#ishtirokchi_21
Oshxona
Yangi kelgan Bilolning
Qorni ochqab qolibdi.
Qorni ochganin bilib
Yugurgilab qolibdi.
Qayda ekan oshxona
Topolmayin bechora.
Rosa sarson bõlibdi
Bõlibdida ovora.
Oshxonani axtarib
Yurgan yangi Bilolga.
Dõsti Ziloljon tushib
Yordam berdi bir onda.
Shuning uchun dõstlarim
Yangiman deb yurmangiz.
Uyatchangroq bõlsangiz
Dõstlashishdan qochmangiz.
6-sinf õquvchisi Abduģaniyeva Bibixojar
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_19
Qamoqxonada
Yozgi chilla, suv tekin
Qamoqxona suvdek tinch.
Tergovxona yonida
Odamlar ko'p tiqilinch.
Shermat dedi Eshmatga:
" Yangi yil bilan do'stim!"
" Eh, yaramas hozir yoz,
Qishda berasan po'stin!!!"
"Tergovchining yonida
Menga va'da berishdi.
Do'stim bo'lganing uchun
Senga bir yil "erishdi".
Aliyev Muhammadamin Erkin Vohidov nomli ijod maktabi o'quvchisi
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_17
* * *
Ali maktabdan kelib,
Dadasidan so‘radi.
—Men yaxshimi yo Vali?
Dadasi o‘ychan xolda,
Javob berdi o‘ylanib:
—Sen, yo‘q Vali.
Ali xafa ovozda:
—Iya axir menchi?
Dadasi dedi kulib:
—Unda sen ikkinchi.
Saydirahmonova Mohlaroyim
Erkin Vohidov ijod maktabi
6-sinf o‘quvchisi
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_15
Darsga kirganda ustoz,
O'quvchilar sanadi.
Toshbaqaning partasi,
Nega bo'sh deb so'radi.
Shunda o'rnidan turib,
Javob berdi qirqoyoq.
Ustoz do'stim toshbaqa
Doim keladi kechroq.
Erkin Vohidov ijod maktabi 6-sinf o'quvchisi Sulaymonova Mushtariybonu.
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_13
Sichqonning tashvishi
Mushukvoy - tamakixo'r,
Har kuni tinmay chekar.
Sichqonga esa buning,
Rosa foydasi tegar.
Chunki uning oldiga,
Bormoqchi bo'lsa "pusib".
Doimgiday bexosdan,
Qolardi yo'tal tutib.
Farg'ona shahar 25-umumta'lim maktabi 6-sinf o'quvchisi Abduqodirova Mohira.
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_12
***
Osmon bag'rin to'ldirib,
Qushlar chug'urlab o'tar.
Eshmat rogatkasidan,
Ularga toshlar otar.
Ammo tegmas hech bir tosh,
Qarg'aga yo maynaga.
Uchib borib tegadi.
Yangigina oynaga.
Ra'noxon Noʻmonjonova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf oʻquvchisi
@Anvar_Obidjon
Aziz obunachilar! Tanlovga yuboriladigan she'rlar o'z ijodingizdan bo'lishi kerak! Biz yangi ijodkorlarni kashf etmoqchimiz va eng asosiysi,she'rlar qisqa va yumorga boy bo'lsa ,yana ham yaxshi!
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_9
Sichqon
Sichqondir kemiruvchi,
Tekinga semiruvchi.
Teshar qopni qutini,
Omborda o‘tar kuni.
Ko‘p yesa ham to‘ymaydi,
To‘yish nima? Bilmaydi.
Juda ochko‘z bo‘ladi,
Qopqon tushib o‘ladi.
26-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Javohir Akramov
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_7
DARSDA
Jahon tarix darsida
Muallim savol berdi:
"Qodirov, ayt Napolyon
Qayerda o'lgan?" – dedi.
Qodirov ko'p o'ylanib
Oxir o'yga yetdi-da,
Der:" U o'lgan kitobning
O'n to'rtinchi betida!"
Erkin Vohidov ijod maktabi o'quvchisi Aliyev Muhammadamin
@Anvar_Obidjon
Ustozimiz she'rlarini qo'shiq qilib ,barchaga xush kayfiyat ulashayotgan Shaxriyorbek Ostonovdan ajoyib premyera!
@Anvar_Obidjon
@navqironguruhiofficial
#Ishtirokchi_4
Yemoqlikdan armon yòq ,
Qolmaganman oziqsiz .
Oyday tòlgan oyimcha ,
Deydi , - "kòb yeng , ozibsiz" .
Òsha oyimtilloni
Aybi asli hammasi ,
Sevdim desam "xòp " demay ,
Der , - "aqldan ozibsiz !!!"
Javohir Bahromov
#Ishtirokchi_2
#Bolalar_adabiyoti
***
Ойимнинг туғилган куни,
Табрикларман мен уни.
Торт пиширдим бир қаранг,
Шамлари ҳам ранг-баранг.
Шоколаддек қоп-қора,
Иштаҳа очар қара.
Шакл олгандир ойдан,
Лек қилинган у лойдан.
Раъно АБДУВАИТОВА,
Жиззах вилояти, Ғаллаорол туманидаги 78-мактабнинг 9-синф ўқувчиси.
@Anvar_Obidjon
Anvar Obidjon:
DIQQAT! DIQQAT!
Kanalimiz obunachilari uchun ajoyib yangilik!Kanalda tanlov uyushtiramiz.Tanlovdan maqsad buyuk ustoz Anvar Obidjonning kanalini ommalashtirish va yangi ijodkorlarni namoyon etish va ularni rag'batlantirish!
Shartlar quyidagicha:
1.She'rlar qisqa,3 ko'pletdan oshmagan bo'lishi kerak.
2.Hazil she'r bo'lishi lozim.
3.She'riy vazn qonun -qoidalariga mos tushishi va ma'no mazmuniga ahamiyat beriladi.
G'oliblar quyidagicha aniqlanadi:
1- va 2- o'rinlar hakamlar hay'ati tomonidan,3-o'rin esa she'rga bosilgan layklar orqali.
TAQDIRLASH:
1-O'RIN: kitoblar jamlanmasi va diplom;
2-O'RIN: kitob va diplom;
3-O'RIN: kitob va diplom.
Tanlovga ishlar quyidagi manzilda qabul qilinadi:
@Sherlarolamii_bot
Tanlov 10-aprelga qadar davom etadi.
@Anvar_Obidjon
Anvar Obidjon she‘ri
Ijrochi: Shaxriyorbek Ostonbekov
* * *
Кўзларинг маст,
Кокилинг шодон,
Гап бошладинг дилкаш, меҳрибон.
Ўзни бунча тутяпсан яқин...
Эрга теккан бўлмагин тағин?!
1978-й
* * *
Дунёда бор учта чин дўстим:
Отам,
Онам...
Яна аллаким.
Учинчисин айтмоқ қийин иш,
Хотиним ҳам шунчаки таниш.
1974
@Anvar_Obidjon
@navqironguruhiofficial
#ishtirokchi_20
Tovonimni boʻlaklar,
Suv koʻrmagan yoʻlaklar,
Qaysi "Gul"ning maskani.
*
Bor pulimga toʻy qildim.
"Gʻoʻr" qizimni "Boy" qildim.
Tili uzun boʻlsin deb.
*
Zar toʻnimda el tanir.
Kir toʻnimda choʻl tanir.
"Haq"ni tanigunimcha.
***
Muhammad Yusuf Ibrohimzoda
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_18
Erta tongda turiboq,
Maktabga tez otlandim.
Do'stim Dilshodni ko'rib
Juda ham zo'r shodlandim.
Ammo do'stim Dilshodvoy
Qayergadir shoshmoqda.
Yugurib mendan qochib
Qayergadir bormoqda.
Ancha keyin bilibman,
Bordir uning bir arzi:
Eh esladim,do'stimning
Bor edi mendan qarzin.
Erkin Vohidov ijod maktabi 6-sinf o'quvchisi Akramov Azamat
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_16
***
Tarix darsiga kirdik,
Savol- javob boshlandi.
Ustozim menga qarab,
Savol bilan tashlandi.
Ustoz mendan so'radi,
Javobing yo'qmi dedi.
Men asta javob berdim,
Do'stim g'amimni yedi.
Keyin chiqib so'radim,
Ha ko'kraging kerasan.
Senga yordam berdimku,
Sen ham aytib berasan.
Nigina Ergasheva
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_14
* * *
Oyisi Nafisaga,
Mazali tort pishirdi .
"Agar bugun besh olsang,
Besh bo'lak senga "-, dedi.
Maktabidan qaytgach u,
Oyisiga aytibdi:
-Oyi bugun qornim to'q ,
Ikki bo'lak yetadi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 6-sinf o'quvchisi Saidjonova Nodirabegim.
@Anvar_Obidjon
"Xo'p bo'ladi xo'jayin "
Tilingni tiy birodar,
Tinch hayot kerak bo'lsa.
Tashvish bo'lmas ko'ksingda
Tosh qotgan yurak bo'lsa.
Hox aqlli, hox nodon,
Boshlig'ing bo'lsa agar.
Xushomad qil, ko'nglin ol,
Aytma bir noxush xabar.
Ayting kim nodon desa,
Albatta, u biz degin.
Eng dono inson esa
Shubhasiz u siz degin.
Aybin solma yuziga,
Bosh egib tur yonida.
