and_vxtb | Неотсортированное

Telegram-канал and_vxtb - Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

-

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Admin: @andvxtb_pr Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.

Подписаться на канал

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Hafta_davomida

ANDIJON VILOYATI "DIREKTORLAR KENGASHI" TOMONIDAN "TA'LIMDA YUKSALISH SARI" MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

Andijon viloyat MMTB Matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Shaxmat_festivali
#Мактабгача_таълим

✅ Bugun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Shaxmat festivali" musobaqasining Respublika bosqichi va taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda musobaqaning hududiy bosqichida gʻolib boʻlgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 14 nafar oʻgʻil va 14 nafar qiz bola tarbiyalanuvchilari oʻzaro bellashishdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:

🥇Abdulaziz Xasanov — Xorazm viloyati — 1-o‘rinni,
🥈Kemal Mirzaqulov — Toshkent viloyati — 2-o‘rinni,
🥉Yahyobek Sheraliyev — Andijon viloyati — 3-o‘rinni egalladi.

Qiz bolalar o‘rtasida:

🥇 Mohinur A’zamxo‘jayeva — Toshkent shahar — 1-o‘rinni,
🥈 Malika Murtozoyeva — Navoiy viloyati — 2-o‘rinni,
🥉 Oqila Akmalova — Buxoro viloyati — 3-o‘rinni egalladi.

Barcha g‘olib bolajonlarni tabriklab, bundan-da yuksak marralar tilaymiz!

Ma'lumot oʻrnida: mazkur musobaqaning birinchi — tashkilot bosqichida Respublika bo‘ylab 30 ming nafardan ortiq tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SOVRINI UCHUN "XORIJIY TILLARNI O'QITISHDA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO’LIB O’TDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#live
Вилоят ҳокими айни дамда маҳалладаги 20 сонли давлат мактабгача таълим муассасасида бўлиб, бино ҳолатини кўздан кечирди. Ташкилот ишчи-ходимлари билан мулоқот қилиб, уларнинг таклифларини тинглади.

Эски боғча ўрнида янгисини барпо этиш тўғрисида масъулларга топшириқ ҳамда вазифалар юклатилди. Шу пайтнинг ўзидан иш жадаллик билан бошланди.

Маълумот учун: Ушбу боғча 1968 йилда қурилган бўлиб, 120 нафар болажонларни қамраб олган. Ҳозирда барпо этиладиган муассасанинг сиғими 300 ўринга мўлжалланмоқда.

Facebook | andijanpress-service?si=E5c-rkJ9VeeQxzUD">YouTube | Web-site
Instagram|Telegram

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Andijon viloyati saralash bosqichi yakuniga yetdi.

Jami 48 ta jamoa qatnashgan viloyat bosqichida yakuniy natijalarga ko'ra quyidagi jamoalar turnirning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

— Andijon tumani 10-IDUM jamoasi;
— Asaka tumani 11-IDUMI jamoasi;
— Marhamat tumani 31-DIMI jamoasi.

Ushbu jamoalarga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#live
Айни дамда вилоят раҳбари Шуҳратбек Абдураҳмонов Шаҳрихон тумани Оқ олтин МФЙ ҳудудидаги 25 умумтаълим мактабининг 11 синф битирувчи ўқувчилари билан суҳбатлашмоқда.

Мулоқот давомида ёшларнинг келгусидаги режалари, мақсадлари, фикр-мулоҳазалари билан яқиндан танишяпти.

Facebook | andijanpress-service?si=E5c-rkJ9VeeQxzUD">YouTube | Web-site
Instagram|Telegram

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#OAV_BIZ

“Iqtidor maktab ansambli” Respublika tanlovining hududiy bosqichlari o‘tkazilmoqda

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

“BIR BO‘LSAK — YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK — VATANMIZ”

Andijon shahar 44-umumta`lim maktabida mana shunday shior ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda mahalla faollari faol ishtirok etishdi.
Tantanali tarzda boshlangan tadbirda davlat madhiyasi yangradi, shundan so‘ng maktab direktori so‘zga chiqib, yoshlarni birlik, mehnatsevarlik va vatansevarlik ruhida tarbiyalashda bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekanini ta’kidladi.

Tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan vatan, tinchlik va birlik mavzusida she’rlar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Milliy raqslar, musiqiy chiqishlar va dramatik sahnalar orqali yosh avlodning yurtimizga bo‘lgan mehri, fidoiylik ruhi namoyon bo‘ldi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar “Bir bo‘lsak — Yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz” degan ezgu g‘oya ostida hamjihatlik va birlikda harakat qilishga chaqirildi. Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur va yurtga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati.
Telegram IandijonshaharMMTB760/videos"> ✅Facebok I ✅Youtube

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Adliya_tanlov

❗️"Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovining  Andijon viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi.

Adliya vazirligi hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan qo'shma qarorga asosan bu yil ilk marotaba "Eng yaxshi huquq o'qituvchisi" tanlovi o'tkazildi.

Tanlovning viloyat bosqichi ham yuqori ruhda tashkil etilib, saralash bosqichlaridan oʻtgan 47 nafar ishtirokchi oʻrtasida 2 turda   bahslar olib borildi. 

Tanlov natijalariga ko'ra:

🥇Marhamat tuman 39-maktab o'qituvchisi Ashiraliyev Jasurbek 1-o'rinni;

🥈Andijon tumani 20-maktab o'qituvchisi Qo‘chqarov Shaxbozbek 2-o'rinni;

🥉Andijon shahar 35-IDUM o'qituvchisi Islamova Nigora 
3-o'rinni egalladi.


Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Turon maktab teatri | Andijon viloyati hududiy bosqichi
#27mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Telegram

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Президент Шавкат Мирзиёев иқтидорли ёшларни қўллаб-қувватлаш тизимини такомиллаштиришга оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией, посвященной совершенствованию системы поддержки талантливой молодежи.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #iqtidorliyoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SOVRINI UCHUN "XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHLARI BO'LIB O'TMOQDA

(Fotolavhalarda: Bo'ston, Shahrixon va Oltinko'l bosqichlari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SOVRINI UCHUN "XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHLARI BO'LIB O'TMOQDA

(Videolavhalarda: Andijon shahar va Andijon tuman bosqichlari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGINING "YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI-2025" KASBIY KO'RIK-TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHLARI BO'LIB O'TMOQDA

(Fotolavhalarda: Andijon, Bo'ston, Marhamat, Izboskan va Asaka tuman bosqichlari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASINING NAVBATDAGI “HAY’AT YIG’ILISHI” BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 3-may kuni Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimi tasarrufidagi tuman, shahar MMTB rahbarlari, ta’lim sifati, ma’naviy muhit, iqtisod va moliyaviy yo‘nalishlar ma’sullari, ta’lim muassasalari vakillari va faxriy ustozlar ishtirokida navbatdagi “Hay’at yig‘ilishi” o‘tkazildi.

Yig‘ilish boshqarma boshlig‘i U.Shukurov raisligida olib borilib, bitiruvchilarni oliy ta'lim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini yaxshilash, oʻquvchilarni ikkita til va bitta kasbni egallashlariga koʻmaklashish, pedagoglarning malaka toifalarini yanada yaxshilash yoʻnalishidagi mavjud muammo va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi.

Unda Boshqarma boshlig’i tomonidan ta’lim sifati samaradorligini oshirish, ustozlarni malaka toifalarini ko’tarish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichini oshirish va maktablardagi ma’naviy muhitni yaxshilash yo‘nalishlarida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar bisyor ekanligi ta’kidlandi.

Yig'ilish davomida aynan maktablarda ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarni oliygohlariga kirish ko’rsatkichini yaxshilash va boshqa yo‘nalishlarda kamchiliklarga yo’l qo’ygan maktab rahbarlariga nisbatan mehnat shartnomasini bekor qilish hamda intizomiy jazo-choralarini qo’llash bo‘yicha ko’rsatmalar berildi.

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
#taqdirlash_marosimi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” tanlovi Respublika bosqichi gʻoliblari taqdirlandi


✅ Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi hamda tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi.

🔹 Qayd etilganidek, ushbu tanlovda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 16 384 nafar direktor oʻrinbosari va tarbiyachilari qatnashdi. Nomzodlar tanlovning Respublika final bosqichida 3 ta shart boʻyicha bellashdi. Xususan:

➖ maktabgacha taʼlim sifatini oshirishda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan loyiha taqdimoti;
➖tegishli nominatsiya yuzasidan mashgʻulot ishlanmasi;
➖metodika va maktabgacha taʼlim sohasi boʻyicha 20 tadan test savollarini bajarish sinovlarida qatnashdi.


