❕HAYOT HAQIQATLARI!
🔹Hayot sizga in'om etgan ne'matlarni his qilib yashang. Ularning shukrini dildan his qiling. Boringiz haqida o'ylang. Yo'g'ingizni o'rni o'zi to'ladi.
🔸 Hech narsaga ko'nmayman demang, hayot ko'ndirib qo'yadi. Hech narsaga hayot mamot darajasida yopishmang. Usiz yasholmayman demang. Hayot Usiz ham yashay olishingizni isbotlab qo'yadi.
🔹 Hayot bilan kurashmang. Hayot bu- Yaratganning irodasi. Hayot bilan kelishing. Har narsaga ko'naman deganingizda, tilaganingizdan ham ortig'iga ega bo'lasiz.
🔸 Hayotning eng oliy mukofotlariga loyiqman deb yashang. Shunda hayot haqiqiy loyiqlik uchun yo'lni ko'rsata boshlaydi. Uzingiz anglamagan holda loyiqlar yo'lidan yurasiz va eng oliy mukofotlarga chindan loyiq bo'lib borasiz.
🔹 Olamdagi barcha narsalar faqat va faqat 18000 olamda eng aziz qilib yaratilgan inson uchun, siz uchun ham yaratilganini unutmang.
🔸Yaratgan egamning cheksiz va hadsiz mehr muhabbati bilan yo'g'rilgansiz va bu mehr sizni asrashga, yuksaltirishga, to'g'ri yo'lga boshlashga, g'amingizni aritishga, tilaklaringizni amalga oshirishga, barcha barchasiga kifoya qilishini unutmang.
🔹 Yaratganning mehridan o'zga joydan yo kimsadan hech bir najot, umid, yordam tilamang. O'zigagina ishoning, tayaning va tavakkal qilib harakat qiling.
@ARA_CONSULTING
🔑 Muvaffaqiyatli tadbirkorning 9 ta xususiyati.
Muvaffaqiyatli tadbirkorlikning kaliti - bu sarmoyani o'zingizga yo'naltirish va noyob qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Bizningcha, quyidagilar biznesda davomli yutuqlarga erishishda muhim omil bo'lib xizmat qilishi mumkin.
⠀ 1. Biznesda muvaffaqiyat qozonish uchun siz mablagʻni boshqarish va u bilan ishlash koʻnikmasiga qodir boʻlishingiz kerak. Va bu nafaqat pul ishlashni, balki uni to'g'ri rejalashtirib taqsimlashni ham qamrab oladi.
⠀ 2. Samaradorlik Qanday qilib sermahsul faoliyat yuritishni bilmasangiz, muvaffaqiyatga erishish mumkin emas. Biznesingiz rivojlanib, salmoqli daromad keltirishi uchun har bir lahzadan iloji boricha unumli foydalaning.
⠀ 3. Shaxsiy brendni ilgari surish qobiliyati Sizning o'z auditoriyangiz, ya'ni mijozlaringiz, obunachilaringiz, o'quvchilaringiz boʻlsa, sizga biznes yaratish, uni reklama qilish va mahsulot yoki xizmatni taqdim qilish osonroq kechadi. ⠀
⠀ 4. Kuchli va zaif tomonlarni tushunish Odam hamma jabhada ilg'or bo'lolmasligini tan olishi juda muhimdir. Shundagina siz sheriklik va yollash to'g'risida oqilona qaror qabul qilishingiz mumkin.
⠀ 5. Serunum xodimlarni yollash qobiliyati Bu tadbirkorga xos juda muhim mahorat, chunki uning jamoasi qanchalik kuchli boʻlsa, shuncha yaxshi. Ajoyib xodimlar — bu har qanday brendning kuchi.
⠀ 6. Savdo qobiliyati Koʻpincha, ishbilarmonlar kompaniyaning gullab-yashnashi uchun savdoni ilg'or shakllarda yo'lga qo'yish kifoya qiladi, deb hisoblashadi. Ammo bu noto'g'ri. Shunday qarashdagi koʻplab startaplar muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ham bejiz emas.
