allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Кўринишидан ўзимиздаги оддий мактаб ўқитувчисини эслатувчи мана бу инсоннинг исми Бабақ Парвиз. У Эронда туғилиб ўсган.

Бу инсон ҳақида ажойиб бир китобда ўқиб қолдим ва тарихи билан қизиқдим. У бугунги кунда АҚШдаги энг муҳим менежерлардан биридир. Ўзи илм-фан одами бўлганлиги учун бизнес ва илм-фанни улаб турадиган муҳим бир шахсга айланган. У 2014 йилгача Google Х тадқиқотлар марказини бошқарган. Google Х тадқиқотлар маркази Google шамол генератори, Google Glass ақлли кўзойнаги, электромобиллар устида иш олиб борган.

2014 йилда уни Безос Амазонга таклиф қилади. У ҳозирда Амазоннинг Grand Challange илмий-тадқиқотлар марказини бошқаради. Олдин ҳам бир неча марта ёзганман, Амазоннинг илмий тадқиқотлар ва ишланмаларга ажратадиган йиллик инвестиция 28 миллиард АҚШ долларига тенг. Илмий-тадқиқот марказига йирик кашфиётлар қилиш, инсоният олдидаги глобал муаммоларга ечим топиш вазифаси қўйилган. Масалан, Парвиз жамоаси бугун Амазонни медицина бозорига олиб кириш ва тиббий хизматлар нархини бир неча маротабага пасайтириш устида ишлаяпти. Grand Challange маркази киришида Карл Саганнинг қуйидаги сўзлари ёзилган экан: “Қаердадир катта нимадир ўзининг кашф қилинишини кутиб ётибди».

Яқинда Ўзбекистонликлар фильмини кўриб юртдошларимиздан жуда фахрландим. Лекин, афсуски четга кетаётган юртдошларимизнинг ҳам кўп қисми оддий ўзбекка мос тирикчиликдан ортишолмаяпти. Бир вақтнинг ўзида бизга ўхшаган Ҳиндистонлик, Эронлик йигит ва қизлар Ғарб меҳнат бозорида революциялар қилишяпти.

Айтмоқчи бўлганим, маррани каттароқ олаверайлик, аниқ уддалаймиз. Биз шунчаки уй ва машинани ўйлаб ўлиб кетиш учун туғилмаганмиз. Каттароқ нарсани орзу қилайлик ва у сари ҳаракат қилайлик, эришсак яхши, эришмасак камида ҳаётимизни каттароқ орзу йўлида ўтказган бўламиз.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Atrofda bir holatni juda ko'p uchratyapman, ko'pchilik prioritetlarni ajratib olishni bilmaydi. Natijada o'zi uchun eng muhimi qolib ketib, keraksizi bilan shug'ullanib yurganlar juda ko'p.
Bu shaxsiy masalalarga ham, professional masalalarga ham birdek tegishli. Inson o'zi uchun eng muhimini aniqlab, asosiy fokusni o'shanga qaratmas ekan, bir joyda turaveradi yoki undan battari cho'kadi.
Shu uchun muhim va dolzarbni aniqlash, unga fokus berish zaruratdir.
Faraz qilaylik bir binoda yong'in kelib chiqdi. Bino tegishli odam yong'inni o'chirish o'rniga gulzorda gul ekish bilan ovora bo'lsa. Pojar holatida buni faraz qilolmasangiz ham, hayotda boshqa holatlarda tez tez uchrab turadi.
Bolasini darsidan Instagramni muhim qo'ygan ona, kelajagi uchun zarur ko'nikmani o'rganish o'rniga boshqa biror narsa bilan ovora bo'lgan odam vaziyati narigidan keskin farq qilmaydi.
Odam o'zi uchun prioritetlarni aniqlab, fokusni birinchi unga qaratishi hayotda hal qiluvchi holatga aylanadi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

У ўз мутахассислигини француз тилига ўзгар­тириш ҳақида ҳам ўйлади. “Француз тили ўқитувчим олдига бу ҳақда гаплашгани бордим. У мендан нима билан шуғулланаётганимни сўради.” Даудна “кимё” деб жавоб берганида, ўқитувчи унга шу со­ҳада қолишни маслаҳат берган. “У ўз сўзида қатъий туриб олди. У шундай деди: “Агар кимёни ўргансанг, ҳамма нарса билан шуғуллана оласан. Агар француз тилига ўтсанг, француз тили ўқитувчиси бўласан холос.”


