allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Biznes lugʻatni oʻrganishda davom etamiz.

Benchmarking

Benchmarking - kompaniyaning ko‘rsatkichlarini sohaning o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlari, raqobatdosh kompaniyalar va zamonaviy tendentsiyalar bilan taqqoslashdir.
Ushbu tahlil asosida kompaniyaning raqobatbardoshligi aniqlanadi.


#biznes
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Доллар курси келаси 3 йилликда қандай бўлади?

Ўзбекистонда долларнинг сўмга нисбатан индикатив курси ишлаб чиқилди.

Келаси 3 йиллик учун кутилма
Унга кўра, 2025 йилга мўлжалланган бюджет параметрларида доллар курси ўртача йиллик 13250 сўмдан ҳисобланган. Маълумотга кўра, АҚШ валютаси сўмга нисбатан босқичма-босқич мустаҳкамланиши кутилмоқда. Шундай қилиб, 2027 йилга бориб доллар 14 150 сўмга етиши мумкин. Кейинги 3 йил учун кутилаётган ставка қуйидагича:

2025 йил – 13 250 сўм;
2026 йил – 13 725 сўм;
2027 йил – 14 150 сўм.

Экспертлар фикри:
Доллар курси прогнози борасида экспертлар турлича фикр билдирмоқда. Баъзилар департаментнинг прогнозини жуда реал деб ҳисобласа, бошқалари жаҳон молия бозорларидаги ноаниқлик туфайли доллар курси янада тезроқ кўтарилиши мумкин, деб ҳисобламоқда. Иқтисодчи-блогер Отабек Бакировнинг ёзишича, 2023 йил учун норасмий ва яширин иқтисодиёт қўшилиб қайта баҳоланган ЯИМ ҳажми 101,5 млрд. доллар миқдорида кўрсатилган, 2022 йил учун ҳам қайта ҳисобланган.

@bank_kuni24

Читать полностью…

Allaev Uz

FIGHTCRAB ўйини жанговар қисқичбақалар ўртасида қизиқарли ва қувноқ жангларни таклиф этади. Ўйинчилар ҳар хил қисқичбақаларни танлаб, уларни кучли ҳужумлар билан жангга олиб чиқади.

Ҳар бир жанг жозибали графика ва динамик ҳаракатлар билан тўла, ўйинчиларни ҳаяжонга солади. FIGHTCRAB дўстлар билан рақобатлашиш ва қизиқарли жанговар стратегияларни синаб кўриш учун ажойиб имкониятдир.

Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/9xkTe755YFY

Читать полностью…

Allaev Uz

Yoz, qisqartir

Salom, ismim Oʻlmasbek. 2022-yildan boshlab kopiraytingni oʻrganib kelaman va faqat Telegram kanallar uchun natijali postlar yozaman.

Yaqindagina oʻzimning "Telegram Post" nomli Telegram kanalimni tashkil qildim.

Bu kanalga Kopirayting haqida va kitoblardan olingan xulosalar hamda Telegram kanallarning tahlillari haqidagi foydali postlarni joylab boraman.

Sizga ham yozish, oʻqish va yana Telegram kanallar haqidagi maʼlumotlar qiziq boʻlsa, hech tortinmasdan obuna boʻlavering!

⛳️ Obuna boʻlish: @telegrapost

PS: Tavsiya qilamiz

Читать полностью…

Allaev Uz

Ekopartiya yoshlarni tabiat uchun birlashishga chaqirdi

O‘zbekiston Ekologik partiyasining "Tabiat uchun birlashaylik" shiori ostidagi navbatdagi ommaviy targ‘ibot tadbiri Qashqadaryoda bo‘lib o‘tdi.

Videodan ko‘rish mumkinki, ommaviy targ‘ibot tadbirida partiya vakillari va deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlar tomonidan aytilgan takliflarni tadbir ishtirokichlari olqishlar bilan qarshi olgan.

Shuningdek, partiyaning yoshlar qanoti vakillari barcha tengdoshlarini tabiat uchun birlashishga chaqirgan.

