allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Bir narsaga e'tibor berdim, aksar odamdan "Siz hech sevganmisiz?" deb so‘rashsa, "Albatta!" deb javob beradi va muhabbatni azob-uqubat, o'tmishdagi qiyinchiliklar darajasi bilan o‘lchaydi. Haqiqiy sog‘lom munosabatlar esa baxt-saodat darajasi bilan o‘lchanadi, hissiyot sabab bo'lgan stress darajasi bilan emas.

O'tmishdagi munosabat ko'proq stress bilan esga qolgan bo'lsa, u o'tmishga aylanganligining o'zi yaxshi ssenariydir.


#xayol
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Asaxiyda marketing bo'limiga amaliyot e'lon qilamiz. Amaliyotchilar orasida saralangani keyinchalik Asaxiyda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Amaliyot vaqtida talabaga stipendiya taqdim etiladi. Shuningdek, Universitet yoki o'qish joyiga taqdim etish uchun barcha hujjatlar qilib beriladi.

Amaliyotga topshirish: https://forms.gle/TjD3erJ3BhnHJTJt6

Читать полностью…

Allaev Uz

Oʻzbek tili bayrami muborak!
Videoda tilni rivojlantirish uchun taklif va iltimos berdim:
https://youtu.be/KAo423qbIZQ?si=DWFjFXCnGsD8Apn-


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Tanlov oʻz qoʻlingizda!
Faqat iltimos, ARALASHTIRMANG!

🥊🥊

#qadring_baland_boʻlsin_ona_tilim

Читать полностью…

Allaev Uz

Bugun o'zbek tili kuni. Til bayrami biz uchun har doimgidanda muhimroq.

Bayramga Asaxiyda yangi chegirma qiladigan bo'ldik. Asaxiyda chiqqan badiiy kitoblardan o'ntasini yagona to'plamda, super chegirma narxda 299 000 So'mdan taklif qilamiz.

Ulgurib qoling:
asaxiy.uz/u/badiiy_kitoblar

Читать полностью…

Allaev Uz

Bir Xitoylik yigitga qizi "gulingni pishirib ye" degan ekan. Pishirib koʻrsa, yoqib qolibdi. Endi qovurilgan gulni delikates sifatida sotadigan biznes ochvoribdi.

#biznes
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

OpenAI Windows uchun ChatGPT ilovasini test qilib boshlabdi. Hozircha ilova faqat pullik ChatGPT mijozlari uchun ishlaydi.

OpenAI GPT 4oni e'lon qilganda, xizmatning kompyuterlar uchun ilovasini dastlab MacOs (Apple) uchun taqdim etgan edi.

Shuningdek, xizmat ilovalari IOS va Androidda ham bor.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bizda kitoblarni kategoriyalashtirishda biznes va psixologiyani adashtirish juda koʻp uchraydi. Shuni farqlab olish muhim.

Biznes kitoblar - bu biznes ochish yoki uni turli sohalarda rivojlantirish haqidagi kitoblar. Bular koʻpincha professional adabiyotlar ham boʻlishi mumkin. Marketing, menejment, biznes moliyasi, HR, liderlik va boshqa sohalar kitoblari biznes kitoblardir.

Psixologik kitoblar - bu insonga psixologik tomondan yordam beradigan, oʻzini yoki atrofdagilarni yaxshi tushunish imkonini beradigan, oʻz xarakteri yoki ruhiyatini yaxshilashga imkon beradigan kitoblar. Masalan, biznikilar yaxshi koʻradigan Karnegining kitoblari koʻproq psixologiya kategoriyaga kiradi. Oʻzi aksar shaxsiy rivojlanishga doir kitoblar, shu jumladan hayotga motivatsiya beradigan kitoblar ham psixologiya kategoriyasiga kiradi, biznes emas.

Tepadagi mantiq treninglarga ham ishlaydi. Biznesga yoʻnalishlar boʻyicha foydali boʻlmagan treninglarni biznes trening emas, motivatsion yoki psixologik trening deb nomlash kerak.


#mulohaza
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

“Noldan Davlat Qurish” mavzusida Texnoplov youtube kanalida yangi video chiqibdi!🏙️

Ushbu videoda siz o’z davlatingizni qurishingiz uchun kerak bo’lgan va siz bilmagan sirlar mavjud! Undan tashqari esa, hozirgi hayot tarzingizda albatta kerakli bo’lgan ma’lumot ham bor!

Ko’rish uchun havolani bosing:
👉https://youtu.be/x5ts2rq8ddY

Читать полностью…

Allaev Uz

Китоб ўқиш жисмонан кучли қилмаслиги мумкин, лекин фикрлашингиз ва кайфиятингизга катта таъсир ўтказади.

Читать полностью…

Allaev Uz

ЎзЛиДеП маоши кам фуқароларни даромад солиғидан озод этишни таклиф қиляпти

Партиянинг даромад солиғидан озод қилиш тўғрисидаги таклифи жуда яхши. Лекин бу таклиф кимлар учун амал қилади?

Даромади нисбатан кам бўлган аҳоли тоифаларини манзилли қўллаб-қувватлаш, хусусан, маоши оз кишиларнинг даромад солиғидан озод этилиши ижтимоий ҳаётда долзарб ўрин тутади. Бу дегани фуқаролар ойликларининг 3 миллион 465 минг сўмгача бўлган қисмига даромад солиғи қўлланилмайди. Бунинг натижасида мажбурий ушланмалар камайиб, ҳар ойда қўшимча 400 минг сўмдан зиёдроқ маблағга эга бўлади.

Бу таклиф кўпчиликка ёқиб тушса керак. Агар бу фикрлар таклифлигича қолиб кетмаса.

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Китобда бир ажойиб жумлани ўқиб қолдим: Ҳеч ким тасодифан космонавт бўлиб қолмайди.

Мантиқан қараса жуда кучли айтилган ибора. Космонавт бўлиб космосга чиқиш учун инсон болаликдан умрини бағишлаши керак. У мақсаддан чалғимай тўғри борган тақдирда ҳам, аксар ҳолларда 35-40 ёшдан олдин космосга чиқолмайди. У қачон руҳан, жисмонан, ақлан тайёр бўлсагина, космосга чиқади.

Ҳаётда ҳам худди шунақа, аниқ мақсад қўйиб, у томон ҳаракат қилинмаса, ҳаракатлар зое кетиш эҳтимоли кўпроқ.

Қаерга кетаётганингизни билмасангиз, борадиган манзилингизни ёқтирмаслигингиз эҳтимоли катта. Бу гап “Латте омили” китобидан олинган.

Мақсадсиз яшашдан ўзи асрасин.

Жума муборак, дўстлар!

#motivatsiya
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Xitoyda barcha erkin va norozilik bildiruvchi fikrlar, qanchalik yuqoriga parvoz qilmasin, bir kun kelib albatta yerga qulab tushadi, chunki voqelikning tortish kuchi haddan tashqari kuchli.


© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan


#mutolaa
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" kitobida Maskning bolalikda kitoblarga qanday sho'ng'igani haqida lavha bor ekan:

Kitob o'qish Mask uchun muhim psixologik chekinishi bo'lib kelgan. U bolaligida ba'zan butun tushdan keyin va tunning ko'p qismida, bir vaqtning o'zida to'qqiz soatgacha kitoblarga sho'ng'irdi. Oila birovning uyiga kechki ovqatga borganda, ular mezbonning kutubxonasiga g'oyib bo'lishardi. Ular shaharga borganlarida, u adashib ketadi va biz uni kitob do'konida, polda, o'z dunyosida o'tirgan holda topamiz. Shuningdek, u komikslarga juda qiziqadi. Superqahramonlarning ishtiyoqi va qaysarligi uni hayratda soladi. "Ular doimo ichki kiyimlarini ko'rsatib yoki metall kostyumlar kiyib olib, dunyoni qutqarishga harakat qilmoqdalar, bu haqida o'ylaganingizda juda g'alati", deb kuladi u. Ammo ular haqiqatan ham dunyoni qutqarishga harakat qilmoqdalar.

U otasining ikkita ensiklopediyasini o'qib chiqadi va uni sevadigan onasi va singlisi uchun u "kichkina daho" ga aylanadi. Boshqa bolalar uchun esa, aksincha, u "katta bosh" sifatida ko'proq esga qolgan. "Oyga qarang, u bir yarim million kilometr uzoqlikda bo'lishi kerak", deb xitob qildi uning amakivachchalaridan biri bir kuni. Ilonning javobi: “Yo'q, bu 385 ming kilometr, bu orbitaga bog'liq". Bir kuni Ilon Errolning ofisidan kitob topib oladi, unda kelajakda paydo bo'ladigan buyuk ixtirolar tasvirlangan. “Men maktabdan uyga kelib, otamning ishxonasi yonidagi xonaga qamalib, uni qayta-qayta o‘qib chiqardim. Ushbu loyihalar orasida ion dvigateli bilan ishlaydigan raketa ham bor, uning parvozi gaz emas, balki zarralar oqimi bilan ta'minlanadi". Bir kuni kechqurun, Janubiy Texasdagi ishga tushirish bazasidagi boshqaruv xonasida u men bilan kitob haqida, jumladan, vakuumda ion dvigateli qanday ishlashi haqida uzoq suhbatlashdi. “Mana shu kitob meni birinchi marta boshqa sayyoralarga borish haqida o‘ylashga majbur qilgan. »


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

“Ниҳоят, қуйида Жек Манинг тадбиркорлар учун энг яхши 10 та қоидасини келтираман.

1.Маррани катта олинг.

2.Ёдда тутинг: катта муаммо ортида катта имконият туради.

3.Бугунги меҳнат – эртанги роҳат.

4. Мижозга қарасангиз, қолгани келаверади.

5. Рақиблардан ўрганинг, лекин нусха олманг.

6. Энг яхши бўлиш биринчи бўлишдан муҳимроқ.

7. Инқирозда имконият изланг.

8. Рақиблар кучини ўзларига қарши ишлатинг.

9. Хатоларни ўйлаб юрманг.

10. Жамоа раҳбар учун эмас, мақсад учун ишлаши керак.”


© Бретт Кингнинг “Банк 4.0” китобидан

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Orolboʻyi qadamjolari eʼtiborsiz qolmoqda

Shu hududdagi Ustyurt platosida joylashgan tarixiy-madaniy yodgorliklar muhofazaga muhtoj. Platoda turizmni rivojlantirish uchun katta potensial bor. Toshkentda oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida boʻlib oʻtgan taqdimotda mana shu masalaga alohida eʼtibor qaratildi.

Qayd etilishicha, hozirda Orol dengizini koʻrishga asosan chet ellik sayyohlar keladi. Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida qilingan ishlar hali ham yetarli emas. Ammo hudud koʻplab tarixiy qadamjolar va yodgorliklarga boy hisoblanadi.

Orol dengizining avvalgi qirgʻogʻi boʻyida joylashgan Beleuli karvonsaroyi, Xorazm davlati hukmronligi davrida barpo etilgan signal minoralar, koʻchmanchi xalqlar tomonidan qurilgan aranlar, Alanqalʼa, Davletkeray qalʼasi va Borsakelmas shoʻrxoqligi Ustyurtning tarixiy va tabiiy moʻjizalaridan biridir.

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida tashkil etilgan haftalik koʻplab qiziqarli maʼlumotlar va uchrashuvlarga boy oʻtayotgani bilan yodda qolmoqda.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

2022-yil aprel oyida matbuot anjumani chog'ida Jo Baydenning maslahatchilari Kongress tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qonunni elon qilishadi. Unda elektr transport vositalari uchun alohida imtiyozlarni taqdim etilishi ham nazarda tutilgan edi. Mask bu choralar juda yaxshi o'ylanganligini bilib hayratga tushadi. Boshqa tomondan, u hukumatning elektr transport vositalarini zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘ini yaratish uchun uch yil davomida 5 milliard dollar sarflash rejasiga qarshi chiqadi. Garchi bu g‘oya Teslaga yordam berishi mumkin bo‘lsa-da, u hukumat yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurishi shart bo‘lmaganidek, zaryadlash stansiyalari sohasiga ham aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi. Bu katta kompaniyalar yoki kichik oilaviy kompaniyalar bo'ladimi, xususiy sektor yaxshiroq bajaradigan vazifadir. Bu kompaniyalar restoranlar, yo‘l bo‘yidagi turli diqqatga sazovor joylar, kichik maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa mahalliy korxonalar oldida zaryadlovchi stansiyalar qurish orqali mijozlarni jalb qilish yo‘llarini topadi. Aksincha, agar hukumat aralashsa, uning ishtiroki bu sohada tadbirkorlik tashabbuslarini yo'q qiladi.


©Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" kitobidan

#mutolaa
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Маркетингдаги энг катта хатолар нималар?

Маркетингда кенг тарқалган хатолар бизнеснинг муваффақиятсизликка учрашига ёки самарасиз сармояга олиб келиши мумкин. Қуйида энг катта хатолардан баъзилари келтирилган:

1. Аниқ мақсадли аудиториянинг йўқлиги: Мақсадли аудиторияни аниқламаслик маркетинг кампанияларининг самарасизлигига олиб келади. Барча учун маҳсулот ёки хизмат таклиф қилиш ўрнига, аниқ сегментларга қаратилган реклама кўпроқ натижа беради.

2. Бозор ва рақобатни ўрганмаслик: Бозорнинг ҳолати ва рақобатчиларни таҳлил қилмаслик маҳсулот ёки хизматга талабни нотўғри баҳолашга олиб келади. Бу маркетинг стратегиясини кераксиз қилади.

3. Бир хил ёндашувга амал қилиш: Турли хил каналлар ва аудиториялар учун бир хил маркетинг стратегиясидан фойдаланиш хатодир. Ҳар бир каналнинг ўзига хос хусусиятлари бор ва ҳар бир аудиторияга мос мессеж юбориш лозим.

4. Бренд қийматини очиқ билдирмаслик: Мижозлар учун маҳсулот ёки хизматнинг афзалликлари ва қадриятлари аниқ бўлмаслиги маркетингни самарасиз қилади. Мижозлар товардан қандай фойда олишларини билишлари керак.

5. Контентнинг сифатсизлиги: Сифатсиз контент ёки реклама мижозлар эътиборини жалб қилмайди. Сифатли ва фойдали контент мижозларни жалб қилишнинг асосий йўлидир.

6. Мижоз фикрини инкор қилиш: Мижозлар фикрига етарлича эътибор қаратмаслик катта хатодир. Мижозларнинг эҳтиёжлари ва истакларини тушуниш, уларга мос таклифлар ва хизматлар яратиш жуда муҳим.

7. Савдони маркетингдан устун қўйиш: Фақат савдони оширишга қаратилган ёки қизиқтирувчи таклифлар орқали мижозлар билан тезда фойда олишга ҳаракат қилиш жуда катта хатодир. Устувор мақсад — мижозлар билан узоқ муддатли муносабат ўрнатиш ва уларнинг ишончини қозониш бўлиши керак.

8. Содиқ мижозлар билан ишламаслик: Фақат янги мижозларни жалб қилишга эътибор қаратиб, мавжуд мижозларга кам аҳамият бериш. Содиқ мижозлар билан муносабатни сақлаш ҳам савдони оширишга ёрдам беради.

9. Натижаларни кузатмаслик ва таҳлил қилмаслик: Маркетинг ҳаракатлари натижаларини кузатиб бориш ва таҳлил қилмаслик катта хато ҳисобланади. Маркетинг стратегияси самарадорлигини таҳлил қилиш ва уни яхшилаш учун маълумотларга асосланган қарорлар қабул қилиш муҳим.

10. Рақамли маркетингни эътибордан четда қолдириш: Бугунги рақамли даврда интернет ва рақамли платформалардан фойдаланмаслик катта йўқотиш бўлиши мумкин. Рақамли маркетинг орқали кенг аудиторияга тез етиш мумкин.

Бу хатолардан қочиш ва маркетинг стратегиясини яхшилаш орқали бизнес самарадорлигини ошириш мумкин.

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Allaev Uz

Тил – бу миллатнинг қалби, унинг дунёдаги ўрнини, мавжудлигини кўрсатувчи асосий белги. Тил бор экан, миллат ҳам барҳаётдир.

Бугун, 21 октябрь “Ўзбек тили байрами” куни. Барчамизга маълум, 1989 йил 21 октябрда “Давлат тили ҳақида”ги қонун қабул қилиниб, ўзбек тилининг ҳуқуқий мақоми мустаҳкамланган.

Ўзбек тилининг давлат тили сифатидаги мақомини ошириш мақсадида "Миллий тикланиш" партияси видеоролик тайёрлабди. Партия ўзининг сайловолди дастурида ҳам ўзбек тилини асраш ва унга ҳурматда бўлишга оид масалаларни илгари суради.

Давлат тили — миллат тимсоли! Барчани Ўзбек тили куни билан муборакбод этаман!

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Oddiy Xitoylikning kesilgan daraxtga qarab siqilayotgan ziyoli haqida aytgan gapi:
- Ziyolilar doim arzimagan narsa haqida ko'p shovqin qiladilar.


© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan


#mutolaa
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Qatnashchilarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida viktorina o‘tkazildi

Gullar shahri Namanganda joylashgan “Uch favvora” xiyobonida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi targ‘ibotiga bag‘ishlangan ommaviy tadbir o‘tkazildi. Bu safargi tadbir ancha kreativ va bayramona ruhda o‘tgan.

Masalan, odamlar orasida viktorinalar o‘tkazilgani. Qatnashchilarning siyosiy bilimlarini oshirish maqsadida qisqa savol-javoblar viktorinasi bo‘lgan. Eng ko‘p topgan ishtirokchilarga targ‘ibotga qaratilgan esdalik sovg‘alari berilgan.

Tadbir yakunida esa fuqarolardan siyosiy vaziyatlarga befarq bo‘lmaslik so‘ralgan. Targ‘ibotni shu tarzda noodatiy o‘tkazsa ham bo‘larkan.

#saylov24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Kelajak uchun qarorni o‘zimiz qilaylik!

27-oktabr kuni o‘tadigan saylovlar nafaqat siyosiy jarayon, balki ertamizni belgilaydigan muhim voqea bo‘lashi mumkin. Bu yilgi saylovlar yangicha formatda va kengroq ko‘lamda o‘tkazilayotgani bilan ham oʻziga qiziqtiryapti.

Parlament tarkibini yangilash orqali biz nafaqat bugungi kunimizga, balki yurtimizning kelajakdagi siyosatiga ham ta’sir qila oladigan munosib odamlarni saylay olamiz. Chunki parlamentda qabul qilinadigan qonun va qarorlar Oʻzbekistonda yorqin va barqaror hayot yaratish uchun xizmat qilishi kerak.

Saylov jarayonida faol ishtirok etish juda muhim. Ovoz berish orqali taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaymiz. Har bir ovoz bizning istak va orzularimizni parlamentga yetkazadi. Qolaversa, bu yilgi saylovlarda yoshlar va ayollar uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilgan, bundan keyin parlamentda yoshlar va ayollar ham faol ishtirok etadi.

Saylovga qatnashing, nomzodlar orasida fikrlaydigan, oʻylaydiganini tanlang! Chunki bu jarayon siz, oilangiz va butun xalqning kelajagini shakllantirishga hissa qo‘shish uchun bir imkoniyat.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Biznes lug'atni o'rganishda davom etamiz:

Mitap

Mitap - mutaxassislarning tajriba almashish va muayyan masalalarni muhokama qilish uchun norasmiy sharoitda o‘tkaziladigan uchrashuvidir.

O'zimizda ham bir soha mutaxassislari yig'ilib choyxona qilsa va asosiy mavzu sohaga doir masalalar bo'lsa, mitap deb nomlasa bo'ladi.

#biznes
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

TBC кредит билан имкониятлар эшигини очинг

Молиявий тўсиқлар туфайли режаларингиз тўхтаб қолдими? TBC кредити - бу сизнинг ечимингиз бўла олади.

Кутилмаганда да янги ғоя пайдо бўлдими? Банк бунга тайёр! Дам олиш куни бизнес имконияти чиқиб қолдими? Муаммо эмас!

100 миллион сўмгача - ҳафтасига 7 кун давомида. TBC иловаси орқали бир неча дақиқада молиявий эркинликка эришинг. Зеро, ҳаётдаги энг яхши имкониятлар кутиб турмайди.

Читать полностью…

Allaev Uz

Oʻzbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (ЕАЭС) qoʻshilmaydigan boʻlibdi. Bu haqida Akmal Saidov maʼlum qilibdi. Bu man oxirgi oyda eshitgan eng yaxshi yangilik.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Миллий ўйинларимиз асосида медиалойиҳа амалга оширилар экан.

Тадқиқот улоқ-кўпкари, кураш, дандарак, чархпалак, жамбил ва бошқа миллий ўйинларни халқ турмуш тарзи, кундалик ҳаёти ва миллий асосларига боғлаб ўрганиш ва тақдим этиш имконини беради.

Этнографик экспедициялар жараёнида юқори сифатли фото ва видеоматериаллар базаси яратилади.

Бу лойиҳа 18-26 октябрь кунлари Тошкентда ўтказилаётган халқаро маданий мерос ҳафталиги доирасида тақдим этилaди. Интерактив лойиҳа 2025-2027 йилларда амалиётга татбиқ этилиши кутилмоқда.

Маълумот учун, Тошкентда Ўзбекистон халқаро маданий мерос ҳафталиги бўлиб ўтмоқда. Ҳафталик доирасида 20 дан ортиқ давлатдан ташриф буюрган турли нуфузли ташкилотларнинг 100 дан ортиқ олимлари маърузалари тингланади. Тадбир давомида Ўзбекистон маданий меросига оид муҳим тадқиқотларнинг натижаси эълон қилиниши кутилмоқда.

Батафсил маълумот👉 Ислом маркази | Маданий мерос

Читать полностью…

Allaev Uz

Vaqt oz qoldi: ertaga yana tele-debat bo’ladi

Muhim siyosiy jarayon — parlament sayloviga bir haftayu bir kun qoldi. Ertaga esa soat 18:00 da siyosiy partiyalar vakillari va saylovchilarning navbatdagi uchrashuvi efirga beriladi.

Uchrashuvni O'zbekiston 24, O'zbekiston, Yoshlar, Mahalla, Toshkent, Madaniyat va ma'rifat telekanallarida — o'zbek tilida, Dunyo bo'ylab telekanalida — rus tilida, Foreign language telekanalida — ingliz tilida, Qaraqalpaqstan telekanalida — qoraqalpoq tilida tomosha qilishingiz mumkin.

Saylovda kimga ovoz berish yoki bermaslik kerakligini anglash uchun ham koʻrib qoʻygan yaxshi.

Aytgancha, debatlar saylovlarning yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi muhim siyosiy usul. Shunday ekan, bundan barcha unumli foydalana olishi kerak.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Kitob o'qib turib ajoyib bir jumlaga duch keldim: Nimby sindromi


NIMBY (not in my back yard) "mening hovlimda emas" iborasining qisqartmasi bo‘lib, u mahalliy aholining o‘z hududida taklif etilayotgan qurilish, ko‘chmas mulk va infratuzilma loyihalariga qarshiligini, shuningdek, yerdan foydalanishning qat’iy qoidalarini qo‘llab-quvvatlashini ifodalarkan. Demak, aholi o'zi yashaydigan hududda yangi qurilishlarga, zavod bo'ladimi yoki uy-joy bo'ladimi qarshilik qiladi. Bunday aholi faqat loyiha ularga yaqin bo‘lgani uchun qarshilik ko‘rsatadi va agar u uzoqroqda joylashgan bo‘lsa, unga rozi bo‘lishlari yoki qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Hatto loyiha hudud uchun foydali bo'lsada, aholi bunga imkon bermaydi. Bu aholiga nisbatan "nimbilar" atamasi qo‘llaniladi va ularning nuqtai nazari "nimbizm" deb nomlanadi. Shundan kelib chiqib "Nimby sindromi" iborasi biror joyda yangi qurilish qilganda, aholisi qo'ymaydi yoki qarshilik ko'rsatadi deb salbiy ma'noda ishlatilar ekan.

Qaror beruvchilar ko'pincha katta loyiha va investitsiyalarni aholisi "Nimby sindromi"ga chalingan deb ko'rilgan hududlarda qilmaslikka harakat qilishar ekan.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

O‘zbekiston davlat byudjeti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli ulkan mablag‘larni yo‘qotishda davom etmoqda.

2024-yil 1-oktyabr holatiga noqonuniy tamaki mahsuloti savdosi tufayli davlat byudjeti 390,6 mlrd so‘m soliq tushumlarini boy berdi.

Buning barobarida, hududlar bo‘yicha tamaki mahsulotlari yashirin bozorining ulushi kattaligicha qolmoqda:
— Farg‘ona vodiysida — 21,8%
— Namanganda — 41,6%
— Jizzaxda — 21,8%
— Qarshida — 11%
— Navoiy viloyati tumanlari bo‘yicha — 11,8%
— Olmaliqda — 19,9%

Bunda biz barcha hududlarda tamaki mahsulotining katta miqdorda musodara qilinishi to‘g‘risida muntazam xabarlarni kuzatib boramiz. Sigaretlar turar joylar yerto‘lalarida, savdo nuqtalarida va chegarada aniqlanadi. Bir tomondan, bu faol ish olib borilayotganini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan esa, muammo tizimli tusga egaligini va muntazam tekshiruv reydlarga qaraganda jiddiyroq yechimlarni talab qilish lozimligiga ishora qiladi.
Bunda kontrabanda uchun kanallar mavjudligi fakti ustida ishlash kerak. Chunki bu kanallar orqali tamaki mahsulotlaridan tashqari mamlakatga taqiqlangan moddalar ham, kontrafakt dorilar ham kirib keladi.

Yaqinginda Toshkentda ikki fuqaro ushlandi – ular 43,7 ming dollarga teng 4 ming qadoq qalbaki dorini sotmoqchi bo‘lishgan.

Ishlarning bunday holda ekani e'tiborsiz qolmasligi lozim. Zero yashirin bozor gullab-yashnar ekan, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanmaydi, fuqarolar o‘z salomatliklari va farovonliklarini xatarga qo‘yadilar.

Читать полностью…

Allaev Uz

Surxondaryoda XDPning ommaviy tadbiri bo‘lib o‘tdi

11-oktabr kuni Termiz shahridagi san’at saroyi maydonida Xalq demokratik partiyasi tomonidan ommaviy tadbir o‘tkazilibdi. 1000 nafarga yaqin saylovchilar ishtirok etgan bu tadbirda partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov va bir guruh faollar saylovoldi dasturidagi g‘oya va tashabbuslar haqida ma’lumot berishibdi.

Ma’lum bo‘lishicha, partiyaning asosiy maqsadlari orasidan har bir insonga mos sharoit yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish kabi vazifalar ko‘rsatilgan. Shuningdek, saylovoldi dasturidagi 150 dan ortiq yangi g‘oya va tashabbuslar eslangan. Shunday g‘oyalardan biri bo‘lgan ijtimoiy kodeksni qabul qilish tashabbusi qiziqtirarli. Bu qonun ijtimoiy sohaga doir qonunchilikni bir joyga jamlashi aytilmoqda.

Tadbir davomida saylovchilar uchun eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish haqida ham ma’lumotlar taqdim etilgan.

Shuningdek, saylov tizimidagi yangiliklar va partiya faoliyati haqida savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari ham berishibdi.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…
Подписаться на канал