Qiziriq, Bandixon va Sherobodda qishloq xo‘jaligi hamda Boysunda infratuzilma va ta'lim maskanlari faoliyati, qurilish sohasi taqdimotlari bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat hokimining ochiq muloqotidagi murojaatlar ijrosi qay darajada ta’minlanmoqda?
Bugun, 16-mart kuni soat 20:30 dan boshlanadigan jonli efirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida joriy yil 18-fevral kuni “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida o‘tkazilgan ochiq muloqotda kelib tushgan murojaatlar ijrosi tahlillari keltiriladi.
Unda Termiz shahri va Qumqo‘rg‘on tumani hokimlari, “Surxondaryo suv ta’minoti” MChJ hamda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali rahbarlari ishtirok etishadi.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
📲 Telegram:
(99) 482-00-77
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki: Surxondaryoda umumxalq xayriya hashari qizg‘in davom etmoqda
Yurtimizda joriy yil 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, vohamizdagi 724 ta mahallada bugun erta tongdan ishlar qizg‘in boshlandi.
Viloyat, shahar va tumanlardagi korxona va tashkilotlar, obodonlashtirish sohasi xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan hududlarda, mahalla va ko‘chalarda, turar joylar atroflarida, qabriston va ziyoratgohlar, xiyobonlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ayni vaqtda hasharda 470 mingdan ortiq vohadoshlarimiz ishtirok etishayotgan bo‘lib, ular tomonidan 189 gektardan ortiq maydon, 792 ta ko‘cha obodonlashtirildi, 60 kilometr uzunlikdagi ariq va zovurlar tozalanib, 26 ta qabriston, 3 ta ziyoratgoh tartibga keltirildi hamda 35 ta bolalar maydonchasi ta’mirlandi.
“Yashil hududlar” yaratish ishlari doirasida 83 ming 400 tup manzarali, 45 ming 600 tup mevali daraxt ko‘chatlari, 86 ming 700 tup gul ko‘chatlari ekildi. 76 ming 650 tup daraxtga shakl berilib, oqlandi. 500 dan ortiq maxsus texnika vositalari yordamida 228 tonna maishiy chiqindi maxsus joylarga tashib chiqarildi.
Vohamiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun hududlarga tashrifini Boysun tumanida davom ettirib, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivaliga tayyorgarlik jarayonlari, maktab, oilaviy bog‘cha faoliyati, mahalla “yettiligi” va mutasaddilarning taqdimotlari bilan tanishdi.
Qurilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mutasaddilar, shahar va tumanlar hokimlarining mas’ul o‘rinbosarlarining axborotlari tinglandi. Ularga massivlar va loyihalar qurilishini muddatida, sifatli amalga oshirish vazifasi topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1934
#Surxondaryo #Boysunbahori #maktab #bogcha #yettilik #taqdimot #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Viloyat rahbari bugun Qiziriq, Bandixon va Sherobod tumanlarida ariq va kollektorlarni tozalash, ularning bo‘ylarida tut va tol ko‘chatlari, qalamchalarini ekish hamda g‘alla parvarishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, oqova suvlarining ortiqcha isrof bo‘lishini oldini olish uchun ham ariq va zovurlarni o‘z vaqtida tozalash muhimligi, ushbu tadbirlarni sifatli amalga oshirish lozimligini qayd etildi.
G‘alla parvarishi, o‘g‘itlash, sug‘orish, kasalliklarning oldini olish maqsadida suspenziya tadbirlarini muddatida va sifatli bajarish vazifalari topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1933
#Surxondaryo #qishloqxojaligi #kollektorlar #galla
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#uygonish_sari_yol
Kitob sen uchun barcha imkoniyatlar eshigini ochadi!
Ijtimoiy roliklar tanloviga "Ishonch" teleradiokompaniyasi rejissyori Abbos Qodirov va muxbiri Muqaddas Panjiyeva tomonidan yuborilgan videorolik.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
UzA | Surxondaryo Navro‘z shodiyonalari bilan yanada tarovatli bo‘lmoqda
Mamlakatimizda ko‘klam Surxondaryodan boshlanadi. Dov-daraxtlar uyg‘onib, tevarak-atrof yashillikka burkanadi. Qir-adirlarda boychechak bo‘y ko‘rsatib, borliqqa sayroqi qushlar xonishi o‘zgacha tarovat ulashadi.
