Hozir biznes reja tuzib beruvchi xizmatlar juda rivojlanibdi. Kimdir biznes uchun biznes reja qilib berishi manga hech qachon yoqmagan.
Lekin, ba'zan bunga majbur bo'lasiz. Odatda biznes plan ikkita narsa uchun kerak bo'ladi.
1. Qaysidir tashkilot talabiga binoan aniq formatda biznes plan qilish
2. Biznes o'z yo'lini belgilashi, investorlar bilan muzokaralar uchun biznes plan qilish.
Birinchisi biror tashkilotdan nimadirga erishish uchun, masalan kredit olish uchun kerak. Ikkinchisi biznesning o'z kelajagi uchun muhim. Birinchi holatda sizdan o'zingiz uchun to'g'ri yoki zo'r biznes plan emas, aynan talab qilinadiganiga mos biznes plan so'rashadi. O'sha holatda o'sha talabga mos biznes planni qilib beradigan tashkilot bo'lsa, unda vaqtingizni ketkazmasdan buyurtma qilsa bo'ladi. Lekin, o'shanda ham havodan yolg'on narsa yasamasdan, bor biznes plan va stratgeyani o'sha talabga moslagan ma'qul.
Ikkinchi holatda har doim biznes egasi biznes planni o'zi qilishi zaur. Uni ortiqcha pul sarflamasdan o‘zingiz tuzing. Ba’zan eng yaxshi biznes-reja - bu o‘zingiz "shoshilinch ravishda" tuzgan rejangizdir.
Muhimi, biznesingiz barcha jihatlari bilan qanday ishlashi haqida miyangizda to‘liq tasavvur shakllanishi kerak.
Faqat shunday aniq tasvir paydo bo‘lgandan so‘ng harakatlanishni boshlash mumkin - bu siz uchun eng maqbul biznes-reja bo‘ladi. Shunda biznes plan ishonarli, kerak bo'lsa fayzli va aniq chiqadi. Undan tashqari biznes egasi biznes planni tuzish jarayonida biznesini yaxshiroq tushunadi va ko'proq o'ziga savol beradi. Bu kelajakdagi xatolar o'rnini olishi va yangi imkoniyatlar ochishi mumkin.
Shu uchun ham har qanaqa holatda ham biznes plan real strategiya asosida tuzilishi muhim. Undan tashqari shunchaki qog'ozda chiroyli bo'lib qolib ketmasligi uchun, biznes egasi real maqsad yoki reja bilan uni yaratgani ma'qul.
#biznes
@allaevuzb
Китоблар ҳақида гап кетганда, ўзимнинг бир тажрибам эсга келди. Анчадан буён ёзмоқчи бўлиб турувдим, баҳона топилди.
Анча йиллар олдин (лимитсиз интернет кириб келгач) мен ҳам, кўпчилик қатори, YouTube'га ўтириб қолган эдим. Бу видеосервис чексиз контент манбаидир — исталган мавзуда исталган шаклда ва ҳажмда видео топилади.
Нима мавзу бўлса, дарров видео қидириб, йўлларда видео кўриб/эшитиб кетиб, қанча контент истеъмол қилиб юборганимни билмайман. Лекин ўтган йилдан эътиборан YouTube'дан тўйиниш кузатдим ўзимда.
Чексиз подкастларда тайинли гап, чуқур таҳлил кам, қандайдир блогер-у экспертларнинг фикри ё қизиқмас, ё қайта-қайта такрорланавериб зериктириб юборади; сон-саноқсиз эксплейнерлар шунчаки Wikipedia'ни "қизиқ"роқ, "кулгили"роқ қилиб қайта гапириб беради, ҳеч қандай янги билим бермайди; маърузалар орасида оригинали жуда кам. Хуллас, маълум соҳалардагина жуда кам сифатли контент топиш мумкин. Масалан, мутахассислигингиз бўлмаган соҳада бошланғич билим берувчи сифатли контент топиш мумкин (масалан, мусиқа бўйича топганман); кино даражасида сифатли олинадиган оз сонли эксплейнерлар бор (Utopia Show сингари); футбол, кино каби соҳаларда аналитика эшитиш шахсан менга қизиқ (фан соҳасини яхши билганим учун шекилли, мени қониқтирадиган аналитика деярли йўқ).
