TBC кредит билан имкониятлар эшигини очинг
Молиявий тўсиқлар туфайли режаларингиз тўхтаб қолдими? TBC кредити - бу сизнинг ечимингиз бўла олади.
Кутилмаганда да янги ғоя пайдо бўлдими? Банк бунга тайёр! Дам олиш куни бизнес имконияти чиқиб қолдими? Муаммо эмас!
100 миллион сўмгача - ҳафтасига 7 кун давомида. TBC иловаси орқали бир неча дақиқада молиявий эркинликка эришинг. Зеро, ҳаётдаги энг яхши имкониятлар кутиб турмайди.
Oʻzbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (ЕАЭС) qoʻshilmaydigan boʻlibdi. Bu haqida Akmal Saidov maʼlum qilibdi. Bu man oxirgi oyda eshitgan eng yaxshi yangilik.
@allaevuzb
Миллий ўйинларимиз асосида медиалойиҳа амалга оширилар экан.
Тадқиқот улоқ-кўпкари, кураш, дандарак, чархпалак, жамбил ва бошқа миллий ўйинларни халқ турмуш тарзи, кундалик ҳаёти ва миллий асосларига боғлаб ўрганиш ва тақдим этиш имконини беради.
Этнографик экспедициялар жараёнида юқори сифатли фото ва видеоматериаллар базаси яратилади.
Бу лойиҳа 18-26 октябрь кунлари Тошкентда ўтказилаётган халқаро маданий мерос ҳафталиги доирасида тақдим этилaди. Интерактив лойиҳа 2025-2027 йилларда амалиётга татбиқ этилиши кутилмоқда.
Маълумот учун, Тошкентда Ўзбекистон халқаро маданий мерос ҳафталиги бўлиб ўтмоқда. Ҳафталик доирасида 20 дан ортиқ давлатдан ташриф буюрган турли нуфузли ташкилотларнинг 100 дан ортиқ олимлари маърузалари тингланади. Тадбир давомида Ўзбекистон маданий меросига оид муҳим тадқиқотларнинг натижаси эълон қилиниши кутилмоқда.
Батафсил маълумот👉 Ислом маркази | Маданий мерос
Vaqt oz qoldi: ertaga yana tele-debat bo’ladi
Muhim siyosiy jarayon — parlament sayloviga bir haftayu bir kun qoldi. Ertaga esa soat 18:00 da siyosiy partiyalar vakillari va saylovchilarning navbatdagi uchrashuvi efirga beriladi.
Uchrashuvni O'zbekiston 24, O'zbekiston, Yoshlar, Mahalla, Toshkent, Madaniyat va ma'rifat telekanallarida — o'zbek tilida, Dunyo bo'ylab telekanalida — rus tilida, Foreign language telekanalida — ingliz tilida, Qaraqalpaqstan telekanalida — qoraqalpoq tilida tomosha qilishingiz mumkin.
Saylovda kimga ovoz berish yoki bermaslik kerakligini anglash uchun ham koʻrib qoʻygan yaxshi.
Aytgancha, debatlar saylovlarning yakuniy natijalariga ta’sir etuvchi muhim siyosiy usul. Shunday ekan, bundan barcha unumli foydalana olishi kerak.
#sаylоv24
@allaevuzb
Kitob o'qib turib ajoyib bir jumlaga duch keldim: Nimby sindromi
NIMBY (not in my back yard) "mening hovlimda emas" iborasining qisqartmasi bo‘lib, u mahalliy aholining o‘z hududida taklif etilayotgan qurilish, ko‘chmas mulk va infratuzilma loyihalariga qarshiligini, shuningdek, yerdan foydalanishning qat’iy qoidalarini qo‘llab-quvvatlashini ifodalarkan. Demak, aholi o'zi yashaydigan hududda yangi qurilishlarga, zavod bo'ladimi yoki uy-joy bo'ladimi qarshilik qiladi. Bunday aholi faqat loyiha ularga yaqin bo‘lgani uchun qarshilik ko‘rsatadi va agar u uzoqroqda joylashgan bo‘lsa, unga rozi bo‘lishlari yoki qo‘llab-quvvatlashlari mumkin. Hatto loyiha hudud uchun foydali bo'lsada, aholi bunga imkon bermaydi. Bu aholiga nisbatan "nimbilar" atamasi qo‘llaniladi va ularning nuqtai nazari "nimbizm" deb nomlanadi. Shundan kelib chiqib "Nimby sindromi" iborasi biror joyda yangi qurilish qilganda, aholisi qo'ymaydi yoki qarshilik ko'rsatadi deb salbiy ma'noda ishlatilar ekan.
Qaror beruvchilar ko'pincha katta loyiha va investitsiyalarni aholisi "Nimby sindromi"ga chalingan deb ko'rilgan hududlarda qilmaslikka harakat qilishar ekan.
