axborot_xizmati | Неотсортированное

Telegram-канал axborot_xizmati - Surxondaryo viloyati hokimligi

11159

Surxondaryo viloyati hokimining rasmiy axborot kanali Web site: http://surxondaryo.uz/ Facebook: https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz @surxondaryouz_bot

Подписаться на канал

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq va Bandixon tumanlarida viloyat Ishchi guruhining g‘alla hamda g‘o‘za parvarishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan o‘tkazgan o‘rganishlari natijalarini muhokama qildi.

Xususan, g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish, g‘allani parvarishlash tadbirlarining borishi tanqidiy muhokama qilinib, sektorlar va soha rahbarlariga qator vazifalar belgilab berildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2012

#Surxondaryo #paxta #galla #muhokama

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Surxondaryoda yirik zamonaviy majmua ish boshladi

Angor tumanida 2 ming 200 kishining bandligini ta’minlaydigan yirik majmua foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda keyingi yillarda mamlakatimizda hududlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanib, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyotimizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Tumanda bunyod etilgan yirik majmua ham hududni ijtimoiy-iqtisodiy yuksaltirishda muhim o‘rin tutishi qayd etildi.


Batafsil: https://uza.uz/posts/591258

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#OAV
O'zbekiston 24 | «Sayxunobod tajribasi»: Aholi bandligini ta'minlashda yerdan unumli foydalanish

Surxondaryo viloyatida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar Termiz tumani misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot va Sherobod tumanlarida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi ishlarining borishi yuzasidan viloyat ishchi guruhining o‘rganish natijalarini mutasaddilar bilan tanqidiy muhokama qildi.

Tuman sektor rahbarlari hamda soha mutasaddilariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, dalalarda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish topshirildi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2010

#Surxondaryo #agrotexniktadbirlar #muhokama #paxta

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov va viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Surxondaryo viloyatida “Sayxunobod tajribasi”ni joriy etish yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, aholining tomorqadan samarali foydalanishi, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa uy sharoitida daromad olish mumkin bo‘lgan loyihalar uchun kredit paketlari bilan ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Seminar avvalida mehmonlar “Tinchlik yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi” faoliyati, bu yerda yoshlarga o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2008

#Surxondaryo #seminar #Sayxunobodtajribasi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: “Paxtaning mo‘l hosili, mexanizatorlarimizning sifatli va samarali ishiga bog‘liq”

Kecha viloyat hokimi Oltinsoy tumanida bo‘lib, g‘o‘za parvarishi, agrotexnik tadbirlarning borishi, o‘quv markazi va mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati hamda chorvachilik kompleksi loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bir kilometrdan suv tortib kelib 36 gektar bog‘ yaratgan nuroniyga minnatdorchilik bildirdi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimining ko‘rsatmasi bilan hududlarda chiqindilarni yig‘ish, olib chiqish ishlarini tashkil etish holati OAV vakillari ishtirokida o‘rganildi.

Chiqindilarning o‘z vaqtida va to‘liq olib chiqilishi o‘zimizga ham bog‘liq masala ekanligini unutmagan holda sanitar xodimlarning mehnati va vaqtini qadrlab, chiqindi yig‘ish joylari hamda uskunalarini maxsus texnikalar uchun qulay joylarga joylashtirishimiz lozim.

Shu o‘rinda, vohadoshlarimizdan chiqindi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab, mahalla va ko‘chalarimizning obodligiga hissa qo‘shishlarini so‘raymiz!

Ishchi guruh tomonidan hududlarda o'rganish ishlari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

G‘alaba teng durrang: Vohadoshlarimiz peshqadamlardan biri bilan mardona to‘p surdi

O‘zbekiston kubogi 2-turida Surxondaryo viloyati futbolchilaridan tarkib topgan “Qiziriq” futbol klubi navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi.

Futbolchilarimiz o‘zbek futbolida o'z nomiga ega bo'lgan jamoalardan biri bo‘lgan “Bunyodkor” futbol klubi bilan maydonga chiqishdi.

