'' Biznesni kengaytirishda asosiy muammo nima?''
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon : +998555002100
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
@ARA_consulting
''Biznes qilishdan maqsad nima ?''
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon:
+998555002100
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
@ARA_consulting
#MOTIVATSIYA
Kambag'allar nega kambag'al qolaveradilar?
👉🏼 Ular boshqalarni hayratda qoldirish uchun narsalar sotib olishadi.
👉🏼 Ular sog'liqlariga zarar keltiradigan narsalarni sotib olishadi.
👉🏼 O'zlari tushunmagan narsalarga investitsiya kiritishadi.
👉🏼 Qimor va shunga o'xshagan o'yinlar orqali tez boyib ketish harakatida bo'ladilar.
Sizda ham shu odatlar bormi?
@ARA_consulting
Mehnat qilish uzoq muddatli muammolarni hal etish uchun juda qisqalik qiladi.
©Robert Kiyosaki
@ARA_consulting
,,Agar inson o'z xohishlarini ma'lum maqsad sari yo'naltira olsa, u deyarli mo'jiza yaratishga qodir,,
•Norbekov M.S.
@ARA_consulting
''Halollik juda qimmat narsa, uni ba'zi bir arzon odamlardan kutma"
"Biznes olamida muvaffaqiyat qozonayotgan insonlar, qilayotgan ishidan rohatlanayotgan insonlardir"
• Warren Buffett
@ARA_consulting
Foydali yangilik!
Hozirgacha ijtimoiy tarmoqlarda @ARA_consulting va @avlod21 kabi telegram kanallarimizda o'quv markazlar haqida ma'lumotlar ulashib kelgan bo'ldik.
Lekin hozirda jamoamiz bilan kelishgan holda barcha o'quv markazga qiziquvchilar, o'quv markaz ochmoqchi bo'lganlar yoki o'quv markaz ochib yuritib kelayotgan yurtdoshlarimizni, o'quv markaz haqida foydali ma'lumotlarni ko'plab kanallardan tarqoq holda olishlarini emas, balki bitta kanaldan olishini istadik va ushbu kanalni ochishga qaror qildik. Bu siz hurmatli yurtdoshlarimiz uchun ancha vaqtingiz tejalishini ta'minlaydi.
Endilikda ushbu kanalimizda o'quv markazlar haqida foydali, qiziqarli va ajoyib ma'lumotlarni joylab borishga harakat qilamiz.
Bizni qo'llab quvvatlab turasizlar degan umiddamiz.
O'quv markazga qiziqadigan do'stlaringiz bo'lsa bemalol hijolat bo'lmay taklif qilavering 😊
Kanal linki 👉 @oquvmarkaz_kurs
«Ertaga qilaman»- degan iborani unuting.
Bu sizni dangasa qiladi.
Ertangi kun o'z rejalari bilan keladi.
Siz uchun eng qimmatli fursat bu - BUGUN.
G'oya topish qoidalari...
Hamma uxlagan paytda kech soat 2-3 larda judayam zo'r g'oyalar keladi. Shu vaqtda tasavvurni ishga solish lozim.
-
Har doim yoningizda qog'oz qalam bo'lishi shart. Negaki men ozim ba'zida shunaqa g'oyalar yozib turaman. Bir ikki kun o'tgach qayta o'qiganimda bu meni g'oyammi deb ajablanaman. Chunki xotiramizdan chiqib ketgan bo'ladi.
-
Miyangizdagi eng bemani deb o'ylagan g'oyalaringizni ham yozing. Negaki yangi avlodga sizni bu g'oyalaringiz maqul bo'lar!
-
Qiziquvchanlik. Nimagaki qiziqsangiz so'rab ma'lumotlar yig'ib o'rganing.
Ishtiyoq. Ishtiyoq bu hamma narsa.
Va nihoyat sizga g'oyalar kela boshlaganda, sizda qoniqish hissi paydo bo'ladi.
Endi faqat ularni amalga oshirish qoladi holos.
Sizda ham hamma uhlaganda antiqa g'oyalar kelganmi?
Javobingizni komentariyada qoldiring!
O'quv markazlarni tizimlashtirish" kursining 2-guruh bitiruvchilari
🏢'' Avlod 21 '' innovatsion biznes maktabida tashkil etilgan ''O'quv markazlarini tizimlashtirish '' kursini muvaffaqiyatli tamomlagan 2-guruh bitiruvchilarimiz , kerakli bilim va tajribaga ega bo'lib , sertifikatlarini qo'lga kiritishdi .