⠀
⠀ 7. Marketing asoslarini tushunish Tadbirkorlar marketingni tushunishlari va oʻz bizneslari uchun kuchli marketolog boʻlishlari kerak. Aks holda, loyiha «omon qolmaydi». ⠀
8. Omadsizliklarga tayyor turish Muvaffaqiyat sari yoʻl toʻsiqlar bilan toʻla. Kelgusida ham shunday muammolarga duch kelmaslik uchun, ular bilan toʻqnashganda, «velosipedda oʻtirmay, taksida boʻlish» va xulosalar chiqarish juda muhimdir. ⠀
9. Dunyoni yaxshilash istagi Muvaffaqiyatli biznes qurish va har doim gʻayratli boʻlishning eng yaxshi usuli bu dunyoni yaxshiroq qilish maqsadidir.
@ARA_CONSULTING
💰O'zini o'zi millioner qilishni oltin qoidalari.
• "Keng miqyosda fikrlang va ulkan narsalar haqida orzu qiling"
• O‘zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta’kidlang. O‘zingizga qayta-qayta berishingiz bo‘lgan yagona savol esa “Qanday qilib?”, bo‘lsin. “O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo‘lishlarini aniq tasavvur qila oladi. Hayotingizdagi mutlaqo barcha o‘zgarishlar o‘zingiz haqingizda shakllantirganingiz muayyan yangi emotsional aqliy obrazda vujudga keladi.
• Qolaversa, hech qachon muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilmang. Muvaffaqiyatli kishilarni tanqid qilib, o‘zingizdagi muvaffaqiyatning barcha imkoniyatlarini zaiflashtirasiz. Aksincha, muvaffaqiyatli kishilardan ilhom oling! Boshqalarning zafarlaridan qancha ko‘p xursand bo‘lsangiz, o‘zingiz muvaffaqiyatga shuncha tez erishasiz.
© Brayan Treysi
@ARA_CONSULTING
✅ Baxtni his etish uchun g‘am-tashvish chekib ko’rish kerak.
✅ Yutuqni qo’lga kiritish uchun muvaffaqiyatsizlikni boshdan o’tkazib ko’rish kerak.
✅ Yaxshilikni ajratib olish uchun yomonlikka nazar solib ko’rish kerak.
✅ Yaxshi ko’rishni his etish uchun karohiyatni ham bilib ko’rish kerak.
✅ G‘alabani his etish uchun mag‘lubiyatga uchrab ko’rish kerak.
✅ Huzur-halovatni his etish uchun og‘riqni totib ko’rish kerak.
✅ Demak, har bir ne’matning qadriga yetish uchun undan mahrum bo’lib ko’rish kerak. Ular bo’lmaganida hech narsaning qadr-qimmatini his etmagan bo’lar edik.
@ARA_CONSULTING
✅ OLDINGGA MAQSAD QO'YDINGMI, UNDA BU MAQSADINGGA ERISH, TAMOM!
Maqsadga erishish yo'lidagi eng katta to'siq bu – qo'rquv.
Qo'rquv bo'lmaganda hozirgacha qanday yutuqlarga erishgan bo'larding, tasavvur qilib ko'r.
Rad etilishdan qo'rqqaning uchun yoqtirgan qiz(yigit)ingga gapira olmading, vaholanki u ham seni sevardi.
Rad etishlaridan qo'rqqaning uchun ota-onangga o'zing yoqtirgan kasbni ayta olmading, vaholanki ular seni o'z fikring yo'qligi uchun havotirlanib o'zlari senga kasb taklif etishdi.