Murosasiz kechgan bahsda vohadoshlarimiz poytaxt jamoasiga munosib qarshilik ko‘rsatib, yakunda 1:1 hisobi bilan durrang natija qayd etishdi.

Jamoamiz goliga super zarba bilan Nurmuhammad Namozov mualliflik qildi.

"Qiziriq" futbol klubi va muxlislarini g‘alaba bilan muborakbod etib, keyingi o'yinlarda omadlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

#boysun_bahori

"Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga 10 kun qoldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏖 Festivalga keling va maroqli hordiq oling

Joriy yil 1-7-may kunlari Boysun tumanida YUNESKO shafeligida o‘tkaziladigan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasida qiziqarli tomoshalar bilan birga maroqli xordiq chiqarishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

⛺️ Festivalga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy turistlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Boysun tumanining tog‘ yonbag‘irlaridagi so‘lim maskanlarda o‘tov uylari, piknik zonalar, tabiat qo‘ynida kafelar, ochiq osmon ostidagi umumiy ovqatlanish joylari tashkil etildi.

🏍 Shuningdek, kvadratsikl va havo sharlarida yanada maroqli sayohat taklif etiladi.

Ushbu maskanlarda dam olishingiz hamda tabiat go‘zalliklaridan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

📍Manzillar: Geolokatsiya

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

“Boysun bahori”ga tayyorgarlik jarayonlari yakuniy bosqichda olib borilmoqda

Joriy yilning 1-7-may kunlari Boysun tumanida bo‘lib o‘tadigan “Boysun bahori“ xalqaro folklor festivaliga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumaniga tashrifi davomida Bibishirin mahallasida joylashgan turizm kompleksida yakuniy bosqichda olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi. Hozirda hududlar povilonlari hamda qo‘rg‘onlari milliy ko‘rinishda bezatilmoqda.

Viloyat rahbari amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi. Ishlarni tez kunlarda yakunlab, festivalning badiiy qismining yakuniy tayyorgarligini asosiy va mobil sahnalarda taqdimot qilish topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda fuqarolarning murojaatlarini tinglash va hal etish samaradorligini oshirish, ularning uzoq yo‘l bosib, sarson bo‘lishlarini oldini olish maqsadida shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi onlayn qabulini o‘tkazdi.

Viloyat rahbari Boysun tumani hokimligi studiyasi orqali fuqarolarning davolanish, uy-joy olish yoki qurish uchun subsidiya olish, yo‘llarni ta’mirlash, ishga joylashish, o‘zini o‘zi band qilish uchun jihoz ajratish, elektr energiya va ichimlik suvi ta’minoti, kadastr, maktab va maktabgacha ta’lim tizimidagi muammolar hamda boshqa masalalardagi murojaatlari mas’ullar ishtirokida tinglandi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2006

#Surxondaryo #onlaynqabul #murojaat #ijro #yechim

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Tatariston delegatsiyasi yana Surxondaryoda

Joriy yilning mart oyida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Surxondaryo viloyatida bo‘lib, voha hayoti, iqtisodiy-investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishgani va ikki tomonlama manfaatli qator hamkorlik shartnomalari imzolangani haqida xabar bergan edik.

Bu safar Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiya a’zolari janubdagi vohada viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi Surxondaryo delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga safari va Rustam Minnixanov rahbarligidagi delegatsiyaning Surxon vohasidagi uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama etish uchun Termizga keldi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/590733

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📷 Said-Otaliq madrasasi

Denov tumanida joylashgan ushbu qadimiy madrasa XVI asrda qurilgan bo‘lib, qariyb XIX asrning oxirigacha faoliyat yuritgan. U yerda Qur’on ilmi o‘qitilgan, ma’ruzalar yangragan va bir necha yuz yillar davomida ibodatlar qilingan.

Bugungi kunga kelib madrasa bir qancha restavratsiyalarni boshdan kechirgan, ammo buyukligini yo‘qotmagan. Bunga o‘zingiz ishonch hosil qiling — madrasaga kelib, Surxondaryoni o'zingiz uchun kashf qiling.

🔗 Batafsil www.surkhan.travel saytida tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Tatariston delegatsiyasi tashrifi: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportidagi navbatdagi qadamlar

Bugun viloyatimizga tashrif buyurgan Tatariston delegatsiyasi uchun madaniy tadbir tashkil etildi. Vohamizga xos milliy kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shundan so‘ng, Termiz muhandislik texnologiya institutida qardosh xalq delegatsiyasiga viloyatning investitsion salohiyati, tog‘-kon sanoatidagi imkoniyatlari hamda ikki tomon rasmiylari uchrashuvida erishilgan loyihalarni amalga oshirilishi yuzasidan taqdimotlar qilindi.

Delegatsiya a’zolariga Termiz arxeologiya muzeyidagi vohamizning eng qadimgi tosh davridan XX asrgacha bo‘lgan tarixidan so‘zlovchi eksponatlar tanishtirildi hamda ularga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tashrif dasturiga muvofiq Angor tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish jarayonlari bilan tanishildi. Aholi xonadonlarida ham bo‘linib, yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan Tatariston Respublikasi delegatsiyasining viloyatimizga tashrifi yakunlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Xabar berganimizdek, vohamizning “Qiziriq” futbol klubi joriy yilda O‘zbekiston kubogi va UzPFLning 1-ligasida debyutant sifatida ishtirok etishmoqda. Vakillarimiz O‘zbekiston kubogining 2-turida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi bilan durrang o‘ynab, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Qiziriq tumaniga tashrifi avvalida “Qiziriq” futbol klubi o‘yinchilari va murrabbiylari bilan uchrashdi. Viloyat rahbari vohamizda ommaviy sport, xususan, futbolni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasini ko‘rsatib berayotgan sportchilarga omadlar tiladi.

Shuningdek, mutasaddilarga futbol klubi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, sportchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha vazifalar topshirildi.

#Surxondaryo #futbol #QiziriqFC #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

📑 Davlat  tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashda ishtirok eting!

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-sonli qaroriga asosan, joriy yil mart-aprel oylarida “E-anticor.uz” elektron platformasida davlat tashkilotlar tomonidan o‘z faoliyatidagi funksiyalarda korrupsiyaviy xavflarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

📁 Unga ko‘ra, 7 mingdan ortiq funksiyalarda korrupsiyaviy xavflar “yuqori”,  “o‘rta” va “past” darajalarda baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestr loyihasi shakllantirildi.

Keng jamoatchilik ushbu havola orqali davlat tashkilotlari tomonidan funksiyalardagi korrupsiyaviy xavflar qay darajada xolis baholanganligi,  qanchalik samarali va manzilli choralar belgilanganligi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini onlayn rejimda yuborish imkoniga ega.

➖➖➖
❗️Eslatma: Agarda korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 2-uchastka (Xalqobod MFY, Zartepa MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani hokimligi: Qishloq va suv хo'jaligi masalalari bo'yicha majmuasi Bosh mutaхassisi;

▪️ Sherobod tumani hokimligi: Bosh hisobchisi;

▪️ Sariosiyo tumani hokimligi: Raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri;

▪️ Termiz shahar hokimligi: Hokim yordamchisi;

▪️ Uzun tumani hokimligi: Hokimning chegara masalalari bo'yicha yordamchisi;

▪️ Uzun tumani hokimligi: “Nurafshon” mahallasida hokim yordamchisi;

▪️ Uzun tumani hokimligi: “Serharakat” mahallasida hokim yordamchisi;

▪️ Jarqo'rg'on tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 12-hudud 1-uchastka (Qorayontoq MFY, Mehnat roxat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Oltinsoy tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 10-hudud 1-uchastka (To‘xtamish MFY, Qo‘sharcha MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Uzun tumani bo'linmasi: boshlig'i;

▪️ Muzrabot tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 4-hudud 1-uchastka (Madaniyat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 6-hudud 1-uchastka (Bog‘bonlar yurti MFY, Buyuk kelajak MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 8-hudud 1-uchastka (Sherobod MFY, Istiqbol MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 4-hudud 2-uchastka (Gulchinor MFY, Mehnatobod MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Sherobod tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 1-uchastka (Chuqurko‘l MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 2-hudud 1-uchastka (Navro‘z MFY, Gilambob MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

▪️ Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 1-uchastka (Etimqum MFY, Yangi kent MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim.

❗️Arizalar 24.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📞 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Angor tumanida “Angor index” MChJ tomonidan qiymati 174 mlrd so‘m bo‘lgan loyiha doirasida 704 ta savdo do‘konlari, omborxona, qurilish va hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish maydonlari, 850 o‘rinli avtoturargohni o‘z ichiga olgan majmua qurilib, bugun foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. 2 200 ta ish o‘rni yaratilishi maqsad qilingan ushbu majmua tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga hamda aholi bandligini ta’minlashga katta hissa qo‘shishi qayd etildi.

Viloyat rahbari Angor tumaniga tashrifi davomida “Zang Gilambob” mahallasidagi xizmat ko‘rsatish markazi hamda “Sayxunobod tajribasi” asosida aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2009

#Surxondaryo #Angorindex #savdokompleks #xizmatkorsatish

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🇺🇿 "Boysun bahori" xalqaro folklor festivaliga marhamat!

Festival joriy yilning 1-7 may kunlari Boysun tumani "Bibishirin" mahallasida joylashgan turizm kompleksida bo‘lib o‘tadi.
〰️〰️〰️

🇷🇺 Добро пожаловать на Международный фольклорный фестиваль «Бойсун бахори»!

Фестиваль пройдет 1-7 мая текущего года на территории туристического комплекса, расположенного в махалле «Бибиширин» Байсунского района.
〰️〰️〰️

🇬🇧 Welcome to the International Folklore Festival "Boysun bahori"!

The festival will be held on May 1-7 of this year at the tourist complex located in "Bibishirin"street of Boysun district.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

UzA | Kitobxonlik bayrami boshlandi

Bugun erta tongdan Termiz davlat universiteti axborot-kutubxona markazining ochiq maydonida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi” tadbirlari ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Viloyat kitobsevarlari bayrami mamlakatimizda o‘tkazilayotgan IV respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, Termiz davlat universiteti, Adib Sobir Termiziy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi va boshqa tashkilot, muassasalar hamkorligida tashkil etildi.

Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/591043

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida bo‘lib, g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari, innovatsion o‘quv markazi, mebel ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Viloyat rahbariga zamonaviy naslchilik kompleksi, yomg‘irlatib sug‘orish tizimi va sutni qayta ishlash loyihasi taqdimot qilindi.

Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2007

#Surxondaryo #innovatsiya #paxta #mebel #loyiha #taqdimot

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Maxtumquli Firog‘iy – do‘stlik kuychisi

Termiz davlat universitetida Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “Maxtumquli Firog‘iy - do‘stlik kuychisi” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Batafsil UzA'da: https://uza.uz/posts/590832

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Ulug‘bek Qosimov: "Farzandlar ta’lim-tarbiyasiga bugun e’tibor qaratmasak ertaga kech bo‘ladi. Bugungi e’tiborsizligimiz 20 yildan keyin yomonlik bo‘lib oldimizdan chiqishi mumkin!"

Surxondaryo viloyati hokimi Denov tumaniga tashrifi davomida ta’lim sohasi mutasaddilari, maktab direktorlari hamda ota-onalar bilan o‘tkazgan uchrashuvida farzandlar ta’lim-tarbiyasiga investitsiya kiritish, ularning o‘qishi, ilm o‘rganishi uchun sharoitlar yaratish haqida to‘xtaldi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Muzrabot tumanida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumani "Yangi avlod" hududida joylashgan "Ashur Jalil" fermer xo‘jaligi paxta dalasida g‘o‘zaga agrotexnik ishlov berish tadbirlari bilan tanishib, klaster hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mexanizatorlar hamda suvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Gʻo‘za qator oralariga ishlov berish, yagonalash ishlarini kechiktirmasdan o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi ta’kidlanib, bu borada ishlar sifatli tashkil etilmayotganligi tanqid qilindi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Tuman sektor rahbarlari hamda mutasaddilarga kultivatsiya va chopiqlash hamda yagonalash ishlarini bosqichma bosqich amalga oshirish, bunda zarur texnikalarni safarbar qilish vazifasi topshirildi.

Uchrashuv yakunida mexanizator va suvchilarga viloyat hokimligi sovg‘alari topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

🏨 Surxondaryoda mehmonxona qurgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (18.04.2024-y. № 218-son) qabul qildi.

Unga muvofiq:

2024-yil 1-maydan 2026-yil 31-dekabrga qadar Surxondaryo viloyatida investorlar tomonidan yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash (rekonstruksiya qilish bundan mustasno) xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi;

➖subsidiya belgilangan muddatda muvofiqlik sertifikati berilgan yangi tashkil etilgan mehmonxona uchun uning toifasi va xonalar sonidan qat’i nazar ajratiladi;

➖subsidiya O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmagan, shuningdek, bankrotlik va tugatish jarayonida bo‘lmagan investorlarga ajratiladi.

Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

💰 toifasiz mehmonxonadagi har bir xona uchun - 15 mln so‘m;

💰 1 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 20 mln so‘m;

💰 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonadagi har bir xona uchun - 25 mln so‘m;

💰 3 yoki 5 yulduzli toifaga ega mehmonxona uchun - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm yo‘nalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 27-iyuldagi PQ-238-son qarorida belgilangan miqdorlarda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Sherobod va Muzrabot tumanida "Sayxunobod tajribasi"ni joriy etish ishlari, bozor va chorva kompleksi faoliyati bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

🔹 Termiz tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: Veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazorati bo'yicha mutaхassisi;

🔹 Sho'rchi tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 7-hudud 1-uchastka (Qoraariq MFY, Oynako‘l MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Sho'rchi tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 5-hudud 1-uchastka (Yalti MFY, Olatemir MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Sho'rchi tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 3-hudud 1-uchastka (Oliyhimmat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Termiz shahar hokimligi: “Alpomish” mahallasida hokim yordamchisi;

🔹 Denov tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy to'lovlar sho'basi mudiri;

🔹 Termiz tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy to'lovlar sho'basi mudiri;

🔹 Termiz tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: Ijtimoiy to'lovlar sho'basi bosh mutaхassisi;

🔹 Surxondaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi: Bosh arхitektori;

🔹 Angor tumani soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;

🔹 Qiziriq tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 2-hudud 2-uchastka (Tinchlik MFY, Istiqlol MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Bandixon tumani hokimligi: Aхborot хizmati rahbari;

🔹 Muzrabot tumani “Inson” ijtimoiy хizmatlar markazi: 9-hudud 2-uchastka (Chegarachi MFY, Mohiyat MFY) mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

🔹 Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi: Bosh buхgalteri;

🔹 Boysun tumani soliq inspeksiyasi: Soliq nazorati sho'basi boshlig'i;

❗️Arizalar 23.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Termiz shahri "Manguzar" mahallasida "Sayxunobod tajribasi" asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimi Tatariston delegatsiyasini qabul qildi

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov amaliy tashrif bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib turgan Tatariston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Oleg Korobchenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv “Termiz xalqaro savdo markazi”da o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yangi bosqichda rivojlantirish, avvalgi tashriflarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, yangi loyihalar ustida ishlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Ikki tomonlama tuzilgan bitim va shartnomalarni bosiqma-bosqich amalga oshirib borishga kelishilib olindi.

Shundan so‘ng, mehmonlar “Termiz xalqaro savdo markazi”da amalga oshirilayotgan loyihalar, yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishtirildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va zargarlik mahsulotlari shourumlari ko‘zdan kechirildi.

Tatariston delegatsiyasining viloyatimizga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | surxondaryo_pressa">YouTube | Web-site | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал