allaevuzb | Неотсортированное

Telegram-канал allaevuzb - Allaev Uz

11413

Тадбиркор Фируз Аллаевнинг телеграм канали. Фируз Аллаев билан боғланиш: firuzallayev@gmail.com Реклама масалалари: @asaxiymedia

Подписаться на канал

Allaev Uz

Talablarga binoan, Xiaomi havo tozalagichlarini yana olib keldik. Bugundan sotuvda. Zaharli havoda uyingizda toza havo bo'lishi juda muhim:
https://asaxiy.uz/product?key=Xiaomi+Smart+Air+Purifier

Читать полностью…

Allaev Uz

Ertalabdan twitterda og'ir ixtioz kasalligiga chalingan bolajonga xayriya posti tarqadi. Postni ko'rib bolajonga juda achindim, ham juda jahlim chiqdi. Bu kasallik qarindoshlar o'rtasidagi nikohdan kelib chiqqan. Qiz amakisini o'g'liga turmushga chiqqan deyishdi. Yomon tomoni, bolajon endi bu kasallik bilan butun umr yashashga mahkum.

O'zbekiston erkak yoki ayol topish muammo bo'lgan davlat emas. Shunaqa holatda qarindoshlar o'rtasidagi nikohdan tiyilish kerak. Adashmasam, bu haqida qonun ham qabul qilindi. Uning ijrosini keskin nazorat qilish kerak. Qarindoshlar o'rtasidagi nikohdan hatto sog'lom bola tug'ilganda ham bu uning aqliy qobiliyatlariga, jismoniy shakllanishiga ta'sir qilishi ehtimoli haqida tadqiqotlar bor.

Sizlardan iltimos, atrofingizda qarindoshlar o'rtasida nikoh ehtimoli bo'lsa, imkon boricha qarshilik qiling. Jamiyatimizda shundoq ham muammolar yetadi, unga yanada jiddiy muammo qo'shib, nosog'lom avlodni ko'paytirgandan foyda yo'q.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Dam olish kunida reja qilmaganlar uchun ajoyib taklifimiz bor. Ramazon oyiga yangi aksiya qildik, "Asaxiy Books"ning barcha kitob do'konlarida 70 xildan ortiq kitobni belgilangan 24000 So'mdan sotuvga qo'ydik.

Aksiyadagi kitoblar do'konlarda alohida ajratilgan va ular ko'rsatib qo'yilgan. Kitoblar orasida turli mavzuda turli xil kitoblar bor. Keling, tanlang va xarid qiling.


Online do'konimiz orqali xaridlarga bo'lsa yanada yaxshi aksiya e'lon qildik. 100 000 So'mdan ortiq kitob xaridlarga eng so'nggi va yangi, narxi 79 000 So'm bo'lgan "Mantiqiy xato. To'g'ri fikrlash uchun qo'llanma" kitobini qo'shib sovg'a qilamiz.

Kitob xarid qilish uchun ajoyib bahona 😊!

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Risk menejment nima va u nimaga kerak degan savolga javob.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bozor yaxshi mexanizm. Unga qoʻyib berib juda koʻp muammolarni yechsa boʻladi.

Читать полностью…

Allaev Uz

Dunyoda eng kuchli pasportga ega mamlakatlar oltiligi. Bu mamlakatlar fuqarolari 194 mamlakatga vizasiz borishlari mumkin.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

"Only in Uzbekistan" degan joyidan. Shahar markazidagi besh gektarda 7 etajlik savdo markazi telegram kanal orqali 26 million dollarga sotilmoqda.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Payme va Asaxiy – ayollar tadbirkorligi tarafida

O'tgan yil 8-mart bayrami arafasida Payme o'zbekistonlik ayol tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan loyihani taqdim etdi. Kampaniya jamiyatda katta qiziqish bilan qarshi olindi. Payme mediaresurslari orqali biznes-ledilarga o'zini namoyish etish uchun noyob imkoniyat taqdim etdi. Brendning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, shuningdek, raqamli va tashqi reklamasi ayol tadbirkorlarga bag'ishlangan yangiliklar bilan to'ldi. Loyiha shiori – «Ayollar tadbirkorligi tarafida».

Bu yil Payme o'z missiyasini davom ettirishga qaror qildi. Bu safar Asaxiy kompaniyasi bilan hamkorlikda. Butun hafta davomida brend sahifalari «AyollarTadbirkorligiTarafida» xeshtegi ostida biznes sohibalari haqida so'z yuritadi. Turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor ayollar ushbu rubrika qahramonlariga aylanadi. Ularning hikoyalari boshqalar uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qiladi.

Kampaniya doirasida videorolik ham suratga olindi. Rolikdan ko'zlangan maqsad – karyera va shaxsiy hayot o'rtasida muvozanat saqlashda ayyollar duch keladigan muammolarga jamoatchilik e'tiborini qaratish. Qo'llab-quvvatlaydigan kishini topish, shuningdek, yuqori mas'uliyat talab etiladigan barcha ishlarga ulgurish ba'zan oson bo'lmaydi. «Eng asosiysi – to'xtamaslik» — deyiladi murojaatda.

Kampaniya doirasida biznesda muvaffaqiyatga erishgan ayollarni qo'llab-quvvatlash va ilgari surish uchun boshqa tadbirlar va tashabbusli loyihalarni amalga oshirish ham ko'zda tutilgan.

Читать полностью…

Allaev Uz

10 yildan ortiq biznesda tajribasi bor, har xil mijozni ko'rib o'rganib qolgan tadbirkor😂😂

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Yaxshi xabar, Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun muhim qadam tashlandi.

Toshkent shahridagi ikkita yirik chorrahada — Bobur va Furqat ko‘chalari kesishmasida hamda Bog‘ishamol va Toshkent avtomobil halqa yo‘li kesishuvida «probka»larni bartaraf etishga oid loyiha amalga oshirildi.

Piyodalar uchun chorrahalarda “xavfsizlik orolchalari” bunyod etilgan, piyodalar o‘tish joyida svetoforni boshqarish uskunalari o‘rnatilgan. Jamoat transporti bekatlari yo‘lovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirilgan.

Shuningdek, chorrahalarga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etilibdi

Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning o‘tkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali bo‘ladi.


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Jinoyat manbasi fosh etildi...

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Bundan keyin vakansiyalarni o'z kanalimda ham e'lon qilib boraman.

Asaxiyga qizlarimizni bosh marketolog yordamchisi lavozimiga ishga taklif qilamiz.

Talablar:
- O'zbek va rus tillarini yaxshi bilish.
- Ikkala tilda ham imloni yaxshi bilish.
- Kompyuter, smartfon va internetdan foydalanish ko'nikmasi.
- Pozitivlik va ijodkorlik.
- Toshkent shahrida doimiy yashash.
- Kompaniya ofisidan to'liq ish kuniga ishlashga tayyor bo'lish.

Biror SMM kursini tugatganlik yoki SMM sohasida tajriba imkoniyatlarni oshiradi.

Maosh: 4 million so'm.

CV, portfolio, rasmni telegramdan @asaxiyhr da kutamiz.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Biz talaba bo'lganda bunaqasi deyarli bo'lmasdi.

— Endi yoshlar Respublikaning eng katta o'quv markazlaridan birida IELTS’ni BEPUL o’qish imkoniyatini qo’lga kiritishlari mumkin.

🇺🇿 Respublika miqyosida Registon taʼlim loyihasi va xalqaro "British Council" tashkiloti hamkorligida yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovining III mavsumini start berilibdi.

📈 Grantning umumiy miqdori 3.4 millirad so'm bo'lib, loyiha orqali 1200 nafar yoshlarni mutlaqo BEPUL o'qitish rejalashtirilgan.

👉 Batafsil maʼlumot

📥Hujjatlar onlayn shaklda yagona internet portali orqali qabul qilinadi.

© Manba

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @IELTS_Registan_bot


Yoshlar sizlarga tayyor imkoniyat, bosing!

#tavsuyu

Читать полностью…

Allaev Uz

AQShda professor tibbiyot maktabida bepul o‘qish uchun $1 mlrd xayriya qildi

93 yoshli professor Rut Gottesman Albert Eynshteyn tibbiyot kollejiga $1 mlrd xayriya qilib, bundan barcha hozirgi va bo‘lajak talabalarning o‘qish xarajatlarini qoplash maqsadida foydalanish ko‘rsatmasini berdi.

