arjumandbegim | Неотсортированное

Telegram-канал arjumandbegim - 𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

482

Biz sen bilan qondoshmiz: Sen va Men! Murojaat : @Arjumandbegimga_bot

Подписаться на канал

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Muammolar butkul tugamaydi, lekin uni kamaytirish mumkin

Kopirayting — savodi bor, soʻzamol, kuzatish va qiyoslashga usta kishilar uchun yaxshi kasb.

U quyidagi toifa muammolarini kamaytirish uchun oson yechim boʻla oladi:

1. Uydan chiqishga imkoniyati yoʻq:

— Oila a’zolari tomonidan ofis(koʻcha)da ishlashga ruxsat berilmaydigan yoki bola parvarishi ta’tili(dekret)da yurgan ayollar;
— Tayanch harakat tizimida muammosi borlar;
— Nafaqadagilar.

2. Daromad topishni xohlovchi:

— Ish topolmay bekor yurganlar;
— Oyligi roʻzgʻor xarajatlariga yetmay, qoʻshimcha ish izlayotganlar.

3. Qulay ofis va yaxshi daromad istagida yurgan:
— Davlat ishi(hujjatbozlik)dan zerikkanlar;
— Iqtidoridan maksimal darajada foydalanib, natija olishni xohlovchilar.

4. Oʻzini har jabhada sinab koʻrish hobbisiga aylangan qiziquvchan, moddiyatdan shaxsiy rivojlanishni ustun koʻradigan:
— Men. 😉

Agar sizda ham iqtidor boʻlsa, ustoz koʻmagida uni rivojlantirishdan tortinmang. Ortga surmang!

@Arjumandbegim

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Bu rasm uchun, bunisi esa shaxmat uchun! 😁

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Гапдаги гап

Нигора синфдош қизлар гап(йиғин)идан шошиб келиб эрининг олдига ўтирди.
— Дадаси, сизга бир гап айтаман. Фақат бу сир орамизда қолсин, хўп? Зебо эртага ҳеч кимга айтмай Туркияга учиб кетаётган экан.
— Биламан.
— Биласиз?! Қаердан биласиз?
— Ҳозир Лазиз билан гаплашдим, хотини айтибди.

Аржумандбегим

👉🏻 Драбллар | қисқа ҳикоялар

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

☕️ Telegramning premium versiyasida uchtagacha reaksiya bosish imkoniyati bor ekan. Bilganimda postlarimga har doim layk bosadigan ikkita sadoqatli doʻst bilan avvalroq tanishgan boʻlardim))

*Post ostidagi birinchi ikkita reaksiya ulardan, uchinchisi oʻzimdan))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

📚 Oliygohda sevimli fanim jahon adabiyoti edi. Domla biror asar syujeti haqida gapirishni boshlasalar, izlagan soʻzlarini topolmay qolganlarida “gap tashlab” yordamlashardim. “Siz buni oʻqiganmisiz?” deb soʻrashardi doim.
Nima deyishni bilmay, “ha” va “yoʻq”dan 50/50 qilib boshimni zoʻrgʻa silkitib qoʻyardim. Buni kamtarlik deb oʻylashardi))
Aslida esa oʻqimagan boʻlardim(90%).

Hammasi haqida yoshligimda dadamdan eshitganman. “Ming bir kecha”dan tortib “Amerika fojiasi”gacha ertak qilib aytib berganlar. Oʻsha vaqtlari dadam dunyodagi barcha kitoblarni oʻqib tugatganlar deb oʻylardim. Juda unchalik emas-u, lekin koʻp kitob oʻqiganliklari rost.

Shuning uchun ham men aqlliman-da))

Aytishlaricha, bolaga intellekt bobo(onaning otasi)dan oʻtar ekan. Seziladi. Aqlli bola.

Xuddi menday))

📖 Xullas, kitob oʻqishim kerak. “Zakovat” uchun savol tuzayotgandim. Agar shu mavsumda ham chiqmasa, savollarim asosida kanalimda oʻyin tashkillashtiraman.

Xayrli kechalar!🌸

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Soatlab oʻyladim. Erkak kishini, agar oʻzida siz boshlagan tomonga moyilligi boʻlmasa, oʻzgartirib boʻlmaydi.
Ming harakat qiling — befoyda. Qachon boshi toshga tegsa, qaytadi. Oʻshanda ham aqli boʻlsa. Aqli yoʻgʻi “Oshga qogʻoz qagʻdan tushibdi?” deb eski hayotida davom etaveradi.

Unda nima qilish kerak?

Kimnidir oʻzgartirishga harakat qilgandan koʻra oʻzimizni oʻzgartirsak, osonroq boʻladi. Ya’ni, shunday oʻzgarish kerakki, U(erkak)ning xatti-harakatlari sizga ziyon yetkazolmasin. Xohlang beparvo boʻling. Xohlang oʻzingizga yangi ermak(ish) toping. Xohlang yashash prinslaringizni oʻzgartiring. Bu kim uchundir oʻzgarish emas, avvalo, oʻzingiz uchun, sogʻligʻingiz uchun.