Qadimiy va navqiron vohaga fasllar kelinchagi bahor kelishi bilan doshqozonlarda sumalak pishirilib, yoshu keksa Navro‘zga peshvoz chiqadi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/579408
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Bir maktabning bir sinfidan 5 nafar o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
Termiz shahridagi 12-sonli maktabning bir sinfida taxsil olayotgan 5 nafar bitiruvchi muddatidan oldin xorijiy oliygohlar talabasi bo‘lish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ular orasida jahonning TOP-500 talikka kiruvchi universitetlari ham bor.
Yana bir muhim jihati, ushbu sinfning 8 nafar o‘quvchisi til bilish darajasi bo‘yicha xorijiy sertifikatga ega.
Surxondaryo viloyati hokimligi iqtidorli o‘quvchilarga ta’lim bergan ustozlarga minnatdorchilik bildirib, yoshlarimizning keyingi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📹 No comment | Boysunda “Navro‘z” umumxalq bayrami sayli bo‘lib o‘tdi
Surxondaryo viloyati hududlarida “Navro‘z” umumxalq bayrami sayllari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, bugun Boysun tumanida ham katta shodiyonalar bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Yangilanish va yasharish ayyomi, milliygimiz aks etgan bayram sayllari, milliy sport o‘yinlari va musobaqalari, elimiz suygan san’atkorlarning chiqishlari bilan o‘tgan bayram tantanalari boysunliklarga bayramona kayfiyat ulashdi.
Viloyatning boshqa hududlarida o‘tkaziladigan bayram sayillari sanasi va joyi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ezgulik manzili aksiyasi: Surxondaryoda 2 kunda 23 nafar bola bepul operatsiya qilindi
Bolalarni qo'llab-quvvatlash Jamoat fondi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tayotgan “Ezgulik manzili” tibbiy aksiyasi joriy yil 16-mart kuniga qadar davom etadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?
“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:
📍 Sariosiyo tumani – 15-mart
“Yangihayot” mahallasi “Shaxtiyor” o‘yingohida
📍 Qiziriq tumani – 15-mart
“Shabada” massivi adirligida
📍 Sho‘rchi tumani – 15-mart
“Navro‘z” mahallasidagi istirohat bog‘ida
📍 Oltinsoy tumani – 16-mart
“Qorliq” mahallasi adirligida
📍 Qumqo‘rg‘on tumani – 16-mart
“Surxon sohili” mahallasi Yoshlar istirohat bog‘ida
📍 Sherobod tumani – 16-mart
“Cho‘yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida
📍 Denov tumani – 17-mart
“Denov dendrary” eko bog‘ida
📍 Uzun tumani – 17-mart
“Malandiyon” mahallasi adirligida
📍 Muzrabot tumani – 17-mart
“Shaffof” mahallasi Sport majmuasida
📍 Angor tumani – 18-mart
“Sharq guli” mahallasi, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida
📍 Termiz tumani – 18-mart
“Marvarid” dam olish maskanida
📍 Viloyatning asosiy bayram sayli
(Termiz shahri bilan birga) – 19-mart
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida
Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumaniga tashrif buyurib, “Indenim klaster” MChJning paxta tozalash zavodida agrar sektorni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi. Bu borada mas’ullarning axborotlari tinglandi.
Mutasaddilarga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni tizimli bartaraf etish, barcha fermer xo‘jaliklarining talabini puxta o‘rganib chiqish va shu asosida zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1932
#Surxondaryo #agrarsoha #texnikalar #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov o‘zining haftalik ish rejasiga muvofiq ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, mahallalarda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish maqsadida Angor tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Navshahar” mahallasida berilgan topshiriqlar ijrosi, mahalla “yettiligi”, 24-sonli bog‘chada gimnastika to‘garagi faoliyati bilan tanishildi. Tuman bolalar sport maktabida murabbiylar va sportchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Olimpiada chempionini tayyorlagan murabbiylarga xonadon, jahon chempionini tayyorlagan murabbiylarga esa avtomobil kalitlari topshirilishi ta’kidlandi.