Muvaffaqiyatga erisha olmaslikdan qo'rqish hammada bor bo'lgan hissiyot. Lekin aynan shu hissiyotni yenggan odamgina muvoffaqiyatga erishadi. Agar Stiv Jobs yoki Jeff Bezos o'z garajida ish boshlashdan qo’rqqanida hozirgi Apple yoki Amazon yaratilmagan bo'lardi. Muvaffaqiyatsizlik hammada bo'ladi. Bundan qo'rqma!
FAQAT OLG'A! MUVAFFAQIYAT SARI!
@ARA_CONSULTING
💰Boy bo'lishni orzu qilish emas, boy bo'lishga qaror qilish kerak!
Boy bo'lish qarori sizdan o'zgarishlarni va amallarni talab etadi.
Sizda boy bo'lish uchun kuchli xohish bo'lishi kerak!
💎 Qanday qilib boyishni emas, nima uchun boyimoqchi ekaningizni anglang, o'shanda qandayqilib bo'lmasin boylikka erishasiz.
Katta sabablar sizga katta kuch beradi.
💎 Sabablar sizni qarorga eltadi. Qarorlaringiz farosatingiz darajasida emas xissiyotingiz darajasida bo'lsin.
💎 Boy bo'lishni xohlayapsizmi, yo'q boy bo'lishga majbursiz, chunki boshqacha yashash uchun pulingiz yo'q.
💎 Agar boyib ketishga xohishingiz chinakamiga kuchli va ishtiyoqli bo'lsa, bu yo'lda sizni hech kim va hech narsa to'xtatolmaydi.
Ishtiyoq paydo bo'lmasa ishga qo'l urmang!
💎 Nazariyadan amaliyotga o'tish uchun juda katta ''istayman'' bo'lishi kerak.
💎 Pul seni baxtli qilmaydi. Bu gapda jon bor. Ammo pul senga vaqtni sotib olishda yordam beradi. Sen yoqtirgan narsalaring bilan shug'illanasan, yoqtirmagan ishlaringni qilish uchun boshqalarga pul to'laysan.
Bir to'xtamga kelish - bu eng muhimi hisoblanadi.
@ARA_CONSULTING
💼 Ishga kirish uchun barcha talablarga javob berish shartmi?
Agar siz universitet bitiruvchisi bo’lsangiz, ehtimol sizni ishga kirishga tayyorlashga yordam beradigan bir nechta darslarni o’zlashtirgan bo’lishingiz mumkun. Afsuski, ishingizda muvaffaqiyat qozonishingiz kerak bo’lgan ko’p bilimlar siz shu paytgacha o’zlashtirmagan ko’nikmalarni o’z ichiga oladi va bu o’z navbatida ishga kirish jarayonini murakkablashtiradi.
Ishga kirish uchun talab qilinadigan malakalarga nazar tashlaganingizda, ro’yxatdagilarning ko’pchiligi siz shu paytgacha duch kelmagan bilim va malakalar bo’lishi mumkin. Hattoki, siz xujjat topshirayotgan ish siz darslarda egallagan texnik bilimlarni o’z ichiga olgan taqdirda ham, sizning kelajakdagi ish beruvchingiz ehtimol siz ilgari ko’rmagan vositalardan foydalanadi va siz o’qiganlaringizdan farq qiluvchi jarayonlarga ishonadi.
Biroq, ish beruvchi talab qiladigan hunarlar va malakalar sizda bo’lmagan taqdirda ham bu sizning ishga xujjat topshirishingiz mumkin emasligidan dalolat bermaydi.
@ARA_CONSULTING
Darsni Axrolxo'ja Raxmatxo'jayev o'tadi.
Darsda qatnashish uchun quyidagi guruhga qo'shiling 👇🏻
https://t.me/joinchat/IUc24OeKUokKzx28
Xushxabar!
Bugungi "O'quv markazlarni tizimlashtirish" darsini uzoqdan kela olmaganlar uchun Online tarzda ham tashkil qilayapmiz!
Online darsimiz 29-yanvar soat 18:00 da Zoom platformasida bo'lib o'tadi.
