arjumandbegim | Неотсортированное

Telegram-канал arjumandbegim - 𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

482

Biz sen bilan qondoshmiz: Sen va Men! Murojaat : @Arjumandbegimga_bot

Подписаться на канал

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

#real

— Dadasi, 100 $ qancha hozir?
— 1 215 ming.
— Qancha bersam, qilib kelib berasiz? (😁)
— 1 200 ming.
— 1 150 ming beray? 🤭
— Yoʻq.
— 🥺
— 🤨
— Xoʻp-da. Dadasi?
— Nima?
— Magazinga chiqib kelishim mumkin, 50 ming tashlab keting. 😌
— Xoʻp. 🤦🏻‍♂️

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Katta yoshli odamlar “avval boshqacha edi…” deb boshlasa, koʻpchilik yoshlar qatori, yana bir xil gaplar aytilishini taxmin qilib, ensamiz qotardi.

Endi oʻzim ham aytaman: avval boshqacha edi.
Oʻqishga kirish qiyinligidan qadri ham baland edi. Uxlamay tayyorlanar, kurs toʻlovi uchun hamma narsadan tejar edik, hatto ovqatdan ham. Litseydagi kursdoshlarim orasida tushlik qilmaydiganlari ham bor edi…

Bundaylar hozir ham bor, bilaman.

Lekin… Lekin u paytda hamma abituriyentlar bitta qayiqda edi, hamma harakat qilar edi. Hozir esa, faqat ma’lum bir tabaqa…

Tabaqalanish har bir jamiyatda bor, bizda ham.
Ammo bu tabaqani kelajagi uchun kurashayotgan, har xil sharoitdagi yoshlar oʻrtasida yuzaga keltirish — adolatsizlik!

Bolalarni, yoshlarni birlashtirish kerak, ajratish emas. Ular onggida “Nega men boy oilada tugʻilmadim?” “Nega doʻstimning ota-onasi oʻqityapti, meniki esa yoʻq?” “Nega akamni oʻqitishdi, menga oʻqitolmaymiz deyishyapti?” kabi savolar tugʻilishiga, kamsitilishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak.

Men faqat insoniylik nuqtayi nazaridan gapiryapman. Ta’lim tizimining buguni va kelajagi haqida gapirmasa ham boʻladi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

5 дақиқа олдин ва ҳозир. 😁

Кайфиятимни кўтариш осон. Асосийси, буни ўзим уддалай оламан. 😎

Энди ҳамма ишга. Текширилмаган вазифалар ва таҳрир иши.

Аллоҳ куч-қувват берсин!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

#кечинма

— Кўнгил…
кичик юрагимга сиғмаяпсанми?
Ёки ёқмаяпти чирик девори?
Деразалар синиқ
эшиклар одми…
Эзиб қўйдими ё армон залвори?…

Аржумандбегим
18.08.2023

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

“Meni aytyapti” 😌

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Tasodiflar yoʻq bu dunyoda…❤️

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Harorati 39.8 °C dan tushmagandagi ichki holatimni tasvirlab bera olmayman.

Hamma narsa bir narsa — hech narsaga aylandi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Rost. Odam bir vaqtning oʻzida ham doʻstni, ham boylikni birday sevolmaydi. Koʻp hollarda pulni doʻstining qadr-qimmatidan ustun qoʻyib, hayoti davomidagi eng katta yoʻqotishlardan birini qilayotganini sezmay ham qoladi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Soch oqidan shikoyat qilib, unga zulm qilayotganingni ko‘rib turibman, soch oqi bir ekin (bo‘lsa), uning urug‘i umrdir.

Abu Bakr al-Xorazmiy

@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

…bugun! ❤️

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

— Dadasi, men choʻntagimdan pul topib oldim, kimniki ekanligini bilaman.
— Xoʻsh?
— Bir kun oʻsha odam bilan taksiga chiqqanimizda u shafyorga 50 ming bergandi, yoʻlimiz 10 minglik edi. Shunda taksidan oxiri men tushganim uchun shafyor menga uzatganda olib, choʻntagimga solgandim. Shu bilan qolib ketgan.
— Xoʻsh?
— Nima maslahat berasiz, egasiga aytaymi yoʻqmi?
— Ayt.
— Soʻrasam, shundogʻam beradi a shu pulni?
— Ha beradi.
— Aniqmi?
— Ha.
— Balki rostini aytganim uchun ikki baravar berar-a?
— 🤦🏻‍♂️
— Beradimi?

— Yoʻq!🤨
— Unda aytmayman😕

*Nima deysizlar, aytsammikan?))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Bir zoʻr kursda oʻqiyapman va bir zoʻr jamoa bilan ishlayapman. Shu darajada zoʻrki, miyam dam olyapti!

*Qanaqa guruh/kursligini hozircha aytmayman, qizgʻanyapman))😁

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Mana kunning yana bir muhim yangiligi🔥

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Yana bir ajoyib tong🌔
Yetkazganiga shukur!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Kartamga kim 1 mln tashlabdi deb rosa oʻylandim. Ishga aloqador ikki-uch kishidan soʻrab ham koʻrdim. Keyin bilsam, hayitlik ekan. Yetkazganiga shukur!

Bayram muborak, yaxshilar! 🌸

Juftingiz tilidan farzandingiz kelajakda sizga oʻxshashini havas bilan aytishini eshitish nasib qilsin!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Men kimman oʻzi?! 😁

Koʻp turdagi hunarmandchilik bilan shugʻullandim, mayli endi, qiz bolaga kerakdir…

Savdo-sotiq bilan shugʻullandim.
Maktabda oʻqituvchilik qildim.
Bir muddat psixolog ham boʻldim.
Kurs oʻtdim.
Ish topilmay, targʻibotchi qilishdi. Rozi boʻldim.
Kopirayter, undan keyin musahhih boʻldim.
Transkribatsiya qildim, ssenariy yozdim, tarjima ham chetda qolmadi. Kompyuter xizmatlarini ham rad etmadim…
(Yana nimadirlar)

Eh, bugun yana bir yangi ish taklif qilishdi. Men kimman oʻzi, deb yubordim))

Oxiri baxayr boʻlsin.

#xulosa
Oʻrganing, izlaning, foydali inson boʻling.
Ilmli kishi xor boʻlmaydi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ayni paytda talaba boʻlganlar ekan😂

☝🏻😂 Kulaverib ichagim uzildi. Rostan talaba boʻlish maza-a?))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Яқинларим узоқда. Лекин ҳеч кимни соғинмайман…

(Шу гапни ёздим-у, йиғлаб юбордим)

Қачон ўлди?
Ким ўлдирди бу туйғуни?

Бир-бирини “ўлиб” (қаттиқ) соғинадиганларга ҳавасим келади.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Abduazim Rustamxoʻjayev (@xatoliklar) ustozning kopirayting boʻyicha berayotgan bilimlari qiymati belgilanganidan ancha yuqori.

Ipidan ignasigacha degan ibora aynan shu kurs uchun oʻylab topilgan boʻlsa kerak.

Hatto chegirma payti arzon narxda oʻqib olganimdan xijolat ham chekyapman(😁).

Mayli, yaxshi kunlarida qaytaray!))

Yaxshi ustozlarning borlariga shukur!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Dadam har doim “avval iqtisod, keyin siyosat” deb, qornimiz toʻygach ishlatardilar. Lekin men hech qachon qornim toʻqligida ish qilolmayman. Nuqul uyqum keladi. Xuddi ovqat qornimga emas, boshimga kirgandek, boshimni koʻtargim kelmay qoladi))

Sizlarda qanaqa?

*Gap yoʻgʻida gap turkumidan😂

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Bugun tanishganimizga 7 yil, toʻyimizga 2 yil toʻldi.

Ham doʻst, ham sevgan inson, ham turmush oʻrtoq…Hayotimdagi eng toʻgʻri tanlovim!

Alhamdulillah!❤️

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Fargʻonadamiz. Qarindoshimiznikida toʻy. Biram koʻp urf-odatlari bor ekan-ey😬Ujas(oʻzbekcha talaffuz qilinsin)

Shular haqida yozaymi?

*Rasm netdan olindi. Dasturxondan olinganida zoʻr boʻlardi-da))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ikki narsa kishida birlasha olmadi: dinorlarga muhabbat va do‘stga muhabbat.

Abu Bakr al-Xorazmiy

@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Hurmat ehson bilan barobardir.

Karamli kishi tahqirlansa ham azizdir.

Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo‘qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir.

Ehtiyotsiz (qilingan) dori-darmon kasallikdir, unga hojat tushgandagina, u shifo bo‘ladi.

Oliyjanob kishi agar (birov) jarohatlansa, (uni) bog‘lab qo‘yadi, yirtsa — yamaydi, agar bir tomondan zarar keltirsa, har tomondan foyda keltiradi...

Oliyhimmat zafarining karomati (shundaki), agar qo‘lga kiritsa, (boshqalarga) beradi, pastkash zafarining qabihligi shundaki, agar qo‘lga kiritsa, ko‘proq qo‘lga kiritishni istaydi...

G‘azablangan kishi hurmatni unutadi, yaxshiliklarni ko‘mib yuboradi va gunohsizlar uchun jinoyatlar vujudga keltiradi.

Yolgʻon maqtov haqoratdir.

Rostgo‘y til yolg‘on so‘zlasa, tutilib qoladi.

Abu Bakr al-Xorazmiy

@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Roppa-rosa bir yil oldin va…

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Mehnatni pul uchun emas, zavq uchun qilish oʻzgacha… Pul berishsa-ku, ikki marta oʻzgacha))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Yaqin kunlarda Abdullohim bir yoshga toʻladi. U uchun eng yaxshi sovgʻa — fotoalbom degan xulosaga keldik)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Етадими шу пул?

Нега даромадимизни сўраяпсиз, пул топиш борасида таклифингиз борми, деб сўрашибди. Бор.

Сиз ҳозирги молиявий ҳолатингиздан қониқасизми? Қониқмасангиз, буни ўзгартириш пайти келди.

Менимча, сиз қуйидаги тоифадан бирисиз:
— фақат стипендия билан чекланиб қолган талаба;
— ойлик маошига қониқмайдиган ишчи;
— ишсиз бўлган йигит-қиз ёки декретдаги аёл.

Агар сиз ҳозирги ҳолатингиздан қониқмаётган бўлсангиз, албатта копирайтингни ўрганиб, копирайтер бўлинг.

Копирайтер ким?
Бу матн ёзиб, пул ишлайдиган мутахассис. Ҳозирги кунда копирайтерлар битта қисқагина сотув матнини 30 минг сўмдан 200 минг сўмгача ёзишади.

• Имловий хатоларсиз ёзасизми?
• Бўш вақтингизда мақолалар ёзиб турасизми?
• Ёзиш сиз учун кундалик ва одатий ишми?

Ёзишга мойиллигингиз бўлса, бу орқали пул ишлашни бошлаш фурсати келмадими?

— Талаба дўстим, битта стипендиянгиздан воз кечинг, кундалик харажат учун эса уйдагилардан ёрдам сўраб туринг.
— Ишчилар, маошингизнинг бир қисмини ажратинг, эртага бу юз чандон ўзини оқлайди.
— Ишсизлар, аёл-қизлар, яқинларингизга тушунтиринг, шахсий ўсишингизни қўллаб-қувватлашсин.

Агар курсни тамомлаб, барча вазифаларни бажариб ҳам бирорта билим олмадим, ҳеч нарсани ўрганмадим десангиз, пулингизни қайтариб берамиз. Ҳеч нарса йўқотмайсиз!

Курс нархи
Стандарт тарифи: 900 000 сўм 740 000 сўм
Ҳамёнбоп тарифи: 650 000 сўм 490 000 сўм

Копирайтинг соҳасини ўрганиб, молиявий ҳолатингизни яхшилашни истасангиз, изоҳларда + белгисини қолдиринг.

Қўшимча маълумот: @Copywriting_Support

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Oʻgʻlim dadasiga oʻxshagan yaxshi inson boʻlsin, omin!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Assalomu alaykum, yaxshilar.

Bugun bir musobaqada shu telefonni yutib oldik.
Sotmoqchimiz. Kimdir telefon olaman deb yurgan boʻlsa, @Yangi_oy profiliga yozishingiz mumkin.


Redmi Note 12
Narxi: 2 mln

#Sotildi

Читать полностью…
Подписаться на канал