akademnashr | Неотсортированное

Telegram-канал akademnashr - “Аkademnashr” nashriyoti

6162

“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali Мutolaa qiling! Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo Tel: 99 433-16-77 Aloqa: @akademnashr_bot Manzil: t.me/Akademnashr/1461 Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)

Подписаться на канал

“Аkademnashr” nashriyoti

“Voris” qissasi an’anaviy formatda bo‘lgani bilan yozuvchining tili jozibali ekani, asar voqeasi emas, yozuvchi g‘oyasining old planga chiqqani asarning estetik qiymatini oshirgan. Chalaboy obrazi o‘zbek adabiyoti uchun yangilik bo‘lmasligi mumkin, lekin xarakter sifatida yangi: chunki o‘quvchi bir ilg‘ashda uning xarakteri salbiy degan to‘xtamga kelolmaydi, ijobiy ekaniga ham shubha bilan qaraydi. Asar yakunida ham men uchun Chalaboy na salbiy, na ijobiy obraz bo‘lib ko‘rindi. Nomi Chala bo‘lsa ham, butun xarakter. Yozuvchi Chalani o‘quvchiga yomonlab ko‘rsatmaydi, shunchaki voqealar oqimini uyushtirib beradi, o‘quvchiga Chalaning qanday odam ekanini bilishi uchun imkon qoldiradi.

©️ Xurshid Abdurashid

Ma'lumot uchun, Temirpo‘lat Tillayevning "O‘lim o‘pqoni" kitobidan adibning "Vоris", "O‘lim o‘pqоni", "Turnalar ohi", "Basirat tuni", "Paymona" nomli qissalari o'rin olgan.

📚 @akademnashr | Xarid: t.me/akademsavdo

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Rauf Parfini ko'rishga borgan Ozod Sharofiddinov”

To'liq video: https://youtu.be/XvcykYxwhQE?si=7ltYp_9hCCIN4ihZ

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Ustozlar va murabbiylar bayrami yaqinlashmoqda. Eslatib o'tamiz, bizda O'qituvchilar uchun doimiy chegirma yo'lga qo'yilgan.

Xarid: t.me/akademsavdo

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Murod Chovushning “Hech” asarini bir o‘qiysiz, yodingizdan chiqib ketadi. Yana bir o‘qiysiz, “Zo‘r ekan” deysiz, oradan vaqt o‘tgach, yana yoddan ko‘tariladi. Masalan, tush ko‘rasiz, boshqacha tush: osmonda uchasiz, tog‘larda kezasiz, qumlar ustida yurasiz, hech mantiq yo‘qdek. Lekin shu mantiqsizlikdan lazzatlanib yotasiz. Uyg‘onganingizdan keyin eslab lazzatlanmoqchi bo‘lasiz, yana yodingizdan chiqib ketadi. “Hech” ham shunday tush kabi.

“Hech” – yangi nasrning boshlanishi. Uni o‘qiyotganingizda qolip bilinmaydi. Ha, hech qanday qolip yo‘q, taqlid yo‘q. Asar ongosti qavatlarini harakatga keltiradi, miyaning uxlab yotgan nuqtalarini qo‘zg‘atib yuboradi. Hali kelajakda bunday asarlar ko‘p yoziladi. Qancha ko‘p yozilsa, odamlar shunchalik ko‘p qiziqa boshlaydi.

Bahrom Ro'zimuhammad

📚 @akademnashr | Xarid: t.me/akademsavdo

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📘 Mushuklar malikasi Minush

Muallif: Anni Shmidt
📖 Fragment va mundarija
Muqova: qattiq
Hajmi: 192 bet, rangli
Narxi: 50 000 so'm


📘 Buvamning oshqozonidagi mamlakat


Muallif: Qobiljon Shermatov
📖 Fragment va mundarija
Muqova: yumshoq/qattiq
Hajmi: 192 bet
Formati:
A4
Narxi: 55 000 so‘m / 65 000 so‘m


Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

📚 Safar qissalari, Abror Pir Muhammad

📘 Marokashning maroqli va mahzun manzaralari
📖 Fragment va mundarija

📘 Tunisning totli taassurotlari
📖 Fragment va mundarija

📘 Saudiyaning sehrli sahrоlari
📖 Fragment va mundarija

📘 Avstraliya ajоyibоtlari
📖 Fragment va mundarija

📘 Iоrdаniya – hаyrаt vа ibrаt diyori
📖 Fragment va mundarija

Narxi: 35 000 so'm (har biri)
To'plam shaklida chegirmali narx: 150 000 so'm
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Niderlandiyada yashab ijod qilayotgan adiba Shahodat Ulug' kitobxonlarimizga “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” tarixiy romani bilan yaxshigina tanish. Mazkur kitobning dastlabki ikki nashri qisqa vaqt oralig'ida sotib tugatildi. Shu kunlarda “Xaloskor sulton Sayfiddin Qutuz” romanining 3-nashri jarayonlari davom etmoqda.

Bugun esa yozuvchining yangi kitobini taqdim etamiz.

#yangi_nashr

📘 Shahodat Ulug': Mo'ysafid Biyobonim

📖 Fragment va mundarija

Bu dunyo, asli, biyobon. Odamlar unga turfa sinovlar uchun yuborilgan. Kimdir bu sinovlardan sharaf bilan o‘tadi, inson degan nomiga dog‘ tushirmaydi. Kimdir esa, aksincha, nega kelganini unutib, hech qanday razillikdan qaytmaydi. Kitobdagi qissalar va novellalarda ana shunday turfa taqdir egalari haqida hikoya qilinadi. Uni o‘qigan kitobxon ruhiyati tozarishiga, ko‘nglidagi ezgu tuyg‘ulari yanada ortishiga ishonamiz.

Xarid: t.me/akademsavdo

Muqova: yumshoq
Hajmi: 256 bet
Narxi: 35 000 so‘m


📚 
@akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr #anons

📘 Shahodat Ulug': Mo'ysafid Biyobonim

Qissalar va novella

📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

“Jang klubi” (#)

Telegram
| Instagram | Facebook

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

​​"Kitob bandasi"ni tugatdim-u, adabiy didim bir pog'ona yuqorilaganday bo'ldi. Kitobni kitobdan farqini oz bo'lsa-da ajratadigan bo'ldim. Oldinma ketin chiqayotgan bestsellerga chopmasdan, adib tavsiya qilgan barcha kitoblarni o'qishni niyat va maqsad qildim. Zero unday adabiyotlarni omma o'qimasligini, ma'lum intellektual qatlamgina o'qishini va anglashini tushunib yetdim va shu qatlam insoni bo'lishni niyat qildim. Niyatim sara adabiyot namunalarini o'qib chiqishga aylandi, ularni teran his qilish, insoniyatning asl muammolarini anglash, tarixni o'rganish va bir joyda qotib qolmaslik.

O'zim uchun yangi daho kashf qildim — Nazar Eshonqul. Bu insonning adabiyotga, so'zga bo'lgan muhabbati, hurmati oz bo'lsa-da yuqqan bo'lsa o'zimga, baxtiyor bo'lardim. Bunchalar so'zga muhabbatli insonni rosti endi ko'rdim. Uning taqrizlari, esselari insonga qanaqadur ko'tarinkilik, adabiyotga boshqa nihoh bilan qarash imkonini beradi. Ushbu kitobni o'qigan insonning dunyoqarashi ham ancha kengayadi, yangi kitob tanlash didi paydo bo'ladi.

©️ Oyjamol Yusupova

👉 Nazar Eshonqul asarlari

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

​​Kortasarning "Avtobus" nomli hikoyasidagi gullar, bular jamiyatning yuqori baholaydigan material narsalari, qadriyatlari. Bunda ikki yoʻlovchining hikoyanining soʻnggida gul sotib olganliklariga guvoh boʻlish mumkin, demak ular-da, ommaning haqiqatlarini qabul qilishadi, lekin bu avtobusdan tushganlaridan keyingina amalga oshadi, koʻnglillari joyiga tushgandek bo‘ladi.