▪ Siz ham o'quv markazi rahbarimisiz ?
▪ Yoki endi o'quv markaz ochish niyatidamisiz?
▪O'quv markazlar tizimini puhta o'zlashtirishni istaysizmi?
💡Buning juda oson yechimi mavjud ! Barchangizni O'quv markazlarni tizimlashtirish '' kursimizda kutib qolamiz !
Hoziroq ro'yhatdan o'ting !
@Oquvmarkaz_bot
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon : +998555002100
Xatolarning hayotdagi o'rni
Inson hayoti davomida qandaydur xato qilsa, bunday xatolar hayotida juda katta rol o'ynaydi.
Agar siz kichik xatolar qilib, ulardan o'rnak olsangiz (ko'pchilik ushbu kichik xatolarda ham yiqilib qayta tura olmaydi) bu narsa kelajakda katta-katta xatolar qilishingizni oldini oladi.
Yana e'tibor qiladigan joyi bor. Ya'ni bu degani bitta xatoni qayta-qayta qilish kerak degani emas. Bitta xato qildingizmi, o'sha xatoni to'g'rilab, o'rnak olib, ikkinchi marta shu xatoni takrorlamaslik kerak deganidir.
👉 @axrolxuja_rahmatxujayev
Yaxshilik qilish haqida...
Ko'pchilik insonlar yaxshilik qilish deganda boshqa insonlarga va xalqqa yaxshilik qilish deb tushunishadi. Ha to'g'ri, lekin bundan tashqari ham yaxshilik qilish usullari mavjud.
Meni fikrimcha yaxshilik qilish va uni qanday ketma-ketlikda qilishni 4 ta turga bo'lsak bo'ladi.
Birinchi navbatda siz o'zingizga yaxshilik qilishdan boshlang
Ikkinchi navbattda ota-onangizga
Uchinchi navbatta ustozlaringizga
To'rtinchi navbatta xalqqa yaxshilik qilishni boshlasangiz bo'ladi.
Inson albatta kimgadur yaxshilik qilar ekan, bu yaxshilik o'z natijasini ko'rsatmay qo'ymaydi.
Yaxshilik qilishdan charchamang...
👉 @axrolxuja_rahmatxujayev
🤔 Sizning miyangizda qаnchа pul bоr ? 💸
➡️….Siz umumаn pul hаqidа o’ylаysizmi? Siz bu bоrаdа mushоhаdа qilib ko’rganmisiz? Bоshqаchа ifоdаlаydigаn bo’lsаm, ruhiy tаrаqqiyotning qаysi pillаpоyasidа turibsiz? Hаr bir insоndа u ko’p vаqt ajratadigan аsоsiy mushоhаdаlar vа qiziqishlаr dоirаsi mаvjud. Bu ish, оilа, birоr nаrsаgа ishqibоzlik bo’lishi mumkin. Turgаn gаpki, pul mаsаlаsi bu holda ikkinchi o’ringа tushib kеtаdi. Ko’pinchа nimаgаdir to’lаsh lоzim bo’lib qоlgаndаginа pul to’g’risidа eslаnаdi, bu pаytdа esа mullа jiringni tоpish аnchа qiyin bo’lib qоlishi mumkin.
➡️Shu sаbаbli siz fаqаt ish hаqidа, ijоd, sаn’аt, ezоtеrikа to’g’risidа o’ylаydigаn bo’lsаngiz, sizdа pul bo’lmаydi. Bаrchа insоnlаr o’z fikrlаri dunyosidа hаyot kеchirishаdi. Sоddа qilib аytаdiаn bo’lsаm, hаyollаridа nimа bo’lsа, hаmyonlаridа hаm o’shа nаrsа bo’ladi. Аgаr siz pul hаqidа o’ylаmаydigаn bo’lsаngiz, uni o’zingizgа jаlb qilа hаm оlmаysiz.
