Bitcoin tarixda birinchi marta 97000 AQSh dollariga yetdi. Yaqin orada tarixiy 100 ming USDga yetish ehtimoli haqida gapirilmoqda. Tramp saylovlarda gʻalaba qozongandan beri kriptoinvestorlar bozorida optimistik kayfiyat hukmron.
@allaevuzb
Ertalabdan katta syurpriz Argentina prezidenti Xavier Milei Lex Fridman podcastida ishtirok etgani boʻldi.
Argentinaning baxsli prezidenti bilan podkastni koʻrish man uchun juda qiziqarli.
https://youtu.be/8NLzc9kobDk?si=c3Wg41b7jSC1ML74
#siyosat
@allaevuzb
Ideal holatda biznesda har bir xodimning unumdorligi va uning narxi raqamlarda o'lchanishi kerak. Buni amalga oshirish, o'lchaydigan tizim yaratish odatda qiyin, yillar oladigan jarayon. Lekin, yildan-yilga shunga harakat qilish kerak.
Oddiyroq qilib tushuntiraman. Bir biznes ichida bir jarayonni qiladigan xodim bir kunda n miqdorda, deylik 30 marta qiladi. Bir oyda maoshi 5 million so'm. Bir oyda 24 kun ishlasa, 720ta qiladi o'rtacha. Soliqlarni hisobga olmaganda shu xodim har bir bajargan funksiyasi uchun 7000 So'mdan olmoqda. Demak, biznesga bu 7000 So'm xarajat. Endi raqobatdagi biznesda yoki sohada kuniga o'rtacha 33ta qilishsa, siz unumdorlikda 10 foiz yo'qotasiz va aynan o'sha funksiya uchun 10 foiz ko'proq xarajat qilayotgan bo'lasiz. Yoki bir biznes ichida bir xil ishni barajadigan bir xodim bir kunda 50ta qiladi, ikkinchi xodim 30ta. Agar ularda maosh va bonuslar teng bo'lsa, unumdor xodim arzonroqqa tushgan bo'ladi. Balki mehnatiga nisbatan maoshini oshirish kerakdir.
Biznes har bir holatni raqamlarda o'lchashni va detallar orasidan unumdorlikni oshirish imkoniyatlarini qidirib topishi juda zarur.
#biznes
@allaevuzb
Esingizda bo‘lsa shaharda sirli bank piari boshlangani haqida yozgandim. "Shaxnozaning banki dam olish kunlari ham ishlaydi" kabi xabarlar LED ekranlarda aylangan edi. Kutganimdek, bank endi o‘zi haqida gapirib boshlabdi.
Bu yangi bank emas ekan, lekin har doim o‘zini yangilab xizmatni yaxshilaydigan TBC Bank ekan. Bu piar kampaniyaning g‘oyasi oddiy, ammo juda ta’sirli: TBC Bank mijozga moslashadigan bank ekanligini ko‘rsatish.
Bundan tashqari, u shunchaki bank emas, balki doimo yoningizda bo‘lgan onlayn-bank ekanligiga urg‘u berilgan. Pul o‘tkazmoqchimisiz? Mikrokredit olish kerakmi? To‘lov qilmoqchimisiz? Hammasi ilovada, hammasi oddiy.
Bularning barchasi biz doim bankdan izlaydigan qulaylik, ishonchlilik va g‘amxo‘rlik haqida. Endi LED ekranlardagi bu so‘zlar yanada chuqurroq ma’no kasb etadi.
Bankingizni o‘zingizga qulay tarzda boshqaring.
Shahnozaning banki, Farruxning banki, Rustamning banki.
Sizning TBC Bank!
Marketologlar havas qiladigan ajoyib piar kompaniya bo‘ldi.
"Latte omili" kitobi mualliflik huquqini xarid qilganimizga 2 yil bo'libdi.
Aytib o'tishim kerak, orqasidan eng ko'p rahmat eshitgan kitoblarimizdan biri aynan shu bo'ladi.
@allaevuzb
Xohlagan soha oʻyinchilardan koʻra hakamlar koʻpayib ketganda parokanda boʻladi. Keragidan ortiq nazorat taraqqiyotni oʻldiradi, erishilgan yutuqlarni ko'madi.