Ehtimol, bu AQSHdagi tibbiyot maktabiga qilingan eng yirik xayriyadir. Xayriyaning yana bir diqqatga sazovorligi shundaki, u shaharning eng kambag‘al tumani bo‘lgan Bronksdagi tibbiy muassasaga yuborilmoqda. Bronks erta o‘lim darajasi yuqori va Nyu-Yorkdagi eng nosog‘lom tuman hisoblanadi.

@masofatalim

Читать полностью…

Allaev Uz

Охирги пайтларда саноатда Турк, Бангладеш ёки Покистонлик ишчиларга ўзимизникилардан кўра кўпроқ тўланмоқда деган норозичиликларни учратяпман.

Агро, Текстил ва Пластмасса лойиҳалардаги тажрибамдан келиб чиқиб ҳақиқатда шундайлигини кўриб чиқамиз.

1. Ҳеч бир мантиқли тадбиркор муҳожир ишчиси борлиги билан мақтаниш учунгина ишга олмайди. Малакаси ёки кўникмаси юқори бўлсагина уни ушлаб турадиган даражада маош тўлайди

2. Исталган лойиҳада тўртта асосий меъзон бор : вақт, харажат, сифат ва ресурс. Масалан, тадбиркор вазифани юқори сифатда ва тезроқ бажаргани учун ҳам меҳнат мигрантига кўпроқ тўлашга рози.

3. Бангладешлик ҳисобчи, қоровул ёки сотувчи кўрганмисиз? Йўқ, чунки бу вазифани маҳаллий кадрлар яхшироқ амалга оширади. Яъни ҳозирги қилаётган касбларини яхшироқ қилгани учунгина ҳам ўша ишда.

4. Саноатда технолог, мастер ва операторлар етишмайди. Хос тажриба билан келган меҳнат мигрантлари эса бу муаммога ечим беради. Қурилишда ишлаб юрган одам бирдан текстилга ўтиб кетолмайди. Бу учун қунт қилиб камида 3-4 йил тажриба олиш керак.

5. Мухожирлар ишга нисбаттан маъсулиятлироқ бўлишади бу раҳбар учун ҳам қулайроқ. Ўзимиз ҳам Россияга борсак тартиблироқ ишлаймиз бу табиий жараён(уйга пул юбориш, қонунни бузмаслик, чалғимаслик ва ҳ.к)

6. 300$ лик иш учун тадбиркор чет эллик кадрга ҳеч қачон 1500$ тўламайди ҳаётда. Демак, ёки у рецептни билади ёки алмаштириб бўлмайди. Алмаштириш имкони бўлгани заҳоти бу харажатни кесишга ҳаракат қилинади.

7. Шу пайтгача икки ҳолатдагина шундай номуттаносиблик гувоҳи бўлдим холос:

а) Мантиқсиз тадбиркорда. Жияни бўлгани учунгина кўпроқ тўлайдиганлар, чет эллик ишчини ортиқча баҳолаши ҳам табиий.

б) Инглиз тили ўқув маркази ва футболда, шунчаки жозибадор кўриниш учун.

© Ҳамид Исомов фейсбук саҳифасидан

Читать полностью…

Allaev Uz

Kuzatuvlarimdan kelib chiqib aytaman, katta narsalar qarshiliksiz boʻlmaydi. Hayotda katta narsalar qilmoqchimisiz, qarshilikka, kurashga, tanqidga, eʼtirozga, dushmanchilikka tayyor boʻling. Dunyoning xohlagan mamlakatida oʻyin qoidasiga qarshiliklar ham kiradi.
Muhabbatni chiqargandir chidaganga degandek, katta ishlarni ham chiqargandir chidaganga.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Nafaqat Oʻzbekistonda, hatto xalqaro maydonda ham birinchilardan boʻlib Samsung Galaxy A55 smartfonlari sotuvini boshlab oldik:
https://asaxiy.uz/product?key=Samsung+Galaxy+A55

Читать полностью…

Allaev Uz

Air Asia Kuala Lumpurdan Almataga reys ochibdi. Haftada 4 marta uchar ekan.

Osiyo mamlakatlarida eng arzon, lekin sifat talabiga javob beradigan kompaniya deb "Air Asia"ni bilaman. Namunaviy loukoster deyishsa, koʻz oldimga Gʻarbdagi Ryan Air yoki easyJetdan koʻra koʻproq shu Air Asia keladi. Baʼzi joylarda xizmat sifati, samolyotlarning qulayligi boʻyicha qimmatroq kompaniyalardan hatto oʻtib ham ketadi. Reyslar asosan zamonaviy Airbus samolyotlarida boʻladi, oʻrindiqlar ham qulay, boshqa loukosterlarga oʻxshab tiqilinch emas.

Almataga reys ochilganligi ajoyib yangilik. Qoʻshnilar uchun xursandman. Umid qilamanki, Toshkent ham tez orada bu roʻyxatga qoʻshiladi. Air Asia Toshkentga uchishi oʻzbeklar uchun yanada koʻproq va arzonroq sayohat qilish imkoniyatini ochardi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Vakansiyalarni kanalda e'lon qilib borishga va'da bergandim.

Asaxiyga avtomobil, ehtiyoj qismlari va aksessuarlari yo'nalishiga sotuv menejeri ishga taklif qilamiz.

Talablar:
- O'zbek va rus tillarini bilish.
- Kompyuter, smartfon va internetdan foydalanish ko'nikmasi.
- Avtomobillar yo'nalishida sotuv bilan bog'liq ish tajribasi
- Pozitivlik, muzokara qobiliyatiga ega bo'lish va tartib
- Toshkent shahrida doimiy yashash.
- Kompaniya ofisidan to'liq ish kuniga ishlashga tayyor bo'lish.
- O'z mashinasiga ega bo'lish

Maosh: 6 million so'm va KPI bo'yicha bonus

CV, portfolio, rasmni telegramdan @asaxiyhr da kutamiz.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Yaxshilik har doim qadrlanadi.

Rasmiy sahifalarimizda eng koʻp like yiqqan izoh shu boʻlsa kerak.

Читать полностью…

Allaev Uz

E'tiqodlar va madaniyatlar to‘qnashuvi yoxud zamon o‘zgardi(mi?)

Bir necha yil avval bir ateist tanishim bilan munosabatlarni tartibga solish haqida gaplashganimizda "O‘zaro e'tiqodlarimizni hurmat qilaylik, aks holda konflikt kelib chiqaveradi" deb aytgan edim. U esa hech qanday e'tiqodi yo‘qligini, u hech qanday oliy kuch (xudo) borligiga ishonmasligini aytdi. Men unga mening e'tiqodim ishonish, uniki esa ishonmaslik, mohiyatan ikkisi bir narsa ekanligini, men o‘zim ishongan xudoning borligini isbotlab bera olmaganim kabi, u ham xudoning yo‘qligini isbotlab bera olmasligini, aynan shu bois ham ikkimizning e'tiqodlarimiz juda o‘xshashligini aytganman. Boshqa dinlar bilan ham aynan shu keys bo‘lishi mumkin. Har kim uchun o‘z e'tiqodi to‘g‘ri va u bunga ishonadi. Shu bois hech qachon, hech kimning diniy va e'tiqodiy qarashlarini savol ostiga olmayman, uni boricha qabul qilaman va tushunishga harakat qilaman.

Bunday analogiyani qadriyatlar yoki madaniyatlar misolida ham ko‘rsak bo‘ladi. Masalan, hindlardagi aslzoda erkaklarning qulog‘iga sirg‘a taqish madaniyati bizda mutlaqo qabul qilinmaydi. Yoki Koreyadagi yigitlarning tashqi chiroyga urg‘u berishi, nozik, burunlari tekis va to‘g‘ri, yuz terisi doimiy parvarishlangani ularni bizni nazdimizda qaraganda yumshoqtabiat yoki hezalakligini bildirmaydi, bu ularning ichki, shakllangan madaniyati. Yoki arab erkaklarining ko‘zlariga surma tortishi, sochlarini uzun qilib o‘stirish madaniyati bizga g‘alatiroq ko‘rinishi mumkin. Vaholanki mazkur urf arab erkaklari uchun norma va ularni bu uchun hech kim hech narsada ayblamaydi, ayblamasligi ham kerak.

Ayollar borasida ham shunday, qaysidir madaniyatda turmush qurgungacha jinsiy hayot bilan yashashi norma bo‘lsa, boshqasida jinsiy hayotni turmush qurgandan keyin boshlash norma hisoblanadi. Yoki musulmon o‘lkalarida ko‘pxotinlik normal hol bo‘lsa, baland tog‘ mintaqalari bo‘lgan Tibet kabi joylarda ko‘perlik (bunda asosan aka-ukalar bir qizga uylanishadi, maqsad baland tog‘ mintaqasidagi cheklangan unumdor yerning taqsimlanishining oldini olish) norma hisoblanadi. Ayrim davrlarda yoki madaniyatlarda turmush qurgan ayolning rasmiy jazmanlari bo‘lishi ham norma hisoblangan. Bu uchun hech bir madaniyat biri ikkinchisini zamondan orqada qolganlikda ayblashga ma'nan haqdor emas.

Har kim o‘zi yashayotgan, uzoq asrlik shakllanish yo‘lini bosib o‘tgan va eng muhimi umuminsoniy qadriyatlarga rahna solmaydigan (!) madaniyatga ergashishga haqli va bu uchun uni kimdir ayblashi shunchaki oddiy mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Xulosa shuki, xudoning yo‘qligini isbotlab bera olmasa-da yo‘qligiga, ya'ni abstrakt narsaga ishonuvchi ateistning, xudoning borligini isbotlab bera olmasa ham unga ishonuvchi xudojo‘yga ta'na qilishi qay darajada mantiqsiz tuyulsa, tadrijiy shakllanish jarayoniga ega biror madaniyat ergashuvchisiga ikkinchi bir madaniyat ergashuvchisining "zamondan ortda qolgan" deb ta'na qilishi shunchalik mantiqsiz ko‘rinadi.

Bu yerda muhim va daqiq nuqta umuminsoniy qadriyatlar va tushunchalar hisoblanadi. Ming zamonaviylik deb talqin qilinayotgan jihat umuminsoniy tushunchalar va insonning mavjudligiga, uning boshqa hayvonlardan ongli tarzda yashashiga, jamiyat va shakllangan institutlar barqarorligiga rahna solar ekan, foydasiz, puch narsa bo‘lib qolaveradi.


© Baxtiyor Sheraliyevning Facebook sahifasidan

Читать полностью…

Allaev Uz

La Somsa, Choyxonitto, Plov Lounge Bar, Belle Kazan, Le Barak...
Toshkentda restoran va kafe ochmoqchi bo'lganlar uchun...😁

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Meditsina qay darajada rivojlanganligini namoyish etuvchi rasm.
Hind rassomi baxtsiz hodisa sabab ikki qoʻlidan ayriladi. Jarrohlar unga qoʻl koʻchirishni test qilishga qaror qilishadi. Oʻlimidan soʻng donorlikka rozilik bergan bir ayol qoʻllari rassomga muvaffaqiyatli koʻchiriladi.

Henri Marshning "Ozor berma" kitobini katta hayajon bilan oʻqigandan soʻng, tibbiyot, ayniqsa jarrohlik yutuqlarini oʻziga xos zavq bilan kuzataman. Kitobda Marsh shifokorning ichki kechinmalarini, operatsiya jarayonida miyasidan oʻtadigan narsalarni ajoyib tilda qiziqarli tasvirlagan.

Manga endi bemorning kechinmalari qiziq. Jarrohlikdan keyin hayoti butunlay oʻzgarishini sezgan bemor oʻzini qanaqa his qilsa? Operatsiyadan oldinchi?


@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Jeff Bezos Ilon Maskni quvib o'tib yana qaytadan dunyoning eng boy odamiga aylanganligi haqida yangilik beradigan saytlar yozdi.

Man e'tiboringizni Amazon sun'iy intellekt asosida qanaqa yirik evolyutsiya qilayotganiga qarataman. Biz hozirda asosan ChatGPT yoki Gemini kabi oddiy foydalanuvchiga xizmat qiluvchi sun'iy intellektni muhokama qilamiz. Amazon bu borada aktiv emasdek. Aslida, Amazon sun'iy intellekt sohasida eng ilg'orlardan biri hisoblanadi. Shunchaki bu yerda sun'iy intellekt kompaniya boshqaruvi, xizmatlarni yaxshilash, mijozlar talabini tahlil qilish va oldindan prognoz qilish, mijozga individual xizmat qilish uchun ishlamoqda. Shu orqali amazon retail sohasida ham, dasturiy ta'minot, menejment, moliya va marketing kabi sohalarda ham revolyutsion yangiliklar qilmoqda. Shunchaki bu yangiliklar orqa planda bo'ladi uchun ko'pchilik anglamay qoladi.

Bu haqida "Bezonomics" degan ajoyib kitob boraman. O'qib chiqishni tavsiya qilaman.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Iqtisodiy qiyinchiliklar sabab "Mushtum" jurnali va uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari vaqtinchalik toʻxtatilibdi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

Marketingning toʻrtta kompleksini biznes kurslarida yodlatishadi. 4P haqida bizga koʻproq Kotler orqali yetib kelgan boʻlsa-da, aslida 4Pni 1960 yillarda AQSHda birinchi marta Makkarti taklif qiladi.

Demak, marketingning toʻrtta asosi quyidagilar:



1. Tovar (product) — bu siz mijozga taklif qilayotgan mahsulot assortimenti

2. Narx (price) — mahsulot qaysi narxda va qaysi shartlarda sotilmoqda

3. Joy (place) — bu doʻkonning joylashgan hududi, koʻrinishi va boshqalar

4. Reklama (promotion) — bu qaysi yoʻllar bilan doʻkon va mahsulotni targʻibot qilish



Demak, 4P boʻyicha sizda biznes muvaffaqiyatli boʻlishi uchun, siz 4ta narsani yaxshilash va raqobatda ustun boʻlish ustida doimiy ishlashingiz kerak. Bular tovar (product), narx (price), joy(place) va reklema(promotion).



Lekin, bugun 4P ham oʻzgardi va koʻproq 5P sifatida oʻrganilmoqda. 5P boʻlib jamoa (personnel) qoʻshildi. Biznesning muvaffaqiyatli boʻlishi uchun oʻsha biznesga mos kuchli jamoa ham muhim. Biznes model qanchalik zoʻr boʻlmasin, 4ta kategoriyani qanchalik yaxshi oʻylamang, ijro taʼminoti dabdala boʻlsa, baribir muvaffaqiyatli boʻlib qolmaydi.

@allaevuzb

Читать полностью…

Allaev Uz

⚡️ Biz siz uchun oʻzbek Telegram segmentining eng faol, eng manfaatli hamda har kuni foydali postlar joylab boradigan blogerlarini birgina, mana shunday qulay havolaga to'pladik.

Ko'proq vaqtingizni Telegram'da oʻtkazsangiz, yangiliklar va eng aktual postlardan birinchilardan bo'lib xabardor boʻlishni istasangiz, unda ushbu havolaga bosing hamda havolani doʻstlaringiz bilan oʻrtoqlashing. Bu havola orqali siz eng qiziqarli Telegram kanallarga obuna boʻlishingiz mumkin boʻladi.

@texnoplov

Texnoplov">Youtube | Instagram | Telegram

Читать полностью…

Allaev Uz

💰Kimga pul kerak?

💴 Pul hammaga kerak! Agar sizga pul kerak bo’lsa bizga murojaat qiling. Gaplashamiz!

🤩“Yoshlar” telekanalida O’zbekistonda birinchi marotaba va eng keng qamrovli “Start Up”lar shousi! Tez kunda!

Nomiga nechchi baho? 😎

@yoshlar_tv

Читать полностью…

Allaev Uz

Mey Maskning Instagram akkaunti.

Kecha Ilon Maskning onasi Mey Mask Toshkentga keldi. Biz uning "Rejali ayol" kitobini oʻzbek tilida chop etgan edik.

Читать полностью…

Allaev Uz

Biz aqlli insonlarni ularga nima qilishni aytish uchun emas, ular bizga nima qilishni aytishlari uchun ishga olamiz.

© Stiv Jobs

Читать полностью…
Подписаться на канал