➡️“Pulni kаllаdа ushlаb turish” nimа dеgаni? Bu, pul hаqidа bоsh qоtirish dеmаkdir. Fаqаt “men kаmbаg’аlman, menda hеch qаchоn pul bo’lmаydi” degan xаyollаr bilаn chаlg’imаsdan, qulаy va yaxshi hаyot kеchirishingiz uchun qаnchа pul kеrаkligi bоrаsidа o’ylаng. O’ylаgаndа hаm siz bа’ribir “hаzm” qilоlmаydigаn qаndаydir mаvhum milliоn dоllаrlаr to’g’risidа emаs, siz sоtib оlishingiz zаrur bo’lgаn аniq nаrsаlаr yoki аniq хizmаtlаr uchun to’lаshingiz lоzim bo’lаdigаn pul hаqidа o’ylаng.
➡️Аgаr siz o’zingiz оldingizgа bittа аniq mаqsаdni bеlgilаb оlib, ungа erishish bоrаsidа tunu-kun o’ylаb yursаngiz, ushbu mаqsаdgа erishish ehtimоli tеzdа оrtаdi.
➡️Buning uchun mаsаlаn, sizdа hоzir qаnchа pul bоrligi vа mаqsаdgа erishish uchun qаnchа ishlаsh kеrаkligini hаr kuni hisоblаb bоrsаngiz mаqsаdgа muvоfiq bo’lаdi. Bu o’rindа fаqаt ijоbiy his-tuyg’ulаrgа ko’prоq оshnо bo’ling. Qаchоn siz kеrаkli mаblаg’ni jаmg’аrgаningizdа hаyotingiz qаndаy yaхshi bo’lib kеtishi хususidа tеz-tеz fikr yuriting. Qаndаy qilib pul tоpish mumkin vа qаndаy qilsаm, o’zr niyatlаrimgа tеzrоq yеtаmаn, dеgаn o’ydа turlichа yo’llаrni qidirib ko’ring.
➡️Siz pullаrni yaxshi ko’rasiz vа buni o’z fоydаngiz uchun ishlаtish qo’lingizdаn kеlаdi. Siz ulаrni hudа-bеhudаgа sаrf qilib o’tirmаysiz. Pul sizgа hаyotingizni yanаdа jоzibаlirоq qilish uchun kеrаk. Аgаr siz o’z qаrаshlаringizni shu tаrzdа tаshkillаshtirа оlsаngiz, pullаr sizgа kеlа bоshlаydi. Аks hоldа esа, yo’q.
@ARA_CONSULTING
✅ Hayotda to’xtatish kerak bo’lmagan 8 narsa!
1⃣ Hech qachon orzu qilishdan to’xtama. Fantaziya va tasavvursiz inson qiyinchilik bilan hayotda quvonch topadi.
2⃣ Hech qachon uchta oddiy, lekin sehrli so’zlarni aytishdan to’xtama: «Men seni sevaman». Muhabbat so’zlari juda ko’p bo’lmaydi. Yaqinlaringizga har kuni sevishingizni aytishdan to’xtama.
3⃣ Hech qachon atrofingizdagi dunyoni kashf etishdan to’xtama. U shunday buyuk va doimiydir, shunchaki doimo o’z qulaylik zonangizda o’tirish yaxshi emas.
4⃣ Hech qachon o’zingizga iltifotni bildirishdan to’xtama. O’zingni qadrlay olmasang, kim seni qadringa yetadi?
5⃣ Hech qachon yaxshi ishlarni qilishdan to’xtama va javobiga yaxshilik kutma! Vaqt o’tib, orqaga qaraganda, sen kimgadir yordamchi va qo’llab-quvvatlovchi bo’lganingni ko’rib yorqin quvonchni his etasan.
6⃣ Hech qachon ishonishdan to’xtama. Hatto asoslar, faktlar va dalillar mavjud bo’lmasa ham, faqat senga qadrli bo’lgan narsaga va seni qo’llab-quvvatlayotgan va ilhomlantiradigan narsaga ishonchni saqla.
7⃣ Hech qachon o’zingga bo’lgan ishonchni yo’qotma. Iymoning seni ko’rinmagan balandlikga ko’tarishi mumkin va eng ajoyib maqsadlarga erishishga yordam berishi mumkin.
8⃣ Hech qachon o’rganishdan to’xtama. Inson o’rganishni to’xtatsa, u shaxs sifatida tugaydi.
@ARA_CONSULTING
Toki o'zingiz harakat qilmas ekansiz profilingizdagi aqlli gaplardan foyda yo'q.
Bizni kuzatishda davom eting!
