Sevimli kitob do’koningiz💙 🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz. 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot / 71 200 01 05 • Do‘konlarimiz manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ • Hamkorlik va takliflar: @asaxiy_marketing • Ulgurji savdo: @NX_001
Bir qator telegram kanallarda biz va Xalq banki o‘rtasida qilingan shartnoma yuzasidan post chiqibdi. Postda shartnoma biroz xato talqin qilingan.
"Asaxiy Books" loyihasini 2018-yilda O‘zbekistonda kitob sohasini rivojlantirish uchun shakllantirganmiz. Afsuski, O‘zbekistonda kitob borasida biznes rentabil emas. Shu vaqtgacha loyihaga 35.8 milliard so‘mdan ortiq investitsiya kiritdik. Hozir postni o‘qiyotganlar orasida ham bu summaga ulushi qo‘shilganlar bor chunki ular qilgan har bir xarid loyihani rivojlantirishga ketgan.
Lekin, xususiy tadbirkorni ijtimoiy bir sohaga doim pul investitsiya qilish charchatadi. O‘tgan yili mana shunaqa og‘ir bir davrda Xalq banki bilan hamkorlik shartnomasi imzoladik va uni rasman e’lon qildik. Bu yil ham bank bilan hamkorligimiz davom etmoqda va bankning ko‘magi loyiga yashab qolib, rivojlanishiga katta hissa qo‘shmoqda. Bank ko‘magi mualliflik huquqlari to‘loviga, shuningdek kitoblar narxi keskin oshib ketmasligiga, undan tashqari nashriyotda bolalar va o‘zbek adabiyoti uchun yangi redaksiyalar ochilishiga sabab bo‘ldi. Hozirda bir kitobni nashrga tayyorlash ishlari bir necha yuz milliondan iborat bo‘lib, bank uning bir qismini bizga to‘lab beradi. Natijada 2023-24-yillarda kitoblar narxi keskin oshib ketishi oldi olindi, undan tashqari yangi kitoblar dastlabki ikki oy chegirmada sotilmoqda. Bankning ko‘magi bilvosita barcha aksiya va rivojlanishlarga ham sababdir.
Ijtimoiy muhim sohani qo‘llab-quvvatlaganligi, uning rivojiga hissa qo‘shayotganligi uchun Xalq bankiga minnatdorlik bildiramiz. Bugun qo‘rqmasdan bankni O‘zbekistonda ijtimoiy o‘ta muhim kitob sohasining asosiy hamkori deb o‘ylayman.
Hurmat bilan,
Firuz Allayev
Asaxiy kompaniyasi asoschisi.
@allaevuzb
Sizning ro‘yxatingiz ham shundaymi?)
Postni va ro‘yxatni kerakli odamlarga yuboring, o‘zlari tanlab-tanlab sovg‘a qilishadi🤭
@asaxiybooks
- Kitobxonlarga noutbuk kerakmi?
- Albatta, o‘qiyman, ishlayman, o‘yin o‘ynayman degan hammaga noutbuk kerak)
Yangi Yil Yarmarkasi 4-kun: Noutbuk xarid qiling, sichqoncha sovg‘a qilamiz
🎁 Bugun noutbuk xarid qilgan barcha mijozlarimizga sovg‘a sifatida sichqoncha qo‘shib beriladi. Buyurtma qoldiring va bir xarid bilan ikki texnikaga ega bo‘ling.
Taklif faqat bugun amal qiladi, foydalaning: asaxiy.uz/u/noutbuklar_katalogi
@asaxiyuz
Yangi Yil Yarmarkasi 3-kun: Bolalar adabiyotiga 16% chegirma
🧸 Bolalarni yoshlikdan mutolaaga o‘rgatish ularni ham shaxsiy, ham professional hayotda yutuqlarga erishishiga yordam beradi. Ularga kitoblar sovg‘a qilishingiz uchun bugun bolalar adabiyotining katta assortimentiga chegirma e’lon qilamiz.
Faqat bugun barcha bolalar kitoblarini 16% chegirmada oling: asaxiy.uz/u/bolalar_adabiyoti
* Hayotda kamroq qoqilish uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o’qish tavsiya etiladi)
@asaxiybooks
Yakshanba syurprizi. Bitta "Yil bestsellerlari 2024" to'plamiga auksion qilamiz. Auksionda eng yuqori narxni taklif qilgan odamga to'plam va undan tashqari Asaxiyda chiqarilgan eng so'nggi beshta kitob ham sovg'a qilinadi. To'plam chegirma narxda 899 000 So'm, beshta kitob bo'lsa, 360 000 So'm.
Eng ko'p narx taklif qilgan odam g'olib bo'ladi.
Takliflarni izohlarda qoldiramiz.
PS: G'olib bugun 21-00da aniqlanadi.
@asaxiybooks
Maroqli dam faqat uyqu, film yoki sayrlar bilan emas
🥰 Dam olish kunlarida kitoblar qurshovida bo‘lish alohida estetik zavq beradi. Kitoblarning xushbo‘y hidi, qog‘ozning mayin shitirlashi va javonlardagi bir-biridan qiziqarli kitoblar sizni do‘konlarimizda kutadi.
Manzillarimiz:
📍Asaxiy Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1
📍Asaxiy Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6
📍Asaxiy Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B
📍Asaxiy Panorama
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A
📍Asaxiy Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9
📍Asaxiy Xalqlar do‘stligi
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: 41.309483,69.2407111,17z/data=!3m1!4b1!4m4!3m3!8m2!3d41.309483!4d69.243286?entry=ttu">Furqat ko’chasi, 15A
📍Asaxiy Beruniy
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Talabalar ko‘chasi, 16D
📍Asaxiy Sergeli
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Mirzo Tursunzoda ko‘chasi, 1A
Oila va yaqinlar bilan birga keling, mandarinlar bilan ham mehmon qilamiz)
@asaxiybooks
Endi yarmarka faqatgina bozorda emas!
📲 Asaxiy bilan yangi yil yarmarkasi sizning smartfoningizda.
@asaxiybooks
Yangi Yil Yarmarkasi 1-kun: 3+1 aksiyasi🤩
Faqat bugun xarid qilgan har 3 kitobingiz uchun 1 kitobdan sovg‘a qilamiz. Kitoblaringiz soni ko‘paygani sari sovg‘a soni ham ortib boradi, savatchani to‘ldiring va buyurtma qoldiring.
🛒 Taklif onlayn va do‘konlardan xarid uchun amal qiladi. Siz istagancha kitob xarid qiling, biz har 3 tasiga 1 tadan kitob qo‘shib beramiz!
Kun yakunigacha vaqtingiz bor, imkoniyatdan foydalanishga ulguring: asaxiy.uz/u/kitoblar
@asaxiybooks
Ijtimoiy tarmoqlar singdirayotgan “baxt” standarti haqida
Siz baxtni nimalarda topasiz? Izohlarda yozib qoldiring👇
@asaxiybooks
Bayramga sovg‘a tanlashda qiynalyapsizmi? Hamma narsasi bor odamga nima berishni bilmayapsizmi?
Sovg‘a tanlashda xato qilmaslik juda muhim. Chunki siz bergan hadya insonga avvalo e'tiboringiz, so‘ng munosabatingizni ko‘rsatadi. Sovg‘a tanlashda qiynalmaslik va ko‘p vaqt yo‘qotmaslik uchun SOVG‘A SERTIFIKATLARINI taklif qilamiz. Sertifikat orqali asaxiy.uz saytidan istalgan buyumni xarid qilish mumkin.
Sertifikatni elektron yoki qog‘oz shaklda olish imkoni bor. Sovg‘a sertifikati bilan siz yaqinlarni xursand qilasiz, ular esa o‘zlariga yoqqan narsani tanlaydi!