Istaganingizcha yoʻl tuting. Ammo aslo siz zarar koʻrmang! Aqlli boʻling, hissiyotlarni jilovlashni oʻrganing, hayotimizning har bir soniyasi oʻlchovli. Har bir narsaning oxiri bor. Ana shu oxirda siz yorugʻ yuz bilan chiqishingiz uchun ham hissiyotga emas, aqlga boʻysuning!

Siz yolgʻiz emassiz!)

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Energiyalarim toshib ketyapti😁

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Vaziyatni nazoratingizga oling.

Aslida odamlar sizni baxtli qilishlarini kutish xato, buni oʻzingiz bemalol uddalay olasiz.

Agar boshqalardan kutsangiz ham, normal holat. Ammo buning uchun ancha ter toʻkishingiz, ya’ni oʻsha odamlarni holatga tayyorlashingiz kerak boʻladi.

Maqsadingiz baxtli boʻlishmi, kim(oʻzingiz yoki boshqalar) orqali amalga oshirishni tanlang va harakatni boshlang.

Kutmang!
Yana aytaman: kutmang!
Natija sizga kerakmi?!
Yarating!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Maktabga ishga kirgan birinchi yilim shu pulning ikki baravari uchun bir oy ishlardim😅 Mehnatini aytmaysizmi…

Oʻtgan yillarimga achinmayman deyman-u, oʻz vaqtida daqiqalarimning qadrini bilmaganim uchun baribir afsuslanaman.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Kettime, mebel korxonasi reklamasi uchun aydeyalar boʻlsa, yozib qoʻyingizlar😁

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Anov 1000$ likni ham yoqsa qilaman, yoqmasa damini olsin🤪
Men erkin ishchiman!😌

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

— Kimga ishonishni bilmay qoldim.
— Menga ishon.
— Sen aldamaysanmi?
— Yoʻq.
— Xiyonat qilmaysanmi?
— Hech qachon.
— Va’da berib, ahdingni buzmaysanmi?
— Hammasi sen xohlaganingdek boʻladi…
— Unda kel tanishamiz, isming nima?
— Sarob!
— …

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Odamlar orasida oʻz ayblarini yopish uchun xato qilishingni uzoq vaqt jim kutadiganlari ham uchrab turadi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Shu dugonam eng yaqin dugonam, lekin sirlarimni aytishga cho’chiyman. O’zimga o’xshab og’zi bo’shlik qilib u-bu kimga aytsa, eski qishlog’im bo’ylab aylanib ketib qolmasin deyman-da😁

Sirdoshlar ham har xil bo’lar ekan-a?)

Ba’zan o’zim bilan sirdoshman. Ichimga ko’maman.
Ba’zan Feruzaga aytaman.
Ba’zan Ezozga.
Ba’zan turmush o’rtog’imga.

Hammasiga har xil sir aytaman. Sizlar ham shunaqa toifalarga bo’lib aytasizlarmi?

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

O’zlari yo’qliklarida “Nima sovg’a qilay?” deb uch marta so’radim. Indamadilar. Endi o’zim bilganimni qilaman, xafa bo’lish yo’q))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ba’zan tilimni tushunmaydigan boshqa millat vakiliga soatlab dardimni dasturxon qilgim keladi.

Buni ham orzularim roʻyxatiga qoʻshib qoʻyaman))

*Aniq bilaman, oxirida oʻzbekchalab “Yomon koʻp gapirar ekansan-ey” deb til chiqaradi))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ota bilan oʻgʻilni men chizdim, meni chizishganiga qarang(

Insof doiradan tashqarida qolgan vaqt.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Kasal

Yoqtirgan ovqatini qilasan.
Jahlingni chiqarsa ham, yaxshi gapirasan.
U-bu bahonada koʻchaga olib chiqib, kerakli barcha dorilarni oldirasan.
Koʻngli tusayotgan yegulik narsani soʻraysan. Hech narsa xohlamayotganini aytsa, oʻzing variantlarni qator qilasan. Koʻngliga yoqqanini oldirasan.
Kayfiyatini koʻtarasan.
Yedirasan, ichirasan, komfort joy tayyorlab uxlatasan.
Charchaganingni sezmaysan.
Uyqung kelmaydi.
Duo qilasan.
Har besh daqiqada isitmasi chiqmadimi deb peshonasiga qoʻlingni qoʻyasan.
Terga botgan kiyimlarini almashtirishga yordamlashasan.
Chanqagan boʻlsa deb, iliq suv tutasan.
Qanday nafas olayotganini diqqat bilan eshitib, tahlil qilib yotasan.

Soatga qarayverasan-qarayverasan.

Orada boshqa narsani bahona qilib yigʻlashing ham mumkin.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Qanday ajoyib tong!

Rus tili darslaridan orqada qolgan edim…
Tong otganini sezmay qolibman.

🤲 Barakali kunlarimizdan biri boʻlsin!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Hech kimga aytib boʻlmaydigan “dard”chalik ogʻiri boʻlmasa kerak…

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Men yana bir orzuni amalga oshirish uchun qadam tashladim. Lekin ishonch bilan “Bu aynan men istaganim” deyolmayman, havas boʻlishi ham mumkin.

Koʻramiz-da))

*Nimaligini eksperiment tugagach aytaman))

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ақлли ҳимоя

Ёши улғайиб қолган жанг санъати устаси қайтиб майдонга тушмасликка қарор қилди. Бироқ бир куни уни ёш ва манман бир полвон олишувга чорлади. Уста бунга эътибор қаратмади, жим ўтираверди. Ёш жангчи энди уни масхаралашга, аждодларини ҳақоратлашга тушди. Аммо бу ҳам кўзланган натижани бермади.

Охир-оқибат ёш полвоннинг ҳафсаласи пир бўлди, қўлини ювиб қўлтиғига урди-да, кетди.

Қария устанинг шогирдлари унинг хатти-ҳаракатидан ҳайрон қолди, айримлари эса таъна қила бошлади:

– Наҳот сизга ўзингизнинг ёки аждодларингизнинг шаъни қадрли бўлмаса?!

Устоз бу саволга…

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Nafs(ochkoʻzlik ma’nosida) muvozanatni buzadi.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Ertalab yana bitta $ qilib kartamni boʻshatgandim))

Bor boʻl, Ko-pi-ray-ting-jon ❤️

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Bachala, men sizlarga aytsam, pul — qoʻlning kiri. Obroʻyingiz(agar boʻlsa😝)ni pul uchun yoʻqotmang.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Uyqu kelmaganda, kopiraytingdan yaxshi dori yoʻq. Sokin tunda ilhom ham keladi. Hozir qarasam, mebel korxonasi uchun buyurtmam bor ekan. 5$ dan yozayotgandim. Boshida 10 ta matnni 3$ dan yozib bering, keyingilariga siz aytgancha toʻlayman debdi, mijoz. Mayli, deb yozishni boshladim. Bekor telefon titkilagandan foydali ish(aslida 1000$ lik buyurtmam ham turibdi, buyurtmachi injiqligi uchun yoqmayapti, lekin yozishim kerak😬. Xudoyim, kuch-quvvat va sabr ber, shu ishni ham bajaray🤲😁)

Xullas, ikki soatda 10 ta matnni yozib tugataman, Xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, yozib oʻtirarmidim🤣

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Yaxshi kuningda yoningda kimlar borligi balki esingdan chiqar, lekin ogʻir damda senga ravo koʻrganlarini hech qachon unutmaysan…
Yaxshisini ham, yomonini ham.

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Kunlar ajoyib oʻtaveradi.
Oʻtaveradi…
Hammasi yaxshi.
Hammasi joyida.
Orzu qilganingdanda ortiq.
Lekin nimadir kamday tuyilaveradi.
Telefon titkilaysan.
Televizor koʻrasan.
Ish bilan band boʻlasan.
Lekin koʻnglingda bir boʻshliq.
Boʻshliqda jajji bola.
Yolgʻiz.
Unga nimadir yetishmaydi.
Aytgisi keladi.

Lekin kimga?
U yolgʻiz-ku?!

Oʻziga oʻxshagan egizagini izlaydi.
Umr boʻyi izlaydi.
Koʻpincha topolmaydi.
Ba’zan topadi.
Ba’zan topganida kech boʻladi.
Ba’zan topdim degani unga egiz emas, gʻamxoʻr aka(singil) boʻlib chiqadi.
Lekin u gʻamxoʻrlikni emas…

U eshitishlarini xohlaydi.

Shu zaylda kun oʻtadi.
Oy.
Yil.

Jajji bola va keksaygan tana.

Bu tanadan chiqqan nido endi nido emas —

aljish!

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Seni sog’inmayman!
Sen dugonam ham emassan.
Hatto tug’ilgan kuningni ham bilmayman.

Nega aytaymi?!

Sog’inmayman, chunki sen doim men uchun huu o’sha biiir paytlardagiday azizsan va ruhimga singgib ulgurgansan.

Dugonam emassan, O’zimning bir bo’lagimsan.
Bizni odam zoti ayirolmaydi.

*Tug’ilgan kuning nega esimda turmasligini esa, o’lmay agar, bilmayman. Tuzukroq kunda tug’ilmagandirsan-da. 😂

Читать полностью…

𝐀𝐫𝐣𝐮𝐦𝐚𝐧𝐝𝐛𝐞𝐠𝐢𝐦 | 𝐛𝐥𝐨𝐠

Meniki bo’lgan narsa baribir menga qaytadi. U xoh odam bo’lsin, xoh narsa va xoh muomala.

Читать полностью…
Подписаться на канал