@ARA_consulting
#haqiqat
Toʻfon kemani parcha-parcha qilishi mumkin. Ammo oddiy ipdagi tugunni yechishga kuchi yetmaydi.
Gʻazab ham shunday. Hamma narsani barbod qiladi ammo yechim bera olmaydi.
@ARA_consulting
Investordan pul olish sirlari !
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon :
+998555002100
@ARA_consulting
Bu Ilon Mask!
🔸️ Ilon to'lovlarni xavfsiz amalga oshirmoqchi edi, u PayPal ni yaratdi.
🔹️ Ilon elektr tokida harakatlana oluvchi mashina haydamoqchi edi, u Tesla kompaniyasiga asos soldi.
🔸️ Ilon kosmosga sayohat qilmoqchi edi, u SpaceX ni yaratdi.
🔹️ Ilon transport tizimini takomillashtirmoqchi edi, u Hyperloop ustida ish olib boryapti.
🔸️ Ilon hayot yomonligi haqida nolimaydi... U hayotni o'zgartiradi!
@ARA_consulting
Biznesda yo'nalish tanlash !
▪Biznesda tog'ri yo'nalish tanlash qanchalik ahamiyatli ?
▪ Oilaviy tadbirkorlik izidan ketsa qanday natijlarga erishish mumkin ?
▪Inson yaxshi ko'rgan kasbi bilan o'z vaqtida shug'ullanishi muhimmi?
Negativ fikrlardan qanday qutilish mumkin?
Odatda bunday fikrlardan tamoman qutilish qiyin. Lekin buni ancha yengillashtirish mumkin.
Buning uchun 3 ta pog'onani bosib o'tishingiz kerak bo'ladi.
1-pog'ona. Sabr.
Aytilayotgan gapga, bo'layotgan ishlarga, hodisalarga sabr qiling. Mana shu sizni taqdiringizdan ekani, Allohdan ekanligiga ishonib sabr qiling.
2-pog'ona. Shukr.
Keyin bunga shukur qiling. "Yaxshiyam mana shu holatdaman, mana shu narsa aytilayapti. Shunday bo'lmasligi ham mumkin edi. Shu ishni qilmagan bo'lishim ham mumkin edi" deb shukr qiling.
3-pog'ona. Rohat.
Mana shu aytilayotgan fikrlardan rohat olishni o'rganing. "Mana shu ishni qila olyapmanmi, kimdur gapirayapti. Qila olmaganimda hech kim gapirmas edi" ham degan narsani uyg'otib olishingiz kerak.
Menimcha shunda negativlardan qutila olsak kerak 😊
Ha aytgancha bu aytilgan maslahatlar albatta yaxshilik yo'lida ketayotganlar uchun tavsiya qilgan bo'lar edim. Agar siz qilayotgan ishingiz na dinga, na dunyoga foydasi tegmaydigan bo'lsa, negativ deb o'yganingiz aslida maslahat yoki dakki bo'lishi mumkin. Shuni e'tiborga olib qo'ying!
👉@axrolxuja_rahmatxujayev
Biznes ochishda ishni nimadan boshlash kerak ?
▪Siz ma'lum bir sohani tanladingiz , endi uni rivojlantirish uchun nimalarga e'tibor berishingiz kerak?
▪Qanday qilib biznes egasiga aylansam ekan?
▪ Bankrotga uchramaslik uchun qanday yo'l tutish lozim ?
Yuqoridagi barcha savollarda '' Avlod 21'' innovatsion biznes maktabining rahbari Axrolxo'ja Rahmatxo'jayev javob beradilar.
Bizni kuzatishda davom eting.
@ARA_CONSULTING
✍Oyingizni / haftangizni / kuningizni rejalashtirishdan oldin ularni 4 toifaga ajrating:
1. Shoshilinch va muhim
2. Muhim, ammo shoshilinch emas
3. Shoshilinch, ammo unchalik muhim emas
4. Muhim bo'lmagan va shoshilinch bo'lmagan
📝 MASHHURLARDAN IQTIBOS
Agar omadni A bilan belgilasak, uning formulasi quyidagicha bo‘ladi: A=x+y+z. Bunda x -mehnat, y - hordiq, z - tilni tiya bilish.
© Albert Eynshteyn
@ARA_CONSULTING
Qanday do'st tanlagan yaxshi?
Ko'pchiligimizni hayotimizda do'stlar katta ahamiyatga ega. Do'stlarimiz hayotimizni aksariyat qismiga ta'sir o'tkaza oladi.