Sertifikatlarni shu yerda topishingiz mumkin: asaxiy.uz/u/sertifikat
@asaxiybooks
Bestseller to‘plami muddatli to‘lovga🤩
Asaxiy Books Yil Bestsellerlari to‘plamini www.asaxiy.uz internet-do‘koni orqali 0-0-6 taklifi bilan xarid qilishingiz mumkin. Bunda to‘plamning o‘z narxini 6 oyga bo‘lib to‘laysiz.
0 - boshlang‘ich to‘lovsiz
0 - hech qanday ustamasiz
6 - o‘z narxini bo‘lib to‘lang
Xazna Nasiya hamkorining yoqimli taklifidan foydalaning. Hozir buyurtma bering va 20 ta eng zo‘r kitoblarga ega bo‘ling!
To‘plamga buyurtma berish: asaxiy.uz/u/bestseller-2024
@asaxiybooks
Луиза Мэй Олкотт: Кичкина хонимлар
Америкалик ношир Томас Найлонинг илтимосига биноан ўша замон қизларига атаб ёзилган "Кичкина хонимлар" Луиза Мэй Олкоттнинг энг машҳур романлардан. Тўрт опа-сингил - Мег, Жо, Бес ва Эмининг бири бошқасиникига ўхшамас феъли, саргузаштлари, покиза орзулари бетакрорлиги билан ажралиб туради.
Ушбу китоб қисман биографик асар ҳамдир. Муаллиф ўз опа-сингилларини прототип қилиб танлайди ва "Жо аслида менман" дея кундаликларида қайд этади. Ёзувчи ноҳақликка исён, қиз боланинг оила, рўзғор ташвишларига кўмилиб эмас, жамиятга манфаатли ишларга ҳам ҳисса қўша олишига диққатни қаратади.
Муқова: қаттиқ
Нашриёт: Global Books
Нарх: 59 000 сўм
Саҳифа: 416 бет
Буюртма учун ҳавола: asaxiy.uz/u/kichkina_xonimlar
@asaxiybooks
O‘tgan haftaning Top 5 kitoblari bilan tanishing⚡️
1-o‘rin: Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv - Otabek Mahkamov
2-o‘rin: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari - Mey Mask
3-o‘rin: Beparvolikning nozik san’ati - Mark Menson
4-o‘rin: SOS! Savol ortidagi savol - Jon G. Miller
5-o‘rin: Molxona - Jorj Oruell
📊 Reyting hafta davomida www.asaxiy.uz internet-do‘koni va Asaxiy Books kitob do‘konlari orqali sotilgan kitoblar soni asosida shakllangan.
*Mantiqni rivojlantirish uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o'qish tavsiya etiladi.
@asaxiybooks
Asaxiy Books bestsellerlari 2024!
🏆 Yilning mutlaq bestseller kitobi - "Atom odatlar" - Jeyms Klir
Muqova: yumshoq
Sahifalar soni: 300 bet
Batafsil: asaxiy.uz/u/atom_odatlar
@asaxiybooks
Taxminni shu post izohida yozing va g‘olib bo‘ling
2-o’rin va 1-o’rin kitoblarini to’g’ri ketma-ketlikda shu post izohiga yozing va ularni sovg’aga oling!
Misol:
2-o’rin: kitob nomi
1-o’rin: kitob nomi
Ism sharifingiz
Сиз кутган китоб #яна_сотувда
Сизнинг ҳам ичингизда бир овоз сиз билан гаплашадими? Сиз жим бўлган пайтингизда ҳам у гапираверади, шундайми?
Кимдир уни «ички овоз» деса, яна кимдир уни «Менлик» деб атайди, аммо эскилар буни «нафснинг овози», «нафс» деб аташади... Нафс — заҳардир. Нафс — душмандир... У ҳеч қачон тин олмайди...
📗 Фотиҳ Думан: Мен. Бас қил, эй нафс
Буюртма 👉 asaxiy.uz/u/676bfbce8513e
@asaxiybooks
Doimiy bestseller kitobimiz 3 yoshda!
🎉 Bugun ko‘pchilikning hayot tarzi o‘zgarishiga yordam bergan kitob - "Atom odatlar" chiqqaniga 3 yil to‘ldi.
O‘tgan haftaning Top 5 kitoblari⚡️
1-o‘rin: Yuksaklik sari tasodif bo'lmagan 100 ta uchrashuv - Otabek Mahkamov
2-o‘rin: Diqqat - Kel Nyuport
3-o‘rin: Jannat - Abdurazzoq Gurna
4-o‘rin: Molxona - Jorj Oruell
5-o‘rin: Beparvolikning nozik san’ati - Mark Menson
📊 Reyting hafta davomida www.asaxiy.uz internet-do‘koni va Asaxiy Books kitob do‘konlari orqali sotilgan kitoblar soni asosida shakllangan.
* Fikringizni tushunarliroq ifodalash uchun kuniga kamida ikki mahal kitob o'qish tavsiya etiladi.
@asaxiybooks
Siz bilan bog‘lanishni boshladik
Kecha soat 21:00 gacha berilgan javob egalari bilan bog‘lanishni boshladik. Takliflar ko’pligi sabab bu biroz vaqt olyapti)
G‘olib aniq bo‘lishi bilan albatta e’lon qilamiz va buyurtmani yetkazamiz😇
@asaxiybooks
Siz kutgan taklif qaytdi: Bugun barcha buyurtmalarni yetkazish bepul 🥳
Yangi Yil Yarmarkasi 3-kun
Bugun berilgan barcha buyurtmalar - kitob, maishiy texnika, smartfon, gadjetlar - barchasi O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.
Taklif faqat bugun amal qiladi. Savatchangizni to‘ldiring va uygacha bepul yetkazish xizmatidan foydalaning!
Mahsulotlar katalogi: www.asaxiy.uz
@asaxiybooks
🌲 Yangi Yil Yarmarkasi 2-kun: Barcha planshetlar uchun 6% dan 20% gacha chegirma
Planshet kundalik vazifalar bilan birga elektron kitoblar o‘qishni ham osonlashtiradi. Katta ekran, yangi imkoniyatlar va samaradorlik uchun o‘zingizga planshet sovg‘a qiling.
Bu taklif faqat bugun amal qiladi, imkoniyatdan foydalaning: https://asaxiy.uz/uz/product/telefony-i-gadzhety/planshety
@asaxiybooks
Kitoblar - yangi olamga sayohat qilish imkonini beradigan sehrli kalitlar✨
Yaqinlarga kitob sovg‘a qilish ularga quvonch, bilimlar va ilhom ulashishning ajoyib usuli. Yangi dunyo, yangi qahramonlar, yangi his-tuyg‘ular - bularning barchasi kitoblarning sehrli dunyosida mavjud. Sehrli dunyo kaliti esa, shubhasiz, "Yil bestsellerlari 2024" to‘plami bo‘ladi.
Kitoblar to‘plamini sovg‘a qilib, siz boshqalarni:
🪄Hayot haqida o‘ylashga undaysiz;
🪄Qalblarini iliqlik va quvonch bilan to‘ldirasiz;
🪄Yangi bilimlarga ega bo‘lish imkonini berasiz;
🪄Bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yordam berasiz.
Yil bestsellerlari to‘plami - har qanday inson uchun ajoyib sovg‘a. To‘plamni hadya qiling va ularning dunyosini boyitib, hayotlarini yorqinroq qiling!
@asaxiybooks
🎊 Asaxiydan "Yangi yil yarmarkasi"ni kutib oling.
31-dekabrgacha Asaxiy onlayn yarmarkasida har kuni sizni super aksiya va chegirmalar kutmoqda. Yarmarka doirasida har kun boshida chegirma va yoqimli takliflar e’lon qilib boriladi. Kanal bildirishnomalarini yoqib qo‘ying, chunki takliflar faqat 1 kun amal qiladi.
💥 Bugungi taklif birozdan so‘ng e’lon qilinadi. O‘tkazib yubormang va takliflardan foydalaning!
@asaxiybooks
#yangilik
Abdulhamid Cho‘lpon: Zamona xotini
Bugunga qadar qo‘lyozma nusxasi topilmagan nodir pyesalardan biri
Boy ko‘rinish yoki chinakamiga boy bo‘lish? Siz qay birini tanlaysiz?
Pulni boshqarish doim qiyin va yechimi yo‘q muammodek ko‘rinadi. Lekin oddiy odatlar orqali pul bilan muomalani yaxshilash va boy bo‘lishga ilk qadamlarni qo‘yish mumkin.
Moliyaviy savodxonlikni oddiy, oson, arzon va samarali o‘rganishni istasangiz sizga "Latte omili" kitobi yordam beradi. Videodagi qahramon hayoti bilan tanishing, xulosa qiling va chinakamiga boy bo'lishga ilk qadamlarni tashlang.
Keyingi mutolaa uchun kitobingiz bu yerda bo‘ladi 👉 asaxiy.uz/u/latte_omili
@asaxiybooks
Avval videoni ko’ring va shartni bajaring
Keyin izohlarda nimalarni his qilganingiz bilan bo‘lishing)
@asaxiybooks
🏆Asaxiy Books bestsellerlari 2024!
1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Jorj Oruell: Molxona
3. Mey Mask: Rejali ayol
4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
5. Jorj Oruell: 1984
6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
7. Kel Nyuport: Diqqat
8. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
9. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
10. Jon G. Miller: SOS!
11. Piter Hopkirk: Katta o‘yin
12. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
13. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
14. Barbara Oukli: Raqamlar uchun yaralgan idrok
15. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º
16. Hans Rosling: Factfulness
17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
18. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik
19. Devid Nikolls: Bir kun
20. Charlz Uilan: Yalang‘och iqtisodiyot
📌 0-0-6 taklifida xarid qilish mumkin
Jami: 1 099 000 so‘m
Chegirma bilan: 899 000 so‘m
To‘plam o‘zingiz, yaqinlar va hamkorlar uchun ajoyib sovg'a bo‘ladi. Hoziroq buyurtma bering va ularni xursand qiling: asaxiy.uz/u/bestseller-2024
@asaxiybooks
Oxirgi o‘yinimiz g‘olibi: Boburbek Utkirov (izoh havolasi)
G‘olibimizni tabriklaymiz, @asaxiy_marketing profiliga ma'lumot qoldirsangiz sovg‘angizni yetkazib beramiz.
Barchaga ishtirok va faollik uchun rahmat. Yana ko‘p o‘yinlar va tanlovlar o‘tkaziladi, kuzatishda davom eting.
@asaxiybooks
Asaxiy Books bestsellerlari 2024!
🏆 Bizda 2-o’rin: “Molxona” - Jorj Oruell
Muqova: yumshoq
Sahifalar soni: 100 bet
Batafsil: asaxiy.uz/u/molxona
@asaxiybooks
Birinchi izoh va birinchi to‘g‘ri javob
Bugungi g‘olib: Abdulhafizov Abdulhamid (izoh havolasi)
G‘olibimizni tabriklaymiz, @asaxiy_marketing profiliga ma'lumot qoldirsangiz sovg‘angizni yetkazib beramiz.
Juda ko‘pchilik javobni topishdi, qoidaga ko‘ra birinchi topgan inson g‘olib bo‘ldilar. Faol bo‘ling, ertaga o‘yinning so‘nggi kuni🙂
@asaxiybooks