asaxiybooks | Неотсортированное

Telegram-канал asaxiybooks - Asaxiy Books

21187

🚚 Butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi 📦 Buyurtma va savollar uchun: @asaxiybot 📍Do‘kon manzili: https://asaxiyuz.taplink.ws/ 📥 Takliflar bo‘yicha: mirazizmirtolibov@mail.ru

Подписаться на канал

Asaxiy Books

Oʻn besh qorongʻi, oʻn besh yorugʻ degan gapni eshitganmisiz bilmadik,
Lekin oʻn beshinchigacha filial ishlamasligini bilganingiz yaxshi)


📚 5-iyundan 15-iyungacha Asaxiy Books Panorama filiali ish faoliyatida boʻlmaydi. Kitoblar, ajoyib atmosfera, “foto-zona” va madaniy hordiq istasangiz boshqa filiallarimizda kutamiz:

🌍Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

🌍Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

🌍Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

🌍Asaxiy Books Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B

Onlayn xarid uchun: www.asaxiy.uz / @asaxiybot / 71 200 01 05

Kuningiz kitobli o‘tsin✉️

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

⭐️ May oyi uchun “Asaxiy Books bestsellerlari” bilan tanishing:

1. Jeyms Klir: Atom odatlar
2. Javlon Jovliyev: Qoʻrqma
3. Jorj Oruell: Molxona
4. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari
5. Jorj Oruell: 1984
6. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yoʻli
7. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
8. Grant Kardon: Savdo sanʼati. Biznes va hayotda maqsadlaringizga erishish yoʻli
9. Kel Nyuport: Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari
10. Deniyel Kiz: Eljernonga atalgan gullar
11. Piter Hopkirk: Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi
12. Den Braun: Raqamli qalʼa
13. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari
14. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
15. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
16. Ernest Xeminguey: Toʻqchilik va yoʻqchilik
17. Rey Bredberi: Farengeyt boʻyicha 451º
18. Hans Rosling: Factfulness
19. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi
20. Henri Ford: Mening hayotim

Jami: 1139 000 soʻm
20% chegirma bilan: 909 000 soʻm

✔️ Oyning eng ommabop kitoblarini qulay narxda xarid qiling: asaxiy.uz/u/665da964b22e7

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Mayning so‘nggi kunlarida eng ko‘p sotilgan 5 kitob

⭐️ Jeyms Klir: Atom odatlar
⭐️ Grant Kardon: Savdo san’ati. Biznes va hayotda maqsadlaringizga erishish yo'li
⭐️ Jorj Oruell: Molxona
⭐️ Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
⭐️ Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari

Xar mavzudan bir shingil deb savdo haqida kitobni ham, anti-utopik kitobni ham mutolaa qilishyapti bizni kitobxonlar)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Endi kitobga qo‘shib gullar ham olsangiz bo‘ladi🫠

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun suhbat kunimiz 🥰

“Ozor berma” kitobi yuzasidan bugun suhbat qilamiz. Kitoblar haqida fikr almashamiz va savol-javoblar oʻtkazamiz. Doimgidek faollarga keyingi suhbat kitobi va boshqa sovgʻalar hadya qilamiz.

📌 Suhbatda Asaxiy Books bosh muharriri Otabek Umarov ham ishtirok etadilar. Ulardan kitoblar, yangi tarjimalar va loyiha haqida savollaringizga javob olishingiz mumkin.

Manzil: Business Shark Coworking markazi
Mo‘ljal: To‘qimachilik va yengil sanoat instituti
Eng yaqin metro: Novza

Bugun 17:00da Coworking markazda kutamiz, kechikmay keling)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

“Ozor berma” kitobi yuzasidan oflayn suhbat

🧠May oyida suhbat uchun Henri Marshning “Ozor berma” kitobi tanlangan edi. 1-iyun 17:00da shu suhbat boʻlib oʻtadi. Kitob suhbati erkin davra, kitobxonlar bilan fikr almashish, savollarga javob olish uchun ajoyib imkondir.

