig‘ilgan loyqalar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, soat 21:00 da ikki tomonlama transport qatnovi to‘liq tiklandi.

Ushbu hududda sodir bo‘lgan toshqin suvlari Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzeli UKga qarashli, “Qumqo‘rg‘on–Elbayon” peregoni PK 8-9 temir yo‘l ostidan o‘tgan suv quvuriga sig‘maganligi natijasida, temir yo‘lning taxminan 0,4 km qismidan toshib o‘tib, shag‘al qoplamasini qisman yuvgan. Termiz mintaqaviy temir yo‘l uzuli UKning 200 nafar ishchi-xizmatchilari, avariya tiklash poezdi, 2 ta avtoyuklagich, 1 ta ekskvator yordamida, 28 ta vagonlarda olib kelingan shag‘al temir yo‘lning zarar ko‘rgan uchastkasiga yotqizilib, ta’mirlash va tiklash ishlari bajarildi hamda bugun, 22-mart kuni soat 07:00 da temir yo‘l harakati to‘liq tiklandi.

Ayni vaqtda “Elobod” mahallasi ichki ko‘chalari, yo‘llar va boshqa joylarni loyqadan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Tezkor tadbirlarga 462 nafar xodim, 7 ta texnika, 11 ta motopompa, 24 ta muxandislik texnikalari jalb qilingan.

Yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida jarohat olganlar yo‘q.

Holat shaxsan viloyat hokimining nazoratiga olingan bo‘lib, kechaning o‘zida hodisa joyiga viloyat hokimining o‘rinbosarlari, FVV vakili, FVB, IIB, MGB boshliqlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari yetib borishgan hamda toshqinga qarshi viloyat tezkor shtabi tuzilgan. Hozirda tezkor shtab tomonidan hodisa oqibatlarini o‘rganish, yetkazilgan talofatlarni bartaraf etish, aholiga ko‘mak berish choralari ko'rilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat rahbariga axborot berib borilmoqda.

Bundan tashqari, viloyatning Sho‘rchi, Sherobod va Bandixon tumanlarining ayrim mahallalarida ham ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ish hodisalari sodir bo‘lgan bo‘lib, yomg‘ir suvlari hududlardan oqib o‘tuvchi sel yo‘llari orqali xavfsiz oqib o‘tgan. Ushbu hududlardan talofatlar to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#uygonish_sari_yol

Muallim – jamiyat ko‘zgusi!

Ijtimoiy roliklar tanloviga viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Asadbek Amonov va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi matbuot kotibi Asliddin Xolyorov tomonidan yuborilgan videorolik.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🧅 Surxondaryoda piyoz eksporti boshlandi

Vohamizning o‘ziga xos iqlimi va tuproq sharoitlari hamda mirishkor dehqonlarimizning mehnati sabab viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yurtimiz bozorlariga birinchilardan bo‘lib yetkazib beriladi. Xususan, kuni-kecha yurtimizda birinchi bo‘lib, Qumqo‘rg‘on tumanida aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblangan piyoz pishib yetildi.

Tumanning “Istiqlol” mahallasida "Bir mahalla – bir mahsulot" tamoyili asosida 120 gektar maydonga ekilgan piyoz mahsuloti ayni kunlarda yig‘ishtirib olinib, eksportga va mahalliy bozorlarimizga yo‘naltirilmoqda. Mahsulotni erta bahordan pishirgan dehqon ushbu maydondan 3 ming tonnaga yaqin hosil yig‘ishtirishni maqsad qilgan.

Yetishtirilgan piyoz aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xissa qo‘shishi barobarida dehqonlarga daromad keltirmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryolik nuroniylar ishtirokida iftorlik tadbiri o‘tkazildi

Bugun Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi davomida iftorlik tadbirlarida ishtirok etdi. Shuningdek, yurtimizning barcha hududlari singari Surxondaryodagi shahar va tumanlarda ham iftorlik tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, Termiz shahridagi “Muhtasham" tantanalar saroyida xayru-barokat oyi – Ramazon oyining navbatdagi iftorlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, nuroniylar, vohamiz faollari hamda diniy soha vakillari ishtirok etishdi.