Tanlov Hayʼat aʼzolari yakuniy xulosasiga koʻra:

👉 ”Eng yaxshi direktor oʻrinbosari” nominatsiyasi boʻyicha:


📍1-oʻrin — Munojat Muminova;
📍2-oʻrin — Tumaris Tursinbayeva ;
📍3-oʻrin — Sabina Guzarova;

👉 “Yilning eng fidokor tarbiyachisi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Dilnoza Saidova;
📍2-oʻrin — Zebo Xidyoyeva;
📍3-oʻrin — Mavluda Kamalova;

👉 “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


📍1-oʻrin — Gulsina Dauletova;
📍2-oʻrin — Lionora Eshaliyeva ;
📍3-oʻrin — Sug‘diyona Boymirzayeva ;

👉 “Innovatsion va axborot texnologiyalarini qoʻllaydigan eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:

📍1-oʻrin — Vazira Shoimova;
📍2-oʻrin — Yulduz G‘aybullayeva;
📍3-oʻrin — Mohinur Egamberdiyeva;

👉 “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


📍1-oʻrin — Maxinaxon Mamasoliyeva;
📍2-oʻrin — Gulnoza Yalgʻasheva;
📍3-oʻrin — Dilnoza Shamatova;

👉 “Yangi Oʻzbekistonda yangi avlod bolalarini maʼnaviy kamolotga yetaklovchi eng yaxshi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha:


📍1-oʻrin — Nozimaxon Zikiryayeva;
📍2-oʻrin — Vazira Sayfullayeva;
📍3-oʻrin — Mohigul O‘roqboyevaga nasib ztdi.

😐 Tadbirda tanlovning Respublika final bosqichi gʻoliblari belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

👉 Maʼlumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Диққат, танлов! Шоир Муҳаммад Юсуф таваллудига бағишланган танлов. 2-ҚИСМ

🟣Ўзбекистон халқ шоири Муҳаммад Юсуф таваллудига бағишлаб Марҳамат туман ҳокимлиги, Андижон вилоят ММТБ ҳамда Vodiy1.uz сайти «Муҳаммад Юсуф ижодини ўрганамиз» танловини эълон қилган эди.

Энг яхши видероликка овоз беринг.
✔️ Тақдирлаш.
Ҳар иккала қисмни қўшиб хисоблаганда энг кўп овоз тўплаган
1-ўрин Марҳамат тумани ҳокими совғаси музлаткич ва диплом билан
2 ва, 3- ўрин соҳиблари Марҳамат ҳокими совғаси телевизор ва диплом билан
4-ўрин соҳиби Андижон вилоят ММТБ мукофоти ва диплом
5- ўрин соҳиби Марҳамат “Келажак нури” кутубхонасининг совғаси билан
6- ўрин М. Юсуф ижод мактаби директори совғаси

✔️Овоз бериш 30 апрель соат 20:00гача

Овоз бериш бу жойда

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOSHQARMASIDA TIZIMDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA VILOYATDAGI TA'LIM TIZIMINI "KORRUPSIYADAN HOLI TIZIMGA AYLANTIRISH" MASALASI MUHOKAMA ETILDI.

Joriy yilning 24-aprel kuni Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida tuman, shahar MMTB rahbarlari, xodimlari, umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari ishtirokida taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Mazkur yigʻilishda, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i U.I.Shukurov, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari F.B.Najimov so‘z olib, ular tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimiga kiruvchi barcha taʼlim muassasalarida korrupsion holatlarni oldini olish, tizimni korrupsiyadan holi bo‘lgan tizimga aylantirish zarur ekanligi alohida taʼkidlandi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#attestatsiya_2025
#Xushxabar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 7-maktabning o‘zbek tili (davlat tili) fani o‘qituvchisi Yulduz Shomurodova 92 ball,

Andijon viloyati, Xonobod shahridagi 1-maktabning o'zbek tili o'qituvchisi Muqaddasxon Raximova 92 ball,

Farg‘ona viloyati, Quvasoy shahridagi 1-IDUMning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Gulzoda Mamajonova 96 ball,

Farg‘ona shahri, Qo‘shtepa tumanidagi  43-maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Dilshodaxon Axmedova 90 ball,

Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 10-maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shohsanam Mamadjonova 90 ball,

Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi 42-maktabnng ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Ochilova Munira 92 ball,

Uchquduq tumanidagi 12-maktabning oʻzbek tili (davlat tili) fani oʻqituvchisi Oʻgʻiloy Yusupova 92 ball;

Navoiy shahridagi 4-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Rushana Davlatova 86 ball;

Konimex tumanidagi 16-maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Shahnoza Rustamova 88 ball,

Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi 29-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Gulmira Soliyeva 86 ball,

Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi 12-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Mavjuda Obidova 86 ball,

Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 338-maktabning ingliz fani o'qituvchisi Valentina Fedyaeva 92 ball hamda shu maktab Farangiz Nazarova o'qituvchisi 90 ballni qoʻlga kiritdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#Ustozlar_fikri

ANDIJONLIK USTOZ ATTESTATSIYA SINOVLARIDA 92
BALINI QOʻLGA KIRITDI

"Bilim baribir har qanday sinovlardan yuqori natija bilan oʻtishga imkon beradi, shu sabab ham men bugun ushbu natijaga erishdim",- deya ta’kidladi, attestatsiya jarayonlarida yuqori natija qayd etgan Xonobod shahar 1-umumta'lim maktabi O'zbek tili o'qituvchisi Muqaddasxon Raximova…

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONDA "SHAXMAT FESTIVALI" O'TKAZILDI

Yosh avlodni sportga jalb etish hamda ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari o'rtasida an’anaviy tarzda sportning shaxmat turi bo‘yicha “Shaxmat festivali” Andijon viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur festivalning navbatdagisi joriy yilning 23-aprel kuni Andijon shahrida joylashgan muhtasham “Universal” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqaning quyi bosqichlarida g’olib bo‘lgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilaridan iborat 32 ta tarbiyalanuvchilar o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra Izboskan tuman 27-DMTT tabriyalanuvchisi I.Abdurahmonova hamda Shahrixon tuman 4-DMTT tarbiyalanuvchisi Y.Sheraliyevlar tanlovning mutloq g‘olibi deb topilib, boshqarma tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONDA "SHAXMAT FESTIVALI" BO'LIB O'TMOQDA

Yosh avlodni sportga jalb etish hamda ularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilari o'rtasida an’anaviy tarzda sportning shaxmat turi bo‘yicha “Shaxmat festivali” Andijon viloyat bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

“YILNING ENGA YAXSHI TARBIYACHISI-2025” TAQDIRLASH MAROSIMI O'TKAZILDI

Xabaringiz bor yosh avlodni bolalik davridanoq munosib kamol topishlarini ta’minlash ularga yetarlicha shart-sharoitlar yaratishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachilar malakasini oshirish yo'nalishida qator tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Xususan, an’anaviy tarzda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Yil tarbiyachisi” ko’rik-tanlovi tashkil etilib, joriy yilning 22-aprel kuni mazkur tanlovning Andijon viloyat bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda tashkilotchilar tomonidan ushbu loyiha yuqori malakali DMTT direktor o‘rinbosarlari va tarbiyachilarni aniqlash, rag'batlantirish, ularning pedagogik mahorati va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy faoliyatida kreativlik va sog'lom raqobat muhitini yaratish maqsadida o'tkazilayotganligi ta'kidlanib, quyi bosqichlarda 2 ming 616 nafar ishtirokchilar ichida 6 ta nominatsiyada g'oliblikni qo'lga kiritgan 13 nafar tarbiyachilar munosib taqdirlandilar.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#taqdimot

📣 Yangi oʻquv yilidan xalqaro maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda


Kuni kecha Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri Hilola Umarova Davlatimiz rahbari huzurida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga oid taqdimot qildi.

Unda yoshlarimizning jahon darajasida bilim olish imkoniyatlarini toʻgʻri yoʻnaltirgan holda ularni dunyodagi eng ilgʻor universitetlarda oʻqishini taʼminlash, bu borada yangicha tizimni ishga solish zarurligi taʼkidlandi.