Sana: 1-iyun
Boshlanish vaqti: 17:00
Yakun vaqti: 18:00
Manzil: Business Shark Coworking markazi (41.283982,69.244017,15z/data=!4m15!1m8!3m7!1s0x38ae8af45ad64139:0x765fc5bc9a00a78e!2z0YPQu9C40YbQsCDQmNC80LDQvNCwINCw0YIt0KLQtdGA0LzQtdC30LggMzEsINCi0LDRiNC60LXQvdGCLCBUb3Noa2VudCBTaGFocmksINCj0LfQsdC10LrQuNGB0YLQsNC9!3b1!8m2!3d41.2839819!4d69.2440168!16s%2Fg%2F11kbm5jj67!3m5!1s0x38ae8b498e2084f9:0x2e2538ff47ca8e8a!8m2!3d41.2839734!4d69.2439779!16s%2Fg%2F11j_0lm5p2?hl=ru&entry=ttu">xaritada ko‘rish)

👋 Imkonni qoʻldan boy bermaydiganlarni ertaga kutamiz)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ovoz berish yakunlandi)

So‘rovnomadan kelib chiqib 1-iyun kuni 17:00da kitob suhbatini o‘tkazamiz.

Manzil va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ham tez orada bo‘lishamiz😇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Asaxiyda onlayn kurslar sotuviga start berildi 🎉

💻 Endi asaxiy.uz sayti orqali onlayn kurslarni naqd yoki muddatli toʻlovga xarid qilishingiz mumkin. Hozirda IT va dasturlash sohalarida kurslar mavjud boʻlib, katalog kundan-kunga kengayib boradi.

Qimmatli vaqtingizni sifatli bilim olishga sarflang, ishonchli kurslarni biz taqdim etib boramiz 👉 asaxiy.uz/u/6656ea7d61321

@asaxiyuz

Читать полностью…

Asaxiy Books

​​Shunday vaqt boʻladiki, hayotga jiddiy qarashni boshlashingga toʻgʻri keladi, tushunyapsanmi?

Devid Nikolls – "Bir kun"


Asar universitetni endigina tugatgan yoshlarning dialogidan boshlanadi. Hayotga jiddiy qarashni boshlash arafasida edi ular. Oldilarida katta hayot, butun boshli umr. Kelajakdagi kunlarni qanday va nima bilan toʻldirish xavotiri...

Kitobga "Bir muhabbat tarixi" deb nom berilgan boʻlsa-da bu kitobdan men eng oxirida topgan narsam muhabbat boʻldi. U koʻproq hayot haqida. Yoshlikdagi orzu-havaslar, xomxayollar, ehtiroslar, yillar oʻtishi, qoʻyilgan toʻgʻri va notoʻgʻri qadamlar, hayot oʻnqir-choʻnqirlari, insonning oʻzgarishi, yetuklashishi, qarishi...

Har bitta yangi bobda oradan bir yil oʻtgan boʻladi. Ochigʻi muallif mahoratiga besh ketdim. Qisqa-qisqa boblarda ortda qolgan bir yilni, butun asarda esa yashalgan butun umrni nihoyatda tabiiy shaklda koʻz oldingizgda gavdalantiradi. Qahramonlar sahifalar orasida ulgʻayadi, asarni yakunlagach xuddi oʻz umringizni ham yashab boʻlganday, hayotga yengil pushaymonlik va xotirjamlik bilan qaray boshlaysiz.

Klassik adabiyot oʻqib tishi chiqqan kitobxonlar kabi men ham zamonaviy adabiyotlarni oʻqiganda bir martalik miriqib oʻqiladigan asar deb qoʻya qolardim. Yoʻq, bular oʻsha oldingilar kabi yuksak sanʼat asari, shunchaki ular ayni paytdagi hayotimizni, oʻzimizni va oʻzimizga oʻxshagan odamlarni tasvirlaydi. Aslida bizda yuksak gʻoyalar va samimiy hislar yoʻq. Zamonamiz qahramonlarida oliy maqsad, qatʼiy prinsiplar yoʻq. Hayotlarini hech bir gʻoya uchun qurbon qilishmaydi. Gyote yoki Dostoyevskiy qahramonlariday sevgisilining bir qiyo boqishidan ellik betni toʻldiradigan hislarni tuymaydi zamonamiz odami. Sadoqat va bir umrlik sevgi yoʻq. Kecha bittasining quchogʻidan chiqib, ertaga yana kimgadir koʻngli jiz etishi mumkin uning.

