allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Абитуриентлар учун қулай имконият!

Халқаро Нордик Университети ва “UzReport” ахборот агентлиги ҳамкорлигида ташкил этилган “UzReport журналистика, медиа ва коммуникациялар академияси”да кириш имтиҳонидан ўтган барчага 35% грант бериляпти экан.

Ҳозирда журналистика йўналиши (бакалавриат) ва мутахассислиги (магистратура)га қабул давом этмоқда:
– журналист;
– муҳаррир;
– телеоператор;
– видеомуҳандислик.

Шунингдек, университет маъмуриятининг маълум қилишича, бакалавриат босқичига 20та, магистратура босқичига эса 10та 100%лик грантлар ажратилган.

Имтиҳонлар 14 сентябрь куни бўлиб ўтади.

Қабул учун рўйхатдан ўтиш

Халқаро Нордик Университети ҳақида батафсил:
+998555084400|@nordic_chat_bot

Reklama

Читать полностью…

Allaev Uz

Farg‘ona vodiysi noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasi bo‘yicha yetakchi bo'lib qolmoqda.
2024-yil 1-sentyabr holatiga Farg‘ona vodiysida noqonuniy tamaki mahsuloti aylanmasi 25,6% ni tashkil qilgan. Andijonda bu ko‘rsatkich 19,5% ga, Farg‘onada – 19,7% ga yetgan.

Masalan, yaqinda Andijon va Farg‘ona viloyatlarida noqonuniy tamaki mahsuloti sotiladigan savdo nuqtalarida tekshiruv o'tkazildi.
Tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 85,3 mln so‘m bo‘lgan 3152 quti aksizi bo‘lmagan tamaki mahsuloti va 1 384 dona kontrafakt alkogol musodara etilgan.

Shu bilan birga ma'lumki, yirik savdo markazlari va ulgurji bozorlarda noqonuniy tamaki mahsuloti amalda oshkora ravishda sotilmoqda. Huquqni muhofaza qilish va Soliq organlari bu masalada xushyorlikni oshirishmasa, vaziyat yanada jiddiylashishi mumkin.

Читать полностью…

Allaev Uz

Buxoroning eski shahrida joylashgan mashhur qo'g'irchoqlar sotiladigan qo'g'irchoq ustaxonasi yopilishi mumkin ekan. Bu haqida Instagramda Zokir Jo'rayevning murojaati chiqibdi.

Unga ko'ra bu yil yangi ijara shartnomasi narxi uch barobar oshib kelgan. Qayta hisoblashni so'rashganda, ayollar kiyimi sotadigan tadbirkor olmoqchi bo'lganini va tender orqali hammasi hal bo'lishi aytilgan. Asos qonuniy bo'lishi mumkin.

Muammo shundaki, bu qo'g'irchoq ustaxonasi Buxoroda yagona, ustalar ham o'zining xarizmasi bilan ajralib, turistlarni har safar qoyil qoldirishadi. Aniq bu ustaxonaning madaniy ahamiyati bor. Madaniy va tarixiy ahamiyatidan kelib chiqib, hozirgi vaziyatda Buxoro uchun, undagi turizmning, hunarmandchilikning rang-barangligi uchun bu ustaxonani saqlab qolish to'g'ri bo'ladi deb o'ylayman.

Hunarmand murojaati: https://www.instagram.com/reel/C_uwdxQvsNs/?igsh=MTFuYmhsbHVmaTRqYw==

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Стандартлаштириш бизнесда сифат ва нарх учун муҳим ҳисобланади. Ҳенри Форд айтган эди: “Мижозлар ўзлари хоҳлаган рангдаги машиналарини сотиб олишлари мумкин. Фақат бу ранг қора бўлиши шарти билан”.

Маҳсулот ва жараёнларни стандартлаштириш ва муваффақиятли чиққан тизимдан доимий кичик яхшиланишлар билан йиллар давомида фойдаланиш бизнес учун ақлли қарордир.

Доимий кескин ўзгариш, янгилик қилиш қимматга тушади. Шу учун ҳам ҳатто Apple кескин ўзгаришлардан қочиб, йиллар давомида кичик ўзгаришлар билан эволюция қилмоқда.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

20 daqiqadan so'ng yangi iPhone 16 taqdimoti bo'lib o'tadi. Taqdimotni quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=uarNiSl_uh4&ab_channel=Apple

Читать полностью…

Allaev Uz

Erta shu mem qaytadi)

Читать полностью…

Allaev Uz

Университет нимага керак?

Мундоқ олиб қараганда диплом керак эмас, аммо бу ерда бошқа нарса бор. Бир хил қизиқиш, деярли бир хил IQ кўрсаткичларига эга бўлган омманинг бир жойда йиғилиши бу ўзаро энергия алмашинувини ҳосил қилади.

Яъни бу одамлар ўзаро бир-бирини тўйинтиради, бу ҳам ижтимоий жиҳатдан, ҳам маънавий, ҳам моддий жиҳатдан энергия алмашинув жараёни юз беради.

Нега ижтимоийлашув жуда муҳим?

Тасаввур қилинг бир дастурлашни ўрганган интроверт ўзи университетсиз ўсишга ҳаракат қилди. Мен бундай дастурчиларнинг жуда кўпчилигини биламан, улар ўз ишларининг устаси ҳисобланишади, аммо катта ишларни бошқара олишмайди.

Чунки инсон ижтимоийлашмаган, у одамлар билан ишлашни, одамларни бошқаришни, уларнинг эмоциялари билан ҳисоблашишни билмайди. Бу ҳам аслида илм ва бу илм айнан университетда шаклланади.

Телеграм асосчиси Павел Дуров Санкт-Петербург давлат университетининг “Инглиз тили ва таржимонлиги” факультетини тугатган. У университетда турли тадбирлар, шоулар ташкиллаштириб талабаларни бирлаштирган, турли ғоялар ишлаб чиқиб уларни университетда татбиқ қилган.

Шунинг учун у уч марта Потанин стипендияси соҳиби бўлган. Ҳа, Дуров 2006-йилда университетни қизил дипломга битирди, лекин уни ҳали ҳамон олиб кетмаган, чунки университетдан олган энг катта нарсаси одамлар билан ишлаш, одамларни бошқариш, улар билан мулоқот қила олиш, уларнинг эмоциялари билан ҳисоблашиш эди.

“Инглиз тили ва таржимонлиги” йўналишида ўқиб дунёнинг IT гигантига айланиш учун Дуровга фақатгина информатик билимлари камлик қилар эди. Университетда ўқиш шарт эмас деган яқинларингизга шу постни юбориб қўйинг.

@bektoshkhatamov

Читать полностью…

Allaev Uz

​​Tara Vestover – "Talaba"

Bu avtobiografik asar. Bir insonning haqqoniy hayoti, xotiralari. Uni katta qiziqish bilan boshladim. Shu qiziqish ta'sirida yuz bet tamomlandi. Biroq tan olishim kerakki, keyingi yuz betni qiynalib oʻqidim. Zerikarli va mayda tafsilotlarga oʻralashib qolinganday tuyuldi. Ammo keyingi yuz bet fikrlarimni mutlaqo oʻzgartirib yubordi. Endi yutoqib oʻqiyotgandim. Chunki undagi fojialar ozmi-koʻpmi hammamizda bor edi.

Muallif ta'lim qanchalik muhimligini ta'lim haqida deyarli gapirmay tushuntira olgan. Ta'lim sifati hatto juda yomon boʻlsa ham u kerak. Biz nomiga boʻlsa ham maktabga borib-kelishimiz, asosiy qoidalar va gʻoyalar qulogʻimizga chalinishi, oʻz oilamiz qobigʻidan chiqishimiz, jamiyatdagi turfa xillikni koʻrishimiz juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hammamizda oʻzimizga xos qadriyatlar bor. Ularni bizga oilamiz, yaqinlarimiz, atrofimizdagilar, oʻzimiz mansub boʻlgan millat, din beradi. Mana shu qadriyatlar prizmasidan dunyoga qaraymiz. Oʻzimiz va boshqalarga shu qadriyatlarga koʻra baho beramiz. Mabodo qoʻlimizdagi mana shu dasturulamal xato boʻlsa xudo urgani shu. Bu yanglish xarita bilan begona joylarda kezishga oʻxshaydi. Siz hech qanaqasiga, hatto tasodifan ham manzilingizga yetolmaysiz.

Biz bugun bayroq qilib koʻtargan gʻoyalar, fikrlar, qadriyatlarning hech biri oʻzimizniki emas. Ular ichki senzura hosil qiladi, bizni qolipga soladi. Biz tabiatan boshqacha odamligimizni, kengroq ufqlarga yoʻl olishimiz kerakligini bilamiz, ammo ichimizdagi oʻsha yanglish fikrlar bizda ikkilanish va aybdorlik hissini paydo qilaveradi. Hayotimiz markazida turuvchi qadriyatlarning aslida bizga tegishli emasligini, ularni ongli tarzda tanlamaganimizni va eng yomoni – ular xato ekanini anglash jarayoni juda ogʻriqli.

Hurfikrlilik tomon juda sekin qadam tashlaymiz. Yangi olam boshida juda jozibali, keyin esa qoʻrqinchli tuyuladi. Notanish jannatdan tanish doʻzaximizni afzal koʻramiz. Hozirgi hayotimiz mushkul boʻlsa-da qulay tuyuladi. Ortga qadam tashlagimiz keladi. Taslim boʻlmay yurishda davom etsak ichimizda alam, gʻazab, nafrat tuygʻulari paydo boʻladi. Bizga qilgan nohaqliklari, hayotimizni rasvo qilishgani uchun yaqinlarimizni ayblaymiz, ularni yomon koʻramiz. Eng oliy manzilda esa hammani kechiramiz. Endi bariga tepadan qarab, oʻtmishimizni, xatolarimizni xotirjam qabul qilamiz.

"Talaba" kitobi shunchaki oʻqib-oʻrganish, ilm olish haqida emas. Zero nomidan farqli oʻlaroq unda ta'lim jarayoni haqida kam soʻz borgan. U paradigmani oʻzgartirish, dunyoqarashni kengaytirish, oʻzini inkor etish hamda yangidan yaratish va bu uchun baʼzan eng yaqin insonlarimizga qarshi turish mashaqqatlari haqida yozilgan memuardir.

Muallif oʻzidagi transformatsiyani bor boʻyicha koʻrsatadi. Qachonki bu kitobni oʻqish asnosida oʻzingizdagi dogmalarni sezsangiz, haqqoniy va xayoliy toʻsiqlarni koʻrsangiz mutolaa foydali boʻladi. Kamchiligimizni koʻrib, tan olganimizdagina undan qutulishimiz mumkin. Inson har qanday qoliplarni yorib chiqa olishini koʻrsatgani uchun ham shu darajada shuhrat qozongandir bu kitob ehtimol.

@salimov_blogi

Читать полностью…

Allaev Uz

Бугунги кунда дунёнинг ривожлантирган давлатлари ҳақида гап кетганда Малайзия ҳам қўшиб кетилиши оддий ҳолга айланди. Малайзия бундай даражага етиш учун жуда катта инқилобларни бошдан кечирди. Аммо бир шахснинг қилган хизматлари ҳам беқиёс - Маҳатхир Муҳаммад. «Худди шундай» Маҳатхир ва унинг сиёсий ишлари бўйича яхши сонни кўришни маслаҳат бераман.

Тўлиқ видео: https://youtu.be/LeMOfrTtasY?si=wnpxsKM95mITzenv

Читать полностью…

Allaev Uz

"Asaxiy Books bestsellerlari" avgust oyi reytingi.

Reytingdan Asaxiy orqali avgust oyida O'zbekiston bo'ylab eng ko'p sotilgan kitoblar o'rin olgan. Yaqinda premyerasi bo'lgan "Talaba" kitobi peshqadamga aylanib, reytingning doimiy g'olibi "Atom odatlar"dan o'tib ketgan.


To'liq ro'yxat:

 
1. Tara Vestover: Talaba 
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Jorj Oruell: Molxona 
4. Mey Mask: Rejali ayol
5. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma
6. Kel Nyuport: Diqqat     
7. Robert Grin: Mahorat 
8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar 
9. Jorj Oruell: 1984 
10. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li 
11. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
12. Yoz, qisqartir: Kuchli matn yozish siri 
13. Piter Hopkirk: Katta o‘yin
14. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
15. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati  
16. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
17. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi
18. Grant Kardon: Savdo sanʼati
19. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savol
20. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Результаты конкурса:

Победители:
1. BBS
2. Bekzod
3. Обидахон
4. Ardasher
5. Akbar
6. Hakker
7. Bekpo'lat
8. Me
9. Jovliyev Valijon
10. Laziz
11. RAVSHAN
12. Oltin
13. Неизвестная....
14. ᅠ ᅠ
15. Asilbek Atamuratov
16. 𝓓𝓾𝓻𝓭𝓸𝓷𝓪
17. F.N.G.
18. Shakxnoza🎀
19. Mahmudiy
20. Muslimakhon.
21. 𝕀𝕤𝕜𝕒
22. Alimova__
23. Temirbek Sarsenbaev
24. Zarnigorxonim
25. MRFB
26. Suxrob
27. Ozodbek
28. Asilbek Axtamov
29. Taraqqiyot
30. Diyor
31. Muhammad Azim
32. Yoʻldasheva🩵
33. Гулчехра

Проверить результаты

Читать полностью…

Allaev Uz

Telegram'нинг ўзбек сегментида ҳуқуқ, санъат, илм-фан, ижтимоий ҳаёт, бизнес ва бошқа соҳаларга ихтисослашган энг фаол блогерларнинг каналларини тавсия қиламан. Бу каналлардан янги билимлар, қизиқарли фактлар, чиройли таҳлиллар топасиз.

Барча блогерларнинг каналларини битта ҳаволага жойлаб қўйдик. Уни босиб, истаганингизга ёки бирдан ҳаммасига обуна бўлишингиз мумкин.

Telegram'да кўп вақт ўтказсангиз, бу вақтни унумли сарфлашга ва фойдали маълумотлар олишга ҳаракат қилинг. Ушбу каналлар сизга мана шундай маълумот манбалари бўлиб хизмат қилади.

👉 /channel/addlist/sIH05yS8v6g5ZjIy

Читать полностью…

Allaev Uz

Дунё тарихидаги ҳеч бир сиёсатчи АҚШнинг 35-президенти Жон Фицжералд Кеннедидек тез танилишига эришмаган.

У сайланган пайтида атиги 43 ёшда бўлиб, АҚШ президентлари орасидаги энг ёш сайланган президент эди. Афсуски, Кеннеди ўзидан кутилаётган умидларни оқлаш имконига эга бўлмайди. У ўз лавозимида минг кундан кам вақт бўлади.

Бу вақт АҚШ Жанубида сегрегациядан азият чеккан фуқароларнинг норозиликлари ва Совет Иттифоқига қарши ядро уруши таҳдиди билан ўтади. Ҳаётининг сўнги ҳам даҳшатли фожеа билан якунланади. Бугун сиз билан ушбу инсоннинг босиб ўтган йўлига назар ташлаймиз. Демак бугунги қаҳрамонимиз Джон Кеннеди, у ким эди?

https://youtu.be/-z5LSw7-XNE?si=EW6ne149CGxP2al_

Читать полностью…

Allaev Uz

“O’zbekiston korxonalarida eng katta muammo nimada?” - deb savol berishsa, men:

“Albatta, MENEDJMENTda” - deb javob berardim.

To’g’ri, kadrlar tayyorlashda ham talaygina muammolar bor. Lekin, afsuski, kompetent C level menejerlar kamligi undan ham katta muammo.

Tushunarli maqsad qo’yish, korhonada effektiv tizim joriy qilish, raqamlashtirish va krossfunktsional jamoalar tuzib, odamlar bilan ishlashni biladiganlar juda va juda kam.

Aksariyat menejerlar faqat mikromenedjment bilan band. Korxona asoschilari esa operatsionkadan chiqishni faqat orzu qilishadi holos.

Muammoni yechimi faqat ilmda deb o’ylayman.

Men Express24-ga o’tganimda, Akmal Paiziev Harvard Business Review-ning “Managing people” degan kitobini bergan. Va eng asosiysi, o’zining namunasi bilan Menejer qanday bo’lishi kerakligini o’rgatgan. Men esa sizga shu kitobni tavsiya qilmoqchiman.

@latipovasamira

Читать полностью…

Allaev Uz

Biznes boshlaganda barcha narsa qiyin va samarasiz bo‘ladi.

Sizda: Na ko‘nikma, na pul, na tanishlar bor.

Faqatgina vaqtingiz bor, xolos.

Va samarali bo‘lish uchun vaqtingizni samarasiz sarflashga majbursiz. Bundan qochib bo‘lmaydi.

Aynan shu jarayon orqali ishni osonlashtiradigan ko‘nikma, mablag‘ va aloqalar shakllanadi. Bu boʻlsa vaqtdan yutish va koʻproq yutuqlarga imkon ochadi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Tanqidiy va tahliliy dunyoqarash (ctirical thinking) shakllanmagan odamlar dunyoni oq va qora ko‘rishadi. Ularning miyasi murakkablikni qabul qilolmaganligi uchun xohlagan jarayonni ikkiga bo‘lib tashlash yoki umumiylashtirish ular uchun oson. Miya qiynalmaydi, shunchaki bu oq, u qora. Yoki shunchaki bu yaxshi, u yomon.

Bunaqa odamlar konspirologiyaga ham o‘ch bo‘lishadi. Qanaqadir hodisani sabablari va murakkabliklarini qiynalib tushungandan ko‘ra, uni orqasida kimdir turgani va o‘sha hal qilganini miyaga singdirish osonroq. Ularning miyasi yoshlikdan shunga moslangan, o‘qigan kitobi, ko‘rgan kinosi, dars bergan ustozi ham ularni shunga moslashtirgan. Endi ularni o‘zgartirish qiyin jarayon.

Ular uchun xohlagan hodisaning orqasida kimdir turadi. Bayden, Tramp, Putin, Xitoy, masonlar, Erdogan, yaxudiylar yoki dunyoning yashirin hukumdorlari va boshqalar.

Bunaqa insonlarning muxlisi (podpischigi) ham ko‘p bo‘ladi. Chunki muxlisning kimga muxlisigi uning darajasini ko‘rsatadi. U muxlis murakkabroq tushuncha beradigan insonni tushunmaydi. Unga o‘sha choyxona darajasidagi ANALitik kerak. O‘sha uchun ham aynan uni kuzatadi.

Mana shunaqa insonlar yuz minglab muxlis yig‘ib, xoh Ukraina masalasi, xoh boshqa jamiyat va mamlakat muammosida insonlarni chalg‘itayotgani alamli. Lekin, nima qilamiz, bizning ANALitiklarimiz ham o‘zimizga xos va o‘zimizga mos.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

9-sentyabr kuni keskin innovatsiya kutganlar adashishdi. Innovatsiyalar dunyoning boshqa hududiga oʻtib ketganiga bir necha yil boʻldi.

Videodagi smartfon prototip emas, buyurtma olinayotgan Huawei Mate XT. Bu dunyodagi birinchi uchga buklanadigan smartfon. Yana u ochilgan holatida dunyodagi eng ingichka smartfon va planshet ham.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

🎓📚 Talabalar uchun: OTMlarda kontraktni bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi

Joriy yildan boshlab O‘zbekiston OTMlarida talabalarga kontraktni qismlarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi. Birinchi 25% to‘lovni 15-sentabrgacha amalga oshirish lozim.

✅ payme’da siz shartnomani bir zumda, qulaygina to‘lashingiz mumkin:

1. "Xizmatlar to‘lovi" bo‘limiga o‘ting va "Ta’lim" bandini tanlang.
2. "OTMlar uchun kontrakt to‘lovi"ni toping va to‘lov turini tanlang
3. JSHSHIR hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni tasdiqlang.

Tayyor! 15-sentabrgacha o‘qish uchun kontraktning 25% ni to‘lashga shoshiling


Reklama

Читать полностью…

Allaev Uz

Taqdimot tugadi, sotuv 20-sentyabrdan boshlanadi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Wukong hikoyalari qanday boshlangan?

Bu video sizni Wukongning epik sarguzashtlari bilan tanishtiradi, ularning tarixiy ildizlariga chuqur kirib boradi. Sun Wukong, yoki "Maymunlar Qiroli", Xitoy mifologiyasining mashhur qahramoni bo'lib, o'zining sehrli kuchlari va jasorati bilan tanilgan. Tarixiy va madaniy ma'lumotlar bilan boyitilgan ushbu video, Wukongning qanday qilib mashhurlikka erishganini va uning xalq qahramoni sifatidagi rolini yoritadi. Siz Wukongning tarixiy manbalarda qanday tasvirlanganini bilib olishingiz mumkin

To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=u7pcLA50HjU

Читать полностью…

Allaev Uz

Bugun kitobsevarlar to‘plangan bir guruhda "Asaxiy Books" nashriyoti bilan bog‘liq tushunmovchilik bo‘ldi. Izohlardan birida bizning jamoamizda ishlovchi xodimamiz mutlaq o‘z shaxsiy fikrini bildirgan, biroq, afsuski, bu fikrlar kompaniyamiz nomidan yozilgan deb tushunilgan.

Shuni ta’kidlashni istardikki, mazkur xodimaning shaxsiy fikrlari va harakatlari bizning kompaniyamizning rasmiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. Biz hamisha ochiqlik, o‘zaro hurmat va professional hamkorlik tamoyillariga amal qilamiz. Biz barcha mijozlarimiz, blogerlar hamda media vakillari bilan sog‘lom va samimiy aloqalar saqlanib qolishini maqsad qilganmiz.

Shu munosabat bilan, ushbu noqulay vaziyat uchun barcha hamkorlarimiz va kuzatuvchilardan uzr so‘raymiz. Bu masala bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz va kelajakda bunday holatlar bo‘lmasligini maqsad qilamiz.

Sizning ishonchingiz biz uchun juda muhim va biz bu ishonchni saqlash uchun doimo harakat qilamiz. Kutilmagan emotsional vaziyatlarda ham biz bilan birgaligingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan,

"Asaxiy Books" jamoasi

Читать полностью…

Allaev Uz

Охирги вақтларда networking сўзи ўзбек профессионал муҳитида манфаат йўлида танишувга айланиб қолди. Одамлар манфаат учун кимлар биландир танишишади, улар орқали нимадир иш битиришмоқчи бўлишади. Бу кўпроқ сотув жараёнини эслатади.

Агар сизга сотувни ошириш, нимадир ишни битириш, муваффақиятли шартномани қўлга киритиш ёки бошқа бирор шахсий манфаат учун танишув керак бўлса, яхшиси сотув ёки музокара санъатини ўрганинг. Бу манфаат устида қурилган, мақсадли алоқадир. Лекин, катта эҳтимол билан ёлғонга асосланиб ким биландир танишиш, яқин бўлиш инсонийликдан йироқдир. Кўпинча асосий мақсад яширилиб, нариги томонни самимийликка, дўстликка ишонтиришга ҳаракат қилинади, бунинг ортида бўлса асосий мақсад учун ёлғонлар туради. 

networking қизиқиш, самимийлик устида қурилади. Ким биландир манфаат учун эмас, у сизга шахс сифатида ҳурматли ёки қизиқ бўлгани учун, тез-тез қадриятлар яқин бўлгани учун таниш бўлинади, дўст тутилинади. networking да самимият ва ўзаро ҳурмат асосий нарса деб кўрилади. 


Лекин, гувоҳ бўлаётганим, афсуски бугун жамиятда networking аниқ мақсадлар йўлида, манфаат устида, нимадир кутибгина қилинмоқда. Алоқалар ҳам ҳурмат ва дўстлик, қизиқиш томондан эмас, берадиган фойдасидан келиб чиқиб ўрнатилмоқда. 

Бу networking эмас, бу дипломатия, манипуляция, сотув, музокара ёки хоҳлаган нарса бўлиши мумкин. Лекин, бу ўзаро ишонч ва ҳурмат устида қурилган networking эмас. 


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Hayvonlarga ozor berganlarga qonuniy jazo bor, bu uchun juda ko'p kurashildi, ayniqsa "Hayot" markazi asoschisi Iroda Matkarimovaning bunda hissasi katta.

Agar siz biror hayvonga kimdur ozor berayotganini ko'rsangiz albatta murojaat qiling, xabar bering.

Qo'shtirnoq podkast-muammolarga qo'shtirnoq ichida qaraymiz.

🔗https://youtu.be/Mq0QZgLi8P8

Читать полностью…

Allaev Uz

Man uchun yangilik bo'ldi, gilos yetishtirish bo'yida dunyoda kuchli beshlikka kirar ekanmiz.

2022-yilda 297 676 tonna gilos yetishtirilgan ekan.

Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/List_of_countries_by_cherry_production

@allaevzub

Читать полностью…

Allaev Uz

Barcha hayvonlar teng, lekin ba'zilari tengroq.

© "Molxona" kitobidan


Biz insonlar teng yaratilganmiz deb koʻp gapiramiz. Siyosiy tomondan bu hammaga birdek singdirildi ham.
Lekin, afsuski genetik tomondan hamma insonlar teng emasligini rad etolmaymiz. Masalan, kimdir tabiatan uzun oyoqqa ega va yugurish bilan shugʻullanadi. Uzun boʻyi bor va basketbol bilan shugʻullanadi. Kimgadir genetik tomondan chiroy nasib qilgan, kimgadir hamma havas qiladigan soch. Kuchli xotira yoki boshqa har xil faktorlarni ham esdan chiqarmaslik kerak. Semizlik va ozg'inlikda genetik taʼsirni ham rad etib boʻlmaydi. Shunaqa holatda, siz baʼzan yillab harakat bilan erishadigan narsaga kimlardir shunchaki genetik omadi chopgani uchun ega boʻladi.
Adolatsizlik boʻlib tuyuladi, lekin vaziyat shunaqa.

Inson kamolotga erishishi uchun qoʻlida bor imkonidan kelib chiqib harakat qilishi, oʻsishi zarur. Va oʻsgan sari oʻzini atrof bilan emas, kechagi oʻzi bilan ham solishtirishi muhim.
Shunaqa ekan, kimningdir genetik omadi borligiga eʼtibor qaratmay, nimadirga erishishning yoʻli harakat, mehnat va irodadir. Sportda mehnati bilan qobiliyatlidan yaxshiroq natijalarga erishganlar keysi koʻp boʻladi. Aslida, hayotda ham shunaqa, qoʻlidagi imkoniyatdan kelib chiqib harakat qilganlar yakunda doim nimadirga ega boʻladi. Nolib toʻxtab oʻtirish zararimizga ishlaydi.

Siyosat tenglikni taminlashi kerak deyishingiz mumkin. Siyosat nari borsa teng imkoniyatlarni, undan oʻtsa pozitiv diskriminatsiyani ta'minlashi mumkin. Lekin, bu ham genetik ustunlikni real maydonda yoʻldan chiqarolmaydi.

Harakat, mehnat va iroda, mana shular muhim. Faqat shular bizni real maydonda real natijalarga olib borishi mumkin.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Toq mukammal son mavjudmi

Quyidagi video toq mukammal sonlarning mavjudligi haqida matematik savolni o'rganadi. Mukammal sonlar, o'zidan tashqari barcha bo'luvchilarining yig'indisi o'ziga teng bo'lgan sonlardir, lekin bu holat hozirgi kunga qadar faqat juft sonlar uchun tasdiqlangan. Video, toq mukammal sonlarning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida matematik tadqiqotlarni ko'rib chiqadi. Toq mukammal sonlar haqida tarixiy ma'lumotlar, matematik olimlarning urinishlari va nazariyalar muhokama qilinadi. Shuningdek, video bu masala bo'yicha mavjud bo'lgan matematik isbotlar va hal qilinmagan muammolar haqida batafsil ma'lumot beradi.

To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=Fp_bZxGvZdY

Читать полностью…

Allaev Uz

33 yillikka 33ta sovg'a!

Bayram munosabati bilan hozir eng trendda bo'lgan 33ta "Talaba" kitobiga sovg'ali tanlov uyushtiramiz.

Qatnashish shartlari oson:

- @allaevuzb kanalimizga a'zo bo'lasiz.

- Ushbu postni guruh yoki kanalga bo'lishasiz

- post tagidagi "qatnashaman" (участвую) tugmasini bosasiz.


G'olibni bot avtomatik aniqlab beradi. G'oliblar ro'yxati 1-sentyabr kuni 22-00da e'lon qilinadi. G'oliblarga sovg'alarni Asaxiy orqali uylarigacha yetkazib beramiz.

Bayram muborak do'stlar!

PS: 31-avgust va 1-sentyabr kunlari www.asaxiy.uz da barcha tovarlarga 33 foizgacha chegirmalar bo'lmoqda, foydalanib qoling.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bugun va erta Asaxiyda barcha mahsulotlarga 3.3 foizdan 33 foizgacha chegirmalar.
Chegirmalar onlaynda va Toshkent shahardagi do'konlarimizda bir xil amal qiladi.
Foydalanib qoling.

Читать полностью…

Allaev Uz

"Agar siz biror narsani oddiy so‘zlar bilan tushuntira olmasangiz, demak, siz uni tushunmaysiz."

© Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori doktor Richard Feynman

Oxirgi vaqtda sodda va aniq fikrlaydigan insonlarga hurmatim oshmoqda. Chunki murakkab narsani sodda qilib ifodalash insondan masalani chuqur tushinish, miyada tizimlashtirish, so'ngra uni tushinarli ifodalashni talab qiladi. Bu esa oson emas.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

#DUROV haqida
“Ha, u shunchaki Facebook yoki WhatsApp'ni ko‘chirib oldi,” - deb faqat klinik ahmoqlar yoki ikkiyuzlamachilar aytishi mumkin. VK yoki Telegram kabi mahsulot yaratish - noyob, hayratlanarli darajada katta yutuq. Mehnat, iste’dod, omad, millionlab kamyob ko‘nikmalar, bukilmas xarakter va irodaning aql bovar qilmas uyg‘unligi. Hech bo‘lmasa bir kichkina do‘konni ochib ko‘ring, janoblar va xonimlar. Hech bo‘lmasa bir yil davomida haqiqiy biznes yuritib ko‘ring. Hech bo‘lmasa $100k sarmoya jalb qilib ko‘ring. Har qanday g‘oyani mahsulotgacha yetkazib ko‘ring. Birinchi marta naqd pul yetishmasligi muammosiga duch kelganingizda aqlingizni saqlab qolishga harakat qiling. Regulyatorlar orqali o‘tib ko‘ring. Millionlab odamlar foydalanadigan narsani boshqarishga harakat qilib ko‘ring. Bankrotlik tahdidi oldida hech bo‘lmasa bitta tamoyilingizni saqlab qolishga harakat qiling. Sizni minglab odamlar nafrat qilayotgan sharoitda hech bo‘lmasa bir oy yashab ko‘ring, faqat shuning uchunki sizda nimadir muvaffaqiyatli bo‘ldi, lekin ularda yo‘q. Hech bo‘lmasa bu hayotda biror narsa qilishingizni ko‘rsating. Алексей Олин


@Teamwork_uz

Читать полностью…
Подписаться на канал