Online darsda qatnashmoqchi bo'lganlar quyidagi guruhga qo'shilib olishlari mumkin
👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/joinchat/IUc24OeKUokKzx28
Axrolxo'ja Raxmatxo'jayevning
"O'quv markazni tizimlashtirish" Bepul darsi bugun 28-yanvar 18:00 da bo'lib o'tadi!
Agar ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz ro'yxatdan o'tib qo'yishingizni so'raymiz!
👉 @markaz_qabulbot
📍Manzil: Olmazor tumani, Beruniy metro, Mashhura o'quv markazi 3-etaji.
📣 Ajoyib yangilik!
- O'quv markaz raxbarlari
- O'quv markaz ochmoqchi bo'lganlar
- O'quv markaz menejerlarini
28-yanvar payshanba kuni soat 18:00 da bo'lib o'tadigan Bepul darsga taklif qilamiz!
Darsni kim o'tadi?
- Axrolxo'ja Raxmatxo'jayev
Nimalar haqida dars bo'ladi?
- O'quv markaz ochish biznesi
- O'quv markazlarni tizimlashtirish
Qayerda bo'ladi?
- Toshkent shahar Olmazor tumani, Beruniy metro, Mashhura o'quv markazi 3-etaji
☝️Bepul darsda qatnashish uchun quyidagi Bot da ma'lumotlaringizni qoldiring
👉 @markaz_qabulbot
"Adminstrator bilan mijoz (o'quvchi) o'rtasidagi suhbat qanday bo'lishi kerak?"
Muallif: Axrolxo'ja Raxmatxo'jayev
❗️Ushbu Videoni Albatta Koʻring ❗️
- Oʻquv markaz rahbarlari;
- Oʻquv markaz oʻqituvchilari;
- Oʻquv markaz ochmoqchi boʻlganlar;
- Va qiziqqonlar 😊
Oʻquv markaz haqida Axrolxuja Raxmatxoʻjayev.
Eng yaxshi bizneslardan biri!
Ko'pchilik o'z biznesini boshlashni orzu qiladi, chunki bu ishchi bo'lishdan va yillar davomida rejalaringizni amalga oshirmaslikdan ko'ra ancha qiziqroq. Bugungi kunda biznesni boshlash o'nlab yillar avvalgiga qaraganda ancha osonroq. Ajoyib g'oya, tadbirkorlik ruhi va kichik boshlang'ich kapital bilan siz chinakam rivojlangan biznesni yaratishingiz mumkin.
Qaysi biznesni qilish yaxshiroq?
Javob oddiy: sizga eng yaqin, tushunarli va qiziqarli bo'lganlar. Agar siz tibbiyotga umuman qiziqmasangiz, dorixona ochishga hojat yo'q.
Sertifikatlangan o'qituvchilar va universitet bitiruvchilari tobora ko'proq "O'quv markazini qanday ochish kerak?"
Keling, bu savolga bosqichma-bosqich javob berishga harakat qilaylik.
✅ Muvaffaqiyatli insonlardagi bosh umumiylik nima? Ijobiylik! Ular kelajak sari doimo ijobiy kayfiyatda borishadi. Ijobiylik odamga imkoniyatni yorqinroq ko‘rishga yordam beradi. Bugungi yoshlarning ko‘pi ish topa olmasligini pesh qilib nolishadi. Bu — xato! Atrofga qarang — biz imkoniyatlar asrida yashayapmiz! Sizning eng kuchli jihatingiz bor — siz yoshsiz! Bu imkoniyatlar orasida nimanidir boshqacha qila olishingizga ishonsangiz, bu to‘g‘risida o‘qib-o‘rganishdan erinmang.
Haqiqiy tadbirkorlik — mehnat degani. Muvaffaqiyat qozonishni istasangiz, boshqalar uxlab yotganda siz o‘rganing, tong saharda shahar uyqudaligida siz imkoniyatlaringizni kengaytirish uchun ertaroq uyg‘oning. Hayotda yiqilishdan qo‘rqmaslik kerak. Ayniqsa, yoshlikda! Yiqilasiz, yana oyoqqa turasiz. Har qanday xato — beqiyos foyda!
Har bir inson uchun erta — bu zabt etilmagan kelajak. Olg‘a borish kerak, harakat qilish kerak. Atrofdagilar sizga ishonsa-ishonmasalar, siz o‘z orzularingiz ro‘yobiga ishoning, jamoani bunga ishontiring!
Yashashni ham unutmang. Biz hayotga ishlash uchun emas, baxtiyor bo‘lish uchun kelganmiz. Puldan qayg‘urmang! Agar siz orzularingiz ortidan quvsangiz, pul sizning ortingizdan quvadi!
© Jek Ma
@ARA_CONSULTING
⏳ VAQT HAQIDA.
• Vaqt tez o'tadi - bu yomon xabar. Yaxshi xabar - siz o'zingizning vaqtingizning uchuvchisisiz.
• Muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik o'rtasida "Menda vaqt yo'q" deb nomlangan jarlik yotadi.
• Kimningdir yilida atigi 7 kun, boshqa kimningdir yilida - 365 kun bor.
• Siz vaqtni behuda sarflamasligingiz kerak, balki unga mablag 'sarflang.
• Oddiy odam vaqtni qanday o'tkazishni o'ylaydi. Aqlli odam o'z vaqtidan qanday foydalanishni o'ylaydi.
• Kecha bugun sizga ta'sir qilishiga yo'l qo'ymang.
• Qayta ishlashga yaramaydigan chiqindilardan biri bu behuda vaqt.
• Hech qachon biror narsaga vaqt "topa" olmaysiz. Agar sizga vaqt kerak bo'lsa, uni oling.
@ARA_CONSULTING
💡 Aqilli insonning 8 ta belgilari.
1. Aqilli odam - aʼlo darajadagi talaba yoki ishlab chiqarish raxbari emas. Aqilli inson nimani xoxlashini biladi, uni qanday xayotga kiritishni tushunadi va buni amalga oshiradi.
2. Toza koʻrinishi. Aqilli insonlar ularni kiyim bilan kutib olishlarini biladi. Bundan tashqari psixologlar taʼkidlashlaricha, jozibador insonlar odatda koʻproq mashxur va aqilli - bu galo-effekt yoki oreola effekti deyiladi.
3. Sogʻlom tishlar. Soʻnggi izlanishlarga koʻra shifokor qabulida tishlarini davolatgan insonlar muvafaqqiyatlirok va aqillirok xisoblanadi.
4. Suxbatdoshni tinglash qobiliyati. Xissiy sezgirlik IQ kabi muximdir. Koʻproq savollar berib koʻproq narsalarni oʻrganishingiz mumkin boʻladi. Odatda, koʻp gapiradigan inson josus uchun quroldir.
5. Yaxshi xotira. Aqillilikning asosi - shunchaki kerakli bilimlarni yodda saqlash va ularni kerakli vaziyatda oʻz “ombor”imizdan olishdir.
6. Chuqur nafas olish. Ishonchliroq koʻrinishingiz uchun chuqur nafas olishingiz kerak boʻladi, shundagina miyangiz kislorod bilan toʻyinadi. Atrofingizdagi odamlar ishonchli odamlarni yaxshi koʻradilar, chunki ular qaxramonlarga oʻxshashadi.
7. Tanani toʻgʻri tutish. Koʻpincha aloqa tana tiliga asoslanadi. Agar siz tiz choʻksangiz, insonlar sizni dangasa, uyatchan yoki axmoq deb oʻylashadi.
8. Fikr doirasini kengaytirish. Aql tushunchasi ochiq ongni anglatadi. Faqat siz toʻgʻri deb oʻylaganlarni tinglamang, turli xil adabiyotlar oʻqing, tanlamagan kitoblaringizni tanlang. Gap shundaki “Bir asr yashang, bir asr oʻrganing”.
@ARA_CONSULTING
✅ Lider bo'lish uchun maslahatlar:
1. O’zingizga ishoning!
2. Qat’iy, lekin mehribon bo’ling!
3. Mutaxassis bo’ling!
4. Hal qiluvchan bo’ling!
5. O’z izdoshlaringizga g’amxo’rlik qiling!
6. Har bir inson lider bo’lishi mumkinligiga ishoning!
7. O’z va’dalaringizda turing!
8. Jamoaning bir qismi kabi ko’rining!
9. Jamoangizga yaxshi munosabatda bo’ling!
10. Jamoangizni takomillashtirishga bo’lgan sadoqatingizni ko’rsating!
@ARA_CONSULTING
✅ IRODALI BO'LISH!
Hayotni borligicha qabul qiling. Ba’zi kishilar hayotni o’zim boshqarayapman deb o’ylaydilar. Garchi shunday ko’rinsa-da, aslida hayot insonni boshqaradi. Doim muvaffaqiyatga erishib kelgan kishi bir gal pand yesa, buning zarbini ko’tara olmaydi. Sababi ular hayotni boricha qabul qila olmaydi. Unday kishilar doim o’z xohish-istaklari amalga oshishi kerak deb hisoblaydilar. Omad yuz o’girganida, muvozanatni yo’qotib qo’yadilar. Hayotni borligicha qabul qilish esa kunida yetti bor yiqilib, yetti bor o’rindan turishni o’rgatadi. Iroda barchamiz uchun kerakli narsa. Ammo hamma ham o’zida bu kuchni topa olmaydi. Irodasizlik insonni faollikdan uzoqlashtirishi mumkin. Harakatsiz, g’ayratsiz inson esa, ertangi kuniga ishona olmaydi va muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechadi. Hayot sinovlaridan o’ta olish uchun irodali bo’lishimiz lozim. Har bir qulagan narsani bundan ham ko’rkamroq qilib tiklash mumkinligini yodda tuting va
buni uddalash uchun o’zingizga qaytadan imkoniyat bering shunda eng mustahkam
irodaga erishishingiz mumkin.
© Deyl Karnegi - “Chidash san’ati”.
@ARA_CONSULTING
⚡️ ENERGIYAMIZNI KO'PAYTIRAMIZ!
MUAMMOLARGA YECHIM TOPISH:
Yechimi topilmagan, sizni qiynayotgan vazifalarning yechimini toping. Qaysi ish, masala, vaziyatni eslasangiz, ichingiz qiynalyabdi? O'shalarning ro'yhatini tuzingda, birma-bir hal qiling. Hal qilganingiz sari, yengillashib boraverasiz. Bu masalalar ichingizdagi energiyani yeyishni to'xtatadi.
ODAMLARGA FOYDANGIZ TEGSIN:
Odamlar sizga hayolan minnatdorchilik bildirsalar ham, energiyaga to'laverasiz. Qo'lingizdan kelgancha hayrli ishlar qiling! Hayrli ishlarga qancha ko'p energiya sarflasangiz ham, sizga 10 barobar bo'lib qaytadi!
MAKSIMUM HARAKAT:
Tana xarakatda bo'lsa, qon yaxshi aylanadi va tana energiyaga to'ladi. Maksimum xarakat deganda, atrofdagi barcha xarakat imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolish degani, masalan:
Liftda emas, zinadan chiqish;
Taksida emas, piyoda yurish va hokazo. Yoki har kuni sport bilan shug'ullaning!
MEDITATSIYA:
30 daqiqa ko'zlarni yumib, qalbda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatish ya'ni jim-jitlikda o'tirish ham, eng samarali energiyaga to'ldiradigan meditatsiya hisoblanadi. Yoki boshqa o'zingiz hohlagan meditatsiyangizni bajaring.
