Сенли бўлиш – мароқ – завқ. Дилда
уйғонади ажиблик – шодлик!
Меҳринг иси таралган ердан
Бошланади
Озод…
Озодлик!
Аржумандбегим
Laboratoriya tekshiruvlariga 1 mln atrofida to’ladik, javobi chiqsa yana konsultatsiyalariga (pul to’lab) kirilarkan. Qanday ajoyib zamonlar.
Читать полностью…Bugun shifoxonaga ishim tushib, shuni angladimki, bu zamonda kambag’al odamning kasal bo’lishga haqqi yo’q ekan!
Читать полностью…Bolalar ovqat yeyishni xohlamaganda bu usul yordam berishi mumkin.
Qish-bahorda immunitet tushmasligi uchun yaxshi yeyish kerak, ayniqsa, bolalar.
Urib-so’kib battar ishtahasini bo’g’mang. Ozgina e’tibor va vaqtingizni ayamang. Mehribon bo’lishni bolalar o’zingizdan o’rganadi.
*Bir yaqinim uchun net.dan olgandim, ko’proq kishiga foydasi tegsin deb yuborib qo’yyapman. Mahsulotingizga qarab izlasangiz net.da talaygina bor.
#hazil_taym))
Kelgunlaricha tomog’imdan bir tomchi suv o’tmaydi.😢
*Suvdan boshqa ichimliklar mustasno 😁
18 go‘dak
Borliqni xatar tutdi,
Qahraton kamar tutdi,
Daraxtlar bulduruqdan
Tosh qotgan samar tutdi.
O‘n sakkiz xonadonning
Ohi ko‘k qadar tutdi.
Fojia aqldan so‘ng
Jon-u qalb qadar tutdi:
O‘n sakkizta go‘dakka
“Tabib”i zahar tutdi.
Raddi baloning o‘zi
Balo bo‘lib kelganda,
Shifo istab tutganing
Xato bo‘lib kelganda,
Xudodan qo‘rqmaganlar
Xudo urib kelganda,
Ikki bahor ham ko‘rmay
Xazon bo‘lgan chechaklar
Netarsan, boshing uzra
Samo bo‘lib kelganda?!
Ko‘zlarim tinsin mening,
Tillarim jimsin mening,
O‘n sakkiz polaponsiz
Inlarim ensin mening.
Dunyoga to‘ymaganlar
Dastidan go‘dak ketgan
Jonlarning jafosidan
Jonlarim yonsin mening.
Johillarni oqlagan,
Botillarni oqlagan,
Qotillarni oqlagan
Qo‘llarim sinsin mening.
O‘limga pinak buzmay
Turgan – davoga mas’ul.
Kursilari osmon-u,
O‘zi samoga mas’ul.
Go‘daklar uvoliga
Parvolari falak-u,
Mansabi uvolidan
Qo‘rqqan gado-da mas’ul.
O‘n sakkiz farishtaning
Yuki ezdi yelkamni,
Zarra qadar bo‘lsa-da
Men ham xatoga mas’ul.
Nafsi yoriq kaslarning
Haddini o‘lchoqladim.
Haq so‘zga yaramagan
Har so‘zni pichoqladim.
Axir men sizdan kechgan
Dunyoni ardoqladim…
So‘ng dunyoning neligini
Bilmasdan kulib yotgan,
Menga termulib yotgan
Bolamni quchoqladim.
Go‘daklarim, tinch yoting,
Falaklar yig‘lasinlar.
Darmoni – zahar, boshi
Saraklar yig‘lasinlar.
Siz-ku tuproqni toza
Qildingiz unga kirib,
Bu Vatanning holiga
Tiriklar yig‘lasinlar.
Suhrob Ziyo
27.12.2022.