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

XDP sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga intilmoqda

XDPning 18-oktyabr kuni Namangan shahri Uch favvora hiyobonida saylovchilar bilan o‘tkazilgan ommaviy tadbirda partiya dasturi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Dasturda odamlarning kundalik kayfiyatiga ta’sir qiluvchi omillarga ham jiddiy e’tibor qaratilgan bo‘lib, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga urg‘u berilgan. Shu maqsadda “Kommunal xizmatlar narxlari va tariflarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish rejalashtirilgan.

Maqsad narxlar va tariflarning ochiq, shaffof bo‘lishi, ularning narxlari qanchalik asoslantiruvchi harakterga ega ekaniga erishishdir. Qonunda kommunal xizmatlarining narxlari yoki ta’riflarini tartibga solish shartlari belgilanishi aytilgan.

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Xitoydagi ishlar o'zining masshtabi bilan qoyil qoldiradi. Masalan, 28-sentyabr kuni dronlar ishtirokida eng ulkan shou o‘tkazilgan. Osmonga 7598 ta dron ko‘tarilgan.

Videoda dronlarning ajdaho, Buyuk Xitoy devori va azaliya guli shaklida saf tortganligi ko‘rsatilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, butun shou bitta noutbuk orqali boshqarilgan.

#texnika
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Orolboʻyi qadamjolari eʼtiborsiz qolmoqda

Shu hududdagi Ustyurt platosida joylashgan tarixiy-madaniy yodgorliklar muhofazaga muhtoj. Platoda turizmni rivojlantirish uchun katta potensial bor. Toshkentda oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida boʻlib oʻtgan taqdimotda mana shu masalaga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilishicha, hozirda Orol dengizini koʻrishga asosan chet ellik sayyohlar keladi. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qilingan ishlar hali ham yetarli emas. Ammo hudud koʻplab tarixiy qadamjolar va yodgorliklarga boy hisoblanadi.

Orol dengizining avvalgi qirgʻogʻi boʻyida joylashgan Beleuli karvonsaroyi, Xorazm davlati hukmronligi davrida barpo etilgan signal minoralar, koʻchmanchi xalqlar tomonidan qurilgan aranlar, Alanqalʼa, Davletkeray qalʼasi va Borsakelmas shoʻrxoqligi Ustyurtning tarixiy va tabiiy moʻjizalaridan biridir.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etilgan haftalik koʻplab qiziqarli maʼlumotlar va uchrashuvlarga boy oʻtayotgani bilan yodda qolmoqda.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

2022-yil aprel oyida matbuot anjumani chog'ida Jo Baydenning maslahatchilari Kongress tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qonunni elon qilishadi. Unda elektr transport vositalari uchun alohida imtiyozlarni taqdim etilishi ham nazarda tutilgan edi. Mask bu choralar juda yaxshi o'ylanganligini bilib hayratga tushadi. Boshqa tomondan, u hukumatning elektr transport vositalarini zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘ini yaratish uchun uch yil davomida 5 milliard dollar sarflash rejasiga qarshi chiqadi. Garchi bu g‘oya Teslaga yordam berishi mumkin bo‘lsa-da, u hukumat yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurishi shart bo‘lmaganidek, zaryadlash stansiyalari sohasiga ham aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi. Bu katta kompaniyalar yoki kichik oilaviy kompaniyalar bo'ladimi, xususiy sektor yaxshiroq bajaradigan vazifadir. Bu kompaniyalar restoranlar, yo‘l bo‘yidagi turli diqqatga sazovor joylar, kichik maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa mahalliy korxonalar oldida zaryadlovchi stansiyalar qurish orqali mijozlarni jalb qilish yo‘llarini topadi. Aksincha, agar hukumat aralashsa, uning ishtiroki bu sohada tadbirkorlik tashabbuslarini yo'q qiladi.


©Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" kitobidan

#mutolaa
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Маркетингдаги энг катта хатолар нималар?

Маркетингда кенг тарқалган хатолар бизнеснинг муваффақиятсизликка учрашига ёки самарасиз сармояга олиб келиши мумкин. Қуйида энг катта хатолардан баъзилари келтирилган:

1. Аниқ мақсадли аудиториянинг йўқлиги: Мақсадли аудиторияни аниқламаслик маркетинг кампанияларининг самарасизлигига олиб келади. Барча учун маҳсулот ёки хизмат таклиф қилиш ўрнига, аниқ сегментларга қаратилган реклама кўпроқ натижа беради.

2. Бозор ва рақобатни ўрганмаслик: Бозорнинг ҳолати ва рақобатчиларни таҳлил қилмаслик маҳсулот ёки хизматга талабни нотўғри баҳолашга олиб келади. Бу маркетинг стратегиясини кераксиз қилади.

3. Бир хил ёндашувга амал қилиш: Турли хил каналлар ва аудиториялар учун бир хил маркетинг стратегиясидан фойдаланиш хатодир. Ҳар бир каналнинг ўзига хос хусусиятлари бор ва ҳар бир аудиторияга мос мессеж юбориш лозим.

4. Бренд қийматини очиқ билдирмаслик: Мижозлар учун маҳсулот ёки хизматнинг афзалликлари ва қадриятлари аниқ бўлмаслиги маркетингни самарасиз қилади. Мижозлар товардан қандай фойда олишларини билишлари керак.

5. Контентнинг сифатсизлиги: Сифатсиз контент ёки реклама мижозлар эътиборини жалб қилмайди. Сифатли ва фойдали контент мижозларни жалб қилишнинг асосий йўлидир.

6. Мижоз фикрини инкор қилиш: Мижозлар фикрига етарлича эътибор қаратмаслик катта хатодир. Мижозларнинг эҳтиёжлари ва истакларини тушуниш, уларга мос таклифлар ва хизматлар яратиш жуда муҳим.

7. Савдони маркетингдан устун қўйиш: Фақат савдони оширишга қаратилган ёки қизиқтирувчи таклифлар орқали мижозлар билан тезда фойда олишга ҳаракат қилиш жуда катта хатодир. Устувор мақсад — мижозлар билан узоқ муддатли муносабат ўрнатиш ва уларнинг ишончини қозониш бўлиши керак.

8. Содиқ мижозлар билан ишламаслик: Фақат янги мижозларни жалб қилишга эътибор қаратиб, мавжуд мижозларга кам аҳамият бериш. Содиқ мижозлар билан муносабатни сақлаш ҳам савдони оширишга ёрдам беради.

9. Натижаларни кузатмаслик ва таҳлил қилмаслик: Маркетинг ҳаракатлари натижаларини кузатиб бориш ва таҳлил қилмаслик катта хато ҳисобланади. Маркетинг стратегияси самарадорлигини таҳлил қилиш ва уни яхшилаш учун маълумотларга асосланган қарорлар қабул қилиш муҳим.

10. Рақамли маркетингни эътибордан четда қолдириш: Бугунги рақамли даврда интернет ва рақамли платформалардан фойдаланмаслик катта йўқотиш бўлиши мумкин. Рақамли маркетинг орқали кенг аудиторияга тез етиш мумкин.

Бу хатолардан қочиш ва маркетинг стратегиясини яхшилаш орқали бизнес самарадорлигини ошириш мумкин.

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Allaev Uz

Тил – бу миллатнинг қалби, унинг дунёдаги ўрнини, мавжудлигини кўрсатувчи асосий белги. Тил бор экан, миллат ҳам барҳаётдир.

Бугун, 21 октябрь “Ўзбек тили байрами” куни. Барчамизга маълум, 1989 йил 21 октябрда “Давлат тили ҳақида”ги қонун қабул қилиниб, ўзбек тилининг ҳуқуқий мақоми мустаҳкамланган.

Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги мақомини ошириш мақсадида "Миллий тикланиш" партияси видеоролик тайёрлабди. Партия ўзининг сайловолди дастурида ҳам ўзбек тилини асраш ва унга ҳурматда бўлишга оид масалаларни илгари суради.

Давлат тили — миллат тимсоли! Барчани Ўзбек тили куни билан муборакбод этаман!

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Oddiy Xitoylikning kesilgan daraxtga qarab siqilayotgan ziyoli haqida aytgan gapi:
- Ziyolilar doim arzimagan narsa haqida ko'p shovqin qiladilar.


© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan


#mutolaa
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Qatnashchilarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida viktorina o‘tkazildi

Gullar shahri Namanganda joylashgan “Uch favvora” xiyobonida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbir o‘tkazildi. Bu safargi tadbir ancha kreativ va bayramona ruhda o‘tgan.