Uchrashuvda vohalik jahon chempioni Rinata Ilmatovaga pul mukofoti sertifikati topshirildi. Unga keyingi musobaqalarda omadlar tilandi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1930
#Surxondaryo #ijtimoiysoha #mahalla #yettilik #bogcha #sport
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
“Avlod” mahallasi - obod maskanga aylanayotgan manzil!
Joriy yil 10-mart kuni Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumani “Avlod” mahallasida bo‘lib, aholi turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha vazifalarni belgilab bergan edi.
Ayni vaqtda mazkur topshiriqqa asosan mahallada keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
❗️“Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayonlari 16-martdan boshlanadi
Iqtisodiyot va moliya vazirligining xabariga ko‘ra, “Ochiq budjet” portali ishida ayrim texnik nosozliklar kuzatilayotgani sababli portal faoliyatida uzilishlar bo‘lmoqda.
Ayni vaqtda nosozliklarni to‘liq bartaraf etish maqsadida ovoz berish jarayonlari vaqtincha to‘xtatildi.
Ovoz berish jarayonlari 16-mart soat 00:00 dan boshlab davom ettiriladi.
📞 Tizim faoliyatiga oid qoʻshimcha savollar yuzasidan ushbu raqamlarga murojaat qilish mumkin:
+99871 2035050 (ichki raqam — 01323, 01327).
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
🏆Surxondaryolik kurashchilar yurtimizda tengsiz bo‘lishdi
🤼 Joriy yil 13-16-mart kunlari Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida Milliy Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida "O‘zbekiston kubogi" musobaqalari o‘tkazildi.
Yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan polvonlar bahsida Surxondaryo terma jamoasi umumjamoa hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
Qizg‘in kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida:
🥇-o‘rin Surxondaryo viloyati terma jamoasi;
🥈-o'rin Toshkent shahar terma jamoasi;
🥉-o'rin Buxoro viloyati terma jamoasi;
🥉-o'rin Samarqand viloyati terma jamoasiga nasib etdi.
❗️Ma’lumot uchun, Kurash bo‘yicha Surxondaryo terma jamoasi ushbu natijani besh yil avval qayd etishgan edi.
💐 Kurashchilarimiz va murabbiylari hamda ularning yaqinlarini, shuningdek, barcha vohadoshlarimizni erishilgan natija bilan muborakbod etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📹 No comment | Termizda umumxalq xayriya hashari davom etmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
#uygonish_sari_yol
Bugun yaratilayotgan imkoniyatlar yaqin o‘tmishda ham ushalmagan orzu bo‘lganligini unutmaylik!
Ijtimoiy roliklar tanloviga "Ishonch" teleradiokompaniyasi rejissyori Abbos Qodirov va muxbiri Abror Mamarahimov tomonidan yuborilgan videorolik.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📢 Tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan vohadoshlarimiz diqqatiga!
Yurtimizda Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida quyidagi yo‘nalashlar uchun qator tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlarda kredit mablag‘alari ajratiladi:
➖ tekstil va to‘qimachilik;
➖ oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish;
➖ meva-sabzavotni qayta ishlash;
➖ bog‘ va uzumzorlar yaratish;
➖ refrigerator xarid qilish;
➖ issiqxonalar tashkil etish;
➖ muzlatkichli omborxonalar qurish.
💰Kreditlar 10 yilgacha muddatga, yillik 16 foizda ajratiladi.
🏦 Ayni vaqtda Aloqa bank, Sanoat qurilish bank, Ipoteka bank, Asaka bank, Milliy bank, Turon bank, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokredit bank va Xalq bankiga ushbu maqsadlar uchun 241 mln dollar resurs ajratilgan.
☎️ Batafsil ma’lumot uchun telefon:
+99876 223 22 96
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?
“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:
📍 Oltinsoy tumani – 16-mart
“Qorliq” mahallasi adirligida
📍 Qumqo‘rg‘on tumani – 16-mart
“Surxon sohili” mahallasi Yoshlar istirohat bog‘ida
📍 Sherobod tumani – 16-mart
“Cho‘yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida
📍 Denov tumani – 17-mart
“Denov dendrary” eko bog‘ida
📍 Uzun tumani – 17-mart
“Malandiyon” mahallasi adirligida
📍 Muzrabot tumani – 17-mart
“Shaffof” mahallasi Sport majmuasida
📍 Angor tumani – 18-mart
“Sharq guli” mahallasi, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida
📍 Termiz tumani – 18-mart
“Marvarid” dam olish maskanida
📍 Viloyatning asosiy bayram sayli
(Termiz shahri bilan birga) – 19-mart
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida
Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Axborot siyosatida rasmiy munosabat va bayonotning ahamiyati
Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida "Axborot xizmati rahbarining faoliyati samaradorligi hamda axborot siyosatini yuritishda rasmiy munosabat va rasmiy bayonot berish tartibi, bu boradagi qonunchilik talablari” mavzusida onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Doniyor Soliyev, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, boshqarma va tashkilotlar Axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.
Seminarda axborot xizmatlari faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari, mezonlari, axborot siyosatini yuritish, ochiqlikni ta’minlash, tanqidiy materiallarga tezkorlik bilan rasmiy munosabat yoki bayonotlar berishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar hamda omillar haqida batafsil axborotlar berildi.
Shuningdek, videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan mazkur seminarda sohaga va mavzuga oid bir qancha masalalarning axborot xizmatlari faoliyatida naqadar dolzarbligi muhokama etilib, ishtirokchilarning savollariga mutasaddilar javob berishdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Bandixonda bayram sayli o‘tkazildi
Bugun vohamizning uchta hududida, xususan, Bandixon tumanida milliyligimizni o‘zida aks ettirgan, yangilanish va yasharish ayyomi “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan sayllar bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, folklor jamoalarning chiqishlari, milliy o‘yinlar, sport musobaqalari tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat, qalblarga zavqu shavq ulashdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Ulug‘bek Qosimov: "Har biringiz maqsadni katta qo‘ying, ming kishiga rahbar bo‘laman deb harakat qiling"
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Mahalla hududidagi tadbirkorlar "soya"dan chiqib, rasmiy ish o‘rnini ko‘paytirsa, daromad solig‘idan qo‘shimcha tushumning 50 foizi o‘sha mahalla ixtiyorida qoladi.
Tumandagi mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi ham mahalla budjetida qoladi.
Umuman, Sayxunobodda yo‘lga qo‘yilayotgan tajriba hisobiga har bir mahalla, har bir ko‘cha, har bir xonadon qamrab olinmoqda.
Sayxunobod misolida oilalarni daromadli qilish, investitsiya jalb qilish bo‘yicha yangi tizimni respublikaning barcha 9 ming 452 ta mahallasida yo‘lga qo‘yish yuzasidan iqtisodiy kompleks rahbarlariga, banklar, hokimlar va ularni birinchi o‘rinbosarlariga aniq topshiriqlar berildi.
Bu ishlar qanday tashkil qilinayotganiga qarab, ushbu rahbarlar faoliyatiga baho berilishi qayd etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
“Men ham tadbirkor bo‘lay, mahallada ish o‘rni yaratay”, degan oddiy odamlar chetda qolib ketayapti. Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayapti – Prezident.
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari bugungi yig‘ilish 14 ta hudud, 208 ta tuman va shahar hokimlari, ularni o‘rinbosarlari, banklar, “mahalla yettiligi” uchun saboq bo‘lishini ta’kidladi.
Tadbirkorlik, bandlik, kambag‘allikdan chiqarishga katta-katta mablag‘lar ajratilayotganiga qaramay, Sayxunoboddagi 19 ta mahallada yashaydigan 83 ming aholini qanchasiga bu imkoniyatlar yetib borayapti deya savol qo‘ydi Prezident.