Shunday ekan, asarlarimiz ham oʻzimiz kabi bir martalikday tuyulaveradi. Endi kitoblarga yuksak, falsafiy gʻoyalarni koʻtarib chiqqaniga qarab emas, bizga qay darajada koʻzgu tuta olganiga qarab baho berishimiz kerak. Hayotni bor boʻyicha koʻrsata oldimi – yaxshi. Oʻxshatolmadimi – yomon. Shu qadar. Boʻldi.

Xullas, kitob menga juda yoqdi. Albatta, bir kuni qayta oʻqiyman. Kitob haqidagi fikr-mulohazalarni undagi iqtibos bilan yakunlayman. Zero bugungi kun kishisi oldiga qoʻyishi mumkin boʻlgan eng yuksak falsafa shunday:

Har bir kunni goʻyo umringning oxirgi kunidek yasha, degan eski gap bor. Lekin kim hozir shunday yashashga kuch topa oladi? Yomgʻir yogʻib qolsa yoki tomogʻi ogʻrisa, nima qiladi? Foydasiz maslahat. Undan koʻra shunchaki yaxshi, dadil, jasur inson boʻlishga, dunyoni oʻzgartiradigan ish qilishga intilish kerak. Butun dunyoni emas, atrofdagi olamning bir qismini yaxshilash kifoya. Mustaqil hayotni boshlash, kuchli ishtiyoq hamda elektr yozuv mashinkasi bilan qurollangan holda... arzirli narsa ustida ishlash. San'at orqali odamlar hayotini oʻzgartirish. Doʻstlarni ardoqlash, qadriyatlarga sodiq boʻlish, har lahzadan zavqlanib yaxshi yashash. Yangi narsalar oʻrganish. Agar iloji boʻlsa, sevish va sevilish.

@salimov_blogi

Читать полностью…

Asaxiy Books

Tinchlanamiz, "Atom odatlar" yana reytingga qaytdi)

O‘tgan hafta davomida eng ko‘p sotilgan kitoblar beshligi bilan tanishing:
1-o‘rin: Jeyms Klir: Atom odatlar
2-o‘rin: Grant Kardon: Savdo san’ati
3-o‘rin: Mey Mask: Rejali ayol
4-o‘rin: Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
5-o‘rin: Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bepul yetkazib beramiz: uygacha 🚗

🤗 Sizni doim eshitamiz va xizmat sifati ustida tinimsiz ishlaymiz. Shu sabab yana bir qulaylik taklif qilishdan xursandmiz.


31-maygacha Asaxiy Books kitoblarini Oʻzbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib beramiz. Katalog bilan tanishing va sifatli tarjimada jahon bestsellerlarini oʻqing: asaxiy.uz/u/66519a7d69471

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Mana buni sovgʻa desa boʻladi)


Oʻzingiz va yaqinlarga sovgʻa qilish uchun yana bir toʻplam — Tadbirkor uchun 5 kitob

Toʻplam ichiga quyidagilar kiradi:
1.
Grant Kardon: Savdo sanʼati
2. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
3. Yona Berger: Yuqumlilik
4. Toni Shey: Baxt yetkazish
5. Piter Til, Bleyk Masters: Noldan birga
6. Qaydlar va rejalarni yozish uchun bloknot
7. Tadbirkor uchun xat
8. Sovgʻa qutisi
9. Bepul yetkazib berish xizmati

Bu toʻplamdagi kitoblar dunyoning eng muvaffaqiyatli tadbirkorlari, mutaxassis va liderlari tomonidan yozilgan. Ular savdo texnikasi, marketing strategiyalari, muvaffaqiyatli kompaniyalarni qurish va innovatsiyalar yaratish boʻyicha bebaho tushunchalarni taklif etadi.

