Агар Сизга бирор компания қайсидир маҳсулотни текинга таклиф қилса, демак у компания учун маҳсулот сизсиз. Компания сизни сотмоқда.
Сиз пул тўламадингизми, сиз истеъмолчи эмассиз. Сиз маҳсулотсиз.
Масалан, оддий битта блогерни олайлик. Сиз унинг блогини текинга ўқийсиз. Бу вақтнинг ўзида блогер реклама олади. У пулни реклама орқали топади. Демак, у сизнинг эътиборингизни реклама берувчига маҳсулот сифатида сотади.
Буни яхши ёки ёмон демадим. Шунчаки бизнес модели шунақа. Facebook ва Instagram текинлиги, лекин Мета дунёнинг 10та энг катта компаниясидан бири эканлиги сабаби ҳам шунда.
Бугунги текин деб реклама қилинаётган бизнес ҳам шунақа, аслида.
@allaevuzb
Smartfonlarni Asaxiydan uyingizdan chiqmasdan xarid qiling.
Eng ommabop smartfonlarga 15-21-iyul kunlariga narxlar:
1. Смартфон Xiaomi Redmi Note 13 Pro 8/256GB Midnight Black - 3 099 000 So'm
2. Honor 200 Lite 5G 8/256 GB Black - 3 699 000 So'm
3. iPhone 15 Pro 128GB Titan - 12 499 000 So'm
4. Samsung Galaxy S24 Ultra 12/256 GB Gray - 12 159 000 So'm
5. Honor X8b 8/256 GB Green - 3 069 000 So'm
6. Xiaomi Redmi Note 13 6/128GB Black - 2 199 000 So'm
7. Xiaomi Redmi 13C 4/128GB Black - 1 579 000 So'm
8. Samsung Galaxy A55 8/128 Awesome iceblue - 4 099 000 So'm
9. TECNO Spark Go 2024 3/64GB Gravity Black - 1 169 000 So'm
10. Honor X9b 5G 8/256GB Black - 3 839 000 So'm
Aksiya va chegirmalarni o'tkazib yubormang: @asaxiyuz
Kecha Donald Trampga uyushtirilgan hujumdan so‘ng, internetda turli xil fitna nazariyalari avj oldi. Konspirologlar har xil xulosalar va taxminlar bilan chiqishmoqda, lekin bundan ehtiyot bo'lgan yaxshi.
Nima uchun konspirologiyaga ishonmaslik kerak?
Shunchaki, bu ikki nomzod uchun ham xavfli. Agar Tramp o‘ziga hujumni o‘zi tashkillashtirgan bo‘lsa, bu haqida ma'lumot chiqib qolsa, u saylovlarni yutqazadi. Agar unga qarshi Bayden tashkillashtirgan bo‘lsa, bu jinoyatga teng. Bu nafaqat saylovlarni yutkazishga olib keladi, balki Bayden tarixda ham yomon nom bilan qoladi.
Bugungi kunda har qanday narsa sir qolishi deyarli imkonsiz. Axborot texnologiyalari rivojlangan zamonda har qanday voqea yoki ma'lumot ommaga tezda yetib boradi.
Bunga bir nechta sabablar:
1. Axborotning tez va turli manbalardan tarqalishi: Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot juda tez tarqaladi. Har qanday sir yoki fitna haqida ma'lumotlar oshkor bo‘ladi. Demokratik mamlakatda bo'lsa OAVlar ham turli siyosiy pozitsiyalar sabab bir-biriga qarama-qarshi bo'ladi va bunaqa holatda ular fitnani payqasa, tinch qo'yishmaydi.
2. Jurnalistik tergov: Ko‘pgina jurnalistlar va blogerlar turli voqealarni chuqur o‘rganishadi va haqiqatni aniqlashga harakat qilishadi. G'arbda bo'lsa jurnalist tergov olib borib o'z versiyasini chiqarishiga hech kim qarshilik qilolmaydi.
3. Ommaviy kuzatuv: Hozirgi kunda ko‘plab kuzatuv vositalari mavjud bo‘lib, ular yordamida ko‘plab voqealar va harakatlar nazorat qilinadi. Xullas, tergov jarayonida tergovchilar voqea haqida hatto sekundlarigacha aniqlik bilan ma'lumot olishlari mumkin
4. Ichkaridan ma'lumot sizdirilishi. Har qanday insonlar jamoasi ishlaydigan tizimda noroziliklar, qarama-qarshiliklar bo'ladi. Bunaqa fitna qaysidir jamoada tayyorlansa, u qaysidir joyda sizib chiqmasdan qolmaydi.
Zamonaviy dunyoda hech narsa sir saqlanib qolmaydi.
Snovden va Assanj kabi bir nechta keyslarni eslang. Xullas, siz AQSH prezidenti o'z raqibiga yashirin hujum uyushtiradi, yoki nomzod saylovda yutish uchun o'ziga yashirin suiqasd uyushtiradi va bu sir qoladi desangiz, adashasiz. Hozirgi axborot dunyosida, muvozanat shakllangan rivojlangan mamlakatda bu imkonsiz.
Shu sababli, fitna nazariyalariga ishonmasdan, ishonchli manbalardan axborot olishga harakat qiling. Kecha Bayden bilan choy ichib o'tirgandek ishonch bilan gapirayotgan Qo'chqorvoyga emas, jahonning jiddiy matbuotiga ishoning.
@allaevuzb
ҚУРУЛТОЙ лойиҳасининг навбатдаги сонида Марказий Осиёда исломгача бўлган маданият мавзусида суҳбат қурилган. Бу галги меҳмонлар: тарихчи олим, профессор, тарих фанлари доктори Ғайбулла Бобоёров ҳамда фалсафа доктори Мунира Хотамова.
Интернетда кўп бахсга сабаб бўладиган мавзуга тўхталиб ўтишган:
«Сўнгги пайтларда исломгача ҳеч нарса бўлмаган, араблар ўзлари билан юксак маданиятларини олиб келган деган гаплар кўп янграяпти. Бизга ёзувни, давлат бошқарувини, танга зарб этишни айнан араблар ўргатган каби фикрлар. Умуман биз ҳамма нарсани Олд Осиё халқларидан олганмиз, унгача ибтидоийроқ халқ бўлганмиз, деган янглиш тушунчаларни эшитиб қоляпмиз. Бу хато фикрлар етарли маълумотларга эга бўлмаслик сабаб юзага келмоқда».
Тарих фанлари доктори Ғайбулла Бобоёров
👉 https://www.youtube.com/watch?v=E7IyXyRc8lo
Asaxiyda Bugatti adashib qo'shilganmi deb so'rashdi.
Yo'q, unaqa emas. Haqiqatdan bizga mashinalarni bergan hamkor salon praysida Bugatti va Porsche bor.
@allaevuzb
UPD: Korzinkada 2011-yilda SAPni ilk o'rnatishga 1 million yevro sarflashgan ekan. Undan keyingi xarajatlar aytilmadi.
Читать полностью…Marketpleyslar uy va mashina sotishiga ko'nikib boshlagan edik. Asaxiyda ham yaqinda mashina sotuvini yo'lga qo'ygan edik.
Ozon bo'lsa bu borada hammadan o'tib ketdi. Marketpleysda samolyot sotuvga qo'yishibdi.
Hozircha yengil motorli kichik samolyot sotuvga qo'yilgan.
@allaevuzb
Bu mening farzandim! 😇
Endi Shoxista, Sardor, Ibrohim, Shohjahonning ota-onasi farzandlarining natijasi bilan faxrlanishadi. Chunki:
• Shoxista NYU Shanghai universitetiga 100% lik grant yutdi. Bu degani xalqaro universitetda bepul ta’lim oladi 🔥
• Sardor FLEX — AQSh’da almashinuv asosida ta’lim olish dasturini yutdi. Bu haqida intervyu ham olganmiz 😎
• Ibrohim 9-sinfdayoq IELTS 8,0 natijani, Shohjahon esa 8-sinfda 7,5 ballni qo‘lga kiritdi 🥳
🤗 Sizni ham farzandingiz faqatgina maktab orqali shunday natijalarga erishishi mumkin. Buning uchun esa munosib joyni tanlash sizning ixtiyoringizda!
🔗 Rahimov School qabuliga ro'yxatdan o'ting:
https://bit.ly/allaevuzb-rahimovschool
📞 78-113-00-05
📍Filiallar Toshkent va Farg'onada
@rahimovschool_admin
#biznes #iqtisodiyot
TBC bank yana 38.2 million AQSH dollari investitsiya jalib qilibdi. Bu haqida Techcrunch yozmoqda.
TBC Bank group 23 mln, Yevropa taqaqqiyot va rivojlanish banki (EBRD) va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) 7.6 mln dollardan sarmoya kiritishgan.
TBC raqamli bankidan tashqari, Payme ham TBCga tegishli. Sarmoya turli xizmatlarni rivojlantirishga yo'naltiriladi.
@skartariss telegram kanali "payme nasiya" xizmati rivojlantirilishini ham yozmoqda. Unga ko'ra Payme BNPL (rassrochka) bozoriga faol kirib boradi.
@allaevuzb
❤️ Йиллик 30% ставкали омонат ютиб олинг!
TBC Bank 30та ғолибни танлаб олиб, уларга бир йилда 30% даромад келтирадиган омонат совға қилади. Омонатни исталган пайт тўлдириш ва ундан қисман пул ечиб олиш мумкин бўлади. 🎁
Конкурсда қатнашиш учун:
— TBC UZ иловасининг “TBC Stars” бўлимига кириб, қийин бўлмаган топшириқларни бажаринг ва юлдузлар тўпланг.
— Сўнг юлдузларни “TBC Stars”нинг "Ютуқлар" бўлимида чипталарга алмаштиринг.
Қанча кўп чиптангиз бўлса, шунча кўп имкониятга эгасиз. Ғолиблар тасодифий сонлар генератори орқали жонли эфирда аниқланади.
Конкурс ҳақида батафсил
Омадингизни синаб кўринг! 🍀
Реклама
#podkast
Ahad Qayumni biz yerga uramiz, jurnalist dugonam Ahad Qayumni sevganman va nima bo'pti deydi? Uni ijodini sevganman va bu bosqich edi.
Turk adabiyoti o'qiyotgan yoshlarni ustidan kulmaylik, agar ular shunday davom etsa bu yomon, lekin ular sekin sekin ko'tarilsa, sifatli adabiyot o'qishni boshlasa bu yaxshi.
Nimadan boshlash muhim emas, uni davom ettirmaslik, rivojlanmaslik mana bu juda yomon
Inson didi, u tanlayotgan asarlar va ijodkorlar haqida juda qiziq suhbat bo'libdi. Qiziqarli, farqli qarashlarni eshitish mumkin.
▶️https://youtu.be/W3IsP6vEo3c?si=Ejpy5_ILntv72ljN
Assalomu aleykum, hurmatli kuzatuvchilar! Sizlarga xalqaro munosabatlar bo’yicha o’zbek tilidagi birinchi kanal Strategic Focus: Central Asia’ni tavsiya qilmoqchimiz.
✅Kanal afzallik tomonlari:
1) muhim siyosiy mavzular bo'yicha chuqur tahlil;
2) yetakchi ekspertlarning fikrlari;
3) ochiq munozaralar.
#Tavsiya #XalqaroMunosabatlar #Tahlil @StratFocusCA
#iqtibos #kitob
Otni sug'orishga olib borish mumkin, lekin unga suvni majburlab ichirib bo'lmaydi.
Oldingi post davomi:
Yangi oʻzgarishlardan keyin dastur endi maʼlumotlarni doʻkonlar boʻyicha alohida tahlil qilish imkonini berdi. Va biz oldin taxmin qilgandek “Asaxiy Kitob olami” doʻkoni bilan “Asaxiy Farhod bozori” doʻkoni mijozlari oʻrtasida talab keskin farq qilar ekan. Deylik, “Kitob olami”da ruscha, inglizcha, ilmiy-ommabop va biznesga oid kitoblar koʻp sotilsa, Farhod bozori yonidagi filialda vaziyat oʻzbek va turk adabiyotiga yon bosgan. Undan ham qizigʻi Novzada har oy 30tadan ortiq sotilgan, lekin boshqa doʻkonlarda sotuvda yoʻq kitoblar ham kelib chiqdi.
Dasturiy taʼminot va tizimdagi soʻnggi oʻzgarishlar bizga har bir kitob doʻkonida qaysi mahsulot sotilishi kerakligi haqida aniq xulosalarni va raqamlarni chiqarib berdi. Endi keladigan haftalarda shunga moslab katalog oʻzgaradi. Shuningdek, data evaziga qaysi kitobdan nechta boʻlishi kerakligini ham oldindan prognoz qilib bilamiz va shu asosida kitoblar tugab qolmasligini ham yaxshiroq taʼminlaymiz.
Hozirda har bir doʻkon Asaxiy tarqatish punkti ham hisoblanadi. Undan mijozlar www.asaxiy.uz orqali xarid qilingan xohlagan turdagi mahsulotni olib ketishlari mumkin. Maʼlumotlarni toʻgʻri oʻlchash endi doʻkon katalogida eng koʻp sotiladigan kanselyariya tovarlari, gadjed va aksessuarlar, smartfonlarni ham qoʻshish imkonini berdi. Bu birma-bir amalga oshiriladi. Natijada doʻkonlar ekotizim ichida yanada bir unumdor boʻgʻinga aylanmoqda.
Buni nima uchun kanalda tadbirkor doʻstlarimizga boʻlishdim? Gʻarbda “Shayton detallarda yashinadi” degan mashhur ibora bor. Siz biznesingiz uchun doimiy rivojlanish nuqtalarini topmoqchimisiz, detallar ichiga koʻproq kirib, undan yashirin imkoniyatlarni qidiring. Siz oʻylagandan koʻproq narsalar ochiladi, shunda raqobat ham unchalik qoʻrqinchli boʻlmaydi.
@allaevuzb
Insider Uz kanali admini hayvonlarni asrash uchun Toshkentga kelgan viloyatliklarni qayta tarbiyalashni taklif qilmoqda.
Ularning nazdida Toshkentda ko'chadagi hayvonlarga qilinayotgan vaxshiyliklarga aynan viloyatliklar sabab ekan. Qayta tarbiyalagandan keyin Toshkentga munosiblik testidan qanday o'tish haqida ma'lumot berilmagan.
Xo'sh, hurmatli viloyatliklar, qayta tarbiya olamizmi? Ivanyujenkoni mushugini nimaga azob berdingiz?
Япон маданиятини севадиган, Ироқда Саддам Ҳусайн режимига қарши урушда қатнашишни истаган ва АҚШнинг барча махфий сирларини фош этган ҳаккер ҳақида эшитганмисиз?
«Худди шундай» канали машҳур ҳаккер Эдуард Сноуден ҳақида видео тайёрлабди.
Бир кўриб чиқинг: https://www.youtube.com/watch?v=jWf6YYIia8c&t=1132s
“10 минг долларга олган қуёш панелимизни 30 млн сўмга сертификат қиласан дейишди” — тадбиркор
Қурилиш соҳасидаги бизнес вакиллари билан очиқ мулоқотда тадбиркорлардан бири хориждан олиб кириладиган эҳтиёт қисмлари, генераторлар ва қуёш панелларини сертификатлаш монополияга айланганини айтиб, сертификатлаштириш нархлари қимматлигидан шикоят қилди. Масалани Рақобат қўмитаси ва Бизнес омбудсман ўрганади.
👉 https://kun.uz/kr/76185216
Kun.uz расмий канали
#biznes
Biznesga rahbarning noto'g'ri qarorlaridek hech narsa zarar yetkazolmaydi. Shu uchun korxonani avvalo rahbardan himoya qilish kerak. Rahbarlarning shoshib qilgan xatosi qimmat.
Yechim: Korporativ boshqaruvni yo'lga qo'yish va qaror qabul qilishni tizimlashtirish kerak.
© Zafar aka Hoshimov
@allaevuzb
#biznes
SAPdan orqaga qaytib bo'lmaydi. U borsa-kelmas.
© Zafar aka Hoshimov Korzinka SAPdan 1Cga qaytadi degan mishmish haqida.
PS: SAP Germaniyaning biznes boshqarish uchun dasturiy ta'minot, ERP ishlab chiquvchi kompaniyasi.
@allaevuzb
Humster Combat o'yini foydalanuvchilari 150 milliontaga yetibdi. Butun dunyoda 150 million odam telefonini likkilatib turganini o'ylab ko'ring.
Yangi token qachon sotuvga chiqishi aniq emas, shunga qaramasdan 150 mln odam yangi tokendan umid qilib likillashda davom etmoqda.
PS: Shunga ketgan vaqtni odam bir ish yoki hunar o'rganishga sarflasa, aniq olti oy yoki bir yilda maoshlik ishga yetib oladi.
@allaevuzb
#biznes #iqtisodiyot
O'zbekistonda BNPL (rassrochka) bozori eng ko'p investitsiya qilinayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Hozirda unda alif, uzum nasiya, zoodpay kabi bir nechta xizmatlar ishlaydi. Undan tashqari banklar ham shunga o'xshash mahsulotlarni taqdim etishadi. Raqamlar aniq emasu, masalan Alif bozorda 27 foiz ulushga egaligi haqida ma'lumotlar tarqalgan.
Biz ham Asaxiy Murobaha xizmati tashkil qilganmiz. Xizmat boshqalarga yoyish uchun emas, Asaxiy mijozlariga halol muddatli to'lov taklif qilish uchun tashkil qilingan.
@allaevuzb
Молиявий муаммолар деменция касаллигининг симптоми бўлиши мумкин экан
Тадқиқот натижаларига кўра, пул билан боғлиқ муаммолар деменция ёки орттирилган ақли заифликнинг дастлабки белгиси бўлиши мумкин.
Америкалик олимларнинг тадқиқ қилишича, шу ташхис қўйилишидан олдинги йилларда бўлажак беморларнинг кредит рейтинги ёмонлашган ва тўловларни кечиктириш кўпайган.
Симптомлар сирасига тўловларни ўз вақтида тўламаслик, тез-тез ва кунлик нақд пул олиш, ўйламасдан ва тасодифий харидлар, шу жумладан, кредит олишлар ҳам кирар экан.
Шу сабабли ҳам лохозаврларнинг кўплаб қурбонлари асосан қариялар бўлса керак деб ўйлаб қолдим.
🧠@nurbekalimov
#jamiyat #qonun
Tarmoqda o'lim jazosini qayta tiklash bo'yicha chaqiruvlarni o'qib qoldim. Hatto deputatlar ham bor ular orasida.
Bu qo'pol xato deb o'ylayman. O'lim jazosi bekor qilinganligi qonunchiligimizda yutuq hisoblanadi. Hali dunyoda to'liq adolatli sud yo'q. Ozgina bo'lsa ham sudning adashish ehtimoli bormi, o'lim jazosini tiklab bo'lmaydi.
AQShda bir nechta jinoyatlar xato ko'rilganligini va oradan o'nlab yil o'tib qayta ko'rib, adolat tiklanganligini o'qiganmiz.
Pedofiliya kabi holatlarda jazoni og'irlashtirish to'g'ri yechim bo'lishi mumkin, lekin o'lim jazosini qaytib tiklash emas.
O'lim jazosi bizga o'xshagan mamlakatlarda shunchaki adashish sabab, hatto o'z dushmanini yo'qotish uchun qasddan ishlatilishi mumkin.
@allaevuzb
"Mahorat"da dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan misollar va tahlillar orqali mahoratga yetishish jarayoni nima ekani tushuntiriladi. Asar har qanday sohada ustalik darajasiga erishish uchun zarur bo'lgan bosqichlar va yondashuvlarni aniq va mufassal bayon etadi.
Robert Grin o'zining izlanishlari va tarixiy shaxslarning hayotiy tajribalarini o'rganib, mahorat darajasiga erishishning universalligi va vaqt sinovidan o'tgan qadriyatlarini ochib beradi.
Asar ikki qismdan iborat:
1. Mahoratga erishishning umumiy jarayoni,
2. Konkret taktikalar va strategiyalar.
"Mahorat"ning diqqatga sazovor tomoni shundaki, u oddiy nasihatlar yoki yuzaki ko'rsatmalardan uzoq, o'quvchini teran fikrlashga undaydigan, amaliy maslahatlar hamda psixologik tushunchalarni taklif etadi. Har bir bob o'quvchini o'zini chuqurroq tahlil qilishga va o'z sohasidagi mohir kishilardan koʻproq oʻrganishga undaydi.
Shuningdek, kitobda mahoratga erishishdagi to'siqlar va psixologik kurashlar haqida ham soʻz boradi. Ustalik sari intilishdagi qiyinchiliklar va tinimsiz mehnat uzviyligidagi kamchiliklar yoritilib, ularni yengish yo'llari ko'rsatiladi. Robert Grin muvaffaqiyatga erishish yo'lida fikrlash va mashaqqatli mehnatning ahamiyatini qayd etadi.
Umumiy qilib aytganda, "Mahorat" – istalgan kasb yoki sohada mahoratga erishish istagida bo'lgan, shuningdek, shaxsiy o'sish va o'z ustida ishlash uchun ilhom kerak bo'lgan kishilar uchun qoʻllanma desak boʻladi.
Grin oʻquvchilarga eng mahoratli shaxs darajasiga yetishishda yordam beradigan quyidagi yoʻl-yoʻriqlarni taklif etadi:
1. O'z sohangizni tanlash: Sizga yoqqan narsalar va qiziqishlaringizni tahlil qilish orqali sizga mos keladigan yo'nalishni topish.
2. Mentorlik: Ustoz-shogirt munosabati orqali tajribali rahbarlardan bilim va ko'nikmalar olishning ahamiyati.
3. Chuqur amaliy mashg'ulot: Uzoq muddatli ustuvorlikni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan chuqur amaliyot va izlanishlar orqali mahoratni yoki hunarni takomillashtirish.
4. Sabr-toqat va mashaqqatli mehnat: Mahoratga erishish oson emasligi va bu jarayon sabr-toqat va juda ko'p mehnat talab qilishini tushunish.
5. Ijodkorlik: Bilmingiz va ko'nikmalaringizni yanada noyob va yangilik yaratish yo'llari bilan birlashtirish.
6. Ijtimoiy va psixologik to'siqlar bilan muomala: Kitobda ta'kidlanishicha, mahoratga erishish yo'lidagi eng katta to'siqlardan biri - bu bizning psixologik cheklovlarimiz va ularni qanday yengishni bilmasligimizdir.
7. O'z sohangizda yangi yo'llarni kashf qilish: Hamma yoʻllar kashf etib boʻlingan degan fikrdan qochish. Oʻz sohangizda yangidan kashfiyotlar qilish va yangi yo'llarni yaratish uchun ilhomlanish.
Umuman olganda, "Mahorat" o'quvchilarga aniq strategiyalar va hayotiy misollar yordamida ularning kuchli tomonlarini rivojlantirish va o'z sohalarida ustalik darajasiga erishish uchun ko'rsatmalar beradi.
🕊Telegram 📱Instagram
Fransuz siyosatchisi Olivye For mamlakatda pensiya reformalari muhokamasi vaqtida juda qiziqarli statistika keltirdi. Unga koʻra Fransiyada aqliy mehnat bilan shugʻullanadigan insonlar jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan insonlardan uzoqroq yashar ekan. Bu oʻz navbatida aqliy mehnat qiladigan kadrlarning daromadi koʻpligi, ularda jismoniy charchoqning kamligi va ular sogʻliqlariga koʻproq eʼtibor berganligidan kelib chiqishi aytilgan.
Yana-da qiziqarli maʼlumot, yuqori daromad qiladigan aqliy mehnat egalari jismoniy mehnat qiladiganlardan oʻrtacha 13 yil uzoq yashar ekan.
Demak, aqliy mehnat bilan shugʻullanish, muvaffaqiyatli inson boʻlish sizni nafaqat bugun yaxshi yashashingizga sabab boʻladi, shuningdek umringiz ham sezilarli darajada uzayishiga olib keladi.
Farzandingizga yaxshi taʼlim berish, uni aqliy mehnat bilan bogʻliq ishlarga yoʻnaltirish haqida yana bir bor oʻylab koʻring.
@allaevuzb
#podkast
Raqamizatsiya podkastda Asaxiy va undagi tizim haqida gaplashdik.
Suhbatimiz Asaxiy ekotizimi, CRM, ERP, IT'ni zamonaviy biznesda oʻrni haqida boʻlib oʻtdi.
Link: https://youtu.be/vPQPmNqowh4?si=i4kYAMguObNKj5E4
#iqtibos #kitob #biznes #hayot
Кимдир сотишни ёқтирмаслиги сабабини билишни истайсизми? Ҳақиқий сабаб битта ва ўша одам баҳонасидан фарқ қилади. Бу рад жавобини олишдан қўрқиш эмас. Бу кимга ҳам ёқарди? Бу дангасаликдан ҳам эмас. Муваффақиятсизликка учрагач, ҳар қандай инсон ишидан безиб қолади ва муаммодан қочишни истайди. Бу одамовилик ҳам эмас. Муваффақиятли кунлардагина одамларни ёқтирамиз.
Инсон фаолиятини ёқтирмаслигининг ягона сабаби нима қилаётганинибилмаслигидир! У ғалабага эришмайди чунки соҳасида кўп нарсани билмайди. Беморлар ҳаётини сақлаб қололмайдиган шифокор касбини ёқтирмайди. Талабаларига фанни ўргатолмайдиган ўқитувчи эртами-кечми ишидан кўнгли қолади.
Молини сотолмайдиган савдогар сотишни ёқтирмайди. Савдогар бўлишни истамасликнинг ягона сабаби шудир. Бирор нарсани тушунмасангиз, уни назорат қилолмайсиз – назорат қилолмасангиз, фаолиятингизни ёқтирмайсиз!
© Грант Кардоннинг "Савдо санъати" китобидан
#biznes
“Asaxiy” kitob doʻkonlarida qaysi kitoblar sotilishi masalasini qanday yechganligimiz haqida tadbirkorlar uchun uzun post.
Soʻnggi kunlarda “Asaxiy” kitob doʻkonlarida katalog va tovar qoldigʻini boshqarish ustida band bo'ldik va juda muhim qadamlarni amalga oshirdik. Sizga bu haqida aytib bermoqchiman.
Asaxiy ekotizim boʻlganligi uchun, kompaniya ichidagi barcha xizmatlar oʻzaro maʼlumot alishib ishlashi juda muhim. Bu mijozlarga koʻproq va qulayroq xizmat taklif qilish, shuningdek biznesni unumliroq boshqarish, har qanday maʼlumotlarni toʻgʻri oʻlchash imkonini beradi.
Tizim qanchalik yirikligini tushunishingiz uchun aytib oʻtaman, Asaxiy nimalardan iborat:
1. www.asaxiy.uz internet-doʻkoni
2. “Asaxiy Books” nashriyoti. Kitoblarni tayyorlash nashriyot vazifasi
3. Asaxiy Murobaha fintex xizmati (muddatli toʻlovga mahsulotlar)
4. Asaxiy kitob doʻkonlari
5. Viloyatlarda Asaxiy maishiy texnika doʻkonlari
6. Elektron va audio kitob sotish uchun “Asaxiy Books” mobil ilovasi
Yagona kompaniya boʻlganligimiz uchun, bular hammasi yagona dasturiy tizimda (ERP) ishlashi, oʻzaro maʼlumot alishib bir-birini toʻldirishi, maʼlumotlar tahlili asosida yangi oʻsish nuqtalari topishimiz biz uchun juda muhim. Shu zahoti aytib oʻtaman, butun tizim oʻzimiz yaratgab dasturiy taʼminot asosida ishlaydi, tashqaridan biror dastur qolmadi. Tizim yaxshilangan sari doimiy mijozga tezroq, sifatliroq va arzonroq xizmat koʻrsatish imkonini beradi.
Asaxiy ERPni yaratish va uni yaxshilash soʻnggi besh yilda doimiy davom etayotgan jarayon. Mana shu tizim yaxshilanib, xizmatlar oʻrtasida maʼlumot alishish imkoni ochilganligi mijozlarimizga qator qulayliklar yaratgan. Masalan, Asaxiy kitoblarini Asaxiy internet doʻkoni yoki kitob doʻkonlari orqali xarid qilganda, avtomatik elektron va audio versiyasi tekin boʻlishi mana shu oʻzgarishlar mevasidir.
Endi soʻnggi kunlardagi oʻzgarishlar haqida. Hozirda Asaxiyning Toshkent shahrida yettita kitob doʻkoni bor. Shu oyning oʻzida “Xalqlar doʻstligi” va “Sergeli” filiallari ham ishga tushadi. Doʻkonlarning oʻlchami har xil, 20 m2dan 130 m2gacha. Doʻkonlar oʻlchami chegaralanganligi uchun ularda omborda mavjud 7000 xildan ortiq kitobning hammasini sotish imkonsiz. Doʻkonlarning har bir m2i kamida 130-140 ming soʻm turishini hisobga olsak, resursni toʻgʻri taqsimlash, haqiqatdan mijozga kerakli mahsulotni sotish muhim hisoblanadi. Eng kerakli mahsulot doʻkonda boʻlishi mijozga oʻzi qidirganini topish yaʼni yaxshiroq xizmat koʻrsatish imkonini ham beradi.
Oldin doʻkonlarda “Moy sklad” dasturini ishlatardik. U bizga qator noqulayliklar berardi. 2023-yilda oʻz ERPimiz ichida doʻkonlar uchun kassa ishlab chiqildi va doimiy yaxshilandi. Undan soʻng qoldiq boshqaruvi ham ombor boshqaruvi uchun oʻzimiz yozgan “Stock” dasturga oʻtkazildi. Bu bizga doʻkonlarda sotuvlarni aniq raqamlarda oʻlchash, tahlil qilish (data analitika” imkonini berdi. 2024-yil boshidan doʻkonlarda asta-sekinlik bilan Asaxiy orqali eng koʻp sotilgan 500 kitobni ushlab boshladik. Oddiyroq tushuntirib oʻtaman, dastur N sondagi (300, 500, xohlagan raqam) eng koʻp sotilayotgan kitoblarni chiqarib beradi va ularning qaysi doʻkonlarda nechtadan borligini koʻrsatadi.
Bu ishni yaxshilash imkonini berdi, lekin hali vaziyat biz orzu qilgandan ancha farq qilardi. Sotuv raqamlari Asaxiyning umumiy sotuvlaridan kelib chiqardi. Lekin, onlaynda sotiladigan kitoblar, ulgurji sotiladigan kitoblar, kitob doʻkonlaridagi kitoblar bir-biridan keskin farq qiladi. Umumiy natija aynan bir hududdagi kitob doʻkonida oʻsha hudud aholisi uchun kerak kitoblar boʻlishi imkoniyatini yaratmaydi.
Davomi keyingi postda.