📹 Yashil makon: Surxondaryoda 100 gektar maydonda "yashil" belbog‘ yaratilmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun davlatimiz rahbari Toshkent shahri atrofida "yashil" belbog‘ barpo etish loyihasida ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari ekdi. Mazkur loyiha yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan bo‘lib, tanlab olingan maydonlarda daraxt va buta ko‘chatlari ekilmoqda.
Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 100 gektar maydonda bugun erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, faollar va yoshlar jam bo‘lishib, "yashil" belbog‘ yaratish maqsadida daraxt va buta ko‘chatlari ekish tadbirida ishtirok etdi.
Tanlab olingan maydonning tuproq unumdorligi va sug‘orish tizimiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, bir qismida oqma, bir qismida tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalaniladi. Bog‘ning ushbu hududda tashkil etilishida "Afg‘on" shamolining yo‘nalishi hisobga olingan bo‘lib, kelgusida mazkur daraxtlar ekotizimni yaxshilash, changlarni tutib qolish orqali aholi salomatligini asrashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, 100 gektar maydonda tashkil etilayotgan "yashil" belbog‘ hududidiga 55 mingga yaqin daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugunning o‘zi ayni vaqtga qadar 5 gektardan ortiq maydonga 2,8 ming tup manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Vohamiz bo‘ylab, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlari ekish tadbirlari davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Termiz tumani aholisi diqqatiga!
🟠 Bugun, 23-noyabr kuni soat 18:20dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Termiz tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
✈️ Telegram:
(99) 482-00-77
📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar natijasida bu vohada ham keng imkoniyatlar ochilmoqda. Kelgusi yilda Surxondaryoga 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, 425 ming aholini band qilish va eksportni 320 million dollarga yetkazish reja qilingan.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati hokimi mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha rejalarni taqdimot qildi.
Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7724
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🔉 Soliq to‘lovchilar diqqatiga!
Soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga maqsadida 1-noyabrdan 29 noyabrgacha "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.
Fuqarolarimizdan Soliq xizmati organlari xodimlarining korrupsion xatti-harakatlari yoki tamagirlik holatlariga duch kelganda quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari so‘raladi:
😊 Elektron pochta: org@soliq.uz
🤖 Telegram bot: @dsq_antikorrupsiya_bot
📞 Ishonch telefonlari:
+99871 244 98 98
🌐 Qisqa raqami: 1198
📞 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasining ishonch telefoni:
+99876 223 03 49
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Diqqat e’lon: Ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkaziladi
Termiz shahrida "O‘zsuvta’minot" AJ boshqaruvi raisi v.b. Ahmad Suvankulov tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi. Unda vohamiz aholisining ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan bog‘liq murojaat, taklif yoki savollari tinglanadi.
🔝 Sanasi va vaqti: Joriy yil 23-noyabr, soat 10:00dan boshlab.
📍 Manzil: Barkamol avlod ko‘chasi 30-uy, Matbuot uyi binosi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefonlar:
+99878 770 8030;
+99876 227 3181.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#infografika
Surxondaryo viloyatida 2024-yil 1-noyabr holatiga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Deputatlar Hukumat a’zolarini ma’qulladilar:
➖ Ochilboy Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
➖ Jamshid Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
➖ Zulayho Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Vohamiz aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 21-noyabr kuni soat 19:00dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali hamda shahar va tumanlar bo‘limlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek, hududlarda elektr energiyasi ta'minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
✈️Telegram:
(99) 482-00-77
📎Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida aholini xabardor qilish maqsadida boshqarma, tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida ochiq muloqot o‘tkazish rejasi"ga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Surxondaryoda xalqaro avtomagistral yo‘li bo‘ylab yashil belbog‘ yaratilmoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisining tegishli farmoyishi bilan Boyqulov Sherpo‘lat Mamarayimovich - Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.
Sherpo‘lat Boyqulov 1974-yilda Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Termiz davlat universitetini, 2004-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – agroximik-tuproqshunos, iqtisodchi. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati.