Avtobus bu hayot, yoxud vaqtning oʻtishidir, sayyoramizdir, ongdir, va boshqa odamlarning gullari yoʻq bu ikki yoshlarga munosabati, qandaydir johilona, nafratingiz qoʻzg‘aladi, axir hamma bu nisbiy haqiqatning egasiga yoxud qurboniga mahkum boʻlishga majbur emas deysiz-u, soʻnggida oʻzingizning bu qarashingizga shubha uygʻonadi, chunki unga ega odam oʻzini yaxshiroq his qiladi.

Men haydovchini ilohga, konduktorni majburiyatga, burchga oʻxshatdim. Haydovchi hadeb avtobusdan tushib ketishni istayveradi, lekin bunga konduktor yoʻl qoʻymaydi, haydovchining obrazida odamning qiyofasini ham koʻrish mumkin aslida. Baridan qochish, tagʻin takrorlayman, kimga yoqmaydi, deysiz. Hech yoʻq, ikki yosh qalb (yosh deyapman-u, juda yosh ham emas) birga boʻlishadi-ku, demak umid bor. Nima dey yana, mening ham gulim yoʻq, gullarim yoʻq.

©️ Zoir Zokirov

@akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Teleloyihadan festival darajasigacha...

Uzreport TV yaxshi niyatda boshlagan “BITMAS XAZINA” adabiyot festivaliga ham oz qoldi. Niyatimiz bitta, millatni kitobxon qilishga hissa qo‘shish. Qolaversa, adabiyotni jonlantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, sohadagi mavjud masalalar, katta kichik muammolarni ziyolilarimiz bilan birgalikda muhokama qilish, yechimlar izlash, takliflar berish. Bunday tadbirlar adabiyotimiz uchun juda ham kerak, muhim. Yorug‘ yuz bilan boshlab olsak, kelasi yillari ham davom ettirish niyatidamiz. Alloh yuzimizni yorug‘ qilsin!

©️ Nigora Hasanova
Jurnalist, “Bitmas xazina” loyihasi muallifi

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Mashhur golland vrachi German Burxavenning «Tibbiyot san’atining yagona va teran sirlari» nomli kitobi muallif o‘limidan so‘ng 1738-yili 10000 dollarga auksionda sotilgan. Bejirim bezalgan va g‘iloflangan kitob ochilganida uning barcha sahifalari bo‘sh edi. Faqatgina ilk sahifasida shunday yozilgan edi: «Boshingni sovuqda qoldirsang ham oyog‘ingni issiq tut. Shundagina sen eng zo‘r vrachlarni ham kambag‘al qilasan».

📘 Manba: “Kitob haqida kitob”
💳 Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#qiziqarli

Rus adabiyoti namoyandalarining bo'ylari orasidagi farq qanday?


Manba: The Bookfather


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Konkurs 14-sentyabr kuni soat 15:00 gacha davom etadi.

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Sevgidan ko‘ra erk afzal(mi?)

Anton Chexovning hayot yo‘lida xotin-qizlar ko‘p uchragan. Singlisining dugonasi Lidiya Mizinova bilan qariyb 10 yil uchrashib, sevishib yurganiga qaramay, turmush qurish haqida gap ochilishi bilan o‘zini olib qochaveradi. “Chayka”dagi Nina obrazi uchun Mizinovaning taqdiri prototip qilib olinadi. “Kuchuk yetaklagan xonim” hikoyasidagi ayol obrazi uchun keyinroq uchrashib yurgan ma’shuqasi Yelena Shavrovadan ilhomlanadi.

“Chayka” pyesasining tayyorgarlik jarayonida tanishgan maftunkor va kibor aktrisa Olga Knipper esa boshqa ayollardan farqli o‘laroq uni oila qurishga ko‘ndira oladi. 1901-yilda turmush qurganiga qaramay, juftlik farzand ko‘rolmaydi. (#)

Suratda Anton Chexov Olga Knipper bilan


👉 Anton Chexov hikoyalari

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_video

RAUF PARFINI XOTIRLAB


“Buyuk Turonning dardi shu odamning o'zi edi” — Abdusattor Jumanazar

TOMOSHA QILING: https://youtu.be/XvcykYxwhQE?si=7ltYp_9hCCIN4ihZ

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎬 Rauf Parfini xotirlab

🎙 Abdusattor Jumanazar
manbashunos, adabiyotshunos

📻 To'liq video ertaga youtube kanalimizga joylanadi.


📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#Parfimaniya

Vaqt o‘tkan sayin yo‘qotganlaringizning alami kattarib o‘zingizning yo‘qolib borayotganingizni his qilib yashar ekansiz. Hamma yillar, hamma oylar, hamma soatlar ayriliqlardan iboratdek tuyuladi men uchun. Xayolimda iztiroblar sira kamaymadi, aksincha ortib bordi. Chorasiz sayyoramiz inson faryodini ko‘tarib aylanaverdi, aylanaverdi.

Hech narsani tugataolmadik. O‘lim ko‘zimizni to‘sib turaverdi.

Nahotki, zulm abadiy bo‘lsa, nahotki ezgulik bu qadar zaif. Hazrat Navoiy aytganlaridek, «g‘amingga chorasizlik chora bo‘lmish».

Chorasizlik Insonni yerga urib, osmonga otadi. Bas qiling aldoqni, yovuzlikni, deb bo‘shliqqa hayqirasiz. Hayqirig‘ingizning ichiga cho‘kib ketasiz.

Lekin, noumid shayton, yaxshi kunlar albatta oldinda bor.

Inson Umidi bilan Inson.

Rauf Parfi «Hukmnoma»

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎬 Sigma Podcast

O'zbek she'riyatining qisqacha tarixi


Telegram
| Instagram | Facebook

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr #sotuvda

📘 Namangan tarixidan lavhalar

📖 Fragment va mundarija

Kitobda XIX asr oxiri – XX asr boshida Namangan shahri va viloyati hududida tug‘ilib o‘sgan jadid taraqqiyparvarlari, olim-u murabbiylar, davlat va jamoat arboblari, shoir-u jurnalistlar hayoti, ularning ijodiy faoliyati hamda mustabid tuzum qatag‘on siyosati oqibatida mahv etilishi qalamga olingan.

Shuningdek, o‘quvchi milliy taraqqiyparvarlarimizning Vatan va millat ravnaqi, uning istiqloli yo‘lida olib borgan shiddatli kurashi, qahramonona hayot yo‘li va ijodiy merosi haqida ko‘plab yangi ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi.


Muallif: Bahrom Irzayev
Muqova: yumshoq
Hajmi: 288 bet
Narxi: 50 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo


📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

#yangi_nashr #anons

📘 Bahrom Irzayev: Namangan tarixidan lavhalar

📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Farzandingizga internetda va real hayotda o‘zini tutish qoidalarini o‘rgating: u firibgarlarni qanday tanib olish, pullarni qanday himoya qilish, hech kimga karta PIN-kodini aytmaslik, telefonda yoki ko‘chada aldanib qolmaslik, xavf paydo bo‘lganida kimga murojaat qilish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.

📘 Men, bolam va pul

Muallif: Adhamjon Ahmedov
Muqova: yumshoq
Hajmi: 176 bet
Fragment va mundarija
Narxi: 25 000 soʻm


Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

​​Rauf Parfi - o‘zbek ruhini qayta tiriltirgan afsonaviy san‘atkor

***

Rauf Parfi bilan 1993 yil 5-martda tanishganman. Va shu kundan uning ta‘siri bo‘lgan. Rauf Parfining boladay beg‘uborligi, oddiyligi mening o‘zimni ichki dunyomga ishonchimni orttirgan. Rauf Parfining so‘zlashuv tili — imo-ishoralar tili edi. U doim shu til bilan atrofdagilarga gapirardi yoki uning o‘zi aytganday: "valdirardi". Albatta, Rauf Parfi ta‘sir o‘tkazgan. Chunki, Mayxonaning piri Rauf Parfi edi.

***

Rauf Parfining "aybi" — uning jiddiy, buyuk, o‘lmas asarlar yaratib ketganligida. Rauf Parfi - o‘zbek ruhini qayta tiriltirgan afsonaviy san‘atkor. Birorta kitob do‘konida uning birorta ham kitobi yo‘q. Kimnikida Rauf Parfining kitobi bo‘lsa, u boshqa birovga shu kitobni berishni qizg‘onadi.