➖ Shu maqsadda yangi oʻquv yilidan xalqaro maktab faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilayotganligi, unga dastlab 8-sinf bitiruvchilari orasidan eng iqtidorli 60 nafar oʻgʻil-qiz saralab olinishi aytib oʻtildi. Oʻquv dasturi xalqaro andoza asosida ishlab chiqilgan — asosiy, ixtisoslik hamda yetakchilik va ijtimoiy faollikni oʻrgatuvchi fanlardan iborat boʻladi.

📍 Yigʻilishda yoshlarni Amerikaning “Pechak ligasi” (The Ivy League) universitetlariga tayyorlashga doir mavjud rejalarga toʻxtalib oʻtildi. Buning uchun 6 bosqichli Milliy dastur qabul qilinib, dastlab 3 ming nafar oʻquvchi saralab olinadi.

Mazkur oʻquvchilarga Prezident va ixtisoslashgan maktablardan maslahatchilar biriktirilib, ular Renessans oromgohida 3 haftalik intensiv oʻquv kurslarida oʻqitiladi. Yaxshi natija koʻrsatgan 40 nafar oʻquvchi “Pechak ligasi” universitetlariga tajriba almashish uchun yuboriladi.

❗️Taqdimot doirasida chet elda tahsil olib kelgan yoshlarni oʻz sohasi boʻyicha munosib ish bilan taʼminlash uchun “Mamlakat oltin fondi hamjamiyati”ni tuzish taklif etildi. U orqali iqtidorli yoshlar yagona platformada birlashtiriladi, imtiyozlar, grantlar, startap dasturlari va boshqa imkoniyatlar yaratiladi.

👉 Yilning 25-mayida taʼlim islohotlari, iqtidorli yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, chet el oliygohlari tajribasiga doir qatlor mavzularda muloqot yoʻlga qoʻyiladi.

Bizni kuzating:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Andijonda dolzarb mavzuda seminar oʻtkazildi

Bugun Andijon shahridagi Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi binosida hamda Andijon shahar 37-umumta'lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda umumta'lim maktablari, sport ta'lim muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Sport vazirligining mas'ul xodimlari Muzaffarxo'ja Raxmatxo'jayev, Sharifjon Ko'chimovlar ishtirokchilarga mazkur qaroning ahamiyati, shuningdek ERP sport tizimi va undan foydalanish  tartibi haqida ma'lumot berdi.

Bizning sahifalarimiz:
📝Telegram |📝Facebook |💻Instagam |🎞andijon_sport">Youtube

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

#OAVDA_BIZ

ANDIJON PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZIDA TILLARNI O'QITISHDA ZAMOVAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAVZUSIDA ILMIY-AMALIY SEMINAR O'TKAZILDI

(Andijon Pedagogik mahorat markazi hamda Prezident maktabi hamkorligida tashkil etilgan seminar "Andijon axboroti" informatsion dasturida)

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Xabaringiz bor joriy yilning 25-26-mart kunlari Toshkent shahrida Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar jamoalari o'rtasida "Teatr ibratxonadir" teatr-tanlovining Respublika bosqichi o'tkazildi.

Quvonarlisi ushbu tanlov yakuniy natijalarga ko‘ra Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Zamin kreativ” inklyuziv ijodiy jamoasi “Niqob” spektakli faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga o‘quvchi-qizlarimiz "Eng yaxshi qiz obrazi" nominatsiyasi bilan ham taqdirlandi.

Ijodkor o‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan chin yurakdan muborakbod etib, ularning oila a'zolari va ustozlariga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONDA O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SOVRINI UCHUN "XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA ENG YAXSHI MAKTAB" TANLOVINING TUMAN, SHAHAR BOSQICHLARI BO'LIB O'TMOQDA

(Fotolavhalarda: Andijon va Xonobod shahar bosqichlari)

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

ANDIJONLIK YANA BIR OʻQUVCHI-QIZ RESPUBLIKA FAN OLIMPIADASI BRONZA MEDALI SOHIBASI

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-28-mart kunlari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi mazkur fan olimpiadaning Respublika bosqichida Ona-tili fani yoʻnalishida Andijon sharafini himoya qilgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Ziyoda Muxammatshokirova Respublika bosqichida 3-o‘rinni egalladi.

Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bilimdon o‘quvchimizning oila a’zolari va ustozlariga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал