Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning afzalliklari va kamchiliklari:
✅ Afzalliklari:
- Kapitalni inflyatsiyadan himoya qilish.
- Ijaradan passiv daromad olish.
- Vaqt o‘tishi bilan qiymatning oshishi.
⛔️ Kamchiliklari:
- Kirish summasi ya'ni sarmoya hajmi
- Obyektni tanlash uchun bozorni yaxshi bilish zarur. Aldanib qolish ehtimoli yildan-yilga oshmoqda.
- Pulni ushlab turish uchun qilingan bo'lsa, pulni tez yechib olishda muammo. Tez sotish arzon sotishga majbur qiladi.
- Davriy to'g'rilanishlar davrida rentabillik past bo'lishi.
O'zbekistonda turar-joy eng rentabil investitsiyalardan birir bo'lib qolaveradi. Aholi soni oshib borar ekan, turar joyga ehtiyoj ham oshib boradi. Bozor talab va taklif nisbati buzilganda, o'zini davriy to'g'rilab olishini hisobga olmasa, uzoq muddatga turar-joyga investitsiya eng to'g'ri investitsiyalardan biridir. Pulni ushlab turish uchun qilinganda, eng katta muammosi pulni shu zahoti yechib olish imkoni mavjud emasligidir. Agar investitsiya kamida 7-10 yilga ko'zlansa O'zbekiston sharoitida turar-joy eng rentabil va xavfsiz nuqtalardan biridir.
Bu sohadagi shoshilinch qarorlar sezilarli moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin. Puxta o‘ylangan yondashuv - muvaffaqiyatli investitsiyaning kafolatidir.
#investitsiya
@allaevuzb
Келинг, бизнесингизни биргаликда осонлаштирамиз!
Бизнесни ривожлантириш банкидан ҳисоб рақамни бепул очинг ва ўзингизга қулай тарифларни танланг:
1. “Start” — янги тадбиркорлар учун айни муддао.
- Бошқа банкларга тўловлар: 0,4% + АБМ харажатларининг х 1,5;
- Банк ичида: 0,1% дан бошланади (масофадан).
2. "Standard" — кичик бизнесга мос.
- Бошқа банкларга тўловлар: 0,3% + АБМ харажатларининг х 1,5 бараварида;
- Банк ичида: 0,1% дан бошланади (масофадан).
3. "Prime" — қулайликни қадрлайдиганлар учун.
- Бошқа банкларга тўловлар: 0,2% + АБМ харажатларининг х 1,5 бараварида;
- Банк ичида: 0,05% дан (масофадан).
4. "VIP" — йирик мижозлар учун.
- Бошқа банкларга тўловлар: 0,1% + АБМ харажатларининг х 1,5 бараварида
- Банк ичида: 0,05% дан (масофадан).
* тариф нархини 3-12 ой олдин тўласангиз, абонент тўловига 41% гача чегирмаларга эга бўласиз.
💡Нега бизни танлашади?
🔹Тежамкорлик: харажатларни камайтирадиган тарифлар.
🔹Қулайлик: Интернет-банкинг орқали 24/7 ҳисобни бошқариш.
🔹Ишончлилик: ҳар қандай масалада индивидуал ёндашув ва ёрдам
Батафсил маълумот ҳавола ёки 📞1254 рақамида.
Биз ижтимоий тармоқларда 👇
🌐 Сайт | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 brb_uzb">Youtube
Реклама
Самарқандда бухгалтер тадбиркорнинг 6,4 млрд сўм маблағини ўз банк картасига ўтказиб, қиморга ютқазиб қўйган.
Маълум бўлишича, МЧЖ ҳисобчиси банк электрон калитларидан фойдаланиб, корхонанинг 6,4 млрд сўм маблағини сохта маълумотларни расмийлаштириш орқали ўзининг номига очилган пластик карталарга ўтказиб олган.
Пулларни эса интернетда қимор ўйинларида ютқазиб қўйган.
Мазкур ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.
Bugun yana bir bor Asaxiyning kunlik buyurtmalar soni bo'yicha tarixiy rekordini yangiladik. Bunga bir qator premyera va aksiyalar sabab bo'ldi:
1. Otabek Mahkamovning kitobi yangi nashri chiqdi.
2. Cho'ntakbop Samsung Galaxy A16 smartfoni premyerasi bo'ldi.
3. Narx-sifat uyg'unligi aks etgan Honor X9c smartfoni premyerasi bo'ldi.
4. 0-0-6 aksiyasi davom etmoqda.
5. Nobel mukofoti sovrindori Abdurazzoq Gurnaning "Jannat" kitobi premyerasi
Hammasi umumiy bir-birini to'ldirib, yangi rekord qo'yildi. Jamoaga ham, mijozlarga ham birdek rahmat.
Bundan oldingi rekord 11-noyabr kuni o'rnatilgan edi.
#asaxiy
@allaevuzb
Узоқ муддатли мақсадлар — муваффақиятга эришишнинг асосий йўлидир. Ушбу видео сизга аниқ ва реалистик узоқ муддатли мақсадларни қандай белгилаш ва уларга эришиш йўлларини ўргатади. Ҳар бир босқичда қатъиятлилик ва режалаштириш орқали орзуларингизни амалга оширинг!
Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://youtu.be/FJQtRaPOajE?si=nBR8XZX6HYcFDwoa
BAAda uch nafar Oʻzbekistonlik yahudiy ravvinini oʻldirganlikda gumon qilinayotgan ekan.
Bu juda achinarli va biz uchun juda zararli holat. Bir necha million oʻzbek migrantlari dunyo boʻylab ishlashadi. Oʻzbek migranti imidjiga hodisa qattiq taʼsir qiladi. Ish topish, ketish qiyinlashishi, Oʻzbekiston uchun viza yengilliklari berishda bu hodisa doim eʼtiborga olinishi mumkin.
Undan tashqari BAA Oʻzbekiston fuqarolariga vizasiz rejimni bekor qilishi haqida xabarlar tarqamoqda. Qanchalik asosli bilmadimu, lekin juda xavotirli xabar. Biz dunyoga koʻproq bogʻlanishimiz, koʻproq sayohat qilishimiz, koʻproq madaniy dunyoga qoʻshilishimiz kerak. Soʻnggi yillarda ancha fuqarolarimizda sayohat va chet elliklar bilan muomala madaniyati shakllangani ham bor narsa.
Shuningdek, bugungi kunda Dubay dunyoning eng muhim moliya va biznes markazlaridan biridir. Uning iqtisodiyotimiz uchun oʻrni katta.
Viza qaytib tiklanishi har bir Dubay boradigan Oʻzbekistonlikka 85 dollar soliq qoʻyilganligi, viza sabab borish sekinlashishini, qogʻozbozlik koʻpayishini anglatadi.
Dubay qatorida Qatar, Oman, Tayland kabi davlatlar ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizani bekor qilishgan edi. Zanjir effekti ishlab, viza qayta tiklanishi mumkin. Unaqa boʻlmagan ham, kamida keyingi vizani bekor qiladigan davlatlar xavflarni yetti marta oʻylab va oʻlchab koʻrishadi.
#viza
@allaevuzb
Бизнесни ривожлантириш банкидан "Universal" кредити – тадбиркорликнинг исталган мақсади учун фойдаланинг!
Афзалликлари:
📌 Кредит мижознинг ҳисоб рақамига ўтказилади, бу эса ундан эркин фойдаланиш имконини беради;
📌 Хоҳланг, жиҳоз сотиб олинг, ёки фаолиятингизни кенгайтиринг, ойлик тўланг, асосийси қонуний бўлиши лозим.
"Universal" кредитни мақсадингизга мослаштиринг, фоизлар фақат кредитдан фойдаланган кунга ҳисобланади:
📌Йиллик фоизи – 27% дан бошлаб
📌Миқдори – 5 миллиард сўмгача
📌Муддати – 36 ойгача
Батафсил маълумотни банкнинг расмий сайти ёки 1254 қисқа рақамидан олиш мумкин.
Биз ижтимоий тармоқларда 👇
🌐 Сайт | 📱 Telegram | 📱 Instagram | 📱 brb_uzb">Youtube
Реклама
Нега ҳозир стартап яратиш учун энг яхши вақт?
1. Дастурчиларга эҳтиёж кам
ChatGPT ва шунга ўхшаш AI технологиялари код ёзишда ёрдам беради, харажатларни камайтиради ва ишни тезлаштиради. Киммат дастурчиларга бошланишида хожат йук.
2. Маркетинг осонлашди
AI воситалари маркетинг ғоялари, реклама стратегиялари ва контент яратишда ёрдамчи. Оммани жалб қилиш осон бўлди.
3. Янги катта бозор
AI агентлари эски муаммоларга янгича ечимлар тақдим этмоқда. Улар аудиторияни тушуниб, муаммоларни автоматик ҳал қилиши оркали SaaS дастурий таъминотлар урини эгаллашни бошлаяпти.
Хулоса: AI сизга тез ва осон стартап яратиш имкониятини беради. Энди бошлаш колди.
Ишдан дам олиш вақти — бу энергияни тиклаш ва руҳий ҳолатни яхшилаш учун муҳим давр. Узоқ иш кунларидан сўнг, бир неча дақиқа дам олиш ёрдамида самарадорликни ошириш мумкин. Бу видео сизга дам олишнинг аҳамиятини ва ундан қандай тўғри фойдаланишни кўрсатади.
Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://youtu.be/FJQtRaPOajE?si=nBR8XZX6HYcFDwoa
2030-yil 1-yanvargacha xususiy bogʻcha va maktablar barcha turdagi soliq va yigʻimlardan ozod qilinadi
Bundan, ijtimoiy soliq mustasno. Shuningdek, bu tashkilotlarda ishlayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.
👉 @kunonline
Biznes lugʻatni oʻrganishda davom etamiz.
Narx va qiymat
Ko'pchilik ikkalasining farqiga bormaydi. Buni eng sodda Uorren Baffet tushuntirgan ekan: Narx - siz to‘laydigan narsa. Qiymat - siz oladigan narsa.
Demak, narx bu mijoz biznesga to'lashi zarur bo'lgan summadir. Qiymat bo'lsa mijoz to'laydigan pul evaziga biznes unga sotadigan narsadir. (xizmat, emotsiya, tovar...)
#biznes
@allaevuzb
Mytaxi, Express 24 va Workly kabi muvaffaqiyatli o'zbek startaplari asoschisi, do'stimiz Akmal aka Paiziev ijtimoiy tarmoqlar orqali AQSHga ko'chib ketganini va u yerda sun'iy intellekt bilan bog'liq startap yaratganini e'lon qildi. Numeo ai startapi treking biznesida brokerlar bilan aloqaga kirishishda yordam beradi.
Akmal aka Kaliforniyaga ko'chib o'tishiga sabab sifatida startaplar uchun shakllangan ekotizim, bozor kattaligini ko'rsatibdi.
Eslatib o'taman, yaqinda Akmal aka asoschilaridan biri bo'lgan Express 24 Yandex kompaniyasiga sotilgan edi.
@allaevuzb
Sport TV futbol bo'yicha Rossiya chempionatini rasman transilyatsiya qiladigan bo'libdi. Bugundan telekanal orqali Rossiya chempionati o'yinlarini kuzatsa bo'ladi.
Sport TV O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (MTRK) tarkibida sport bilan bog'liq kontentlarni rivojlantirish uchun yaratilgan.
2024-yilda MTRK faoliyati uchun davlat byudjetidan 559.9 mlrd so'm ajratilgan.
@allaevuzb
22-noyabr kuni Cobalt Style va Midnightga yangi shartnomalar ochilar ekan.
Qiziq tomoni, shartnomalar savdo.uzavtosanoat.uz manzili orqali faqat online olinadi. Bu ham elektron savdo. Qo'rqmasdan, Uzauto ulushini ham yil oxirida yillik elektron savdo oborotiga qo'shsa bo'ladi.
#uzauto
#biznes
@allaevuzb
Тошкентдаги “Lotte” меҳмонхонасини ALFA INVEST суғурта компанияси 20 млн. АҚШ долларига сотиб олибди.
Читать полностью…O'zbekistonda tijorat maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni o'tgan yilga nisbatan 2.6 marotabaga oshibdi. Bu haqida statistika agentligi xabar bermoqda.
O'zbekistonga 2024-yilning ilk 10 oyida 133.1 mingta chet el fuqarosi tijoriy maqsadda tashrif buyurgan. Ular orasida eng ko'p fuqaro Turqmanistondan - 88 949 nafar tashrif buyurgan.
#statistika
@allaevuzb
Телеграмдаги шубҳали файллар
Уларда қандай хавф бор? Кибержиноятчилар маълумотларингиздан қандай фойдаланиши мумкин? Ички ишлар вазирлиги киберхавфсизлик бошқармаси ходими Лочинбек Атоев жавоб беради.
Шу ерда кўринг:
https://youtu.be/g8JuSJ9MSIg?si=kCDWA0DFuyiblLhw
Rossiyada 1 AQSH dollari 112 rublga yetdi.
Hozircha O'zbekistonda dollar kursiga ta'sir qilmagan bo'lsa-da, yaqin savdo hamkorlarimizda dollar kursi oshib borishi biz uchun xavotirli holat. Oltin narxining doimiy oshishi va boshqa sabablar bilan o'zimizda dollar kursi stabil qolmoqda. Lekin, so'm yaqin savdo hamkorlarimizning valyutalariga nisbatan qimmat bo'lib bormoqda. Bu eksport qilinadigan o'zbek mahsulotlarining narxida aks etadi, narx masalasida raqobatbardosh bo'lishimiz qiyinlashib boradi.
Global iqtisodiyotda qo'shilgan sarimiz, uning foydalaridan tashqari murakkabliklari ham ko'proq seziladi. Hozir bizda qaysidir vositalar orqali dollar kursi stabilligi ta'minlanishi, uzoq kelajakda o'zbek mahsulotlarining regional bozorda raqobatbardoshligida aks etishi mumkin. Dollar kursi yaqin hamkorlar bilan parallel keskin oshib borsa, bu aholining daromadi kam qismi hayoti sifatiga yomon ta'sir qiladi. Bu borada oltin o'rtalikni topish har doim ham oson emas.
#iqtisodiyot
@allaevuzb
Tur kompaniyalar kanallari yozishiga qaraganda, dekabr oyidan boshlab O'zbekiston fuqarolari uchun Xitoyga viza rejimi bekor qilinar ekan. O'zbekiston fuqarolari bemalol vizasiz mamlakatga tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi.
Rasmiy tasdiqni kutib qolamiz.
#viza
@allaevuzb
Форсакен ишлатган чит — киберспортдаги энг шокли хатолардан бири. Ушбу видео ҳиндистонлик Валорант ўйинчиси Форсакен томонидан ишлатилган чеатерлик ҳолатини ва унинг мусобақага таъсирини таҳлил қилади. Форсакеннинг хатоси ва унинг жамоаси учун юзага келган оқибатларни кўриб, киберспортдаги ҳалоллик ва адолатсизлик масалаларини ўрганинг.
Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://youtu.be/FJQtRaPOajE?si=nBR8XZX6HYcFDwoa
Dunyoda har oʻn daqiqada bir ayol oʻldirilar ekan. Achinarlisi ayollar eng koʻp oʻz turmush oʻrtogʻi yoki oila aʼzosi tomonidan oʻldirilar ekan.
#info
@allaevuzb
Toshkentdagi barcha avtoturargohlardan foydalanish huquqini "Balcomuz" MCHJ sotib olibdi.
"Balcomuz" 120,15 milliard so‘m (9,8 million dollar) to‘lab, auksionda g‘olib bo‘lgan - bu boshlang‘ich narxdan ikki barobar ko‘p. 15-martdan boshlab Toshkentdagi barcha avtoturargohlar pullik bo‘ladi.
• Tariflar tumanga qarab farqlanadi: eng kami - soatiga 5000 so‘m, markazda esa - soatiga 12 000 so‘m.
Yaqin kelajakda aholining bir qismi shaharga ishga qatnashga taksi yoki jamoat transportiga o'tishi mumkin.
#biznes
@allaevuzb
"Fikr yetakchilari" podcastiga qatnashgan edim. Biznes va kitoblar masalasida ancha gaplashganmiz.
Bugun 20-00da premyera:
https://youtu.be/jtRSrBAtVww
Президент қарори билан ДХХ раиси Абдусалом Азизов лавозимидан озод этилиб, Президент олдидаги хавфсизлик кенгашига ишга ўтказилибди. Унинг ўрнига собиқ Мудофаа вазири Баҳодир Қурбонов ДХХ раиси этиб тайинланган.
Янги раис тайинлаш маросимида Абдусалом Азизовнинг соҳадаги ютуқлари эътироф этилиб, миннатдорчилик билдирилган.
Абдусалом Азизов ўз чиқишида янги жойда ватан ва Президентга садоқат билан хизмат қилишини таъкидлабди.
@allaevuzb
Мукаммалликка интилиш — бу ўз-ўзини ривожлантириш ва янги чўққиларни забт этиш йўлидир. Ҳар бир қадамда камчиликларни кўриб, уларни яхшилашга ҳаракат қилиш керак. Аммо унутмаслик керакки, мукаммаллик нисбий ва ҳар бир инсон учун ўзига хос. Муҳими — интилиш ва ўсиш жараёнидан завқланиш.
Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://www.youtube.com/watch?v=tS4RPhdRfO4&t=604s&ab_channel=XURMO
So'nggi o'n yillikning eng muvaffaqiyatli yozuvchilaridan biri Amor Toulzning "Linkoln shossesi" romaniga o'zbek tili uchun mualliflik huquqini xarid qildik. Zamonaviy Amerika adabiyotining eng yorqin asarlaridan birini "Asaxiy Books"da chop etamiz.
Kitob 2026-yilning birinchi choragida chiqadi.
@allaevuzb
Time jurnalining bu safargi muqovasi.
Donald Trampning AQSh saylovlarida gʻalabasida muhim rol oʻynagani uchun endi Maskning AQSh siyosatiga hozirgi taʼsiri koʻp muhokama qilinmoqda. Bu haqida xavotirlar ham yangramoqda.
#dunyo
@allaevuzb
Rossiyada VPN haqida gapirish taqiqlanibdi. Qonun 30-noyabrdan kuchga kiradi. Shu kundan boshlab VPN haqida soʻzlashish, oʻzi umuman ma'lumot tarqatish mumkin emas.
@allaevuzb
Тошкентдаги “International” меҳмонхонасини эса “Smart Fast Stroy” МЧЖ 26 млн.АҚШ долларига сотиб олибди.
Давлат активларини бошқариш агентлиги қайд этишича, инвестор “InterHotel” МЧЖдаги 100 фоиз давлат улушини 26 млн.АҚШ долларига сотиб олиш билан бирга Жамиятнинг тегишли банк олдидаги 14,7 млн. Евро миқдоридаги кредит қарздорлигини ҳам қабул қилган.
Smart Fast Stroy компанияси ўтган йили ташкил этилган бўлиб, у Мирзо Улуғбек туманидаги 1 гектар ер участкасини 48 млрд сўмга сотиб олган эди.
TBC Uzbekistan процессинг марказини ишга туширади
TBC Uzbekistan келажакка сармоя киритишда давом этмоқда ва янги маҳсулотлар ҳамда хизматларни бозорга чиқаришни сезиларли даражада тезлаштирадиган ўз процессинг марказини ишга туширмоқда. Бу билан банк ўзгаришларга янада тезроқ жавоб бера олади, тўловларни максимал самарадорлик билан қайта ишлайди ва мижозларга янада қулай молиявий ечимлар таклиф қилади.
Ушбу қадам TBC'нинг Ўзбекистондаги мавқеини мустаҳкамлайди ва бизнес ҳамда фойдаланувчилар учун янги имкониятлар тақдим этади.
#bank
@allaevuzb