Qimmatli bilim va manfaatli sovgʻa narxi: 499 000 soʻm
Muddatli toʻlovga: 60 800 soʻm / 12 oy

Toʻplamga buyurtma bering va foydali sovgʻa bilan yaqinlaringiz muvaffaqiyatiga sababchi boʻling: asaxiy.uz/u/66508d90647a5

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun 23:59da hikoyalar qabuli yakuniga yetadi.

Tanlovda qatnashmoqchi bo‘lsangiz @asaxiy_tanlov profiliga hikoyangizni yuboring✍️

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun “Yolgʻonlar shahri” tugʻilgan kun🗓

Yolgʻonlar shahri shunday shaharki, odamlar oʻzlarining asl istaklarini pinhon tutishga, namunadagidek yashayotganini koʻrsatishga majbur. Bu shaharda yashash uchun yolgʻon gapirish kerak.

👂 Bu shahar Tehron, Eron Islom Respublikasining poytaxti. “Yolgʻonlar shahri” bugungi Tehronning unutilmas manzarasini chizib beradi. Bu kitob tehronliklar tuzumning shafqatsiz bosimi ostida qanday yashayotgani, tuygʻulari, shodlig-u iztiroblarini qanday ifodalayotgani, umuman, turfa xil insonlar taqdiri haqida hikoya qiladi.

Kitob haqida ko‘proq bilish uchun: asaxiy.uz/u/664ed28f162e4

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Биргина расм ва сиз китоб ҳақида умумий тушунчага эгасиз.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Mett Heyg: Yarim Tun Kutubxonasi🌃

🎇 “Yarim tun kutubxonasi” — bu hayot va oʻlim oʻrtasidagi kutubxonada oʻzini topgan ayol Nora Seedning hikoyasidir. Kutubxona shunday yaralganki, javonlardagi har bir kitob qahramon hayotining turli shakllarini ifodalaydi. Nora endi oʻz mavjudligining cheksiz imkoniyatlarini oʻrganib, afsuslarni kamaytirish va turli tanlovlar qilish imkoniyatiga ega.

Uning tanlovi va hikoyasi yakuni bilan mutolaa davomida tanishasiz. Kitob oʻylantirishi, ajoyib syujeti va chuqur hislarni taqdim etishi bilan eʼtirof etilgan.

Muqova: yumshoq
Narx: 59 000 soʻm
Sahifa: 352 bet

Yashash maʼnosi, tanlovlar natijasi va baxtni izlash qiziq boʻlsa bu kitobni mutolaa qiling: asaxiy.uz/u/665ecd6e80d09

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Vaqtim yoʻq deydiganlarning chindan vaqti yoʻqmi?

P.S koʻzni ehtiyot qiling

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun ham Asaxiy Books sovgʻalar beradi😇

Bugun barcha doʻkonlarimiz va onlayn xaridda 3+1 aksiyasi amal qiladi. Bunda xarid qilingan har 3 dona kitobga 1 donadan sovgʻa qoʻshib beriladi.

Doʻkonlarimiz manzili va ish vaqti:
❤️Asaxiy Books Novza
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: Muqimiy koʻchasi, 142/1

❤️Asaxiy Books Kitob olami
Ish vaqti: 09:00 - 23:00
Manzil: Mustaqillik shoh ko‘chasi, 6

❤️Asaxiy Books Farhod bozori
Ish vaqti: 09:00 - 22:00
Manzil: 41.2871646,69.1872334,16z/data=!4m2!3m1!1s0x38ae89f983a69edd:0x427c98bf5dbae658?hl=ru-uz">Lutfiy koʻchasi, 75PP+VV9

❤️Asaxiy Books Panorama
Ish vaqti: 10:00 - 20:00
Manzil: 41.320328,69.262226,16z/data=!4m4!3m3!8m2!3d41.320328!4d69.262226">Alisher Navoiy koʻchasi, 11A

❤️Asaxiy Books Kamolon
Ish vaqti: 10:00 - 18:00
Manzil: Bunyodkor ko'chasi, 8B

P.S Bugun aksiyaning so‘nggi kuni, foydalanishga ulguring.

