allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Uchastka nozirlariga oson tutmaylik, ularda ish mashtabi shu darajada ko'pki, xatto uxlash uchun ham zo'rg'a kelishadi uyiga. Shuning uchun ham biz ularni ba'zi ishlarga befarq deb o'ylaymiz.

Qo'shtirnoq podkastda samosud va bunda qonun qanday ishlashi mavzusida suhbat.

🔗https://youtu.be/_yYnP5hkP3s

Читать полностью…

Allaev Uz

Agressor xususiyatlari

Ushbu videoda agressorlarning asosiy xususiyatlari va ularning xulq-atvori tahlil qilinadi. Agressorlar odatda manipulyativ, boshqalarga ta'sir o'tkazishga qodir va hissiy empatiyadan mahrum bo'ladi. Video, agressorlarning o'zini tutish usullari va ularning maqsadlari haqida ma'lumot beradi. Shuningdek, ularning qanday qilib boshqalarga zarar yetkazishi va bu jarayonda qanday psikologik mexanizmlar ishlashini ko'rsatadi. Agressiv xulq-atvorni aniqlash va unga qarshi turish bo'yicha maslahatlar taqdim etiladi. Bu video, shaxsiy himoya va xavfsizlikni oshirishga yordam berishga qaratilgan. Agressorlarning xulqini tushunish, sog'lom munosabatlar o'rnatishda muhim ahamiyatga ega.

Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=UkRNuwksSwY&ab_channel=XURMO

Читать полностью…

Allaev Uz

Sudyalar mustaqilligini ta’minlashga doir Qonun qabul qilish taklif etilyapti

Sud tizimi fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda juda muhim. Sudyalar mustaqilligi esa bu borada muhim ahamiyatga ega, chunki adolatli qarorlar fuqarolarning sud hokimiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Shu sabab “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi “Sudyalar maqomi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ishlab chiqish taklifini ilgari suryapti. Aytilishicha, bu taklif sudyalarning vazifalari va huquqlarini aniq belgilab berish, shuningdek, ish yuklamalarini standartlashtirish maqsadida ishlab chiqilishi koʻzlangan.

Bundan tashqari, sudyalarning tashqi ta’sirlardan himoyalanishi ularning adolatli va mustaqil qarorlar qabul qilishini ta’minlashda juda zarur omil. Sudyalar uchun ijtimoiy imtiyozlarni belgilash korrupsiyani kamaytirishga yordam beradi, bu esa sud tizimining yanada barqaror va samarali boʻlishiga xizmat qiladi.

“Adolat” SDPning ushbu tashabbusini sud tizimidagi o‘zgarishlarning bir bo‘lagi sifatida ko‘rsa boʻladi. Aytilayotgan qonun qabul qilinsa, fuqarolarning huquq va manfaatlari ishonchli himoyalanadi, sud tizimi esa haqiqiy adolatni ta’minlashga intiladi.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Nodavlat ta’lim auditi bilan ta’lim tizimida shaffoflik ta’minlanishi mumkin

Ta’lim sohasi jamiyatning rivojlanishiga asos bo‘ladi, shu sababli uning sifati doimo davlat siyosatida ustuvor o‘rin tutishi kerak.

Shu sababli O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham ta’lim muassasalarini mustaqil baholaydigan nodavlat ta’lim auditi tizimini joriy etish tashabbusi bilan chiqyapti ekan. Ma’lum qilinishicha, bu mexanizm ta’lim muassasalarining faoliyatini ochiq va xolisona nazorat qilishga qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, nodavlat ta’lim auditi tizimi orqali ta’lim muassasalarida mavjud muammolar aniqlanadi va ularni hal qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.

Bu tizim, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga ham yordam beradi deyilyapti. Qolaversa, maktab va oliygohlar faoliyatini xolisona baholash orqali ularning samaradorligi va sifatini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Tashabbusning joriy etilishi ta’lim muassasalariga o‘z faoliyatini yaxshilash uchun kuchli rag‘bat berishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, davlat ta’lim tizimidagi ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi deb umid qilaman.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Livan poytaxti Bayrut shahri.

Bir yarim yil oldin ayolim bilan Livanga sayohat qilgandik. Rasm ham oʻshanda olingan. Bu yerda mamlakatda ikki din vakillarini doʻstlikka chaqiruvchi tarixiy masjid va cherkov yonma yon joylashgan.
Ogʻir inqiroz sabab mamlakatning eng goʻzal nuqtalari ham boʻm boʻsh edi. Chegarada aytishgan edi, soʻnggi uch yilda borgan ilk Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan edik.

Livan bizga juda yoqqan, biz koʻrgan eng goʻzal mamlakatlardan biri hisoblanadi. Oʻzim uchun eng qadrli boshqa insonlarni hali olib boraman deb niyat qilganman.

Bugun Beyrut markazi bombardimon qilinganligini oʻqib yurak ogʻridi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Руслар бизнес тренерлардан сўрашяпти:
Биз мана комфорт зонасидан чиқдик. Чиқсак ҳам ёмон чиқдик.

Энди нима қилишимиз керак?

Читать полностью…

Allaev Uz

Уятда ҳам чегара бўлиши керак, биз доим уят уят деб ҳолатни шу даражага олиб келиб қўяяпмиз. Менталитет деб қиз болани гинекологга олиб бориш ҳам уят бўлган.

Қўштирноқ подкастда ҳар бир ота она кўриши шарт бўлган суҳбат.

🔗https://youtu.be/kf1dA0PzLi4

Читать полностью…

Allaev Uz

ЖССТ маълумотларига кўра, аҳолисининг даромади паст ва ўртача бўлган мамлакатларда ҳар 10 та дори воситасидан бири қалбакилаштирилган ёки сифатсиз бўлар экан.

Масалан, Ҳиндистон аҳоли жон бошига даромад бўйича ўртачадан паст кўрсаткичга эга (2240 доллар). Ушбу мамлакатда ишлаб чиқарилган дори воситалари ўтган йили Гамбияда 66 нафар, бизда эса 65 нафар боланинг ўлимига сабаб бўлганди. Ҳиндистон патентланмаган дори воситаларини ишлаб чиқариш бўйича ҳам дунёда биринчи ўринда туради.

Ўзбекистонга кириб келадиган дори воситаларининг аксар қисми Ҳиндистондан олиб келинишини ҳисобга олсак, келажакда «Док-1 Макс» сироплари билан содир бўлган ҳолат яна қайтарилмаслиги учун мазкур тизим давлат томонидан тўлиқ назоратга олиниши керак.

ХДП ҳам айни шундай таклифни илгари сураётган экан. Партия дори-дармонлар ва тиббий маҳсулотлар нархини тартибга солиш тўғрисидаги қонунни ишлаб чиқиш ташаббусини билдирибди.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

O‘zbekiston kontrabanda tamaki mahsulotiga qarshi kurashishda yangi bosqichga chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.06.2024 y.dagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish to‘g‘risida”gi PF-84-sonli Farmoniga muvofiq, yangi choralar kiritilmoqda.
Jumladan, tegishli qonun loyihasi ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan, unga muvofiq:
— Tamaki mahsulotlarini tranzit asosida mamlakatimiz hududi orqali olib o‘tuvchi yuk tashuvchilar bojxona organlari depozit hisoblariga aksiz solig‘i, QQS va bojxona bojlari summasiga teng summadagi mablag‘ni o‘tkazishlari lozim. Tamaki mahsuloti mamlakatimiz hududidan olib chiqib ketilgani fakti tasdiqlangandan keyin pul mablag‘lari qaytariladi.

— O‘zbekiston orqali tranzit asosida olib o‘tilayotgan tamaki mahsuloti uni qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bilan markalangan bo‘lishi lozim. Yuk tashuvchi esa, yuk tashish uchun ruxsatnomaga ega bo‘lishi kerak.

Bu choralar “uzilgan tranzit” noqonuniy sxemasidan foydalanishning oldini olishni ta'minlaydi. Ushbu sxema Farg‘ona vodiysi hududida faol qo‘llaniladi. Balki shuning uchundir, bu yerda noqonuniy sigaret savdosining eng yuqori darajasi (25,6%) kuzatiladi. Viloyatlar kesimida holat yanada qiziqarlidir:
— Farg‘ona — 19,7%
— Ko‘qon — 25,6%
— Marg‘ilon — 27,2%
— Namangan — 49,3%
— Andijon — 19,5%

Davlat byudjeti esa, 2024-yilning birinchi 8 oyida 353,2 mlrd so‘m boy berdi.

Fikrimcha, bu – tamaki mahsuloti kontrabandasiga qarshi kurashishdagi muhim qadam. Sigaret kontrabandasi jinoiy guruhlarning pul topish tarmoqlaridan biri ekani inobatga olinsa, bu to‘dalar aholi salomatligi evazisha pul topishda davom etishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak!

Читать полностью…

Allaev Uz

Chegirmalarning so‘nggi kunlari! 🎁

💰 Faqatgina 30-senytabrgacha 10 000 000 so‘mdan yuqori miqdorda kredit olgan barcha mijozlarga foiz stavkasiga 10% gacha chegirma sovg‘a qilamiz.
Hujjatlarsiz, garovsiz va kafillarsiz.

✅ TBC UZ ilovasini yuklab oling, ariza yuboring va bir minutda javob oling.

Batafsil tbcbank.uz saytida

Reklama

Читать полностью…

Allaev Uz

👉 https://youtu.be/fXA0Yk8ZtwU

Сусамбил подкастининг навбатдаги сонида санъатшунос ва PR бўйича мутахассис Сардор Бобоев, маркетолог Мирзо Зоминий ҳамда book-блогер Жасурбек Бозорбоев билан профессор Ж.Р.Р.Толкин ижоди, Питер Жексон суратга олган “Узуклар ҳукмдори” ва “Ҳоббит” трилогиялари, Амазон Приме яратган “Қудрат узуклари” ва яна кўплаб қизиқарли нарсалар ҳақида кўп ва ҳўп суҳбат қурилди. Куз фаслида тинглашли, дўстона ва асосийси сеҳр-жодуга бой подкаст бўлган.

Читать полностью…

Allaev Uz

"Rahbar yuqoriga intilishi, keng miqyosda ko‘ra olishi, keng fikrlashi va shu bilan tor doirada mulohaza yuritadigan oddiy odamlardan ajralib turishi lozim."

©Fransiya prezidenti Sharl de Goll, Ikkinchi jahon urushi davrida

#tonggimutolaa

Читать полностью…

Allaev Uz

Rahbarga maza, hamma rahbar bo'lgisi keladi.
Lekin, man sizga tanganing ikkinchi tomonini aytib beraman.

Avvalo, rahbarlik (menejerlik) - bu kasb.

Menejer (rahbar) bo‘lish - maqom emas, mas’uliyat. Ba’zilar: "Hozir rahbar bo‘lsam, ko‘p bo‘sh vaqtim bo‘ladi, faqat topshiriqlar berib, ko‘proq sayohat qila olaman", deb o‘ylashadi. Lekin bunday emas! Rahbar aslida jamoaning xizmatkoridir. U jamoa, undagi har bir xodim o'z ishini to'g'ri qilishi uchun xizmat qiladi. Ish to'g'ri bajarilishi uchun sharoit yaratadi, muammo chiqsa yechadi, uning vazifasi xodim o'zi ishini unumdorroq qilishi, yaxshiroq ishlashi uchun sharoit va imkon yaratishdir. Shundagina biznes ko'zlagan maqsadlariga erishadi.

Menejerning ishi - bu mas’uliyat. Rahbar kompaniyada qanchalik yuqori lavozimda bo‘lsa, uning mas’uliyati shunchalik katta bo‘ladi. Kompaniyadagi eng mas’uliyatli shaxs - bu bosh direktor. Natija uchun javobgarlik uning zimmasiga tushadi.

Rahbar - bu kasb. Xuddi stomatolog kabi, juda mas’uliyatli kasb. Bemorlarni davolashni boshlash uchun ta’lim olish, ko‘p amaliyot o‘tash kerak. Bitta noto‘g‘ri harakat bilan odamni nogiron qilib qo‘yish mumkin. Tishni qanday parmalashni bilmaydigan stomatolog kreslosida o‘tirishni xohlarmidingiz? "Ish jarayonida o‘rganib olamiz", deyishsa-chi? Albatta, buni xohlamaysiz.

Xuddi shuningdek, kompaniya boshida ishlarni pala-partish qiladigan, muammolarni faqat paydo bo‘lgandan keyin hal qiladigan noprofessional menejerning bo‘lishini ham hech kim xohlamaydi. Bunday odam o‘z majburiyatlarini bilmaydi va doimo favqulodda vaziyatlar bilan yashaydi.

Shu uchun ham professional rahbar bo'lish bu katta mas'uliyatni angalatadi. Yuqori maosh, ma'lum bir darajada boshqalarga nisbatan erkinlik odatda bilim, umr, asab va energiya evaziga erishiladi.

Har bir kasbning o'z qiyinchiliklari bo'lgani kabi, rahbarlikni ham o'z qiyinchiliklari bor. Biznes egalari bo'lsa biznes ko'zlangan natijalarga erishishi uchun rahbar bo'lishni o'rganishlari yoki professional rahbarlarni tayinlashlari shart.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Қашшоқликдан қутулиш мумкин. Савол эса — “қан­дай қилиб?”

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Қўлимда бўлганида, мамлакат тақдирига дахлдорман деган ҳар бир кишига бу китобни ўқитган бўлардим.

Читать полностью…

Allaev Uz

Telegram'нинг ўзбек сегментида ҳуқуқ, санъат, илм-фан, ижтимоий ҳаёт, бизнес ва бошқа соҳаларга ихтисослашган энг фаол блогерларнинг каналларини тавсия қиламан. Бу каналлардан янги билимлар, қизиқарли фактлар, чиройли таҳлиллар топасиз.

Барча блогерларнинг каналларини битта ҳаволага жойлаб қўйдик. Уни босиб, истаганингизга ёки бирдан ҳаммасига обуна бўлишингиз мумкин.

Telegram'да кўп вақт ўтказсангиз, бу вақтни унумли сарфлашга ва фойдали маълумотлар олишга ҳаракат қилинг. Ушбу каналлар сизга мана шундай маълумот манбалари бўлиб хизмат қилади.

👉 /channel/addlist/sIH05yS8v6g5ZjIy

Читать полностью…

Allaev Uz

Kadrlar masalasi hamma joyda birdek asosiy masalaga aylanmoqda.

✓ Wall Street Journal xabar berishicha, Google CharacterAI sun’iy intellekt startapini 2,7 milliard dollarga sotib oldi. Yirik korporatsiyalar tomonidan startaplarni o‘zlashtirish bo‘yicha bitimlar muntazam ravishda amalga oshirilsa-da, bu bitim boshqa jihatdan e’tiborga loyiq - Google startapning o‘zidan ko‘ra, uning asoschisi va bosh direktori, 48 yoshli Noam Shazirga ko‘proq qiziqish bildirdi. Shazir sun’iy intellekt sohasidagi buyuk mutaxassis va Google kompaniyasining sobiq xodimi hisoblanadi.

Aslida, Google shunday iqtidorli mutaxassisni o‘z jamoasiga qaytarish uchun deyarli 3 milliard dollar sarfladi. Shazir 2021-yilda Googledan ketib, CharacterAI’ni tashkil etgan edi, biroq u shunchalik qadrli bo‘lib chiqdiki, bitim shartlariga uning Google’ga qaytishi haqidagi band kiritildi. Natijada, u nafaqat o‘z ishini saqlab qoldi, balki millionerga ham aylandi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Бугун ўйлаб қолдим, муваффақият бир томондан пул, буюм ёки мартаба билан эмас, эркинлик билан ўлчаниши керак. 

Агар муваффақият сизга қарор қилишга, ўйлаган нарсаларизни амалга ошириш имконини берса, шундагина у ҳақиқий муваффақиятдир.

Сиз муваффақиятлимисиз эмас, сиз эркинмисиз? 


Ҳақиқий савол мана шу жойда бошланиши керак, менимча. 


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

“Оддий кроссовка ва шимни танлашимизга ҳам жамият таъсир қилади”, — Малик Мажидов

Сигма Подкастда бу сафар ноодатий мавзу бўлибди. Мода ва брендлар. Меҳмон эса бир неча машҳур брендларда консултант сифатида ишлаган Малик “Синдикат” Мажидов.

У подкастда машҳур брендлар қандай ишлаши, мода олами қоидалари, кийим турлари ва ранглар, оригинал ва ‘хитой’ни ажратиш, ‘old money’нинг урфга қандай киргани ҳақида сўзлаб берган.

Томоша қилиш:

https://youtu.be/d7R82ZxZtcg?si=n_IWnPd8TIgRHBcW

Читать полностью…

Allaev Uz

Rus tadbirkori, "Евросеть" tarmogʻi asoschisi Yevgeniy Chichvarkin bilan Parijda. Yevgeniy hozirda Buyuk Britaniyada vino va restoran biznesi bilan shugʻullanadi.

U Putin rejimining kuchli tanqidchilaridan biri ham.

Читать полностью…

Allaev Uz

Yuvenal adliya tizimi haqida eshitganmisiz? “Adolat”dan oʻrinli tashabbus

Yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga nisbatan adolatli bo‘lish har bir jamiyatning muhim vazifasi sanaladi. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi bu borada yuvenal adliya tizimini joriy etishni muhim tashabbus sifatida ko‘rayotgan ekan.

Aytilishicha, bu tizim bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishda juda ahamiyatli, chunki bolalar bilan bog‘liq huquqiy jarayonlarni to‘g‘ri tashkil qilish ularning kelajakdagi hayotiga nihoyatda kuchli ta’sir qiladi.

Shuningdek, yuvenal adliya tizimida huquqbuzarlik sodir etgan bolalarni jazolashdan ko‘ra, qayta tarbiyalash muhimroqligi ta’kidlanyapti. Jahon tajribasiga ham nazar tashlaydigan bo‘lsak, Fransiya va AQSH kabi rivojlangan davlatlarda bu tizim bolalarning jinoiy yo‘lga yana tushib qolmasligini ta’minlashga xizmat qilganiga misollar juda koʻp ekan.

Tushunishimcha, bu tizim bolalarga gumanistik qarash bilan birga, himoya va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ham nazarda tutadi. “Adolat” partiyasi bu sistema orqali yurtimizda bolalar huquqlarini yanada qat’iyroq himoya qilish va jinoyatchilikka qarshi kurashishni maqsad qilib qo‘yibdi. Partiyaning bu tashabbusi orqali bolalarimiz adolatli jamiyatda o‘sib-ulg‘ayishlari kafolatlanishi mumkin.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Hayotda koʻraverib, amin boʻlganim, oʻziga nisbatan ishonchi yaxshi odamlar oddiyligi va kamtarligi bilan ajralib turadi. Haqiqiy oʻziga ishonchi mustahkam odamlar samimiyligi sezilib turadi. 

Aksincha, oʻziga ishonchi kam odamlar qaysidir yoʻllari bilan oʻzini “uveren” koʻrsatgisi keladi. Kimdir oʻzini koʻrsatish uchun balandroq gapiradi, kimdir unlilarni choʻzadi, kimdir dadil yuradi, kimdir zoʻr mashina bilan oʻziga boʻlgan ishonchini koʻrsatadi. Lekin, ichkaridan qarasa odatda bunaqa insonlar oʻziga boʻlgan ishonchi past, faqat shu manipulyatsiya bilan oʻziga nisbatan ishonchini koʻrsatgisi keladi. Xullas, kimdir o'zini o'ziga ishonganday mag'rur ko'rsatmoqchimi, katta ehtimol bilan unda ishonch bilan muammo bor. 

Haqiqiy oʻziga ishonadigan odamlar bilan kirishib ketish oson, hammasi oddiylik ustiga qurilgan, siz bilan aloqada turli xil oʻyinlar qilinmaydi. Ular masʼuliyatni, chegarani yaxshi bilishadi va boshqalarning ham shaxsiy hududini hurmat qilishadi. 

Oʻziga nisbatan haqiqatdan ishonchi kuchli boʻlgan odamlar bilishimcha hayotda munosabat va muomala uchun eng yoqimli odamlar boʻlishadi. Bunaqa odamlarni odatda juda qadrlayman. 

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Мен мармар ичинда малакни кўрдим
ва унга етгунча мармарни йўндим.

© Микеланжело

Читать полностью…

Allaev Uz

Fokus muammosi jiddiylashayotganligi haqida.

Bir xavotirli holatni kuzatmoqdaman. Reels orqali koʻpchilikning fokusi bilan muammo paydo boʻlmoqda. Miya biror maʼlumotga maksimum 1 daqiqa diqqat qaratishi mumkin, shu vaqt ichida dofamin olinmasa, keyingi maʼlumotga sakraydi.

Bu shu darajadagi, hatto kino koʻrishmay qoʻyishyapti chunki kino koʻrish uchun ham kamida 1.5 - 2 soat davomida miyani ishlatib maʼlum syujet liniyasini kuzatish kerak.
Instagramda bir necha soat shunchaki havodek uchib ketishi mumkin, lekin doim vaqt yetmasligidan nolishadi.

Miya yengil ozuqaga oson oʻrgangan odamdan endi murakkab matnni oʻqishni, sabr qilib diqqat bilan soatlab ishlashni talab qilish juda qiyin.

Shu uchun ham mezon boʻlishi kerak deb oʻylayman. Miyani kitob o'qib, uzunroq podcast eshitib yoki kino koʻrib chiniqtirib borish kerak.

Boʻlmasa fokus bilan muammo yildan yilga jiddiylashadi.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Partiyalar oʻrtasida TVda debat boʻlar ekan.

AQSh, Fransiya, Turkiya kabi davlatlarda prezidentlikka nomzodlar o'rtasida, parlament saylovlaridan avval siyosiy partiyalar ishtirokida o'tkaziladigan teledebatlarni kuzatishni xush ko'raman. Masalan, ayni paytda AQShda Tramp va Harrisning debati juda ko'p muhokama qilinyapti.

Yaqinda bo'lgan debatda Trampning migrantlar bo'yicha siyosatni tanqid qilish maqsadida aytgan Springfild shahrida odamlar mushuk va itlarni yeyotgani haqidagi gapi tarmoqlarda juda aylandi.

Debatlarda shunday qiziq holatlar ham kuzatilib turadi. Shu bilan birga, ularda jiddiy siyosiy bahslar, nomzodlarning bir-birlariga qarshi “qaltis” hujumlari ham uchraydi. Shuning uchun debatlar doim qiziq jarayon bo'lib kelgan.

O'zimizda ham partiyalar yetakchilari o'rtasida debatlar boshlanayotgan ekan. Birinchi teledebat 27-sentyabr kuni soat 17:00 da Zo‘r TV, Uzreport TV, RTV, Sevimli va My5 telekanallarida efirga uzatiladi. Partiyalarni oʻzini tutishini, yoʻnalishlarni kuzatish qiziqarli boʻladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bu hayotda inson oʻzini topish jarayonida bir bosqich boʻlishi mumkin.
Esimda bor, man ham bir vaqtlar Asaxiy yangi ochilganda Asaxiydan olingan televizorni nastroyka qilib berishga oʻzim oʻqigan universitetga borganman. Dekan mani tanib qolib, televizor usta boʻlib ketdingmi degan.

Bu shunchaki oʻtish bosqichi boʻlishi, shunda qolib ketmaslik muhim.

PS: Bugun man Universitetning kuzatuv kengashining faxriy aʼzosiman.

Читать полностью…

Allaev Uz

37 soni nega mashhur?

Ushbu videoda ommaviy so'rovnomalarda 37 sonining ko'p tanlanishi sabablarini o'rganamiz. Ko'plab tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, odamlar 1 dan 100 gacha raqam tanlaganda, 37 soni ko'pincha afzal ko'riladi. Buning psixologik sabablari va raqamning qiziqarli xususiyatlarini muhokama qilamiz. Shuningdek, 37 ning xotirada saqlanishi va u bilan bog'liq statistikalar haqida ma'lumot beramiz. Ushbu video orqali 37 sonining ommaviy fikr va tanlovdagi o'rni bilan tanishasiz.

Videoga havola:
https://www.youtube.com/watch?v=0VO09LO1j9k&ab_channel=XURMO

Читать полностью…

Allaev Uz

8 соат ухлаш афсона эканлиги ҳақида

Кўпчилик кунига 8 соат ухламасам саломатлигимга зарар етиши мумкин деб ўйлайди. Лекин британиялик профессорларнинг айтишича, бу қоида афсонага айланиб қолган. Ҳар бир инсон учун идеал ухлаш вақти йўқ, чунки организмнинг эҳтиёжлари турлича бўлиши мумкин.

Кимдир 7 соат ухлаб ҳам ўзини тетик ҳис қилса, бошқа бировга 9 соат ҳам етмаслиги мумкин. Демак, 7–9 соат ухлаш умумий тавсия бўлса-да, ҳар доим ҳам бу қоидага амал қилиш шарт эмас.

Буюк Британияда ўтказилган тадқиқотлар шуни кўрсатдики, ҳафта давомида етарлича ухламасангиз ҳам, дам олиш кунлари 1,5 соатгача ортиқча ухлаш орқали чарчоқни қисман компенсация қилишингиз мумкин. Бу нафақат энергиянгизни тиклашга ёрдам беради, балки юрак хасталиклари ривожланиш хавфини ҳам камайтиради. Қисқа муддатли “қайта тикланиш” учун ортиқча ухлаш вақтинчалик танаффус сифатида фойда беради, лекин буни одатга айлантирмаслик керак.

Яна бир жиҳати, ҳар бир инсоннинг биологик соати бошқаларникидан фарқ қилади. Кимдир “эрталабки каклик” бўлса, яна кимдир “тунги бойўғли”. Мана шу табиий ритмлар ҳам ухлаш соатига таъсир қилади. Шунинг учун организмга қулоқ солиб, ўзингиз учун энг яхши ухлаш режимига эга бўлиш муҳим.

Баъзи тадқиқотчиларнинг қайд этишича, ҳафта давомида доимий равишда ухлаш режимига амал қилиш ва дам олиш кунларида ортиқча ухлаш юрак хасталиклари, диабет ва ҳатто руҳий ҳолат билан боғлиқ касалликлар хавфини камайтиради. Ухлаш ҳаёт сифатига, диққатни жамлаш қобилиятига ва иш самарадорлигига ҳам катта таъсир қилади.

Шундай экан, ухлаш вақти билан турли тажрибалар қилиш орқали ўзингизга энг тўғри мос режимни топишга ҳаракат қилсангиз бўларкан. Асосийси, тана эҳтиёжларига қулоқ солиш ва унинг имо-ишораларини тўғри тушуниш.

🧠@nurbekalimov

Читать полностью…

Allaev Uz

Shaxsiy inqiroz

Shaxsiy inqiroz video rolikda, shaxsiy inqirozlar tufayli yuzaga keladigan xiyonat holatlari tahlil qilinadi. Videoda, ichki inqirozlar, masalan, o‘zini baholash muammolari, stress yoki emotsional beqarorlikning xiyonatga qanday ta'sir qilishi ko‘rib chiqiladi. Shaxsiy inqirozlarning xiyonat va ijtimoiy munosabatlarga qanday ta'sir qilishini o‘rganish bilan birga, bu holatlarning oldini olish va boshqarish uchun foydali tavsiyalar taqdim etiladi. Ushbu video, shaxsiy inqirozlar va xiyonat o‘rtasidagi murakkab aloqalarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.

To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=Y7RG_QL1SvQ&ab_channel=XURMO

Читать полностью…

Allaev Uz

Ekologik xavfsizlikni ta’minlash – vaqt talabi

So‘nggi yillarda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ko‘pgina mamlakatlar uchun eng muhim masalalardan biriga aylanyapti. Jahon miqyosida iqlim o‘zgarishi, havo va suvning ifloslanishi, biologik xilma-xillikning kamayishi kabi muammolar tez sur’atlar bilan ortib borayotgani achinarli. Shu sababli ham barqaror rivojlanish va sog‘lom muhit yaratish har bir davlat uchun ustuvor vazifaga aylangan.

O‘zbekistonda ham ekologik xavfsizlikni ta'minlash va tabiatni muhofaza qilishga javobgarlikni kuchaytirishni muhim vazifa deb hisoblayman. Atrof-muhit va aholi salomatligiga yetkazilayotgan zararlarning oshib borayotganiga e’tibor qaratib, o‘simlik va hayvonlar dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilikni kuchaytirish kerak.

Ekopartiya ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ekologiyaga doir eskirgan javobgarlik choralarini qayta ko‘rib chiqish taklifini ilgari suryapti. Bu tashabbus atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolarni ekologik xavfsizlikka jalb qilishda muhim ahamiyatga ega.

Hammamizning sa’y-harakatlarimiz bir joyda to‘planib, ekologik muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Ekologik partiyaning tashabbuslari ham bu borada juda muhim.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…
Подписаться на канал