To‘kin dasturxon atrofida o‘tkazilgan iftorlik yakunida viloyat muftiysi Qur’on tilovat qildi. Duolar ijobat bo‘ladigan Muborak Ramazon oyida yurtimizga tinchlik, osoyishtalik, Vatanimiz obodligi va oilalar faravonligini so‘rab duo qo‘l ochildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Sel-suv toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi qir-adirlarda 21-mart kuni kechki payt yoqqan kuchli yomg‘ir suvlari Arnali va Azlarsoy soylaridan ichki suv tarmoqlariga sig‘masdan toshib, Elobod, Azlarsoy, Yangiobod, Bog‘aro mahallalariga kirib kelgan edi.

Holatni viloyat hokimi shaxsan o‘z nazoratiga olib, toshqinga qarshi tezkor shtab tuzildi. Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, favqulodda vaziyatlar, ichki ishlar, Milliy gvardiya viloyat boshqarmalari boshliqlari, tuman hokimligi, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilaridan iborat guruhlar talafot oqibatlarini bartaraf etishga kirishdi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/582379

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shaharining jamoat transport tizimi raqamlarda:

➖ 📉Mavjud yo‘nalishlar soni — 11 ta;
➖ 📏Uzunlik masofasi — 177,6 km;
➖ 🏫Avtoshoxbekatlar soni — 2 ta;
➖ 🚏Mavjud bekatlar — 98 ta;
➖ 🚌Avtobuslar soni — 140 ta;
➖ 🕰Avtobuslar orasidagi interval — 7-10 daqiqa;
➖ ⏱Yo‘nalishlar boshidan ohirgi bekatgacha — 30 daqiqa.
    
👨‍👩‍👧‍👦 Ushbu avtobuslar orqali bir kunda o‘rtacha 68 ming nafar yo‘lovchi, bir oyda esa 2,1 mln, bir yilda 24,3 mln nafar yo‘lovchilar jamoat transportidan foydalanishgan.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Qumqo‘rg‘on tumanida toshqin oqibatlarini bartaraf etish ishlari bilan tanishildi

Viloyat rahbari toshqindan zarar ko‘rgan xonadonlarni ko‘zdan kechirib, yaroqsiz uy-joylar o‘rnidan yangilarini qurish va aholiga ko‘mak ko‘rsatish topshirig‘ini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahri va Termiz tumanida obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi

Yangilanish va yasharish fasli bo‘lgan bahorning ayni kunlarida vohamiz bo‘ylab obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Bugun erta tongdan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bu boradagi ishlarning borishi bilan tanishish maqsadida Termiz shahri va Termiz tumanidagi asosiy ko‘chalar, avtomobil magistral yo‘llari bo‘ylarini ko‘zdan kechirdi.

Barcha hududlarda ishlarni jadallashtirish, yo‘lbo‘yi maydonlarida bahorgi gul ko‘chatlarini ekish, daraxt va butalarni tartibga keltirib, oqlash bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Viloyat rahbari Termiz tumanidagi Al Hakim at-Termiziy majmuasida ham bo‘lib, ziyoratgoh hududida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Markazdagi mahallalardan tortib, eng olis qishloqlarimizgacha bo‘lgan hududlarni obod, ozoda, fayzli manzillarga aylantirishimiz lozim. Zero obodlik bo‘lgan joyda baraka bo‘ladi, – dedi viloyat hokimi.