Хуллас, YouTube'да жуда кўп нарса бор ва ҳеч нарса йўқ. YouTube китобнинг ўрнини боса олмайди. Илмий китобда у каби сервислардан топилмайдиган чуқур таҳлил, илмий ёндашув, янги фактлар ва назариялар бор; бадиий адабиётдаги бадиият ва мессиж у контентда учрамайди; илмий-оммабоп китоблар билан рақобатлашадиган оз сонли канал бор (Veritasium, Топлес).
Шунга охирги икки йилда секин-асталик билан YouTube'га кетадиган вақтни китобга сарфлаяпман. YouTube форматидаги контент ўрнига ҳамиша аудиокитоб эшитиб юраман. Икки йилда саксонта атрофида китоб, юз-икки юз майда матн (ҳикоя, мақола) эшитдим.
Албатта, китобни фақат эшитмайман, ўқийман ҳам — касб тақозоси билан илмий матнларни доим кузатиб, ўрганиб юрсам, бадиий ёки бошқа турдаги матнларга кунига камида ярим соат ёки ҳафта сўнгида бир неча соат ажратишга ҳаракат қиламан.
Маълумот сифати, таҳлил чуқурлиги бўйича ҳали ҳам китобнинг ўрнини босадиган ҳеч нарса йўқ.
@AsanovEldar
Dunyoga mashhur Wolt yetkazib berish xizmati Oʻzbekistonda faoliyatini boshladi. Finlyandiyaning ushbu super startapi dunyo bozorida alohida oʻringa ega.
Wolt - yetkazib berish xizmati bozorida Express 24, Yandex Eats va Uzum tezkor bilan raqobatga kirishadi.
Kompaniyaning jiddiy xalqaro tajribasini hisobga olsak, raqobatni kuzatish juda qiziqarli boʻladi.
Mijoz boʻlsa bundan doim yutadi. Xizmatni test qilib koʻriladigan joyi.
#biznes
@allaevuzb
Электромобилларни зарядлашда одам нурланадими? Зарядлаётганда салонда ўтириш мумкинми? Бу рак касалига олиб келадими?
Қўштирноқ подкастда шу мавзуда Илҳом Ашуров булан суҳбат бўлибди. Электромобили борлар ёки олмочи бўлиб юрганлар учун зўр подкаст.
🔗https://youtu.be/cn6OPp8ZV14
Buxoroda yangi xalqaro aeroport quriladigan bo'libdi.
Yangi aeroport soatiga 1200 kishini yoki 8ta samolyotni qabul qiladi. Hozirgi aeroport soatiga 400 kishini qabul qiladi va hozirda bosim bilan ishlamoqda.
Bir necha marotaba Buxoro aeroportiga uchgan shaxs sifatida aeroportda infrastrukturadan tashqari xodimlarning muomalasi va professionalizmi bilan ham muammo borligini ta'kidlayman. Toshkent yoki Samarqand aeroportidagi servis bilan, Buxoro aeroportidagi servis o'rtasida bir necha yil farq bor edi.
Yangi aeroport loyihasi davlat rahbariga taqdim etilgan. Umid qilaman, yangi aeroport Buxorodek muhim turistik shaharga munosib aeroport bo'ladi.
@allaevuzb
Partiya yetakchilari javoblarini aniq raqamlar va dalillar bilan asosladi
Partiyalar rahbarlari ishtirokida navbatdagi teledebat efirga uzatildi. Yetakchilar debat davomida saylovchilar tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan fikrlarini bildirishda vazminlik va aniq ishonchni koʻrsatib beroldi.
Har bir lider oʻz javoblarini aniq raqamlar va dalillar bilan asoslashga harakat qildi.
Masalan, OʻzLiDeP raisi Aktam Xaitov iqtisodiyot, kambagʻallikni qisqartirish masalalari yuzasidan ilgari surilayotgan partiya tashabbuslarini aniq statistika maʼlumotlari bilan keltirdi. Xususan, u 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 mlrd dollarga yetkazish, kambagʻallikni 2 baravarga kamaytirish kabi takliflarga urgʻu berdi.
Bunday debatlarda nomzodlarning oʻzini koʻrsata olishi saylovchilarning ularga nisbatan ishonchini oshirishga xizmat qilishi mumkun.
#saylov24
@allaevuzb
Qiziqarli keys, vaqtim yoʻq, vaqtim yetmayapti degan odamning instagramda oʻtkazgan vaqtini tekshirdik. Bir kunda 4 soatu 14 daqiqa. Bu vaqtga YouTube, Facebook va telegram kirmagan.
