“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
2020 yil ikkinchi qizim dunyoga kelgandan so‘ng maʼlum bir sabablarga ko‘ra oilamda notinchliklar boshlandi. Bu holat farzandimning ruhiyatiga ham taʼsir qildi. Serjahl, asabiy bo‘lib qolgandi. Ikkimiz psixologga qatnay boshladik. Yillar o‘tib menda yaxshi o‘zgarishlar kuzatildi, ammo farzandimdagi holat hech o‘zgarmas, qaytanga yomonlashib borardi.
Vaqti kelib bog‘chaga chiqdi. O‘rtoqlari bilan chiqishishi qiyin, injiqlik, arazchilik, qo‘pollik kabi illatlar yaqqol ko‘rina boshladi. Bundan juda xavotirda edim. Qancha kitob o‘qib bermay, qancha yaxshi gapirmay bari foydasiz edi. Uch farzandim bir taraf, u boshqa taraf bo‘lib qolgandi.
Bir kuni xo‘jayinim «Anisaning uyi» nomli kitobni olib keldi. Bolalarimga kitobni o‘sha kuniyoq o‘qib berdim. Kitob o‘qisam zerikganini bahona qilib boshqa xonaga qochadigan qizim bu safar joyidan qo‘zg‘almay tinglab o‘tirardi. O‘sha kundan boshlab nima ish qilmay yonimga «Anisaning uyi»ni ko‘tarib kelib, uni o‘qib berishimni iltimos qiladigan bo‘ldi. Men ham o‘qib beraverdim.
Eng quvonarlisi bir kuni u mendan sura yodlatishimni so‘radi. Bilgan kichik suralarimni o‘rgatdim. 2-3 kunga qolmay 4 ta surani yodlab oldi va o‘yin jarayonida ham aytib yuradigan bo‘ldi.
Baʼzida kechalari derazadan qarab bizning uyimizdan ham xuddi Anisaning uyidek nur chiqyapti deydi. Taom tayyorlaganimda Qurʼon suralarini aytsam, meni Anisaning onasiga o‘xshatadi. Qurʼon oyatlarini aytib pishirgan taomlar mazaliroq bo‘lishini taʼkidlab ham qo‘yadi.
«Anisaning uyi»dan keyin bolamning feʼli ijobiy tomonga o‘zgarishni boshladi.
Bir insonni yaxshi tomonga o‘zgarishiga sababchi bo‘lgan kitob uchun kitob muallifga tashakkur bildiraman!
Adiba Meyliyeva, 4 farzandning onasi
@akademnashr
Kishi o‘z joniga qasd qilishining sababini hech qachon ikir-chikirigacha anglab yetib bo‘lmaydi! Sabab qayerda?
Bugun qo‘lingga to‘pponcha tutishga majbur qilgan sabab ertaga tuxum po‘chog‘iga arzimay qolishi mumkin... Hammasi, ehtimol, subyektning o‘sha damdagi holatiga bog‘liq...
Masalan, meni oling. Yarim soat avval butun vujudim bilan o‘lishga ahd qilgandim, hozir-chi, sham yonib turibdi, siz qarshimda o‘tiribsiz, endi men o‘lishni istamayman. Mana shu evrilishni tushuntirib bering-chi!
📘 Anton Chexov: Kuchuk yetaklagan xonim
Tarjimon: Humoyun
Muqova: qattiq
Hajmi: 272 bet
Narxi: 50 000 so‘m
#yangi_video
Madaminbek, tarixiy romanlar, bio-xavfsizlik, sun'iy idrok va adabiyot haqida — Baxtiyor Abdug'afur
TOMOSHA QILING: 👇👇
https://youtu.be/3DFtoPnpNJQ?si=1WHokXmk8h-yoM_y
📚 @akademnashr
Aziz Nesin hikoyalarida inson psixologiyasiga chuqur sho‘ng‘iydi. Uning qahramonlari odatda ichki kurashlar, ijtimoiy bosim va o‘z shaxsiy ehtiyojlari o‘rtasida muvozanat izlaydigan oddiy odamlardir. "Hamma gap baqirishda" hikoyasida inson qadr-qimmati va jamiyatdagi munosabatlarning qanday tubdan o‘zgarishi qiziqarli tarzda ochib berilgan.
To‘plamdan joy olgan "Ko‘zoynak" hikoyasi ayni damda bizning jamiyat uchun ham muammoli bo‘lgan tibbiyotning ustidan kulsa, "Tayoq yemasdan turolmayman" hikoyasi orqali fanatizm va uning orqasidan inson va jamiyat boshiga kelishi mumkin bo‘lgan balolarni oddiy futbol muxlisi misolida tushunarli ochib beradi. (#)
©️ Muhiddin Nido
Tarjimon: Rahmat Bobojon
Hajmi: 72 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 15 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
#qayta_nashr
💥 "Mukammal dasturlash" kitobining navbatdagi nashri sotuvga chiqdi.
📘 Mukammal dasturlash: JavaScript
Muallif: Javlon Abdullo
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 300 bet
Narxi: 46 000 so‘m
Muallif: Javlon Abdullo
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 288 bet
Narxi: 46 000 so‘m
“Yosh kitobxon” tanlovida o‘qilishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan o‘rin olgan kitoblarimiz bilan tanishing.
▪️Chumolilar saltanati — 45 000 so‘m
▪️Buvamning oshqozonidagi mamlakat — 65 000 so‘m
▪️Galaktikada bir kun I, II — 35 000 so‘m
▪️Puankare — 17 000 so‘m
▪️Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz — 45 000 so‘m
▪️Doru-r-rohat musulmonlari — 25 000 so‘m
▪️Mazaxchini o‘ldirish — 55 000 so‘m
▪️Hukmnoma — 38 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📚 @akademnashr
Bugun shoir va tarjimon Faxriyor tavallud topgan kun
Faxriyor (Faxriddin Nizomov) 1963-yil 5-oktyabr kuni Samarqand (hozirgi Navoiy) viloyatining Sangijumon qishlogʻida tugʻilgan. 1988-yili Samarqand Davlat universitetining Oʻzbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Faxriyorning „Dardning shakli“, „Ayolgʻu“, „Geometrik bahor“, fransuz tilida „L’os des larmes“ („Koʻz yosh soyasi“, 2016, Parij), „Izlam“ sheʼriy toʻplamlari, „Yangilanish anʼanasi“ publitsistik maqolalar toʻplami va „Metahikoyalar oralab“ adabiy-tanqidiy maqolalar, intervyular toʻplamlari nashr etilgan. Sheʼrlari fransuz, turk, ozarbayjon, rus, bolgar, xitoy, ingliz, qozoq va uygʻur tillariga tarjima qilinib, turli adabiy-badiiy jurnal va almanaxlarda chop etilgan.
Tillaniso bilan intervyuni aynan shu kun munosabati bilan tashkillashtirgan edik.
🎬 TOMOSHA QILING
📚 @akademnashr
#kun_tarixi
1938-yilning 4-7-oktyabr kunlari O‘zbekiston tarixining eng fojiali kunlari bo‘ldi. Aynan o‘sha kunlarda SSSR Oliy sudi muvaqqat kollegiyasi qarori bilan o‘zbek madaniyati va siyosatining 507 nafar eng yetuk a’zolariga o‘lim hukmi o‘qildi. Hukm favqulodda tezkorlik bilan, 4-16-oktyabr kunlari ijro etildi.
Shu kunlarda otib tashlangan ko‘zga ko‘ringan fan, madaniyat va siyosat arboblaridan Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Rahim Inog‘omov, Usmonxon Eshonxo‘jayev, Rustam Islomov, Fayzulla Rahimboyev, Gʻozi Olim Yunusov, Qayum Ramazon, Po‘lat Soliyev, Xudoybergan Devonov va boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin.
📚 @akademnashr
#muallif
Jianna Molinari
▪️Yozuvchi 1988-yili Shveysariyaning Bazel shahrida tug‘ilgan. Hozir Syurix shahrida yashaydi.
▪️Bieldagi Shved adabiyoti instituti va Lyuzanna universitetidagi zamonaviy nemis adabiyoti yo‘nalishlarida yozish uslublarini o‘rgangan.
▪️2015-yildan beri Soloturn adabiyoti kunlarini o‘tkazish uchun dasturiy yordamchi bo‘lib ishlaydi.
▪️2017-yili Klagenfurtdagi nemis tili adabiyoti festivalida ilk romanidan parcha uchun 3sat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib, 2018-yili Robert Walser Prize ga loyiq topilgan.
▪️"Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin" (Hier ist noch alles möglich) – muallifning birinchi romani. Roman Yevropada davom etayotgan qochqinlar inqirozi haqidagi tasavvurlarning aks-sadosidir.
Tarjimon: Gulnoz Nabiyeva
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet
Narxi: 50 000 so‘m
#suhbat
🎬 So'z o'yinlari, Faxriyor ijodi, yashalganlik, "tirikchilik dardi" va adabiyot haqida — Tillaniso
TOMOSHA QILING: https://youtu.be/M7L7JvhBdog?si=orT3P7k4yDhPvgr4
📚 @akademnashr
Oktyabr oyida kitobxonlar uchun ko'plab yaxshi yangiliklarni rejalashitiryapmiz.
