asaxiybooks | Неотсортированное

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

23473

Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001

Подписаться на канал

Asaxiy Books

Har chorshanbani kitobli kunga aylantiramiz!

Dilbar Haydarova barchani kitob klubiga taklif qiladi. 1-martdan yangi formatdagi kitob klubiga start berilyapti.

Oylik dasturda sizni nimalar kutyapti?

1-chorshanba: Kitob va muallif haqida qisqacha ma'lumot. Mulohazalar va taqrizlar.

2-chorshanba: Zoom uchrashuvi. Kitob o'qish jarayonida yuzaga kelgan savollar va qiyinchiliklarga yechimlar.

3-chorshanba: Kitob haqidagi qo'shimcha video materiallar (podkast, film).

4- chorshanba: Zoom muhokamasi. Klub a'zolari bilan fikr almashish, bahslar va xulosalar.

Mart oyi uchun Nitshening "Zardusht tavallosi" asarini tanlandi. Ko'plab bahslarga sabab bo'lgan, ammo hamma ham o’qib ulgurmagan kitobni klubda birgalikda mutolaa qilishga chorlaymiz.

Klubga a’zolik pulli!
Oylik obuna: 100,000 so’m
Yillik obuna: 1,000,000 so’m

Batafsil ma’lumot uchun: @adabUZ

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ёқуб Умарўғли: Ўн доллар

#янгилик

Турк дунёси адабиётининг ёрқин вакили - Ёқуб Умароғли адиб, олим ва жамоат арбоби ҳисобланади. Турк тилида ижод қилган бу ёзувчининг асарлари миллий ва умуминсоний қадриятларни ўзида акс эттиради.

"Ўн доллар" деб номланган ушбу китобга муаллифнинг "Кечки сайр", "Икки чинор", "Қанд" каби ўндан ортиқ ҳикоялари киритилган. Ушбу ҳикоялар сизни тафаккурга ва инсоний кечинмаларни яхшироқ англашга чорлайди.

Муқова: қаттиқ
Нашриёт: Адабиёт
Нарх: 49 000 сўм
Саҳифа: 128 бет

Буюртма бериш учун: asaxiy.uz/u/67bff14d15693

Читать полностью…

Asaxiy Books

15 yoshli qiz "autizm"ga chalingan qiz haqida rus tilida kitob yozgan. O'qib maza qildim. Rus tilida matnni man baholaganim xato.
Har ehtimolga qarshi Moskvadagi nashriyotga ham jo'natdim. 3 kunda redaktori chiqib ularga berishni, ruslar chiqarishini so'radi.
Asaxiyda chiqarishimizni tushuntirdim. Kitob rus va o'zbek tillarida birdan chiqadigan bo'ldi.

Tabriklasanglar bo'ladi, "Qo'rqma"dan beri birinchi marta Asaxiyda O'zbekistonlik yozuvchi kitobi chiqadigan bo'ldi.

#kitob
@allaevuzb

Читать полностью…

Asaxiy Books

Muqaddas Ramazon oyi yaqin 🌙

Eng kutilgan va tayyorgarlik ko‘rilgan Ramazon oyiga ham oz qoldi. Sizga qulay bo‘lishi uchun Ramazon taqvimini tayyorladik, saqlab oling va Muborak oyda foydalaning.

Ramazon oyining boshlanishi oy ko‘rinishiga qarab bir kunga farq qilishi mumkin.

Ramazon oyi qalbingizga xotirjamlik, hayotingizga mazmun olib kelishini tilaymiz!

Читать полностью…

Asaxiy Books

Barcha hayvonlar tengdir. Ammo ba’zi hayvonlar boshqalarga qaraganda tengroq.


"Molxona" kitobining o‘zbek tilidagi nashri 6 yoshda!

Bugun o‘zi kichik, ma’nosi katta bo‘lgan "Molxona" kitobi ilk bora chop etilgan kun. 2019-yilda o‘zbek tilida premyera qilingan bu kitob doimiy bestsellerlardan biri bo‘lib kelmoqda.

Siz kitobni o‘qiganmisiz? Fikrlaringiz bilan izohlarda bo‘lishing👇

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Talaba" – faqat ta’lim yoki o‘qish haqida emas

Birburchak blogi muallifi Muhiddin Nido tomonidan "Talaba" kitobi uchun video tayyorlanibdi. Tara Vestoverning memuar asari haqida bookbloger fikrlari bilan tanishing.

Videoni tomosha qilish: https://youtu.be/XAS6J6xeDdo?si=-K0FfpcMKuiQwhGl

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan haftaning Top 5 kitoblari

🔝 Hafta davomida eng ko‘p xarid qilingan kitoblar ro‘yxati bilan tanishamiz:

1-o‘rin: Anomaliya - 99 000 so‘m 60 000 so‘m
2-o‘rin: Samaradorlikning 21 yo'li - 35 000 so‘m
3-o‘rin: Muqaddima - 99 000 so‘m
4-o‘rin: Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv - 169 000 so‘m
5-o‘rin: Yashamoq - 79 000 so‘m

📌 Reyting hafta davomida Asaxiy orqali amalga oshirilgan onlayn va oflayn xarid raqamlari asosida shakllangan.

Qiziqarli inson bo‘lish uchun kuniga ikki mahal kitob o‘qish tavsiya etiladi

Читать полностью…

Asaxiy Books

✨Qalblarga yo‘l topuvchi asar✨

Hayotning eng oddiy haqiqatlari ko‘zga ko‘rinmaydi, faqat yurak bilan his etiladi...

Mutolaa qiling va har sahifasidan saboq oling: shahzodangiz

"Kichkina shahzoda" – bolalar uchun ertak emas, kattalar uchun hikmatdir

Читать полностью…

Asaxiy Books

Sog‘lom hayotga qaytaradigan muallifingiz Allen Karr haqida

#muallif

Allen Karr – millionlab insonlarga chekishni tashlashga yordam bergan mashhur britaniyalik yozuvchi. 1934-yilda Londonda tug‘ilgan. U uzoq yillar buxgalter bo‘lib ishlagan va kuniga 100 tagacha sigareta chekadigan inson bo‘lgan.

49 yoshida Allen chekishni tashlashning "oson yo‘l" usulini yaratdi va o‘zi foyda ko‘rgandan so‘ng bu haqida kitob yozdi. "Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li" nomli ushbu kitob 1985-yilda chop etilgan va dunyoning 50 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.

Allen Karr asosan, psixologik qaramlikdan xalos bo‘lishga undaydigan kitoblar yozadi. Uning asarlari odamlarni sigaret, alkogol, ortiqcha vazn, shakar iste’moli kabi zararli odatlardan voz kechishiga yordam beradi. "Oson yo‘l" uslubi qo‘rqitish yoki bosimga emas, balki "ongli qaror va psixologik erkinlik" tamoyillariga asoslangan.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Mening Ramazon jurnalim 💐

Bu jurnal Ramazon oyida ibodatlarni o‘z o‘rnida amalga oshirish va Muborak oydan katta manfaat ko‘rishingizga yordamchi bo‘ladi.

💫 Jurnal ichidan quyidagilarni topish mumkin:
- Saharlik va iftorlik duolari;
- Ro‘za tutilgan kunlar uchun jadval;
- Ibratli hikoya va kitobdan parchalar;
- Ehsonni belgilab borish uchun jadval;
- Salovat, istig‘for va iqtibos tarjimalari;
- Farz, taroveh, tahajjud namozlari eslatmalari;
- Qur’on tilovatini belgilab borish uchun eslatma.

O‘zingiz va yaqinlar uchun buyurtma qiling: asaxiy.uz/u/ramazon_jurnali

Читать полностью…

Asaxiy Books

💙 Asaxiy Plus obunasi qanday imkoniyatlar beradi?

Asaxiy Plus sizga:
Barcha buyurtmalarni bepul yetkazish;
Mingga yaqin elektron va audio kitoblarni tekinga o‘qish;
Asaxiy.uz saytidagi mahsulotlarga maxsus chegirma olish imkonini beradi.

Bir marta obuna bo‘lib, butun oy davomida qulayliklardan foydalanish mumkin.

Sinab ko‘ring: https://asaxiy.uz/page/plus

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ramazon kundaligi 🌸

Ramazon oyini munosib oʻtkazish va undan maksimal foydalanish uchun kundalik tutish yordam beradi. Muborak oyni samarali o‘tkazishingiz uchun shunday kundalikdan tavsiya qilamiz.

Bu Ramazon kundaligi zikrlar, maqsadlar, odatlar, ibodat va duolarni oʻziga jamlagan boʻlib, amallarni toʻliq bajarishingizga koʻmakchi boʻladi.

Bugunoq buyurtma bering, biz uygacha yetkazib beramiz 👉 asaxiy.uz/u/64156644191dd

Читать полностью…

Asaxiy Books

Anomaliya kitobi uchun ASMR 🫠

“Anomaliya”ning yumshoq muqovasi, sifatli qog‘ozining shitirlashi va yoqimli hidini his qiling.

15-martgacha chegirmada xarid qilishingiz mumkin, keyin narxi 99 000 so‘m: asaxiy.uz/u/anomaliya

Kafolat beramiz, o‘zbek tilida hali bunaqasini o‘qimagansiz.

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Yashamoq" yoqqan bo‘lsa, bunisi ham yoqadi!

"Yapon zobiti" kitobida Yutaro Todaning boshdan kechirgan turli og‘ir sinovlari tasvirlanadi. Mutolaa sizni iroda kuchi, sabr, moslashuvchanlik va taslim bo‘lmaslikka o‘rgatadi.

O‘qib ko‘ring va irodangizni sinovdan o‘tkazing: asaxiy.uz/u/yapon_zobiti

Читать полностью…

Asaxiy Books

O‘tgan haftaning Top 5 yulduzi bilan tanishamiz

1-o‘rin: Anomaliya - 99 000 so‘m 60 000 so‘m
2-o‘rin: Yuksaklik sari tasodif bo‘lmagan 100 ta uchrashuv - 169 000 so‘m
3-o‘rin: Muqaddima - 99 000 so‘m
4-o‘rin: Yashamoq - 79 000 so‘m (oldindan buyurtma)
5-o‘rin: Samaradorlikning 21 yo‘li - 35 000 so‘m

Top kitoblarning qay biri sizda bor? Izohlarda yozib qoldiring👇

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ertaga Ramazon 🥹

Biror yumush bilan band bo‘lib, hali Ramazon uchun kerakli narsalarni xarid qilmagan bo‘lsangiz bugun ayni vaqti. Muborak oy haqida kitoblar, kundalik va jurnallar, kalendarlar... barchasi sotuvda mavjud.

Karusel orqali rasmlarini ko‘ring, narxlarini esa bu yerda qoldiramiz: asaxiy.uz/u/67bf197a4e7db

Buyurtmangiz O‘zbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Xizmatimiz sizga qanchalik yoqadi? 💙

Qisqa so‘rovnomani to‘ldirib, o‘z fikringiz bilan bo‘lishing. Sizning baho va takliflaringiz Asaxiyni yanada yaxshilashga yordam beradi.

So‘rovnomani to‘ldirish: https://forms.gle/P9qEC2T9poHXc7k69

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ramazon kundaligini olmadim hali…


📈Ramazon kundaligi sizga samaradorlikni oshirish uchun yordam beradi. Bu orqali amallaringizni belgilab borish va o‘zingizni tahlil qilish osonlashadi.

Hali kundalik olmagan bo‘lsangiz assortimentni ko‘ring va saytning o‘zida buyurtma qoldiring: asaxiy.uz/u/67bf197a4e7db

Buyurtmangizni O‘zbekistonning eng chekka hududlariga ham yetkazib beramiz!

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ramazonda samaradorlik kaliti 🗝️

"Bir umrlik Ramazon" kundaligining ichki qismi bilan tanishing. Muborak oyni unumli o‘tkazish va har bir lahzasidan foydalanish uchun yordamchingizga buyurtma bering.

📒Kundaliklar: asaxiy.uz/u/ramazon_kundaligi

Siz Ramazonga tayyormisiz?

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bir umrlik Ramazon 🌿

Bu Ramazon kundaligi vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, kunni sarhisob qilish va ibodatlarni belgilash uchun yordamchingiz bo‘ladi. Kundalik faqat Ramazonni emas, balki butun umringizni Ramazondagi kabi samarali va xayrli o‘tkazishingizga ko‘maklashadi.

✨Kundaliklar faqat muqovasi bilan bir-biridan farqlanadi, qulaylik uchun lotin va kirill alifbolarida chop etilgan.

Bugunoq buyurtma bering, Ramazon kirgungacha yetkazib beramiz: asaxiy.uz/u/ramazon_kundaligi

Читать полностью…

Asaxiy Books

"Ushbu kitob dunyoda qiymat yaratish bo‘yicha mutlaqo yangi va tetiklantiruvchi g‘oyalarni taqdim etadi."
- Mark Sukerberg, Meta bosh direktori


Bugun "Noldan birga" kitobi o‘zbek tilida chop etilganiga 2 yil to‘ldi!

Bu kitob startaplar, innovatsiyalar va biznes dunyosida o‘z yo‘lini topishni istagan har bir kishi uchun haqiqiy qo‘llanma bo‘ladi. Kitobda mualliflar, Piter Til va Bleyk Masters, hayotiy tajribaga asoslanib, muvaffaqiyat siri noldan birga qanday o‘tishda ekanini ochib beradi.

Agar quyidagi savollar javobi qiziq bo‘lsa, kitob sizga mos keladi:
✅ Yangi biznesni qanday boshlash mumkin?
✅ Nima uchun raqobatdan qochish muhim?
✅ Innovatsiya va kreativ fikrlashni qanday rivojlantirish kerak?

Kitobni hali o‘qishga ulgurmagan bo‘lsangiz, hozir ayni vaqti. Faqat bugun 20% chegirma bilan xarid qilish mumkin: asaxiy.uz/u/noldan_birga

Читать полностью…

Asaxiy Books

Яшамоқ китоби #яна_сотувда

Ўғлимни тупроққа топширишим керак эди, бироқ ундан ажрала олмаётгандим. Ота-онамнинг қабрлари пойига чўкдим ва Ючинни бағримга босдим, уни ерга қўёлмаётгандим. Аста елкамга суядим, юзлари ҳам қотиб қолганди, худди елкамда бир парча муз тургандек гўё ....


Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Ҳузур
Нарх: 79 000 сўм
Саҳифа: 278 бет

Буюртма учун: asaxiy.uz/u/66920d346a59e

Читать полностью…

Asaxiy Books

Suhbat kunimiz yaqin🐁

Ertaga siz tanlagan "Eljernonga atalgan gullar" kitobi haqida audio-chat o‘tkazamiz. Suhbatda kitobni muhokama qilamiz va fikr-xulosalar bilan bo‘lishamiz.

Ajoyib suhbat bo‘ladi, davramizda sizni ham ko‘rishdan xursand bo‘lamiz 🤗

Sana: 23-fevral
Format: onlayn
Vaqt: 20:00

Faol bo‘lgan 3 ishtirokchi keyingi suhbat kitobini yutib olishlari mumkin.

Читать полностью…

Asaxiy Books

Izlagan kitoblaringiz Asaxiyda sotuvda!

O‘zbek va jahon adabiyotidan ko‘pgina kitoblar sotuvga keldi, bir nechtasi bilan tanishtiramiz:

Odamlar o‘ynaydigan o‘yinlar - 49 000 so‘m
Duo taqdirni o‘zgartiradi - 49 000 so‘m
Boburnoma - 49 000 so‘m
Yuksalish strategiyasi - 79 000 so‘m
Intizom kuchi - 59 000 so‘m
Psixologiya 101 - 75 000 so‘m
Daholar qanday ulg‘ayadi? - 49 000 so‘m
Kecha va kunduz - 39 000 so‘m

📌 Buyurtma va ma'lumot uchun kitob nomi ustiga bosing

Bu ro‘yxatdan qaysi kitobni o‘qishni istaysiz? Izohlarda yozib qoldiring 🤍

Читать полностью…

Asaxiy Books

Erve Le Tellyening "Anomaliya" kitobidan iqtibos

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

​​✍️Erve Le Tellye
📖”Anomaliya”


“Haqiqatlar – bu illyuziyalar bo‘lib, biz ularning illyuziya ekanligini unutganmiz.”


Tasavvur qiling, o’z dunyoyingizda hech qanday tashvishsiz tinchgina yashab yuribsiz, lekin kutilmaganda anomaliyaga duch keldingiz. Bu anomaliya sababli hayotingiz, qadriyatlaringiz va hatto o’zingizga bo’lgan ishonchga ham shubha bilan qarashni boshladingiz.
Agar hayotingizning aniq nusxasi bo’lsa, unda siz asl sizmisiz yoki boshqa versiyamisiz? Asl haqiqatni kim, qanday va nima yordamida ochib bera oladi? Agar hayotingizni boshidan yashash imkoniyati tug‘ilsa, o‘zingizni tanib olarmidingiz? Yoki… siz allaqachon kimdir belgilagan senariy bo‘yicha yashayotgan bo‘lishingiz mumkinmi? Sizning kimligingizni belgilab beruvchi qanday omillar mavjud? Shaxsiy haqiqatlaringizmi? Tanlovlaringizmi? Xotirangizmi?

Yozuvchi “Anomaliya”ning birinchi qismida sizni asardagi barcha qahramonlar bilan birma-bir tanishtiradi. Ularning barchasi turli xil jamiyatning odamlari. Biri yozuvchi, biri advokat, biri muhandis, yana biri esa yollanma qotil… Ularning o’rtasidagi umumiylik shundaki, hayotlari kutilmaganda ikkiga bo’linib qoladi. Anomaliyagacha bo’lgan hayot va anomaliyadan keyingi hayot. Ammo ularning qaysi biri haqiqiy hayot? Ikkala hayot ham asl nusxa bo’lsachi? Unda nima qilish kerak? Bu anomaliyaga ushbu odamlar qanday moslashadilar? Yozuvchi asar oxirisida har bir insonning anomaliyaga bo’lgan munosabati va moslashish jarayonini to’liq ochib beradi. Bu ayrimlar uchun azob-uqubatli jarayon bo’lsa, yana kimlardir uchun yengil jarayon sifatida qabul qilinadi. Xullas, “Anomaliya” insonlarning tasavvurlarini, o’ylarini shubha ostiga solib qo’yadi, ikkilantiradi.

“Anomaliya” ilmiy-fantastika, falsafiy tushunchalar, inson ruhiyati, detektiv-triller unsurlarini o’zida birlashtira olgan asar.

“Anomaliya” men uchun jumboqligicha qolmoqda, balkim bu kelajagimizga oid qo’rqinchli, tasavvur qilish qiyin bo’lgan bashoratdir, lekin nima bo’lgan taqdirda ham u butun asar davomida o’ziga tortadi, kelajak haqida o’ylashga majbur qiladi, bizning ham taqdirimiz anomaliyaga duch kelgan bo’lganida qanday yo’l tutgan bo’lar edik? Savollar turlicha, javoblar esa qo’rqinchli)

Yangicha uslubdagi asar o’qimoqchi bo’lsangiz “Anomaliya”ni tavsiya qilaman. U shunchaki o’qib ketiladigan detektiv-triller kitob emas, u shunchaki kelajakda ro’y berishi mumkin bo’lgan kashfiyotlar haqidagi ilmiy-fantastik asar ham emas, u o’zligimiz to’g’risida fikr yuritishga undaydigan haqiqat haqidagi asar!


Agar hayotdan, dunyodan, umuman, nimadan bo'lsa ham, iztirob chekmoqchi bo’lsangiz, buning uchun Parijdagi kafe ayvonidan yaxshi joy yo’q)


@doctorsmind📖

Читать полностью…

Asaxiy Books

Endi nashriyotimiz kitoblarini Yandex Books platformasida topish mumkin!

Asaxiy Books kitoblarining elektron va audio shakllari Yandex Books platformasiga joylandi. Platformadagi kitob javonimizdan jahon bestsellerlarining tarjimalari va zamonaviy adabiyotimiz durdonalarini topishingiz mumkin.

Bu yangilikni insonlarning dunyoqarashini o‘zgartirish missiyamizning bir qadami deb qabul qiling. Yurtimizda kitob o‘qishni ommalashtirish yo‘lida Yandex Books tufayli yanada ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘lgani bizni juda quvontirdi.

Yandex Books ilovasini yuklab oling va bugunoq mutolaani boshlang: asaxiy.uz/u/asaxiybooks_kitoblari

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ғиёсиддин Ҳабибуллоҳ, Фарруҳ Абдулкарим: Рамазон соғинчи

🌙 Китобда муаллифлар айнан Рамазон ойи ичида туриб, қалблари ва руҳиятларини бу муборак ойнинг шукуҳи эгаллаб турганида хотирларидан ўтган қалб кечинмаларини баён этганлар.

Ушбу рисола Рамазонда эътибордан четда қоладиган муҳим амаллар ҳақида маълумот беради ва ойнинг сирли жиҳатларини англашга йўл очади. Шу билан бирга, Рамазон ва рўзага оид муҳим саволларга жавоблар ва муборак ойни чиройли ўтказиш бўйича тавсияларни ўз ичига олади.

Муқова: қаттиқ
Нашриёт: Ҳилол нашр
Нарх: 29 000 сўм
Саҳифа: 192 бет

Буюртма учун ҳавола: asaxiy.uz/u/ramazon_soginchi

Буюртма Ўзбекистоннинг энг чекка ҳудудларига ҳам етказиб берилади 🚚

Читать полностью…

Asaxiy Books

📚“Mantiqiy xato” kitobi 1 yoshda!

Roppa-rosa bir yil oldin Bo Bennetning “Mantiqiy xato” kitobi ilk bor o‘zbek tilida nashr etilgan edi. Bugun esa kitob 1 yoshda!

Kitob hayotingizda ko‘proq mantiq bilan fikrlashga va kamroq xatolar qilishga yordam beradi. Aqlni charxlash, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va mantiqiy xatolardan qochishni istaganlarga tavsiya etiladi.

💥 Faqat bugun kitobning 1 yillik yubileyi munosabati bilan 15% chegirmada xarid qilishingiz mumkin!

Buyurtma uchun havola: asaxiy.uz/u/mantiqiy_xato

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kimdirlar uchun bir kun, kimdirlar uchun har kun bayram

Yaqinlarni va o‘zingizni bayramdan boshqa kunlarda ham xursand qilib turing. Bu munosabatlarni mustahkamlaydi va pozitiv kayfiyat beradi.

Siz qaysi sovg‘ani tanlaysiz?
Kitob - ❤️
Guldasta - 🔥
Kitobli guldasta - ❤️‍🔥

Читать полностью…
Подписаться на канал