Shuning uchun do'st tanlayotganda bir qancha hususiyatlariga e'tibor qaratish kerak.
Shaxsan men do'st tanlayotganimda uning 3 ta asosiy tomonlariga e'tibor qarataman.
1. Ular bo'sh vaqtlarini nimalarga sarflashmoqda?
shunchaki bo'sh vaqtlarini osmonga uchirishgami yoki biror bir foydali narsalarni o'rganishgami?
2. Ular kimlar bilan yurishibdi? Kimlar bilan bir yo'lda ketishayapti?
Ya'ni ularni jamoasi kelajakda yaxshi insonlar bo'lishadimi yoki yaxshi bo'lmagan yo'llarga ketishayaptimi?
3. Maqsadlari qanday? Katta-katta maqsadlarmi yoki kichkina-kichkinami?
Bilib qo'ying! Agar do'stingizning maqsadlari dunyo yoki dinga umuman foydasi tegmaydigan yoki sizni qadryatlaringizga to'g'ri kelmasa, bunday odam bilan shaxsan men do'st bo'lmagan bo'lar edim.
Sizning qanday do'stlaringiz bor? Komentariyada o'z fikringizni qoldiring.
👉 @axrolxuja_rahmatxujayev
Universitetda o'qish kerakmi?
Bu hammani hayotida har xil. Istasangiz o'qing. Istamasangiz o'qimang. Agar kelajakda davlat tashkilotlarida ishlamoqchi bo'lsangiz o'qing. Agar xususiy tadbirkorlik yo'nalishlari bo'yicha ketmoqchi bo'lsangiz, shaxsan men o'sha yo'nalish bo'yicha mutaxassis insonga shogird tushgan bo'lar edim.
Oliy o'quv yurtlari sizni yuksaltirishi ham mumkin. Yoki aksincha, vaqtingizni ma'lum bir miqdorda olishi ham mumkin.
Oddiy misol: Universitet sizni 5 darajaga olib chiqadi deb o'ylaylik.
Agar sizni darajangiz 5 dan past darajada bo'lsa, Universitetda o'qishni tavsiya qilaman. Sababi siz yuqori darajaga ko'tarilishingiz uchun universitet tramplin vazifasini bajarib beradi.
Agar sizni darajangiz shundog'am 5 dan yuqori bo'lsa, Universitetdan ko'ra boshqa joylardan bilim olish yaxshi natija beradi.
Bular albatta mening shaxsiy fikrlarim. Hamma o'zidan kelib chiqqan holda fikrlaydi.
Siz nima deb o'ylaysiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
👉 @axrolxuja_rahmatxujayev
Shaxsiy blog
Hozirgacha ko'pchilik ijtimoiy tarmoqlarda video ko'rinishidagi shaxsiy maslahatlarim va biznesga oid bilimlarimni qo'limdan kelganicha bo'lishib kelmoqdaman.
Endi esa telegramda matn ko'rinishida ham shaxsiy maslahatlar va biznesga oid bilimlarimni berib borishga qaror qildim.
O'ylaymanki bu ko'pchilik uchun manfatli bo'ladi degan umiddaman.
Barchamizni boshlayotgan ishlarimiz hayrli va barakotli bo'lsin!
👉 @axrolxuja_rahmatxujayev
🎩 Omadli odamlarning oddiy odamlardan farqi ularning ODATLARIDA...
🔹 1- Oddiy odam ishdan qaytib televizor ko'radi, Omadli esa
Gazeta KITOB o'qiydi
🔸 2- Oddiy odam telefonda suhbat qiladi, Omadli esa ma'ruza trening tinglaydi
🔹 3- Oddiy odam ishga bormasam deydi,
Omadli nima qilsam kamroq ishlayman deydi.
🔸 4- Oddiy odam hammaning gapiga kiradi,
Omadli faqat o'zi "ustoz" deb ataydiganlarining gapiga kiradi.
🔹 5- Oddiy odam uchun pul bu maqsad,
Omadli uchun pul bu-Omil
🔸 6- Oddiy odam oilamni boqsam yetarli deydi,
Omadli hammaga yordam bersam foydam tegsa deydi.
🔹7- Oddiy odam ko'p gapiradi,
Omadli esa faqat kerakligini!
@ARA_CONSULTING