Vaqtim yoʻq degan odam uyqudan tashqari vaqtining 25-30 foizini Instagram yoki ijtimoiy tarmoqqa sarflab qoʻymoqda. Man televizor koʻrmayman deb faxrlanib ham qoʻyadi. Faol vaqtining uch yoki toʻrtdan birini ijtimoiy tarmoqqa sarflash xudo bergan umrni isrof qilishdir.
Ijtimoiy tarmoqdan foydalanmang demayman, lekin mezon boʻlishi kerak. Ishoning, undan muhimroq, siz vaqt sarflashingiz kerak boʻlgan narsalar hayotimizda juda koʻp.
#mulohaza
@allaevuzb
"Milliy tiklanish" partiyasi saylov arafasida Jizzaxda "Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot" mavzusida ommaviy targ‘ibot tadbiri o‘tkazibdi.
Ma’lumki, partiyaning g‘oyalari o‘ng, milliy qadriyatlarga asoslanadi. "Milliy tiklanish" har qanday iqtisodiy, texnologik yoki akademik rivojlanish qadriyatlarga asoslangan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.
Partiyalar o‘z qarashlari bilan bir-biridan tubdan farq qilishi va buni siyosiy maydonda ifoda etishi juda yaxshi.
Plyuralizm sog‘lom raqobatni yuzaga keltirishda muhim.
#saylov24
@allaevuzb
Бизнес учун энг муҳим бўлган нарсалардан бири маълумот йиғишдир. Сотув ҳақида, маҳсулотлар ҳақида, мижозлар ҳақида. Қанча кўп маълумот йиғилса келажакда маълумотлар анализи бизнесни ривожлантириш учун деярли чексиз имкониятларни очади.
Аввало тўғри йиғилган маълумотлар бизнеснинг унумдорлигини рақамларда ўлчаш имконини беради. Рақамларда ўлчаш тартибни яратишга, умуман бу тартиб қанақа бўлиши кераклиги ҳақида тушунчага эга бўлишга хизмат қилади. Айнан маълумотлар базаси бизнес учун нима ва кимлар муҳим деган саволга жавоб топиб беради.
Бекордан бекорга катта компаниялар дата аналитикага миллиардлаб инвестиция киритмаяпти.
Кичик бизнес бўлсангиз, ишни оддийдан бошланг. Бу дўкондаги товарлар ҳисоботини юритадиган дастур, шунингдек сотувни бошқариш. Мана шуни ўзи сизга қайси товар қанча даромат олиб келаётганлиги, қайси бири яхши сотилиб, қайси бирига талаб пастлиги, қайси маҳсулотлар полкада туриб қолаётганлиги ҳақида маълумот беради.
Ундан кейин кунлик мижозлар сони, улар қайси соатларда келиши ва бошқа маълумотларни ўлчаш ва шундан келиб чиқиб тўғри қарорлар бериш, маркетинг қилиш, харажатларни камайтириш мумкин. Лекин, энг биринчи ишни маълумотларни йиғиш ва ўлчаш имконини берадиган программадан бошланг. Агар программа бўлса, ундан унумдорроқ фойдаланиш ва яхшилаш устида бош қотиринг.
✅ Эсдан чиқарманг, бугун бизнес учун маълумотлар базаси жуда муҳим.
#biznes
@allaevuzb
2024-йилги Тиббиёт соҳасидаги Нобел мукофотига Виктор Амброс ва Гари Равканлар сазовор бўлишди.
Улар бу мукофотга микро РНКни кашф этганлиги ва унинг ген бошқарувидаги аҳамиятли ролини аниқлаганликлари учун сазовор бўлишди.
🧠@nurbekalimov
Iqtisodchilar o‘rtasida bahsli mavzulardan biri demografiya masalasidir. Iqtisodiy rivojlanish uchun demografiya zarurligi aytiladi va uni qo‘llab-quvvatlash yaxshilik sifatida ko‘riladi.
Lekin, iqtisodiyotni hech qachon siyosiy kontekstsiz analiz qilmaslik kerak. Aholi o‘sib borishini iqtisodiy tomondan yaxshi jarayon deb qarash ko‘proq birinchi dunyo mamlakatlariga xos. Uchinchi dunyo mamlakatlarida kuchli demografiya kelajak uchun hatto xavf yaratishi mumkin.