@suhrob_ziyo1
Birga archa bezatdik…Ajoyib hissiyot❤️
Hozir hamma uxlayapti, men esa archamizga qarab, Shu inson bilan o’tgan har bir daqiqam uchun shukrona keltirib o’tiribman)
Nafas mashqi
Qishda kishmish pishmasmish,
Pishsa kishmish, qishmasmish.
Bir nafasda nechta ayta olganingizni izohda yozing. 👇🏻
*Men 6 ta)
2. “Uchar shar” o’yinini o’ynash uchun chaqalog’ingizning oyoqlariga maxsus gaz to’ldirilgan sharlarni bog’lab qo’ying va uni miriqib kuzating. Bu o’yin bolangizning oyoq mushaklari uchun juda foydali gimnastika vazifasini o’taydi va uning vaqtida yurishiga yordam beradi.
Читать полностью…“Bayroqni qara” deyishganida har gal ko’rmay qoladigan bitta men bo’lsam kerak-a?))
*Shu sabab 2030-yilgi Jahon chempionatiga bayroq ko’tarib borishga qaror qildik. Inshaalloh, niyatimizga yetaylik.
Bayramni ham boshlab oldik) Pul quti necha mlnlik deb o’ylaysizlar?
*100 mln emas))
#Xayrli_tong
Nega erkaklar yarim tundan keyin futbol ko‘rganda muxlislik qilayotgan jamoasi yutsa, ertalab uyquga to‘yib turadi-yu, yutqazib qo‘ysa uyqusirab yuradi?
Uyquga to‘yganlarga "obichniy", to‘ymaganlarga alangali salom))🤣
Astoydil bir ish qilaman desam, inson omili sabab hammasi orqaga surilaveradi. Keyin ko’nglim, keyin qo’lim soviydi. Hozir ham ketma-ket uchta ishim shunaqa bo’lyapti. Mas’uliyatsizliklaridan zerikib ketadi odam.
Читать полностью…UTT ga tushamiz desak, shifokor konsultatsiyasi kerak emish. Shifokor konsultatsiyasi uchun pul (150 ming) to’lab kirdik. Qanaqa konsultatsiya berdi deng: UTT ga tush!
Читать полностью…Bitta gap kam, ikkitasi ortiqcha bo’lgan odamlar bilan “muloqot qilish” bo’yicha layfxak.
@Arjumandbegim
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам
Доридан заҳарланиб вафот этган 18 норасиданинг пок хотирасига бағишлайман...
Мунчоқ кўзи шифтга боқиб ётган болам,
Нигоҳида аччиқ савол қотган болам,
Мурғак жони ўлим таъмин тотган болам,
Кенг дунёни кўзимга тор этган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.
То томирда шайтон қони оқар экан,
Докторлар ҳам чўнтагингга боқар экан,
Дори дея ичганинг нақ заҳар экан,
Тили чиқмай, аршга оҳи етган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.
Кечагина юрган эдинг ўйнаб-кулиб,
Бир лаҳзада гулдай юзинг қолди сўлиб,
Aйт, қўлимдан нима келди отанг бўлиб?
То қиёмат бағримни чок этган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.
Кимдир ёрдам берарми деб гирёнасан,
“Қандай айб иш қилдим”, дея ҳайронасан,
Aжалнингмас, сен бизнеснинг қурбонисан,
Совуқ кунда совуқ қабр ютган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.
Йўқ, кечирма дорифуруш қаллобларни,
Виждонини пулга сотган жаллобларни,
Очкўзларни, суллоҳларни, каззобларни,
Бутун юртнинг ёқасидан тутган болам,
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам.
Дориси йўқ жаннатларга кетган болам...
© Отабек Тиллаев
Bugun kunimiz ko’chada o’tdi, ertaga kechda videolarini qo’yaman. Bayramona kayfiyat uyg’otishi aniq! ☺️
Читать полностью…Kichik yoshdagi, ayniqsa, emaklaydigan bolalar uchun gilam.
Afzalliklari:
– Nam o’tkazmaydi;
– Gilamdagi har xil ko’zga ko’rinar-ko’rinmas mayda zarralar, chang, soch tolalaridan imkon qadar asraydi;
– Yiqilganda qattiq shikastlanmaydi;
– Qayt qilsa, tagini ho’llab qo’ysa tozalab olish oson.
Xullas, ham bola, ham xona uchun foydaning koni.
Qalinligi: 1 sm
*Shu o’rinda bir narsani aytib o’tgim keldi, tish chiqayotganda ko’p bolalarda ich ketishi kuzatiladi. Aksariyat onalar buni tish chiqayotganda bo’ladigan odatiy holat deb o’ylaydi. Ammo buning sababi boshqa. Bu davrda bola milklaridagi qichishish sabab hamma narsani og’ziga soladi. Toza bo’lmagan o’yinchoqlar so’laklar bilan birga gilam, ko’rpa, ustki kiyimlardagi mikroblarni bolaning ichiga tashiydi, ya’ni ichaklariga infeksiya tushishiga va buning natijasida bolada ich ketishi yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. Bu esa bolaning sillasini quritadi, oza boshlaydi va hokazolar)))
Tavsiya qilaman, imkoningiz bo’lsa, oling.
3. Ajoyib o’yinlardan yana biri “Quvnoq oyoqchalar”dir. Buning uchun bolajoningizning oyog’iga o’yinchoqli paypoqlar kiydirib qo’ying.
Bu bilan siz qanchalar foydali ish qilganingizni tasavvur qilolmaysiz. Chaqaloqning oyoqlarini ko’tarib o’ynashi chanoq-son sohasi kasalligi bo’lmish displaziya hamda valgusning oldini olishda yordam beradi.
Bundan tashqari bu uning o’tirishi uchun dastlabki mashq hamdir.
*O’yinlarga o’zim nom qo’ydim))
Sizlarga bir yoshgacha boʻlgan bolalar uchun foydali uch o’yin haqida ma’lumot bermoqchiman.
1. “Ati-kuku” o’yini haqida hamma bilsa kerak. Bu o’yin bola kayfiyatini ko’tarishi bilan birga unga “Men hech qayerga ketmayman” ma’nosini singdirar ekan. Va bu ona yo’q paytida bolaning bezovtalanishi kamayishiga yordam berar ekan.
Xo’-o’-o’sh, nimadan boshlasam ekan?
(Mayli, o’rtalaymiz).
Bir tanishim bor edi. Oilasida na turmush o’rtog’i, na uning ota-onasi, hatto farzandlari bilan kelisholmasdi. Buning uchun doim atrofdagilarni ayblardi. Boshida men unga ko’p maslahatlar berardim, lekin har gal bir xil javob olardim. Turmush o’rtog’i bilan oralarini yaxshilash borasida maslahatlar berib, orada kamchiliklarini aytsam, “Erga teg, ko’ramiz o’zingni…” yoki farzandiga qilayotgan muomalasini tanqid qilsam, “Bitta tug’, ko’ramiz” der edi. Rost-da, men na oila qurgan, na farzand dunyoga keltirgan bo’lsam, turmush nimaligini qayerdan bilay?!
Oxiri charchadim. Bir kuni telegramda aylanib yursam, oyog’im tagidan o’zim izlab yurgan haqiqatimni topdim:
”So’ralmagan maslahatni berma!”
Shundan so’ng boshidan tog’-u toshlar dumalasa ham maslahat bermay qo’ydim. Yaxshi ekan-ey!
Oila qurib esa, ko’p narsa ayol kishiga bog’liqligiga amin bo’ldim. “Erkak kishi – ko’chaning odami” deganlaricha bor ekan. Ya’ni, erkak kishi oilasini ta’minlash uchun ko’p vaqtini ko’chada o’tkazadi, oilaning ichki muhitini AYOL boshqaradi. Uyda, bolalarning oldida, kimning hurmati baland, kim oyoq uchida ko’riladi – hammasini AYOL belgilab beradi.
Eng achinarlisi, u qiz hali hamon nolishda davom etmoqda. Keling, u barobarida ayollarning turmushdagi xatolarini ko’rib chiqamiz:
1. Solishtirish. Turmush o’rtog’ini boshqalarniki bilan solishtirish – ayollarning(umuman, hammaning) eng katta xatosi;
2. Turmush o’rtog’ini boshqalarning oldida noqulay ahvolga solib qo’yish;
3. Uning ota-onasi va yaqinlarini tinimsiz tanqid qilish;
4. Haddan ortiq rashk qilish va tergash;
5. Ishdan kelganda faqat uydagi muammolar haqida gapirish;
6. Bolalari bilan turmush o’rtog’i oldida qo’pol munosabatda bo’lish(qo’l ko’tarish, haqoratli so’zlar ishlatish);
7. Vahokazolar(7+9).
Yuqoridagilarni bir yarim yillik amaliyotim davomida isbotlangani uchun yozdim.
“Ko’proq yashang, ko’ramiz” deydiganlarga maslahatlarimizning aloqasi yo’q!
Aytgancha, maslahat bermabman-ku!))
Qisqa qilaman, individual maslahatlar uchun shaxsiy ochiq))
Xullas,
1. Tepada yozilgan xatolarni takrorlamang;
2. Kamroq arazlab, ko’proq tabassum qiling;
3. Ota-onangizga(hech kimga) turmush o’rtog’ingizni yomonlamang.
4. Ko’proq suhbat quring;
5. U nimani xohlayotganini so’rang. Va o’z xohishlaringizni sakkiz enlik janjaldan keyin emas, yaxshi gaplar orasida xushmuomalalik bilan ayting;
6. Nimadir olish yo qilish uchun janjal uyushtirish shart emas;
7. Turmush o’rtog’ingizning yaxshi jihatlarini aytib, uni ruhan rag’batlantiring;
8. Kamroq qarg’ab, ko’proq duo qiling;
9. Rejalarni birga, maslahatlashgan holda tuzishga odatlaning;
10. Turmush o’rtog’ingizni boricha seving va u bilan faxrlaning;
11. (7)
Ikkinchi xullasim, baxtni bir kishi yaratmaydi, u birga yaratiladi. Baxtli bo’ling, yaxshilar! Ertaga nima bo’lishini hech kim bilmaydi, sevib-sevilib yashab qoling.
*O’zi boshqa mavzuda yozmoqchi edim.😂
Futboldan so’ng chala qolgan ishlarimni qila-qila ancha o’yladim. 5-dekabrda kanalimiz faoliyatiga 5 yil(Abdulloh tug’ilganiga 5 oy😁) bo’libdi. Shu 5 yil ichida doim men bilan bo’lganlar hurmati uchun endi yana avvalgiday, bi-i-ir vaqtlardagiday ko’p va xo’p yozishga qaror qildim. Avvalgiday ijod qilishga va’da bermayman, ammo o’qigan va uqqanlarimni, albatta, sizlar bilan bo’lishaman. Endi meni bir-necha yil oldin yozishdan to’xtatgan muammolar yo’q, qaytanga, imkoniyat avvalgidan-da ko’p. Shunday ekan, boshladik! Men bilan ekanligingizni bildirish uchun reaksiyalar qoldiring. Shu yerdaligingizni bilay! Sizlarni yaxshi ko’raman. Chindan!
*”O’lganlar”ning ham hurmati bor, kanaldan chiqarmayman derdim. Yo’q! O’lgan o’ldi, ketgan ketdi. Yonimizda borlar hisob! “Deleted”lar xayr – alvido!
*Hurmat bilan futboldan juda ta’sirlanib ketgan men))
#Tavsiyu))
Zo’r narsa ekan. 100 mlnligini olaman, Xudo xohlasa.
*izohlarni o’qib dumaladim)))