Shopping terapiya: odatiy xariddan yoqimli xarid sari
Barchamizga yoqimli xaridlar yoqadi. Lekin muammo shundaki, biz doim ham odatiy xaridni yoqimli xaridga aylantira olmaymiz. Xoʻsh, yoqimli xarid nima? Yoki qanday xaridlar biz uchun yoqimli boʻladi? Barchasi haqida batafsil maqolada oʻqing.
Maqola 👉 https://asaxiy.uz/news/shopping-terapiya-odatiy-hariddan-yoqimli-harid-sari
Kitoblar uchun ham 1️⃣ chegirmalari!
Xalqaro shopping kunida kitobxonlarimizni chegirmasiz qoldirish mumkinmi? Albatta yo’q😁.
📚 Siz uchun Asaxiy.uz saytidagi ko’pgina kitoblarga chegirmalar e’lon qildik. Yangi kitoblar bilan o’zingiz va yaqinlarni xursand qiling.
Katalog bilan tanishing, kitoblarni “savatcha”ngizga soling va buyurtma bering. Yangilikni kitobxonlarga ham yetkazing)
@asaxiybooks
Shu kunlarda Hamza aka Jumayev Piter Hopkirkning "Katta o'yin. Ikki imperiya to'qnashuvi" kitobini ovozlashtirmoqda.
Sizga kitobning kirish qismini taqdim etaman.
Audio kitob tez kunda "Asaxiy Books" mobil ilovasi orqali sotuvga chiqadi. Qog'oz kitob Asaxiy Market, elektron kitob "Asaxiy Books" orqali sotuvda.
Tinglab ko'ring va baho bering.
@allaevuzb
#яна_сотувда
Роберт Чалдини: Таъсир этиш психологияси
Одамни "ҳа" деб айтишга нима мажбур қилади? Таъсир ва ишончнинг принциплари ва энг самарали усуллари қандай? Сиз ушбу саволларга атрофлича жавобларнинг китобнинг янги, қайта ишланган ва тўлдирилган нашрда топасиз.
Китоб яна сотувда, ҳозироқ буюртма беринг 👉 asaxiy.uz/u/6534ac267e693
@asaxiybooks
Oʻzbekistonning eng kuchli muharrirlaridan biriga minnatdorlik.
“Asaxiy Books” loyihamiz doirasida bugungacha 40dan ortiq kitoblar oʻquvchilarga yetkazildi. Kitob sifatli shaklda kitobxonga yetib borishi uchun bosh muharrir roli doim katta boʻlgan. Xurshid Yoʻldoshev ham bosh muharrir sifatida “Asaxiy Books” loyihasi rivojlanishida eng koʻp hissa qoʻshgan insonlardan biridir.
4 yil davomida biz bilan birga boʻlgan Xurshid aka loyihadagi faoliyatlarini yakunladilar. Xurshid Yoʻldoshevga “Asaxiy Books” loyihasi rivojiga qoʻshgan hissalari uchun minnatdorlik bildiramiz va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz.
@asaxiybooks
#book_review #kitobxon_fikri
“Axir ertangi kun bor, xatolarni tuzatish imkoni doim boʻladi”
👥 Devid Nikolls — Bir kun
Emma va Dekster — ikkisi ikki xil dunyo, jamiyatning turli qatlamiga tegishli. Ular universitet bitiruv kechasida tanishib, bir necha kunni birga oʻtkizishadi. Soʻngra ikkisi ham oʻz yoʻlidan ketadi, Emma yozuvchi boʻlishni orzu qiladi, biron nashriyot kitobini bosishga rozi boʻlgunicha kam haq toʻlanadigan ishlarda ishlab yurishga majbur boʻladi. Deksterda esa moliyaviy muammo boʻlmasa-da, ota-onasi qistovi bilan ish topishga majbur boʻladi. Uzoq vaqtlik sayohatdan soʻng televideniyega ishga kiradi. Ikkisining umri goʻyoki ikki xil parallel chiziq, goʻyo hech qachon kesishmaydigandek. Ammo taqdir ularni yana va yana uchrashtiraveradi…
Asar ikki insonning butun hayot yoʻli haqida, yoshlik yillaridan to ulgʻaygunlaricha. Oʻquvchi mutolaa davomida har yilning 15-iyuliga tushib qolaveradi, ular ilk bor tanishgan kun, taqdir qayta uchrashtirgan, ularning hayotida eng muhim hodisalar yuz bergan kun. Ularning maqsadlari, qadriyatlari, qiziqishlarini yosh ulgʻaygan sari qanchalik oʻzgarib borishini kuzatish mumkin. Hayotda oʻz oʻrnini topishga urinish hech birimizga begona boʻlmagani sabab, bu ularning tashvishlari, xavotirlarini yaxshiroq his qila olishimizga yordam beradi.
Asarda qandaydir yuksak gʻoyalar yoʻq. Shunchaki hayot tasvirlangan. Oddiy insonlarning hayoti barcha quvonch-u qaygʻulari bilan. Aynan shu narsa asarni oʻquvchi qalbiga yaqin qiladi.
Asar asosida ishlangan filmni bir necha yil avval tomosha qilgan boʻlsam ham, bu menga mutolaadan zavqlanishimga xalaqit qilmadi. Asar yakuni qanday boʻlishini bilsam ham, katta qiziqish bilan oʻqib chiqdim. Sizga ham tavsiya qilaman.
©️ dildora_bookaholic
🥇 Anʼanamizga koʻra oʻtgan hafta davomida eng koʻp tanlangan kitoblar bilan tanishtiramiz.
📖 Reytingimizda jahon adabiyoti bilan birga oʻzbek adabiyotidan “Qoʻrqma” asari ham kirgani quvonarli holat.
@asaxiybooks
Moliyaviy savodxonlikdan gapiramiz🎙
Noyabr oyi kitob suhbati uchun “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari” kitobi tanlandi. 26-noyabr kuni 20:00da @asaxiybooks Telegram-kanalimizda shu kitob yuzasidan gaplashamiz.
🙌 Suhbatgacha kitobni oʻqib chiqing, fikrlaringiz, savollar va kitobda berilgan usullarni qoʻllagan real keyslaringiz bilan tayyor turing. Manfaatli suhbat boʻlishiga ishonamiz.
@asaxiybooks
🧠 Miya jarrohi boʻlish qanday? Birovning hayotini qoʻlingizda ushlab turish, fikr, tuygʻu va mulohazani yaratadigan narsalarni kesib tashlash qanday tuyiladi? Hayotni saqlab qolish maqsadida qilingan operatsiyada hammasi notoʻgʻri ketib qolsa, oqibat bilan qanday yashash mumkin?
👨⚕️Buyuk britaniyalik yetakchi neyrojarroh Henri Marsh miya jarrohining hayotini tavsiflovchi, operatsiyaning shiddatli quvonchini, chuqur taʼsirli gʻalabalarni, dahshatli oqibatlarni, pushaymonli lahzalarni oʻz kitobida ochib beradi. “Ozor berma” kitobi zamonaviy kasalxonada sodir boʻladigan son-sanoqsiz insoniy dramalar haqida real va samimiy tushuntirib beradi. Eng muhimi, hayotdagi eng qiyin damlarda ham umid qilish kerakligi taʼkidlaydi.
Kitobni elektron shaklda Asaxiy Books ilovasi orqali mutolaa qiling. Vaʼdamizga muvofiq, qogʻoz shaklini xarid qilganlarga elektron shakli bepul beriladi.
Ilovani yuklab oling va mutolaani boshlang: onelink.to/nxtyp6
@asaxiybooks
“Asaxiy Books bestsellerlari”, Oktyabr oyida:
1.“Bir kun. Bir muhabbat tarixi”
2. “Atom odatlar”
3. “Diqqat: Chalgʻituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari”
4. “Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari”
5. “Zukkolar va landavurlar”
6. “Raqamli qalʼa”
7. “SOS! Savol ortidagi savol”
8. “Bir varaqli marketing reja”
9. “Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari”
10. “Muvaffaqiyatli insonlarning 7 koʻnikmasi”
11. “Molxona”
12. “Qoʻrqma”
13. “Katta oʻyin. Ikki imperiya toʻqnashuvi”
14. “Beparvolikning nozik sanʼati”
15. “Sarmoyador”
16. “1984”
17. “Stiv Jobs”
18. “Yalangʻoch iqtisodiyot. Murakkab sohaning sodda qiyofasi”
19. “Samaradorlikning 21 yoʻli”
20.“Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa boʻladi?”
Jami: 1 490 000 soʻm
15% chegirma bilan: 1 265 000 soʻm
Buyurtma berish: asaxiy.uz/u/6544b5345e903
Анвар Ахмаджонов: Кем был Ахмаджон Одилов?
Ahmadjon Odilov shaxsi va serqirra faoliyati haqida hikoya qiluvchi ushbu kitob ikki qismdan iborat. Kitobning birinchi qismida o‘z vaqtida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida ulkan o‘zgarishlarni amalga oshirgan mohir rahbar va jamoat arbobi Ahmadjon Odilovning xotiralari o‘rin olgan.
Ikkinchi bo‘limda o‘g‘li Anvar Ahmadjonovning otasi haqidagi xotiralari haqida hikoya qilinadi.
Bu kitob o'g'ilning otasi haqidagi xotiralari hisoblanadi hamda O‘zbekiston tarixi va Ahmadjon Odilov hayotiga qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan.
Muqova: Qattiq
Nashriyot: Ijod nashr
Narx: 89 000 so'm
Sahifa: 384 bet
📌 Kitob rus tilida.
Buyurtma berish 👉 asaxiy.uz/u/6543a4714a097
Bugun 20:00da “Milliy mualliflar kuni” munosabati bilan suhbat bo’lib o’tadi. Mehmonimiz “Qo’rqma” kitobi muallifi Javlon Jovliyev.
Barchangizni suhbatda kutamiz😇
@asaxiybooks
1-noyabr — Milliy mualliflar kuni
Bugun biz fantaziyamizni yoqib, orzu qilishga undaydigan hikoyachilar bayramini nishonlaymiz. So‘zlarning sehri va kuchini ko‘rsatib bergan hamda ular orqali bizning his tuyg‘ularimizni uyg‘otgan yozuvchi va shoirlarga rahmat aytamiz.
Bayram muborak🥳
Kitobxon doimiy foydalanadigan aksessuar — bookmark yasashni oʻrganamiz🌸.
Video orqali shunday ajoyib xatchoʻp qanday yasalishini bilib oling va oʻzingiz uchun yasab koʻring.
@asaxiybooks
Oktyabr bestseller kitoblari 1️⃣ chegirmasida
📚 Rasmda koʻrsatilgan 20ta bestseller kitobni shopping kuni munosabati bilan eʼlon qilingan aksiyada 999 000 soʻmga xarid qilishingiz mumkin. Bu orqali 490 000 soʻm tejab qoling va tejalgan pulga ham kitob oling))
Taklif 12-noyabrgacha amalda. Aksiya sabab muddatli toʻlov narxlari ham tushirilgan, imkoniyatdan foydalaning.
Bir deganda shaxsiy kutubxona yaratish imkonini qoʻldan boy bermang 👉 asaxiy.uz/u/654f3b872a85e
So'rovnoma javoblariga binoan tanishuvni jahon adabiyotidan boshlaymiz.
Badiiy, ilmiy-ommabop va sohaga oid bir nechta kitoblardan tanlab oldik. Koʻrib chiqing va toʻliq katalog uchun shu havoladan oʻting 👉 asaxiy.uz/u/654e1c4a6a247
📌 Taklif 12-noyabrgacha amalda, foydalaning.
@asaxiybooks
11.11 chegirmalari boshlandi!
1️⃣ Bu safar ham Asaxiy.uz saytida eng ommabop tovarlarga katta chegirmalar taklif qilinmoqda. Katalogda kosmetikadan tortib yirik texnikalargacha tanlov mavjud. Xaridlar roʻyxatini tuzing va yoqimli chegirmalardan foydalanib buyurtma bering. Eng ajoyib takliflar haqida kun davomida e’lon qilib boramiz.
🛍 Katalog bu yerda: asaxiy.uz/u/654cfb6bf3367
11.11 — Xalqaro shopping kuni uchun Asaxiydan yirik chegirmalarni qarshi oling!
10-11-12-noyabr kunlari Asaxiy.uz saytidagi ajoyib tovarlarga katta chegirmalar berilmoqda. Turli kategoriyadagi sifatli mahsulotlarni yoqimli narxlarda xarid qiling.
1️⃣ Havola orqali oʻting, katalog bilan tanishing va buyurtma bering 👉 asaxiy.uz/u/654cfb6bf3367
Buyurtmalar Oʻzbekistonning istalgan hududiga yetkazib beriladi. Imkoniyatdan foydalaning.
Eng avvalo ozor bermang...
“Ozor berma” tamoyili haqida bilasizmi? Uning mohiyati nimada va qaysi sohalarda qoʻllaniladi? Bu tamoyilga amal qilish majburiymi yoki ixtiyoriy?
Insoniylik jihatdan olib qarasak tamoyilga barchamiz amal qilishimiz lozim. Yuqoridagi savollarga javob va batafsil misollarni postda keltirib oʻtdik, tanishib chiqing va bilib oling. Eng muhimi, ozor bermang.
@asaxiybooks
“Mening hayotim” 3 yoshda
🫣 Bugun XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yoʻlini joriy etgan, AQSH avtomobil sanoatining “otasi” Henri Ford qalamiga mansub “Mening hayotim” kitobi ilk bor oʻzbek tilida chiqqaniga 3 yil toʻldi.
🛍 Shu munosabat bilan faqat bugun ushbu asarga 20% chegirma eʼlon qilamiz. Shaxs sifatida ham, innovator sifatida ham Forddan oʻrganadiganlarimiz koʻp. Kitobni mutolaa qiling va Henri Ford falsafasi, ish tamoyillari, faoliyati haqida bilib oling.
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/6548a46b9fc15
🌟 O‘zbekistonda ilk bor venchur startap kursi ochilmoqda 🌟
SwiftLaunch orqali o’z startapingizni yaratish uchun boshlanishiga $1000, keyinchalik uni rivojlantirishga $100 minggacha sarmoya jalb qilishingiz mumkin.
Asosiysi, Swift Lauch sizga startapni qanday yaratish va rivojlantirish bo’yicha ko’rsatmalar beradi. Spikerlar orasida:
• Akmal Payziyev – "Impact.t", "Express24", "MyTaxi" kompaniyalari asoschisi;
• Dilmurod Xodiyev – "C Space" asoschisi va boshlig’i;
• Jan Karsibayev – HBS (Harvard Business School) bitiruvchisi, Big Sky Capital Venchur fondi boshqaruvchisi;
• Liam Julien Lin – UC Berkley bitiruvchisi, "Matrix Asset Management" kompaniyasi investitsiyalar bo’limi direktori;
• Entoni Trankiem – "Tinder" kompaniyasi Digital Marketing bo'limi boshlig'i;
• Renato Lima – "Meta" kompaniyasida Security Engineer kabilarni uchratasiz.
⚡️ G‘oyangizni biznesga aylantirmoqchi bo‘lsangiz, foydali bo‘ladi. Asaxiy kanali obunachilari uchun 600 ming so‘m chegirma ham berishadi. Buning uchun swiftlaunch.co saytida ASAXIY promokodini kiriting.
P.S. O’qish ingliz tilida bo’ladi. Jamoangizda kamida bir kishi ingliz tilini bilishi kerak.
Veb-sayt | Telegram | Instagram |
Doimo siz bilan — hozir va shu yerda.
Faqat eng keraklilarini oʻrgatadi, ortiqcha maʼlumot yoki murakkab terminlarsiz.
@asaxiybooks
“Да Винчи сири”, “Рақамли қалъа”, “Ибтидо” каби сир-синоатларга бой, фантастик романлари муаллифи Ден Браун миллионлаб китобхонлар қалбидан жой олишга улгурган.
Муаллифнинг ушбу “Фаришталар ва иблислар” китоби дунё бўйлаб миллионлаб нусхада чоп этилган ва 50га яқин тилга таржима қилинган. Ушбу китоб фантастик, детектив ва илмий сюжетга асосланган. Китобни ўқишни бошлашингиз билан, шубҳасиз, ўзингизни асар қаҳрамони каби ҳис этасиз.
Талабларга биноан китоб #яна_сотувда , унга ҳозироқ буюртма беринг 👉 asaxiy.uz/u/6545ee8e1fbf6
@asaxiybooks
Iqtisodiyot — murakkab emas!
Tushuntiradigan ustozni toʻgʻri tanlash istalgan sohani oson tushunishga sabab boʻladi. Iqtisodiyot ham xuddi shunday, yaxshi yoʻlboshchi bilan hammasi oddiy va oson tus oladi.
Yoʻlboshchi sifatida sizga “Yalangʻoch iqtisodiyot” kitobini tavsiya qilamiz. Sohani oson, qiziqarli va sodda tilda oʻrganmoqchi boʻlsangiz kitob aynan siz uchun.
@asaxiybooks
Asaxiy Books лойиҳасидан кутилган янгилик — Ҳенри Марш китоби сотувда!
Ҳенри Марш: Озор берма: Ҳаёт, ўлим ва нейрожарроҳлик
🧠 Нейрожарроҳлик — тиббиётнинг жуда нозик ва хатарли йўналиши. Чунки шифокорнинг арзимас хатоси ҳам мудҳиш фожиага сабаб бўлиши мумкин. Операция хонасида суперқаҳрамон ролига кирган нейрожарроҳга беморининг ишончи қанчалик куч беради? Унинг хатосини бемори ва яқинлари қандай қабул қилади? Гиппократ қасамини ичган, ҳаммага “таъмасиз ёрдамлашишга” ва “уларга зарар етказишдан” ўзини тийишга ваъда берган шифокор-чи? Озгина эътиборсизлиги оқибатида ўлим топган ёки бир умр ногирон бўлиб қолган беморини кўрганида у кўнглидан ўтказадиган ҳисларни бошқалар тасаввур қила оладими?
Буюк британиялик тажрибали ва таниқли нейрожарроҳ Ҳенри Маршнинг “Озор берма” деб номланган китоби ҳаётий воқеалар асосида ёзилган. Унда шифокор ўзининг гоҳ қувончли, гоҳида эса қайғули якунланган жарроҳлик амалиётлари, беморлари билан боғлиқ самимий хотираларини баён этган. Йиллар давомидаги тажрибалар замирига қурилган асосий ғоя эса нафақат тиббиёт ходимларига, балки барчага бирдай асқатади. Китоб номи ҳам ёзувчининг бутун инсониятга даъвати каби янграйди.
Китоб “Халқ банки” билан ҳамкорликда чоп этилди. Ажойиб китоблар чиқишида кўмакчи бўлаётгани учун банк раҳбариятига Asaxiy Books жамоаси ва китобхонлар номидан миннатдорлик билдирамиз.
Таржимон: Ҳикматжон Толибжонов
Муқова: Юмшоқ
Нашриёт: Asaxiy Books
Нарх: 74 900 сўм
“El-yurt ishonchi” статус эгаларига: 64 000 сўм
Саҳифа: 320 бет
Ҳаётимизни ишониб топширадиган қаҳрамонлардан бири муаллифлигидаги китобга ҳозироқ буюртма беринг 👉 asaxiy.uz/u/65437497319b4
Bayram sovg‘asi!💝
Milliy mualliflar kuni munosabati bilan o‘zbek adabiyotidagi 5 kitobga chegirma e’lon qilamiz. Ro‘yxat bilan tanishing:
Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
Shuhrat Orif: Shom tovushi
Muhammad Ali: Kleopatra
Abdulla Qodiriy: Mehrobdan Chayon
O‘tkir Hoshimov: Dunyoning ishlari
Umumiy narxi: 229 000 so‘m
Biz taklif qilayotgan chegirma bilan: 169 000 so‘m
*Butun O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkazib beramiz🚚
Buyurtma uchun: asaxiy.uz/u/6541f6360b490
24 soat qoldi⏳
🥶 Ertangi muhim kun sharafiga zamonaviy oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrniga ega yozuvchi Javlon Jovliyev bilan suhbat tashkil qilamiz. Onlayn suhbatimizda yozuvchiga “Qoʻrqma” bestseller kitobi yoki oʻzingizni qiziqtirgan boshqa savollar yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniga ega boʻlasiz.
✨ Ertangi kun uchun ajoyib yangilik tayyorlanmoqda, ertaga batafsil maʼlumot beramiz. Ungacha siz suhbat haqida barchaga xabar bering va savollarni tayyorlab turing. 20:00 da @asaxiybooks Telegram-kanalimizda kutamiz.
@asaxiybooks
🌧 Anʼanaga muvofiq noyabr oyi uchun tavsiya kitoblar roʻyxati bilan boʻlishamiz. Kuzning soʻnggi oyi uchun bilim va dunyoqarashni kengaytiradigan hamda dam olish uchun maza qilib oʻqiladigan kitoblarni tanladik.
Saqlab oling va yaqinlarga ulashing.
@asaxiybooks