Masalani Shimoliy Afrikaning bir necha davlati misolida o‘rganib chiqdim. Aholi soni doimiy keskin oshib borgan uchinchi dunyo mamlakatlarida ko‘pincha davlat infratuzilmasi yetarlicha rivojlanib ulgurmagan. Davlat infratuzilmasi deganda ta’lim, tibbiyot, politsiya, transport kabi ijtimoiy infratuzilmalarni nazarga tutmoqdaman. Natijada, ko‘pgina mamlakatlarda aholining bir qismi davlat nazoratidan chiqib ketib qolgan. Ular endi aniq bir standart bilan emas, o‘zaro mahalliy shakllangan g‘oya, mentalitet bilan boshqarilgan, tarbiyalangan. Bu kelajakda mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy muammoga aylangan keyslar ham bor. Shundan xulosa qilsa bo‘ladiki, aholi soni keskin oshib borishi ortidan davlat infrastrukturasi ham quvib yetishi kerak. Ta’lim, tibbiyot, politsiya, transport, hammasi birdek muhim.
Hammasini aholining o‘ziga tashlab qo‘yish kelajak uchun jiddiy muammo yaratadi. Bu muammolar qaysidir mamlakatlarda milliy yoki diniy radikalizm avj olishi bilan xavf solsa, boshqa birlarida hatto separatistik harakatlar paydo bo‘lishi yoki jinoyatchilik oshib ketishi bilan xavf soladi. Uzoq muddatga mamlakatdagi jiddiy muammolarning oldini olish ham, yechishning ham yaxshi yo‘li davlat infratuzilmasini yaxshilash, sifatini oshirish, ular aholiga yaxshiroq xizmat ko‘rsatishini ta’minlashdir. Agar infratuzilma yetib borishi va sifatli bo‘lishini ta’minlab bilinsa, unda aholi soni oshib borishi iste’molchi ko‘payishi, bozor kengayishi evaziga umumiy iqtisodiyotda katta qiymat yaratib berishi mumkin. Mana shu kontekstda G'arblik iqtisodchilarning demografiyaga ijobiy qarashlari to'g'ri bo'lib chiqadi.
@allaevuzb
Agar tanamizmi sog‘lom saqlashni istasak, nima yeyishimizga juda e’tiborli bo‘lishingiz lozim. Oxirgi vaqtda koʻpchilik sogʻlom ovqatlanish tarziga oʻtib boʻldi.
Xuddi shunday, tanani va turmushimizni boshqaradigan miyamiz sogʻlom va to‘liq quvvat bilan ishlashini xohlasak, unga nimalarni kiritayotganingizga yanada e’tiborliroq bo‘lishimiz zarur. Uni bachkana reels yoki bemaza seriallar bilan to‘ydiryapmizmi? Kitob o‘qiyapsizmi yoki foydali podkast koʻryapmizmi? Bularning barchasi bizning samaradorligimiz va natijalarimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tanamiz haqida qancha oʻylasak, miya haqida ham shuncha oʻylashimiz kerak.
@allaevuzb
Bu taklif amalga oshsa, ayollarimiz orasida ta’lim olish istagida bo‘lganlar yanada ko‘payardi...
Surxondaryodagi Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nomzodlar saylovchilarni partiya hamda o‘zlarining saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.
Unda talaba ayollardan biri partiya tomonidan bildirilgan talaba onalarning farzandlari uchun oliy ta’lim muassasalarida maxsus bolalar xonalari yoki bog‘chalar tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlashini va shu sababli partiyaga ovoz bermoqchiligini aytibdi.
“Bu taklif amalga oshsa, ayollarimiz orasida ta’lim olish istagida bo‘lganlar yanada ko‘payardi. Chunki oilali dugonalarim orasida bolasiga qarovchi yo‘qligi sabab, o‘qishini davom ettira olmayotganlari bor”, — degan u.
#sаylоv24
@allaevuzb
Disinformatsiya ummoni
Disinformatsiya haqidagi videoda, axborot sohasida yuzaga kelayotgan muammolarni yoritamiz. Ushbu video orqali, noto‘g‘ri ma'lumotlarning qanday tarqalayotgani va ularning jamiyatga ta'siri haqida batafsil ma'lumot beramiz. Disinformatsiyaning turli shakllari, ularni aniqlash usullari va qarshi kurashish strategiyalari haqida gaplashamiz. Shuningdek, foydalanuvchilarni ongli axborot iste'moliga rag‘batlantiramiz. Hamma uchun muhim bo‘lgan haqiqatni saqlab qolish va mas'uliyatli axborot tarqatishga chaqiramiz.
To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=zK8kHxfs6R0&t=121s&ab_channel=XURMO
“Интервал озиш 5 маҳал овқатланишдан яхшироқ. Масалан 16 соат қорниз оч қолади, 8 соат ичида истаганизни ейсиз. 16 соат оч юрганизда инцулин гормони секин пастга тушади”- диетолог Осиё Исмаилова
Парда Подcаст - хотин-қизлар муаммоларини ёритиш, жамоат фаоллари, экспертлар билан биргаликда уларга ечим топиш бўйича эркин суҳбат.
Кўриш: https://youtu.be/vDmxL9z99-4?si=aJCWgWt4pvf9nY50
Ўзбек YouTubeʼнинг энг гиклашган канали Сусамбилда машҳур Соник франшизасига бағишланган катта видео чиқди. Айтиш жоизки, даставвал ўйин сифатида танилган Соник видео ўйинлар туркуми, бугун сиквел ва приквеллларга эга кино франшизага айланмоқда. Мазкур видеодан Соник 1 ва Соник 2 фильмларининг таҳлили ҳамда бўлажак Соник 3 фильмининг батафсил таҳлили ўрин эгаллаган. Тавсия қиламиз!
👉 https://youtu.be/hE3wvp8vnh0
Xarajatlar qanday bo‘ladi?
Biznesning muvaffaqiyatiga ba'zan ko'riladigan daromaddan ko'ra xarajatlar nazorati muhimroq bo'lib qoladi. Xarajatlarni to'g'ri boshqarib bilgan tadbirkor yoki moliya bo'limi biznesning stabilligi kafolati bo'lishi mumkin. Xarajatlarga tartib ularni kategoriyalash ya'ni toifalash orqali boshlanadi.
Xarajatlarning uchta asosiy toifasi mavjud: ishlab chiqarish, ma’muriy va tijorat xarajatlari. Yana uchtasi: soliqlar, kreditlar va amortizatsiya.
Ishlab chiqarish xarajatlari - bu kompaniya mahsulot yoki xizmatni yaratish bilan bog‘liq barcha narsalardir: ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi, sotilgan mahsulotning tannarxi, ishlab chiqarish binolari va uskunalarining ijarasi, elektr energiyasi.
Ma’muriy (administrativ) xarajatlar - bu kompaniyaga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha narsalardir. Bu asosan rahbarlar, buxgalterlar, yuristlar, menejerlar, kotibalarning ish haqlaridir. Shuningdek, ofis ijarasi va ta’minoti, xizmat safarlari ham shular jumlasidandir. Umuman olganda, kompaniyaning mavjudligi va rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan barcha narsalar.
Tijorat xarajatlari - bu yangi mijozlarni jalb qilish bilan bog‘liq barcha narsalardir: marketing va sotuv bo‘limi xarajatlari, marketologlar jamoasi uchun sarflanadigan mablag‘lar.
Asosiy xarajatlar tahlil qilish qulay bo‘lishi uchun uch toifaga bo‘linadi: mahsulotni yaratish va taqdim etishga qancha sarflangani, boshqaruvga qancha, reklamaga qancha sarflangani. Agar barcha xarajatlar aralashib ketsa, kompaniyaning turli yo‘nalishlar bo‘yicha samaradorligini baholash qiyin bo'ladi.
Undan tashqari, bevosita kompaniya o'ziga bo'lmagan, lekin bizneslarda mavjud bo'lgan uch toifa xarajatlar bo'ladi:
- soliqlar
- kreditlar
- amortizatsiya
Faoliyatingiz biznes bilan bog'liqmi, to'g'ri moliyaviy tizimni yo'lga qo'yib, xarajatlarni aniq yuritishni o'rganing. Ishoning, bu juda muhim.
#biznes
@allaevuzb
Kecha Los-Anjelesdagi Tesla kompaniyasining "Biz, robot" tadbirida Ilon Mask 30 ming dollardan arzon, to‘liq avtonom avtomobil - Robotaksi’ni namoyish etdi. Bundan tashqari, u 20 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan Robovan transportini va odamsimon robot Optimusning yangilangan modelini e’lon qildi.
Biz allaqachon kelajakdamiz.
@allaevuzb
#Nobel2024
Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Xan Kannga “Tarixiy jarohatlarga qarshi turadigan, inson hayotining nozikligini ochib beruvchi nasriy sheʼri” uchun berildi.
Nobel qoʻmitasining press-relizida Xan Kann haqida shunday deyiladi:
"Yozuvchi oʻz ijodida tarixiy travmalar va koʻrinmas qoidalar toʻplamini oʻrganib, har bir asarida inson hayotining qanchalik moʻrt ekanini ifodalaydi. U tana va ruh, tiriklik va oʻliklik oʻrtasidagi bogʻliqlik haqida unikal tushunchaga ega boʻlib, oʻzining sheʼriy va eksperimental uslubi bilan zamonaviy nasrda novatorga aylangan".
Korzinka yangi ombor qurish uchun Germaniyaning DEG (Deutsche Investitions- und Entwicklungsgesellschaft mbH) rivojlanish moliya institutidan 25 million dollar mablag' jalb qilibdi.
Yangi logistika markazi O‘zbekistonda EDGE ya'ni o'ta zamonaviy ekologik standartlari asosida qurilgan dastlabki "yashil sanoat binolari"dan biri bo‘ladi.
Bu sklad faoliyatida energiya va suv tejamkorligi hamda karbonat izini kamaytirish asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo'lishini anglatadi.
Korzinka bundan oldin ham bir necha marta xalqaro investitsiyalar jalb qilgan edi.
@allaevuzb
Моно видеони қилганимга юз йил бўган бўсада бугун рекка чикетибди, просмотр учяпти. Мусиқани зўр танлаб қўйганманда хорамиларга🤣 I'm an Englishman in Turkiston🥷🏻
Читать полностью…Kompaniya moliyasini boshqarish haqida darsda yangi ibora bilan tanishib qoldim, oldin duch kelmagan ekanman:
Butstrepping (bootstrapping)
Butstrepping - kompaniyani tashqi investitsiyalarni jalb etmasdan, o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish usuli.
Bu usul, ayniqsa, biznesni rivojlantirishning dastlabki bosqichlarida, tashqi moliyalashtirishni topish juda qiyin bo‘lgan paytlarda ko‘p uchraydi.
Yoki sof foydasi katta bo'lgan bizneslar ham, biznesni investitsiya olmasdan o'z mablag'lari evaziga rivojlantirishi mumkin.
#biznes
@allaevuzb
⭕ Premyera!
Nega 99% tadbirkor moliyani bilmasdan muvaffaqiyatga erishyapti?
Fikr yetakchilari podkastining yangi sonida Umidjon Ishmukhamedov bilan tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligi, moliyaviy boshqaruvidagi muammolar va moliyaviy bilim qanchalik kerakligi haqida suhbatlashdik.
Bugungi podkastimiz mehmoni — auditor va moliyachi Umidjon Ishmuhammedov. U Amerikada Georgie State university tamomlab, o’sha yerda bir yil ishlagan va 2008 yilda O‘zbekistonga qaytgan. O‘zbekiston moliya sohasida yetakchi auditorlik kompaniyasida faoliyatini boshlagan va 2012 yilda xalqaro CPA sertifikatini olgan.
🔗 Premyera havolasi: https://youtu.be/psbARFkftDU
Telegram | Instagram hikmat_abdurahmanov?si=PCH0Z8h6RcrD_GAD">| YouTube | Linkedin
Kanalimizda ajoyib yangilik bo'ldi
Kanalimiz auditoriyasi asosan kreativ sohada ishlaydigan yoki shu sohaga qiziqadigan mutaxasislardan tashkil topgani uchun Asaxiy books tomonidan "Yuqumlilik" kitobini kichik bir tanlovga qo'yishni taklif qilishdi
Oddiy qilib aytganda, 50 dona Yona Bergerni "Yuqumlilik" kitobidan biri sizniki bo'lishi mumkin
Kitobga ko'p ta'rif berishni xojati yo'q. Kechagi postda yaxshi tushuntirib berilgan edi
Qatnashish juda oson:
- @kreativ_reklamalar va @allaevuzb kanallariga a’zo bo‘lasiz
- Tanlovni guruh yoki kanalga bo‘lishasiz
- post tagidagi «qatnashaman» (uchastvuyu) tugmasiga bosasiz.
G'oliblarni avtomatik tarzda bot tomonidan aniqlanadi
G'olibga kitob O'zbekistonning istalgan nuqtasiga 2 kun ichida yetkazib beriladi
Qatnashing, ilm oling, rivojlaning!
“Биринчи эгарлар, узангининг кашф этилиши ҳам бевосита бизнинг ҳудуд билан боғлиқ. Узанги нимани ўзгартирди? деган савол туғилади. Гап шундаки, аввал отлар узангисиз бўлган. Бу ҳаракатланишда ноқулайлик уйғотган. Узангини кашф этилиши билан от устида жанг қилиши ва турли ҳатти-ҳаркатларни амалга ошириш осонлашди”.
Аҳрор Азизов
Инсон қадимдан ҳайвонлар билан турли шаклда алоқада бўлган — дастлаб уларни овлаган, сўнг хонакилаштирган. Бугунги кунда эса инсонлар фақатгина бу ишлар билан чекланмай, ёввойи табиатни асрашга ҳам ҳаракат қилади. Бу жараёнда тарихан ҳайвонлар билан боғлиқ турли қарашлар шаклланган — уларни тотем ҳайвон деб билишган, уларни боқиш ёки овлаш билан боғлиқ турли урф-одатлар шаклланган. Мана шу каби урф-одат ва қарашлар ўзбек халқида қай даражада сақлангани, уларнинг тарихи борасида этнограф олим Аҳрор Азизов билан суҳбат қурилди.
👉 https://youtu.be/8GhyghM8Pi8
"Asaxiy Books bestsellerlari" reytingimizning sentyabr oyi natijalari chiqdi. Reytingdan sentyabr oyida Asaxiy orqali Oʻzbekiston boʻylab eng koʻp sotilgan 20 kitob oʻrin olgan:
1. Tara Vestover: Talaba
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
4. Mey Mask: Rejali ayol
5. Jorj Oruell: 1984
6. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati
7. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li
8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar
9. Kel Nyuport: Diqqat
10. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
11. Robert Grin: Mahorat
12. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
13. Grant Kardon: Savdo sanʼati
14. Piter Hopkirk: Katta o‘yin
15. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savo
16. Deyl Karnegi: Do‘st orttirish va odamlarga taʼsir o‘tkazish xususida
17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
18. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
19. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
20. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik
@allaevuzb
Tepadagi reallik mavzusiga qaytsak, bir dona Gʻijduvon shashligi aniq bir qiymatdagi kilo kaloriyaga ega. Katta va kichikligiga qarab 600-900 kaloriya deylik masalan. Uning kilo kaloriyada hajmi bizning ishonchimizga bogʻliq emas. Ammo, uning moliyaviy qiymati toʻliq bizning ishonchga bogʻliq. 10000 soʻmlikka yoki bir bitkoinga qancha Gʻijduvon shashligi sotib olish mumkin? Gʻijduvon shashligini bilmadim, kitobda ajoyib misol berilgan. 2010-yilda Laszlo Hanyecz 10000 bitkoinga bir dona pitsa sotib olgan. Bu tarixda kriptovalyuta vositasida qilingan ilk xariddir. 2021-yilga kelib bitkoin narxi 69 000 AQSh dollariga yetdi. Bu 2010 yildagi pitsani tarixdagi eng qimmat pitsaga aylantiradi. 690 million dollarga tenglashgan boʻlsada, bundan uning kaloriyasi soni oshib qolmadi. Pitsaning kaloriya qiymati 2010 va 2021-yil orasida oʻzgarishsiz qolgan obyektiv reallik boʻlsa, bitkoinning moliyaviy qiymati bu qisqa muddat ichida gʻayrioddiy darajada oʻsgan intersubyektiv reallikdir. Bu intersubyektiv reallikni boʻlsa, odamlar hikoyalari va ishonchi (bozor ishonchi) yaratdi.
@allaevuzb
Ajoyib bir kitob mutolaa qilyapman va unda odamni o'ylashga majbur qiladigan bir qismga duch keldim. Shu vaqtgacha ikkita reallik bor deb bilinar edi, obyektiv va subyektiv reallik.
Obyektiv reallik bor va biz ushlab koʻrishimiz mumkin boʻlgan narsalarni tasvirlardi. Tosh, daraxt, paxta, iPhone 16 Pro Max, Robert Grinning "Mahorat" kitobi va boshqalar. Subyektiv reallik bu biz his qilishimiz mumkin boʻlgan, ichimizda boʻlgan, lekin ushlab koʻrib boʻlmaydigan narsalarni aniqlaydi. Quvonch, sevgi, doʻstlik.
Kitobda yangi uchinchi reallik sifatida "intersubyektiv reallik" tushunchasi berilmoqda. Bu qonunlar, boshqa oʻylab topilgan dinlar, millat, gʻoya, brend kabi tushunchalardir. Aniqroq aytsa, bular odamlar aytadigan va ishonadigan hikoyalar orqaligina mavjud. Insonlar bular haqida qancha koʻp maʼlumot alishishsa, ularga qancha koʻp ishonishsa intersubyektiv reallik sifatida ular koʻproq aks etadi. Bu reallikni aynan hikoyalar va maʼlumot alishish yaratgan deb bemalol aytib bilamiz.
Intersubyektiv reallikning boshqa realliklardan farqi aynan hikoyalar va ishonch orqali borligidadir. Masalan, obyektiv reallik sifatida, man Gʻijduvon shashligi haqida gapirsam, bu uni yaratib qoʻymaydi. Man gapiramanmi yoki yoʻqmi, u bor va odamlar uni maza qilib yeydi. Subyektiv reallik sifatida, masalan ogʻriqni his qilayotgan boʻlsam, bu haqida gapirganim uni yaratmaydi va u haqida gapirishni toʻxtatsam, u yoʻqolib qolmaydi.
Ammo, katta insonlar jamoasi qonunlar, gʻoyalar yoki boshqa mavhum tushunchalar haqida gapirsa, ularni aynan mana shu gapirish va unga ishonish yaratadi. Agar odamlar ular haqida gapirish va ishonishni toʻxtatishsa, ular yo'qolib qolishadi. Intersubyektiv realliklar faqat axborot alishish jarayonida bor boʻlishadi xolos.
@allaevuzb
Shaxsiyat masalasida koʻp oʻyladim. Men uchun oʻz-oʻzini nazorat qilib bilish xususiyati shaxsiy yuksaklikning eng katta 4-5 belgisidan biri ekan. Shaxsiyati yuksalgan, oʻz oʻzini nazorat qilib bilgan insonlar uzoq oʻylaydi, mulohaza qiladi, noaniqlik va yangiliklarga bosiqlik bilan qaraydi, qilayotgan qarorlari va harakatlari natijalari, beradigan yutuq va zarari haqida fikr qila oladi. Bunaqa insonlar bir lahzalik impulsiv xohishlarga "yoʻq" deb bilishadi. Har bir holatni oʻylab, yaxshi va yomon natijani oldindan koʻrib bilgani uchun ham, bunaqa insonlar oʻta masʼuliyatli boʻlishadi. Man oʻz oʻzini nazorat qilolmaydigan odamlarni qoʻrqmasdan shaxsiyati shakllanmagan odamlar deb aytaman.
Bizda insonning bilimi qadrlanadi, lekin oʻz oʻzini nazorat qilib bilish qobiliyati yetarlicha baholanmaydi. Oʻz oʻzini, hissiyotlarini nazorat qilib bilgan odamlar tashqaridan sovuqqon yoki kam kirishimli, hatto zerikarli yoki kiborli koʻrinishi mumkin. Bunaqa odamlarni eng koʻp hissizlikda ayblashadi.
Bizda biznes olamida bunaqa insonlardan koʻra xarakteri "tez" boʻlgan, oʻta emotsional qaror qabul qiladiganlarni "liderlar" deb bilishadi. Ulardagi his hayajonni xarizma va shaxsiyat belgilari sifatida koʻrishadi. Lekin, kuzatishlarim oʻsha "xarizmali liderlar" aslida yomon rahbar ekanligini, ulardagi shoshqaloqlik va emotsional qaror qabul qilishi biznesning ham, jamoaning ham zarariga ishlashini koʻrsatdi.
Oʻzbekistonda, korporativ muhitda, rahbariyatda ham shoshma shoshar emas, haqiqiy oʻz oʻzini nazorat qiladigan, harakatlari va qarorlari natijalarini oldindan koʻrib biladigan, his-hayajonga asoslanib emas, oʻylab, fikrlab, argumentlar asosida qaror qabul qilib biladigan kadrlarga ehtiyoj juda katta.
@allaevuzb
Habikaturadan Klaus Shvabning "Toʻrtinchi sanoat inqilobi" kitobi muqovasiga parodiya.
@allaevuzb