Nazoratchilar boʻlsa yanada koʻproq nazorat qilish uchun doim yangi va asosli sabablar topishadi. Ularning nazorati mantiqiy zanjirda haq boʻladi. Nazorat bilan bir sohada maummo chiqmasligi taʼminlanishi mumkin, lekin nimadan quruq qilayotganimizni faqat kelajak koʻrsatadi.
#biznes
@allaevuzb
“InnoWeek-2024” - xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuasida “Nufuzli xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan foydalanish va kutubxonalarning raqamli transformatsiya darajasini oshirish” mavzusida xalqaro seminar oʻtkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mamlakatimizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari vakillari, shuningdek, “Clarivate”, “MIKRO Information Handling and Distribution FZE” kabi xalqaro kompaniyalar ekspertlari ishtirok etdilar.
Seminarda ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, grantlar qidirish, kutubxona boshqaruvida raqamli texnologiyalardan foydalanish, milliy ilm-fanning xalqaro miqyosdagi nufuzi va ta’sirini oshirish masalalari keng muhokama qilindi.
Taqdimotlar davomida “Clarivate” kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Lyaziya Mukasheva “Web of Science” va “Pivot-RP” platformalarida grantlarni izlash va foydalanish bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Shuningdek, Alexandra Follett (“Alma” platformasi) kutubxona boshqaruvi uchun zamonaviy raqamli yechimlarni taqdim etdi, Mehmet Tekin Haseki (MIKRO Information Handling) esa GCRIS tizimi orqali ilmiy faoliyatni baholashning yangi usullari haqida ma’lumot berdi.
Bugungi kunda O‘zbekistondagi 230 dan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari “Web of Science” va “Pivot-RP” platformalaridan foydalanmoqda. 2024-yilning o‘zida o‘zbek olimlari tomonidan “Web of Science” platformasida 2027 ta ilmiy maqola chop etildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishdi. Ushbu tadbir kelgusidagi ilmiy hamkorlik va yangi tashabbuslar uchun muhim poydevor bo‘ldi.
@allaevuzb
Ушбу ой ҳақидаги видео, Ернинг ягона табиий йўлдоши бўлган Ойнинг шакли, тузилиши ва унинг Ер билан бўлган ўзаро таъсирларини ёритади. Видео, Ой юзасидаги кратерлар, денгизлар ва бошқа қизиқарли хусусиятларни тасвирлайди. Унинг фазовий ҳаракатлари ва инсоният тарихидаги ўрни ҳақида батафсил маълумот беради. Ойнинг сирли ва гўзал дунёсига саёҳат қилишни тақдим этади.
Тўлиқ видеога ҳавола:https://youtu.be/zE-bM3D8C5I?si=Wkd7IOpM0CFRLfP5
Best-Book nashriyoti Rossiyalik yozuvchi Goʻzal Yaxinaning "Samarqandga yoʻl olgan eshelon" (Эшелон на Самарканд) romanini oʻzbek tilida chop etibdi.
http://asaxiy.uz/u/eshelon
#kitob
@allaevuzb
Shaharda sirli bank piar kompaniyasi boshlandi. Ismlar bitilgan reklama LED ekranlarda aylanmoqda. "Shaxnozaning banki dam olish kunlari ham ishlaydi", "Sherzodning bankida xalqaro mukofotlar bor" va shunga o‘xshash ko‘plab xabarlar tarqatilmoqda.
Xo‘sh, buning ortida kim turibdi? Marketologlar va bankirlar bu reklama kampaniyasi haqida taxmin qilishmoqda va muhokama yuritishmoqda, uning tashabbuskori esa sirli piar kompaniyasini davom ettirmoqda.
Yaqin kunlarda piar kompaniya keyingi bosqichida bank nomini ochishsa kerak.
Tahmin qilaman, bu yangi raqamli bank yoki amaldagi raqamli banklardan biri boʻlsa kerak.
#bank
@allaevuzb
Uzumdagi raqamlar odamning havasini keltiradi. Pik starsisa yozmoqda, uzum market va tezkorda 2024-yilning ilk 9 oyida GMV (tovar qaytishi, alishtirishlar va chegirmalarni hisobga olmagandagi aylanma) 237 million AQSH dollariga yetibdi. 9 oyda buyurtmalar soni 14 millionta bo'lgan. Bu uzum oyiga o'rtada 1.6 millionta, kuniga 50 mingtadan ortiq buyurtmani yetkazayotganligini anglatadi.
Uzum Nasiya yillik aylanmasi 2023-yilda 210 million AQSH dollariga yetgan. Hozirda uzum nasiya BNPL (rassrochka) bozorida 45 foiz ulushga egaligi aytilmoqda.
#biznes
@allaevuzb
Ғазнавийлар сулоласи ва Беруний
Қурултойнинг ушбу сони тарихимизда муҳим аҳамиятга эга икки шахсга бағишланган. Маҳмуд Ғазнавий ва Беруний. Ғазнавийлар ўз даврида Ўрта Осиёдаги энг қудратли сулолалардан бири бўлган ва ҳатто Ҳиндистонгача кириб борган.
Бу ҳақида батафсил олима Феруза Жуманиёзова ҳикоя қилади:
https://youtu.be/qQUmO6DGeYQ?si=ZHOtyGYrXpPQ6ciA
Osnova Ўзбекистон ёшлари учун ўз карьера кутубхонасининг эшикларини очмоқда.
Osnova карьера платформаси Bilimxona махсус лойиҳаси ишга туширилганини эълон қилди. Bilimxona — бу Ўзбекистонда карьерани бошлашга ёрдам берадиган курслар, фойдали материаллар ва видеолар жамланган «карьера кутубхонаси.» Барча материаллар бепул ва ўзбек тилида мавжуд.
Кутубхона сайтида қуйидагиларни топиш мумкин:
- Блогерлар Texnoplov ва Teacher Azam билан ҳамкорликда ўтказилган «Карьерага биринчи қадам» курси. Курсда Ўзбекистонда иш фаолиятини бошлаётган барча учун фойдали маслаҳатлар жамланган;
- Бўлажак касбни аниқлашга ёрдам берадиган касбга йўналтириш тести;
- Ўзбекистоннинг энг яхши компаниялари билан YouTube;
- Замонавий касблар ҳақида туркум видео интервьюлар.
Яқин ярим йил ичида «карьера кутубхонаси» токчаларида яна қуйидагилар пайдо бўлади:
- Soft skills курслари: вақт менежменти, етакчилик, коммуникациялар ва бошқалар;
- Карьера луғати ва бошқалар.
Bilimxona билан қуйидаги ҳавола орқали танишиш мумкин: http://Osnovaedu.uz/bilimxona
"Just Cause"— бу очиқ дунё аксияси ўйини бўлиб, ўйинчи Риcо Родригуез ролини бажаради, у глобал ташкилотларга қарши курашишда дунё бўйлаб хавфли миссияларни бажаради. Ўйин экстремал автомобил ҳайдовчилик, парашут ва қанот кийимлари ёрдамида кенг ҳудудларни ўрганиш имкониятини тақдим этади.
Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/Hz97UU8U19o?si=4w9bbGc26cUP7JdG
📽 ЯНГИ ВИДЕО!
Франция Инқилобининг энг баҳсли тимсоли – Гильотина ҳақида барчасини билишни истайсизми?
Бугунги кўрсатувимизда Францияда яратилган ўлим машинаси нимаси билан бошқа қуроллардан афзал эди?
Тарихда қанча одам унинг ёрдами билан қатл қилинган?
Нима учун французлар 20 аср охирларида ҳам бу қатл асбобини ишлатишарди?
Доктор Гильотен ҳам ўзи яратган ушбу ажал машинасининг домига тушганми?
Одамнинг танаси ва боши бир бирисиз яшай оладими? Ва шу каби бошқа кўплаб саволларга жавоб топасиз.
⏳ Гильотина нафақат ўлим қуроли, балки бутун бир даврнинг маданий рамзига айланган. Бизнинг янги видеомизда бу ҳақда батафсил маълумот оласиз.
🎥 Кўринг ва ўз фикрларингизни билдиринг: https://www.youtube.com/watch?v=Ft460_2K1DI&t=34s&ab_channel=Alimoff
👀 Видеони ўтказиб юборманг! Ҳамма тарихий сирлар шу ерда.
Лойиҳамизни сўм билан қўллаб қувватловчиларга бу ишни https://tirikchilik.uz/alimoff сайтида қилиш мумкинлигини эслатиб ўтамиз. Бунга имконингиз бўлмаса шунчаки лайк, подписка ва комментарий билан қўлласангиз ҳам хурсанд бўламиз🫡
🧠@nurbekalimov
Кўп талабалар институт пайтида иш топиш, ўзини устида ишлашни ўйлаб кўрмайдилар. Оқибатда ўқишни тугатасан ва ҳеч кимсан. Кўпчилик ўқишни тугатиб иш топишда қийналади.
Қўштирноқ подкастни бу сонини замонавий касбларга қизиқадиган улар ортидан осон пул топиш ҳақида ўйлайдиган ва институтда ўқиш керакми деб ўйлаб юрадиганлар кўрсин.
🔗https://youtu.be/hVqhcvlCDq0
@allaevuzb
Bir guruh ichida 95 foiz yoki undan ortiq odam bir xil. 5 foizdan kamrog'i farq qiladi. Inson ongi shunaqa tuzilganki, o'sha 5 foizni qoida, 95 foizni qoidadan tashqari holat deb qabul qilgisi keladi. U 5 foiz yaxshi bo'lsa yoki nimadir yutiqqa erishgan bo'lsa, 95 foiz ham shundan yutadi va yaxshi qismi qoida qilib ko'rsatiladi.
Aslida, 95 foiz bu qoida, 5 foiz qoidadan tashqari holat. Umumiylashtirish yomon, lekin yaxshi tomonni umumiylashtirishga ongimiz moyil. Balki shu bilan o'zimizni aldarmiz.
PS: 95ga 5 optimistik baho bo'ldi. Ko'pincha bu 99ga 1 bo'lishi mumkin.
#jamiyat
@allaevuzb
Asaxiyda 0-0-6 ni test qilib ko'rdik va muvaffaqiyatli chiqdi. Bu aksiyada mijoz Xazna nasiya orqali komissiyasiz 6 oyga muddatli to'lovga smartfon xarid qilishi mumkin. Hech qanaqa qo'shimcha to'lovsiz, yashirin shartlarsiz. Aksiyadagi smartfonlar o'zgarib turadi.
Endi bizda 0-0-6 bor, haqiqiysi😁
Aksiyaga link: https://asaxiy.uz/u/0-0-6
#asaxiy
#yangilik
@allaevuzb
Қонунчилик палатаси спикерининг ўринбосари Акмал Саидов ўрнига Рахим Хакимов тайинланди. У ҳақида нималарни биламиз?
41 ёшли Рахим Хакимов Наманган вилоятида туғилган. У Наманган давлат университети (2003) ва Тошкент давлат юридик институтини (2005) тамомлаган. Ҳуқуқшунослик бўйича доктор, профессор.
Янги спикер ўринбосари ўзининг Парламент сайловларидаги дастурида тадбиркорлар сонини 3 миллионга етказиш ва бу орқали камбағалликни икки баравар камайтириш масалаларига катта эътибор қаратган.
Шунингдек, ҳар бир қишлоққа цемент-бетон йўллар қурилиши ва аҳоли пунктларини жамоат транспорти билан тўлиқ қамраб олиш ғояларини илгари сурган.
👉 @Zafarbek_Solijonov
🎥 Ўзбек киносида янги давр бошланмоқда!
Йилнинг энг кутилган фильми — «Уч Қаҳрамон» трейлери чиқди!
Бу оддий фильм эмас. Бу — ўзбек кино индустрияси учун улкан қадам.
1 декабрдан бошлаб катта экранларда намойиш этиладиган ушбу фильм сизни том маънода ҳайратда қолдиради!
🔥 Нима учун «Уч Қаҳрамон»ни барчамиз кутяпмиз?
• Бу экшнга бой,ўткир сюжетли жангари фильм
• Бундай сифат ва технологиялар билан суратга олинган фильм ҳали Ўзбекистонда бўлмаган.
• Трейлернинг ўзидаёқ бу лойиҳа бутунлай янги даражани намойиш этмоқда!
1 декабрдан кинотеатрларда томоша қилинг. Бундай тажрибани ўтказиб юборманг!
Ишончимиз комилки, Бу йилги асосий кино ҳодисаси айнан шу бўлади!
👉 @Zafarbek_Solijonov
Kaspi "Humo"нинг хусусийлаштирилишида иштирок этмайди
Қозоғистоннинг Kaspi компанияси Ўзбекистондаги Ҳумо тўлов тизимини хусусийлаштириш жараёнидаги иштирокини тўхтатганлигини маълум қилган.
Айни пайтда компания Ўзбекистон рақамли трансформациясида иштирок этиш учун имкониятларни излашда давом этишини билдирган.
Бундан бир муддат олдин "Kaspi" Ўзбекистон бозорига кирмоқчи экани ҳақида Kaspi.kz бош директори Михаил Ломтадзе, Мигел Армазага берган интервьюсида гапирганди.
У Kaspi 100 миллион фойдаланувчи мақсадига эришмоқчилиги ва компания Қозоғистондан каттароқ бозорлар, хусусан Шарқий Европа, Осиё ва Ўзбекистонга чиқишни исташини маълум қилганди.
👉 @r_kusherbayev
⚡️Тошкентда икки талаба 2 йилга қамалди. Улар «Uzum Market» омборидаги товарлар штрих кодини алмаштириб, қимматли товарларни арзонга олиб чиқиб, компанияга 136 млн сўмлик зарар келтирган. Талабалар жазони калонияда ўтайди.
Читать полностью…MoySklad O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesga ishlarni avtomatlashtirish va rivojlanishda qanday yordam beradi?
Siz tadbirkorlik qilasiz, lekin barcha hisob-kitoblarni Excel yoki hatto oddiy daftarda yuritasizmi? Nimadan daromad olayotganingiz va qayerda zarar ko‘rayotganingizni bilmaysizmi? Omboringizda nima bo‘layotganidan bexabarmisiz? Qaysi mahsulot sizga eng ko‘p foyda keltirishini bilasizmi? Xodimlaringiz qanday ishlashini nazorat qilasizmi?
Yomon xabar: sizda biznes emas, balki o‘zini o‘zi band qilish bor, xolos. Bunday yondashuv bilan siz rivojlana olmaysiz va bitta do‘kon o‘rniga ikkita, beshta yoki o‘nta do‘kon ocholmaysiz, onlayn savdoni yo‘lga qo‘ya olmaysiz.
Xo‘sh, nima qilish kerak?
Avtomatlashtirish. Kundalik takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtiring. Ssenariylarni sozlang, buyurtmalarni qayta ishlash, to‘lov, yig‘ish va jo‘natish jarayonlari inson aralashuvisiz amalga oshsin. Bu jarayonni tezlashtiradi va xatolardan saqlaydi.
Nazorat. Ombor nazorati, savdo nazorati, moliya nazorati, xodimlar nazorati. Kameralar ham, ish vaqtini hisobga olish ham, qattiq qo‘riqlash ham yordam bermaydi. Tovar hisobi, buyurtmalarni qayta ishlash, mijozlar bilan munosabat, kassir ish joyi va boshqa ko‘p narsalarni birlashtirgan yagona avtomatlashtirilgan tizimda ishlash yordam beradi.
Omnikanallik. Tadbirkor yagona tizimda ishlaganda, uning uchun marketpleyslarga yoki Uzumga chiqish, internet-do‘kon ochish yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘shimcha savdo qilish, shuningdek, savdo nuqtalarini ko‘paytirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.
Tahlil. Avtomatlashtirish barcha xarajatlarni to‘g‘ri hisobga olish imkonini beradi: xaridlar, ish haqi, soliqlar, ijara, qaytarishlar, vositachilik to‘lovlari va boshqalar. Foyda va zararlarni sotish kanallari va tovarlar kesimida tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Hisobotlar tuzish va rivojlanish shunchaki taxminga emas, balki aniq ma’lumotlarga asoslanadi.
Mahalliy xizmatlar bilan integratsiya: MoySklad Uzum Market, E-DOCS va Didox.uz kabi mashhur platformalar bilan ishlaydi.
Yuqorida sanab o‘tilganlarning barchasi MoySklad ERP tizimi foydalanuvchilari uchun mavjud. MoySkladnini 45 kun davomida bepul sinab ko'ring.
