arjumandbegim | Неотсортированное

Telegram-канал arjumandbegim - 𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

482

Biz sen bilan qondoshmiz: Sen va Men! Murojaat : @Arjumandbegimga_bot

Подписаться на канал

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

IOS 18.1 dan yangilik ekan)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Rekord!

3 daqiqa) 😁

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Imtihon har doim men uchun bayram boʻlgan. Oxirigacha shunday boʻlsin! ✨

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Fb’dagi bir ayollar guruhiga 30 yoshdan oshganlarning 20 yoshlilarga hayot tajribasidan oʻtgan qimmatli maslahat berishlari soʻralibdi. Oʻzimga yoqqan 6 tasini yozib qoʻydim.

1. Shaxsiy chegarangizni nomusni asragandek asrang.

2. Hech qachon jinsdoshingizni erkaklar uchun sotmang.

3. Hech kimni rozi qilish uchun tugʻilmagansiz.

4. Yoqmagan joydan ketishni biling.

5. Bolalarning otasiga nisbatan hurmatini saqlash sizning vazifangiz.

6. Sayohatlardan pul ayamang.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

#mutolaa
#iyul

1. Jeyms Ngugi “Bolakay nidosi”

2. Nikolay Nosov “Bilmasvoy quyosh shahrida”

3. Uilyam Shekspir “Richard III”

4. Yujin O’Nil “Qayragʻoch soyasida”

5. Abdurauf Fitrat “Hind istilohchilari”

6. Hamza Hakimzoda Niyoziy “Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi”

7. Fyodor Dostoyevskiy “Aka-uka Karamazovlar” (1-2-3-qism)

Bugun bir doʻstim iyul oyida oʻqigan kitoblarini yozgan ekan. Men ham ilhomlanib sanab chiqdim.)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Zaif odamlar Xudoning marhamatiga ishonmaydilar. Ular kulishni biladilar xolos.

Yujin O’Nil | “Qayragʻoch soyasida”

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ishdan charchaganimda koʻzimni yumib chaliiib oʻtiraman) Charchoqlarim chiqib ketadi😇

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ish koʻp. Alhamdulillah)
Bekorchilikdan saqlasin! 🌸

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

​​​​Un

Yuzim shapatilar, sochim tortqilar,
Tik turgan holimda tuproqqa ko'mar.
Bukilib yashashga na men ko'naman,
Qaddimni kerishga na shamol ko'nar...

— "Egil
Xokisor bo'l
Yer bo'l — tuproq bo'l!"
Qulog'im ostida uvillar tinmas.
— Meni osmonlarga uchirgan o'zing!
Endi so'zlaringga vujudim ko'nmas.

Qilgin,
nelar qilsang senga havola,
Ista oyog'imni kishanla, boyla!
Toki ikki qo'lim osmonga tutash,
Men tuproq emasman!
"MEN" imdir qoya!

©️Arjumandbegim
2018


@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Gapirmayapmanmi? Demak, meni tushuna olmasligingizga ishonchim komil.

@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Qachon men ham tugʻilgan kunini intiq kutadigan odam boʻlaman-a?!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Bugun uyqu yoʻq. Shu bolaning ozgina issigʻi chiqyapti(

Shunaqa paytda odam (balki faqat ona desam toʻgʻri boʻlar, balki ayrim onalar…) na och qolganini, na uyqusi kelganini sezmas ekan.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Agar bu tush boʻlsa, hech qachon uygʻonmaslikni istardim… ❤️

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

#diqqat_savol

Bir ertakda ayiq bilan dehqon sheriklikda karam ekishadi. Dehqon ayiqni aldab hosilning tupi senga, yaprogʻi menga, deydi. Аldangan ayiq kelgusi yil, endi tupini sen olasan, bargi menga, deb yana aldanadi.

Diqqat savol: Ayiqning bu gal ham aldanishiga sabab nima edi?

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Qon bosimim tushib ketgan, blogerxonimning esa men bilan ishi yoʻq(

P. S. 80/60

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Men uchun yil davomidagi eng uzun kunlar oyning oxirgi sanalari. Eng qisqalari esa haftaning shanba va yakshanba kunlari.
👀
Nima ham deymiz, sogʻindi, sogʻindik, sogʻindim)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Sening imtihondagi 25 ta testni 4 daqiqada ishlab chiqqan dyusting))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Dadasi, Abdullohga faqat mashina buzishni oʻrgatmayapman. Mana, qarang))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Taqdir

Tasodiflar yoʻq bu dunyoda,
Uchrashmadik ikkimiz bekor.
Allohimning rejalarida
Biz anglamas buyuk hikmat bor!

Sen qayda-yu men qayda edim?
Goʻyo quyosh, goʻyo oy ayro.
Buni xudo istamaganda,
Boʻlarmiding qarshimda paydo!

Duch kelmaydi daryoga daryo,
Qushlar sira kelmas toʻqnashib.
Borligimni bilgandek goʻyo,
Kelarmiding dovonlar oshib!

Charchagandim yoʻllaring kutib,
Muhabbatning koʻzlari ojiz.
Mana endi bir lahza oʻtib,
Goʻyo eski tanishlardekmiz!

