Адлия вазирлигининг маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 1 ёшдан 14 ёшгача бўлган ҳар уч боладан иккитаси (62%) қаттиқ интизомий усулларга, яъни жисмоний жазо ёки психологик тажовузга дучор бўлган. Бу жамиятимизнинг энг қўрқинчли оғриқларидан бири деб ўйлайман. Бахтли жамият қуриш учун бахтли болалар ва аёллар зарур.
Янги бир қонун ҳақида ўқиб қолдим, “Болаларни зўравонликнинг барча шаклларидан ҳимоя қилиш тўғрисида»ги махсус қонун ишлаб чиқилган.
Бу қонун зўравонликнинг олдини олиш ва унга қарши курашни кўзда тутади.
Умуман олганда, қонун қабул қилингандан кейин Ўзбекистонда болалар ҳимояси учун бир қатор хавфсизлик чоралари кўзда тутилар экан:
- қизлар ва ўғил болалар учун оилавий маслаҳатлар
- руҳий саломатлик ва руҳий-ижтимоий қўллаб-қувватлаш
- ҳаётий кўникмаларга ўргатиш ва хавфсиз уй-жойдан фойдаланиш имконини бериш
- зўравонлик, қўрқув ҳамда зарардан ҳимоя қилиш
Болаларга кучли ҳуқуқий кафолатлар ва такомиллаштирилган қўллаб-қувватлаш тизимлари орқали ёрдам берилади.
Болалар ҳуқуқлари масаласи кун тартибига чиқиши зарурат эди.
@allaevuzb
Диққат янгилик: Қатар Ўзбекистон фуқаролари учун 30 кунлик визасиз режим жорий қилди!
Бунинг учун Ўзбекистон фуқаросидан қуйидагилар талаб этилади:
— қайтиш чиптасига эга бўлиши;
— хорижга чиқиш паспортининг амал қилиш муддати 6 ойдан кам бўлмаслиги.
👉 @r_kusherbayev
Bu kun nafaqat men, boshqa koʻpchilikning ham hayotini oʻzgartirgan kun. “Asaxiy Books” loyihasi boshlanganiga 5 yil toʻldi. Bu davrda oʻzbek kitob bozorida nimalar oʻzgarmadi, deysiz?
5 yilda ushbu loyiha salmoqli 5 bosqichni oshib oʻtdi:
1. www.asaxiy.uz orqali Oʻzbekistondagi barcha nashriyotlarning kitoblari sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Toshkent shahrida toʻrtta kitob doʻkoni ishga tushirildi. Buyurtmalar Oʻzbekistonning hamma hududlariga, hatto chekka qishloqlarigacha yetkazilishiga erishildi.
2. Oʻzbek tiliga turli janr va mavzulardagi yangi kitoblar tarjimasi yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbek kitobxonlari 40dan ortiq kitobni ilk marotaba oʻz ona tilida oʻqish imkoniga ega boʻldi.
3. “Asaxiy Books” ilovasi yordamida elektron kitoblar sotuvi yoʻlga qoʻyildi. U orqali butun dunyodan oʻzbekzabonlar kitoblar xarid qilib oʻqishlari mumkin.
4. Audio kitoblar tayyorlanib, ilova orqali sotuvi yoʻlga qoʻyildi. Yil oxirigacha yana 10dan ortiq audio kitob qoʻshiladi.
5. Loyiha doirasida oʻzbek adabiyotida yangi nomlar kashf etildi.
Bu qilingan ishlar va erishilgan yutuqlarning bir qismi xolos. Loyihaning koʻlami va taʼsiri bundan ancha katta deb oʻylaymiz. Loyiha tarixidagi baʼzi bir muhim voqea va raqamlar.
1. 2.6 million dona kitob. Loyiha doirasida mijozlarga yetkazib berilgan kitoblar soni 2 600 000 taga yetdi.
2. Loyihaga besh yilda 17.4 milliard soʻm. sarmoya kiritdik.
3. Kitoblarni tayyorlashda “Hachette” nashriyotidan 7 bosqichli nazorat tizimi olinib, bir bosqich qoʻshilib, 8 bosqichli nazorat tizimi yoʻlga qoʻyildi. Endi tarjimadan chop etishga tayyor boʻlguncha kitob bir necha mutaxassislar koʻrigidan oʻtadi.