▪️ "Izlam" turkumining yangi fasli nashrga tayyorlanmoqda. U orqali siz iste'dodli yosh shoir va yozuvchilarning asarlari bilan tanishish imkoniga ega bo'lasiz. (Izohlarda kimlar borligini taxmin qilishingiz mumkin)
▪️ Bolalar uchun ham ajoyib tuhfa tayyorlayapmiz: "Jajji akademik"ni 10 ta kitobdan iborat to'plam shaklida nashr etish jarayoni davom etmoqda.
▪️ 23-25-oktyabr kunlari UzExpo markazida xalqaro kitob ko'rgazmasi bo'lib o'tadi. Katta chegirma va aksiyalar, shuningdek yuqoridagi kabi qaynoq premyeralar bilan "Akademnashr" ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etadi. Bu haqida keyinroq yana batafsil ma'lumot berib o'tamiz.
Oktyabr uchun sizda rejalar qanday? Qaysi kitoblarni o'qimoqchisiz?
📚 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
📚 @akademnashr
Instagram | Facebook | Twitter
Yoshlar FM radiosining "Kitobxon yoshlar" dasturida Xurshid Abdurashidning "Dardisar" romani haqida so'z bordi.
📚 @akademnashr | Xarid: t.me/akademsavdo
O‘zbekiston Qahramoni, tarjimon Ibrohim G‘afurov Andrey Platonovning “Jon” va “Xandaq” asarlari tarjimasi haqida fikr bildirdi.
🎬 UzReport TV
📚 @akademnashr
27-sentyabr — Rauf Parfi tavallud topgan kun
Rauf Parfi 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli bo‘lib, Farg‘ona viloyatining Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan. Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi.
Tarjimon sifatida Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“ va boshqa jahon she’riyati klassiklarining she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Shoir 2005-yil 28-martda Toshkent shahrida vafot etgan.
📚 @akademnashr
Sho'ro mustamlakasi haqida
🎤 Baxtiyor Abdug'afur
🎬 To'liq video
📚 @akademnashr
Bu dunyoda har kimning o‘z Puankaresi bor. Inson maqsadsiz yasholmaydi. Hammaning maqsadi mavjud. Ammo shu maqsadlar turlicha bo‘ladi. Kimdadir katta, kimdadir kichik, kimdadir esa oliy. Hayotda mayda-chuyda yumushlar, chalg‘ituvchi omillar ko‘p. Siz o‘z yo‘lingizda maqsadingiz sari dadil yurib borarkansiz, ana shu mayda-chuydaliklar, maishiy muammolar, tiriklik tashvishlari yo‘lingizga to‘siq bo‘lib, chalg‘itishga urinadi.
Agar chalg‘ib, birorta to‘siqni bartaraf qilishga ovora bo‘lib qolsak, albatta, ikkinchisi ham tayyor turgan bo‘ladi. Oqibatda umr o‘tib ketganini bilmay qolamiz. Keyin esa biz zabt etmoqchi bo‘lgan cho‘qqida o‘zgani ko‘rgach, dardi dunyomiz qorong‘ilashadi. (#)
📘 Puankare
(hikoyalar to'plami)
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Abduqayum Yo‘ldosh
Muqova: yumshoq
Hajmi: 176 bet
Narxi: 17 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
“Samimiyati bilan dunyoni zabt etgan asar” (#)
Telegram | Instagram | Facebook
Rauf Parfi uzoq cho'zilgan davralardan qanday chiqib ketardi?
🎙 Abdusattor Jumanazar
🎬 To'liq video
📚 @akademnashr
📘 Antiqa fizika — I
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Iqboljon Poʻlatov
Hajmi: 176 bet
Muqova: yumshoq
Formati: A4
Narxi: 35 000 soʻm
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Iqboljon Poʻlatov
Hajmi: 176 bet
Muqova: yumshoq
Formati: A4
Narxi: 35 000 soʻm
📖 Fragment va mundarija
Mualliflar: A.B.Ibragimov, A.X.Ruzmetov, K.A.Shaxmuxtarova
Muqova: yumshoq
Hajmi: 208 bet
Narxi: 14 000 so'm
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Adham Ahmedjanov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 72 bet,A4
Narxi: 15 000 so'm
Ba’zi otalar, janob, o‘zlari ketayotgan yerga bolalarini olib ketishmaydi. Bu katta xatodir. Otalar hamisha o‘g‘illari bilan qadrdon bo‘lishlari kerak. Masalan, men bu o‘g‘limni kurash musobaqalarini tomosha qilishdan mahrum qilganim yo‘q. Axir bu bola bo‘lsa, har bir narsani ko‘rishi, o‘rganishi lozim. Unga sovg‘a bo‘lsin dedim, ko‘rib turganingizdek ikkalamiz ham shu yerdamiz.
📘 Aziz Nesin: “Tayoq yemasdan turolmayman”
Tarjimon: Rahmat Bobojon
Hajmi: 72 bet
Muqova: yumshoq
Narxi: 15 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
📘 Siz ham ona bo'lasiz
Farzand insonga beriladigan ne’matlarning eng azizlaridan biridir. Ming afsuski, bu ne’mat hammaga ham nasib etavermaydi. Oramizda necha yillardan beri farzand ko‘rish orzusida yashayotgan oilalar kam deysizmi? Ular bilan gaplashsangiz, davo izlab bormagan joylari, qilmagan ishlari qolmaganini aytishadi.
Kitobda farzand ko‘rolmaslikka sabab bo‘ladigan kasalliklar, ularga tashxis qo‘yish, davolash yo‘llari va boshqa masalalar qalamga olingan. Shuningdek, bu kabi muammolarni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan oilalarning hayotiy hikoyalari ham keltirilgan. Mavzuga qiziqqan keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan.
📖 Fragment va mundarija
Muallif: Feruza Nazar, Muhayyo Maksudova
Muqova: qattiq
Hajmi: 104 bet, A4, rangli
Narxi: 75 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo
Tillaniso Faxriyor she'riyati haqida
To'liq video: https://youtu.be/M7L7JvhBdog?si=orT3P7k4yDhPvgr4
📚 @akademnashr
"Bunday kitoblarni chiqarmaymiz..." (#)
Telegram | Instagram | Facebook
#yangi_video
Tillaniso bilan suhbat
🎬 https://youtu.be/M7L7JvhBdog?si=orT3P7k4yDhPvgr4
«…yulduzlar yiroqligidan, oy oydinligidan, oftob otashligidan, yer yumshoqligidan, tosh qattiqligidan, suv suyuqligidan, tun qorong‘iligidan, yo‘l uzunligidan norozi qichqirmoqda. Odamlar jim, odamlar jim, odamlar jim!»
Tasavvur qiling, notanish asarni o‘qiy boshladingiz. Roviy syujetni bayon qilyapti: do‘sti unga o‘zining do‘stining sirli o‘limi haqida hikoya qilyapti va shu asnoda u marhumning kundaligini o‘qib beryapti. Asosiy voqealar o‘zi shu kundalikda yozilgan, ammo ungacha o‘quvchi nechta hikoya ichidagi hikoyalardan o‘tib borishi, qancha dahshatlarni boshdan kechirishi kerak. Daftarni har bir hikoyachi o‘qiydi va esi og‘ib qolaveradi. Oxirida o‘sha daftarga yetib borgan o‘quvchini ham dahshat bosadi — men ham esdan og‘amanmi endi deb. Kompozitsiya shunaqa — kvest, labirint!
Qahramon haqiqat qidiradi, topadi, topgan haqiqatini ichda saqlasa, esdan og‘ib o‘ladi, birovga aytsa, o‘ldirishadi...
Temurpo‘lat Tillayevning «O‘lim o‘pqoni» sizga qo‘rquv bilan tango tushishni o‘rgatadi.
©️ Hoshiyadan tashqari | 📚 @akademnashr
akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook | Twitter
Bir asarning turli talqinlari (#)
Telegram | Instagram | Facebook
Faxriyorning she'rlari o'quvchining didini yuksaltiradi. Odatiy she'rlarni o’qib yurgan o’quvchi, tabiiy, Faxriyor she'riyatini tushunishda qiynaladi.
Chunki uning tili notanish. Notanishlik odamning g'ashini keltiradi. Masalan, siz ham notanish odam bilan suhbat qilishda qiynalasiz. Tanish odam bilan esa maza qilib gaplashaverasiz.
She'rda ta'm bo'lishi kerak. Bu ta’mni Faxriyorning she’rlarida topasiz. Bundan tashqari bu ta'mni his qiloladigan auditoriya bo'lishi kerak.
Faxriyor she’riyati o’quvchi ong ostining yashiring ma’nolarini izlatadi. Shuning uchun ham, uning oxirgi kitobiga bejizga “Izlam” deb nom qo’yilmagan.
Bahrom Ro'zimuhammad
shoir
📚 @akademnashr | Xarid: t.me/akademsavdo
#chegirma
Bugun Rauf Parfining "Hukmnoma" va "Iymon asiri" kitoblarini 10 foizli chegirma bilan xarid qilishingiz mumkin. Shoshiling.
📘 Hukmnoma — Fragment va mundarija
📗 Iymon asiri — Fragment va mundarija
Hajmi: 256 bet; 320 bet
Muqova: qattiq
Narxi:76 000 so'm68 000 so'm
#yangi_video
🎤 Ijtimoiy so'rovnoma: Odamlar Rauf Parfini tanishadimi?
🎬 TOMOSHA QILING: https://youtu.be/9cWvl4bB5yE?si=lQ8HYKT84sOmv1GA