Masalan, odamlar orasida viktorinalar o‘tkazilgani. Qatnashchilarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida qisqa savol-javoblar viktorinasi bo‘lgan. Eng ko‘p topgan ishtirokchilarga targ‘ibotga qaratilgan esdalik sovg‘alari berilgan.

Tadbir yakunida esa fuqarolardan siyosiy vaziyatlarga befarq bo‘lmaslik so‘ralgan. Targ‘ibotni shu tarzda noodatiy o‘tkazsa ham bo‘larkan.

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Kelajak uchun qarorni o‘zimiz qilaylik!

27-oktabr kuni o‘tadigan saylovlar nafaqat siyosiy jarayon, balki ertamizni belgilaydigan muhim voqea bo‘lashi mumkin. Bu yilgi saylovlar yangicha formatda va kengroq ko‘lamda o‘tkazilayotgani bilan ham oʻziga qiziqtiryapti.

Parlament tarkibini yangilash orqali biz nafaqat bugungi kunimizga, balki yurtimizning kelajakdagi siyosatiga ham ta’sir qila oladigan munosib odamlarni saylay olamiz. Chunki parlamentda qabul qilinadigan qonun va qarorlar Oʻzbekistonda yorqin va barqaror hayot yaratish uchun xizmat qilishi kerak.

Saylov jarayonida faol ishtirok etish juda muhim. Ovoz berish orqali taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Har bir ovoz bizning istak va orzularimizni parlamentga yetkazadi. Qolaversa, bu yilgi saylovlarda yoshlar va ayollar uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilgan, bundan keyin parlamentda yoshlar va ayollar ham faol ishtirok etadi.

Saylovga qatnashing, nomzodlar orasida fikrlaydigan, oʻylaydiganini tanlang! Chunki bu jarayon siz, oilangiz va butun xalqning kelajagini shakllantirishga hissa qo‘shish uchun bir imkoniyat.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Biznes lug'atni o'rganishda davom etamiz:

Mitap

Mitap - mutaxassislarning tajriba almashish va muayyan masalalarni muhokama qilish uchun norasmiy sharoitda o‘tkaziladigan uchrashuvidir.

O'zimizda ham bir soha mutaxassislari yig'ilib choyxona qilsa va asosiy mavzu sohaga doir masalalar bo'lsa, mitap deb nomlasa bo'ladi.

#biznes
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Ўрта Осиёдаги илк мусулмон қабристони

Қурултой подкастнинг навбатдаги сонида тарихчи Фарҳод Мақсудов билан Ўзбекистон тоғларидаги VIII асрга оид кўчманчилар манзилгоҳлари ҳақида бўлибди.

Ушбу изланиш энг нуфузли илмий журнал ҳисобланувчи Nature да ҳам чоп этилган.

Подкастни кўрсангиз ҳозиргача бўлган тарихимиз, ундаги давлатлар ва миллатларга бўлган қарашингиз бутунлай ўзгаради.

Тавсия қиламан:

https://youtu.be/WfY2t79K5dQ?si=NyupZSA4DgPO2Is_

Читать полностью…

Allaev Uz

Biror sohada o'yin qoidalarini o'zgartiradigan, keyingi katta qadamni tashlaydigan har qanday katta biznes boshqa bizneslar uchun ham ulkan qiymat yaratadi, bu yangi ish o'rinlari yangi qiymat bilan butun iqtisodiyotni boy qiladi.

Bu qanday qilib yakunda xalqlarni farovonlikka olib kelishini Kleyten M. Kristensonning biz yaqinda chop etgan "Farovonlik paradoksi. Qanday qilib innovatsiyalar xalqlarni qashshoqlikdan qutqaradi" kitobi yaxshi tahlil qilgan.

Hozir OpenAI ChatGPTni ishga tushirgach sun'iy intellekt texnologik taraqqiyotda keyingi qadam bo'ldi deb qo'rqmasdan aytamiz. Biz sun'iy intellekt orqali biznes sifatida OpenAI, Amazon, Google va yirik IT gigantlar ishlab topayotgan pullarni ko'ramiz. Amalda bundan yanada kengroq sektorlar yutmoqda. Deylik, keyingi yilda sun'iy intellekt uchun zarur bo'lgan HBM chiplari yetishmovchiligi katta muammoga aylanar ekan. Ishlab chiqaruvchilar soha rivojlangan sari yetarli tarzda kengayib, ishlab chiqarishni ko'paytirib ulgurishmayapti. Na Samsung, na boshqasi talabni to'liq qoplay olmaydi deyilmoqda. Sun'iy intellekt rivojlanishi uchun chiplar zarur. Ko'proq chip ishlab chiqarish uchun yana yuzlab, minglab sohalarda bizneslar ishlaydi, ularning biznesiga ham talab oshadi.
Sun'iy intellekt sabab dasturiy ta'minotga talab va u yaratayotgan ish o'rinlari va qiymat yana boshqa masala.

Innovatsiyalarning zo'r tomoni, ular ommalashganda (masshtablashganda) faqat ularni chiqargan biznes emas, ular atrofida butun boshli tizim rivojlanadi, qiymat yaratadi.

#iqtisodiyot
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Yakshanba oila davrasida bolalar bilan o'tirib kino ko'rish uchun yaxshi imkoniyat. Man bo'lsa kecha o'zim bolalar bilan birga ko'rgan ajoyib kinoni tavsiya qilmoqchiman. "Xatiko" filmini hammamiz ko'rganmiz. Bu safar shu mavzuda yangi filmni Xitoyliklar olishgan. Skeptik bo'lib ko'rgandim, lekin Xitoyliklarning "Mening Xatiko" filmi ham ajoyib chiqibdi.
Oila davrasida o'tirib bemalol ko'rsa bo'ladi.
Film treyleri: https://youtu.be/I_tdMcw0WdQ?si=Qu5DYC0XsKclzkrS

#tavsuyu
#kino
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bookmate xizmati Yandex Knigi ga oʻzgarganini bilsangiz kerak. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra loyiha oʻzbek bozorida faol ishlab boshlabdi. Oʻzbek nashriyotlari bilan oʻzbek tilidagi kitoblar uchun muzokaralar boshlangan.

Xizmatning tajribasidan kelib chiqsa, elektron va audio kitoblar bozorida katta yangilik boʻladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Jahon banki kambagʻallikni qisqartirishda Oʻzbekiston bilan hamkorlikda ishlashga tayyor

Toshkentda xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi davom etyapti. Haftalik doirasidagi suhbatlardan birida Jahon bankining taraqqiyot iqtisodiyoti boʻyicha yetakchi iqtisodchisi Mixail Lokshin kambagʻallikni qisqartirishda jahon banki Oʻzbekiston bilan hamkorlikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Sessiyalarda kambagʻallikni qisqartirish borasida mamlakatda olib orilayotgan tizimli ishlar borasida muhokamalar oʻtkazilgan.

“Aholining ijtimoiy koʻmakka muhtoj qatlami davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi. Bu borada jahon banki Oʻzbekiston bilan hamkorlikda ishlashga tayyor.
Mamlakatda bu yoʻnalishda jadal ishlar olib borilyapti deb oʻylayman. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kompleks yonadishlar yaxshi natijalar beradi albatta”, — deydi Mixail Lokshin.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Misrda arab tili rasmiy til hisoblanadi. Musulmon dunyosining eng katta mamlakatlaridan birida arab tili davlat tili ekanligi oddiydek ko‘rinadi. Lekin, ichkaridan yagona davlat tili bo‘lgan arab tili bilan vaziyat ancha murakkab. Amalda ikki xil, bir-biridan keskin farq qiladigan arab tillari ishlatiladi. 

Fusxa — klassik arab tili bo‘lib, yozuv tili hisoblanadi, lekin nutqda ishlatilmaydi. Uni o‘lik til desa ham bo‘ladi. Uni grammatik strukturasi juda murakkab, xato va so‘z o‘yinlariga imkon qoldirmaydi. Fusxa arab tilining barcha dialektlari otasi yoki onasi hisoblanadi. Xullas, dialektlar Fusxadan tarqagan. Dialektlar bir-biridan shunchalik farq qiladiki, bir arab mamlakatdagi arab dialektida gapiradiganlar boshqa arab dialektida hech narsani tushunmasligi mumkin. 

Ammiyya— fusxaning norasmiy bolasi, og‘zaki yoki ko‘cha arab tilisi, tarixi fusxaga taqaladi. Bu bugungi Misrdagi zamonaviy arab tili deyish mumkin. Bu Misrda kino sanoati tili ham. Regionda eng kuchli kinosanoat Mist va Livanga tegishli uchun, ammiyya kino orqali ham arab mamlakatlarida keng tarqaladi. 

Ammiyyaning san’atda va hayotda keng qo‘llanishiga qaramasdan, Misrda aksar kitoblar, darsliklar va matbuot fusxada chop etiladi. Misr to‘g‘ri ma’noda ikkita til orasida bo‘linadi. Bu butun boshli millat savodiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. 

Bolalar ammiyyada til chiqarishadi, lekin o‘qish uchun fusxani o‘rganishga majbur. Bu xuddi kitob o‘qish, ta’lim olish uchun italyanni lotin tilini o‘rganishga majburlashga o‘xshaydi.  Tez-tez akademik doiralarda, bahslarda ammiyyaga o‘tish, uni adabiy til sifatida tan olish masalasi ko‘tariladi.

Lekin, jamiyat bu masalada ikkiga bo‘linadi. Bir qism klassik arab tilini saqlashni talab qilsa, boshqa qism yozma manbalar ammiyyaga o‘tishi kerakligini aytadi. Qaysidir manbalar ammiyyada kitob ham chiqarishadi. Fusxaning eng asosiy himoyachisi, umuman fusxada dunyoda eng kuchli bo‘lgan ta’lim dargohi, Islom olamining eng eski Universiteti Al-Azhar hisoblanadi. Ammiyya foydasiga Qohira universiteti kabi asosan zamonaviy ta’lim dargohlari fikr bildirishadi. 

Lekin, amalda Misrliklarning katta qismi fusxani bilmasligi uchun mutolaada va tushinishda qiynaladi. Fusxani bilmasdan ijod kilish xam muammo. Bu millatning savod darajasiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. 

Bu post til bayrami kuni yozilgan, lekin chiqarish ortga qolgan edi. Post nima uchun yozilmoqda, lotin va kirill muammosi bilan, shuningdek yangi so‘zlarga yopiqlik bilan biz ham yozma tilni real tildan uzib qo‘ymasligimiz kerak. Lotin yozuvi masalasini imkon boricha tezroq yopib, qanaqa bo‘lsada variant qabul qilib yoki borini qoldirib, qonun bilan lotinga o‘tishni va bu lotin yaqin kelajakda, masalan yaqin 50-yilda o‘zgarishi mumkinmasligini qabul qilishimiz kerak. Millat yagona yozuvga, yagona standartga o‘tishi kerak. O‘zbek tili jonli til, u jonli til sifatida o‘sishi, yangiliklarga ochiq bo‘lishi, qanaqadir kichik akademik guruhga emas, xalqqa, u o‘qishi va tushunishiga oson bo‘lib rivojlanib borishi kerak. Turk tili yoki hatto shovinist bo‘lgan fransuzlar o‘z tiliga xalqaro so‘zlarni qabul qilishga ikkilanmayotgan ekan, nima uchun biz chet tilidan so‘zlarni qabul qilishga qiynalishimiz kerak?! O‘zi shundoq ham tilimizda katta qism so‘zlar fors va arab tilidan, XX asrda rus tilidan kelgan. Bugun ingliz yoki rus tilidan keladigan yangi so‘zlarga nima uchun yopiq bo‘lishimiz kerak? 

Tilimiz sofligi degan hissiyotni tushunaman, lekin bu tilni bir joyda qotib qolib noqulay bo‘lishiga, avlodlarning ta’lim sifatiga ta’sir qiladigan muammoga aylanishiga qarshiman. Bular hammasi vaziyatga o‘ta shaxsiy qarash va fikrlardir. 

O‘zbek tilini sevadigan, shu til haqida qayg‘uradigan noshir
Firuz Allayev

23.10.2023

#til
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bir narsaga e'tibor berdim, aksar odamdan "Siz hech sevganmisiz?" deb so‘rashsa, "Albatta!" deb javob beradi va muhabbatni azob-uqubat, o'tmishdagi qiyinchiliklar darajasi bilan o‘lchaydi. Haqiqiy sog‘lom munosabatlar esa baxt-saodat darajasi bilan o‘lchanadi, hissiyot sabab bo'lgan stress darajasi bilan emas.

O'tmishdagi munosabat ko'proq stress bilan esga qolgan bo'lsa, u o'tmishga aylanganligining o'zi yaxshi ssenariydir.


#xayol
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Asaxiyda marketing bo'limiga amaliyot e'lon qilamiz. Amaliyotchilar orasida saralangani keyinchalik Asaxiyda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Amaliyot vaqtida talabaga stipendiya taqdim etiladi. Shuningdek, Universitet yoki o'qish joyiga taqdim etish uchun barcha hujjatlar qilib beriladi.

Amaliyotga topshirish: https://forms.gle/TjD3erJ3BhnHJTJt6

Читать полностью…

Allaev Uz

Oʻzbek tili bayrami muborak!
Videoda tilni rivojlantirish uchun taklif va iltimos berdim:
https://youtu.be/KAo423qbIZQ?si=DWFjFXCnGsD8Apn-


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Tanlov oʻz qoʻlingizda!
Faqat iltimos, ARALASHTIRMANG!

🥊🥊

#qadring_baland_boʻlsin_ona_tilim

Читать полностью…

Allaev Uz

Bugun o'zbek tili kuni. Til bayrami biz uchun har doimgidanda muhimroq.

Bayramga Asaxiyda yangi chegirma qiladigan bo'ldik. Asaxiyda chiqqan badiiy kitoblardan o'ntasini yagona to'plamda, super chegirma narxda 299 000 So'mdan taklif qilamiz.

Ulgurib qoling:
asaxiy.uz/u/badiiy_kitoblar

Читать полностью…

Allaev Uz

Bir Xitoylik yigitga qizi "gulingni pishirib ye" degan ekan. Pishirib koʻrsa, yoqib qolibdi. Endi qovurilgan gulni delikates sifatida sotadigan biznes ochvoribdi.

#biznes
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

OpenAI Windows uchun ChatGPT ilovasini test qilib boshlabdi. Hozircha ilova faqat pullik ChatGPT mijozlari uchun ishlaydi.

OpenAI GPT 4oni e'lon qilganda, xizmatning kompyuterlar uchun ilovasini dastlab MacOs (Apple) uchun taqdim etgan edi.

Shuningdek, xizmat ilovalari IOS va Androidda ham bor.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bizda kitoblarni kategoriyalashtirishda biznes va psixologiyani adashtirish juda koʻp uchraydi. Shuni farqlab olish muhim.

Biznes kitoblar - bu biznes ochish yoki uni turli sohalarda rivojlantirish haqidagi kitoblar. Bular koʻpincha professional adabiyotlar ham boʻlishi mumkin. Marketing, menejment, biznes moliyasi, HR, liderlik va boshqa sohalar kitoblari biznes kitoblardir.

Psixologik kitoblar - bu insonga psixologik tomondan yordam beradigan, oʻzini yoki atrofdagilarni yaxshi tushunish imkonini beradigan, oʻz xarakteri yoki ruhiyatini yaxshilashga imkon beradigan kitoblar. Masalan, biznikilar yaxshi koʻradigan Karnegining kitoblari koʻproq psixologiya kategoriyaga kiradi. Oʻzi aksar shaxsiy rivojlanishga doir kitoblar, shu jumladan hayotga motivatsiya beradigan kitoblar ham psixologiya kategoriyasiga kiradi, biznes emas.

Tepadagi mantiq treninglarga ham ishlaydi. Biznesga yoʻnalishlar boʻyicha foydali boʻlmagan treninglarni biznes trening emas, motivatsion yoki psixologik trening deb nomlash kerak.


#mulohaza
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

“Noldan Davlat Qurish” mavzusida Texnoplov youtube kanalida yangi video chiqibdi!🏙️

Ushbu videoda siz o’z davlatingizni qurishingiz uchun kerak bo’lgan va siz bilmagan sirlar mavjud! Undan tashqari esa, hozirgi hayot tarzingizda albatta kerakli bo’lgan ma’lumot ham bor!

Ko’rish uchun havolani bosing:
👉https://youtu.be/x5ts2rq8ddY

Читать полностью…
Подписаться на канал