Mehnat faoliyati davomida viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, umumiy bo‘limi mudiri, Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i, viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, turizmni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari lavozimlarida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
no comment | Surxondaryoda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.
Yig‘ilish qatnashchilari ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘yayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda kechagi talab va mezonlar bilan, eskicha ishlab bo‘lmasligi qayd etildi.
Shu bois Hukumat o‘z faoliyatini mutlaqo yangicha asosda tashkil etishi kerak, buning uchun unga kuchli rahbar, ya’ni, Bosh vazir zarur.
Davlatimiz rahbari bu masalani atroflicha o‘ylab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Nigmatovich Aripov nomzodini ko‘rsatishga qaror qilganini aytdi.
Abdulla Aripov katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar ekani ta’kidlandi.
Ushbu nomzod bugun Hukumat oldiga qo‘yilgan, ko‘lami va miqyosi benihoya katta bo‘lgan muhim vazifalarni hal etishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatini samarali tashkil qilishi, Hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlarini birlashtirib, yagona maqsad sari safarbar eta olishiga ishonch bildirildi.
Prezidentimiz Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Yangi Hukumat kelgusi besh yilda:
➖iqtisodiyotning xususiy sektordagi ulushini 85 foizga yetkazishi;
➖2 mingta korxonada davlat ulushini, 5 mingdan ziyod ko‘chmas mulk obyektini sotish, 16 ta yirik majmua aksiyalarini IPOga chiqarishi;
➖30 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish;
➖2025-yilda "tejamkorlik va barqarorlik" tamoyili asosida davlat kompaniyalarini transformatsiya qilishni tezlashtirib, ularning xarajatlarini 15-20 foizga qisqartirishi;
➖1 milliard dollarlik 18 ta davlat kompaniyasining ulushi berilgan Milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishi lozim.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan jurnalist va blogerlar uchun Termiz shahridagi “Surxon-nashr” nashriyoti hamda “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati bosmaxonasiga press-tur tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar nashriyotda kitobni chop etish, muharrirlarning qo‘lyozmani tahrirlash, dizaynerning muqova va suratlar bilan ishlash, montaj jarayonida elektron fayl ko‘rinishidagi qo‘lyozma betlarini to‘g‘ri joylashtirish, xomaki nusxani maxsus tekis metall (tunuka)ga tushirib, bosma qoliplar tayyorlash, kitobni bosish, buklash, tikish, muqovalash, kesish va qadoqlash jarayonlari bilan tanishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar “Surxon tongi” va “Заря Сурхана” gazetalari birlashgan tahririyati bosmaxonasida Hindiston va Xitoydan keltirilgan eng so‘nggi texnologiyalarning chop etish quvvati, vohamizdagi gazetalarning yaratilish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan gazetalarning chop etilishiga oid turli savollarga javoblar berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezidentimiz huzurida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o‘tkazilgan taqdimotdan so‘ng viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov belgilab berilgan vazifalar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan intervyu berdi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Termiz "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan "Stritbol" musobaqasining final bosqichiga mezbonlik qildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Yangi O‘zbekistonimiz yangi parlamenti bilan birga o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga qadam qo‘ymoqda
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
"Stritbol" musobaqasining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi
Xabar berganimizdek, Termiz shahrida joylashgan "Surxon" sport majmuasida 19-22-noyabr kunlari yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 252 nafar sportchi yoshlar ishtirokida o'tkazilgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi "Stritbol" sport musobaqasining "C" liga final bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Mahalla yoshlari o‘rtasida 16-21 va 22-30 yosh toifasida o‘tkazilgan qizg‘in va murosasiz bahslardan so‘ng, quyidagi jamoalar yosh toifalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🤽16-21 yosh toifasi (qiz bolalar):
🥇-o‘rin Surxondaryo viloyati Denov tumani, Yangi Hazarbog‘ mahallasi;
🥈-o‘rin Navoiy viloyati Qiziltepa tumani, Zarmetan mahallasi;
🥉-o‘rin Jizzax viloyati Arnasoy tumani, Gulbahor mahallasi.
🤽♀️16-21 yosh toifasi (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Navoiy viloyati Zarafshon shahar, Konchi mahallasi;
🥈-o‘rin Surxondaryo viloyati Qiziriq tumani, Yakkaterak mahallasi;
🥉-o‘rin Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar, Shodiyona mahallasi;
🤽22-30 yosh toifasi (qiz bolalar):
🥇-o‘rin Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani, Yoshg‘ayrat mahallasi;
🥈-o‘rin Navoiy viloyati Uchquduq tumani, "Navoiy" mahallasi;
🥉-o‘rin Namangan viloyati Chortoq tumani, "Alisher Navoiy" mahallasi.
🤽♀️22-30 yosh toifasi (o‘g‘il bolalar):
🥇-o‘rin Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, Zomin mahallasi;
🥈-o‘rin Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Qovunlisoy mahallasi;
🥉-o‘rin Navoiy viloyati, Nurota tumani, "Eshon Sudur" mahallasi.
👏G‘olib jamoalarni erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
#infografika
✅Prezidentimizning xalqchil tashabbus va g‘oyalari;
✅Hukumat oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalar;
✅ "O‘zbekiston–2030" Strategiyasi asosida ishlab chiqilgan, Oliy majlisda taqdim etilgan Vazirlar Mahkamasining 5 yillik Harakat dasturi 10 ta ustuvor yo‘nalishni qamrab olgan.
Shuningdek ushbu yo‘nalishlar doirasida iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlar kesimida 400 ta chora-tadbir aniq belgilab olingan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Prezident Farmoni bilan vazirlar tayinlandi:
Laziz Kudratov – O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri;
Botir Zaxidov – O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri;
Ibroxim Abdurahmonov – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri;
Shavkat Xamrayev – O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri;
Sherzod Xidoyatov – O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri;
Ilxam Maxkamov – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;
Jo‘rabek Mirzamahmudov – O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri;
Bobir Islamov – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri;
Sherzod Shermatov – O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri;
Aziz Abduxakimov – O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri;
Asilbek Xudayarov – O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri;
Xilola Umarova – O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri;
Kongratbay Sharipov – O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
Adxam Ikramov – O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri;
Ozodbek Nazarbekov – O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri;
Akbar Tashkulov – O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri;
Baxtiyor Saidov – O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri;
Abdulla Kuldashev – O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri;
Po‘lat Bobojonov – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri;
Baxodir Kurbanov – O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolari etib tayinlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🏐 Surxondaryoning talaba qizlari voleybol musobaqasida bellashdi
Yurtimiz bo‘ylab "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida turli yosh toifalarida sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi Surxondaryodagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha o‘tkazildi.
Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan musobaqalarda oliygohlarning qizlar jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
🥇-o‘rin – Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi;
🥈-o‘rin – Termiz davlat universiteti jamoasi;
🥉-o‘rin – Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali jamoasi.
Shuningdek, talaba yoshlar "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida 5 ta sport turi bo‘yicha hududiy bosqich birinchiligi uchun kurash olib borishdi. Vohamiz talaba-yoshlariga musobaqalarning respublika final bosqichida omadlar tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, Termiz shahri "Besh tashabbus" olimpiadasining mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan Stritbol sport musobaqalariga mezbonlik qilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fotogalereya | Boysun tog‘larida kuzning ilk qori
O‘zbekistondagi tabiiy go‘zalliklaridan biri bo‘lgan Boysun tog‘lari bu gal oppoq qor bilan qoplandi. Kuzning so‘nggi kunlarida tog‘ cho‘qqilariga tushgan ilk qor atrofga xushmanzara ko‘rinish bag‘ishladi. Qor bilan o‘ralgan yaylovlar va qoyalar hududning o‘ziga xos go‘zalligini yanada oshirdi.
Bu ajoyib manzara tabiatning nafosatini his qilishni va tog‘larda iliq choy ichib, qor uyumlari orasida vaqt o‘tkazishni orzu qilgan sayyohlar uchun ham o‘zgacha zavq bag‘ishlaydi. Boysun tog‘lari tabiatning har bir faslida betakror, ammo qish mavsumiga yaqinlashayotgan ayni palladagi manzaralar o‘ziga xos sokinlik va tinchlik baxsh etadi.
Mazkur galereya orqali tog‘larning qorlarga burkangan fusunkor manzaralaridan bahramand bo‘ling!
Foto: Boysun tumani hokimligi Axborot xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Rasmiy munosabat: Etika qoidalariga amal qilmaydigan internet nashrining fermer xo‘jaligi masalasidagi lavhasi yuzasidan
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Effect.uz`nomi bilan faoliyat yurituvchi internet sayti "Chirigan Surxondaryo: Hokimning erkatoyiga hammasi mumkinmi?" sarlavhasi ostida videolavha e’lon qildi. Undagi asosiy masala aka-singil o‘rtasida fermer xo‘jaligining topshirilishi ko‘tarilgan.
Biroq, saytning "jurnalist"man degan vakili etika qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan butun boshli viloyatni "chirigan" deb atab, sarlavha qo‘yishi har qanday sog‘lom fikrli insonni beixtiyor o‘yga toldirishi tabiiy hol.
Butun dunyoda, jurnalistik faoliyatni qamrab oluvchi 400 ga yaqin qonunlar mavjud. Turli xil kodekslar mazmuni turli madaniy an’analardan kelib chiqgan holda bir-biridan farq qilsada, ko‘pchilik kodeksdagi huquqiy va axloqiy me’yorlar jurnalistikaning umumiy elementlarni o‘z ichiga oladi: haqqoniylik, ishonchlilik, boshqalarga hurmat, eng asosiysi jamoat javobgarligidir.
Masalaga aniqlik kiritishdan oldin, mazkur internet saytidan jurnalistika etika qoidalariga rioya qilishlarini, aholining nafratini qo‘zg‘aydigan harakatlarni sodir etmaslikni hamda buning uchun qonunchiligimizda javobgarlik borligini eslatib, savlavhani o‘zgartirish yuzasidan ogohlantiramiz.
Videolavhada keltirilgan holat bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali bir necha bor murojaat bo‘lib, tegishli o‘rganishlar o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, Jarqo‘rg‘on tumani "Bobotog‘" mahallasida yashovchi fuqaro B.Choriyev muqaddam rahbarlik qilib kelgan "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligiga singlisi M.Choriyevani fermer xo‘jaligi rahbari etib tayinlashni so‘rab, 2022-yil 28-mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan va o‘z arizasiga "Choriyeva Mavludani fermer xo‘jaligi raisi etib tayinlash haqida"gi buyruq, "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligining 2022-yil 28-mart kunidagi yig‘ilish bayoni, fermer xo‘jaligi rahbarligini Choriyeva Mavludaga o‘tkazish haqidagi rozilik xati va shaxsga doir hujjatlarni shaxsan o‘zi taqdim etgan.
Tuman hokimligi mazkur hujjatlarga asosan 2022-yil 14-may kuni "Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligiga Choriyeva Mavludani fermer xo‘jaligi rahbari etib tayinlash to‘g‘risida" qaror qabul qilgan.
Ayni vaqtda M.Choriyeva "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligining rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. B.Choriyevning muqaddam yozgan arizasi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida fermer xo‘jaligining ayni vaqtdagi rahbari M.Choriyeva bilan bo‘lgan suhbat davomida fermer xo‘jaligi rahbarligini topshirish rejasi yo‘qligini, o‘zi faoliyatini davom ettirishi hamda fermer xo‘jaligini rivojlantirish rejalari borligini, fermer xo‘jaligi rahbarligini ixtiyoriy topshirmasligini bayon etgan.
O‘zbekiston Respublikasi "Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida"gi Qonunning 59-moddasi beshinchi qismida "Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi sud tartibida ko‘rib chiqiladi" deb belgilab qo‘yilgan. Vaholanki, ushbu holatda fermer ho‘jaligining ayni vaqtdagi rahbari M.Choriyeva manfaatdor shaxs hisoblanadi.
Bugungi kunda fuqaro B.Choriyev muqaddam rahbarlik qilib kelgan "Xalqobod agro" fermer xo‘jaligiga singlisi M.Choriyevani fermer xo‘jaligi rahbari etib tayinlash haqidagi arizasi, buyruq, yig‘ilish bayoni va boshqa hujjatlardagi imzo unga tegishli emasligi vaji bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan bo‘lib, mazkur ariza yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Fotogalereya: Stritbol musobaqalarining yorqin lahzalari
Termiz shahridagi "Surxon" sport majmuasida yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yoshlar "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan Stritbol musobaqasining respublika final bosqichida kuch sinashishmoqda.
Ayni vaqtda C liga 16-21 hamda 22-30 yosh toifasida o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi murosasiz bahslar davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🤽Termizda Stritbol musobaqasining final bosqichiga start berildi
Xabar berganimizdek, Termiz shahri "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan Stritbol musobaqasining respublika final bosqichiga mezbonlik qilmoqda.
Bugun "Surxon" sport majmuasida musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Shundan so'ng, mahalla yoshlari o‘rtasida C liga 16-21 hamda 22-30 yosh toifasida stritbol bahslari boshlandi. Ayni damda qizlar o‘rtasidagi bahslar o‘tkazilmoqda.
👏 Musobaqaning barcha ishtirokchilariga omad tilaymiz!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdilar.
Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.
Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari so‘zga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar.
Nomzod va Hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, Bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi.
Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga ma’qulladilar.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident: Sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish – hamisha Hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardir
Eng avvalo, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 78 yoshga yetkazish uchun birlamchi tibbiy xizmatlarning aholi uchun qulayligi va sifatini oshirish zarur.
Xususan, 2025-yilda birlamchi bo‘g‘inda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash ko‘rsatkichini 85 foizga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.
Hukumat mahallalardagi 18 mingta tibbiyot brigadalarini o‘qitish, 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi. Shu bilan birga tug‘ruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.
Davlat tibbiy sug‘urtasi va aholiga "kafolatlangan paket" asosida tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi kelgusi uch yilda barcha shahar, tuman va qishloqlar qamrab olinishi zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi masalalar bo‘yicha Hukumat alohida dasturlar ishlab chiqishi lozim.
〰️〰️〰️
Ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarimizni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish Hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi.
Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 4 trillion so‘m ajratiladi.
Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Davlatimiz rahbari Hukumat faoliyatining eng muhim yoʻnalishlarini belgilab berdi.
➖makroiqtisodiy muvozanatni saqlab, kelgusi besh yilda iqtisodiy oʻsish surʼatini 6-7 foiz atrofida taʼminlash;
➖inflyatsiya darajasi 5-6 foiz, budjet taqchilligi 3 foiz doirasida boʻlishiga erishish;
➖yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga olib chiqish asosiy vazifa etib belgilandi.
Ushbu davrda Hukumat:
➖kamida 100 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish;
➖yillik eksport hajmini 45 milliard dollarga olib chiqib, unda tayyor mahsulotlar ulushini 50 foizga yetkazish;
➖xorijiy turistlar oqimini 5 yilda 15 million nafarga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga olib chiqishiz zarurligi ta'kidlandi.
Shu bilan birga norasmiy iqtisodiyotni “soyadan chiqarish”da raqamli texnologiyalarni tayanch vositaga aylantirish lozim. Xususan, kelgusi yilda naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada ragʻbatlantirib, onlayn toʻlovlar ulushini 60 foizga yetkazish muhim vazifa boʻladi.
Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik doirasida asosiy chora-tadbirlar amalga oshirilgani va yaqin yillarda ushbu tashkilotga albatta aʼzo boʻlib kirishimiz taʼkidlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X