***

"Hech" nomini Rauf Parfi tanlagan. Men "Hech narsa haqida bu kitob," - deb ustozga ko‘rsatganman. U: "Bir fransuz shoiri hech narsa haqida yozgan,bu "Hech" bo‘ladi," - deb keskin aytgan. Keyin bilsam, Rauf akaning "Sukunat" nomli kitobida "Hech narsadan boshlangan dunyo, hech narsani tan olmas go‘yo," - degan go‘zal misralar bor ekan. O‘shanda, men Rauf akaga "aql" o‘rgatmoqchi bo‘lganman "siz tushunmaysiz", deb. Shunaqa gaplar.

Murod Chovush
2012-yil

👉 Rauf Parfi kitoblari

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Nashriyotning hamma kitobi bitta tokchaga sig'madi, afsuski...

@panda_books

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎁 Konkurs g'oliblari aniqlandi [video]

Reaksiyalar soni bo'yicha:

1. @Kito6larAndrey Platonov: Jon
2. Akmal TurdaliyevAndrey Platonov: Xandaq

Random bo'yicha:

1. InsanXulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy
2. Zulayho Oripova Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni

Mazkur g'oliblardan @akademsavdo profiliga murojaat qilishlarini so'rab qolamiz.

Kelgusi konkurslarimizda barchaga omad tilaymiz!

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Rauf Parfi qalamini millat ozodligi, Turkiston birligi singari muqaddas g‘oyalarga xizmat ettirdi. She’rlarida har bir so‘z, har bir obraz, har bir ramz va timsol ana shu maqsadga safarbar qilindi. Shoir millatning g‘aflat uyqusida ekanidan qattiq iztirob chekdi. Turkistonning, turkiy elning uyg‘onishi – Rauf Parfi badiiy-estetik idealining asosini tashkil etadi.

Nurboy JABBOROV,
filologiya fanlari doktori, professor

👉 Rauf Parfi kitoblari
To‘plab nashrga tayyorlovchilar:
Murod Karim, Furqat Meli, Malik Mansur
📖 Fragment va mundarija
Hajmi: 256 bet; 320 bet
Muqova: qattiq
Narxi: 38 000 so'm


Xarid: t.me/akademsavdo

📚  @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Nazar Eshonqul taqrizlarini qo'shish uchun Kortasar vorislaridan ruxsat olganmiz (#)

Telegram
| Instagram | Facebook

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

Savol: Chexov qaysi jarayonni tasvirlagan?

Javob: Bir soatdan keyin yozamiz :)

📚 @akademnashr

Читать полностью…

“Аkademnashr” nashriyoti

🎁 Konkurs

1) Yaqin odamingizga "Akademnashr" kitoblarini kreativ usulda tavsiya qiling. @akademnashr manzilini ham ilova qilib, kanalga taklif eting.

2) Yozishmani skrinshot qiling va izohga yuboring. Biz sizga tartib raqam beramiz, u sizning konkursdagi ishtirokingizni bildiradi. [Bitta profil faqat bitta skrinshot bilan qatnashishi mumkin]

3) Konkursda jami 2 nafar g'olib random orqali, yana 2 nafar g'olib esa skrinshoti yig'gan reksiyalar soni bilan aniqlanadi. [Bunda bitta ishtirokchi ham random orqali, ham reaksiyalar orqali g'olib bo'lishi mumkin]

Sovrinlar:
📖 Xulio Kortasar: Ishg‘ol qilingan uy (random)
📖 Temirpo‘lat Tillayev: O‘lim o‘pqoni (random)
📖 Andrey Platonov: Jon (reaksiya)
📖 Andrey Platonov: Xandaq (reaksiya)

Bu ham hali hammasi emas. Siz skrinshotni instagram sahifangizga @akademnashr sahifasini belgilagan holda joylab, sentyabr oyidagi bir martalik xaridingiz uchun 10 foizli chegirmaga ega bo'lishingiz mumkin.

Barchaga omad!

📚 @akademnashr

akademnashr">Youtube | Instagram | Facebook  | Twitter

Читать полностью…
Подписаться на канал