Янги йилда мақсад қўйдингларми? Сир бўмаса қанақа? Комментга ёзингларчи.
Мен ҳам мақсад қўйдим. Янги йилнинг илк кунларидан бошлаб спорт билан шуғулланмоқчиман. Бу спортнинг номи: ҳеч нима қилмаслик😁
Ҳазил ҳазилкуя лекин чиндан ҳам шундай спорт тури мавжуд. Жанубий Кореяда бор шунақа спорт тури. Одамлар бир ерга тўпланишиб, ҳеч нима қилишмайди. Шунчаки ўтиришади.
Ғалати спорт а?)
Лекин аслида бу спортдан мақсад дам олиш ҳам муҳимлигини англатишдир. Хабарингиз бўлса керак, узоқ шарқ томонларда жуда кўп ишлашади. Шуни кетидан кўплаб стресслар келиб чиқади.
@psixobloguz
Agar Yangi yilda hech kim menga rangli qalamlar sovgʻa qilmasa, …😌
… ertasiga oʻzim sotib olaman) 🤭
“Qora kamar” (Sh.Xolmirzayev)
“Kashtanka” (A.Chexov)
“Soʻz latofati” (E.Vohidov)
Yilni shu asarlar bilan tugatyapman.
Yaqinda egizaklar uchun havas bilan, mehr bilan bir juft “pled” toʻqigan edim. Berib yuborsam, “Bizga uchta kerak boʻlib qoldi” deyishsa boʻladimi?))😁
Читать полностью…Kanalimda malaka oshirish niyatida boʻlgan kopirayterlar boʻlsa, ushbu kurs ular uchun “katta xazina” boʻlishiga ishonaman.
850 minglik tarif aynan siz uchun mos keladi.
Bu reklama emas, har doimgidek foydali tavsiya. Sizlarga faqat oʻzimga ma’qulini ilinaman.
P. S. Talablarim koʻpligi, tanqidchiligim va didim nozikligini hisobga olib xulosa chiqaraverasiz. 😉
Qanchalik yoqtirmay, yomgʻir yogʻishni boshlasa, tomidan chakki oʻtayotganidan tonggacha xonaning har-har yeriga boʻsh idish qoʻyib tong ottiradiganlarni, mavsumbop oyoq kiyimi yoʻqligidan darsga bora olmagan bolalarni, roʻzgʻor uchun yoʻlkiradan tejashni oʻylab, boshiga sellofan paket kiyib ishga yoʻl oladigan ota-onalarni oʻylab, koʻnglim buziladi.
Читать полностью…Xayr, Sinaps.uz 🫶🏻
Uch oy davomida musahhih va muharrir boʻlib ishladim. Men uchun katta maktab boʻldi. Shu loyiha sabab boʻlib oʻrganganlarimning qiymati bebaho!
Rahmat, Sinaps.uz 💕
Kecha Alima Oybekovna “Boy er topish kerakmi, yo pul topishni oʻrganish kerakmi?” deb yozilgan savolnomani aholi ichida koʻtarib yurganlariga koʻzim tushdi.
Boy er topsangiz-u, sizni hurmat qilmasa, asramasa, huquqlaringizni toptasa…
Pul topishni oʻrgansangiz-u, yoningizdagi yo alfons, yo dangasa, yo shunga oʻxshash “nimadir”lar boʻlsa…
Eng toʻgʻrisi, sizni sevadigan, qadrlaydigan, gʻururi bor insonni topish kerak. Agar u sizni va oʻzini hurmat qilsa, hech qachon kam boʻlmaysiz. Har tomonlama (!) koʻnglingiz xotirjam boʻladi. Hech narsaga zoriqmaysiz. U borini berib mehnat qiladi. Siz uchun, oilasi uchun tinmaydi. Ayollar uchun pul topish 10-darajali (9 tasi turmush oʻrtoq va farzandlarga e’tibor). Nima dedingiz?
*E’tibor bering, ayollar uy ishlarini qilib yuraversin demadim. Ayollarning ilmli, hunarli boʻlishlarini har doim qoʻllab-quvvatlayman. Oʻzim ham tinimsiz izlanaman, oʻrganishsiz oʻtgan kunim yoʻq. Shunchaki, hamma narsa (har kim) oʻz oʻrnida boʻlgani yaxshi.
Juda ma’noli video.
Odamlarga nimanidir isbotlashga harakat qilmang.
To ular bu haqiqatni anglashga tayyor boʻlishmaguncha foydasi yoʻq.
Sarflagan vaqtingiz, uvol boʻlgan energiyangiz, oxirida esa yomon boʻlganingiz qoladi.
Parvardigori Oliy ba'zi insonlarini boshqalarga mukofot qilib yaratgan.
Isajon Sulton "Boqiy darbadar"
@Arjumandbegim
Nima uchun tuyg‘ularimizni, ichimizda kechayotgan o‘y-xayollarimizni yaqinlarimizdan sir tutishimiz kerak?!
Ular bizni yaxshi odam deb o‘ylashlari uchunmi?!
Yomonligingizni-da qabul qila olmagan odamga yaxshi ko‘rinish shartmi?!
Dunyoda mutlaq yaxshi yoki yomon odam yo‘q. Yaxshiroq va yomonroq insonlar bor...
O‘z kechinmalaringizni boshqalarning tarozisi bilan o‘lchamang.
Samimiy odamlar orasida yashay desangiz, samimiy bo‘ling!
Ishonasizlarmi, loyiqlarimdan oʻta past, loyiqmaslarimdan oʻta baland ball olganman.
Mana, “adolat”ning yana bir namunasi))
Yiliga toʻrt marta sayohatga chiqsak, 12 yildan keyin yangi olar ekanmiz)
Nasib🥰
P. S. Passport muddati 10 yil ekan 🤭
Darslar, imtihonlar tugadi. Ishga qaytdim. 🤓
Videoda qaysi asar haqida soʻz bormoqda?
#Haftalik
Har kun oʻrtacha 500 ta test yodlab, imtihonga kiryapmiz)
Ertalab 9 da institutga kelaman va hech kim yoʻq xonaga kirib, 1-2 soatda shuncha testni koʻrib chiqaman. Qayerdaligimni soʻrashsa, javob yozmayman.
Imtihon xonasiga kiraverishimda pishir-pichirlarni eshitiladi: “… shu opaning yonlarida oʻtirish kerak…”
5-6 kishiga yordam beraman, yonimdagi stulda oʻtirish — 500 ming (nomzodlar koʻpaysa, hazillashib qoʻyishadi))
Kecha sermahsul kun boʻldi: chet elga chiqish passporti uchun roʻyxatdan oʻtdik, oʻgʻlimizning guvohnomasidagi imlo “xato”ni toʻgʻrilatdik, yangi ishim boʻyicha hujjatlarni toʻpladik, yana nimadirlar.
Yana ikki kun qoldi.
P.S. Imlo haqida: bobosining ismlari — Ibroxim, tugʻilganlik guvohnomasida Abdulloh Ibroximov edi. Shuni Ibrohimov qildirdik.
Shukur Xolmirzayevning “Qora kamar” asari PDF varianti kerak. Izlashvoringlar, please 👀
Читать полностью…Oʻzingning “doirang”dagi odamlar bilan bitta joyda, bitta xonada maza qilib ishlasang-da)
Oylik ham koʻzga koʻrinmasa kerak)
Гуруҳга ёзилишга улгуриб қолинг
Курсга қабул тез кунда ёпилишини эслатиб ўтаман. Кейин яна 2-3 ой қабул бўлмаслиги мумкин.
Нархлар:
Курс нархи 850 000 сўм.
Устоз назорати билан 1 100 000 сўм.
Истасангиз, бошланишига 4 та дарс учун тўлов қилсангиз бўлади, у 350 000 сўм бўлади.
Курс ҳақида батафсил: xatoliklar/kurs-noyabr" rel="nofollow">https://teletype.in/@xatoliklar/kurs-noyabr
Саволларингиз бўлса: @Copywriting_Support
“Mashq qilish orqali kerakli har qanday koʻnikmani rivojlantirishingiz yoki istalgan xulq-atvorni kasb etishingiz mumkin.”
Читать полностью…Qurbaqani tanovul qilishning birinchi qoidasi: “Agar bir vaqtda ikki qurbaqani paqqos tushirishga toʻgʻri kelib qolsa, birinchi boʻlib eng xunugidan boshlang.”
“Samaradorlikning 21 yoʻli” asaridan
🌝 Yaxshi koʻrib qolishmasin, deb muloqotni imkon qadar qisqa qilaman, baribir yaxshi koʻrib qolishaveradi-ya))
Читать полностью…Ор
Ёлғизлик қийин экан. Умр бўйи олийгоҳда фаррошлик қилиб ўқитган фарзанди бугун унга шарт қўйди:
— У ерда ё мен ўқийман, ё сиз ишлайсиз!
Аржумандбегим
👉🏻 Драбллар | қисқа ҳикоялар
Tong otdi,
eslatib ochligim.
Ukam ham uyg'onar och qolib...
"Qaniydi, odamday uyimda
yeyolsam kunduz-u kechligim" - yig'layman dod solib, dod solib.
Bergin-u,
so'rama odamdan.
Bir burda noni ham egalik…
Men kimman —
na qushday sayrayman,
na itday huraman uyida
bersaki yegulik, yegulik!?
To'g'ri-da,
Odammas — bir qisim
Tuproqman — yarim jon,
yarimjon.
Yo bugun topaman to'qlikni...
...qolmaydi tuproqda na izim...
Eh odam, eh odam, odamjon.
Tong otdi, eslatib ochligim...
©Arjumandbegim
26.02.20
@Arjumandbegim
Tuygʻular abadiy deymiz. Adashamiz. Tuygʻular ham oʻladi, tuygʻularni tuygʻular oʻldiradi...
Читать полностью…