Sen qismatga ishonasanmi,
Koʻrganmisan meni qaydadir?!
Bilsang, buni moʻjiza emas,
Taqdir derlar, azizim, taqdir!

Malika Tavfiq

#Alhamdulillah

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Biri shu yerda oʻlib ketdi, boshqasi oltin izlab ketib oʻsha yerda oʻldi. Hozir birortasi yoʻq. Oson yoʻl bilan moʻmay boylik orttirishni istaganlarning qismati shu, Xudo esa qudratli, faqat kuchli odamlarga qayishadi.

Yujin O’Nil | “Qayragʻoch soyasida”

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Tanishing — Yusuf)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Birga ishlayotgan odaming bilan “Yulduzing yulduziga toʻgʻri kelmaganda”, lekin murosa qilishga majbur boʻlganingda))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Turmush oʻrtoq bilan bamaslahat qilinmagan ishlarning aksariyati omadsizlik bilan tugaydi)
Soʻraganimda u bunga ruxsat bermas edi degan gap — bahona xolos)

Mayli, u sizni tanqid qilsin; ruhiy, jismoniy yoki moddiy koʻmak bermasin, lekin choʻkishingizga jim qarab turmaydi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

4-semestrda oʻqishga faqat ovqatlanish uchun bordim))

Ikkinchi kurs ham tugadi, Moliya ham(

P.S.: Nomi oʻzgardi.
😒 (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga )

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Oʻzgarish yoʻq…

Yaqinlashgan sari kayfiyat tushib ketaveradi)
Yuragim ogʻriydi, yigʻlayman))

Har doimgiday atrofdagilar sababini soʻrashadi, men esa “bilmasam” deb qoʻyaman. Aytganimdan nima naf?!

Shu sanani kalendardan oʻchiramizmi?))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

❗️Shu asarning boshqa varianti kerak)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

#yakshanba 😁

— Dadasi, keling bitta oʻyin oʻynaymiz.
— Yoʻq! Oʻynamayman! Hamma ishni oʻzing qilasan.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Hamma aqllilar oʻzimni kanalimda😁🤗

Javob: Chunki keyingi yil sholgʻom ekishadi.

Sabzi, kartoshka variantlari ham toʻgʻri keladi)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ustoz otangdan ulugʻ

Xalqda Mehmon otangdan aziz, Ustoz otangdan ulugʻ degan hikmat bor. Biror aqlli zot, otadan ulugʻ, otadan aziz inson boʻlmaydi, deb aytgan chogʻi, keyingi vaqtda Mehmon otangdek aziz, Ustoz otangdek ulugʻ deyish urf boʻldi.
Otadan ulugʻ va aziz kishining yoʻqligi haqiqat. Аynan shuning uchun ham bu tashbeh ishlatiladi. Maqol xalq ijodi. Ijod badiiyatsiz, badiiyat mubolagʻasiz boʻlmaydi. Inson boshi toshdan qattiq, deymiz. Toshdan qattiq narsa yoʻqligi uchun shunday deymiz. Togʻni ursa talqon qiladigan yigit, degan gap bor. Togʻni maydalab boʻlmasligi uchun bu maqol qudratli va boqiy. Dunyoni suv bossa toʻpigʻiga chiqmaydigan odam boʻlmaydi. Soch bilan koʻcha supurilmaydi, koʻz yoshi bilan suv sepilmaydi. Lekin yor yurgan koʻchalarni supuray sochim bilan, changi chiqsa suv sepay koʻzlardagi yoshim bilan, deya kuylanadi. Buni lutf deydilar. Zavqi yoʻq odam lutfni anglamaydi. Bir doʻstimiz boʻlardi. Latifa aytsalar kulmas, “yoʻgʻ-ey, bunaqa boʻlishi mumkin emas” deb turardi. Shu doʻstimiz adabiy tanqidchi boʻldi, lekin adabiyot nima ekanini, goʻzallik nima ekanini anglamay xoʻmraygancha dunyodan oʻtib ketdi.
Mehmon otangdan ulugʻ, deganda biz avvalo otani ulugʻlaymiz. Otadan aziz, otadan ulugʻ zotning yoʻqligini mubolagʻa vositasi bilan tasdiqlaymiz.
Nega men bu arzimas xatoga yopishib oldim? Gap shundaki, odamlarda tafakkur kuchi ortgani sari tasavvur kuchi kamayib bormoqda. Zavq-shavq oʻrnini sovuq hisob-kitob egallamoqda. Аql va yurak bahsida hissiyot yengilib, quruq mantiq gʻalaba qilmoqda. Bu jamiyat uchun xatarli hol. Oʻzbek askiyani unutsa, doʻstona hazillarni esdan chiqarsa, soʻzning latofatini anglamay qolsa, bu faloqatdir.

Erkin Vohidovning “Soʻz latofati” asaridan

@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Bayramlarni telefonsiz, oilam bilan “jivoy” oʻtkazgim keladi, shuning uchun tabriklashga ulgurmayman.

Men bilgan, yaxshi koʻrgan va hurmat qilgan deyarli hamma shu kanalda bor. 🤗

Barchangizni yangi yil hisobi boshlanayotgani bilan tabriklayman!
2024-yil ham omadli va barakali yil kelsin!

Читать полностью…
Подписаться на канал