Diqqat!
Qiziqarli ish yoki ta’lim kerak.
Ichimdagi intellektual energiyamni sarflamasam, charchatib qoʻyyapti)
Shunaqa narsa boʻlsinki, bosh koʻtarmay oʻsha ish (oʻqish) bilan shugʻullanay.
@Yangi_oy
*Intellektual energiya degan jumlani birinchi eshitishim😅
Ayni damda xayolimga kelgani shu boʻldi))
9. Siz doimo yordam berishlarini kutasiz
Ha, siz shundaysiz. Oʻzingizdan “bechora” yasab olgansiz va boshqalardan doim najot kutasiz. Siz uchun hamma narsa tekin boʻlishi kerak.
Achinarlisi, imkoniyatingiz boʻlsa ham, oʻzingizga ravo koʻrmaysiz.
Kalavani koʻrib esimga tushdi, sizlarga aytish esimdan chiqibdi. Bugundan rasmdagi “goʻzallik”ni toʻqish boʻyicha kursimning navbatdagi guruhi uchun birinchi darsi boʻlib oʻtadi.
Qatnashmoqchi boʻlganlar boʻlsa, oʻzimiznikilarni “suv tekin”ga guruhga qoʻshib qoʻyaman.
😁 Bilsangiz, bilarsiz: @Yangi_oy
Kopirayting kursida yangi darslar boshlanish arafasida. Kurs oʻtishimni soʻrab yozayotganlar bemalol shu guruhga qoʻshilib olishi mumkin. Barcha vazifalarni oʻzim tekshiraman va yordam beraman.
Murojaat uchun: @Copywriting_Support
Kopiraytingga kirgan ilk davrlarimda atrofdagi boshqa kopirayterlar ishlarini jamoa ichida bemalol tanqid qilaverardim. Ba’zan oshirib ham yuborardim.
Abduazim Rustamxoʻjayev kurslarida oʻqiganimda “kasbdoshlik etikasi” degan tushunchaga roʻpara keldim va bu ishlarim qanchalik xato boʻlganini tushundim.
Ular hech qachon boshqa bir kopirayter (kursi yoki ishlari) haqida salbiy fikr bildirmaganlar. Aksincha, hurmat bilan gapirganlar. Shogirdlari tanqid qilganda ham, bu toʻgʻri ish emasligini gap orasida uqtirib ketganlar.
👀 Oramizda gapimni tasdiqlaydigan ustozning shogirdlari bormi?
Oʻziga ishongan odam raqobatdan qoʻrqmaydi va raqobatchilarni oʻziga dushman hisoblamaydi.
Читать полностью…Oʻgʻlim telefonim rasmini oʻzgartirib qoʻyibdi. Asliga qaytarmadim. Chunki oʻzimga ham juda yoqdi.
Atrofingizdagilar nimani istayotganini soʻrab turing.
Ikkalangiz ikkita qayiqqa chiqib, bir tomonga qarab suzib ketayotgan boʻlishingiz mumkin.
Agar shunday boʻlsa, bitta qayiqqa chiqing va birga eshkak eshing. Manzilga ancha tezroq borasiz.
P. S. Aytgancha, yuqoridagi mobil ilova orqali ish topish mumkinligini bilarmidingiz?
#tavsiya
Yuklab oling. Oʻrnating. Rezyume joylang.
Oʻtgan hafta shu kiyim ilgichni 15 000 soʻmga sotib oldim.
Hamma chegirmalar ham haqiqiy boʻlavermaydi. Marketing qurboni boʻlmang.
Asaxiy.uz ning 20 minglik chegirmasidan foydalanib, 59 minglik kitobni 39 mingga sotib oldim.
Endi oʻqish kerak))
Хушхабар!
Копирайтинг курсига анчадан бери қабул ёпиқ эди. Курсда ўқимоқчи бўлганлар ҳам кутиб қолишди.
Ниҳоят, эртага қабулга старт берамиз. Тарифлар ва тўловлар бўйича ҳам эртага маълумот берилади.
@Abduazim_uz
Ish bilan yurgandik. Meni koʻrishlari bilan oyogʻim ostiga Eronning qizil gilamlaridan solishdi. Qayerdandir orkestr paydo boʻlib qoldi. Kamtarlik qilib ozgina chaldirib toʻxtatdim. “Lipt” degan narsasi ishlamay qolgan ekan, taxtiravonga oʻtirgʻizib, eng yuqori qavatga olib chiqib qoʻyishdi. Choylari yoqdi, ikki piyolani ichdim-u turdim…
Umuman olganda xizmat sifatidan koʻnglim toʻldi, samolyotim qoʻnishi uchun bino tepasida bitta aeroportcha qurib berishsa, ish takliflarini oʻylab koʻraman.
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa,
Kuyar osmon, tushunmaysan.
Meni samo tushungaydir,
Sen, ey inson, tushunmaysan…
Kuyib ko‘ksim o‘tar bo‘lsam,
Oqar bo‘lsam, ketar bo‘lsam,
Meni daryo tushungaydir,
Sen, ey ummon, tushunmaysan.
Men ham shaydo, men ham maftun,
Men ham hech kimi yo‘q Majnun,
Meni Laylo tushungaydir,
Sen, ey jonon, tushunmaysan.
Mening yo‘lim uzun armon,
O’zim dovon, o‘zim karvon,
Meni sahro tushungaydir,
Sen, ey sarbon, tushunmaysan.
Mening borim erur ko‘nglim,
Mening yorim erur ko‘nglim,
Ma’yus tanho tushungaydir,
Sen, ey xandon, tushunmaysan...
Ma’yus kunim ko‘zim tushsa,
Kuyar osmon, tushunmaysan.
Meni Olloh tushungaydir,
Sen, ey xoqon, tushunmaysan.
Ko‘nglim gul, ko‘zlarim guldir,
Yuzim gul, qo‘llarim guldir.
Meni sabo tushungaydir,
Sen, ey to‘zon, tushunmaysan...
G’uborimdir bo‘yi rayhon,
Minorimdir tilim biyron.
Meni dunyo tushungaydir,
Sen, ey nodon, tushunmaysan.
Muhammad Yusuf
P. S. Charchoq…
“Latte omili” quruq safsatami?
https://telegra.ph/Latte-omili--kichik-qadamlarning-katta-yo%CA%BBli-05-08
✅ Siz bilgan @Nilufar_Obidova
Pullaringiz qayerda? Siz istagan pullar qayerda o'zi?
Keling, xayol surmaymiz. Nega ko'nglingizdagi summa qo'lingizda yo'qligining aniq, konkret 8 ta sababiga o'tamiz. Axir gap pul haqida ketarkan, oldi-qochdidan nima foyda? 😀
1️⃣ O'sha pulni topish uchun baloyam qilmaysiz
To'g'risiyam-da. Yozda issiq deysiz, qishda sovuq. Qo'lingizni qimirlatgingiz kelmaydi. Falon-falon ishlarni qiling, desak, qilolmasligingizga sabablarni qalashtirib tashlaysiz.
Shunchaki hissiyotga berilish, chiroyli xayol surish, pullarni tush ko'rish va hayajonli ovozda "menda ham bo'lishini xohlaymaaaan" deyish bilan ish bitsa ekan 🙄
2️⃣ Tilingiz bilan yurasiz
Xafa bo'lmang. Hurmat-izzatdanam gapirmang. Ammo siz faqat tilda pul topadiganlardansiz. Aslida harakatga kelganda qo'rqoqsiz!
Qayerdan boshlashni, qanday qilishni bilmasligingiz mayli. Hatto uni birovdan so'rashdan cho'chiysiz. Undan ko'ra tilingiz botir: "O'zi qoyillatardim-kuya, xohlamayman-da!" 😌
3️⃣ Aniq maqsadingiz yo'q
Shunchaki uxlashdan oldin Jenifer Lopez yoki Bred Pit o'ynagan filmlarda o'zingizni tasavvur qilishingiz, instagramdagi boooy, zoooodagon oilalar qahramonlari o'rniga o'zingizni qo'yib ko'rishingiz mumkin. Tamom.
Shu xolos. Tasavvur xolos. Maqsad yo'q.
4️⃣ Gaplashishni bilmaysiz
Kommunikatsiya qila olish qobiliyati bu — oltin! Ishonavering, agar sizda bu ko'nikma bo'lsa, ohho, necha kilogramm tillaning pulini topa olasiz.
Hamsuhbatingizning hissiyotlarini payqay olasizmi? Unga to'g'ri savollar bera olasizmi? O'zingizga munosib baho berib, istalgan paytda xohlagan mavzuda har qanday davrada nutq so'zlay olasizmi?
Unda tabriklayman! Siz dahosiz.
Qolganlar, davomini o'qing. 😀
5️⃣ O'zingizni taqdim etishni bilmaysiz
Ha, sizda qobiliyat bor. Kimdir do'lmani zo'r pishiradi. Kimdir kitoblarni qoyillatib o'qiydi. Yana kimdir tozalash ishlarida epchil. Huuu anavi odam esa matn yozishda as bo'lib ketgan.
Lekiiiiiiin shu xizmatlarini buyurtmachiga qanday taqdim etishni... yo'q, shu buyurtmachini qayerdan topib, qanday murojaat qilishniyam bilmaydi.
Eng yomoni, bunga urinmaydi ham. Nima, unda pul o'zi eshik qoqib kelsinmi? 😜
6️⃣ Pul topishning o'ziga xos qonuniyati/formulasi/yo'l-yo'rig'i/algoritmi bor deb hisoblaysiz
Mana shunday fikrlar doim g'ashimni keltirgan. Aslida esa sehrni siz yaratasiz, siz!
Hamma uchun xizmat qiladigan yagona shablon yo'q! Kopiraytingdami, pedagogikadami, marketingdami... umuman bunaqasi yo'q.
Biz turli yo'llardan yuradigan turli odamlarmiz. Shunday ekan, hammaning o'z (birovnikimas) muvaffaqiyat formulasi bor!
7️⃣ Juda maydakashsiz
Kattaroq nimadir qilishdan qochasiz. Hatto choy-chaqagayam eeeeng kichik kupyuralarni ataysiz.
Unday qilmang. Qiymatni, hech bo'lmasa, mana shundan boshlab oshiring. Sizdan kutganlaridan ortig'ini berishga, mana, bugundan boshlab o'rganing.
Bu nafaqat pul, balki, maslahat, tavsiya, taklif shaklida ham bo'lishi mumkin. Zo'r tomoni, hayot — bumerang. 🙃
8️⃣ Ooo, siz donolar donosisiz!
Shuning uchun rivojlanishga ham, yangi bilimlar olishga ham, malaka oshirishga ham urinmaysiz. Qiymatingizni oshirmaysiz. Bechora pullar esa o'zi sizga yalinib, eshigingizdan kirib kelishi kerak 😖
Bir narsani biling: yangi nimadir o'rganmas ekansiz, daromadingiz yangi songa o'zgarmaydi.
Shunchaki o'qigan bo'lmang. Har bir punktni xulosalang. O'zingizda bor-yo'qligini tahlil qiling.
Bir summani orzu qiling va unga erishishning kichik bosqichlarini tuzib chiqing. Men ham sizning borligingizni his qilishim va omad tilashim uchun esa reaksiya qoldiring ❤️
😊 Pulingiz ko'p, daromadingiz mo'l bo'lsin, yaxshi inson.
@kopirayterkundaligi
Shunaqa ishim koʻp, qaysi biridan boshlashni bilmay, hech birini qilmay oʻtiribman. 🧶
Читать полностью…Гадонинг душмани гадо бўладими ёхуд рақобатчиларга муносабат
🔥 Рақобатчилар бўлмаса, "бозор" фақат меники бўлади деб ўйлаган киши рақобатчиларни ёмон кўриб қолиши, уларни душмандек кўриши мумкин. Албатта, бу хато тушунча. Рақобат бўлган жойда ривожланиш, сифат бўлади. Зотан, монополист бўлишга интилиш тўғри эмас.
⏩ Оз бўлса-да манфаат етказиш имкони бор экан, турли йўналишларда хизмат қилишга ҳаракат қиламан ва ҳар бирида рақобатчиларим бор. Улар билан муносабатим ҳақида тўхталмоқчиман: ⬇️
📖 – мусаҳҳиҳлар: ҳамкасбларим Абдуазим ака, Ориф Толиб, Ғиёсхон Умаровхонлар билан ўзаро фикр ва иш алмашиб турамиз, билмаганимни улардан сўрайман. Ҳеч биридан иш қизғанмайман, қайтага кўпинча иш бор, оласизми деб бир-биримизга мурожаат қилганимизда вақт йўқлиги айтилади;
🪶 – ёзувчилар: асосан болалар учун, тарбияга доир китоблар ёзганим сабабли ҳеч ким бу мавзуда ёзмаса эди деган хаёл келмайди. Кўпроқ ёзсинлар, фойдали маълумот кўпайсин. Ёзаётган китобларим номи ёки мавзусини айтишдан ҳам чўчимайман. Айни шу мавзуда ёзгани билан ҳар ким ўз билим ва тажрибасидан келиб чиқиб ёзади, ҳар кимнинг ўз ўқувчиси бор. Ёзувчилардан Санжарбек Сайфуллоҳ билан кўп фикр алмашамиз, режаларимизни ўртоқлашамиз, ўрни келганда бир-биримизнинг китобимиздан фойдаланамиз. Бошқа ҳар қандай ёзувчи, таржимонлар билан ҳам тажриба алмашишга тайёрман. Ўзим билмаганларимни устозлардан сўраб тураман;
📧 – ижтимоий тармоқ: оила ва фарзанд тарбияси, имло бўйича ёзаман ҳамда бу мавзуда ёзадиган кўзга кўринган кишиларни кузатаман. Шавкат ака, Икром ака, психолог Розалия ва бошқалар шулар жумласидандир. Улардан билмаганларимни ўрганаман, рақиб деб билмайман, доимо ҳамкорликка тайёрман. Мавзу бир бўлгани билан ҳар кимнинг йўналиши ҳар хил.
❓ Сизнинг ҳам рақобатчиларингиз борми? Уларга қандай муносабатда бўласиз?
@Kitaabun
Ba’zan shu kabi yolgʻonlarga aldanayotgan odamlarni koʻrib, oʻqimagani, oʻrganmagani, kuzatmagani, tahlil qilmagani — miyani ishlatmagani uchun ular shunga munosib, deb fikrlab qolaman.
Keyin yana koʻnglim yumshab, ularni aldayotgan odamlardan nafratlanib ketaman.
Siz qanday fikrdasiz, bu vaziyatda kim aybdor?
«Ҳозир ёки ҳеч қачон!»
Ўрнингиздан туринг, азиз обуначи. Телефонни қўйинг ва сиз учун манфаатли бўлган ишларни бошланг!
Дангасалик ва қўрқоқлик қилманг. Сиз уддалайсиз!
Биз уддалаймиз, қани кеттик!
Mana sizga yana bir imkoniyat eshigi. Istang, bu eshikdan kirib yana bir sohani oʻzingizniki qiling. Istasangiz, vaqtingizni boshqalarning yutuqlarini oʻqishga sarflab yuravering.
Kimgadir havas qilish yaxshi, harakat qilib boshqalarning havasiga sababchi boʻlish undan-da yaxshi.
Tariflardan ham, toʻlovdan ham bexabar xolis inson sifatida rivojlanishni istagan har qanday soha egasiga ushbu kursni tavsiya etaman.
Agar menga motivatsiya bermoqchi boʻlsangiz, toʻgʻri kartamga tashlayvering))
P. S. Kun davomida ish uchun bor-yoʻgʻi 2-3 soat vaqt ajrataman. Natija yomon emas-a?
😎 Asosiysi, qaysi soatlarda ishlashni oʻzim hal qilaman.
Turmush oʻrtogʻimning tugʻilgan kunlariga Oʻz hisobimdan oldim 😌
Hech qayerda ishlamaydigan odamda hisob nima qiladi deysizmi?
Axir men kopirayterman — dunyoning istalgan yeridan turib, bitta telefon bilan, bir paytning oʻzida bir nechta joyda ishlash imkoniyatiga ega kasb egasi.
Ustozlarim Abduazim Rustamxoʻjayev, Ezozxon Ismatova, bundan tashqari, musahhihlik ishimda oʻzining beminnat yordamini ayamagan Gʻiyosxon Umarxonovga minnatdorchilik bildiraman.
Xullas, epladim. Yarim yilda qadrli insonim uchun qimmatli sovgʻa olishni reja qilgandim. Yetkazganiga shukur!
Qandaydir muammoga duch kelsangiz-u uni yenga olsangiz, Alloh yo sadoqatli do'stdan, yoki mustahkam irodadan mosuvo qilmaganiga amin bo'lasiz!
Arjumandbegim
P. S. 5 yil oldingi xulosam ekan)