@allaevuzb
O‘zbekiston davlat byudjeti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli ulkan mablag‘larni yo‘qotishda davom etmoqda.
2024-yil 1-oktyabr holatiga noqonuniy tamaki mahsuloti savdosi tufayli davlat byudjeti 390,6 mlrd so‘m soliq tushumlarini boy berdi.
Buning barobarida, hududlar bo‘yicha tamaki mahsulotlari yashirin bozorining ulushi kattaligicha qolmoqda:
— Farg‘ona vodiysida — 21,8%
— Namanganda — 41,6%
— Jizzaxda — 21,8%
— Qarshida — 11%
— Navoiy viloyati tumanlari bo‘yicha — 11,8%
— Olmaliqda — 19,9%
Bunda biz barcha hududlarda tamaki mahsulotining katta miqdorda musodara qilinishi to‘g‘risida muntazam xabarlarni kuzatib boramiz. Sigaretlar turar joylar yerto‘lalarida, savdo nuqtalarida va chegarada aniqlanadi. Bir tomondan, bu faol ish olib borilayotganini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan esa, muammo tizimli tusga egaligini va muntazam tekshiruv reydlarga qaraganda jiddiyroq yechimlarni talab qilish lozimligiga ishora qiladi.
Bunda kontrabanda uchun kanallar mavjudligi fakti ustida ishlash kerak. Chunki bu kanallar orqali tamaki mahsulotlaridan tashqari mamlakatga taqiqlangan moddalar ham, kontrafakt dorilar ham kirib keladi.
Yaqinginda Toshkentda ikki fuqaro ushlandi – ular 43,7 ming dollarga teng 4 ming qadoq qalbaki dorini sotmoqchi bo‘lishgan.
Ishlarning bunday holda ekani e'tiborsiz qolmasligi lozim. Zero yashirin bozor gullab-yashnar ekan, mamlakat iqtisodiyoti rivojlanmaydi, fuqarolar o‘z salomatliklari va farovonliklarini xatarga qo‘yadilar.
Surxondaryoda XDPning ommaviy tadbiri bo‘lib o‘tdi
11-oktabr kuni Termiz shahridagi san’at saroyi maydonida Xalq demokratik partiyasi tomonidan ommaviy tadbir o‘tkazilibdi. 1000 nafarga yaqin saylovchilar ishtirok etgan bu tadbirda partiya Markaziy Kengashi raisi Ulug‘bek Inoyatov va bir guruh faollar saylovoldi dasturidagi g‘oya va tashabbuslar haqida ma’lumot berishibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, partiyaning asosiy maqsadlari orasidan har bir insonga mos sharoit yaratish, ijtimoiy tafovutlarni kamaytirish va kambag‘allikni qisqartirish kabi vazifalar ko‘rsatilgan. Shuningdek, saylovoldi dasturidagi 150 dan ortiq yangi g‘oya va tashabbuslar eslangan. Shunday g‘oyalardan biri bo‘lgan ijtimoiy kodeksni qabul qilish tashabbusi qiziqtirarli. Bu qonun ijtimoiy sohaga doir qonunchilikni bir joyga jamlashi aytilmoqda.
Tadbir davomida saylovchilar uchun eng kam iste’mol xarajatlarini belgilash tartibi va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish haqida ham ma’lumotlar taqdim etilgan.
Shuningdek, saylov tizimidagi yangiliklar va partiya faoliyati haqida savol-javob sessiyasi o‘tkazilib, ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari ham berishibdi.
#sаylоv24
@allaevuzb
Agar xavfsizlik qismi raqamlarga asoslangan bo'lsa ham, buni tartib bilan aholiga qulay qilib amalga oshirsa bo'ladi.
Avvalo, raqamlarni aniq chiqarish kerak, yuz ming mashinaga sodir bo'ladigan avariya soni yuz ming moped yoki skuterga sodir bo'ladigan avariya sonidan kammi? Raqamlar shuni ko'rsatsa, demakki tartibga solish zarur. Lekin, aholining eng kambag'al qatlami moped va skuterlar sabab kun ko'rishini hisobga olib, ularga moliyaviy qiyinchilik tug'dirmasdan buni amalga oshirish kerak.
Raqam olishdan maqsad qoida buzilgan holatda qoidabuzarni identifikatsiya qilishdir. Shu sabab moped va skuterlar uchun raqam olishni elektron qilib, minimal summa bilan joriy qilsa bo'ladi. Bunda raqam olish muhlati bir kundan oshmasa, summa ham 200 000dan oshmasa, katta to'siq yaratmaydi.
Haydovchilik guvohnomasi bo'lsa ancha qiyin jarayon. Shu uchun qaror bilan bemalol raqam identifikatsiyasi orqali qoida buzgan fuqaroga haydovchilik guvohnomasiz ham jarima yozish imkonini yaratsa bo'ladi. Shunda moped yoki skuter raqami bilan qoida buzgan shaxs aniqlanadi va unga xabarnoma jo'natiladi.
Minimal byurokratiya, hammasi oson va arzon, muhimi xavfsizlik uchun ma'lum bir tartib yo'lga qo'yiladi. Va bu o'n minglab insonning hayotini qattiq qiyinlashtirmasdan, bir sohada narxlar keskin oshishiga sabab bo'lmasdan bo'ladi.
Har holda vaziyatni man shunday ko'raman.
@allaevuzb
Uzum Market va BMTTD (UNDP) 200 dan ortiq ayolga tadbirkorlik asoslarini o‘rgatdilar
Milliy ekotizim va BMTTD qo‘shma ta’lim loyihasi doirasida O‘zbekistonda Uzum Market’da o‘z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan yoki rivojlantirayotgan ayollar uchun bir qator master-klasslar o‘tkazildi. Loyihada 2 oy davomida Toshkent shahrida 200 dan ortiq xotin-qizlarni o‘qishdi, tez orada esa mamlakatning barcha hududlarida master-klass darslari o‘tkaziladi.
Treninglar rus va oʻzbek tillarida onlayn va oflayn tarzda o‘tkaziladi
Batafsil
Reklama
Шайбонийхон қайта тиклаган хонлик
Ўзбекистон тарихида кўпинча улкан империялар ва узоқ муддат ҳукм сурган давлатлар ҳақида гапирамиз. Уларнинг меросини, умуман олганда ўша даврдаги маълумотларни чуқур ўрганамиз. Аммо «Ўзбек хонлиги» деб аталган давлатни эса жуда кам эсга оламиз. Абулхайрхон томонидан ташкил қилинган бу давлат атиги 40 йил яшаган. Турли сабабларга кўра бўлиниб кетган давлатни кейинчалик Абулхайрхоннинг авлоди Муҳаммад Шайбонийхон қайта тиклаган. Бундай очилмаган сирларга бой «Ўзбек хонлиги» ҳақида «Худди шундай» жамоаси ишлаган видеони кўришни маслаҳат бераман. Қисқа, аммо қизиқ фактлар видео давомида келтирилган.
Линк: https://youtu.be/6xqQiuUqEto?si=ddEUAmQn3o9XCiAi
Xan Gan adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini qo'lga kiritdi. U ushbu mukofotni qo'lga kiritgan birinchi Janubiy Koreyalik yozuvchi bo'ldi.
Xan Gan, Janubiy Koreyaning mashhur yozuvchisi, adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgani nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki Janubiy Koreya madaniyati va adabiyotining global darajadagi rivoji va tan olinishini anglatadi.
Va bu Janubiy Koreyaning madaniyat sohasida rivojining mantiqli davomidir. Bundan oldin "Parazitlar" filmi Oskar mukofotini qo'lgan kiritgan, PSY bo'lsa musiqasi bilan bir necha yo'nalishda rekordlar qo'ygan edi.
Nobel, Oskar kabi yutuqlar va umuman madaniy mahsulotlar eksporti koriyes madaniyatini dunyoning har bir burchagiga tarqatmoqda. O'n yillar davomida berilgan siyosiy va ijodiy erkinlik, uning ortidan kelgan iqtisodiy farovonlik koriyeslarning dunyoga ta'sirini oshirmoqda.
@allaevuzb
#МенБилганЯпония
Япон иш маданияти ҳақида
Ўтган куни твиттер фойдаланувчиларидан бири япон ҳамкасбининг гапларидан ёзганларини ўқиб қолдим. Твиттерда ҳам қисқача муносабат билдирдим, аммо у ерда кўп нарса ёзиб бўлмайди, шу сабаб бу ерда ҳам икки оғиз ёзсам.
Твитда санаб чиқилган нарсалар "японлар қаттиқ ишлашади, ҳамманинг ҳаёт мазмуни ишлашда, ҳаётини ширкати ё ташкилотига бағишлашда" деган стереотипларга тўғри келади. Ростан ҳам, японларда иш маданияти аёвсиз, Японияда бундан нолиганлар ҳам кўп, четдан туриб ҳайрон қоладиган ё куладиганлар ҳам. Аммо бундай муҳокамаларда, одатдагидек, чуқурроқ сабаблар четда қолиб, юзаки гаплар олдинга чиқади.
Япон иш маданиятига чуқурроқ қаралса, баъзи ўта меҳнаткашлик бўлиб кўринадиган нарсалар ортида бошқа сабабларни кўриш мумкин:
Биринчидан, япон жамиятида ижтимоий босим (social pressure) ниҳоятда кучли. Конформизм—атроф билан ҳисоблашиб яшаш, жамият ва гуруҳни биринчи ўринга қўйиш одат ҳисобланади. Бу одат вақт ўтиши билан юмшагандек, аммо баъзи таъсирлари ҳали ҳамон кучли.
Ижтимоий босимни жамият ва гуруҳ талабига кўра ўз ҳаёти ва манфаатларини ўзгартириш, деб таърифласа бўлар. Бундай босим бизга таниш, чунки бизда ҳам "одамлар нима дейди" одати кучли. Аммо Японияда бу одат биздагидан бир неча даража баландроқ—баъзан одамларни бахтсиз қила оладиган даражада. Буларнинг баъзи аянчли оқибатларини #МенБилганЯпония туркумининг олдинги икки ёзувимда (биринчи ёзув, иккинчи ёзув) келтиргандим.
Бунга бир мисол ишдан ҳайдалганини қўни-қўшни билиб қолмаслиги учун, орадан ойлар ўтсада эрталаб кийиниб, портфелини қўлтиқлаб "ишга" кетадиган эркаклар. Бундай эркаклар кунини қаҳвахоналар, ё туну кун ишлайдиган "манга" кафеларда ўтказиб, иш куни тугагач, яна уйга қайтиб келишади.
Яна бир мисол—япон ширкатларида мижозлар билан ишлашда уларни майхонаю ошхоналарга олиб бориб, меҳмон қилиш анъанадир. Бундай ўтиришларга мижозлар билан ишлайдиган ходимлар бориши, меҳмонга олинг-олинг қилиб, теппа-тенг ичиши керак. Энди умуман ичмайдиган, ёки ичишни ёқтирмайдиган, ёки уйида ёш боласи бор ходимнинг аҳволини тасаввур қилинг. Албатта, тушунадиган раҳбарлар йўқ эмас, аммо кўпинча бундай ходимлар кечгача майхонада қолишга мажбур.
Иккинчидан, конформизм сабаб бизга "қаттиқ иш" бўлиб кўринадиган кўп жараёнлар номига, кўргазма учун қилинади. Яъни, офисда, иш столи устида ўтказиладиган вақтнинг катта қисми ана шундай кераксиз, маъносиз машғулотларга кетиб қолади. Офис ишчиларини кузатиб, бунга ўзим амин бўлганман.
Япония ҳақида "самарадорлик паст" дейиш ғалати, аммо кўп офис ишчилари кунини бекорга сарфлайди. Албатта, саноати ё ширкатига кўра шароит ҳар хил. Шунга қарамай, бу гапим рост. Муболаға бўлмасин, аммо назаримда ўртача япон офис ишчиси бир кунда қиладиган ишни америкалик ё немис икки соатда тугатади.
Чунки немис ё америкалик ҳар бир телефон қўнғироғини 10 дақиқалик "ассалому алайкум, вақтингизни олганим учун узр, фалон компаниянинг фалон бўлимининг фалончисиман..." деб ўтирмайди. Аввало телефон қилиб ҳам ўтирмас. Японлар эса арзимас майда нарса (масалан, учрашувда қайси сув шишаларини ишлатиш) учун ярим кунини сарфлашганига ўзим гувоҳ бўлганман.
Бошқа сабаблар ҳам бор, буларнинг ҳаммасини ёзиб ўтирсам, ёзув жуда узун бўлиб кетади. Бундай жараёну одатлар ниҳоятда мураккаб бўлиб, чуқурроқ назар талаб қилади. Тарихий ва ижтимоий сабабларини ўйлаб кўрилса, яхшироқ тушуниш мумкин.
#МенБилганЯпония туркуми ёзувларини жума кунлари чоп қиламан.
@profsherzod
"Asaxiy Books" jamoasi uchun xushxabar, Daren Ajemo'g'li va Jeyms A. Robinson institutlar qanday qilib mamlakatda farovonlikni yaratishi boʻyicha tadqiqotlari uchun iqtisod boʻyicha Nobel mukofotini qoʻlga kiritishdi.
Ularga Simon Jonson hamroh boʻldi.
Biz Behzod aka Hoshimov bilan hamkorlikda 2021-yilda mualliflarning "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari" kitobini o'zbek tilida chop etgan edik.
2023-yil 17-mart kuni Jeyms Robinson Toshkentga kelgan va kitob taqdimoti bo'lib o'tgan edi.
@allaevuzb
Ilk suxbat va ilk mehmon⚡️
Ertaga, soat 20:00da, aynan shu yerda Firuz Allayev bilan jonli tarzda suhbat bo'lib o'tadi
Reja qilingan mavzular asosan online bozor va marketpleyslar, Asaxiyning tutgan o'rni va marketing strategiyalari haqida.
Undan tashqari, Firuz akaning bilim va maslahatlaridan foydalanishga harakat qilamiz
Suhbat oxirida jonli tarzda savol berish imkoniyati bo'ladi. Savollaringizni tayyorlang va bu suhbatni o'tkazib yubormaslik uchun bildirishnomani yoqib qo'ying, biz xabar berib turamiz
@GuzarPod - kreativ soha vakillari uchun minbar!
Китоб ўқиш жисмонан кучли қилмаслиги мумкин, лекин фикрлашингиз ва кайфиятингизга катта таъсир ўтказади.
Читать полностью…ЎзЛиДеП маоши кам фуқароларни даромад солиғидан озод этишни таклиф қиляпти
Партиянинг даромад солиғидан озод қилиш тўғрисидаги таклифи жуда яхши. Лекин бу таклиф кимлар учун амал қилади?
Даромади нисбатан кам бўлган аҳоли тоифаларини манзилли қўллаб-қувватлаш, хусусан, маоши оз кишиларнинг даромад солиғидан озод этилиши ижтимоий ҳаётда долзарб ўрин тутади. Бу дегани фуқаролар ойликларининг 3 миллион 465 минг сўмгача бўлган қисмига даромад солиғи қўлланилмайди. Бунинг натижасида мажбурий ушланмалар камайиб, ҳар ойда қўшимча 400 минг сўмдан зиёдроқ маблағга эга бўлади.
Бу таклиф кўпчиликка ёқиб тушса керак. Агар бу фикрлар таклифлигича қолиб кетмаса.
#saylov24
@allaevuzb
Китобда бир ажойиб жумлани ўқиб қолдим: Ҳеч ким тасодифан космонавт бўлиб қолмайди.
Мантиқан қараса жуда кучли айтилган ибора. Космонавт бўлиб космосга чиқиш учун инсон болаликдан умрини бағишлаши керак. У мақсаддан чалғимай тўғри борган тақдирда ҳам, аксар ҳолларда 35-40 ёшдан олдин космосга чиқолмайди. У қачон руҳан, жисмонан, ақлан тайёр бўлсагина, космосга чиқади.
Ҳаётда ҳам худди шунақа, аниқ мақсад қўйиб, у томон ҳаракат қилинмаса, ҳаракатлар зое кетиш эҳтимоли кўпроқ.
Қаерга кетаётганингизни билмасангиз, борадиган манзилингизни ёқтирмаслигингиз эҳтимоли катта. Бу гап “Латте омили” китобидан олинган.
Мақсадсиз яшашдан ўзи асрасин.
Жума муборак, дўстлар!
#motivatsiya
@allaevuzb
Xitoyda barcha erkin va norozilik bildiruvchi fikrlar, qanchalik yuqoriga parvoz qilmasin, bir kun kelib albatta yerga qulab tushadi, chunki voqelikning tortish kuchi haddan tashqari kuchli.
© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan
#mutolaa
@allaevuzb
Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" kitobida Maskning bolalikda kitoblarga qanday sho'ng'igani haqida lavha bor ekan:
Kitob o'qish Mask uchun muhim psixologik chekinishi bo'lib kelgan. U bolaligida ba'zan butun tushdan keyin va tunning ko'p qismida, bir vaqtning o'zida to'qqiz soatgacha kitoblarga sho'ng'irdi. Oila birovning uyiga kechki ovqatga borganda, ular mezbonning kutubxonasiga g'oyib bo'lishardi. Ular shaharga borganlarida, u adashib ketadi va biz uni kitob do'konida, polda, o'z dunyosida o'tirgan holda topamiz. Shuningdek, u komikslarga juda qiziqadi. Superqahramonlarning ishtiyoqi va qaysarligi uni hayratda soladi. "Ular doimo ichki kiyimlarini ko'rsatib yoki metall kostyumlar kiyib olib, dunyoni qutqarishga harakat qilmoqdalar, bu haqida o'ylaganingizda juda g'alati", deb kuladi u. Ammo ular haqiqatan ham dunyoni qutqarishga harakat qilmoqdalar.
U otasining ikkita ensiklopediyasini o'qib chiqadi va uni sevadigan onasi va singlisi uchun u "kichkina daho" ga aylanadi. Boshqa bolalar uchun esa, aksincha, u "katta bosh" sifatida ko'proq esga qolgan. "Oyga qarang, u bir yarim million kilometr uzoqlikda bo'lishi kerak", deb xitob qildi uning amakivachchalaridan biri bir kuni. Ilonning javobi: “Yo'q, bu 385 ming kilometr, bu orbitaga bog'liq". Bir kuni Ilon Errolning ofisidan kitob topib oladi, unda kelajakda paydo bo'ladigan buyuk ixtirolar tasvirlangan. “Men maktabdan uyga kelib, otamning ishxonasi yonidagi xonaga qamalib, uni qayta-qayta o‘qib chiqardim. Ushbu loyihalar orasida ion dvigateli bilan ishlaydigan raketa ham bor, uning parvozi gaz emas, balki zarralar oqimi bilan ta'minlanadi". Bir kuni kechqurun, Janubiy Texasdagi ishga tushirish bazasidagi boshqaruv xonasida u men bilan kitob haqida, jumladan, vakuumda ion dvigateli qanday ishlashi haqida uzoq suhbatlashdi. “Mana shu kitob meni birinchi marta boshqa sayyoralarga borish haqida o‘ylashga majbur qilgan. »
@allaevuzb
“Ниҳоят, қуйида Жек Манинг тадбиркорлар учун энг яхши 10 та қоидасини келтираман.
1.Маррани катта олинг.
2.Ёдда тутинг: катта муаммо ортида катта имконият туради.
3.Бугунги меҳнат – эртанги роҳат.
4. Мижозга қарасангиз, қолгани келаверади.
5. Рақиблардан ўрганинг, лекин нусха олманг.
6. Энг яхши бўлиш биринчи бўлишдан муҳимроқ.
7. Инқирозда имконият изланг.
8. Рақиблар кучини ўзларига қарши ишлатинг.
9. Хатоларни ўйлаб юрманг.
10. Жамоа раҳбар учун эмас, мақсад учун ишлаши керак.”
© Бретт Кингнинг “Банк 4.0” китобидан
@allaevuzb
Нодир Нишоновнинг SUSAMBIL YouTube каналида нақ учта оламшумул лойиҳа ҳақида видеолар чиқибди. Масалан, шу ҳафта чиққан видеода муаллиф “Калмар Ўйини” сериалининг иккинчи мавсумига доир бўлган тафсилотларга тўхталган. Шунингдек, каналда суратга олиниши 10 йилга чўзилган бўлажак “Минеcрафт” фильми ҳақида ҳам видео чиққан. Мазкур видеода лойиҳанинг трейлери таҳлил қилинибгина қолмай, Minecraft оламига батафсил назар ташланган. Нима учун Minecraft мухлисларига трейлер унча ёқмади, фанатлар тайёрлаган трейлер нима учун оригинал трейлердан қизиқроқ чиқди ва ўзи умуман фильм трейлеридан таассуротлар қандай? Айнан мана шу саволларга ушбу видео орқали жавоб излаб кўрамиз. Бундан ташқари, SUSAMBIL каналида бошқа фильм ва сериалларнинг батафсил таҳлилларини топишингиз мумкин.
👉 https://youtu.be/hE3wvp8vnh0
👉 https://youtu.be/3zweFx32gvQ
👉 https://youtu.be/GYwDbhbOFJ4
Moped va skuterlarga raqam olish va haydovchilik guvohnomasi majburiy boʻlibdi. Yaqin 4 oyda bularni olish shart boʻladi. Sabab qilib xavfsizlik koʻrsatilmoqda. Lekin, biror joyda aynan moped va skuterlar sabab boʻladigan avariyalar soni aytilmagan. Aynan ular sabab avariya raqam va guvohnoma bor mashinalardan koʻpligi haqida ham raqamlar yoʻq. Umid qilaman, qaror bu raqamlarni solishtirib qilingan.
Haqiqatdan foydali ham boʻlishi mumkin. Shu sabab avariyalar kamaysa ham yaxshi.
Lekin, masalaning iqtisodiy tomonini ham hisobga olish kerak. Bugun 10000lab fuqarolar yetkazib berish xizmati va boshqa sohalarda aynan skuter va mopedlarda ishlashadi. Qishloq joyida ham ular eski eshak va arava oʻrnini olib qoʻygan. Skuter va mopedlar orqali aholining eng kam taminlangan qatlami daromad koʻradi. Ularning aksarida raqam va haydovchilik guvohnomasi olish uchun pul ham yoʻq. Katta ehtimol bilan ular ishsiz qolishadi. Bu katta shaharlarda yetkazib berish xizmati narxi oshishiga va vaqti sekinlashishiga sabab boʻladi. Bir tomondan jarimalar orqali byudjet yutsa, boshqa tomondan iqtisodiyot qiymat va ish oʻrinlari yoʻqotishi mumkin. Umid qilaman, shu kabi hamma detallar hisobga olingan.
PS: Manfaatingni oʻylab yozding demadliklari uchun, Asaxiyda yetkazib berish xizmati toʻliq Labolarda ishlaydi. Bizda moped va skuterlar yoʻq.
@allaevuzb
Ҳозир телефон компаниясидан қўнғироқ бўлди. Оператор анжанлик экан. Ўз шевасида энди шунақа мулойим, хушмуомала қилиб, гапларни айлантириб, перевалда нон сотгандай қилиб гапирдики, бўлди розиман, любой тарифга улаб тайлайверинг дедим. Ҳаққаттан савдонинг дарсини олган одамларей.
Читать полностью…Халқ демократик партияси ўз номзодларини таништирмоқда.
ХДП ўз номзодларини танитиш мақсадида видеоролик тақдим этди. Партия номзодларининг кўпи сизга таниш бўлса ҳам мумкин.
Халқ демократик партияси мамлакатнинг тобора юксалаётган иқтисодий салоҳияти аҳолининг кам таъминланган қатламлари турмуш даражаси ва ҳаёт сифатини оширишни мақсад қилганини атмокда.
Бундан ташқари, Ўзбекистонда ижтимоий адолат ва тенглик, ижтимоий бирдамлик, ижтимоий демократия мезонларига мос келадиган ижтимоий демократик давлат барпо этишни ўз сайловолди дастурига киритган.
Сайловларда фаол иштирок этишни унутманг!
#saylov24
@allaevuzb
Муаллифлик ҳуқуқи ҳақида жуда оддий тушунтириш.
Бирор-бир ижод маҳсулини яратмаган ва унинг муаллифи бўлмаган аксарият одамлар муаллифлик ҳуқуқи нималигини у қадар тушунмайди.
Сиз яратган ижод маҳсулини ўғрилаб, бутун бир оммага ўзиники қилиб кўрсатишганида айниқса, ғурурингиз ва нафсониятингиз қаттиқ топталади. Руҳан қаттиқ азобланасиз ўшанда. Айнан мана шунда муаллиф сифатида ҳуқуқингиз ер билан битта қилинганини тушуниб етасиз.
Ижод маҳсули инсон учун худдики унинг фарзандидек, ёки ўзи барпо қилган биттаю-битта уйидек. Тасаввур қилинг, фарзандингизни бошқа бир одам бу менинг болам деб ўзи билан етаклаб олиб кетиб қолди. Ёки, йиллар давомида қуриб кўчиб кирган уйингизга бегона одам келиб ўрнашиб олдида, энди бу менинг уйим, бу ерда мен яшайман деяпти.
Қандай ҳолатга тушасиз шунақа вазиятларда? Ғурурингиз ва нафсониятингиз топталиб, руҳан азобланасизми? Ўзингизни қаерга қўйишни билмай қоласизми?
Муаллифнинг ижод маҳсули ўғриланганда ҳам ҳудди шундай оғир вазиятга тушиб қолади у. Бу нарсани айни шу вазиятни ич-ичидан ҳис қилиб кўрган одамларгина тушуниши мумкин.
Шунинг учун ҳам, қонунларимизда муаллифларнинг ҳуқуқ ва манфаатлари жуда қаттиқ ҳимоя қилинади.
👉@yuristkadr
Jamiyatga ko'proq huquqshunoslar kerak, biznesga ham, fuqarolarga ham, hatto davlatga ham.
Yurisprudensiya yo'nalishi haqida Profi University asoschisi Bektosh Xatamov yozgan postlarni birma-bir o'qib chiqdim. (1, 2,)
Ming afsuski, xususiy sektorga "Yurisprudensiya" yo'nalishini berishdan hanuzgacha cho'chiydiganlar ko‘pligini ko‘rmoqdamiz. Xususiy oliygohlarga yurisprudensiya yo'nalishi bo'yicha litsenziya bermaslik haqida topshiriq berilgani haqida mish-mish yuribdi.
Chunki, Profi Universityda yurisprudensiya yo'nalishini ochish uchun barcha sharoitlar bor, tadbirkorning o'zi sohani rivojlantiraman deb turibdi. Bo'lib ham, Bektosh Xatamovning o'zi nafaqat tadbirkor, balki advokat va ta'lim sohasi vakili. Ayrimlar esa, tadbirkorga yordam berish o'rniga, unga qarshi chiqmoqda.
Shuni unutmaslik kerakki, yuristlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyatda qonunlarga itoatkorlik darajasi ham shunchalik oshadi, jinoyatlar soni esa keskin kamayadi. Har tomonlama qonun ustuvorligi ta'minlanadi.
Qonunlarni hurmat qiladigan fuqarolar sonining ortishi esa davlatning barqaror rivojlanishiga olib keladi. Masalan, bir oilada bitta yurist paydo bo‘lsa, mana shu oilada jinoyat sodir bo‘lish ehtimoli deyarli nolga tenglashadi. Shunday oilalar soni ortgani sayin esa jamiyat ham taraqqiy etaveradi.
Buni esa aynan xususiy sektorda yurisprudensiya yo‘nalishining rivojlanishiga qarshi chiqayotganlar o‘ylab ko‘rishlari kerak. Chunki ularning o‘zlari ham, farzandlari ham huquqiy madaniyati yuqori, rivojlangan jamiyatda yashashni istaydilar.
Qonun ustuvorligi har bir fuqaroning manfaatiga xizmat qiladi. Shu sabab, huquqshunos kadrlarni tayyorlashda to‘siqlarni olib tashlash – davlatning rivojlanishiga xizmat qiluvchi eng to‘g‘ri yo‘l.
Tan olib aytishimiz kerakki, xususiy OTMlarda yaratib qo'yilgan sharoit, salohiyatli professor-o'qituvchilar tarkibi, ta'lim sifati ba'zi davlat oliygohlaridan ham ancha yaxshi. Shuning uchun biz xususiy sektorga ishonishimiz kerak.
Xususiy sektorga ta’lim sohasida to‘siqlar qo‘yilmasligi uchun bu muammoni ochiqchasiga muhokama qilishimiz zarur. Shundagina yurisprudensiya yo‘nalishida ham o‘sish va rivojlanish uchun haqiqiy imkoniyatlar yaratiladi.
@allaevuzb
“E-Saylov” axborot tizimining yana bir afzalligi haqida
Saylov jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan “E-Saylov” axborot tizimiga 875 nafar Qonunchilik palatasi deputatlarining tarjimai holi va dasturi ochiq tarzda joylashtirildi.
Bu nimani anglatadi? Tasavvur qiling, ilgari barcha deputatlikka nomzodlar bilan tanishish uchun butun respublika bo‘ylab qariyb o‘n bir mingga yaqin saylov uchastkalariga borishga to‘g‘ri kelardi. Bundan boshqa imkon ham yo‘q edi.
“E-Saylov” axborot tizimi orqali endi bunga hojat qolmadi. Istalgan yerda va istalgan vaqtda nomzodlar haqida ma’lumotlarni olishingiz mumkin bo‘ldi.
#saylov24
@allaevuzb
Jismoniy mashg'ulotlar
Ushbu video jismoniy tarbiya va iroda kuchi o'rtasidagi muhim aloqani ko'rsatadi. Jismoniy mashqlar nafaqat tanamizni, balki ruhiyatimizni ham mustahkamlashga yordam beradi. Biz iroda kuchini rivojlantirishda jismoniy faoliyatning qanday rol o'ynashini o'rganamiz. Turli mashqlar orqali maqsadga erishish, qiyinchiliklarga dosh berish va o'z-o'zini motivatsiya qilish bo'yicha foydali tavsiyalar beramiz. Video davomida jismoniy tarbiya jarayonida iroda kuchini kuchaytirish va hayot sifatini yaxshilash uchun strategiyalarni taklif etamiz.
To'liq videoga havola🔗
https://youtu.be/Jd15S4R6n4w?si=amSDw933UXtEViPT
Biznes egasi biznesdan qancha pul olsa bo'ladi?
Ko'p bizneslarda kassada pul bor ekan deb biznes egalari pul olaverishini ko'ramiz. Natijada, kassada pul yetishmovchiligi kelib chiqib, biznes og'ir ahvolga tushib qolishi mumkin. Boshqa holatda, biznes rivojiga kerak deb yillab biznes egasi pul olmaydi va endi olaman deganda o'sha pul ham yo'q bo'lib chiqadi.
Demak, biznes egasi qachon biznesdan pul yoki divident olishi kerak va qancha olsa to'g'ri bo'ladi?
Buni tushunib olish uchun keling uch narsaga qaraymiz:
1. Daromad - bu biznes ishlab topgan hamma pul
2. Undan operatsion xarajatlar chiqadi. Kechagi maqolada operatsion xarajatlarni uchga bo'lib ko'rsatdik: Ishlab chiqarish xarajatlari, ma'muriy xarajatlar, tijorat xarajatlari.
Mana shundan keyin biznesning foydasi aniq bo'ladi. Lekin, bu hali sof foyda emas. Bu foydani moliyachilar tilida EBITDA deydi. (earnings before interest, taxes, depreciation, and amortization)
EBITDAdan uch xil to'lovlarni chiqarasiz:
1. Soliq
2. Kredit yoki qarzlar
3. Amortizatsiya
Faqatgina bularni foydadan ayirganda biznesning 100 foiz sof foydasi shakllanadi. Mana shu foydani 100 foiz biznes egasi o'ziga divident qilib olsa bo'ladimi? Ha, bo'ladi. Olgan qismidan yana 5 foiz divident solig'i to'lanadi.
Lekin, bu eng oqil yo'l emas. Eng oqil yo'l manimcha quyidagicha:
1. Sof foydadan 40 foizini biznesni rivojlantirishga yo'naltiramiz. Bu infrastruktura, yangi bino, yangi dasturiy ta'minot, yangi do'konlar, xodimlarni o'qitish yoki biznesni rivojiga hissa qo'shadigan xohlagan narsa bo'lishi mumkin.
2. 30 foizini alohida mustaqil fondda xavfsizlik uchun yig'ib boramiz. Biznes oson emas, har xil inqirozlar, muammolar bo'lishi mumkin. Og'ir kunda xavfsizlik yostiqchasi bo'lishi biznesning yashovchanligi kafolati bo'lishi mumkin. Ideal holatda biznes sof foydaning 30 foizini yig'ib boradi.
3. Qolgan 30 foizni biznes egasi o'ziga divident qilib chiqarsa bo'ladi.
Muhimi, biznes sof foydasi bo'lmasdan turib biznes egasi o'zi uchun pul yechib olmasligi va biznesni battar zararga kirgizmasligidir.
#biznes
@allaevuzb