Сўнгги вақтда илмий-оммабоп китобларга жуда берилиб кетдик. Охирги марта бизнесга оид китоб 2023 йил мартда таржима қилган эканмиз. Бу учун анча эътирозлар ҳам эшитдик. Ниҳоят, бир йилдан ортди деганда, бизнесга оид таржима китоб чиқардик.
Ҳар бир тадбиркорнинг ҳаёти сотув билан кескин боғлиқ. Ундан ташқари хизмат кўрсатиш борки, ҳаммага сотув сирлари ас қотади. Шу билан бирга савдо Ўзбекистонда энг кўп одам ишлайдиган соҳалардан бири ҳисобланади. Бир неча юз минг ҳамюртларимиз айнан савдо ва унга боғлиқ соҳада ишлашади.
Биз шу учун ҳам Грант Кардоннинг «Савдо санъати» китобини ўзбек тилига таржима қилдик. Умид қиламанки, китоб бизнес эгаларига ҳам, уларнинг ходимларига ҳам, умуман халққа хизмат кўрсатадиган ҳаммага фойдали бўлади.
Китоб бугундан сотувда: asaxiy.uz/u/savdosanati
Китоб бир ярим асрлик тарихга эга Халқ банки билан ҳамкорликда чоп этилди. Бизни қўллаб-қувватлагани учун банк жамоасига ўз миннатдорчилигимни билдираман.
@allaevuzb
Ўзбек киноларини қаерда кўриш мумкин?
Миллий контент ривожланиши, унинг сифати яхшиланиши жуда мухим. Купчилик узбек киноси ҳақидаги эски шаклланган тасаввури билан қолиб кетган.
Хозирда янги сифатли ўзбек киноларини қаерда кўриш мумкин? Ренессанc кино уйида телеканалларда ҳафтанинг бир кунини "Миллий кино куни" сифатида белгилаш ҳамда миллий фильмлар намойишини йўлга қўйиш мақсадида анжуман бўлиб ўтибди.
Энди ҳафтанинг ҳар шанба кунида "Миллий кино куни" бўлади. Бу кунда давлат ва нодавлат телеканалларда фақат миллий фильмлар намойиш қилинади. Ўзимизнинг ҳам янги киноларимиз билан танишиш учун жуда зўр имконият бу.
O'ziga nisbatan rostgo'y bo'lolmagan odamdan boshqalarga nisbatan rostgo'y bo'lishni kutish qiyin. Odam o'zini o'zi aldasa, o'ziga o'zi hisob berolmasa, boshqalarga nisbatan qanday qilib rostgo'y yoki samimiy bo'lishi mumkin?
#tonggimutolaa
100 000!
Ha, 100 000!
"Qo'rqma" romani sotuvi 100 000 nusxadan oshibdi! Zamonaviy o'zbek adabiyoti uchun bu katta yutuq.
Javlon Jovliyevni tabriklayman. "Qo'rqma" shubhasiz Yangi O'zbekiston adabiyoti tarixida eng yaxshi asarlardan biri sifatida qoladi.
Kitobning har bir o'quvchisiga chin ko'ngildan minnatdorchilik bildiraman!
@allaevuzb
O'zbekistonda eng ko'p stereotiplar shakllangan mamlakatlardan biri Fransiya bo'lsa kerak. Undagi insonlar, jamiyat, qadriyatlar va siyosiy aktivlik haqida ko'p gapiramiz. Siyosiy va g'oyaviy ta'siri iqtisodiy ta'siridan bir necha marotaba kuchli bo'lgan bu mamlakat haqida juda ko'p turlicha qarashlar bor. Kim uchundir Fransiya buyuk tarix, ilm-fan, madaniyat bo'lsa, kim uchundir moda va turizmdir, yana kim uchundir buzuqlikning uyasi hisoblanadi.
Shundan kelib chiqib biz Fransiyaning haqiqiy hayoti haqida xolis so'zlaydigan bir kitobni tarjima qilishga qaror qildik. Anastasiya Sokolova-Bualle Fransiyaga o'qishga borib, keyinchalik qolib ketgan rus talabasidir. U Fransiya, fransuzlar, ularning qadriyatlari va yashash tarzi haqida o'z qarashlari bilan juda qiziqarli kitob yozgan.
Ishonaman, bu kitobni o'qigandan keyin Fransiya va G'arb haqida qarashlaringiz ancha o'zgaradi.
Yaxshi xabar shundaki, biz kecha bu kitobning mualliflik huquqini xarid qildik. Kitob 2025-yil birinchi choragida Asaxiy Books loyihasi doirasida o'zbek tilida chop etiladi.
@allaevuzb
Tadbirkor yoki rahbar odam tushunishi kerak bo'lgan muhim narsa bor: Siz hamma narsani o'zingiz qilolmaysiz.
Hammasini o'zi qiladigan odam menejer emas, yaxshi ijrochidir. Yaxshi menejer ishni bo'lishishni, ma'lum bir vazifani kimga yuklashni yaxshi biladi. Atrofida ishni bo'lishsa bo'ladigan odamlarni to'playdi. Bu unga kengayish, yuksalish imkonini beradi. O'zim qilaman, baribir hech kim o'zimday qilolmaydi, undan ham yomoni hech kim manday bilmaydi deb fikrlaydigan menejer kengayishi, yuksalishi juda qiyindir.
Menejermisiz, bo'lishishni, ijroni nazorat qilishni o'rganing.
@allaevuzb
Бизнесни қинғир йўл устига қуриб бўлмайди
Тадбиркорликни бошлаётган одам узоқ муддатга режа қилади, рискларни баҳолайди ва ўз имкониятларини чамалайди. Бунда бизнес эгаси ишлаб чиқариш бўладими ёки хизмат кўрсатишми, ҳар қандай ҳолатда таннархни пасайтиришга эътибор қаратади. Тан нарх пасайса фойда кўпаяди, маҳсулот нархи ҳам пасаяди.
Лекин унинг олдида таннархни пасайтириш билан бир қаторда маҳсулот ёки хизматлар сифатини пасайишига йўл қўймаслик вазифаси ҳам туради. Ундан ташқари тан нархни пасайтриш ноқонуний ишлар эвазига ёки халққа зарар етказиш эвазига бўлмаслиги зарур.
Шу учун имкон борича қонун доирасида ишлаш, харажатларни қонунни айланиб ўтиш эвазига камайтириш хато деб ўйлайман. Фаолиятдан халққа зарар етмазишинику кечириб бўлмайди.
Элдар ака Асанов ва Муҳрим Аъзамхўжаев жуда актуал масалани кўтаришибди. Тўловлардан қочиш мақсадида электр ва табиий газ тармоғига ноқонуний уланиб, давлат ва халқ манфаатларига жиддий зарар етказаётганлар ҳақида гап кетган.
Миллионлаб долларлик электр энергияси ёки табиий газни ўғирлаш оддий бир хонадон эгасининг қўлидан келмайди. Бундай ҳолатларни кўпроқ ёритиш қолганларни ҳам ҳушёрликка чорлайди.
@allaevuzb
Yaqinda taqdim qilinga Huawei P70 smartfoni kamerasi harakatlanayotgan obyektni qanaqa rasmga olishi ekan.
Hozirgi aksar flagmanlar, ayniqda Samsung Galaxy S24 Ultrada harakatlanayotgan obyektni rasmga olish bilan muammo bor.
Videodagi sifatda bo'lsa harakatlanayotgan obyektni amaldagi biror smartfon ololmaydi.
@allaevuzb
Хуллас, бугун нархлар ошганини шунчаки кўр кўрона оқламадим. Ман бир неча йилдан бери маҳсулот ҳаммага етиши учун электр токи ва газни аҳолига бозор нархларида сотиш керак, соҳани бўлса реформа қилиб, унда давлат монополиясини бекор қилиш керак деган позициядаман.
Фақат шундагина бозордаги рақобат эвазига нархлар минимал фойда қоладиган даражада пасаяди, маҳсулот бўлса 365 кун, 24 соат истеъмолчига узлуксиз боради. Электр токи ёки газ зарарга мажбуриятдан узиб, қийналиб етказилмайди. Аксинча кўпроқ фойда кўриш учун кўпроқ етказишга ҳаракат қилинади. Нарх ошиши ҳаммага ёқмайди. Лекин, ҳозирги ҳолатда бу тўғри йўл.
Ҳукумат ҳам шунчаки нархларни ошириб, соҳани реформа қилмаса, бу фойдасиз бўлиб қолади. Энди соҳани реформа қилиб, уни эркин бозор шароитларига ўтказиш керак.
O'zbekistonning eng eski marketpleyslaridan biri Bulavka faoliyatini to'xtatishini e'lon qildi.
Marketpleys 8 yildan beri faoliyat yuritgan.
@allaevuzb
Pavel Durovning Tucker Carlsonga intervyusini ko'rib chiqdim. Biznes uchun ayrim insaydlar oldim.
Pavel "Kod Durova" kitobidagi voqealarni qisqartirib takrorlagan bo'lsada, biznes va Durovning dunyoga qarashi qiziqarli bo'ldi.
Bir soat bo'sh vaqtingiz bo'lsa, #tavsuyu
https://youtu.be/1Ut6RouSs0w?si=cVV9AKmMK5FLti-7
Ниманингдир ҳақиқий қиймати унга эришиш учун нимадан воз кечишингиз билан белгиланади. Ҳар доим фақат пулдан эмас, кўп нарсалардан воз кечилади. Агар олти соат ёмғирда тик оёқда навбат кутган ва концертга текин чипта олган бўлсангиз, бу вазиятда “текин” деган тушунча ҳақида ҳеч қандай гап бўлиши мумкин эмас.
Бошқа мисол: дейлик, инжиқ мижозингиз билан учрашувга кеч қоляпсиз. Уни куттириб қўйсангиз, у эллик минг долларлик транзакцияни бекор қилиши мумкин. Бундай вазиятда учрашувга бориш учун 15 долларлик такси ўрнига 2.75 долларлик автобусдан фойдаланиш сизга арзонга тушади, деб бўлмайди.
Дўконга бориб, чегирмага савдо қилиш арзонга тушади, аммо кўпроқ вақтингизни олади. Мен ёзувчиман, асарларим учун қалам ҳақи оламан. Янги оёқ кийим олишда эллик доллар тежаб қолиш учун машинамда 144 километр юриб, Висконсин штати Кеноша шаҳридаги дўконга боришим мумкин. Ёки тушлик учун ажратилган вақтда Мичиган шоҳкўчасидаги “Nordstrom" дўконига кириб, оёқ кийим сотиб олишим мумкин. Мен одатда иккинчисини танлайман, умумий харажатим 225 доллар бўлади. Шунингдек, кетган ўн беш дақиқа вақтим ва онамнинг: “Нега Кеношага бориб келмадинг?” ‒ дея муқаррар койишларини ҳам бу ҳисобга қўшиб қўйиш лозим.
© Чарльз Уиланнинг "Яланғоч иқтисодиёт: мураккаб соҳанинг содда қиёфаси" китобидан
Грузия электр токи билан боғлиқ муаммоларни қандай ечди? Энергетика соҳасида реформалар қандай олиб борилди? Аҳоли қандай қилиб узлуксиз электроэнергия билан таъминланди?
Марҳамат, Лариса Буракованинг «Грузия муваффақиятга қандай эришди?» китобининг шу мавзуга оид қисмини ўқиб чиқинг.
@allaevuzb
Energetik reforma zarurligi haqida anchadan beri yozamiz. Mahsulot tan narxidan arzon sotildimi, demak u bilan bogʻliq muammo boʻladi. Bu defitsit, sifatsizlik va boshqa muammolar boʻlishi mumkin. Gaz yoki elektr tokini ham ishlab chiqarish va mijozga yetkazib berish narxi bor. Undan arzonga sotilishi uchun kimdir mahsulotga toʻlashi kerak. Bizning holatda biz choʻntakdan toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlamasakda, byudjet orqali baribir toʻlaymiz. Byudjetdan ajratiladigan summa ham kamligidan elektr toki va gaz taʼminoti sifati bilan jiddiy muammolarimiz bor. Qachondir bu sohada bozor mexanizmlarini toʻliq joriy qilishimiz, narx sohadagi raqobat evaziga pasayishi kerak. Tarmoqlarda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda elektr energiyasining tannarxi deyarli 1000 soʻmni, tabiiy gaz tannarxi esa 2000 soʻm ekan.
Lekin, bu narxni aholidan olib boʻlmaydi. Gaz va elektr toki narxi aholining hamma qatlamiga bir xil taʼsir qiladi uchun, muammoga faqat iqtisodiy emas, ijtimoiy ham deb qarash kerak boʻladi. Ijtimoiy soʻzi ishlatildimi, bu endi siyosiy qaror degani. Bozor mexanizmlariga oʻtish aholining daromadi kam qismiga kamroq zarar yetkazishi uchun ijtimoiy tabaqalanish joriy qilinar ekan. Bu tizimda siz qancha koʻp isteʼmol qilsangiz, shuncha narx oshib boradi. Ijtimoiy normadan oshib ketmasangiz, mahsulotni arzonroq olasiz.
1-maydan joriy qilinadigan oʻzgarishga koʻra endi koʻp qavatli uylar va yotoqxonalarda yashovchilar:
- ijtimoiy meʼyor doirasida, yaʼni oyiga 200 kWhʼgacha elektr energiyasi 225 soʻmdan yetkazib beriladi.
- Meʼyordan oshganda 201 kWhʼdan 1000 kWhʼgacha 450 soʻm,
- 1001 kWhʼdan 5000 kWhʼgacha 675 soʻm,
- 5001 kWhʼdan 10 000 kWhʼgacha 787,5 soʻm,
- 10 001 kWhʼdan keyin 900 soʻm.
Qolgan maishiy isteʼmolchilar uchun ijtimoiy meʼyor doirasidagi (oyiga 200 kWhʼgacha) tarif 450 soʻm boʻladi. Meʼyordan oshsa, qancha oshganiga qarab koʻp qavatli uyda yashovchilardagi tarifdan ikki baravar koʻproq boʻladi.
Hozir eʼtirozlar boʻlishi mumkin, lekin man realist inson sifatida subsidiya orqali bir sohani ushlab turilishi iqtisodiy tomondan qoʻpol xato ekanligini yaxshi bilaman. Ishonavering, toʻgʻridan-toʻgʻri toʻlagandan koʻra, byudjet orqali ancha qimmatroq toʻlaymiz.
Shu uchun ham boshlangan ishni oxirigacha davom ettirib, sohani toʻliq erkin bozor sharoitiga oʻtkazish, lekin aholining daromadi kam qismini uni oʻziga yordam sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri subsidiyalash muhim deb bilaman.
Kam tok ishlatadigan kambagʻal qism subsidiya olib kamroq toʻlasin, villa qurib, uchta sauna qilib qoʻygan odam byudjetdan yordam olmasdan, mahsulotning real narxini toʻlasin.
Eʼtirozlarga qaramasdan bu reformani oxirigacha olib borish, sohani toʻliq erkin bozor qoʻliga topshirish juda muhim. Eʼtiroz yoki bosim bilan yarim yoʻlda qolib ketsa, undan yomoni yoʻq.
O'zgarishlar haqida batafsil Gazeta uz yozibdi:
https://www.gazeta.uz/uz/2024/04/16/tariffs/
Ukrainadagi urush nafaqat siyosiy oqibatlarni, balki ijtimoiy taʼsirni ham keltirib chiqardi. Ayniqsa bu dunyo energetika bozorida sezilarli boʻldi. Yevropa, xususan, Fransiya va Germaniyada gaz va elektr energiyasi importini diversifikatsiya qilish, energetika xavfsizligini taʼminlash maqsadida yopilgan koʻmir konlari qayta ochildi, atom elektr stansiyalarining yopilishi esa kechiktirildi. Bu, oʻz-oʻzidan, qayta tiklanuvchi energiyaga oʻtish jarayonini ham sekinlashtirmoqda.
Undan tashqari, urush energiya tariflarining ham qayta koʻrib chiqilishiga sabab boʻlyapti. Ha, narxlar oshishi faqat bizda emas. Bu postkovid va urush davridagi reallik. Masalan, Fransiyada 2023-yil 1-fevralidan buyon energiya tariflari 15 foizga oshirildi. Avvallari bu miqdor yiliga 4 foizdan oshmagandi.
Biroq hatto rivojlangan davlatlar ham narx oshishini ehtiyojmand qatlamga taʼsirini yumshatish uchun oʻtish davri davomida ijtimoiy yordamni kuchaytiradi.
Oʻzbekistonda tizimga bozor mexanizmlari joriy qilinayotgani hamda infratuzilmani yangilash ehtiyoji sababli energiya tariflarining oʻzgarishi aholining daromadi kam qismiga og'irroq bo'lishi tabiiy. Oldin aynan kam daromadli aholiga kompensatsiya berish qarori haqida yozgandim. Hozirgi kunda narx oshganda yordam muhimligini ta'kidlagan edim.
Oxirgi xabarlarga ko'ra, 2024-yilning noyabr oyidan boshlab, ehtiyojmand aholining isteʼmol meʼyorlaridan ortiqcha sarflangan elektr energiyasi va tabiiy gazi kompensatsiya qilib berilishi belgilab qoʻyilibdi. Narxlar oshishi aniq, lekin kam ta'minlangan aholiga ijtimoiy yordam ham juda muhim.
@allaevuzb
Sun'iy intellekt kreativ taklifnoma ham tayyorlab boshlabdi. Mutolaa loyihasi taqdimotiga shunaqa original taklifnoma o'ylashibdi. Taqdimot kuni Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" kitobi asosida olingan film ham taqdim qilinar ekan.
@allaevuzb
Азиз ҳамюртлар!
📚Сизларни 27-28 апрель кунлари Китобсевар миллат шиори остидаги IV Республика «Китобхонлик ҳафталиги» доирасида пойтахтимиздаги “Dream park” истироҳат боғида китоб савдо ярмаркасига таклиф қиламиз.
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi:
hududlarning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi va boshqa mezonlardan kelib chiqib, markazlarning dastlabki ustav kapitalini shakllantiradi;
Jamg‘arma va markazlar faoliyatining institutsional va moliyaviy salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning ekspertlari, kreditlari, investitsiyalari va texnik ko‘maklarini jalb qiladi;
Dastur doirasida markazlarning faoliyatini tashkil qilishni metodologik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
markazlarni bosqichma-bosqich mustaqil tashkilotga aylantirish uchun ularning ustav kapitaliga tijorat banklari va xususiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli strategiya hamda yondashuvlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
markazlarga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qiladi, ularning yagona tizim asosida ishlashini taʼminlaydi hamda bu borada zamonaviy bilim, tajriba va texnologiyalarni joriy qiladi;
Biznesni rivojlantirish banki va markazlarga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishni tashkil etish uchun muvofiqlashtiruvchi va bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi;
biznes jarayonlarini, shu jumladan kredit ajratishning barcha bosqichlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish, onlayn tarzda muvofiqlashtirib borish uchun Biznes platformasini yuritishni taʼminlaydi.
kbrj.uz
@biznes_rivojlantirish
“Asaxiy Books”da asosan ilmiy-ommabop, badiiy, biznesga oid jiddiy kitoblarni chiqaramiz. Bizni yaqindan kuzatadiganlar, Asaxiy chiqaradigan har bir kitob ortida aniq mavzu va muammo turganligini yaxshi bilishadi. Sohada ishlagan sari bolalar adabiyotining ahamiyatini yaxshiroq tushunib bormoqdamiz. Lekin, bu yoʻnalishda hali ish boshlamagandik, bunga jamoamiz ham moslashmagan.
Asosan kattalar uchun jiddiy kitoblar ustida ishlagan jamoa bolalar kitobi tayyorlashi oson kechmaydi. Bu yoʻnalishning oʻziga xosliklari juda koʻp. Shu uchun soʻnggi oylarda yangi yoʻnalishni tayyorlash ustida ishladik. Yoʻnalishga avvalo sohada 10 yildan ortiq tajribasi bor muharrir olindi. Undan tashqari bola psixologiyasi biz oʻylaganimizdan ancha farq qiladi. Bola uchun tayyorlanayotgan kontentning bolaga taʼsirini toʻgʻri baholab bilish kerak. Bu uchun hozir Qozogʻistonda ekspat boʻlib yashayotgan rus bolalar psixologi jalb qilindi. Lekin, bu ham psixologik tomondan yetarli emas. Biz milliy mentalitet va oʻzimizga xosligimizni esdan chiqarmasligimiz kerak. Bu uchun bolalar psixologi va yozuvchi Muazzam Ibrohimova bilan kelishuvga erishdik.
Bolalar kitobida bezak muhim rol oʻynaydi. Baʼzan hatto tekstdan muhimroq. Buni masʼuliyatini isteʼdodli rassom qizimiz Mohina Raimovaga yukladik.
Nimalar qilinishi, qaysi kitob qachon chiqishi haqida qoʻshimcha maʼlumotlar videoda:
https://youtu.be/j4agMqPbMwU?si=GTecqnEjCgBu8-Yc
Бир неча йил аввал Ўзбекистонда электрон савдонинг ривожланишига тўсиқ бўлаётган омиллар, интернет тезлигининг пастлиги, аҳолининг интернетдан фойдаланиш кўникмаси яхши шаклланмагани ҳақида ёзгандим. Ўзимиз ҳам Asaxiy лойиҳасини бошлаганимизда одамларимизни онлайн харидларга ишонтиришимиз жуда қийин кечган.
Лекин ҳозир аҳвол анча яхшиланди. Электрон тижорат тезлик билан ривожлана бошлади. Онлайн маркетплейслар, етказиб бериш хизматлари ҳаётимизнинг бир қисмига айланиб бормоқда.
Ана шундай хизматлардан бири ҳақида кеча ўқиб қолдим. Керакли дорини излаб, вақт кетказмаслик учун бот яратишибди – /channel/DavoDelivery_bot
Ушбу бот орқали дори номи номини ёзиб, миқдорини танлаган ҳолда эшигингиз тагигача олиб келтиришингиз мумкин экан. Яна бир яхши томони, бот Тошкент шаҳридаги барча дорихоналар ичидан сиз қидирган дорининг оптимал нархдаги вариантни тақдим этаркан.
Ҳозирча бу хизмат фақат Тошкентда амал қилмоқда.
Хуллас #Тавсую
@allaevuzb
Бир хил инсонлар бор, ўз ҳуқуқи бузилса оламга жар солади. Агар ўзига қарама-қарши томон ҳуқуқи бузилса буни қўллаб қувватлайди, ҳатто хурсанд бўлади. Демократия фақат мен учун ишлаши керак деб ўйлайди.
Лекин, билингки эрк бунақа ишламайди. У ёки ҳаммага берилади ёки ҳеч кимга. Сенга қарама-қарши томон ҳуқуқи бузилганда хурсанд бўлма, навбат сенга ҳам аниқ келади.
@allaevuzb
Ijodga nisbatan zamonaviy dunyoda uch xil nazorat tizimi ishlaydi:
1. Soliq
2. Qonun
3. Jamoatchilik va OAV
Rasmiy jihatdan kelib chiqsak, ijodkorning nazorati bilan shug‘ullanish ikkiga bo‘lingan. Bu soliq va qonun himoyasi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar (IIV, prokuratura va DXX). Davlat oldida ijodkorning majburiyatlari soliq to‘lash va qonun doirasida ishlash bo‘lishi kerak.
Bozor nuqtayi nazaridan kelsak, ijodkor ham tadbirkorlik obyekti. Uning mahsuloti ijod odamlarning madaniy hordiqqa nisbatan talabiga javob beradi. Mana shu mahsulot uchun iste’molchi pul to‘laydi. Demakki, xizmat yoki mahsulot sotib daromad qildimi, ijodkor ham soliq to‘lashi kerak. U qanaqadir litsenziya olishi kerak bo‘lsa, xohlagan tadbirkorlik obyekti kabi oddiy Guvohnoma bo‘lishi kerak. O‘sha bilan muhr olib, bankdan hisob ochib ishlayverish kerak.
Unda uni ijodini kim nazorat qiladi deyishingiz mumkin. Mana shu joyda ijodkorning ikkinchi majburiyati keladi - Qonun! Qonunda qanaqa axborotlar taqiqlangani ko‘rsatilgan. Masalan, konstitutsiyaviy rejimga daxl qiladigan, diniy yoki etnik adovat qo‘zg‘atadigan va hokazo kontentlar. Ijodkor qonunni buzdimi, uni o‘sha qonun himoyachisi bo‘lgan organ o‘rganib, sudga chiqarishi va sud qonun bo‘yicha kerakli jazoni belgilash kerak.
Jamoatchilik va OAV rasman ijodkor yoki tadbirkorni nazorat qiladigan organ emas. Lekin, ularning e’tirozi va bosimi ijodkorni o‘z san’atini o‘zgartirishga, ma’lum bir standartlar asosida ishlashga majburlashi mumkin. Nimaga ijodkor bunga majbur bo‘ladi? Birinchisi tanqidlar orqasidan keladigan psixologik bosim bo‘lsa, ikkinchisi muxlislardan ya’ni mijozdan ayrilib qolish qo‘rqinchi. Mijozdan ayrilish mahsulotga (ijodga) nisbatan talab pasayishiga, buni ortidan daromad pasayishiga olib keladi. Shu uchun ham kimningdir ijodi yoqmasa, eng yaxshi yo‘li unga e’tibor bermaslik, u ko‘proq daromad olishiga sababchi bo‘lmaslikdir. Jiddiy qarasa, bu ijodkorga nisbatan jiddiy jazodir. Mana shunaqa vaqtda ijodkor yangi mijoz qidiradi yoki ko‘proq sotish uchun mijozlarga moslashadi. Xohlagan tadbirkorlik obyekti muammoli holatda mijozga moslashadi yoki daromad uchun yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘yadi. Masalan, konsertlar orqasidan milliarder bo‘lgan Taylor Swift Trampni qo‘llab quvvatlab, 6-yanvardagi Kapitoliyani zabt etishni to‘g‘ri bo‘lgan deb chiqsa, bu uning cho‘ntagida aks daromadida aks etmasdan qolmaydi.
Hammasi oson, hammasi oddiy bo‘lgan faoliyat turi uchun uni cheklovchi turli xil uyushma, qo‘mita va muassasalar yaratish, ularga byudjetdan xarajat qilish oddiy qarashda xato hisoblanadi. Ayniqsa bunaqa uyushmalar rivojlanishga emas, sohaning ortga ketishiga, qattiqroq nazorat qilinishiga sababchi bo‘lsa. Aksiga olib, bu kabi uyushmalar faoliyat turida litsenziya hech nimani o‘zgartirmaydigan sohalarga boshchi bo‘lsa va rivojlantirish o‘rniga ularni chegaralash, rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan shug‘ullansa, bu yanada xavfli.
O‘zbekistonda oxirgi 5 yoki 7 yilda san’at rivojlandi deb hech kim aytolmaydi. Na milliy, na jahon darajasida millionlab odam e’tirof etadigan nimadir bo‘lmadi. "Ko‘k jiguli"ning rekordi yoki Jahongir Otajonovning qaysidir qo‘shiqlari qanaqadir muassasa samaradorligi natijasi emas, aksincha alohida shaxslarning harakati evaziga chiqib qolgan natijalardir.
Shu uchun ham bunaqa muassasalarni yopish, byudjet pulini tejash, ijodkorni erkin qo‘yish, undan soliq va qonunni hurmat qilishni talab qilish eng to‘g‘ri qaror bo‘lsa kerak.
PS: Lolani jazolamoqchi bo‘lsangiz kliplarini ko‘rmang, qo‘shiqlarini eshitmang, to‘y va tadbirlarga chaqirmang, u ijodiga xaridor topmasa o‘zgarishga majbur bo‘ladi yoki ijodni to‘xtatadi.
@allaevuzb
2024 йилнинг биринчи чорагида энг кўп солиқ тўлаган давлат ва хусусий сектор корхоналарининг ўнталиги
Читать полностью…Sun'iy intellekt hatto to'tilarga ta'sir qilyapti. San bo'lsa hali ham menga ta'siri yo'q deb yuribsan😁
Читать полностью…🚀 300 mln. so'm(gacha) "Cash" krediti bilan biznesingizni rivojlantiring!
✅ Maqsadlarda hech qanday cheklovlar yo'q: rivojlanishga, uskunalarni yangilashga yoki yangi loyihalarni ishga tushirishga sarmoya qiling. Biz sizning har qanday tashabbusingizni qo'llab-quvvatlaymiz!
🧰 Hisob raqamingizga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkaziladi: Kredit mablagʻlarini bankdagi hisob raqamingizga tezda oʻtkazamiz, byurokratiyani minimallashtiramiz va rejalaringizni ishga tushirishni tezlashtiramiz.
👍 Qulay shartlar: Ishni ishonch bilan boshlash uchun 24 oyga va 3 oylik imtiyozli davr bilan 300 mln. so‘mgacha oling.
🏃♂️Hoziroq boshlang: O‘zingizga qulay bo‘lgan bankning xizmat ko'rsatish ofisiga tashrif buyuring. Biz yurtimizning barcha viloyatlarida joylashganmiz.
☎️ Batafsil maʼlumot uchun 1254 raqamiga qoʻngʻiroq qiling yoki havolaga oʻting.
🏦BRB - tadbirkorlar banki.
Reklama
Kecha gaz va elektr energiyasi sohasini reforma qilish zarurligi haqida yozganda, ijtimoiy masala dolzarbligini aytgan edim.
Bugun bu ma’lumot chiqdi:
«Bundan tashqari, ehtiyojmand aholini qo‘llab–quvvatlash maqsadida davlat byudjetida 1 trln so‘m mablag‘larning manbasi aniq va aynan shu maqsadlar uchun ajratib qo‘yildi. Ushbu mablag‘lar o‘z vaqtida ehtiyojmand oilalarga ajratib boriladi».
Bu yordam aynan qaysi ko’rinishda bo’ladi, vaqt ko’rsatadi. Muhimi, aynan ehtiyojmand qatlam diqqat markazida qolishi kerak.
Taraqqiyotning bitta zo'r tomoni bor, siz bugun imkonsiz degan narsalar juda tez amalga oshirsa bo'ladigan reallikka aylanadi.
Bu ayniqsa biznesda juda sezilarli kechadi. Masalan, xizmatni individual taklif qilish, individual yondoshuv bo'yicha bugun hatto Asaxiyda qilayotgan ishlarimiz 2-3 yil oldin imkonsiz ertakdek tuyilardi. Lekin, dasturiy va texnik taraqqiyot kundan-kunga yangi imkoniyatlarni ochmoqda va ilgari imkonsiz ko'ringan ko'p narsalar endi oddiy programma bajaradigan holatga aylanmoqda.
Bu buyurtmalarni boshqarish, data analitika, marketing, kompaniya ichidagi operatsion jarayonlar, xullas xohlagan jarayonga bog'liq bo'lishi mumkin.
Shu uchun ham biznesni yaxshilash bo'yicha nimadir orzu qilsangiz va hozirda imkonsizdek tuyilsa, orzuni o'chirib ketmang. Katta ehtimol bilan yaqin yillarda uni amalga oshirish imkoni paydo bo'ladi.
@allaevuzb