Mag'rur boqma ko'ziga,
Tegma aslo joniga.
Boshliq senga o'shqirib,
Qilsa agar haqorat.
Eshitgin jim o'tirib,
Gap qaytarmagin faqat.
G'iybat qilma ortidan,
Hammaga yurgin maqtab.
Madhiyalar yoz hatto
O'sha boshliqqa atab.
Hurmat qilgin ul zotni,
Neki bo'lsa qil sabr.
Oqibatin o'ylagin,
Bola-chaqang bor axir.
Gap talashsang u bilan,
Senga nima zavq bo'lar.
Har ne degin, baribir
Boshliq doim haq bo'lar.
Yo'l qo'ymagin xatoga
O'zing bilib-bilmayin.
Tinch hayotning kaliti-
"Xo'p bo'ladi xo'jayin ".
Asliddin Norbek
#Ishtirokchi_11
Rassom
Sinfimizdagi rassom
Siz bilgan oʻsha Akbar.
Shu rassomlik uchun u
Jazo olar har safar.
Oʻylamaydi Akbarjon
Rassomligin kasrini.
Darslar tugamay chizar
Quyonvoyning rasmini.
Abdumalik Xursanaliyev Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf oʻquvchisi
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokch_10
MURABBO
Qo’shnisining uyiga,
Kirib keldi Sobirjon:
-Murabbo berib turing,
Oyim ahvoli yomon.
Uch kundirki oyimning
Tomoqlari ho’p og’rir.
Dori ichib ko’rdilar,
Tuzalmadi baribir.
-Idish olib chiqmabsan,
U bo’lmasa netaman?
-Ovvora bo’lmang, xola,
Yeyman-u so’ng ketaman
Sarvinoz Ikromova Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi
@Anvar_Obidjon
#ishtirokchi_8
KITOB
Madinaga ona uqtirar:
-Kitobingga chizmagin, qizim .
Shunda ular kulib turadi
Tushundingmi ,yorug‘ yulduzim.
Madina ham asrar kitobin
Sababini bilib bo‘lmaydi.
Onasiga hayratlanib der:
-Kitoblarim nega kulmaydi.
Muxlisa Toshpo‘latova Jizzax shahar 23-maktab o‘quvchisi.
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_6
Chigirtka
Tunlari chirillaydi,
Yuragim bezillaydi.
Tinglab seni ovozing,
Singlim ham jirillaydi.
Men sendan bezib toldim,
Shirin uyqudan qoldim.
Ovozingni bas o‘chir,
Uyingni toqqa ko‘chir...
Muslimaxon Kamoliddinova, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 6 – sinf o‘quvchisi.
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_5
Ko'zlarida jiqqa yosh
To'lib qoldi go'zallar.
Jilmaysa hatto quyosh
So'lib qoldi,go'zallar.
Goh sevib
Goh sevilib
Zerikdi-ku hayotdan,
Bora-bora bag'ritosh
Bo'lib qoldi go'zallar.
Yosh jurnalistlar maktabi o'quvchisi
Abdulloh Saidmurodov
@Anvar_Obidjon
#Ishtirokchi_3
O'n to'rtinchi sham ham erib oqmoqda
Va kuygan pilikning mag'rur boshi ham.
Shamlarni vaqt degan gugurt yoqmoqda,
Va meni qarshilar o'n beshinchi sham
Shu zayl har yili o'chib yonadi
Har yili yangittan ko'taradi bo'y
Nechanchi shamgacha umrim boradi
Va meni chulg'aydi shu shaytoniy o'y
Mayli kunlar kelib gugurt tugasa,
Tangri uzganida shamlarim safin.
Oyoq qo'llarimni piligda boylab,
Gugurt qutisiga etinglar dafn...
Muhammad Yusuf ijod maktabi o'quvchisi Akmaljon Abdurahmonov (Zulfiqor)
@Anvar_Obidjon
1_ishtirokchi
Мақтов
Мақтанар бошини катталигини,
Минабарга суяниб битта «ақилли».
Сўзлари жўш урар қайнаган сувдай,
Қайнаган сув! Булоқ эмас ақалли.
Калласин мақтарди у одам ҳамон,
Ушлаб ҳам қўярди баъзи-баъзида.
Қарсаклар чалишар шўрлик оламон,
Ақли йўқ эканин билмай acлида...
Тажалло
* * * * *
Ko‘rib qo‘ydim umrimda
Qancha qalamqoshlarni.
Qancha yolg‘on kulgi-yu,
Qalbaki ko‘zyoshlarni.
Bildim — soxta hammasi,
Barchasi bir daqiqiy.
Faqatgina xotinim -
Tuqqan o‘g'il haqiqiy!
1981-yil
@Anvar_Obidjon