Mutasaddilarga mahalla va guzarlar, ko‘cha va xiyobonlarlarda, qabriston va ziyoratgohlarda obodonlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish vazifasi topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Yangiliklar 24 | "Obod xonadon - obod ko'cha - obod mahalla" mezonlari ijrosi

Muzrabot tumani "Yakkatol" mahallasida mezon asosida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli obodonlshtirish va bunyodkorlik ishlari tafsilotlari.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

No comment | Qumqo‘rg‘onda sel-suv toshqini oqibatlari bartaraf etilmoqda

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Prezident topshirig‘i – amalda:
Mahsulotlar oltita yangi markaz orqali xorijga jo‘natiladi


Joriy yilda Surxondaryo viloyatidan xorijga 230 million dollarlik sanoat va 270 million dollar qiymatidagi meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/582027

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: "Mahallalarni toshqindan avvalgi holatidan ham yaxshi, infratuzilmasi rivojlangan manzillarga aylantiramiz!"

Viloyat rahbari Qumqo‘rg‘on tumanida kuni-kecha sel-suv toshqinlari sodir bo‘lgan mahallalarda bo‘lib, tozalash, ta’mirlash ishlarini qadamma-qadam belgilab berdi. Talofat ko‘rgan mahallalar ko‘chalari tumanlarga bo‘lib berilib, ertadan qo‘shimcha kuch va vositalarni jalb qilgan holda ishlarni jadallashtirish hamda infratuzilmani yaxshilash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilarga kelgusida sel-suv toshqinlarining oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ko‘rsatib berildi.


Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot, Angor va Jarqo‘rg‘on tumanlarida tashkil etilgan eksport logistika markazlari faoliyati bilan tanishdi. Eksportyor korxonalar va tadbirkorlar bilan muloqot qilindi.

Mutasaddilarga transport, logistika, karantin, bojxona va boshqa masalalardagi muammolarni tezkor hal etish, pishib yetilgan mahsulotlarning o‘z vaqtida eksport qilinishi, uning narx navosining dehqonlar mehnatiga munosibligiga e’tibor qaratish vazifasi topshirildi.

Muzrabot tumanida ayni vaqtda eksport uchun 10 ming tonna piyozga ehtiyoj mavjud bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalari o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni quyidagi manzillarda joylashgan eksport logistika markazlarida sotishlari, eksportga yo‘naltirishlari mumkin:

📍 Muzrabot tumani "At-Termiziy" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Angor tumani "Bahor" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Jarqo‘rg‘on tumani "Avlod" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Qumqo‘rg‘on tumani "Uyas" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Denov tumani "Chambil" mahallasi. Joylashuv lokatsiyasi;
📍 Sariosiyo tumanining Tojikiston davlati bilan chegara hududi. Joylashuv lokatsiyasi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1944

#Surxondaryo #eksport #logistikamarkaz

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun 22-mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni” munosabati bilan viloyat hokimligida mahalla tizimida faoliyat yuritayogan fidoyi, o‘z kasbining chinakam mehnatkashlari, ilg‘orlari bo‘lgan vohaliklar ishtirokida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, mahalla tizimi xodimlarini bugungi kasb bayrami bilan muborakbod etdi. Prezidentimizning tegishli Farmoniga asosan davlatimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlangan surxondaryolik 3 nafar mahalla tizimi xodimlariga medall va ordenlar hamda 15 nafariga "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari tantanali topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1943

#Surxondaryo #mahallaxodimlari #medal #orden #kokraknishonlari

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

💐 Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik mahalla tizimi xodimlari!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 22-mart – "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan bir guruh soha fidoyilarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladi. Mukofotlanganlar orasida quyidagi surxondaryoliklar ham bor.

🏅«Do‘stlik» ordeni bilan:
▫️Mengnorova Gulbaxor Temirovna - Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi uchastka ustasi

🏅«Shuhrat» medali bilan:
▫️Ilmurodova Nargiza Esanovna - Termiz tumanidagi «Jo‘yjangal» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

▫️Turdiyev Akram Abdimuratovich - Oltinsoy tumanidagi «Mingchinor» mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: "Mahalla "yettiligi" tajribasi sabab bugun 75 ta mahalla obod maskanga aylandi"

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал