#Ishtirokchi_40
Karvon o’tar, it hurar deb,
Kimdir aytgan qay zamon.
Qonun qilib bu maqolni,
O’tavergan-da karvon!
Bechora it karvon kutgan,
Odatin qilmay kanda!
...Hozir esa zamon boshqa,
Itlar yotar panada!
Karvonlarga ko’cha ko’pdir-
Kuchuklar tush ko’rmagan,
It- chi,itning go’shtini yer,
Karvon bunda yurmagach!
Muharram Rajabova
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_39
Jumanazar akaman!
Mazax qilib ustimdan
Pisandsiz boqardingiz.
Indamasam rasmimni
Daftarga chiqardingiz.
Doim tentak dedingiz,
Lek maqsaddan qaytmadim.
Samoda ham hayot bor,
Ishon,yolģon aytmadim.
Hali kòrasiz oyda
Bir tup daraxt ekaman,
Orzusidan qaytmagan
Jumanazar akaman!
Yulduzxon Xayitova
ADU 2-bosqich talabasi
@Anvar_Obidjon
НОЗИКВОЙ
Кўчага кам чиқар Нор,
Кўринмас сой бўйида.
Тайёрга бўлиб айёр,
Кўпчиб ётар уйида.
Тўп тепмайди ҳеч маҳал,
Хуш келмайди офтоб ҳам…
Охир, бўлиб у касал,
Чақирдилар «Тез ёрдам».
@Anvar_Obidjon
Aziz kanalimiz obunachilari,tanlovimizni 5-aprel sanasiga yakunlaymizmi?
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_36
Chalqancha uchishni o'rgandi pashsha,
Qolganlar bu ishni san'at dedilar,
Yana bir aylangin, bo'lsin tomosha,
Noyob hunaringni ko'rsat dedilar.
San'atkor ucharkan uyning shiftida,
Odamlar ham unga chalishdi qarsak...
U shunchaki o'lmadi inson kaftida,
U san'at qurboni o'ylab qarasak.
San'at qurbonlikni talab qiladi,
Shunday bo'lgan, asli, azaldan har dam.
To'g'risi, san'atni qaydan biladi,
Pashshani o'ldirib yuborgan odam?
M.N. 2004
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_35
Ishq asli yurakka, kelgan qo'ng'iroq,
Hisobim tugashi, demak ayriliq,
Visol ham chegirma, balki Al-chiroq,
Sms habari aniq ayriliq.
Ucell bu darg'azab, ota-onasi,
Eng chiroyli raqam, unga chexradir.
Antena yo'qligi, yuvuz ammasi,
Tungi uchrashuvlar, bir chegirmadir.
✍Muhammad_Solih Qo'qoniy
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_33
Tanlov
-Lag'mon bering iltimos,
Narxi qancha, necha pul?
-Bizda turli xili bor,
Sizga qay biri ma'qul?
-Aslida hozir menga
Kerak ovqat qilgani.
Mayli qo'shing ozgina
Quloqqa ham ilgani.
✍Mohigul Hamidova
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_32
ALBATTA HAZIL
Oilamiz bilan bir kun
Kõrgani bordek maymun,🐒🐵🦍
Sher,arslonlar va yana 🐆🐅
Bor emish mitti kana.🦗
Quyon ham bõlar albat🐇
Ayiqpolvon bahaybat.🐻
Tipratikan, toshbaqa🐢🦔
Sekin yurar shunaqa.
Quyon juda tez sakrar🐇
Kenguru undan õtar.🦘🦘
Jirafasi yõq demang🦒🦒
Pingvini ham bor qarang.
It, mushuk va sichqonlar🐕🐈🐁🐀
Uyingizdan topilar.
Zooparklar ajabtovur
Yoqmasachi tezroq sur.😉
Aziza Egamqulova
Sharof Rashidov tumanidagi 21-maktab õquvchisi
@Anvar_Obidjon
Juda zo'r taklif berilibdi.Shaxriyorbek Ostonov esa maromiga yetkazib kuylabdilar.
@Anvar_Obidjon
@navqironguruhiofficial
#ishtirokchi_29
Tush yaxshi
Tinmay tanbeh berarlar
Derlar:ģaflatda qolding.
Vaqting bekor òtkazib
Uyqudan nima olding.
Tergashadi bilmasdan
Sòrashmaydi sababin.
Qondirmasdan bòlarmi
Axir kòngil talabin.
Ayting ne a'lo bundan
Qaysi bir yumush yaxshi.
Jononsiz òtgan kundan
Uni kòrgan tush yaxshi.
Maqsad Obidjon
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_27
Ovqatlanish paytida
Tushlik qilib o'tirar
Bobo va nabirasi
Bola Aytar : " Bobojon''
Chol esa gapiradi:
"Ovqatlanish paytida
Jim turmoq oltin qoida"
Bolaga tanbeh berib
Ko'ngli tushdi joyiga
So'radi so'ng bobo ham
Ovqatlanib bo'lganda
Aytar : " Ovqatingizga
Pashsha tushib qolgandi"
8-sinf o'quvchisi
Rahmonaliyev Nuriddin
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_26
Darsga kirsam tinch qo‘ymas,
Savol berib charchamas.
Asablarim ham buzar,
Miyamni xo‘p charchatar.
Hatto tanaffusda ham,
Tinch qo‘ymaydi hech qachon.
Turganda, o‘tirganda,
Men bilan u xayoljon.
Abdurashid Qizi
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_24
Tog‘am bizga mehribon,
Qo‘shni xonada yotadi.
Bitta odati yomon
Uxlasa xurrak otadi.
Xurrak otsa "chiqar jonim"
Nega bunday bilmayman
Uylansachi tog‘ajonim
Kelinga sabr tilayman.
Lekin shunday mehribon,
Oqko‘ngilkiii bearmon.
Olib chiqsa sayrga
Xurrak otsayam mayliga.
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_22
Maysalar
Yerdan unib chiqadi,
Ko'kargan xush maysalar.
Ichlarida ne dard bor?
Qani bizga aytsalar.
Odamlarning tashvishi,
Faqatgina sog'liqdir.
Lek ularning sog'lig'i,
Sigirlarga bog'liqdir.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi Marupova Kamolaxon
@Anvar_Obidjon
Anvar Obidjon:
DIQQAT! DIQQAT!
Kanalimiz obunachilari uchun ajoyib yangilik!Kanalda tanlov uyushtiramiz.Tanlovdan maqsad buyuk ustoz Anvar Obidjonning kanalini ommalashtirish va yangi ijodkorlarni namoyon etish va ularni rag'batlantirish!
Shartlar quyidagicha:
1.She'rlar qisqa,3 ko'pletdan oshmagan bo'lishi kerak.
2.Hazil she'r bo'lishi lozim.
3.She'riy vazn qonun -qoidalariga mos tushishi va ma'no mazmuniga ahamiyat beriladi.
G'oliblar quyidagicha aniqlanadi:
1- va 2- o'rinlar hakamlar hay'ati tomonidan,3-o'rin esa she'rga bosilgan layklar orqali.
TAQDIRLASH:
1-O'RIN: kitoblar jamlanmasi va diplom;
2-O'RIN: kitob va diplom;
3-O'RIN: kitob va diplom.
Tanlovga ishlar quyidagi manzilda qabul qilinadi:
@Sherlarolamii_bot
Tanlov 10-aprelga qadar davom etadi.
@Anvar_Obidjon
Shaxriyorbek Ostonovdan yana bir ajoyib qo'shiq!
Anvar Obidjon she'ri
@Anvar_Obidjon
@navqironguruhiofficial
#Ishtirokchi_38
Oraliq
Derlar: yosh bolasan buncha baqirma
O'zingdan kattani senlab chaqirma
Gap qo'shma jim o'tir katta gapirsa
Yugurib xizmat qil ko'zdan qochirma
Derlar: kap-kattasan lek uquving yo'q
Bitta ishni eplab qilar holing yo'q
Sen tengilar undoq-bundoqlar qildi
Seningchi bir ishga iqtidoring yo'q
Hayronman shu topda men na kattaman
Va na kichkinaman, na toy, na otman
Men, balki, kattadan sal kichik bo'lib
Kichikdan sal katta antiqa zotman...
✍Qosimova Saidaxon
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_37
Holiga voy...
O'rtog'im Mannonxo'ja,
Boqibdi beshta jo'ja.
Ertalab tursa ko'rib,
Qolibdi uchta jo'ja.
Jo'jalar ketdi qayon,
Bo'libdi juda hayron.
Begona izni ko'rgach,
Jumboq ham bo'lmish ayon.
Ketgandir yeb hoynahoy,
Rosayam sho'x mushukvoy.
Bechora Mannonxo'ja,
Eh,endi holiga voy!!!
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 6-sinf o'quvchisi Abdusalomova Madinabonu
@Anvar_Obidjon
Matematika
Savol berdi muallim,
Tulki gangsib yoʻtaldi,
Sichqon qochdi teshikka…
Chumoli qoʻl koʻtardi.
Chumolining,
He, attang,
Yana ishi yurmadi.
Oʻqituvchi Fil uni
Bu safar ham koʻrmadi.
(A. Obidjon. “Juda qiziq voqea”)
Mathematics
Teacher asked one question,
Fox coughed by intention,
Mouse avoided to hole…
Ant rose his hand full.
Unfortunately, again
Hadn’t luck to ant,
Math teacher elephant
Didn’t see the ant.
(Written by A. Obidjon)
K. LAPASOVA,
talaba (ToshDOʻTAU)
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_34
•••
Topishdik tutundik yorlik ishqida
Ajraldik ketishlar Maradona bo'ldi
Ular kuyindilar avvallariga
Sadafdek ko'z yoshi Marjona bo'ldi
So'ngra tan oldilar suymasliklarin
Ohirgi so'zimiz do'stona bo'ldi
Taqdir yo'l qo'ymadi qayta ko'rishga
Diydor mahshargacha begona bo'ldi
Har nega talpinib iltijo qilib
G'aribiy g'urbatda sarsona bo'ldi
Alar xursand edi topganlaridan
Yo'qotgani andin ziyoda bo'ldi
Fazliddin G'arib
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_31
YARMI HAZIL YARMI CHIN
Xotin zoti kalkulyatordek:
Muammoni qoshadi,
'paytiradi
Vaqtni ayiradi
Chiqimni ko
Merosni bo`ladi.
Samira Akbutayeva
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_30
ANDISHA
''Bilimdon''lar aro o'tirib,
Gapirmadim tilimni tishlab.
Ular borin so'zlar gupurib,
Goh ketishar bir-birin mushtlab.
Gar, gapirsam bir og'iz so'zim,
Meni ko'rmas edingiz shu dam.
Yoningizda yo'qman gar o'zim,
So'zlaganman ''majlis''da men ham.
Diyorbek Mahmudov
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_28
Salomim aytadi quvnoq qushchalar,
Qo‘shig‘in kuylaydi bunda har taraf.
Baxt – u quvonchlarni hadiya etgan,
Tabiatga sharaf, himmatga sharaf.
Sokin musiqadan zavq oladi tong,
Hovurin ayamay sochar quyoshjon.
Bu nurli damlarda jonbahshi kunda,
“Sumalak pishirar ahli musulmon.”
Ijodning sehriga oshiq shabboda,
Yugurib yeladi bong uradi bong.
Qaytadan tug‘ilar borlig‘ va hayot,
Ko‘klam shukuhini uyg‘otganda tong.
✍️ Fazliddin G‘ulomjonov, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 7 – sinf o‘quvchisi
@Anvar_Obidjon
БЕТИ БОР-КУ...
Қаранг, Турди акамнинг,
Сира бети йўқ эмиш.
Шалоқ эмиш оғзи ҳам,
Гапда тузи йўқ эмиш.
Ресторанда ошпаз-ку,
Туз ишлатмас у қандай?
Бети йўқ дер одамлар,
Бети бор-ку лагандай?!
Yo'ldosh Sultonov
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_25
Choy
Ertalabdan kechgacha
O‘ynab sira tolmayman.
Opam ish buyursalar
Aytganimdan qolmayman.
Bir kuni rosa o‘ynab,
Charchab holdan toyibman.
Bilmay bir kosa yog‘ni
,,Choy‘‘-deb ichib olibman.
Erkin Vohidov ijod maktabi 6-sinf o‘quvchisi Hoshimjonova Gulyora
@Anvar_Obidjon
TADBIRKOR AYIQPOLVON
Ayiqpolvon tadbirkor
Bo'lishni xohlab qoldi.
Do'kon ochdi va unga
Turfa shirinlik soldi.
O'tirardi gerdayib,
Savdosi bo'ldi qanday?-
Deganlarga javobim
Eshiting mana bunday:
Bir hafta o'tmay ayiq,
Puliga kuygan emish.
Chunki bor mahsulotin
O'zi yeb qo'ygan emish.
Charos Rahimqulova
@Anvar_Obidjon
Bolalar adabiyoti yana bir ustunidan ayrildi. Bizga ajoyib asarlari bilan bolalik dunyosini bergan Xudoyberdi Bobo endi oramizda yo'q.Joylari jannatda bo'lsin...
@Anvar_Obidjon