Shuning uchun bugungi yig‘ilish tomorqa va uy xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishda nafaqat Sayxunobod, balki butun mamlakatimiz uchun tub burilish yasashi ta’kidlandi.
Banklar faqat qaytimni o‘ylab, oson yo‘l bilan resurslarni doimiy mijoziga berayotgani tanqid qilindi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Axborot 24 | Ramazon oyi munosabati bilan iftorlik va xayriya tadbirlari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumaniga tashrifi davomida “ZOOM” platformasi orqali viloyatimizning yettita tumanida, Oltinsoy, Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot va Termiz tumanlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Shuningdek, mutasaddilar ishtirokida Angor, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Termiz, Oltinsoy va Qiziriq tumanlarida sport ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/1931
#Surxondaryo #Insonmarkazlari #ochilish #sport #muhokama
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Kobulda O‘zbekiston va Afg‘oniston delegatsiyalarining uchrashuvi o‘tkazildi
Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham ishtirok etdi.
Tashrif davomida qator uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, Afg‘oniston muvaqqat hukumatining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, ichki ishlar hamda savdo va sanoat vazirlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida afg‘onistonlik ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, logistika va transportlar harakati bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
Surxondaryoda Navro‘z sayllari qaysi kunlari o‘tkaziladi?
“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan viloyatimiz hududlarida tashkillashtiriladigan xalq sayllarining o‘tkazish kuni, joyi va vaqti bilan tanishing:
📍 Bandixon tumani – 14-mart
“Bandixon” mahallasi adirligida
📍 Boysun tumani – 14-mart
“Yoshlar” istirohat bog‘ida
📍Jarqo‘rg‘on tumani – 14-mart
“Surxon sohili” mahallasidagi tuman Markaziy istirohat bog‘i
📍 Sariosiyo tumani – 15-mart
“Yangihayot” mahallasi “Shaxtiyor” o‘yingohida
📍 Qiziriq tumani – 15-mart
“Shabada” massivi adirligida
📍 Sho‘rchi tumani – 15-mart
“Navro‘z” mahallasidagi istirohat bog‘ida
📍 Oltinsoy tumani – 16-mart
“Qorliq” mahallasi adirligida
📍 Qumqo‘rg‘on tumani – 16-mart
“Surxon sohili” mahallasi Yoshlar istirohat bog‘ida
📍 Sherobod tumani – 16-mart
“Cho‘yinchi” mahallasidagi Sport majmuasida
📍 Denov tumani – 17-mart
“Denov dendrary” eko bog‘ida
📍 Uzun tumani – 17-mart
“Malandiyon” mahallasi adirligida
📍 Muzrabot tumani – 17-mart
“Shaffof” mahallasi adirligida
📍 Angor tumani – 18-mart
“Sharq guli” mahallasi, “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘ida
📍 Termiz tumani – 18-mart
“Marvarid” dam olish maskanida
📍 Viloyatning asosiy bayram sayli
(Termiz shahri bilan birga) – 19-mart
Termiz shahridagi “San’at saroyi” hududida
Xalq sayllari belgilangan kunda soat 09:00dan 17:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bayram tadbirlariga marhamat aziz vohadoshlar!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter
📢 Termiz shahrida o‘tkaziladigan katta kurash musobaqasiga marhamat!
"Navro‘z" umumxalq bayrami sayllari doirasida Surxondaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan joriy yilning 19-mart kuni Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasi hududida katta kurash musobaqasi o‘tkaziladi.
🤼♂️ Ushbu kurash musobaqasiga vohamiz va yurtimizning barcha hududlari polvonlarini taklif etamiz. Kurash musobaqasi sovrin jamg‘armasidan tuya, ot, ho‘kiz va qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari hamda bosh sovrin uchun avtomobil o‘rin olgan.
Barcha polvonlar va kurash ixlosmandlarini ushbu musobaqaga taklif etamiz.
📞 Polvonlar ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi raqamga bog‘lanishlari so‘raladi:
+998 91 365 76 97
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter