Ulug‘bek Qosimov: "Prezidentimiz topshirig‘i bilan sinov tariqasida 15 ta qishloq mahallalaridagi BSKlar faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz"
Surxondaryo viloyati hokimi kuni-kecha Prezidentimiz huzurida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan vohada amalga oshiriladigan kelgusidagi vazifalar xususida OAV vakillariga intervyu berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Tojikistonda yana sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda ham sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabariga ko‘ra, bugun soat 09:13 da Tojikistonda 4,3 mangnitudali zilzila sodir bo‘lgan.
Yer silkinishi kuchi Surxondaryoning quyidagi hududlarida ham sezilgan:
➖ Sho‘rchi tumanida — 2-3 bal;
➖ Uzun tumanida — 2 ball;
➖ Qumqo‘rg‘on tumanida — 2 ball;
➖ Oltinsoy tumanida — 2 ball;
➖ Jarqo‘rg‘on tumanida — 2 ball;
➖ Denov tumanida — 2 ball;
➖ Bandixon tumanida — 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda kecha, 10-iyun kuni sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyatining qator hududlarida ham sezilgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Tibbiyot va turar joylar qurilishi hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash tadbirlarining borishi bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Prezident mutasaddilarni ogohlantirdi:
“Endi “muddat kam edi, mablag‘ bo‘lmadi”, deb bahona qilishga hech kimning haqqi yo‘q”.
Bu yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha har bir mahalladagi haqiqiy ahvol o‘rganilib, tumanlar kesimida dastur ishlab chiqilgani ta’kidlandi hamda tayyorgarlik ishlariga o‘tgan yilgi 14 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m ajratilishi belgilandi.
〰️〰️〰️
Ishlarni eng og‘ir mahallalardan boshlab, yil yakunigacha 30 ming kilometr tarmoq, 10 mingta transformatorni yaxshilash vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️
Bundan tashqari, 850 kilometr magistral tarmoq va 9 ta podstansiyani kapital ta’mirlash, 595 kilometr elektr tarmog‘i va 4 ta yangi podstansiyani ishga tushirish rejalari belgilab olindi.
〰️〰️〰️
Mutasaddilar va hokimlar oldiga yaqin muddatda aholi va ijtimoiy soha uchun 1 million 200 ming tonna, yil yakunigacha yana shuncha ko‘mir yetkazib berish, 1-oktabrgacha 600 ming tonna ko‘mir va 350 ming tonna mazut zaxirasini yaratish vazifasi qo‘yildi.
〰️〰️〰️
Oktabr-dekabr oylarida iste’molchilarga 163 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazish topshirildi. Shuningdek, viloyat hokimlariga 300 dan ziyod olis mahalla uchun ko‘mir, suyultirilgan gaz va asosiy turdagi oziq-ovqat zaxirasini yaratishga topshiriq berildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Tejash – yo‘qotishlarni kamaytirish, tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bo‘lishi shart – Prezident
Prezident raisligida energiya samaradorligi, ko‘p qavatli uylarni boshqarish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Elektr va gazni tejash bo‘yicha qabul qilingan tumanbay dasturlar, sanoat korxonalarida “yashil energiya” manbalari joriy qilgani hisobiga resurslar iqtisod qilinayotganligi, lekin ayrim hududlarda ishlar sust bo‘lgani uchun elektr iqtisod qilish rejasi to‘liq bajarilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
〰️〰️〰️
Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat ta’mirlanadi.
〰️〰️〰️
Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo‘yicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta’kidlandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Topshiriqlar ijrosi: Sariosiyodagi 40 dan ortiq mahallada elektr ta’minoti yaxshilanadi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali tomonidan Sariosiyo tumanidagi 110/35/10 kV`li “Sharg‘un” podstansiyasida 2 ta 40 000 kVA bo‘lgan kuch transformatorini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Natijada Sariosiyo tumanidagi 40 dan ortiq mahalladagi iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyat yaratiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
💼 Tayinlov
G‘ulomov Izzatulla Istamovich – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘i bilan Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
I.G‘ulomov 1984-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Oliy harbiy bojxona institutini, 2021-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi (bojxona ishi sohasida), iqtisodiyot.
Mehnat faoliyati davomida Buxoro va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri bojxona boshqarmalari, Respublika bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Bojxona qo‘mitasi shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Tezkor bo‘lim boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📸 Fotogaleriya | Boysun tumani markazidan 65 km uzoqlikda, dengiz sathidan 2 000 metr balandlikda joylashgan, tog‘li Xo‘jaidod mahallasining so‘lim tabiat manzaralari
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Ulug‘bek Qosimov: “Ertangi farovon hayot uchun bugun har birimiz eng avvalo farzandlarimiz ta’limiga qattiq e’tibor qaratishimiz kerak!”
Viloyat rahbari kuni-kecha Qumqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishish davomida aholi bilan muloqot qilib, farzandlar ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qaratish lozimligiga to‘xtaldi.
Shuningdek, Uzun va Sariosiyo tumanlariga ham tashrif buyurilib, korxonalar faoliyati va loyihalar taqdimoti bilan tanishildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Surxondaryolik pillakorlar zafar quchdi
Surxondaryo viloyati pillakorlari 35 ming 547 quti ipak qurtidan 2 ming 286 tonnadan ortiq xomashyo yig‘ib olib, shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajardi.
Joriy yilda 3 ming 880 ta fermer xo‘jaligining 23 ming 550 pillakori va 8 ming 650 kasanachi bilan ipak qurti boqish uchun shartnoma tuzilgan edi. Ularning betinim mehnati o‘z samaralarini berdi. Voha iqlimiga mos yangi navlarni xorij tajribasi asosida parvarishlagan pillakorlar har quti ipak qurtidan o‘rtacha 60 kilogrammdan hosil olishdi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/606182
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Xushxabar: Surxondaryolik pillakorlar respublikada birinchilardan bo‘lib shartnoma rejasini bajarishdi
Surxon vohasining mirishkor pillakorlari 35 ming 547 quti ipak qurtidan 2 ming 286 tonnadan ortiq “kumush tola” hosilini yig‘ib olib, respublikada birinchilar qatorida shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarishdi.
Pillakorlarning sa’y-harakati va mashaqqatli mehnati natijasida har bir qutidan o‘rtacha 60 kilogramm hosil olinishiga erishildi. Bunda yangi, serhosil, voha iqlim sharoitiga mos bo‘lgan mahalliy navlarning parvarishlangani, shuningdek, pilla qurti boqishda yangi texnologiyalar ham o‘z samarasini berdi.
Hozirda viloyatdagi qabul punktlariga pilla hosilini topshirish jarayonlari davom etmoqda.
Vohamiz ahli va mirishkor “kumush tola” yetishtiruvchilarini erishilgan yutuq va zabt etilgan marra bilan muborakbod etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Uzun tumanida bo‘lib, “Kapital golden” MChJ xorijiy korxonasi tomonidan ko‘p qavatli turar joylar qurilishi, “Surxon armatura-temir invest” MChJning armatura ishlab chiqarish korxonasi faoliyati va Yangi kuch mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Umumiy maydoni 4,5 gektar bo‘lgan, loyiha qiymati 4,4 mlrd so‘mni tashkil etuvchi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bog‘i qurilishiga start berildi.
Shuningdek, “Obod yurt chevarlari” oilaviy korxonasining tikuvchilik sexida xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishilib, ishsiz xotin-qizlar va yoshlarga subsidiya asosida jihozlar topshirildi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2110
#Surxondaryo #qurilish #korxonalar #aholibandligi #Agentlikbogi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Daniya kompaniyasi bilan 420 mln dollarlik loyihalar yuzasidan kelishuvga erishildi
O‘tgan haftada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Daniya qirolligining “Depa Commerce and Consult” Ltd kompaniyasi direktori Nik Kianzad hamda Eron Islom Respublikasining “Ashkina Bino Group” kompaniyasi direktori Madina Kianzadni qabul qilgani, qator loyihalar muhokama qilingani haqida xabar bergan edik.
Kuni-kecha ushbu kompaniyalar vakillari bilan viloyat hokimligida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan uchrashuvda ko‘rib chiqilgan loyihalar, jumladan, chiqindini qayta ishlash va yoqish orqali 25 turdagi mahsulotlar hamda elektr energiya ishlab chiqarish, jamoat transportini rivojlantirish uchun avtobuslar olib kelish va yo‘nalishlarga qo‘yish hamda quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Tomonlar tegishli hujjatlarni imzolashdi va loyihalarni amalga oshirishga yaqin kunlarda kirishilishi bildirildi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
🎼 Yulduzli "Madaniyat karvoni" Sangardak turizm qishlog‘ida bo‘ldi
Xabar berilganidek, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Madaniyat karvoni” Surxondaryoda o‘z konsert dasturlarini namoyish etmoqda.
⛰ Kuni-kecha Sariosiyo tumani Sangardak turizm qishlog‘ida estradamizning yorqin yulduzlari, taniqli san’atkorlar jamoasi hamda so‘z ustalari o‘zlarining eng sara ijrolari va chiqishlari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashishdi.
❗️ Eslatib o‘tamiz, “Madaniyat karvoni” bugun Termiz shahridagi “San’at saroyi” majmuasi old maydonida soat 19:30 da yulduzli konsert dasturini taqdim etadi.
☝️ Ma’lumot uchun, konsert dasturi tomoshasiga kirish mutlaqo bepul!
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📊 Surxondaryoning meva-sabzavot eksportida yetakchi davlatlar beshligi
Vohamizda joriy yilning yanvar-aprel oylari davomida 96,5 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan.
🏢 Viloyat statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari beshtaligidan quydagi davlatlar o‘rin olgan;
🇵🇰Pokiston 48,0 foiz;
🇷🇺Rossiya Federatsiyasi 41,0 foiz;
🇦🇫Afg‘oniston 5,5 foiz;
🇰🇿Qozog‘iston 1,3 foiz;
🇧🇾Belarus 1,0 foiz.
Ma’lumot uchun, ushbu davr mobaynida 42,2 ming dollar qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 27,0 foizga oshgan.
Foto: Rossiyaning "LETO" kompaniyasi tomonidan Termiz tumanida tashkil etilgan logistika markazida meva-sabzavotlarni eksportga tayyorlash jarayoni
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Rasman: 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanba kuni nishonlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | “Termiz -Urumchi savdo uyi” ish boshladi
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ikki davlat yetakchilarining siyosiy irodasi bilan keyingi yillarda O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik rishtalari, strategik sheriklik munosabatlari yangi bosqichda rivojlanmoqda.
Termiz va Urumchida tashkil etilgan savdo uylari ham hududlarning hamkorlik munosabatlarini, iqtisodiy-madaniy aloqalarini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/606476
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo va Novosibirsk o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk viloyati gubernatori Andrey Travnikov bilan videokonfrensaloqa shaklida onlayn muloqot o‘tkazdi. Unda ikki viloyat hududlari rahbarlari ham ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida hududlar ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, yetkazib berish, tog‘-kon, yengil sanoat, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi o‘ndan ortiq yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligi ta’kidlandi.
Muloqot yakunida mutasaddi vakillar va malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda qo‘shma dastur va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish hamda yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
#Surxondaryo #Novosibirsk #muloqot #hamkorlik
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Boshqaruv servis kompaniyalariga berilgan soliq imtiyozi, arzon kredit ajratilgani, eski qarzlar “muzlatilgani” hisobiga ular oyoqqa turayotgani, natijada yil boshidan 2 ming 100 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanib, 1 millionga yaqin daraxt va gul ko‘chatlari ekilgani ta’kidlandi.
Bu borada Andijon, Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lgani qayd etildi.
〰️〰️〰️
Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.
〰️〰️〰️
Uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boshqaruv kompaniyasi – kommunal tashkilot va pudratchi” zanjirini yaratish topshirildi.
Ko‘p qavatli uylar seysmo-konstruksiyasiga noqonuniy o‘zgartirish kiritish holatlari kuzatilayotgani, yangi ko‘p qavatli uylarda bino cho‘kishi, undagi yoriqlar, sho‘rlanish va sifat bo‘yicha aholidan e’tirozlar bo‘layotgani qayd etildi.
Uylar xavfsizligi va infratuzilma sifati bo‘yicha pudratchilar majburiyati bajarilishini qat’iy nazoratga olish, konstruksiyani noqonuniy o‘zgartirish holatlarini erta aniqlash tizimi joriy qilinishi belgilandi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahrida 300 o‘rinli tibbiyot klasteri qurilishi, Termiz va Angor tumanlarida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda Jarqo‘rg‘on tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2112
#Surxondaryo #tibbiyotklaster #mahalla #turarjoylar
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Termiz shahrida “Termiz-Urumchi savdo uyi” ochildi
Savdo uyi ikki hudud o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarining uzviy davomi bo‘lib, bu yerda Xitoyda ishlab chiqarilgan jihoz va uskunlarni keltirish, mutaxassislarni jalb qilib, o‘rnatish va ishlatish, shuningdek, logistika va transport xizmatlaridan foydalanishda ko‘maklashish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Bu esa vohalik tadbirkorlarga bir qancha qulayliklarni yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil aprel oyida Urumchi shahrida “Surxondaryo-Urumchi” savdo uyi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.
Tadbirkorlar Termiz shahridagi savdo uyi bilan quyidagi aloqa kanallari orqali bog‘lanishlari mumkin:
Telegram: +99850-507-10-30
Wechat: 13899804019
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
❗️Surxondaryoda yer silkinishi sodir bo‘ldi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 7:52 da episentri Surxondaryo viloyati Uzun tumanida joylashgan, 10 km chuqurlikda magnitudasi 3,4 ball bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi.
Hududga sezilish kuchi 2-3 ballni tashkil etdi.
Shuningdek, bugun soat 08:14 da Tojikistonda sodir bo'lgan 4,9 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyatining 12 ta hududida 2 ball bilan qayd etildi.
Ayni vaqtga qadar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hududiy bo‘limlaridagi navbatchilik shtablariga biror talofat haqida ma’lumot hamda murojaatlar kelib tushmagan.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📹 Sherobodga tashrif: Qo‘riqxona va oromgohlar faoliyati hamda ekoturizm loyihalari taqdimoti bilan tanishildi
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov sektor rahbarlari va mutasaddilar bilan Sherobod tumanida “Surxon” qo‘riqxonasi faoliyati, hududdagi “Beshbuloq” va “Neftchi” bolalar oromgohlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, viloyat rahbariga tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Sholqon turizm kompleksi hamda ekoturizm loyihalari taqdimot qilindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2111
#Surxondaryo #Surxonqoriqxona #oromgoh #ekoturizm #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Surxondaryoda 3 ta tuman g‘allakorlari mamlakatimizda birinchi bo‘lib belgilangan rejani bajardi
Joriy yil hosili uchun Muzrabotda 10 700, Bandixonda 4 688 va Termiz tumanida 2 900 gektar maydonda mahalliy iqlim va tuproq sharoitiga mos, ertapishar va serhosil navli urug‘lar ekildi. Ekinlar zamonaviy texnologiyalar asosida parvarish qilinishi samarasida kutilgan hosil yetishtirildi.
Hosilni qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish ishlari oqilona tashkil etilishi natijasida bugun, 9-iyun holatiga reja mamlakatimizda birinchi bo‘lib ortig‘i bilan bajarildi.
O‘rib olingan maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 80-90 sentnerni tashkil etgani holda, ilg‘or fermer xo‘jaliklari tomonidan bir gektar g‘alla maydonidan 100 sentnergacha hosil olinishiga erishildi. Ko‘tarilgan xirmonga tumanlarda faoliyat yuritayotgan klasterlar va fermer xo‘jaliklari birdek katta hissa qo‘shdi.
Viloyat bo‘ylab qolgan maydonlardagi hosilni yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugungi hududlarga tashrifi davomida Sariosiyo tumanida joylashgan “Uzun” davlat o‘rmon xo‘jaligida vohalik tadbirkorlarning eko-turizm loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Tadbirkorlar asosan “Surxon” davlat qo‘riqxonasi, “Yuqori To‘palang” va “Bobotog‘” milliy tabiat bog‘lari, “Uzun” va “Bobotog‘” o‘rmon xo‘jaliklarida, shuningdek, suv omborlari, daryo va soylar bo‘yida eko-turizm manzillarini tashkil etish, mahalliy va xorijlik turistlarning hordiq chiqarishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi loyihalarini taqdimot qilishdi.
Taqdimotdan keyin viloyat rahbari turizm yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning mavjud muammolari hamda yangi tashabbuslarini tingladi. Mas’ullarga tadbirkorlar bilan manzilli ishlab, muammolarini hal etishga ko‘maklashish, yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida asalarichilik, ko‘chatchilik, dorivor o‘simliklar yetishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi.
#Surxondaryo #ekoturizm #loyihalar #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qumqo‘rg‘on tumanida og‘ir hudud sifatida tanlab olingan Yangihayot mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi xonadonlarida “Sayxunobod tajribasi” asosida yo‘lga qo‘yilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda uning shahar va tumanlar bo‘limlari boshliqlari tomonidan har bir hududda tanlab olingan “qizil” toifadagi mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, kelgusidagi vazifalar taqdimot qilindi.
Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2109
#Surxondaryo #mahallalar #aholibandligi #taqdimot
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
📢 Sherobod tumani aholisi diqqatiga!
📆 Bugun, 8-iyun kuni soat 20:30 dan boshlab, Surxondaryo telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Sherobod tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin.
☎️ Murojaat uchun telefonlar:
(76) 223-54-58;
(76) 223-54-67
📲 Telegram:
(99) 482-00-77
📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
Bugun Termiz shahridagi "Surxon arena" sport majmuasida qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasining final bahslariga start berildi.
Musobaqaning final bosqichi ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, sportchilarga omadlar tiladi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlarining Qo‘l jangi federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Osiyo qo‘l jangi federatsiyasi prezidenti Baxtiyor Mirzaqulov Surxondaryoda qo‘l jangi sport turini rivojlantirishdagi hissasi uchun viloyat hokimi hamda Milliy gvardiya va DXX viloyat boshqarmasi boshliqlari, shuningdek, Termiz shahar hokimiga tashakkurnomalarni tantanali topshirdi.
Bugungi final bahslarida 18-23 yoshlilar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida g‘oliblar aniqlandi. Final musobaqalari ertaga ham davom etadi hamda yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida g‘oliblar aniqlanadi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi ham ertaga o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa g‘oliblari joriy yilda Buxoro shahrida bo‘lib o‘tadigan Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X
UzA | Fransuzlar Surxondaryoda dor va kanat yo‘li qurishi mumkin
Surxondaryo viloyatining xushmanzara Boysun va Sariosiyo tumanlarida Fransiyaning “MND” kompaniyasi dor va kanat yo‘li qurishga qiziqish bildirmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov kompaniyaning Osiyo, Turkiya va Bolqon mintaqalari bo‘yicha koordinatori Orxan Shirinni qabul qilib, go‘zal tabiat manzaralariga boy tog‘li hududlarning ekoturizm salohiyati, ekstremal turizmni rivojlantirish imkoniyatlari, turizm yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilishi mo‘ljallanayotgan loyihalar xususida atroflicha ma’lumot berdi.
Mehmonlar viloyatning Sariosiyo va Boysun tumanlari tog‘li hududlarida dor va kanat yo‘li qurish taklifini ilgari surdi. Kompaniya amalga oshirgan loyihalar, qurilgan dor yo‘llari, osma ko‘priklar taqdimot qilindi.
Batafsil: https://uza.uz/posts/605755
Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | X