allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Tekinga pdf kitob tarqatish toʻgʻrimi?

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Postmodernizm. Butun olam - matn!

"XURMO" YouTube kanalidagi "Postmodernizm. Bütün olam - matn" mavzusidagi video postmodernizmning muhim konseptlarini ochib beradi. Video postmodernist tafakkur, o'z-o'zini inkor qilish, va har bir narsaning matn sifatida qaralishi kabi g'oyalarni yoritadi. Ushbu yondashuvda, dunyo va hayotdagi barcha hodisalar va tajribalar matn sifatida qabul qilinadi, bu esa haqiqiylik va ma'no bilan bog'liq yangi savollarni yuzaga keltiradi. Video, shuningdek, postmodernizmning san'at, adabiyot va madaniyatdagi ta'sirini ham tahlil qiladi.

To'liq videoga havola:https://www.youtube.com/watch?v=mE_FZCNKdDM&t=1257s

Читать полностью…

Allaev Uz

iPhone 16 seriyasi taqdimoti 9-sentyabr kuni ekanligi rasman tasdiqlandi. Shu kuni Apple Watch 10 soatlari va yangi Airpods quloqchinlari ham taqdim etiladi.
Xullas, ikki haftadan keyin iPhonelariz eskiradi 😁

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi Fransiyadan o‘z fuqarosi Pavel Durovga shoshilinch ravishda barcha zarur konsullik xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlashni talab qilmoqda.

Bu uzoq kutilgan yangilik. Bu vaziyatdan BAA o'z imijini yaxshilash uchun foydalanishi mumkin edi va mamlakat bunga qo'l urdi.

Pavel Durov masalasi ancha murakkab bo'lib qolmoqda, Durovda umumiy 7ta mamlakat pasporti borligi aytilmoqda. Fransiya bo'lsa Pavelni fransuz sifatida tergov qilayotganligi va bu xalqaro masala emasligini ta'kidlamoqda.

Durov Fransiya fuqaroligini 2021-yilda olganligi aytiladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

OʻzLiDeP yosh oilalar uchun 1 millionta arzon uy-joy qurishni maqsad qilgan

Saylov yaqinlashgani sayin partiyalar ommaviy axborot vositalari va televideniyeda chiqishlar qilib, oʻz dastur va maqsadlarini bayon qila boshlashdi. Masalan, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Xaitov partiyaning ustuvor maqsadlaridan biri yosh oilalar uchun arzon ijara narxlariga ega 1 millionta uy-joy qurish ekanini maʼlum qildi.

Hozirda Oʻzbekistonda, ayniqsa poytaxt Toshkentda ijara narxlari juda qimmat ekanini hisobga olsak, partiya eng dolzarb muammolardan biriga yechim topishni oʻz dasturiga kiritibdi. Qolgan partiyalardan ham dadil rejalarni kutib qolamiz.

#sаylоv24
@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

28-avgustga qadar bizda "1984" romaniga 20% chegirma.

Kupon kodi: DUROV

Читать полностью…

Allaev Uz

Pavel Durov ishi qaysi moddalar bo‘yicha tergov qilinmoqda?

✹ Uyushgan guruhlarning noqonuniy bitimlarini amalga oshirish uchun onlayn platformani boshqarishda ishtirok etish.

✹ Tergov o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar yoki hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlar so‘roviga ko‘ra taqdim etishni rad etish.

✹ Voyaga yetmaganlarga oid pornografik kontentni saqlash va tarqatishda ishtirok etish.

✹ Giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish.

✹ Kiberjinoyatlarda ishtirok etish.

✹ Firibgarlikda ishtirok etish.

✹ Kamida 5 yillik qamoq jazosi bilan jazolanadigan jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etish maqsadida jamoada ishtirok etish.

✹ Jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni legallashtirishda ishtirok etish.

✹ Maxfiylikni ta’minlash uchun kriptografik xizmatlar va vositalarni noqonuniy taqdim etish.

Xullas, telegramdan o'tadigan har qanday noqonuniy ishga Pavel Durov sherik sifatida ko'rilmoqda.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Makron Durovni Fransiyada hibsga olish qarorini siyosiy deb hisoblamasligini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, milliarder "davom etayotgan sud tergovi doirasida" hibsga olingan.

U X (twitter)da yozdi: "Telegram rahbarining Fransiyada hibsga olinishi davom etayotgan sud tergovi doirasida sodir bo‘ldi. Bu mutlaqo siyosiy qaror emas. Qarorni sudyalar qabul qilishi kerak."

Fransiya rahbari tadbirkor qo‘lga olingandan so‘ng "Fransiya haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilayotganini" aytdi. U Parij "so‘z va muloqot erkinligi, innovatsiyalar va tadbirkorlikka har qachongidan ham sodiq" ekanini ta’kidladi. "Shunday bo‘lib qoladi," deya qo‘shimcha qildi u.

Makron yana shunday dedi: "Huquqiy davlatda ijtimoiy tarmoqlarda, xuddi real hayotdagi kabi, erkinliklar fuqarolarni himoya qilish va ularning asosiy huquqlarini ta’minlash uchun qonunda belgilangan doirada amalga oshiriladi. Qonunga rioya etilishini ta’minlash to‘liq mustaqillikka ega bo‘lgan sudlarga yuklatilgan."


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Ўзбекистонда ноқонуний тамаки ва алкоголь маҳсулотларини мусодара қилиш тўлқини бошланди.

Биринчи ҳолат Андижон вилоятида кузатилди. Бу ерда акциз маркаси ва ёндош ҳужжатлари бўлмаган жами 56,6 млн сўмли 4 460 қути сигарет олиб қўйилган.
Самарқанд вилоятида, тезкор тадбирлар давомида, қалбаки акциз маркага эга 228,9 млн сўмли 7 184 дона алкоголь маҳсулоти мусодара этилган.
Фарғона вилоятида ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ёндош ҳужжатлари бўлмаган 2 018 дона алкоголь маҳсулотини, шунингдек, акцизи бўлмаган, жами 328 минг сўмли бир нечта қути сигаретни олиб қўйдилар.
Бундай текширувлар мамлакатимизнинг барча вилоятларида ўтказилмоқда. Божхона органларидан ташқари, тезкор рейдларни Солиқ қўмитаси ҳам ўтказмоқда.
Энди Солиқ инспекцияси савдо нуқталарида текширувларни ноқонуний сигарет савдоси факти ҳақидаги хабарга асосланиб, савдо нуқтаси соҳибларини огоҳлантирмай ўтказиши мумкин. Агар фактлар тасдиқланса, товар мусодара этилади, ҳуқуқбузарларни суд ва жарима, айрим ҳолларда озодликдан маҳрум қилиш ҳам кутади.

Читать полностью…

Allaev Uz

Yevropa Ittifoqida soʻnggi 12 oyda kitob oʻqigan insonlar statistikasi ekan. Raqamni Eurostat bermoqda. Eʼtibor bergan boʻlsangiz reyting boshidagi mamlakatlar aholi boshiga YAIM boʻyicha ham eng yaxshilar safidadir.
Yana bir holat, aholi baxtliligi boʻyicha reytingda ham oʻrinlar tahminan shunaqa shakllanadi.

Koʻp kitob oʻqilsa, mamlakat boy va baxtliroq boʻladimi bilmadimu, lekin boyroq va baxtliroq davlatlarda aniq koʻp kitob oʻqiladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bloombegr yozmoqda, iPhone 16 taqdimoti 10-sentyabr kuni bo'lib o'tadi. O'sha kuni yangi Airpods va soatlar ham taqdim etiladi.

iPhone 16 sotuvi 20-sentyabrdan boshlanadi.

@asaxiygadjet

Читать полностью…

Allaev Uz

O‘tmishdan saboq olishni xohlamaganlar uchun tarix to‘xtovsiz takrorlanadi.

Oʻtmish - biz saboq olgan joy.

Kelajak - oʻsha saboqlarimizni qoʻllash lozim boʻlgan joy.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

20-avgust kuni Respublika bolalar kutubxonasida "Milliy tiklanish" partiyasi bolalar adabiyotini rivojlantirish mavzusida ochiq muloqot tashkillashtirdi. Afsuski, keyingi uchrashuv vaqti kelib qolganligi uchun takliflarimni berolmasdan tadbirdan ketdim.

Bolalar adabiyotini, bolalar orasida kitobxonlikni rivojlantirish uchun bir nechta takliflarni aytib o‘tmoqchiman.

O‘zi ko‘p kitob o‘qilishi uchun nima qilish kerak?

Bu ikkita faktorga juda bog‘liq.

1. Mamlakatda so‘z erkinligi rivojlanishi kerak. Muammolar ochiq gapiriladigan joyda aholini futbol yoki turk seriali bilan aldab qo‘yib bo‘lmaydi. Odamlar muammolar aytilgan sari hayotni tushungisi, muammolarning sababini bilgisi, ularga yechim izlagisi keladi. Bu ularni o‘qishga, o‘rganishga, izlanishga, hayotdan ma’no qidirishga undaydi.

2. Mamlakatda bilim qadrlanadigan inklyuziv tizim shakllanishi kerak. Bu adolatli tizim, keng va teng imkoniyatlar, kuchli ijtimoiy lift orqali bo‘ladi. Yaxshi ta’lim olgan, o‘qigan, bilimli insonlar yaxshiroq yashasa, ko‘proq daromad qilsa, ko‘proq hurmat qilinsa, insonlar shuncha farzandining ta’limiga ko‘proq e’tibor beradi. Buning ortida ta’lim, uning asoslaridan biri kitob, o‘zi umuman bilim beradigan manbalar rivojlanadi.

Yangi davrda ikkala masalada ham yaxshilanish bo‘ldi. So‘z erkinligi so‘nggi yillarda biroz yana ortga chekingandek bo‘lsa-da, bilim va ta’limning ahamiyati oshib bormoqda. Xususiy ta’lim, treninglar va kitoblar ommalashishi, ota-onalar farzandimni o‘qitaman deb kursma-kurs olib yurganligi ham shundan. Orzudagi O‘zbekistonni qurish uchun bu ikki yo‘nalishni doimiy yaxshilashimiz kerak. Bu fundamental asos.

Bolalar o‘rtasida kitobxonlik rivojlanishi uchun nima qilish kerak?

Bunda ham 2ta taklifim bor.

1. Kutubxonachi kasbini qaytadan ko‘rib chiqish kerak. Hozir ular eng past maosh oladigan, asosan rahbariyatning buyrug‘ini bajaradigan noto‘g‘ri KPI bilan ishlaydigan qatlamdir. Kutubxonachiga KPI qilib ko‘proq bolani kitob o‘qitish emas, kitoblarni yangi va toza saqlash qo‘yilgan. Natijada kutubxonachi bugun bola kitob o‘qishidan emas, kitoblar joyida turishidan, qo‘polroq aytsa o‘qilmasligidan manfaatdor. Rahbariyat talabi shu. Bu kasbning maqsadining ayni qarama-qarshisi. Shu uchun ham kutubxonachilar ishini to‘liq ko‘rib chiqib, ularni ko‘proq bolani kitob o‘qishga undaydigan yangi tizim yaratish kerak. Ishdan maqsadi kitob qo‘riqlash emas, o‘qitish bo‘lishi kerak. Ikkinchisi, kutubxonaga nisbatan sifatli, jonkuyar, kitobni tushunadigan kadrlar kelishi uchun kutubxonachilar maoshini oshirish kerak. Ularning maoshi kamida ingliz tili o‘qituvchisi darajasida bo‘lishi kerak. Kitob o‘qishining ahamiyati ingliz tilini o‘rganishdan kam emas.

2. Adabiyot darslarining metodikasini qaytadan ko‘rib chiqish kerak. Adabiyot muallimi bolani ko‘proq kitob yodlatib, testga tayyorlaydigan emas, bolaga kitob o‘qitadigan muallimga aylanishi kerak. Bola Abdulla Qahhorning tug‘ilgan yillari yoki qaysi asarni yozganini yodlashni o‘rniga, uning asarini o‘qib, tushunishga harakat qilishi kerak. Bu ham milliy dastursiz, mutaxassislarsiz, o‘n yillarsiz bo‘lmaydigan jarayon. Bu uchun hatto adabiyotdan testni bekor qilishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Bolalar kitoblari rivojlanishi uchun nima qilish kerak?

Sohaga ijtimoiy buyurtmalarni ko‘paytirish kerak. Shu yili biz bolalar redaksiyasini rivojlantirishimiz uchun AOKA va jurnalistlar uyushmasi bizga beshta kitobning nashrga tayyorlash ishlarini davlat granti qilib berishdi. Bolalar adabiyoti moliyaviy tomondan o‘zini oqlamayotgan ekan, eng yaxshi yo‘l sohada sifat va tajribasi bilan o‘zini oqlagan nashriyotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyalashtirish, grant va subsidiyalarni ko‘paytirishdir.

Shulardan kelib chiqsa, sohani rivojlantirish faqat bir tomonlama qaror bilan emas, ta’lim, mamlakatda erkinlik va adolat rivoji, shuningdek kitob yaratuvchilarga investitsiya orqali bo‘ladi deb o‘ylayman.

Muhim mavzuni muhokamaga olib chiqqan Milliy tiklanish partiyasiga va uning Kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonovaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Saylov qanday bo'lishidan qat'iy nazar xar bir inson pasportini ko'tarib saylovga chiqishi kerak!
Eng muxim narsa shu.

O'zbek xalqi o'zini kim boshqarayotganini bilishi kerak, ularning olib borayotgan siyosiy jarayonlariga befarq emasmiz degan signalni bizni boshqarayotganlarga yuborishimiz kerak.

▶️https://youtu.be/sNmXnMlPRVA?si=v99Mfm4weSGvYOoi

Читать полностью…

Allaev Uz

Bilasiz, @Bankir kanalidan muhim postlarni ulashib turaman. Kanalda qanday qilib pulni ko‘paytirish, kam foizli ipoteka kreditlari, mikroqarzlarni qanday tanlash va boshqa ko‘plab yangiliklar, tahliliy postlar bilan tanishish mumkin.
 
Banklardagi kunlik foydali dollar kurslari va bir kun keyingi kurs prognozini ham aynan shu kanaldan topsangiz bo‘ladi.

Читать полностью…

Allaev Uz

Mohir va buyuk insonlarning siri nimada? Ular qanday buyuklikka erishgan? Inson o'zidagi iste'dodini qanday qilib rivojlantirsa, nafaqat o'ziga, balki butun dunyoga naf keltiradigan shaxsga aylanadi? Ota-ona, do'stlar va jamiyat belgilab bergan yo'ldan yurish kerakmi yoki ichingizdan isyon ko'tarib, o'z orzularingiz uchun kurashishingiz kerakmi?

Men yaqin o'rtada o'qigan eng zo'r kitob - Robert Green ni "Mahorat" degan kitobi bo'ldi.

Yaqinda Asaxiy mana shu kitobni nashrdan chiqarishni boshlabdi, menga ham bitta jo'natishgandi. Zo'r qiziqish bilan o'qiydigan masterpiece. 500 bet, hali tugallay olmadim-u, lekin shu o'qiganimni o'zi bilan ichimda g'alayon, yo'qotilgan energiyam qayta tiklangandek.

Robert Green ning barcha kitoblari o'zimga nisbatan muhabbatimni, ishonchimni uyg'otgan. Yozuvchi aynan mana shu kitobida har bir individual uchun chinakam "professional" (mohir) insonga aylanish uchun ko'nikmalar bergan, buyuk shaxslar haqida siz hech qayerda eshitmagan sirli ma'lumotlarni to'plagan.

E'tiborimni tortgan joyi 1-bobda Motsartning qanday "Motsart" bo'lgani-yu, Darvin bolaligida nega birorta fandan yaxshi o'qimaganligi.
Va 2-bobdagi "Bir pog'ona pastga tushish" tuyg'usi ham menga chuqur ta'sir qildi. 4-5-boblarda serqirra ongni uyg'otish va shunga o'xshash g'ayrioddiy ma'lumotlar topasiz.

Bu kitobni onam ikkimiz talashib o'qiyapmiz, birinchi bobni tugatiboq "o'zi buni avval ota-onalar, keyin bolalari o'qishi kerak ekan" dedim ularga.

Menimcha kitob hamma uchun yozilgandek. Hayotiy kuchingiz ortib borishini boshqacha his qilasiz.

To'liq tugallagach, shu kitob haqida batafsil voicechat qilamiz)

Muhokama qilishni istasangiz, kitobni olib o'qing.

P.S: 74-bet 25-qatordagi Fullerning gaplari - Hans Zimmer ni musiqalaridek zarba bilan kirdi yuragimga. I'm still speechless.

@yupiterlik

Читать полностью…

Allaev Uz

Demokrafik muammo sabab Janubiy Koreyaning Pusan shahrida yoshlarga turmush qurish uchun bonus pullari beriladigan boʻlibdi. Ilk uchrashuvga 360 AQSH dollari, toʻy uchun 15000 dollar.
Demografiya Janubiy Koreyaning eng jiddiy muammolaridan biri boʻlib qolmoqda.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Naqd pullarni komissiyasiz yechib olish, keshbek va boshqa imkoniyatlar: TBC Bank oʻzining yangi bank kartasiga oldindan buyurtma berishni yoʻlga qoʻydi 💳

Bu shunchaki bank kartasi emas, balki yashirin komissiyalarsiz va koʻplab qiziqarli takliflar beradigan kundalik vazifalar uchun qulay yechimdir.

Karta imkoniyatlari:

• Istalgan bankomatdan komissiyasiz naqd pul yechib olish – qulay va ortiqcha xarajatlarsiz.
• Xaridlar uchun keshbek – kundalik xarajatlarni tejash.
• Komissiyasiz pul o‘tkazmalari – yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlashning oson usuli.

Kelajakda esa karta hayotingizni qulaylashtirish uchun yanada koʻproq imkoniyatlar taqdim etadi.

Kartani kuzda chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu havola orqali unga oldindan buyurtma berishingiz mumkin.

Reklama

Читать полностью…

Allaev Uz

InfinBANK eshkak eshish bo'yicha jahon chempionatining rasmiy homiysi bo'ldi

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ushbu nufuzli sport anjumaniga mezbonlik qilish sharafini qo‘lga kiritdi. Musobaqada 57 davlatdan 500 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Chempionat o‘tkaziladigan joy Samarqand shahridagi Ipak yo‘lining qoq markazida joylashgan “Abadiy shahar” bog‘idagi go‘zal eshkak eshish kanali bo‘ldi. Shu tariqa musobaqa nafaqat sportchilar, balki viloyatning muhtasham tabiati, madaniy merosidan bahramand bo‘lgan tomoshabinlarning ham e’tiborini tortdi.
Shunisi e'tiborga loyiqki, Samarqand eshkak eshish kanali jahon standartlariga javob beradi va Markaziy Osiyodagi o‘ziga xos sport inshooti orasida eng yaxshisidir. Dunyoda shunga o’xshash kanal faqat ikkita- Moskva va Myunxen shaharlarida.

Musobaqa davomida 60 medal o'ynaldi:
* 20 ta oltin
* 20 ta kumush
* 20 ta bronza

InfinBANK jamoasi jahon chempionatida unutilmas muhit yaratdi – bank xodimlari sportchilarni qo‘llab-quvvatlab, esdalik sovg‘alarini taqdim etib, butun dunyodan kelgan muxlislar va ishtirokchilarni birlashtirdilar. InfinBANK, shuningdek, chempionat hududidagi yagona barni taqdim etdi, u yerda mijozlarga bankning mobil ilovasi orqali to'lovlarni amalga oshirishda 50% chegirma taqdim etildi. Samarqanddagi chempionat ishtirokchilari va tomoshabinlari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan yorqin lahzalarni yaratishda InfinBANK salmoqli hissa qo‘shdi.
Eshkak eshish – kuch, intizom va jamoaviylikni talab qiladigan sport turi bo‘lib, u bank qadriyatlariga mos keladi. Shuningdek, bu sportchilarni qo‘llab-quvvatlash va ushbu sport turi bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoniyatdir”, — deyiladi bank xabarida.

Bu InfinBANK uchun yirik sport musobaqalarida homiy sifatida qatnashish bo‘yicha birinchi tajriba emas. Bank sport va sog'lom turmush tarziga oid tashabbus va tadbirlarni faol qo'llab-quvvatlab kelmoqda.
Yakunlangan chempionat muhim sport tadbiriga aylandi va sport qanday qilib birlashtirib, ilhomlantirishi mumkinligining namunasi bo'ldi. Kayak va kanoe Federatsiyasi, shuningdek, tadbirning barcha homiylari, jumladan InfinBANK ham ushbu tadbir yorqin va esda qolarli bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlarni amalda qo’lladi.

Reklama

Читать полностью…

Allaev Uz

Metanol qanchalik xavfli

Videoda metanolning xavfini batafsil o'rganamiz! Metanol — juda xavfli kimyoviy moddadir, va uning salbiy ta'sirlari haqida barcha kerakli ma'lumotlarni taqdim etilgan. Biz metanolning sog'liq uchun qanday xavf tug'dirishi, uning organizmda qanday ta'sir ko'rsatishi va qanday xavfsizlik choralarini ko'rish kerakligi haqida bilib olamiz. Shuningdek, metanol bilan ishlashda ehtiyotkorlik va xavfsizlik qoidalari haqida foydali maslahatlar ham bor . Videoda siz metanol bilan bog'liq real holatlar va ehtiyot choralarini ko'rib chiqasiz, shuningdek, bu moddaning xavfsiz ishlatilishi uchun muhim tavsiyalarni bilib olasiz.

To'liq videoga havola👇
https://www.youtube.com/watch?v=vHqNtQ6nexI

Читать полностью…

Allaev Uz

Durovning xibsga olinishi telegramga taʼsir qiladimi?

Yaqin orada buning ehtimoli yoʻq chunki telegramga qarshi hech qanaqa sanksiya qo'llanilmadi. Undan tashqari Durov Taker Karlsonga bergan intervyusida uni qamashsa reja oldindan tuzilganligini aytgandi. Katta ehtimol bilan telegram muammosiz faoliyatini davom ettiradi.

Uzoq muddatli vaziyatda Durovni haqiqatdan sud aybdor deb topsa, oʻsha asosida telegram blok qilinishi mumkin. Lekin, ungacha ancha bor.

Hammasi yaxshi boʻlib, Durov bu muammodan chiqib ketib bilsa vaziyat uning foydasiga boʻldi. Gʻarbda aholi hukumat qilma deganini qilishni yaxshi koʻradi. Durovning xibsga olinishi Telegramning tekin reklamasi boʻldi. Endi millionlab odamlar telegramga qiziqib koʻradi. Katta ehtimol bilan undan faol foydalanib boshlaydi chunki Gʻarbda eng ommabop Whatsappdan telegram ancha qulay. Shu vaqtgacha Yevropa Ittifoqida faqat Ispaniya va Italiyada telegram nisbatan ommalashgan edi.

Eng yomon ssenariyda Durov uzoq muddatga qamaladi, telegram qator mamlakatlarda blok boʻladi va resurs yetishmasligi sababli innovatsiyalarda ortda qoladi. Bu holatda telegram yillar davomida sekin oʻladi.

Shaxsan man Durov vaziyatdan chiqib ketadi deb oʻylayman. Bu unga nari borsa telegram kalitlarini Gʻarb xavfsizlik xizmatlariga ochib berish yoki moderatsiya boʻyicha majburiyatlar olishga tushishi mumkin.

Amalda boʻlsa u yanada katta auditoriyaga ega boʻladi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Durov qachongacha xibsda qoladi?


Fransuz qonunchiligi bo'yicha tergov uni sud ayblovnomasisiz maksimum 96 soat ushlab turishi mumkin. Shu muddat orasida u yoki sudga olib borib ayblov e'lon qilinadi yoki ozod etiladi. Demak, 28 avgust fransuz politsiyasi uchun oxirgi kun.

Jinoyat ishi bo'lsa, 8-iyul kuni ochilgan ekan va Pavel Durov bir emas, 12ta jinoyatda bee'tiborlik va harakatsizlikda ayblanmoqda.

Fransuz komissarlariga ko'ra Telegram taklif etayotgan vositalar, jumladan, vaqtinchalik raqamdan ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati va ilova ichidagi kriptovalyutalar Durovni giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ishtirokchiga aylantiradi.

Bu holatda jazo 20 yilgacha ozodlik mahrum qilishgacha borishi mumkin.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Xitoyning eng zo‘rman degan marketologi ham o‘zbekdan qo‘rqsin.

Chunki biz ular 50 yil sarflab brend qilgan "Made in China"ni marketing byudjetisiz "Pekin fabrichniy" deb rebrending qilganmiz.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Теҳрондаги Гулистон саройи (1524—1576). Эрон.

Читать полностью…

Allaev Uz

🔴 Mustaqil O'zbekiston tarixidagi rekordchi: Maftuna Tuhtasinova bilan ayollar sporti va Amerikadagi imkoniyatlar haqida suhbatlashdik.

Bugungi podkastimizning mehmoni Maftuna Tuhtasinova — O'zbekistonning birinchi suzuvchi qizi, 11 yoshida "Sport Ustasi" unvonini qo'lga kiritgan rekordchi sportchi!

👩‍🎓 Maftuna Tuhtasinova Saint Leo Universiteti (AQSH) bitiruvchisi bo'lib, Xalqaro Turizm va Mehmonxona Menejmenti hamda Sog'liqni Saqlash Menejmenti yo'nalishlarida ta'lim olgan. Shuningdek, u Nyu-York Universitetida Global Sport Menejmenti yo'nalishida o'qimoqda.

🏊‍♀️ Sportda: Maftuna Tuhtasinova ko'p marotaba O'zbekiston, Osiyo va AQSh chempioni bo'lib, FINA Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. U ko'plab xalqaro musobaqalarda qatnashib, medallarni qo'lga kiritgan. AQShning "Badger Swim Club" a'zosi sifatida Olimpiya chempionlari bilan birga shug'ullangan.

⏰ Podkastimiz bugun 18:00 da YouTube kanalimizda premyerada!

Читать полностью…

Allaev Uz

Фараз қилинг, фарзанд замонавий таълимни рад этадиган, уни зарарли деб биладиган оилада туғилди.
Оила ҳатто замонавий тиббиётга, эмлаш ва дори-дармонга ишонмаса, уларни соғлиққа зарар деб билиб, давони гиёҳлардан ва табиблардан изласа-чи?
Ҳар қандай замонавий технологияни, замонавий санъатни хавф деб қабул қилишса-чи?

Бунақа оилада фарзанд қанақа руҳий кечинмалар ва қўрқув билан яшайди? Бунақа муҳитдан чиқиб кетиш учун нималар қилиш керак?

XXI асрнинг энг шов-шувли романларидан бири Тара Вестовернинг "Талаба" (Educated) китоби "Asaxiy Books" томонидан ўзбек тилига таржима қилинибди. 420 бетлик матн бошидан охиригача ҳаяжон билан ўқилади ва инсонни дунёга бошқа кўз билан қарашга ундайди.

Бунисини албатта ўқиб кўринг!

Харид қилиш: asaxiy.uz/u/talaba

Читать полностью…

Allaev Uz

"O'zbekiston madaniy merosi dunyo to'plamlarida" kitob-albomlarining yana 10 jildi nashr etilibdi

Samarqandda O'zbekiston madaniy merosini saqlash, o'rganish va ommalashtirish bo'yicha Butunjahon jamiyatining "Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans asosi" VIII xalqaro Kongresi bo'lib o'tmoqda.

Ertaga jamiyatning an'anaviy nashri bo'lmish "O'zbekiston madaniy merosi dunyo to'plamlarida" kitob-albomlarining 71-80 jildlari nashrlarining taqdimoti o'tkaziladi. Bundan tashqari keyingi 81-90-jildlarning loyiha taqdimoti ham bo'lib o'tishi kutilmoqda. Aytishim mumkinki, ushbu albomlar orqali butun dunyoga tarqalib ketgan O'zbekistonga oid madaniy meros namunalari haqida axborot olish imkoniga ega bo'lamiz.

Man o'zim ushbu to'plamni ishlatib ko'rdim, noshir sifati bosma sifatiga havas qildim. Haqiqatdan o'ta sifatli to'plam chiqqan.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Britaniyaning Nothing kompaniyasi masofadan (online) ishlaydigan barcha 450 nafar xodimini ofisga qaytarishga qaror qildi. Bunga rozi bo‘lmaganlar bemalol ishdan bo‘shab, boshqa sohada o‘z o‘rnini topishi mumkin.

Bosh direktor Karl Pey o‘z maktubida ularning "kattalar uchun kompaniya" ekanligini, shu bois kattalar ofisda ishlashi lozimligini ta’kidladi. Moslashish uchun ikki oy muddat beriladi, ammo hozircha xodimlar hayratda - chunki ko‘pchilik aynan masofadan ishlash imkoniyati tufayli bu kompaniyaga ishga kirgan edi.

"Masofaviy ish yuqori maqsadlar va tezkor faoliyat bilan uyg‘unlashmaydi," - deya ta’kidladi kompaniya bosh direktori.

Ko'rinishidan, masofadan ishlashni xohlaydigan kadrlar ko'pligidan, masofaviy ishlash imkonini saqlab qoladigan kompaniyalar yaqin orada kadrlar taqchilligiga duch kelmaydi.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Asaxiyda yangi #vakansiya

Qo'ng'iroqlar markazi (sotuv bo'limi) bosh menejeri.


Majburiyatlar:
- Qo‘ng‘iroqlar markazi/savdo bo‘limi operatorlari jamoasining ishini boshqarish va muvofiqlashtirish.
- Mijozlarning kutish vaqti, xizmat ko‘rsatish sifati, bitimlar soni va savdo hajmi kabi asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) bajarilishini ta’minlash.
- Qo‘ng‘iroqlar markazi va savdo bo‘limi faoliyati samaradorligini oshirish strategiyalarini ishlab chiqish va joriy etish.
- Qo‘ng‘iroqlar markazi/savdo bo‘limi operatorlari uchun qo‘ng‘iroqlar ssenariysi va skriptlarni yaratish hamda takomillashtirish.
- Qo‘ng‘iroqlar markazi/savdo bo‘limi ish ko‘rsatkichlarini kuzatish va tahlil qilish, muntazam hisobotlar tayyorlash.
- Mijozlar tajribasini yaxshilash va savdo jarayonlarini optimallash uchun kompaniyaning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.
- Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish, qo‘ng‘iroqlar markazi/savdo bo‘limi uchun yangi xodimlarni moslashtirish va rag‘batlantirish.


Talablar:
- Qo‘ng‘iroqlar markazi va/yoki savdo bo‘limida rahbarlik lavozimida kamida 2 yillik ish tajribasi.
- Mukammal muloqot va boshqaruv qobiliyatlari.
- Qo‘ng‘iroqlar markazi va savdo uchun qo‘ng‘iroqlar ssenariysi va skriptlarni ishlab chiqish hamda joriy etish tajribasi.
- Ko‘p vazifali sharoitda ishlash va stressli vaziyatlarda qaror qabul qilish qobiliyati.
- Qo‘ng‘iroqlar markazi va savdo bo‘limi samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini bilish va ularni boshqara olish.
- O‘zbek va rus tillarini bilish; ingliz tilini bilish afzallik hisoblanadi.
- Qo‘ng‘iroqlar markazi va savdo faoliyatini nazorat qilish hamda boshqarish dasturlari (masalan, CRM tizimlari, Clockster) bilan ishlash tajribasi.


Sharoitlar:
- Raqobatbardosh ish haqi.
- Kompaniya doirasida kasbiy o‘sish va rivojlanish imkoniyatlari.
- Zamonaviy ofisda do‘stona jamoa va qulay mehnat sharoitlari.


Maosh: 8-10 million so'm


CV va ma'lumotlarni @mmfayz telegram akkauntiga jo'natamiz.

Читать полностью…

Allaev Uz

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🗣"Biznesni rivojlantirish banki", "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi", "Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi" hamkorligida e'lon qilingan "Mahalla taraqqiyoti uchun eng yaxshi biznes loyiha" tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi Toshkentdagi yoshlar ijodi saroyida boshlandi.

Tanlovga yurtimiz bo‘ylab 1000 dan ortiq tadbirkor ishtirok etgan. Hududiy bosqichlar g‘oliblari bo‘lgan 14 nafar tadbirkor Respublika bosqichiga yetib keldi.

Birinchi o‘rin g‘olibi chet elga sayohat yo‘llanmasi, ikkinchi va uchinchi o‘rin sohiblari esa qimmatbaho sovg‘alar va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Tadbir doirasida shuningdek mahalliy mahsulot va xizmatlar ko‘rgazma-yarmarkasi ham tashkil etilgan.

📊 Biznesingizni biz bilan rivojlantiring!

🖼️ @biznes_rivojlantirish

Читать полностью…
Подписаться на канал