4. Loyiha “Tahsin” mukofotini, u orqali bir necha insonlar turli mukofot va unvonlarga sazovor boʻldilar. Ular orasida “Shuhrat” va “Kelajak bunyodkori” kabi medallarni sanab oʻtish mumkin.
5. Mualliflik huquqi boʻyicha dunyoning eng zoʻr agentliklari bilan shartnomalar imzolandi. Natijada mahalliy nashriyotlarning mualliflik huquqi boʻyicha imidji yaxshilandi.
6. Oʻzbekistonning eng tarixiy banki “Xalq banki” bilan uzoq muddatli hamkorlik shartnomasi imzolandi.
7. Besh yillikka maxsus sovgʻa, “Korzinka Uz” supermarketlarida Asaxiy Books kitoblari sotuvi boshlandi.
Va eng muhimi 5 yilda ajoyib professional jamoa shakllandi, yangi kadrlar kashf etildi. Kitoblarning kontent sifati ham, bosma sifati ham doimiy yaxshilab borildi. Kitob sotuvini toʻgʻri tashkil etish uchun murakkab infratuzilma, dasturiy taʼminot, kitob bozorida ajralib turadigan marketing tizimi yaratildi.
Bularning barini, “Kitob atrofida integratsiya qilingan ekotizim” deb bemalol aytish mumkin. Men bugun loyihaga hissasi qoʻshilgan hammaga, jamoaga, hamkorlarga oʻz minnatdorligimni bildiraman. Besh yilda bir marta boʻlsa ham faoliyatimizni senzura qilmagan, aksincha qoʻllab- quvvatlagan hukumat vakillariga ham tashakkur deyman. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar kelajagimiz jamgʻarmasi, Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash markazining loyihaga qilgan yordamlarini alohida aytib oʻtmasam boʻlmaydi. Va muhimi bizga ishongan, oʻz xaridlari bilan loyiha muvaffaqiyatiga sababchi boʻlgan Asaxiyning har bir mijoziga katta RAHMAT! Siz har bir xaridingiz — maishiy texnikami, gadjetmi, telefonmi, kitobmi yoki boshqa mahsulot orqali loyihani moliyalashtirdingiz. Bugun siz ham katta loyiha sababchilaridansiz.
PS: Loyiha besh yilligiga ajoyib aksiyani eʼlon qilamiz. 6-7-8-oktyabr kunlari Asaxiy va kitob doʻkonlarimiz orqali xarid qilingan har ikki kitobga bitta kitob qoʻshib sovgʻa qilamiz. 10 ta kitob olsangiz, 5 ta kitob sovgʻa boʻladi. Bunaqasi hali hech qachon boʻlmagan. (Balki shu bilan 10 yillikda boʻlar... 😊)
@allaevuzb
Yigitlar, qizlaringiz (ayollaringiz) va Asaxiyni xursand qilib turinglar 😁
@allaevuzb
Shaxsiyat masalasida koʻp oʻyladim. Men uchun oʻz-oʻzini nazorat qilib bilish xususiyati shaxsiy yuksaklikning eng katta 4-5 belgisidan biri ekan. Shaxsiyati yuksalgan, oʻz oʻzini nazorat qilib bilgan insonlar uzoq oʻylaydi, mulohaza qiladi, noaniqlik va yangiliklarga bosiqlik bilan qaraydi, qilayotgan qarorlari va harakatlari natijalari, beradigan yutuq va zarari haqida fikr qila oladi. Bunaqa insonlar bir lahzalik impulsiv xohishlarga "yoʻq" deb bilishadi. Har bir holatni oʻylab, yaxshi va yomon natijani oldindan koʻrib bilgani uchun ham, bunaqa insonlar oʻta masʼuliyatli boʻlishadi. Man oʻz oʻzini nazorat qilolmaydigan odamlarni qoʻrqmasdan shaxsiyati shakllanmagan odamlar deb aytaman.
Bizda insonning bilimi qadrlanadi, lekin oʻz oʻzini nazorat qilib bilish qobiliyati yetarlicha baholanmaydi. Oʻz oʻzini, hissiyotlarini nazorat qilib bilgan odamlar tashqaridan sovuqqon yoki kam kirishimli, hatto zerikarli yoki kiborli koʻrinishi mumkin. Bunaqa odamlarni eng koʻp hissizlikda ayblashadi.
Bizda biznes olamida bunaqa insonlardan koʻra xarakteri "tez" boʻlgan, oʻta emotsional qaror qabul qiladiganlarni "liderlar" deb bilishadi. Ulardagi his hayajonni xarizma va shaxsiyat belgilari sifatida koʻrishadi. Lekin, kuzatishlarim oʻsha "xarizmali liderlar" aslida yomon rahbar ekanligini, ulardagi shoshqaloqlik va emotsional qaror qabul qilishi biznesning ham, jamoaning ham zarariga ishlashini koʻrsatdi.
Oʻzbekistonda, korporativ muhitda, rahbariyatda ham shoshma shohar emas, haqiqiy oʻz oʻzini nazorat qiladigan, harakatlari va qarorlari natijalarini oldindan koʻrib biladigan, his-hayajonga asoslanib emas, oʻylab, fikrlab, argumentlar asosida qaror qabul qilib biladigan kadrlarga ehtiyoj juda katta.
PS: Manda yana taʼtil va sayohat. Kanalda bir haftacha "palsapa" oʻqisam, chiqib ketish yoʻq 😊
@allaevuzb
Bu yil Attofizikaga berishdi. Attofizika o'zi yaqinda paydo bo'lgan yo'nalish. Unda o'ta tez, atto sekundlarda kechadigan fizik jarayonlar o'rganiladi. Ular asosan atom va molekulalar ichida elektronlarning harakati va energiya o'zgarishlariga qaratilgan
Bunaqa o'ta tez jarayonlarni kuzatish uchun attosekundlik yorug'lik impulslarini generatsiya qilish kerak edi. Aynan shu generatsiya metodi uchun nobel berildi. Bu narsa bizga juda kichik obyektlarda juda tez kechadigan jarayonlar mexanizmini tushunishga yordam beradi.
Pierre Agostini bu sohaning pioneri. Pierre bilan birga Ferenc Krausz va Anne L'Huillier ham laureatlar qatorida. Ferenc attofizikada eng oldi institutlaridan biri Max Plankning kvant optoelektronika institutida direktor ham bo'lgan. Asli fransuz bo'lgan Anne esa Shvedsiyaning Lund Universitetida ishlaydi.
Qizig'i Ferenc Krausz ham huddi kecha meditsinadan nobel olgan Katalin Kariko bali asli Vengeriyalik, ammo boshqa davlatga ko'chib o'tgan.
Медицина бўйича Нобель мукофоти совриндорлари венгриялик Каталин Карико ва америкалик Дрю Вайсманлар бўлишди.
Мукофот РНК ни ўрганиш ва бу билимларни COVID-19 га қарши вакциналарда қўллашдаги илмий ишлари учун топширилмоқда.
Масонлар шўттами🫡
✅@nurbekalimov
Asaxiydan hali bayram sovg'alari tugamadi.
Bu safar elektron va audio kitob xarid qilishingiz uchun 6000 So'm sovg'a qilamiz.
Faqat bugun "Asaxiy Books" mobil ilovasi orqali hisobingizga 6000 So'm sovg'a sifatida oling.
Bu uchun ilovada profilga kirib, kuponlar bo'limida "ustoz" kupon kodini qo'shish yetarli.
6000 dan hammaga yetadi. Postni xohlagancha bo'lishing.
@allaevuzb
Ayni daqiqada Jorj Oruellning "1984" romani haqida audiochat boshladik.
Marhamat: /channel/asaxiybooks?livestream=7b594979f0fdd1e3d1
Bayram Asaxiydan chegirmasiz oʻtmaydi😊
Ustoz va murabbiylar kuniga barcha kitoblarga 15 foiz chegirma. Chegirma dushanba 23-00gacha internet doʻkon va kitob doʻkonlarimizda birdek amal qiladi.
www.asaxiy.uz orqali narxlar bilan tanishing va buyurtma qoldiring.
asaxiy.uz - Sizning internet-doʻkoningiz!
Ўзбекистон Жаҳон савдо ташкилотига қўшилишдан нима фойда кўради?
Ўзбекистоннинг ЖСТга аъзо бўлиши инклюзив иқтисодий тизимни яратишдаги муҳим босқични белгилайди. Президент Шавкат Мирзиёев БМТ Бош Ассамблеясидаги нутқида ЖСТга тўлиқ аъзо бўлишни иқтисодий либераллаштиришнинг устувор вазифаларидан бири деб таъкидлаб ўтди.
Бу эса Ўзбекистон янги имкониятларни очишга ва жаҳон бозоридаги ўрнини мустаҳкамлашга ҳаракат қилаётганини англатади. Экспортга йўналтирилган стратегия Ўзбекистон ва унинг аҳолиси учун бир қанча рағбатларни олиб келади.
Биринчи навбатда, қоидаларга асосланган савдо тизимини қабул қилиш ва интеллектуал мулк ҳуқуқларини ҳимоя қилиш бизнес муҳитини яхшилашда муҳим роль ўйнайди. Бундай таклифлар хорижий инвестор ва инноваторларни жалб қилиш, иқтисодиётнинг ривожланишига хизмат қилади.
Иккинчи рағбат халқаро савдо билан боғлиқ бўлиб, Ўзбекистон иқтисодиётини диверсификация қилиш ва бизнес соҳаларини ривожлантириш орқали ишсизликни, савдо тўсиқларини ва тарифларни камайтиришга эришади. Бу эса экспортни ошириб ва янги иш ўринларини яратиб, мамлакат ва унинг аҳолисини ижтимоий-иқтисодий ҳолатини яхшилайди.
ЖСТга аъзо бўлиш асосий савдо сиёсати ва қоидаларини жаҳон стандартларига мослаштиришни талаб қилади. Бу ички бозорда мавжуд бўлган маҳсулот ва хизматлар сифати ҳамда хавфсизлигини оширишга, истеъмолчиларга афзаллик келтиришга ёрдам беради.
Прогрессив ислоҳотлар маркази
Telegram | YouTube
Mijozlarimizga navbatdagi qulaylikni yaratdik. Barcha elektron kitoblar narxini 19 990 Soʻmgacha tushirdik. Endi hamma kitoblarimiz elektron formatda 19 990 Soʻm yoki undan ham arzon turadi. Bu narxlar 1-yanvargacha oʻzgarishsiz qoladi.
Yaqindan boshlab qogʻoz kitob xarid qilganlarga kitobning elektron va audio shakli ilovada mavjud boʻlsa bepul boʻlgan edi. Undan tashqari chet eldagi hamyurtlarimiz uchun Visa va MasterCard orqali toʻlovlar ham ulangan edi.
Elektron va audio kitoblarni Asaxiy Books mobil ilovasi orqali oʻqishingiz mumkin.
@allaevuzb
Yana ikki kundan keyin boshlanadigan Toshkent xalqaro kinofestivalida Sami Naseri qatnashar ekan. Aktyorni koʻpchilik mashhur "Taxi" komediyasi orqali taniydi.
Yoshligimizda kinodagi jumlalar yod boʻlib ketgandi.
Batafsil: /channel/tiffest
Кечаги бошланган уруш ҳолати ачинарли. Икки томон учун ҳам ачинарли. Бу жуда мураккаб 60 йиллик урушнинг давоми. Унда инсонийлик томон бўлган ҳар одам икки томондан оддий инсонларни, бегуноҳ болалар ва аёлларни ўлимига ачинишга маҳкум. Бир томонни сараладими, у танланган инсонийлик бўлиб қолади.
Кўпчилик Озарбайжон Исроилни қўллаб-қувватлаганига ҳайрон бўлибди. Асли, бу оддий муносабатлар ва реалполитикдир. Бундан бир неча ой олдин ёзиб, танқидларга сабаб бўлган постимнт яна бир бор эълон қиламан:
Фаластин уйғурлар масаласида Хитойни қўллаб-қувватлади. Исроил бўлса уйғурлар масаласида Хитойни ашаддий танқид қилади. Арманистон Фаластин масаласида Исроилга қарши, Озарбайжон бўлса Исроил билан дўст.
Бунақа мисолларни юзлаб топиш мумкин.
Бизда кўпчилик нимагадир Ислом дунёсини ягона сиёсий бирлик деб билади. Лекин, реал сиёсатда бу ҳақиқатдан жуда узоқ ва узоқ бўлиб қолаверади. Ягона дин атрофида бирлашиб сиёсат юритиш ХХI аср мантиғига тўғри келмайди. Ҳозирда ягона Ислом, ягона Христиан ёки ягона Буддизм сиёсати йўқ. Сиёсат жуда мураккаб, унда ҳар жабҳада манфаатлар устида тўқнашув кетади. Ҳар бир мамлакат ўз манфаатларидан келиб чиқиб халқаро сиёсат юритади. Лекин, ҳатто бу ҳам умумийлаштирилган гапдир. Ўрганиб чиқса, мамлакатлар баъзида ҳатто миллий манфаатдан эмас, бошқарувчи элитанинг манфаатидан, ундан ҳам ёмони баъзида бошқарувчи элитага таъсири катта алоҳида гуруҳ ёки мамлакат манфаатидан келиб чиқиб ҳаракат қилади.
Шунга ўхшаб дунёни оқ ва қора кўришни тўхтатишимиз керак. Дунё жуда бўлинган, унда доимий манфаатлар тўқнашуви ва курашлар кетади. Битта қарор ёки буйруқ билан дунёни алоҳида кичик гуруҳ бошқариши, миллионлар тақдирини ҳал қиладиган сиёсатни умумийлаштириб бир йўналишга тушириши реал ҳаётда бўлмайди. Агар, сиз халқаро сиёсат қанчалик мураккаблигини тушунмоқчи бўлсангиз, “Катта ўйин. Икки империя тўқнашуви” китобини, янада мураккаблашиб иқтисодий сиёсатни тушунмоқчи бўлсангиз “Яланғоч иқтисодиёт” китобини ўқиб кўринг.
@allaevuzb
2023 йилги тиббиёт бўйича Нобель мукофоти совриндори бўлган Дрю Вайсман ота-онаси билан хушхабарни баҳам кўрмоқда.
Читать полностью…"Asaxiy Books" besh yoshda!
Bu munosabat bilan 2+1 aksiyasini ham e'lon qildik. Endi sizlardan bir chellenjga qatnashish iltimosi bilan chiqmoqchimiz.
Sizlarni "Asaxiy Books" bilan bog'liq hikoyalarni, rasmlarni, videolarni, storieslarni bo'lishishga chaqiramiz. Kimdir loyiha sabab kitob oʻqib boshlagan, kimdadir kitoblarimiz dunyoqarashni oʻzgartirgan, hatto loyiha sabab baxtini topganlarni ham bilamiz.
#asaxiybilan5yil heshtegi bilan siz oʻz hikoyangizni ayting. Bizni teg qilsangiz yanada xursand boʼlamiz.
Xoʻsh, "Asaxiy Books" siz uchun nima? U bilan bogʻliq qanaqa hikoyangiz bor?
#asaxiybilan5yil
Адабиёт бўйича Нобель мукофоти норвегиялик ёзувчи Юн Фоссега топширилади.
✅@nurbekalimov
Болаликда дадаларинг, аяларинг бирор ўйинчоқ там ширинлик опкеганда устига кааатта қилиб "Ўғлимга" ё "Қизимга" деб ёзиб қўярмиди йўми? 😁
Читать полностью…Anne L'Huillier qoʻngʻiroqda Nobel mukofoti sovrindori boʻlganini eshitayotgan holat. Anna natija elon qilinganda Universitetda leksiyada boʻlgan, qoʻngʻiroqqa javob berib, hech nima boʻlmagandek qaytib leksiya oʻqishda davom etgan.
Yaqinda boshqa bir Nobel mukofoti sovrindori Jennifer Dudna haqida "Kod buzar" kitobini tarjima qildirgan edik. Oʻshanda ham ota sifatida qizim koʻnglimdan oʻtgan edi. Bugun buni koʻrib, qizim ham olim boʻlishini orzu qildim. Farzandim taqdirini man hal qilmayman. Lekin, shunchaki yaxshi niyat va havas qildim.
@allaevuzb
Kevin Speysi hozirda davom etayotgan Toshkent xalqaro kino festivaliga tashrif buyurgan. Uning yonidagi beyjik osib olgan aka eng zo'r o'zbek rejissyorlaridan biri Furqat Usmonovdir. Muammolarga va bahsli o'tmishga qaramasdan, Kevin Speysi shubhasiz jahon kinosining eng buyuk aktyorlaridan biri hisoblanadi. Ikki karra Oskar mukofotining o'zi bunga yetarli asos bo'ladi.
Bu aktyor filmlardagi buyuk rollariga qaramasdan, "House of Cards" serialidagi Frenk Andervud roli bilan esga qoladi. U rolni shunaqa qoyilmaqom o'ynaganki, uning o'rnida boshqa aktyorni faraz qilish ham qiyin.
Bundan bir necha yil oldin Frenk Andervudni boshqa mashhur bir personajga qiyoslab post yozgan edim:
Бир ой олдин Теодор Драйзернинг ”Сармоядор” китобини яна бир бор ўқиб чиқдим. Аниқроғи аудиосини эшитдим. Китобни илк маротаба 2009-йилда ўқиган эканман.
Китоб манга бу сафар бутунлай бошқача таъсир қилди. Гап ҳозир китоб ҳақида эмас. Гап хаёлга келган бошқа нарса ҳақида.
Замонавий дунёнинг энг зўр ва шов-шувли сериалларидан бири ”House of cards” бош қаҳрамони ”Сармоядор” бош қаҳрамонига ўхшатилган деган фикрга келдим. Сериал мухлислари Кевин Спейси қойиллатиб ижро этган Френк Андервуд ролини яхши эслашади. Сармоядор бош қаҳрамони Френк Каупервуд. Андервуд Каупервуд каби мансабпараст, эгоист, ишбилармон. Иккаласини ҳам мақсад йўлида бирор нарса тўхтатолмайди. Иккаласи ҳам вазият ва муаммоларга тез мосласади. Иккаласи ҳам мақсад йўлида ҳеч қанақа морал, этика ёки ғояни тан олмайди. Иккаласи ҳам мўлжалга уриш учун ҳамма воситалардан фойдаланади. Иккаласи ҳам ўзини ҳаммадан зўр деб билади ва энг кучли бўлишга ҳаракат қилади.
Френк Андервуд бу Френк Каупервуднинг замонавий прототипи. Сармоядорнинг Френки молия оламида бўлса, House of Cards нинг Френки сиёсатда.
Манимча, сериал ижодкорлари Андервуд образи учун аник Каупервуддан илхомланишган.
Китобни ҳам, сериални ҳам 18 ёшдан тепаларга тавсия қиламан.
@allaevuzb
Kitob loyihasini ochgandan beri har oyning ilk kunlarida "Asaxiy Books" bestsellerlari roʻyxatini e'lon qilib kelamiz. Roʻyxatdan bir oy davomida Asaxiy orqali eng koʻp sotilgan 20 kitob oʻrin oladi.
Soʻnggi bir yilda roʻyxatning 1-o'rnini doimiy Jeyms Klirning "Atom odatlar" kitobi egallab kelayotgan edi. Uni birinchi oʻrindan hatto "Katta oʻyin" ham qoʻzgʻata olmagandi.
Lekin, nihoyat "Atom odatlar" oʻrnini boshqa kitob egalladi. Sentyabrda Devid Nikollsning "Bir kun" romani eng koʻp sotilibdi. Yoqimli syurpriz boʻldi.
Kitobning asosiy marketing kompaniyasi hali oldinda. Sotuv ham boshlanganiga endi ikki hafta boʻldi. Nimadir sabab boʻlmasa, kitob Oʻzbekistonda bunaqa yaxshi sotilishi mumkin emas. Sababi kutilmagan joydan chiqdi. Piar menejerimiz ta'kidlashicha, kitobni yoshlar sevgi izhori sifatida ishlatayotgan ekan. Kitob sotadigan odam uchun kutilmagan, lekin yoqimli syurpriz.
Bitta muammoli tomoni, man 100dan ortiq ayolga kitobdan sovgʻa qilgandim. Uyda mazmunli bir suhbat kutmoqda meni))
@allaevuzb
Man uchun mavzusidan qat'iy nazar yangi kitob chiqishi muhim. Agar u soha kitobi bo'lsa, yanada muhim. Chunki O'zbekistonda soha kitoblari juda kam chiqadi.
Yangiliklardan, o‘zbek dublyaj san'ati haqida kitob chiqarilibdi.
Shu kunlarda Toshkent xalqaro kinofestivali davom etayotganligini bilasiz. Festivalda "O‘zbek dublyaji san'ati 85 yoshda" tadbiri ham o‘tkazilgan. Unda o'zbek dublyaji afsonalari qatnashgan.
Tadbirda "Dublyaj san'ati tarixi" kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tgan. Kitobda milliy dublyajimiz tarixi, sohada o‘chmas iz qoldirgan shaxslar haqida ma’lumotlar, yutuqlar va muhim voqealar aks ettirilgan. Albatta, o‘qib ko‘rish kerak.
Festival voqealaridan doimiy xabardor bo‘lib boring: @tiffest
Financial Times yozishicha ChatGTP asoschisi boʻlgan OpenAI kompaniyasi Jonni Ayv bilan sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan yangi apparat yaratish ustida yaqindan ishlamoqda. Loyihaga mashhur Softbank ham qoʻshilgan, loyiha muhokamalarida bank prezidenti Masayoshi Song shaxsan ishtirok etmoqda. Jonni Ayv 2019-yilga qadar iPhone va Applening boshqa mahsulotlari dizayni bilan shugʻullangan. Uni bugungi dunyoning eng kuchli dizaynerlaridan biri deb bilishadi. Masayoshi Song boʻlsa eng yorqin startaplarga kiritadigan investitsiyalari bilan mashhur.
Ushbu apparat ChatGTP asosida ishlashi va foydalanuvchi hayotini keskin osonlashtirishi kerak. OpenAI asoschisi Sem Altman loyihani boshqarayotganligi aytilmoqda. Sunʼiy intellekt iPhoni qanaqa boʻlishi qiziqarli.
Aytishlaricha, bu yangilik zamonaviy smartfonlar erasining yakunini boshlab berishi mumkin ekan. Hozirda OpenAIning oʻzi 90 MLRD baholanmoqda.
@allaevuzb
Тошкент халқаро кинофестивалида Фредерик Дифентаааль! 😎
Айни дамда Тошкент халқаро кинофестивалнинг очилиш маросими бўлиб ўтмоқда. Кутилмаганда саҳнага машҳур «Такси» фильмидаги Эмилиэн ролини ижро этган маҳоратли француз актёри Фредерик Дифенталь чиқиб келди. У иштирокчиларга ўзбекча салом йўллаб, Андижон полкасига рақс тушди. Дўппи кийгизишибди 😁
Тадбир жуда қизғин руҳда давом этяпти. Воқеалар лентасидан узилиб қолмаслик учун фестивалнинг Telegram ва Instagram саҳифаларига обуна бўлиб олинг.
Hayotda koʻraverib, amin boʻlganim, oʻziga nisbatan ishonchi yaxshi odamlar oddiyligi va kamtarligi bilan ajralib turadi. Haqiqiy oʻziga ishonchi mustahkam odamlar samimiyligi sezilib turadi.
Aksincha, oʻziga ishonchi kam odamlar qaysidir yoʻllari bilan oʻzini “uveren” koʻrsatgisi keladi. Kimdir oʻzini koʻrsatish uchun balandroq gapiradi, kimdir unlilarni choʻzadi, kimdir dadil yuradi, kimdir zoʻr mashina bilan oʻziga boʻlgan ishonchini koʻrsatadi. Lekin, ichkaridan qarasa odatda bunaqa insonlar oʻziga boʻlgan ishonchi past, faqat shu manipulyatsiya bilan oʻziga nisbatan ishonchini koʻrsatgisi keladi. Xullas, kimdir o'zini o'ziga ishonganday mag'rur ko'rsatmoqchimi, katta ehtimol bilan unda ishonch bilan muammo bor.
Haqiqiy oʻziga ishonadigan odamlar bilan kirishib ketish oson, hammasi oddiylik ustiga qurilgan, siz bilan aloqada turli xil oʻyinlar qilinmaydi. Ular masʼuliyatni, chegarani yaxshi bilishadi va boshqalarning ham shaxsiy hududini hurmat qilishadi.
Oʻziga nisbatan haqiqatdan ishonchi kuchli boʻlgan odamlar bilishimcha hayotda munosabat va muomala uchun eng yoqimli odamlar boʻlishadi. Bunaqa odamlarni odatda juda qadrlayman.
@allaevuzb
Bugun Sizga “Asaxiy Books” ga bog'liq oʻzgarishlar haqida aytib bermoqchiman.
Oxirgi bir yilda narxlarni koʻtarmaslikka harakat qildik, kitoblarimiz bir xil stabil narxda turdi. Afsuski, bu ortiq davom etolmaydi. Bugundan narxlarni koʻtarishga majburmiz. Bu uchun hamma-hammadan, ayniqsa kitobga 1000 soʻmdan pul yigʻib yuradiganlardan shaxsan oʻzim uzr soʻrayman.
Narxlarda nima oʻzgarishlar?
Kitoblar narxi eng kam 900 Soʻmga, eng koʻp 9900 Soʻmga oshdi. Eng arzon kitobimiz AQSH dollarida 2.6 dollar, eng qimmati boʻlsa 7.4 dollar boʻlmoqda. 7.4 dollarlik yuqori nuqta oshmasdan qoldi. 736 betlik sifatli xalqaro standartlarda chop etilgan ranglik kitob bizga yaqin biror mamlakatda 7.4 dollardan sotilmaydi. Hatto narx jihatdan o'zimizning nashriyotlar yangi chiqargan kitoblarni ham solishtirib koʻrish mumkin. Demak, eng katta narx oshishi ham 80 sent atrofida boʻlsa, eng kami 8 sent bo'ldi.
Lekin, bu holatda mijozni qiynamaslik va unga qoʻshimcha qulayliklar yaratish uchun quyidagilar bosqichma-bosqich qilindi:
1. Endi Asaxiy Books kitoblaridan birini sayt yoki Asaxiy kitob doʻkonlari orqali xarid qilinsa, kitobning elektron versiyasi, mavjud boʻlsa audio versiyasi mobil ilova orqali tekinga beriladi.
2. Ertadan “Asaxiy Books” kitoblariga 2 foizlik cashback joriy qilinadi. Cashback mijozning Asaxiydagi hisob raqamiga tushiriladi. Undan keyingi xaridlarda bemalol foydalansa boʻladi.
3. 10-oktyabrgacha Asaxiy Books kitoblariga yetkazib berish tekin boʻladi. Masalan, mijoz oldin 45 000 Soʻmlik kitobni yetkazib berish uchun 20000 toʻlagan, endi shu kitob 49 900 Soʻm turadi, lekin yetkazib berish tekin boʻladi.
4. 1-yanvarga qadar Asaxiy Books kitoblaridan 2 va undan ortiq xarid qilinsa yoki saytdan xohlagan kitob yoki kitoblarni xarid qilganda bir dona Asaxiy Books kitobi qoʻshib olinsa, yetkazib berish xizmati tekin boʻladi. Shu uchun ertadan 3 va undan ortiq kitobga yetkazib berish bepul aksiyasi bekor qilindi.
5. Talabalar va 25 yoshgacha boʻlgan yoshlarga “El-yurt ishonchi” statusiga chegirmalar hajmi oshirildi.
Soʻnggi bir yilda inflyatsiya, valyutalar kursi, logistika xarajatlari, kommunal xizmatlar, ijara, maoshlar, marketing xarajatlari, qogʻoz, umumiy olganda deyarli hamma narsaning narxi oshdi. Bu boʻlsa bizga ham taʼsir qilmasdan qolmasdi. Shundoq ham qarorni may oyidan beri ortga tashlab keldik.
Lekin, muhimi narxlar oshishi mijozga qulaylik yaratmasdan boʻlmadi.
Oldinda yanada qiziqarli aksiyalar va chegirmalar boʻlishiga vaʼda beramiz.
Hurmat bilan,
“Asaxiy Books” jamoasi.
Yod masalasida.
Norozi odamlar tanqidi yodga ulanib ketdi. Bu xato tomonga yurish deb hisoblayman. Bolalarga yod shubhasiz kerak, uning foydasini rad etib boʻlmaydi. Bu davlat byudjetidan tekinga berilayotgani ham ajoyib. Hamma ota ona ham oila byudjetidan ajratib bolasiga yod olib bermaydi.
Muammo yodda emas, muammo jarayon qanday tashkillashtirilganida. Umid qilaman, kerakli organlar ishni oʻrganib, oxirigacha olib borishadi.
@allaevuzb