MAQSAD QO'YIB, UNI AMALGA OSHIRISH:
Kuniga atigi 6 ta kichkina maqsad qo'yib, kun davomida amalga oshiring. Aslida maqsadlar, har doim o'ziga yarasha energiya bilan beriladi.
️AYNI DAMDA YURAGINGIZ JIZ ETGAN ISHNI QILING:
Juda ham hohlayotgan ishingizni qilishingiz, bajarishni hohlamayotgan ishingizni qilish uchun energiya beradi. O'zi aslida, bajarishni hohlamayotgan ishlarni umuman qilmaslik lozim. Bajarmaslik yo'lini toping. Hal qiling. Ko'nglingizga yoqgan ish bilan
shug'ullaning.
@ARA_CONSULTING
📱Pavel Durov - Telegram asoschisidan, maqsadga erishish haqida.
👉 Mumkin bo'lgan yechimlardan eng yaxshisi bu - eng oddiysidir.
👉 Maqsadga erishish uchun ishtiyoq, qiziquvchanlik va jarayonni soddalashtirish qobiliyati kerak - barcha keraksiz narsalarni kesib tashlash va mohiyatga e'tibor berish zarur.
👉 Bizning e'tiborimiz - eng qimmatli manbaimiz. Hayotimizda nimaga ko'p etibor qaratsak, shu narsalar atrofimizda ko'payadi.
👉 Asosiysi, eng muhim narsani hamma narsadan ajrata olishdir!
👉 Aloqa bekor qilindi. Bir soatlik yolg'izlik, bir haftalik suhbatdan ko'ra samaraliroq.
@ARA_CONSULTING
Darsimiz bugun soat 14:30 da boshlanadi.
Darsda qatnashmoqchi bo'lganlar quyidagi guruhga qo'shilishlari mumkin
👇🏻👇🏻👇🏻
https://t.me/joinchat/IUc24OeKUokKzx28
Bugungi "O'quv markazlarni tizimlashtirish" darsi juda qiziqarli tarzda bo'lib o'tdi!
Kelganlar darmonda, kemaganlar armonda 😉
☝️ESLATMA❗️
O'quv markazni tizimlashtirish bepul darsiga joylarimiz oz qoldi!
O'z joyingizni tezroq band qiling.
Joylarimiz cheklangan!
👉 @markaz_qabulbot
"Marketing bo'limi o'zimizda bo'lishi kerakmi yoki chetdan yollashimiz kerakmi?"
Muallif: Axrolxo'ja Raxmatxo'jayev
"O'quv markazdagi o'qituvchilar qanday kriteriylarga ega bo'lishi kerak?"
Muallif: Axrolxo'ja Raxmatxo'jayev
O'quv markazi uchun biznes-reja tuzamiz!
Biznes-rejasiz uzoqqa bormaysiz; o'zingizning biznesingiz bilan bog'liq barcha narsalarni darhol tavsiflash muhimdir. Qaysi turdagi o'quv markazini yoqtirishingizni hal qiling. Masalan, siz chet tili kurslari, amaliy fanlar to'garagi yoki bolalar rivojlanish markazini ochmoqchisiz. Bu sizning biznesingiz litsenziyaga muhtoj yoki kerak emasligini aniqlaydi (eslatma: kurslar ko'rinishidagi ta'lim faoliyati litsenziyani talab qilmaydi).
Ta'lim sohasidagi biznes mas'uliyatli biznes ekanligini tushunishingiz kerak. Agar siz o'zingizni o'rgatmoqchi bo'lsangiz, o'qituvchi yoki o'qituvchi sifatida tajribangiz. Sizning biznes rejangizning boshida ushbu fikrlarni o'ylab ko'ring.
📊 Investorlar bilan uchrashuvga tayyormisiz!?
Unda bizga murojaat qiling: @Ozodbek0826