Фақат тил ўрганиш етарли эмаслиги ҳақида “Код бузар” китобидан

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

XXI-asrda ilm-fanda yana bir katta o'zgarish miya faoliyatiga bog'liq bo'lishi kutilmoqda. Bilamizki, inson miyasining 11 foizidangina foydalanib biladi. Futurologlar yaqin kelajakda ilm-fan buni oshirish imkoniga ega bo'lishi, miyaning ishlatilmagan qismlarini ishlatish, hatto o'zgartirish mumkinligi haqida jiddiy gapirishmoqda. Bu albatta genlar injeneriyasi yordamida bo'ladi. Bu haqida biz "Kod buzar" kitobini ham tarjima qilgan edik.
Genlar injeneriyasida miyani o'zgartirish imkoniyati tarixda o'yin qoidalarini o'zgartiruvchi hodisa bo'lishi mumkin. Bu super insonni yaratishga imkon ochadi. Xavotir bo'lsa, aholining keskin tabaqalanishida ko'riladi. Bu safar boy yoki elitar qatlam aqliy qobiliyatlarida biologik ustunlik olishi mumkin bo'ladi. Albatta, vaqt ko'rsatadi.
Lekin, masalan miyaning ko'rishga javob beradigan qismini qushlarning miyasi strukturasiga o'xshatib o'zgartirish va o'tkir ko'zga ega bo'lish imkoni odamni hayajonlantiradi.

To'g'ri, hozir bizga imkonsiz tuyulishi mumkin, lekin hozir foydalanayotgan narsalarimizning 70 yil oldin qaysi biri reallik bo'lib ko'rinardi? Hatto Internetga hech kim ishonmasdi.

#tonggimutolaa


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

www.asaxiy.uz da narxlar endi yanada arzon. Biz maishiy texnika, elektronika, smartfon va gadjetlarga komissiyalarimizni pasaytirdik.

Marhamat, endi yanada arzon narxlarda uyingizdan chiqmasdan xarid qiling. Buyurtmalar eshigingizgacha yetkaziladi.

Читать полностью…

Allaev Uz

2022 va 2023-yillarda "Asaxiy Books bestsellerlari"da "Yil bestselleri" bo'lgan "Atom odatlar" kitobiga mualliflik huquqini yana 5 yilga uzaytirdik.
Demak, kitobnining o'zbek tilidagi huquqi 2029-yilgacha Asaxiy Booksda qoladi.

Читать полностью…

Allaev Uz

Telegram'нинг ўзбек сегментида ҳуқуқ, санъат, илм-фан, ижтимоий ҳаёт, бизнес ва бошқа соҳаларга ихтисослашган энг фаол блогерларнинг каналларини тавсия қиламан. Бу каналлардан янги билимлар, қизиқарли фактлар, чиройли таҳлиллар топасиз.

Барча блогерларнинг каналларини битта ҳаволага жойлаб қўйдик. Уни босиб, истаганингизга ёки бирдан ҳаммасига обуна бўлишингиз мумкин.

Telegram'да кўп вақт ўтказсангиз, бу вақтни унумли сарфлашга ва фойдали маълумотлар олишга ҳаракат қилинг. Ушбу каналлар сизга мана шундай маълумот манбалари бўлиб хизмат қилади.

👉 /channel/addlist/ZfguWo576HwzYjdi

Читать полностью…

Allaev Uz

Anime dunyoda ancha mashhur. Lekin, bizda anime muxlislari unaqa ko'p emas deb o'ylardim.

Manga syurpriz bo'ldi, anime muxlislaridan tashqari anime san'ati ham bor ekan. Bu janrda ijodkorlar xalqaro festivalda mukofot ham olib ulgurishibdi.

Qozog'istonda bo'lib o'tgan birinchi "Farabi Film Festival"da o'zbek animesi bosh sovrinni qo'lga kiritibdi. "Sog'inch" deb nomlangan ushbu animatsion film O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabasi Jamshid Atambayev tomonidan ishlab chiqilgan.

Unda tarbiyaviy onaga mehr mavzusi ko'tarilgan.

Читать полностью…

Allaev Uz

2023 йилда Ўзбекистонда 7500 хилдан ортиқ китоб, умумий 40 миллиондан ортиқ тиражда чоп этилибди. Бу рақамга дарсликлар кирмаган.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Hozir kinoteatrlarda Gay Richining yangi kinosi ketyapti. Ikkinchi jahon urushidagi bo'lgan voqealar asosida olingan. Filmda Gay Richi kinolariga xos yumor, o'ziga xos sahnalar, musiqa, hammasi bor. Gay Richi tengdir Gay Richiga. Xullas, #tavsuyu

8.2/10

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Ayni daqiqalarda Factfulness kitobi haqida chat boshlamoqdamiz. Marhamat: /channel/asaxiybooks?livestream=4fc19473d6a10dfe45

Читать полностью…

Allaev Uz

Shu kunlarda kinoteatrlarda rosa ommabop bo'lgan "Jannat onalar oyog'i ostida" filmini o'zbek tilida telegramda tarqatib boshlashibdi.
Bu ishni keskin qoralayman. Bu kinoni suratga olgan Qirg'izistonlik ijodkorlar haqqiga xiyonatdir. Butun boshli jamoa umrini va pulini sarflab kino olsa, uni qaysidir kanallar tekinga tarqatsa. Kino seans davom etib turgan, hali bilet sotilishi imkoni bor holatda bu yanada xato. Bu ijodkorlarni daromaddan qoldiradi, kelajakda yaxshi kinolar yanada kamayishiga olib keladi. Vaziyat jiddiy bo'lsa, ko'plab kinolar shunchaki o'zbek bozoriga qo'yilmasligi mumkin.

Kino diyonat va iymon haqida. Yaxshi kontent ko'raman deb yomonlikka sherik bo'lib qolmang.

PS: Kino va ijodkorlarga umuman aloqam yo'q.

Читать полностью…

Allaev Uz

Kecha "Qo'rqma" romani asosida olingan filmning katta taqdimoti bo'lib o'tganligini aytgan edim.

Bugundan film Youtubega joylanibdi.

Marhamat, ko'rib chiqsangiz bo'ladi: https://youtu.be/PYNopQErSuQ


#tavsuyu

Читать полностью…

Allaev Uz

Uyat bo'lsa ham tan olib aytaman, o'zbek tilida kontent, ayniqsa podkast yoki intervyu ko'rmayman. So'nggi bir yilda faqat bir marta Farxod aka Fayzullayevning Ularga bergan intervyusi va Hikmat aka Abdurahmonovning Laziz aka Adhamov bilan podkastini ko'rimman.

Bugun Mirshakar boshlagan yangi loyihani maza qilib ko'rdim. "Soqqa" loyihasida turli xil bizneslar yoki sohalarda qayerdan qanaqa qilib pul qilish haqida gap ketadi.

Ilk sonda Mirshakarning o'zining sohasi kulgu haqida gap ketibdi. Biznes tomonidan o'ta qiziq son.

Xullas, #tavsuyu

https://youtu.be/vim9L2k4pfM?si=yx5XYZFwd429Mugq

Читать полностью…

Allaev Uz

AQSH Oʻzbekistonni intellektual mulk masalasi boʻyicha “kuzatuv roʻyxati”dan chiqaribdi.

Oʻzbekiston 24 yildan, yaʼni 2000-yildan beri intellektual mulk bilan bogʻliq jiddiy muammoga ega mamlakat sifatida nazorat roʻyxatida turgan ekan. Hisobotda Oʻzbekiston mualliflik huquqiga amal qilishdi sezilarli progressga erishgani taʼkidlangan.



Yana muhim narsa, man ham tashabbus joʻnatgan edim, yangi konstitutsiyada intellektual mulk ham egalik huquqiga ega mulk sifatida eʼtirof etilgan.

Sohada hali ham jiddiy muammolar bor. Lekin, bu bitta sezilarli yutuq va sohada yaxshilanishlar uchun keyingi imkonlarni ochadi deb umid qilaman.

Bilsang bilarsan degan joyidan aytsam, biz “Asaxiy Books” nashriyotida hozirgi kunda har bir kitobni avvalo mualliflik huquqini xarid qilibgina tarjima qilmoqdamiz. Bu shartnomalardan foyda koʻrgan, aynan intellektual mulkni hurmat qilganimiz uchun yirik shartnomalar olgan joylarimiz boʻldi.

Читать полностью…

Allaev Uz

Telefon xarid qilishdan oldin narxini solishtirish BEPUL! 😁

Читать полностью…

Allaev Uz

Sun'iy intellekt (AI) borasida xavotirlarni o'qib chiqyapman. Shu kunlarda o'qiyotgan besh kitobimda uchtasida AI bilan bog'liq ma'lumot, qarash va xavotirlar bor.
Lekin, umumiylashtirsa AIdan xavotirlanishga ikkita asos bor.

1. AI o'zi qaror berishi mumkin. Shu vaqtgacha inson hatto o'ta xavfli qurol yaratsa ham, u insonsiz kimnidir qirishga o'zi qaror berolmagan. AI bo'lsa qaror bera oladi.

2. AI o'zi yangi g'oya yaratishi mumkin. Shu vaqtgacha inson yaratgan har qanday kashfiyot yangilik qilmagan. U shunchaki o'ziga yuklangan vazifani bajargan. AI bo'lsa ma'lumotlar asosida o'rganib o'zi yangilik yaratishi mumkin.

AIning bu ikki katta ustunligi nimalarga olib kelishini uzoq emas, yaqin 10 yilda ko'rib boshlaymiz.

#tonggimutolaa

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Oʻzbekiston Italiya bilan hamkorlikda turistik poyezdni ishga tushirar ekan. Bu juda yaxshi yangilik. G’arblik turist uchun haqiqiy ekzotika.

Turistik poyezdlar har doim turistlar uchun o’ziga xos qiziqarli hodisa bo’lgan. Man faqat poyezdda sayohat qiladigan fransuzlarni bilaman.

Oʻzbekistonda ham bu loyihaning amalga oshirilishini koʻrish qiziq boʻladi, deb oʻylayman. Turistga moslab bezatilgan, unga qiziqarli bo’lishiga urg’u berilgan poyezd mamlakat haqida taassurotlarni o’zgartirib yuborishi mumkin.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🔔Biznesdagi muammolar charchatdimi? Ularni birgalikda yechishga nima deysiz?

📈"Kichik biznesni rivojlantirish strategiyasi" ishlab chiqilish arafasida va unda sizning fikringiz inobatga olinadi, faqat bilidirsangiz.

✉️Izohlarga quyidagi mavzularda takliflaringizni kutamiz:

1️⃣ Siz yashaydigan hududning drayver sohalari qaysi va ularga e'tibor berish qanchalik zarur?

2️⃣ Kichik biznes rivojida qanday muammolar bor va ularni yechish bo'yicha takliflaringiz...

3️⃣ Biznesni rivojlantirish borasida boshqa takliflar...


Sizning fikringiz kichik biznesni rivojlantirishda juda muhim.

🔣🔣🔣 Izoh qoldiring 🔣🔣🔣

📊Biznesingizni biz bilan rivojlantiring!

📱@biznes_rivojlantirish

Читать полностью…

Allaev Uz

Ўзбекистонда энг кўп иш берувчи компаниялар ўнталиги

Бандлик вазирлиги

Читать полностью…

Allaev Uz

Uzbekretail yozmoqda, Yandex Go O'zbekistonda maxsus "elektromobil" tarifini ishga tushirar ekan.
Nomidan aniq, bu tarifda sizga faqat elektromobillar keladi. Hozirgacha elektromobillar asosan "biznes" tarifida kelardi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Timur aka Ishmetovning xabar berishicha 100ta mahallada kutubxonalar tashkil etilayotgan ekan.

Yaxshi xabar.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Ўзбекистонда рўйхатдан ўтган нашриётлар сони 532тага етибди. Ундан 89 фоизи хусусий нашриётлар экан.

Эслатиб ўтаман, янги даврда нашриётлар лицензия оладиган фаолият туридан чиқарилган эди. Ҳозирда нашриёт сифатида фаолият юритиш учун расман хабар бериш етарли.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Mana shu xavfli argument. "Mantiqiy xato" kitobida shunga o'xshagan chalg'ituvchi argumentlarni yaxshi tahlil qilgan.

Nimadir masala xato bo'lganligi yoki kamida tanqid qilayotgan odam xato deb bilgani uchun tanqid qiladi.
Oldin tanqid qilmagan degani, bugun ham tanqid qilishga haqqi yo'q degani emas. Odam o'tmishda boshqa qarashga ega bo'lishi, keyinchalik qarashlari o'zgarishi mumkin. Oldin aroq icharding, endi nimaga aroqni yomonlaysan? Oldin o'g'ri eding, endi nimaga o'g'rilikni harom deyapsan? Oldin o'zing ko'chaga musor tashlarding, nimaga endi musor tashlaganga tashlama deysan?
Bu ham shunaqa argumentlardan biri. Bugun kimdir kino olgan, xarajat va umr sarflaganlarni yonini olib, kinoteatrda ketib turgan kinoni tekinga tarqaganini ko'rma desa, birovning haqqiga xiyonat desa, u to'g'ri yo'lda.


PS: Katta kanallarda kinolar mualliflik huquqisiz senzura bilan tarjima qilib namoyish etilishini oldindan doim qoralab kelganman.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

“Daryo” qisqa hikoyalar tanlovini e’lon qiladi!

G‘oliblarga “Daryo” internet nashrining hamkori bo‘lgan Asaxiy internet do‘koni tomonidan taqdim qilingan sovg‘alar topshiriladi.

O‘z ijod namunalaringizni @daryo_hikoyalar_bot orqali jo‘nating.

Batafsil — https://daryo.uz/uyaxWBjK

👉 Obuna bo‘ling - @daryo

Читать полностью…

Allaev Uz

Ҳукумат яширин иқтисодиётга қарши курашиш доирасида навбатдаги режаларини тайёрлаган. Жамоатчилик учун эълон қилинмаган мазкур лойиҳа мутасадди идоралар ўртасида келишувга чиқарилган, яқинда тадбиркорлар иштирокида муҳокама ҳам қилинган. Айтиш керакки, улар орасида ҳақиқатда яширин иқтисодиёт кўламини камайтиришга доир муҳим қоидалар акс этмоқда.

2024 йил 1 майдан бошлаб:

➖қурилиш корхоналари томонидан жисмоний шахсларга кўчмас мулк объектлари реализация қилинганда солиқ базасини аниқлашда ҳар бир квадрат метр учун минимал миқдорлардан келиб чиқиб ҳисоблаш таклиф этилмоқда;

➖уй-жой, кўчмас мулк ва автотранспорт воситаларини сотуви фақат нақд пулсиз ҳисоб-китоблар асосида амалга оширилади. Бунда жисмоний шахслар томонидан мазкур олди-сотди шартномаларини банк маълумотлари асосида, юридик шахслар томонидан эса электрон ҳисобварақ-фактура орқали нақд пулсиз ҳисобкитобларнинг амалга оширилганлигини тасдиқловчи ҳужжат мавжуд бўлган тақдирда нотариал расмийлаштирилади.

2024 йил 1 июлга қадар:

шаҳарсозлик нормалари ва қоидаларига асосланган қурилиш объекти учун қурилиш материаллари ва сарф-харажатларининг чекланган ўртача миқдорини қатъий белгилаш тизими жорий этилади.

➖“POS” терминаллар ўрнатиш харажатлари фойда ва айланмадан олинадиган солиқ базасидан чегирилади.

➖“POS” терминаллар орқали амалга оширилган товар айланмаларига нисбатан фойда ва айланмадан олинадиган солиқ ставкалари 5 фоизга камайтирилади.

Шунингдек:

➖улгуржи савдо тўлиқ нақд пулсиз ҳисоб-китоб қилиш тартибига ўтказилади;

➖юридик шахс томонидан устав жамғармаси оширилган (янгидан шакллантирилган) тақдирда, мазкур операциялар бўйича товар моддий бойликларнинг манбаси юзасидан маълумотларни мажбурий равишда 10 кун ичида солиқ органларининг ахборот тизими орқали тақдим этиш тартиби ўрнатилади.

➖молия йили давомида жорий молия йили учун бюджет даромадларини камайтирувчи, солиқ ва божхона имтиёзларини беришни ва солиқсиз тўловлардан бюджетга ажратмаларни камайтиришни назарда тутувчи қонунчилик ҳужжатларини ишлаб чиқиш қатъиян тақиқланади.

❗️Айни пайтда яширин иқтисодиётга қарши курашиш доирасида тадбиркорлар учун солиқ маъмурчилигини янада қийинлаштириш, солиқ хизмати ваколатларини кенгайтириш ҳамда нақд пул муомаласининг яна ортишига олиб келадиган, яъни яширин иқтисодиётнинг кенгайишига туртки берадиган шубҳали таклифлар ҳам бор.

2024 йил 1 июлдан:

➖солиқ органларига солиқ тўловчининг ҳудудига кириш ва бинони кўздан кечириш ваколати берилиши мумкин. Истиснолари ҳам хавотирли.

➖Солиқ қўмитаси Марказий банк билан товар ва хизматлар учун тўловлар жисмоний шахсларнинг пластик карталари (Р2Р) орқали амалга оширилишини тартибга солиш мақсадида Р2Р операцияларида муайян чегарадан ошган транзакциялар бўйича ўзаро маълумот алмашинуви юзасидан меморандум имзолаши шартлиги кўрсатилмоқда. Бу биринчи марта кўтарилмаяпти. Яқин-яқинда ҳам жиддий эътирозга сабаб бўлган эди.

➖айланмадан олинадиган солиқнинг қатъий белгиланган суммада тўлаш тартибини бекор қилиш кўзда тутилмоқда. Бу амалиёт яқиндагина кучга киритилган эди.

➖барча тадбиркорлик субъектлари, шу жумладан йирик солиқ тўловчилари учун қўшилган қиймат солиғининг салбий фарқ суммаси ўрнини қоплаб беришни мурожаат қилинган кундан бошлаб 60 кундан 75 кун ичида амалга ошириш (тезлаштирилган тартиб ва тадбиркорларнинг барқарорлик рейтинги бундан мустасно).

Ҳужжат лойиҳаси чиндан ҳам тадбиркорлар ва фуқаролар учун принципиал тартиб-таомилларни кўзда тутади. Ҳужжат лойиҳаси очиқ муҳокамага қўйилиши, бизнес ва экспертлар ҳамжамияти билан яхшилаб элакдан ўтказилиши, иқтисодиёт равнақига халақит берадиган қисмлари якуний ҳужжатга киритилмаслиги лозим. Умуман, тўсатдан қарорлар пайдо бўлиб қолиш амалиётига барҳам бериш зарур.

Читать полностью…

Allaev Uz

Bugun raqibimiz turnir peshqadamlaridan biri - Tailand terma jamoasi 💪🏼

Bu “A” guruhida birinchi o‘rin uchun o‘yin. Chiptalarni iTicket.uz sayti orqali xarid qiling va “Humo Arena”da yigitlarimizni qo‘llab-quvvatlang 🔥
——————————
Сегодня нашим соперником станет один из лидеров турнира - сборная Тайланда 💪🏼

Это матч за первое место в группе А. Приобретайте билеты на сайте iTicket.uz и поддержите наших ребят на «Хумо Арене» 🔥

Читать полностью…

Allaev Uz

Кечаги ўзбек контент ҳақидаги постдан кейин қатор қизиқарли подкастларни ташлашди
Ҳатто давлат органлари ҳам подкаст йўлга қўйибди.

Давлат божхона қўмитаси "Божхонада" номли подкастни йўлга қўйипти. Бу билан кўмита Ўзбекистондаги давлат ташкилотлари ва идорали ичида бундай лойиҳани бошлаган илк ташкилот бўлган. Ҳусан ака лойиҳанинг илк сонида тамаки маҳсулотларининг ноқонуний айланмаси мавзусини олиб чиққан.

Аслини олганда, бу мавзу, яъни тамаки маҳсулотларининг ноқонуний айланмаси ҳақида жуда кўп гапирилади, ушбу турдаги хуқуқбузарликни қилганларга чоралар кучайтиралади, лекин афсус унинг даражаси камаймаяпти. Бу ҳақида олдин ҳам кўп ёзилган. Бундай маҳсулотлар нафақат давлат бюджетига катта миқдорда зарар етказади, балки уларнинг истеъмоли инсон саломатлиги учун ўта хавфли ҳисобланади. Чунки сифат текширувдан етмайди ва носанитар ҳолатда тайёрланади.

Подкаст олингани яхши бўлибди, Ҳусан ака ва ижодкорларни қўллаб-қувватлайман. Божхона кўмитасининг бу лойиҳаси фуқаролар билан ўзига хос мулоқот кўприги бўлади деб ўйлайман. Фуқаро божхона ҳақида қанча кўп маълумотга эга бўлса, шунча яхши. Битта нарсани унутмаслигимиз керак, сифатсиз ва ноқонуний маҳсулотларга қарши қанча курашилса, бозорда қанча рақобатбардош, адолатли муҳит шаклланса истеъмолчи шунча ютади.

Читать полностью…

Allaev Uz

Yoshlar ijodiyot saroyida ayni daqiqalarda "Mutolaa" loyihasi taqdimoti bo'lib o'tmoqda.
Loyiha milliondan ortiq kitobxonni to'plashni ko'zlagan. Mobil ilovada audio va elektron kitoblar, shuningdek filmlar va boshqa video kontentlar bo'ladi.
Bolalar adabiyotiga alohida e'tibor berilgan. Yo'nalishni rivojlantirish maqsadini aytib o'tishdi.

Shu bilan birga Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani asosida olingan film ham taqdim qilinmoqda.

Eslatib o'taman, bir necha kun oldin "Qo'rqma" romani sotuvi 100 000 nusxadan oshdi. Shuningdek, roman 2021-yilda "Asaxiy Books bestsellerlari" reytingida "Yil bestselleri" bo'lgan edi. Javlon Jovliyev bo'lsa Prezident tomonidan "Kelajak bunyodkori" medali bilan mukofotlangan edi.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Мамлакатдаги демократик ҳолатдан қатъий назар, ҳар доим хоҳлаган ҳукумат учун сўз эркинлиги муаммо бўлган ва бўлади ҳам. Ҳукуматга ҳеч қачон уни танқид қиладиган ОАВ ёқмайди. Шунчаки, унинг фойдасидан келиб чиқиб уни қабул қиладиган ёки рад этадиган ҳукуматларгина бор. Ҳатто энг демократик давлатларда ҳам ҳукумат ОАВни севмайди, шунчаки мажбурлигидан, қўрққанидан, тизим йўл қўймаганидан ёки узоқ режада у мамлакат учун фойдали бўлганидан келиб чиқиб мажбур сўз эркинлигини таъминлайди. Тарихда камдан-кам лидер ўзи онгли тарзда реформатор бўлиб сўз эркинлигини ўз ташаббуси билан очиб беради, соҳа ривожига ҳис қўшади. Аксар ҳолларда сўз эркинлиги ўн йиллаб курашлар, ҳокимиятнинг тўғри бўлиниши, кучли фуқаролик жамияти орқали қўлга киритилади.

Лекин, муҳим бир деталь бор. ХХI асрда ахборот чегараси йўқолди. Сунъий интеллект ҳатто тил чегарасини олиб ташламоқда. Энди Шимолий Кореядан бошқа мамлакат шунчаки чегарани ёпиб қўйиб, аҳолини информацион вакуумда ушлаб туролмайди. Ахборот турфа хиллиги бугунги замонавий дунёнинг асосий кўринишидир. Ижтимоий тармоқлар бўлса, хоҳлаган ахборотни хоҳлаган аудиторияга яшин тезлигида етиб боришини таъминлаб беради.

Олдин, ёпиқ учинчи дунё мамлакатларида ҳукумат ахборот монополиясига эга бўлган. Энди бу монополия йўққа чиқди. Ҳатто энг чекка қишлоқда яшайдиган одам ҳам, носни туфламасдан, кўрпачадан кетни кўтармасдан, телевизор пультидан 2та тугмани босиб дунёни нариги бурчагидаги манбадан ахборот олиши мумкин. Бу катта эҳтимол билан тарихда биринчи марта сўз эркинлигидан учинчи дунё мамлакатларини ўзини манфаатдор қилиб қўйди.

Фикримни асослаб бераман. Ўта оғир кризис ҳолатларида миллионлаб одамларни ишонтирадиган ахборот манбалари керак. Телевизор билан шунчаки бир позицияга миллионлаб одамни ишонтириб бўлмайди. Мана шунақа ҳолатда мамлакатда сўз эркинлиги сиқилган, ОАВ қаттиқ назорат остида ишлаган бўлса, оғир вазиятда ҳукумат позицияси билан ахборот тарқатилса аҳоли ишонмайди. У ўзи холис деб билган чет эл манбаларига ишонишни маъқул кўради. Чунки унинг кўзида маҳаллий ОАВга ишонч йўқ, у муаммоларни гапирмаган, ҳукумат позициясида турган, даромади ҳам асосан ҳукуматдан бўлган. Уни ўрнига йиллар давомида чет элдаги манба унинг дардини сўзлаб келган. Нимага энди бу сафар у чет элдаги манбага эмас, ичкаридаги ОАВга ишонсин?

Айнан шу учун ҳам, ривожланаётган мамлакатларда ҳукуматлар энг оғир ҳолатларда аҳолини ўз ортидан эргаштириб, мамлакат манфаати учун тўғри нарсага ишонтириб билиши учун ҳам сўз эркинлигини таъминлаши, 2-3та мавзуни ҳисобга олмаса, қолган хоҳлаган мавзуни эркин қўйиши зарур. Бугун монополь бўлган ишлаб чиқарувчи танқид қилинган мақола ўчса, эртага ҳоким ёки вазир ҳақидаги мақола чиқарилмаса, ҳозир негатив камайиши мумкин. Лекин, узоқ режада аниқ мамлакат ютқазади. Миллионлаб аҳолини ишонтириш керак бўлган энг оғир вазиятда, ОАВ энг зарур бўлган вазиятда у бўлмайди. Аниқроғи унга миллионлаб одам ишонмайди. Энг оғир вазиятлар уруш, ташқи кучлар мамлакат ичида тинчликни бузиши ва ҳоказолар бўлиши мумкин.

Шу учун ҳам бугун риск менежментни тўғри олиб бориб билган ҳукумат, онгли тарзда ўзи сўз эркинлигини ҳимоя қилади. Бу унга ёқмаса ҳам, у бунинг тўғрилигини англаб шунга мажбур бўлади. Риск менежментни тўғри олиб боролмаганлар ёки фақат бугуни билан яшаётганлар бўлса, оддий постларни ҳам ўчиртириб, аҳолини чет эл манбаларидан маълумот олишга максимал ўргатади. Бу бўлса айнан ташқи ахборот билан курашиш зарур бўлган энг муҳим ҳолатда мамлакат зарарига ўйнайди.

@allaevuzb

Читать полностью…
Подписаться на канал