@asaxiybooksi

Читать полностью…

Asaxiy Books

Shu joydan kirasiz, kitobxonlar)

Ha, sovg‘alaringiz ham tayyor🥰

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan kichkintoylarni va qalban yoshlarni tabriklaymiz🎆

🎈Barchangizga mustahkam sogʻlik va oʻzidan yorqin xotiralar qoldiruvchi mazmunli hayot tilaymiz. Qiziquvchanlik va yangi narsalarni oʻrganishga ishtiyoq hech tark etmasin.

Hurmat bilan,
Asaxiy oilasi

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bayramda bolalarga kitob sovgʻa qilamiz🎁

1-iyun “Bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan 3+1 aksiyasiga start beramiz. Endi siz oʻzingiz uchun kitoblar xarid qilasiz, biz buyurtmani farzandlaringizga sovgʻa bilan yetkazib beramiz. Buyurtma qilingan har 3 kitob 1 donadan sovgʻa olishi mumkin.

📌 Aksiya 31-may va 1-2-iyun kunlari oʻtkaziladi.
📌 Onlayn xarid va doʻkonlar uchun birdek amal qiladi.


Taklifdan foydalaning va buyurtma bilan birga sovgʻalar oling: asaxiy.uz/u/66595da8d17b5

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Kitob haqida xulosalar uchun trekker📝

Oʻqing, baholang, muhokama qiling va eng muhimi, mutolaada bardavom boʻling.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

So‘ragan kitoblaringiz qayta sotuvga keldi, ko‘rib chiqamizmi 🌝

🔹Kelli Makgonigal: Iroda kuchi
🔹Jo Navarro: Siz nimani oʻylasangiz men oʻshani koʻraman
🔹Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan bolalar
🔹Sirojiddin Komolov, Sherzod Raxmatov: Sunʼiy intellekt asoslari
🔹Efraim Sevela: Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman
🔹Frenk Bettjer: Muvaffaqiyat sirlari
🔹Mario Pyuzo: Choʻqintirgan ota yoxud mafiya sardori
🔹Mario Pyuzo: Sitsiliyalik (Choʻqintirgan ota 2)

Hozir qanday mavzuda kitob oʻqiyapsiz? Uni kimlarga tavsiya qilasiz?

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu safar biz emas, kitobga siz ta’rif bering👇

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Hikoyalar tanlovi gʻoliblari aniqlandi⭐️

Oʻquvchi yoki talabalik davri haqida yozilgan hikoyalar asosida tanlov eʼlon qilingan edi. Tanlovga bir-biridan qiziqarli va maʼnoli hikoyalar yuborildi, ishtirok uchun barchadan minnatdormiz. Ishtirokchilar ishlaridan 10 hikoya tanlab olindi va ularga Humo Arenada oʻtkaziladigan Bitiruv kechasi uchun chipta sovgʻa qilinadi.

✔️Hikoyalar tanlovi gʻoliblari:
1.
Muhammadyusuf Mirzahalilov
2. Nafisa Nur
3. Anorboyev Behruzjon
4. Xushiyeva Nargiza
5. Ismoilov Shukurillo
6. Topilxonova Dilsoraxon
7. Rajapova Hulkaroy
8. Kanjayev Sherzod
9. Kholmuhamedova Nuriniso
10. Burqutova Muborak

Gʻoliblar hikoyalari: https://telegra.ph/Hikoyalar-tanlovi-05-25

Barcha gʻoliblarni tabriklaymiz, @asaxiy_tanlov profiliga bogʻlansangiz sovgʻangizni topshiramiz. Ishtirok va ulashilgan ajoyib hissiyotlar uchun tashakkur❤️.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Бир продукт тарихи.

Бугун тармоқ эслатди, мижозларга ажойиб бир таклифни берганимизга 2 йил бўлибди. Таклиф қандай қилиб шакллангани ва 2 йил яшаб қолганлиги ҳақида айтиб бермоқчиман.

Икки йил олдин шу вақтларда кассада катта пул етишмовчилиги бўлди. Босмахоналар олдида мажбурият бор эди. Уни бермасак алоқаларга путур етарди. Ўша куни Uzquiz га бордик, у давомида ҳам вазиятга ҳозир ечим бериш зарурлиги қайта-қайта муҳокама қилинди. Хуллас, шошилинч бизга «cаш» керак эди.

Uzquiz дан ўз-ўзидан кайфият бузилиб чиқди. Кўзга уйқу келмади. Уйга бориб қарз олмасдан, қайси йўл билан кассага кўпроқ пул олиб келиш устида бош қотирдим. Аслида ҳаммаси оддий, савдони ошириб, кўпроқ сотиш керак. Лекин, айнан ҳозир яқин 5-7 кунда пул керак ҳолатда, савдони 20-30 фоизга ошириш маркетинг томондан осон иш эмас. Гап минглаб буюртмалар ҳақида кетмоқда. Складда маҳсулот бор, демак ечим ҳам шу жойда бўлиш керак.

Ўйлаб-ўйлаб, китобларни деярли тан нархида элликталик тўплам шаклида сотувга чиқариш фикри келди. Бу чегирма асосида арзонга китоб олмоқчи бўлганларни ҳам хурсанд қиларди, бирданига оилавий кутубхона қилмоқчи бўлганларни ҳам, шунингдек 50та китоб совға учун ҳам яхши маҳсулот эди. Маркетинг томондан мезон қилинди, чегара 999 000 Сўмдан ошмаслиги керак.

Лекин, бу нархда 50та китоб чиқариш осон иш эмас. Уни устига етказиб бериш хизмати камида 8-10 кг келадиган маҳсулотга 80-90 мингдан кам бўлмайди. Биз бўлса 999 000 Сўм нархга китоблардан ташқари етказиб беришни ҳам бепул қилмоқчи эдик. Тўпламни босмаси энг арзон эски китоблар билан тўлдирса қизиғи қолмасди. Янги, сифатли китоблар бўлса қиммат. Шунда биз ўзимизда омборда туриб қолган, лекин савия жиҳатидан ажойиб бўлган китоблар билан янги китобларни аралаштиришга қарор қилдик. Шу йўл билан 999 000 Сўм нархга 50талик тўплам шакллантирилди. Тўпламдан «Нолдан бирга. Стартаплар ҳақида қайдлар ёхуд келажакни қандай қуриш мумкин« каби энг янги китоблар ҳам, «Кеча ва кундуз» каби ўзбек адабиёти классикаси ҳам, «Буюк Гетсби« каби жаҳон классикаси ҳам, «Рақамли қалъа» каби замонавий жаҳон адабиёти ҳам ўрин олди. Нархни ҳар қанақасига 999 000 чиқариш учун бир нечта нашриётларга ҳам илтимос қилдик ва улардан бир нечтаси китобларни чоп этиш нархида беришди. Ҳатто «Адабиёт» нашриётидан Нодир ака ёрдам сифатида 2 хил китобни юз нусхадан текинга ҳам беришди. Шунақа қилиб, мувозанат бор 50та китобдан иборат тўплам шаклланди.

Тўплам рекламасига ўшанда 20 миллион сўм пул ажратиб, асосан телеграм ва таргет орқали рекламани бошладик. Яқин бир ҳафтада кассага пул олиб келамиз ёки қарз олишга мажбур бўламиз.

Маҳсулот ўйлаганимиздан муваффақиятли чиқди. Биринчи куни 3та, иккинчи куни 9та, учинчи куни 20тадан ортиқ тўплам сотилди ва сотув кундан-кунга ошиб борди. Сотув камаймади учун чегирмани июнь ойида бир неча маротаба узайтирдик. Маркетинг компанияси тўхтагандан сўнг ҳам мижозлар барибир шу маҳсулотни сўрайверишди. Эсимда, Жиззахлик бир тадбиркор ака 20та тўплам харид қилиб Жиззахдаги мактабларга тарқатган эди.

Натижада, бир неча маротаба тўхтатдик деган маҳсулот, қайта-қайта сотилаверди, сайтда қайта-қайта ёқавердик. Кейинчалик, маҳсулотни доимий таклиф сифатида қолдирадиган бўлдик. Тўпламнинг ўзи ҳам ойма-ой ўзгариб, яхшиланиб борди. Ҳозирги 50талик рўйхат бошланишидаги рўйхатдан бир неча маротабага яхшироқ ва сифатлироқдир. Мана шунақа қилиб, бозор талаби билан таклиф 2 йил яшаб қолди. Икки йилда нархни ушлаб туриш учун қаттиқ ҳаракат қилдик ва нарх ҳатто умумий расмий инфляциядан паст, 2 йилда 20 фоизга ошди ва ҳозирча 1 199 000 Сўм қолмоқда.

Бизнесда мана шунақа ҳолатлар бўлиб туради, бир нарсани ўйлаб бир қарор берасан, у қарор бўлса бутунлай бошқа натижа олиб келади.

50талик тўплам яна қанча вақт яхши совға, мижоз учун арзон маҳсулот бўлиб қолади, буни вақт кўрсатади.

@allaevuzb

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bugun bizda yana tugʻilgan kun🎶

Bugun “Zukkolar va landavurlar” kitobining oʻzbek tilidagi nashri 5 yoshga toʻldi. Bu muvaffaqiyat omillari haqida yozilgan aniq, qiziqarli va maʼlumotga boy kitob boʻlib, inson muvaffaqiyatli boʻlishi uchun nimalar kerakligini tahlil qiladi.

Bu kitobni oʻqish uchun baʼzi sabablar:
• Muvaffaqiyat haqidagi taxminlaringizni shubha ostiga qoʻyadi;
• Imkoniyat va vaziyatning roli haqida yangi nuqtai nazar beradi;
• Sizga amaliyotning ahamiyatini oʻrgatadi;
• Davomli harakat tugʻma talantdan foydaliroq ekanini koʻrsatadi.

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Siz qanday kitobxonsiz?

Soʻz isboti bilan degandek, javoningiz rasmini izohlarda yuborsangiz ham boʻladi)

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Bu kitobdan…

📝 Bu kitobdan nimalarni oʻrganish mumkinligi haqida atroflicha keltirdik. Tanishib chiqing hamda kitob sizga va qiziqishlaringizga mos kelsa mutolaa qiling.

Bu kitobdan yana nimalarni oʻrganish mumkin? Kitobni oʻqiganlardan izohlarda fikr kutamiz🌝

@asaxiybooks

Читать полностью…

Asaxiy Books

Ким ўз уйининг жаннатдек бўлишини хоҳламайди?

Жуфтликлар ўзаро меҳр-муҳаббат билан боғланган, бир-бирини қўллаб-қувватлаган, фарзандлар меҳр-оқибат ва ҳурмат доирасида улғаядиган оилага эга бўлиш барчанинг орзуси. Афсуски, бугун оилавий масалалар бепарволик билан тилга олиниб, ечим топиш ўрнига улар ҳал қилиб бўлмас ҳолга келмоқда.

🌙 "Уйимиз жаннатга айлансин" китоби оилада юзага келадиган можароларни Қуръон ва суннат нуқтаи назаридан таҳлил қилади. Муаммоларни психологик ва маънавий жиҳатдан ўрганиш орқали жуфтликларга мажозий маънода уйларини жаннатга айлантирадиган ечимлар таклиф қилади.

📌 Оилали ва оила қуриш арафасида турган барчага тавсия этилади.

Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Янги Аср Авлоди
Нарх: 45 000 сўм
Саҳифа: 208 бет

Буюртма беринг ва оилада жаннатмонанд муҳит яратиш усулларини билиб олинг 👉 asaxiy.uz/u/664c6557e3c72

@asaxiybooks

Читать полностью…
Подписаться на канал