Moysklad rasmiy sayti / Instagram
Эркакларда аёлларни энг кўп жалб қиладиган сифат — китоб ўқиш
Шунингдек, Date Psychology сўровномасига кўра энг жозибадор хоббилар ичида қуйидагилар борлиги аниқланди:
•Тил ўрганиш
•Мусиқа асбобларини чалиш
•Ошпазлик
•Ёғоч ўймакорлиги
•Расм чизиш
•Ёзувчилик
•Боғбонлик
•Сузиш
•Фотография
Аёллар наздида энг бўлмағур хоббилар сифатида қисқа метражли 18+ фильмлар, ҳар хил ўйинларда пул тикиш, ҳайкалчалар йиғиш ва файласуфлик қилиш санаб ўтилган.
Бўйдоқларга машина орқа ўриндиғига китоб ташлаш қўйиш тавсия этилади😁
@safarblog
Россия ақл ва тажриба ёрдамисиз олдинга илдамлаши мумкин эмас. Заводларга қўмиталар раҳбарлик қила бошлаши билан бу заводлар ҳувиллаб қолди, вайронага айланди, чунки улар маҳсулот ишлаб чиқариш ўрнига, мажлису мунозараларга тўлди. Қўмиталар малакали ва оқил инсонларни ҳайдаб юборганидан сўнг минглаб тонна қимматбаҳо хомашёлар расво бўлди. Мутаассиб нотиқлар маърузалари билан одамларни очлик домига итарди. Энди советлар ўзи ҳайдаб юборган муҳандислар, маъмурлар, усталар ва машинасозларга йирик маош ваъда қилиб, орқага қайтаришга уринмоқда. Большавойлар ўзи кечагина шафқатсиз муносабатда бўлган ақл ва тажриба эгаларини ортга қайтишга чақирмоқда. Россиядаги “ислоҳотлар” ишлаб чиқаришни барбод қилди.
©Ҳенри Форднинг "Менинг ҳаётим" китобидан
PS: Тарих такрорланиб туради
#iqtisod
@allaevuzb
Savdo pasayishiga uzum yoki asaxiy sababchimi?
Tadbirkorlar orasida tez-tez kelajakda to‘liq savdo onlinega o‘tib ketadigan degan xavotirlarni eshitib qolyapman. Ba’zilar hatto raqobat ortib savdo kamaygani internet do‘konlari rivojlanganligi sabab deb aytishmoqda.
Aslida vaziyat qanaqa? So‘nggi raqamlarga ko‘ra O‘zbekistonda savdoning 3.5 foiziga elektron savdoga to‘g‘ri keladi. Bu raqamni ichiga ovqatlar yetkazib berish, taksi xizmatlari ham kirgan. Shundan kelib chiqsak, savdodagi ma’lum bir pasayishlarga hali online qattiq ta’sir qiladigan darajadan ancha uzoqmiz.
Ikkinchi tomonda, G‘arbda 2010-yillarda aksar biznesda hozirgi bizdagidek xavotir bor edi. Ular hammasi onlinega o‘tadi, katta savdo markazlari yopiladi, savdo monokanal (yagona savdo kanali) orqali rivojlanadi deyishardi. Bu qarash xato bo‘lib chiqdi. Bugun hatto online gigantlar ham omnikanal (bir nechta savdo kanallari orqali) tarzda savdoni rivojlantirmoqda. Ya’ni kelajak savdosi uchun ham online, ham mijoz bilan aloqa qiladigan do‘konlar bo‘lishi muhim. Shu uchun amazon ham, alibaba ham supermarketlar va boshqa savdo tarmoqlariga milliardlab investitsiya kiritmoqda.
Shu uchun ham yaqin kelajakda tendensiya bizni ham offline, ham online savdo qilishga majbur qiladi. Lekin, hali-beri online savdo offlineni to‘liq o‘yindan chiqarolmaydi.
Onlineni qo‘shimcha savdo kanali deb qarab, savdoni har tomonlama rivojlantirishga harakat qilish toʻgʻri yoʻl deb bilaman.
#biznes
@allaevuzb
Uyqu sifatini yaxshilash uchun kuniga ikki mahal kitob oʻqish tavsiya etiladi.😁
@allaevuzb